Qismat✨
<Episode 11>
Yuna Sujinning qoʻllarini qattiq siqgancha oʻrnidan turgʻizdi. Ularni koʻrgan talabalar jim boʻlib qolishgan, hozir yana qanaqadir muammo chiqishini bilar edi. Aksiga olib xonada Leliya ham yoʻq edi.
Yuna: Men senga aytgan edim, men bilan oʻynshma deb. Lekin sen buni teskarisini qilyabsan dedi gʻazab nigohlar bilan.
Sujin: Men hali sen bilan oʻynshganim yoʻq, qoʻlimni qoʻyib yubor! Agarda Jungkook uchun jaxl qiladigan boʻlsang u ortiq seni xohlamaydi dedi.
Yuna: Men bilan Jungkookni muhokama qilish senga qolmagan. U menga sevgi izhor qilgan va u endi meniki. Yuna bu gaplarni aytishi bilan Jungkook oʻrnidan turdi va Yunaga baqirdi.
Jk: Yuna bas qil! Sujin bilan birga boʻlishni xohlayman endi degancha Sujinni qoʻlini Yunani qoʻlidan ozod qilib uni xonadan olib chiqib ketdi.
Yuna esa joyida toshdek qotib qolgan edi. Oʻsha yerdagi hamma talabalar Yunaga qarab qolishgan edi. Oʻzini biroz qoʻlga oldida stoli yoniga borib narsalarini yigʻishtirib toʻgʻri direktor xonasiga kirib ketdi. Oʻshandan soʻng esa uni qaytib xech kim koʻrmadi. Leliya esa Taehyung bilan xonaga kirib kelar ekan Yunani yoʻqligini koʻrib biroz hayron boʻldi va tashqariga chiqgandir degan hayolga berilib oʻzini biroz tinchlantirdi. Yana dars boshlandi xonaga hamma yigʻildi amma Yunadan hali ham darak yoʻq, bu orada Jungkook bilan Sujin ham xonaga kirishdi.
Leliya: Jungkook Yuna sen bilan emasmidi?
Jk: Yoʻq sal oldin shu yerda edi, uni koʻrmadim deb yuzaki javob berdi.
Sujin: Men koʻrgan edim, men bilan urishib boʻlgach direktor xonasiga kirib ketayotgan edi.
Leliya: Men hozir qaytaman, agar unga nimadir degan boʻlsangiz mendan yaxshilik kutmang degancha xonadan chiqib ketdi. U yerga yetib borganida Yuna allaqachon univerdan ketish toʻgʻrisida ariza yozib ketgan edi. Leliya bundan gʻazablana boshladi chunki Yuna oʻqishdan ketgan edi. U ham xech kimga hech narsa demasdan uyiga ketdi va joyiga kirib yigʻlab yigʻlab uxlab qoldi. Taehyung esa Leliyaga tinmasdan qoʻngʻiroq qilar, ammo javob kelmas edi.
Yuna ofisda ishlarga koʻmilib ketgan, hamma yaqinlari bilan aloqani uzgan edi, hattoki Leliya bilan ham. Ammo uning hayoti juda ham xavfli boʻlib qolgan kun ora unga tahdidli qoʻngʻiroqlar, xatlar kelib turardi. Bugun u yangi ofisning aksiyalarini sotib oldi. Hozirda Yuna hamkori bilan uchrashuvga tayyorlanayotgan edi. Biroz vaqtdan soʻng unga yana qoʻngʻiroq boʻlib qoldi.
Yuna: Eshitaman!
...: Sening bunday xotirjamligingni koʻrish qanday yoqimli)
Yuna: Kimsan? Nega oʻzningni koʻrsatmasdan tahdid qilasan, balkim koʻrinish berarsan!
...: Taxminim boʻyicha tez orada koʻrishamiz?
Yuna: Tushinmadim, kimsan? Unga javob kelmadi. U ortida qandaydir iliqlikni sezar edi va ortiga tezlikda burildi.
Yuna: Siz qachon keldingiz? Uzur men sizni sezmay qolibman, marhamat oʻtiring!
Suga: Siz kim bilandir asabiy gaplashayotganingizni koʻrib xalal bermasdan toʻgʻri kirib kelaverdim.
Yuna: Ha eʼtibor bermanga. Hoʻsh, hujjatlar tayyormi?
Suga: Ha, otangiz haqida eshitgan edim.
Eshik taqillab xonaga Suganing yordamchisi kirib keldi va hujjatlarni Suganing qoʻliga tutqazdi va xonadan chiqib ketdi.
Suga: Mana hujjatlar ularni oʻqib chiqib imzo qoʻyishingiz mumkin. Yuna ularni oʻqib chiqdi va imzoladi.
Yuna: Siz bilan endi bitta ofisda ishlashimdan xursandman deb Sugaga qoʻl uzatdi, Suga ham Yunani qoʻlini siqib qoʻydi.
Suga: Siz bilan singlim tanishishni xohlagan edi agar rozi boʻlsangiz dedi ikkilangan ohangda.
Suga: Yaxshi, unda kechga koʻrishamiz degancha eshik tomonga harakatlandi.
Bugungi kun ham ish bilan oʻtib ketdi, Yuna oʻzining uyiga qaytgan edi. Yani oʻgʻay onasi va singlisi bilan yashaydigan uyga. Yuna uyga kirib kelishi bilan uni Xari kutib turar edi.
Xari: Bu yerdan qachon ketmoqchisan?
Yuna: Bu uy meni ham uyim, xohlasam ketaman, xohlasam qolaman. Meni oyogʻim ostida oʻralashishni bas qil!
Xari: Jin ursin seni, oʻzi seni qayerdan ham koʻrdim degancha xonasiga chiqib ketdi. Yuna ham tezgina xonasiga chiqdida, kiyimlarini almashtirib mashinasiga oʻtirib Suganing yoniga ketdi.
Leliya tinmay Yuna haqida maʼlumotlar qidirar, uni qayerdaligini bilmas edi. Taehyung ham uning yonida kecha-yu kunduz yurar edi. Jungkook ham ularga bildirmasdan Yunani qidirar edi.
Leliya: Taehyung iltimos meni uyimga olib borib qoʻy, biroz dam olib oʻzimga kelib olishim kerak.
Tae: Mayli, unda ketdik.
Hyun: Janob Jungkook Yuna haqida baʼzi bir maʼlumotlar toʻpladim.
Jk: Qani gapirchi.
Hyun: U hozirda otasining kompaniyasida prezident, u koʻpchilik bilan munosabatlarni uzgan hattoki Leliya bilan ham. Bugun yangi kompaniyaning aksiyalarini sotib oldi. Menda hozircha shu.
Jk: Men uni xavfsizligi uchun qilgan ishim uni shu darajada oʻzgartirib yuboradi deb oʻylamagan edim.
Hyun: Yuna albatta bir kun unga qilgan ishingizni tushinib yetadi.
Jk: Balkim...
Ancha kech tushib qolgan Yuna mashinasini bir chetga toʻxtatdi va mashinadan tushdi. Kafe ichkarisiga kirar ekan u yerda Suga bilan uning singlisi oʻtirar edi. Yuna toʻgʻri ularning oldiga borib oʻtirdi.
Suga: Salom Yuna yaxshi yetib keldingmi?
Yuna: Ha, yaxshi raxmat.
Yuna: Salom mening ismim Yuna, sizning ismingiz nima?
Yunso: Mening ismim Yunso. Siz bilan tanishishni anchadan beri xohlagan edim va oʻsha kun bugun ekan.
Yuna: Meni qayerdan bilasiz Yunso?
Yunso: Men sizni kompaniyada koʻrgan edim... Yunso soʻzini yakunlamasdan Yunaga qoʻngʻiroq boʻlib qoldi.
Yuna: Yana nega menga qoʻngʻiroq qilyabsan? Jin ursin yashirinmasdan oldimga kel! deya jaxl qila boshladi.
...: Sen bilan shunday oʻyin oʻynash yoqyabdi. Meni bir kuni koʻrishga albatta erishasan.
Yuna: Balkim oʻsha kun bugundir!
...: Hozir sen bandsan, oldingdagilar bilan juda yaqinga oʻxshaysan.
Yuna bu gaplarni eshitib atrofga alanglab nazar tashlay boshladi va oʻrnidan turdi. Uning bu ohangdagi soʻzlarini eshitib turgan Yunso bilan Suga biroz hayron qolishdi.
Yuna: Qayerdasan? Meni nega kuzatib yuribsan?
...: Seni men oʻlimingni koʻrmagunimcha ortingdan kuzatib yuraman degancha qoʻngʻiroqni yakunladi.