Xavfli taqdir oʻyini...
Final!
Ular birga maroq bilan nonushta qilishdi va birga ofisga ketishdi. Ofis ichkarisiga kirishar ekan, ularni Jungkook kutib turar edi. Hammalari Jungkookning xonasiga kirishdi.
Jk: Endi Minho haqida menga aytasizlarmi degancha asabiy barmoqlarini qirsillatardi.
Tae: Nega birdan Minho haqida gapirib qolding?
Jk: Yana Leliy meni yana bir bor aldadi. Kecha uni telefonda gaplashayotgan payti eshitib qoldim. Keyin esa uni himoya qilganim uchun afsuslandim.
Yuri: Lekin nega oʻsha kuni olib qolishga harakat qilmading?
Jk: Harakat qildim, lekin... Menga Minhoning qayerdaligini aytasizlarmi? dedi yengil qosh uchirib. Taehyung va Yuri bir-biriga biroz termulib, jim boʻlib qolishdi. Bir necha soniyalarda soʻng Taehyung gap boshladi. Jungkookning yoniga oʻtirib.
Tae: Jungkook, Minho kecha qaytib keldi.
Jk: Nima? Hozir qayerda? dedi oʻrnidan irgʻib turib.
Yuri: Lekin Minho, qaytganini senga aytishimizni xohlamagan edi.
Tae: Kecha seni koʻrib mashinadan tushmadi.
Jk: Demak, Minho sening uyingda degancha xonadan shoshilib chiqib ketdi. Yuri va Taehyung ham Jungkookning ortidan shoshilib chiqib ketishdi. Jungkook mashinaga oʻtirib Taehyungning uyi tomon harakatlanadi. Taehyung va Yuri ham Jungkookning ortidan ketayotgandi.
Minhoni eshik qoʻngʻirogʻ ovozi uygʻotib yubordi. Sekinlik bilan oʻrnidan turib pastga tushib ketdi. Eshikni ochishi bilan Minho asabiylasha boshladi.
Minho: Bu yerda nima qilyabsan?
Leliy: Sen qachon kelgan eding? Demak, Jungkook ham shu yerdami? dedida Minhoni turtib, ichkariga kirib Jungkookni chaqira boshladi.
Minho: Bu yerdan ketishingni maslahat beraman, Jungkook bu yerda emas.
Leliy: Nega qaytib kelding? Bu yerdan yoʻqol!
Minho: Ashsh, Shibal! Mening asabimni hozir tamom qilasan. Hozir bu yerdan ketishi kerak boʻlgan inson men emasman dedi Leliyaga yaqinlashib.
Leliy: Jungkook sen kelganingni bilgan, u shu yerda.
Minho: Senga bu yerda emas deb aytdim. Yaxshilikcha ketmading dedida Leliyning bilagidan ushlab eshik tomonga harakatlandi. Leliy qoʻlini siltab Minhoning qoʻllaridan chiqdi, Leliy ham boʻsh kelmasdan Minhoni oʻziga tortib devorga qattiq itarib yubordi. Polning ustiga yiqilgan Minho boshida qattiq ogʻriq sezdi va boshini ushladi. Birdan eshik tomondan eshitilgan ovoz Leliya va Minhoni qoʻrqitib yubordi.
Jk: Hooy, Shibal! Nimalar qilyabsan? Oʻlging keldimi? dedida Leliyni turtib Minhoning yoniga kelib boʻyi tengi tizzaladi. Minhoning qoʻllaridagi qon izlarini koʻrgandan soʻng, yanada asabiylasha boshladi. Bu orada Taehyung bilan Yuri ham yetib kelishdi, Yuri Minhoning yoniga yetib kelib unga qonni toʻxtatishga yordamlasha boshladi. Jungkook Leliyga jaxl bilan yaqinlashib kelayotgan edi, uni Taehyung kelib toʻxtatdi.
Tae: Leliy bu yerdan va Jungkookning hayotidan tinchgina chiqib ket! dedi. Leliy ham tezlikda u yerdan gʻoyib boʻldi, Taehyung esa Jungkookni tinchlantirishga harakat qildi va bu natijaga erishdi. Yuri Minhoni yuqoriga olib chiqib boshini bogʻlab qoʻydi va unga suv olib kelib berdi.
Yuri: Ahvoling yaxshimi? dedi Minhoga qarab.
Minho: Hammasi joyida, xavotir olma! Minho bu gaplarni tugatishi bilan xonaga Taehyung bilan Jungkook kirib keldi. Jungkook Minhoni koʻrib, biroz yuziga tabassum yugurdi.
Minho: Bu yerda nima qilyabsan? Leliyning ortidan tezroq yetib ol!
Jk: Balkim bas qilarsan! Toʻgʻri xato qilgandurman, lekin senga boʻlgan tuygʻularim oʻzgarmagan dedida Minhoning yoniga kelib oʻtirdi.
Minho: Men ortiq seni koʻrishni istamayman va bu yerdan ketishingni soʻrab qolaman.
Yuri: Toʻgʻri Minho Jungkookdan jaxling chiqishi bu tabiiy hol, ammo Leliy nimalar qilganini oʻzing bilasan.
Minho: Nega oʻsha kuni meni toʻxtatishga harakat qilmading? Nega Leliyni deb menga jaxl qilib, uning yoniga ketding, nega har doim meni azoblaysan? deb baqirdida, soʻngra yigʻlab yubordi.
Jungkook unga bir soʻz ham demasdan uni bagʻriga bosdi va qulogʻiga sekin shivirladi.
Jk: Meni kechir Minho, men bunday boʻladi deb oʻylamagan edim. Iltimos qilaman, yigʻlashni bas qil, meni esa kechir deb Minhoga tasalli berar edi. Minho shu vaqtgacha ayta olmagan soʻzlarini hozir aytib yengil tortdi. Asta-sekin yigʻidan toʻxtab, koʻz yoshlarini artdi. Jungkookga biroz termulib qoldi.
Tae: Demak, yarashib oldingiz! Endi esa Yuri bilan toʻyimizni ham rejalashtirsak kerak dedi keng tabassum qilib. Bu gapni eshitgan Yuri Taehyungning yelkasiga yengil urib qoʻydi.
Minho: Sizlar hali bizlarsiz toʻy qilmoqchimisiz dedi, biroz kayfiyati koʻtarilib.
Jk: Sizlardan keyin biz ham Minho bilan turmush quramiz dedi Minhoga tikilgancha. Minho ham kulib rozilik javobini berdi.
Shu zaylda kunlar oʻtdi. Ular bir-birlari bilan turmush qurishdi, hozirda ulardan baxtli inson yoʻq. Har kuni Taehyung bilan Yuri, Jungkook bilan Minhoning uyiga kelib turar yoki buning teskarisi edi. Ularning olisdagi ishlari ham yaxshilandi, turli xil yutuqlarga erishishdi. Bu orada ular farzandli ham boʻlishdi, ikki juftlikda ham bir oʻgʻil, bir qizli boʻlishdi. Naqadar baxtli yakun...
Author pov🍃
Bu mani birinchi fanficim boʻlgani uchun kamchilik va xatolar boʻlgan boʻlsa uzur soʻrayman. Lekin sizlar uchun yaxshilab yozishga harakat qildim. Bundan soʻng sizlarga yoqadigan yaxshi fanficlar chiqarishga harakat qilaman.