Qismat✨
<Episode 7>
Ammo Taehyung va Jungkook toʻgʻri borib Yuna va Leliyaning ortiga kelib oʻtirdi. Jena sekingina Taehyungga qarab gap boshladi.
Jena: Hooy, balkim yonimga oʻtarsan, tanishib olardik deya koʻzini suza boshladi. Bu gapdan Leliyaning jaxli chiqib ketdi va oʻrnidan turib Jenaga baqira ketdi.
Leliya: Jena kimnidir yoningga taklif qilib, tanishganingdan koʻra oʻqishingga eʼtiboringni qaratsang boʻlmaydimi?
Jena: Byong shin! Senga nima aloqasi bor! Xohlasam oʻqiyman, xohlasam u bilan tanishaman! deya u ham oʻrnidan turdi. Leliya oʻylab oʻtirmasdan Jenaning toʻgʻri yoniga borib unga tarsaki tushirdi. Jenaning ham bundan jahli chiqib bir biri bilan urisha ketdi. Bu kichkina mojaro katta janjal boʻlib ketishini hech kim bilmas edi. Yuna ham Leliyani himoya qilishga bordi, chunki u ham oʻz boʻlsa ham jang sanʼatidan xabari bor edi. Endi esa urish ichiga Yuna ham qoʻshildi. Buni koʻrgan Jungkook bilan Taehyung ularni ajratishga harakat qilishdi, lekin xonaga oʻqituvchi kirib keldi.
Oʻ: Hooy, hammangiz! Bu yerda nima boʻlyabdi? Oltalangiz ham rektor xonasiga boring, ortingizdan yetib boraman! dedi baqirib.
Sujin: Sizlar bilan darsdan keyin gaplashamiz!
Yuna: Qayerda boʻlsa ham bizga farqi yoʻq! Shundaymi Leliya, nima deding? dedi yovuzona jilmayib.
Qizlar bir biriga yomon qarash qilib rektor xonasiga yoʻl olishdi, ularning ortidan esa Taehyung va Jungkook yuzida nim tabassum bilan ketishar edi.
Rektor xonasi.
R: Qizlar nimalar qilib yuribsiz? Sizlar-chi yigitlar ahir birinchi oʻqish kuning boʻlsa.
Jena: Leliya oʻzidan oʻzi menga baqirib, menga yaxshi oʻqimasligimni yuzimga solib, menga tarsaki tushirdi.
Leliya: Yolgʻon gapirma!
Taehyung: Janob, aslida darsda oʻtirgan edik. Jena mening bilan tanishmoqchiligini va yoniga oʻtishimni soʻragan edi, lekin Leliya shuning oʻrniga darsingni qilsang boʻlmaydimi deb gapirgan edi. Lekin buni Jeni tushinmasdan unga qoʻpol gapira boshladi.
R: Jena nega unday qilding? Axir Leliya toʻgʻri gapirgan! Jena xech narsa gapirmasdan jim turaverdi. Soʻngra rektor ularni sinfxonaga borishlarini aytdi. Shu tariqa darslar ham oʻz yakuniga yetdi. Yuna bugun kutubxonaga borishi kerak, Leliya esa uyga ketadigan boʻldi.
Leliya: Yuna kutubxonadan chiqib toʻgʻri uyga bor! Men ungacha kechlik tayyorlab turaman deya birga univer hovlisiga chiqishdi.
Yuna: Yaxshi, tezroq qaytishga harakat qilaman.
Jk: Siz ikkingiz qani toʻxtangchi deya Jungkook bilan Taehyung ularning ortidan kela boshlashdi.
Yuna: Yana bular qayerdan paydo boʻldi? deya biroz ensasini qotirdi.
Leliya: Bizdan yana nima xohlaysizlar? Bu yerga nega keldingiz?
Taehyung: Oʻqish uchun keldik. Nima mumkin emasmi?
Yuna: Nima? Sizlarmi? Ishonish qiyin. Axir sizlar mafialik olamining qirolisizlarku. Oʻsha ishlaringni qilib yuraveringlar!
Jk: Ikkisini ham qilaveramiz. Endi esa mashinaga oʻtiring, uyingizga tashlab qoʻyamiz.
Leliya: Buning iloji yoʻq, chunki Yuna kutubxonaga, men esa uyga ketaman. Lekin sizlarning mashinangizga oʻtirmayman.
Jk: Yuna men ham sen bilan kutubxonaga bormoqchiman?
Yuna: Bemalol, xamroh kerak boʻlsa Sujin bilan borishing mumkin deya Leliya bilan xayrlashib u yerdan uzoqlasha boshladi.
Tae: Sizlarga nima boʻlyabdi? Nima bizlarni rashk qilyabsizlarni? deya mazax qila boshladi.
Leliya: Nima? Sizlarnimi? Sen menimcha Jenaning taklifidan keyin roʻyxush boʻlib qolding! dedida u ham uyga ul oldi. Taehyung esa keng tabassum qilishni boshladi. Jungkook esa Yunaning ortidan ketdi. Ular shu tariqa kun oʻtkazishdi. Kun ham ancha kech boʻlib qoldi. Yuna uyga hozirgina qaytdi va xonasiga chiqib kiyimlarini almashtirib, pastga tushdi.
Yuna: Xoʻsh, mening dugonamning ahvoli qanday deya Leliyaning bagʻriga bosdi.
Leliya: Buncha kech qaytding? Menda hammasi joyida. Qani oʻtirchi, ovqatlanamiz degancha Yunaning oldiga oʻzi tayyorlagan taomlardan qoʻya boshladi.
Yuna: Leliya nima deb oʻylaysan, ular nega aynan bizning univerda oʻqishni xohlab qolishdi?
Leliya: Bunga men ham qiziqyabman. Lekin Jenaning qilgan ishidan asabim buzildi, oʻzicha Taehyungga suykalmoqchi boʻldi.
Yuna: Haa, buni men ham sezdim. Sujin ham Jungkookga endi qarmoq tashlashni boshlaydi. Bu qizlarni nima qilsa boʻladi-a?
Leliya: Shuning oʻrniga oʻqishini toʻgʻirlasini, kimgadir koʻz suzganicha.
Yuna: Biz nega oʻzi ular haqida oʻylab, qaygʻurishimiz kerak! Bu axmoqlik!
Yuna: Bilmadim, ularning yoniga qaytib bormadim dedi beparvolik qilib.
Yuna: Xohlamayman. Oʻgʻay onam bilan singlim ham oʻsha yerda. Ularni koʻrishni xohlamayman. Bilasan, ular meni yoqtirishmaydi. Yuna biroz bu masalada gaplashganida koʻziga yosh kelar edi. Lekin bu safar u koʻz yoshlarini Leliyadan yashirdi. Ular ovqatlanib boʻlib uxlab qolishdi.
Jungkook bugun erta turgan edi, chunki univerga borish kerak edi. Jungkook uchun muhim narsa univer emas edi, aksincha Yunani koʻrish edi.
Tae: Yoʻldaman. Endi yetib boraman! Sen oʻzingchi? Qachon yoʻlga chiqasan?
Jk: Men ham hozir yetib boraman dedida aloqani tugatdi. Jungkook mashinasida tezlikda univerga yetib bordi. Uni hovlida Taehyung kutib turar edi.
Jk: Yaxshimisan deb soʻramayman, chunki koʻrinishing aytib turibdi. Qizlar hali kelmadimi?
Tae: Hali ulardan darak yoʻq. Menimcha endi kelib qolishadi. Qani yuraqol, xonaga kiramiz, hozir kirishga boʻladi deb Jungkookni ichkariga olib kirib ketdi. Darslar boshlandi ham ammo Yuna bilan Leliyadan xabar yoʻq. Jungkook bilan Taehyung xavotirda oʻtirishar edi. Birozdan soʻng xonaga Leliya kirib keldi va joyiga kelib oʻtirdi. Leliya ham Yunaning yoʻqligidan biroz xavotirlandi va ularga yuzlandi.
Leliya: Hoooy, yigitlar Yuna univerga kelganmidi? dedi biroz shoshib.
Tae: Men hali uni koʻrganim yoʻq.
Leliya: Kecha birga ovqatlanib, biroz suhbatlashdik va uxlab qoldik. Ertalab turib qarasam Yuna oʻrnida yoʻq edi. Men oʻylabmanki, Yuna vahli univerga ketgan deb.
Oʻ: Siz uchalangiz eʼtiboringizni darsga qarating, tanaffus vaqti suhbatlashasiz deya ularni urishdi. Leliya ham oldiga qarab oldi, lekin ichida „Yuna qayerda?“ degan savol yeb bitiradi edi. Lekin Yuna bu vaqtda qanday ahvolda ekanligini ular bilmas edi.