Qismat✨
<Episode 6>
Shifokorlar umidlarini uzishgan bir paytda Yunaning yuragi yana ura boshladi.
Sh: Uddaladik! deya yuziga nim tabassum yugurdi va xonadan chiqishdi. Ularni koʻrgan Jungkook tezlikda ularga yaqinlashdi.
Jk: Iltimos Yuna oʻziga keldi deb javob bering!
Sh: Yurak urishi yaxshilashdi, lekin negadir koʻzini ochishni xohlamayabdi. Uning ustiga ruhiyatida ham qandaydir muammo boʻlishi mumkin.
Jk: Uning oldiga kirsam boʻladimi?
Sh: Hozir emas, birozdan soʻng kirishingiz mumkin. Leliya koʻzlarini ochdi va Taehyungni koʻrdi.
Leliy: Yunaning yoniga borishim kerak deya oʻrnidan turishga harakat qildi, ammo boshi aylanganligi sababli oʻrnidan tura olmadi.
Tae: Yunadan xavotir olma, ahvoli sal boʻlsa ham yaxshilandi. Faqatgina koʻzini ochsa bas!
Leliya: Unda keyinroq uning yoniga borishga vaʼda ber! dedi jimjilogʻini Taehyungga uzatib.
Tae: Vaʼda beraman! deb u ham jimjilogʻini uzatib.
Kechki payt.
Jungkook Yunaning yonida charchab uxlab qolgan edi. Ammo Jungkook birdan uygʻonib ketdi va Yunaga tikilib qoldi. Birozdan soʻng esa Jungkookning koʻngildagidek ish boʻldi, yaʼni Yuna koʻzlarini ochdi. Jungkook Yunani koʻrib dunyolarga somsa darajada xursand boʻlib ketdi.
Jk: Yuna sening oʻzingga kelishingni juda uzoq kutdim, iltimos boshqa bunday qilmayman deb menga vaʼda ber! deya koʻzlari quvonchdan porlar edi.
Yuna: Senga nima boʻldi? Menga bunday munosabatda emas edingku axir! Menga esa nima boʻldi? Eslay olmayabman deya boshini ushladi.
Jk: Yuna sening oʻzingga kelishingni juda uzoq kutdim, iltimos boshqa bunday qilmayman deb menga vaʼda ber! deya koʻzlari quvonchdan porlar edi.
Yuna: Senga nima boʻldi? Menga bunday munosabatda emas edingku axir! Menga esa nima boʻldi? Eslay olmayabman deya boshini ushladi.
Jk: Endi senga shunday munosabatda boʻlaman. Boʻlib oʻtgan ishlarni unutamiz.
Yuna: Leliyani ahvoli qanday, oʻsha kuni Leliya bilan chiqganimni bilaman.
Jungkook gap boshlamasdan xonaga Leliya va Taehyung kirib keldi. Leliya Yunani koʻrib yuzida tabassum koʻzida esa chaqmoq porlagandek koʻrinar edi.
Leliya: Yuna meni qoʻrqitib yubording, agar yana shunday qilsang mendan yaxshilik kutma deb Yunaning yoniga yaqinlashdi.
Yuna: Hammangiz men haqimda qaygʻurib qolibsizlarmi? Jungkook ham oʻzgarib qolibdi. Taehyung esa Leliya bilan yokida biz bilan qanaqadir oʻyin boshladingizmi?
Jk: Nimalar deyabsan Yunso, nega unday qilamiz? dedi biroz asabiylashib. Xonaga shifokorlar kirib kelishib, Yunani tekshiruvdan oʻtkaza boshladi.
Sh: Yunaning ahvoli anchagina yaxshilangan, sizlar esa xonadan chiqing, Yuna dam olishi kerak deya Jungkook, Taehyung va Leliyaga yuzlandi. Ular ham boshlarini silkib xonadan chiqib ketishdi.
1 oydan soʻng.
Jk: Taehyung kimligini bildingmi? dedi Jungkook savol tariqasida Taehyungga koʻz tashladi.
Tae: Hali aniqla olmadik, lekin kim boʻlsa ham ishini juda ham puxta bajargan.
Jk: Kim boʻlishi mumkin? Bizni deb Leliya va Yuna xavf ostida qolmasa boʻldi.
Tae: Ularni nima boʻlmasin oʻzimiz himoya qilishimiz kerak! dedi qatʼiyatlik bilan.
Yuna ancha yaxshi boʻlib qoldi, yara izlarini ham davolashga muvaffaq boʻlgan edi. Bugun Yuna Leliya bilan univerga yoʻl olishdi. Koʻchada yomgʻir yogʻayotgan, yoʻl chetlarida esa Sakura gullagan edi. Leliyaga yomgʻirli havo yoqgani uchun Yuna bilan biroz koʻcha aylanishdi. Soʻngra univerga yetib kelishdi. Ular sinfxonaga kirib kelishar ekan, darslar allaqachon boshlanib boʻlgan, oʻqituvchi doskada nimalarnidir yozib tushuntirar edi. Ulani koʻrgan oʻqituvchi ularga biroz jaxl qilganday kinoya qila boshladi.
Oʻ: Sizlar bu yerni xohlagan vaqtingiz kelib, xohlagan vaqtengiz yoʻq boʻlib qoladigan joy deb oʻylayabsizmi?
Leliya: Yoʻq, bizning sogʻligʻimizda biroz muammo boʻlgani sababli darslarni qoldirdik, ammo darslarimizni yetkazib olamiz!
Yuna: Joyimizga oʻtirsak maylimi?
Oʻqituvchi ularni ichkariga kirgazmasidan ham iloji yoʻq edi. Chunki univerdagi eng aqlli va chiroyli qizlar qatoriga kirishar edi. Ular joylariga borib oʻtirishdi. Bejirimgina sumkalaridan kitob, daftarlarini olib darsga quloq sola boshlashdi. Ammo birozdan soʻng xonaga rektor bilan ikki yigit kirib kelishdi, ikki yigitni koʻrgan Leliya bilan Yuna hayratdan qotib qolishdi. Ularni hayratga solgan ikki yigit Taehyung bilan Jungkook edi.
R: Salom talabalar! Bugun univerimizga ikkita yangi talab qabul qildik, ularning ismlari Jungkook bilan Taehyung. Ular bilan yaxshi chiqishib ketasiz degan umiddaman. Sizlar esa boʻsh joyga borib oʻtirishingiz mumkin deya rektor ham xonadan chiqib ketdi. Xonada birdaniga shivir-shivir boshlandi. Qizlar esa ularga jilmayib salomlasha boshlashdi va yonlariga taklif qila boshlashdi. Ammo Taehyung bilan Jungkook...