May 1, 2025

Qismat✨

Author: Minho💜

<Episode 5>
Oradan 1 hafta ham oʻtdiki, ammo Leliya bilan Yunaning koʻzini ochishidan darak yoʻq edi. Jungkook bilan Taehyung esa oʻz ishlarini tashlab qoʻygan, fikr-u hayollari qizlarda edi.
Jk: Taehyung uyda qanday qilib yongʻin chiqgan deb oʻylaysan? dedi horgʻin ahvolda.
Tae: Yongʻin oʻz-oʻzidan chiqmagan, bunda kimningdir qoʻli boʻlishi mumkin.
Jk: Bunga shubham yoʻq, chunki bizning dushmanlarimiz juda ham koʻp. Ammo kim bunday qila olishi mumkin?
Tae: Buni men ham aniqlashtira olmayabman, deb gapini yakunlashga ham ulgurmagan Taehyung, Leliyaning xonasiga shifokorlar kirib ketayotganini koʻrib, u ham shoshilgancha ichkariga kirib ketdi. Ichkariga kirgan Taehyung koʻzlariga ishonmas edi, chunki Leliya oʻziga kelgandi. Shifokorlar uni tekshirishni boshladi, Leliya esa tanasidagi achishish va ogʻriqga biroz bezovta boʻlar edi. Taehyung esa uni koʻzini ochganini koʻrgandan soʻng biroz yuziga tabassum yugurdi. Leliya Taehyungga eʼtibor ham bermasdan, shu zahoti Yunani ahvolini atay boshladi.
Leliya: Yunaning ahvoli qanday? U bilan koʻrisha olamanmi? dedi ogʻriq sababli qoshini biroz chimirib.
Sh: Siz hozir oʻzingiz haqingizda oʻylasangiz yaxshi boʻlardi degancha unga oʻgʻriq qoldiruvchi ukol qila boshladi. Shifokorlar chiqib ketgandan soʻng Taehyung Leliyaning yoniga yaqinlashdi.
Leliya: Seni yana koʻrib turganimdan afsuslanyabman. Hammasiga oʻzi sizlar aybdorsizlar.
Tae: Leliya oʻzinga kelganingdan xursandman.

Taehyung

Leliya: Yunaga nima qildi, nega u haqida menga gapirmashayabdi?
Tae: Yuna...
Jk: Yuna hali oʻziga kelmadi, biz ham uning koʻzini ochishini kutyapmiz dedi xonaga kirib kelgan Jungkook Taehyungni gapini boʻlib.
Leliya: Nega oʻziga kelmaydi? Agar oʻsha kuni sizlar uyimga kelmaganingizda, bu ishlar boʻlmagan boʻlar edi deb koʻzlaridan yosh quyilib kela boshladi.
Tae: Leliya tinchlan, Yuna ham tez orada oʻziga kelib qoladi dedi Leliyani qoʻlini ushlagancha.
Leliya: Mendan qoʻlingni tort! Menga teginishga ham harakat qilma deb baqirib Taehyungni oʻzidan uzoqlashtirdi. Leliyaning ovozini eshitgan shifokorlar Taehyung va Jungkookni xonadan chiqarib yubordi. Oradan kunlar oʻta boshladi, Leliyaning ahvoli anchagina yaxshilangan, Taehyung har kuni Leliyaning yonida, u bilan ancha yaxshi munosabatda boʻlib qolgan edi. Yunadan esa hali ham darak yoʻq. Jungkook har kuni har daqiqasini uning yonida oʻtkazar edi. Bugun ham Jungkook Yunaning yonida oʻtirar edi.
Jk: Yuna iltimos oʻzingga kel! Bilaman meni deb azoblanyabsan, lekin endi bunday azob bermayman. Oʻtinaman oʻzingga kel deya Yunaning qoʻllariga boshini qoʻyib biroz jim boʻlib qoldi, lekin Jungkookni oʻsha yerdagi kardiomonitor ovozi chalgʻitdi. Chunki Yunaning yuragi urishdan toʻxtab qolgan edi. Jungkook buni koʻrib qoʻrqib ketdi va Yunani bagʻriga bosib koʻzidan yosh quyila boshladi.
Jk: Yuna... Yuna koʻzingni och! Menga bunday qilma iltimos! Jungkookni gaplarini eshitgan shifokorlar xonaga tez yetib kelishdi va xonadan Jungkookni chiqarib yuborishdi.
Leliya ham ancha yaxshi boʻlib qolganligi sababli, Taehyung bilan Yunaning yoniga kelayotgan edi.

Leliya ( mos rasm topalmadim )

Jungkook tashqarida eshik yonida ichkaridan koʻz uzmay turar edi. Leliya bilan Taehyung Jungkookni yoniga yetib kelishdi.
Leliya: Yunaga nima boʻldi? Ular nima qilishyabdi? deya jaxli chiqib Jungkookning yoqasidan oldi. Jungkook jimgina koʻzidan yosh oqgan holda yerga oʻtirib qoldi. Leliya eshikni bor kuchi bilan urib baqira boshladi.
Leliya: Iltimos uni olib qoling.. Oʻtinaman sizlardan. Usiz yashay olmayman. Yuna menga bunday qila olmaysan, qoʻlingdan kelmaydi. Taehyung Leliyani tinchlantirishga harakat qilar edi. Ammo Leliyaning koʻz oldi qorongʻulashib hushini yoʻqotdi. Taehyung Leliyani koʻtarib xonaga olib kirdi, ularning ortidan ham shifokorlar kirib ketishdi.

Yunaning koʻrinishi

Yuna qandaydir boʻshliqqa tushib qolgan edi. Atrof juda ham chiroyli, uzoqdan esa tanish qiyofani koʻrdi va uni koʼrib koʻzlari quvonchdan porladi. U inson Yunaning onasi Miho xonim edi. Yuna yugirib borib onasini qattiq bagʻriga bosdi va yigʻlab yubordi.
Yuna: Onajon, sizni juda sogʻinib ketdim, agar siz boʻlganingizda hammasi yaxshi boʻlar edi.
Miho xonim: Yuna qizalogʻim, sen kuchli qizsan! Agarda tushkunlikga tushsang doim meni esla va yoʻlingda davom et!
Yuna: Men unday qilishni xohlamayman, men juda ham charchadim! Menga azob berishlaridan, meni tahqirlashlaridan juda charchadim!
Miho: Sen unday taslim boʻla olmaysan! Sen ortga qaytishing kerak va shuni unitmaganki yoningdagi insonlarga eʼtiborli boʻl va qadrla! Qalbingga quloq tut, qani endi boraqol, seni yaxshi koʻraman Yuna degancha Miho xonim koʻzdan gʻoyib boʻldi.

Miho xonim

Shifokorlar qancha harakat qilishmasin, ular umidlarini uzishdi, buni koʻrib turgan Jungkook oʻzini-oʻzi ichidan yeb bitira boshladi va tinmasdan koʻzidan yosh oqar edi.

Jungkookning koʻrinishi

The End.