May 8, 2025

Qismat✨

Author: Minho💜

<Episode 9>
Sujin: Jungkook Yunani himoya qilishni bas qil!
Jk: Bu yerda bas qilishi kerak inson bitta, u ham boʻlsa sen boʻlasan dedi qoshlarini chimirgancha. Bu orada xonaga birin ketin Leliya bilan Taehyung ham kirib kelishdi. Bu janjalni koʻrgan Leliyaning yana asabi buzildi.
Leliya: Hoooy, endi senmi? Nima Jena bilan kelishib olganmisizlar? deya baqirishni boshladi.
Jena: Oʻsha kungi janjalga oʻzing sababchi eding. Men hech narsa qilmadim.
Oʻ: Hammangiz jiiim boʻliiiing dedi gʻazab bilan.
Oʻ: Hammangiz darsdan chiqib keting. Sizlar bilan keyin gaplashamiz. Ularning hammasi xonadan chiqib ketdi va janjalni davom ettirishni boshlashdi.
Jena: Sizlarga oʻzi bu qizlarning nimasi yoqadi, doim ularni himoya qilasizlar?
Yuna: Sizlar ularga nega suykalyabsiz? dedi nim kulib.

Jena va Sujin

Jena: Haa, men yashirmayman menga Jungkook yoqadi dedida Jungkookning yoniga kelib uning qoʻlidan ushladi. Buni koʻrgan Yunaning koʻngli boshqacha boʻlib ketdi.
Jk: Nimalar qilyabsan, aqling joyidami? dedida Jenaning qoʻlini siltab tashladi.
Jk: Men seni xohlamayman. Menga Yuna yoqadi, oldin ham hozir ham.
Jena: Axir...
Jungkook Jenaning soʻzlarini eshitishni xohlamadi va Yunaning qoʻlidan ushlab univerdan chiqib ketdi. Taehyung esa Leliyani u yerdan olib ketdi.
Xari: Otam Yunaga hamma boyliklarini oʻtkazib bergan ekan. Endi nima qilamiz?
Sena: Baribir u hali otasidan qolgan boylikni oʻzi ham bilmasa kerak.
Xari: Qanday boʻlmasin undan hammasini tortib olishim kerak!

Sena va Xari

Jungkook bilan Yuna mashinada jim ketishar edi. Ammo Jungkook Yunaga hammasini aytishga qaror qildi.
Jk: Yuna Jenaning yonida aytgan gaplarim rost edi. Senga boʻlgan tuygʻularim oʻzgargani yoʻq!
Yuna: Lekin Jungkook sen oldin aytgan soʻzlaringchi? Unga nima deya olasan.
Jk: Oʻshanda meni sendan jaxlim chiqqandi. Axir sen meni 1 yil oldin rad etgan eding.
Yuna: Nima... Oʻsha vaqt men bunday munosabatlarga tayyor... Yuna gapini yakunlamasdan unga qoʻngʻiroq boʻlib qoldi.
Yuna: Yaxshi, hozir yetib boraman degancha qoʻngʻiroqni yakunladi.
Yuna: Jungkook meni bir yerga olib borib qoʻya olamaysanmi?
Jk: Ha, yaxshi.

Jungkook bilan Yuna

Taehyung esa Leliyani uyiga olib borib qoʻyishini maʼqul koʻrdi.
Tae: Leliya oʻzi u qizlar sizlarga nega yopishib oldi?
Leliya: Nima hali ham tushinmadingmi? deya asabiy jilmaydi.
Tae: Tushuntirsang tushinamanda.
Leliya: Ular sizlarning mana bu yuzingizga maftun boʻlib qolishgan!
Tae: Bizning yuzimizga nima qilibdi. Biz shunchalik kelishganmizki, ular bizning ortimizdan yurishibdi.
Leliya: Haa, yogʻe unda bor oʻsha qizlarni mashinangda uyiga olib borib qoʻy! Mashinani toʻxtat uyogʻiga oʻzim yetib olaman.
Leliya: Men hazillashmadim! Toʻxtat dedim senga axmoq!
Tae: Nima meni ulardan rashk qilyabsanmi?
Leliya: Haa, nima edi? Menga yoqasan! Ularni sening yoningda koʻrsam asabim buziladi! Sen esa bularni jim kuzatib turibsan! deya hammasini Taehyung gapirib tashladi.
Leliya: Haa, qaranga. Endi esa yoʻlingga qara! Tezroq uyga yetib bormoqchiman!

Taehyung va Leliya

Yuna aytilgan cafega yetib keldi. U yolgʻiz emas edi, u bilan Jungkook ham ichkariga kirdi.
Yuna: Salom Janob! Yaxshimisiz?
J: Yaxshi yetib keldingizmi? Bu yerga oʻtirishingiz mumkin.
Yuna: Menda qanday gapingiz bor edi!
U portfelidan bir konvert olib Yunaga uzatdi.
J: Buni bir vaqtingiz boʻlgan payt, oʻqib chiqing. Otangiz menga buni sizga berib qoʻyishimni vasiyat qilib ketgan edi.
J: Buni oʻwib chiqganingizdan soʻng men bilan bogʻlaning, iltimos!
Kun ham ancha kech boʻlib qoldi. Jungkook Yunani uyga olib kelib qoʻydi. Yuna uy ichiga kirganda Leliya allaqachon uxlab boʻlgandi. U ham sekinlik bilan xonasiga koʻtarildida, sumkasidan konvertni olib uni ochdi. Uning ichida xat bor edi. Yuna xatni oʻqir ekan koʻzlaridan yosh quyila boshladi.
U xatda...

The End.