Qismat✨
<Episode 8>
Flashback erta tong.
Bugun Yuna Leliyadan ancha oldin turib, yuvinish xonasiga kirib yuvinib chiqdi. Sochlarini quritib, tartibga keltirdida, pastga nonushta tayyorlash uchun tushib ketdi. Oshxonada Yuna Leliya yoqtirgan taomlarni tayyorlar edi, lekin uni eshikning taqillashi choʻchitib yubordi.
Yuna: Ashsh, yana kim boʻldi? Yana Jungkook kelmadimi, erta tongdan? degancha eshik tomonga harakatlandi. Ammo eshik ortida u kutmagan inson turar edi, u Xari edi.
Xari: Yuna hoziroq uyga qaytishing kerak! dedi u bilan hatto salomlashmasdan ham.
Yuna: Senga nima kerak? Men uyga qaytmayman dedi qatʼiyatlik bilan.
Xari: Otamizni oxirgi bor koʻrishni xohlamaysanmi? Endi ularni boshqa koʻra olmaysan! dedi mazax qilgandek.
Xari haqida qisqacha.
Xari Yunaning oʻgay singlisi hisoblanadi. Yuna bilan munosabatlari xech qachon yaxshi boʻlmagan, u opasi boʻlsa ham uni opa oʻrnida koʻrmas, oʻzini yagondek his qiladi. Janob Park Xariga Yunaga bermagan mehrni bergan boʻlsa ham, lekin Xari uni otasi sifatida koʻrmagan. Faqat ularning maqsadi Janob Parkning boyliklari boʻlgan. Jungkookdan olgan qarzini bermaganligi sababi ham shu Xari va uning onasi Senaning makkoraligi tufayli edi.
Yuna: Ularga nima boʻldi? Axvollari yaxshimi? deya vahimaga tusha boshladi. Yuna otasiga shu kungacha hali ham mehri bir oz boʻlsa ham soʻnmagan, bu ishlarini esa jaxl ustida qilayotgan edi. Bu gaplarni eshitib Yunaning ichida dunyolar qulagandek boʻldi.
Yuna pov🍃
Nima yana meni tashlab ketishdimi? Toʻgʻri sizga nisbatan jaxl qilayotgan edim, lekin sizni yuragimning tubidan yaxshi koʻrardim. Nega meni tashlab ketdingiz? Onam ham huddi sizdek meni tashlab ketgan edilar. Endi men nima qilaman, kimga suyanaman. Yuna shu soʻzlarni oʻylar ekan koʻziga tinmasdan yosh quyilib kelardi. U tezlikda uyiga yoʻl oldi.
Comeback univer.
Leyla tinmay Yunaga qoʻngʻiroq qilar, ammo u faqat operator ovozini eshitar edi. U yanada Yunadan xavotir olib, asabiylashar edi. Jungkookni aytmasa ham boʻladi.
Jk: Nimaga Yuna qoʻngʻiroqlarga javob bermayabdi?
Leliya: Men ham shunga tushinmayabman.
Tae: Kecha senga qayergadir borishini aytmagan edimi?
Leliya: Yoʻq, faqat otasining yoniga borishini soʻragan edim, lekin u bunga qarshiligini aytgan edi.
Tae: Balkim u otasining yonidadir.
Leliya: Agar shunday boʻlsa ham Yuna meni qoʻngʻiroqlarimga javob berishi kerak edi.
Jk: Unda u qayerda? Yoki yana nimadir boʻldimi? dedida choʻntagidan telefonini olib kimgadir qoʻngʻiroq qila boshladi.
Jk: Sen hozir menga bir insonni qayerda ekanligini bilib berishing kerak.
Jk: Hozir senga maʼlumotlarni tashlayman, lekin tezlash agar kech qolsang javob berasan dedi jaxl qilib. Darslar ham oʻz nihoyasiga yetdi, ammo hali ham Yunadan darak yoʻq. Ular univer hovlisiga chiqishdi va Jungkookga shu zahoti qoʻngʻiroq boʻldi.
Jk: Qanday maʼlumot topding, tezroq gapir.
Jk: Nimalar deyabsan? Boʻlishi mumkin emas! dedi qoshlarini chimirib.
Jk: Yaxshi degancha qoʻngʻiroqni yakunladida Leliya va Taehyungga yuzlandi.
Jk: Tezroq mashinaga oʻtiring, Yuna qayerdaligini bilaman.
Leliya: Yuna yaxshimi? Qayerda ekan? Gapira qolsangchi!
Jk: Uning otasi Janob Park vafot etibdi.
Bu gaplarni eshitgan Leliya biroz yuzida gʻalati nigoh paydo boʻldi va ular yoʻlga tushishdi.
Yuna dafn marosimida oʻzini zoʻrgʻa tiyib turar edi. Hamma uning yoniga kelib hamdardlik bildirar, lekin ularning birortasi unga yordam bermas, aksincha uni ustidan kulishedigandek tuyular edi. Sena bilan Xari esa faqatgina koʻrinishidan oʻzini siqilgan qilib koʻrsatar, ammo ichida qanchalar xursandliklarini taʼriflab boʻlmas edi. Yuna esa doim yigʻlar, uning yonida xech kimi yoʻqdek tuyulardi. Oradan biroz vaqt oʻtib uy ichiga Leliya, Taehyung va Jungkook jiddiy nigohda kirib kelishardi. Leliya Yunaning yoniga yetib bordi.
Leliya: Yuna... Yuna... Meni kechir sening ogʻir vaziyatingda yoningda boʻla olmadim deya Yunani bagʻriga bosdi.
Yuna: Leli... Leliya... Meni nega kecha sening gaplaringga kirmadim? Endi men ularni hech qachon koʻra olmayman.
Leliya: Yuna endi sen yanada kuchli boʻlishing kerak. Senga oʻzim yordam beraman.
Yuna: Ammo qanday kuchli boʻlaman, hamma mening ustimdan kulayotgandek deya tinmasdan yigʻlardi. Axir men otam bilan qilishim kerak boʻlgan ishlarim juda koʻp ediku.
Leliya: Iltimos Yuna oʻzingni ham biroz oʻylasangchi, har qanday vaziyatda ham ota-onang seni yoningda, seni doim qoʻllab quvvatlab turishadi.
Leliya Yunani biroz tinchlantirgandek edi. Kunlar ham tezlikda oʻta boshladi, Yuna kundan kunga oʻzgara boshladi. Yani kuchli boʻlishga harakat qila boshladi. U bilmas ediki otasi unga hamma boyliklarini uning nomiga oʻtkazganligini. Buni bilgan Sena va Xari hamma boyliklarga ega chiqish uchun har kuni reja tuzishar edi.
Bugungi kunni ham doimgidek boshlab olishdi. Ular xonada oʻtirishar edi, oʻqituvchi esa dars oʻtishni boshladi.
Jk: Hoooy Yuna, bugun ham kutubxonaga borasanmi? deya sekin gapirdi.
Yuna: Ha, boraman. Senga nimadir kerakmi?
Jk: Haa, kerak.
Yuna: Nima xohlaysan, topa olsam olib kelishim mumkin!
Jk: Nimani soʻrasam ham olib kelasanmi?
Yuna: Haa, kutubxonadan nima olib kelishim kerak?
Oʻ: Siz ikkalangiz, oʻrningizdan turing! Jungkook bilan Yuna oʻrinlaridan turishdi.
Oʻ: Men dars oʻtayotgan vaqtim sizlar nima haqida gaplshyabsiz? Bu orada oraga Sujin qoʻshildi.
Sujin: Balkim ularning oʻrtasida qandaydir munosabat bordir, dars vaqti gaplashishganiga qaraganda.
Yuna: Hammani ham oʻzingga oʻxshatma.
Sujin: Men sen haqingda gapirdim, oʻzim haqimda emas.
Jk: Sujin haddingda oshyabsan, yana nimadir desang oʻzingga yomon boʻladi dedi asabiylashib.