May 11, 2025

Qismat✨

Author: Minho💜
Author: Yunseo💜

<Episode 10>
Bu xatda shunday soʻzlar yozilgan edi:
J/Park: Yuna bilaman men senga haqiqiy ota bola olmadim, chunki onangni oʻlimidan soʻng men kimdan alamimni olishni bilmas edim. Ammo hayotimga Sena bilan Xari kirib kelgandan soʻng men senga nisbatan shafqatsiz otaga aylandim. Menda qancha boyliklar boʻlsa ham lekin sendan pul talab qilardim. Bilaman, senga yaxshi ota boʻla olmagan boʻlishim mumkin, lekin seni yuragimning tub tubidan yaxshi koʻrardim. Har gal senga qaraganimda onangni siymosi, goʻzalligi senda aks etardi. Sen oʻshanda men olib qolishim kerak edi. Ammo qoʻlimdan kelmadi. Meni kechir meni Sunshin yuzli Yunam. Men senga bera olmagan mehrim uchun kechir.
Endi esa mening bu soʻzlarimga quloq sol! Balkim bu xatni oʻqiyotgan vaqting men yoningda boʻlmasdirman, lekin sen endi bundan soʻng yanada kuchli boʻl! Men senga barcha boyliklarimni meros qoldirdim. Barcha ofis ishlari va barcha aksiyalarim hamma hammasi seniki. Ammo endi seni tinch yashashinga Sena va Xari halal berishi mumkin. Sen endi ular bilan kurashishing kerak, men har doim yoningda boʻlaman.
Mening Sunshin yuzli Yunam oʻzingni ehtiyot qil!
Xatning har bir soʻz, har bir satr Yunani yuragiga oʻqdek sanchilar, yuzlarini esa koʻzlaridan oqib tushayotgan yosh yuvardi. Oʻzini har qancha tinchlantirishga harakat qilmasin, bari befoyda edi. Yuna oʻzini yotoqga otdi va yigʻlab yigʻlab tongga yaqin uxlab qoldi.
Bugun dam olish kuniga qaramasdan Yuna erta uygʻondi va yuvinish xonasiga kirdi. Yuzlarini yuvib toʻgʻrisidagi oynaga termulib hayollarga gʻarq boʻldi.
Yuna pov🍃
Bugundan oldingi Yuna yoʻq! Otamning ishonchini oqlash uchun qoʻlimdan kelgan barcha ishni qilaman. Univer oʻqishlarimni ham tashlab qoʻymayman. Oʻzgarish vaqti keldi. Qani olgʻa Yuna! degancha yuvinish xonasidan chiqdi. U garderogi yoniga bordi va oldin umuman kiymagan kiyimni keyishni oʻziga maʼqul koʻrdi.

Yuna

Leliya esa hali ham yoqimtoygina boʻlib uxlab yotardi. Yuna kiyimlarini almashtirib pastga tushdi va Leliyani xonasiga yaqinlashdi. Ammo uni uxlashini koʻrib uygʻotgisi kelmadi. U toʻgʻri kecha xatni olgan inson bilan koʻrishishni reja qildi, unga xabar berdi va oʻzi ham yoʻlga tushdi.
Taehyung erta tongdan Leliyaga qoʻngʻiroq qildi. Leliya esa eringancha qoʻngʻiroqga javob berdi.
Leliya: Ashsh, nima deysan! Uxlashga ham qoʻymaysan! dedi koʻzlarini bazoʻr ochib.
Tae: Nima hali ham uxlayabsanmi? Balkim bugun tushlikni birga qilarmiz? dedi xursand boʻlib.
Leliya: Men yana biroz uxlab olishim kerak. Mayli tushlikga oʻzim yetib boraman degancha qoʻngʻiroqni yakunladi. Taehyung esa jilmayib telefonga termulib qoldi.

Taehyung

Jungkook esa bugun omborga kelgan edi.
Jk: Sizlar oʻsha insonni topdingizmi? dedi jiddiy nigohda.
Hyun: U juda ham ishni toza bajargan, chunki xech qanday shubhali narsa topa olmadik.
Jk: Uyning atrofidagi kameralarchi?
Hyun: Ular shu darajada sizni yaxshi kuzatganki, kameralarni faolsizlantirgan. Hattoki oʻsha kuni uyda nechta odam boʻlganini bilgan.
Jk: U kim boʻlishi mumkin? Men bilan bu qadar oʻyin qilishiga nima sabab? Yana nimadir boʻlishi aniq.
Hyun: Biz uy atroflariga yanada koʻproq qoʻriqchilar jalb qildik, xavotir qilmang!
Jk: Men oʻzimdan emas Yunadan xavotir olayabman, chunki koʻp vaqtim u bilan oʻtyabdi.
Hyun: Unda hozir u bilan kelishmay turganingiz maʼqul!
Jk: Balkim gaping toʻgʻridir. Endi sen ham ketishing mumkin dedida oʻzi ham ishlarga chalgʻib ketdi.

Hyun

J: Yuna xatda nimalar yozilganini oʻqigan boʻlsangiz kerak.
Yuna: Haa, hammasini oʻqib chiqdim. Endi esa men otamning hamma ishini qoʻlga olmoqchiman.
J: Sizda endi dushmanlar paydo boʻlishni boshlaydi. Menimcha allaqachon bundaylar paydo boʻlgan.
Yuna: Bilaman, ular otamning barcha boyliklariga ega chiqmoqchi. Men bilan ular kurasha boshlaydi.
J: Siz yanada ehtiyotkor boʻling, ular juda ham ayyor. Hozir ofisda boʻlishsa kerak.
Yuna: Unda men tezroq ofisga yetib boraqolay degancha oʻrnidan turdi. Yuna u bilan xayrlashib toʻgʻri ofis tomonga harakatlandi.
Ofis ichiga kirib kelar ekan hamma hayron qolib Yunaga qarar edi. Toʻgʻri otasining xonasiga koʻtarildi va ichkariga kirdi. Ichkarida esa uning oʻgay onasi bilan singlisi oʻtirar edi. Ular Yunani koʻrib biroz havas koʻzi bilan qarab qolishdi. Chunki oldin Yunani bunday koʻrinishda koʻrishmagan edi.
Xari: Yu... Yuna bu yerda nima qilyabsan?
Yuna: Oʻz ofisimga keldim, nima mumkin emasmi? dedi bir qoshini yengil uchirib.
Sena: Hozircha seniki boʻlishi mumkin, lekin biroz vaqtdan soʻng albatta mening qizim Xariniki boʻladi.
Yuna: Nima aqlingizni yedingizmi? Sizning bunday qilishingizga yoʻl qoʻyib beraman deb oʻylaysizmi?
Sena: Sen qiz haddingdan oshyabsan! Balkim jim boʻlarsan?
Yuna: Jim boʻlmasam nima boʻladi? dedi Senaning koʻziga tik qarab.
Yuna: Endi siz oʻylagan oldingi Yuna yoʻq! Uning oʻrniga kuchli, qoʻrqinchili, jozibador Yuna keldi. Endi esa xonani boʻshatib qoʻying! dedida ishstuliga borib oʻtirdi. Sena esa Yunaga yomon qarash qilib Xarini ham oʻzi bilan xonadan olib chiqib ketdi.

Sena va Xari

Tushlik vaqti.
Tae: Leliya yaxshi yetib keldingmi?
Leliya: Agar sen ertalab qoʻngʻiroq qilmaganingda balki bundan ham yaxshi boʻlar edim deb kulib qoʼydi.
Tae: Mana meni koʻrding endi yanada yaxshi boʻlasan.
Leliya: Balkim yomon boʻlar, qayerdan bilasan deb yelkasiga yengil urib qoʻydi.
Tae: Qani endi oʻtir! Nimadir buyurtma beramiz.
Leliya: Yaxshi.

Leliya

Jungkook kechga yaqin ishlarini tugatdi va boshidan oyogʻigacha qora rangda kiyindi. Yuziga niqob ham taqib oldi va Yunaning uyi yoniga yaqinlashdi. U biroz shu yerda turdi. Lekin uyda hech kim yoʻqligini bilgandan soʻng yana qaytib ketdi. Yunaga qoʻngʻiroq qilay desa, hozircha u bilan oʻrtasiga masofa qoʻyib turishni afzal koʻrdi.

Jungkook

Yuna esa ancha kech boʻlib qolgani uchun ofisdan chiqdi va uyi tomonga harakatlandi. U Seul manzarasidan zavq olib ketayotgan bir paytda kimdir unga turtilib ketdi va uning soʻmkasiga sezdirmay konvert solib qoʻydi. Yuna esa buni sezmay yoʻlida davom etdi. U uy ichiga kirib kelar ekan, uyda Leliya yoʻqligini sezdi va toʻgʻri xonasiga chiqdi. U xonaga kirib kiyimlarini almashtirdi va sumkasidagi konvertni koʻrib hayron qoldi va uni ochdi, uning ichidagi unga yozilgan xatda esa vahimali soʻzlar yozilgan edi.
Xatda...
Sen qiz ancha oʻzgaribsan. Seni anchadan beri kuzatib yurgan boʻlsam ham senda bunday shijoat koʻrmagan edim. Endi esa sen oʻzingni himoya qilishga harakat qil! Chunki endi senga qilinayotgan ham ishga oʻzim sababchi boʻlaman. Toʻgʻri bundan oldingi yongʻinga ham men sababchiman, lekin sizlar meni topa olmadingiz! Buni ogohlantirish deb qabul qil mening goʻzal oʻljam.
Hurmat bilan ajaling... degan soʻzlar yozilgan edi. Yuna buni oʻqib biroz qoʻrqa boshladi.
Demak, sen meni har bir qadamimni kuzatib yuribsan. Yaxshi shunday boʻlaqolsin, seni oʻzim topaman! Oʻzimni himoya qilish uchun menga qandaydir tansoqchilar shart emas, chunki seni oʻzim shu holatimdan ham topa olaman degancha oʻziga dalda berar edi. Yuna uxlashga tayyorgarlik koʻrib, uxlashga yotdi.
Bugun hamma darsga vahli kelgan edi, ammo Yuna va Leliya biroz kech qolishdi. Shunga qaramasdan oʻqituvchi ularni kirishiga ruhsat berdi. Leliya toʻgʻri borib Taehyungning yoniga kelib oʻtirdi. Yuna esa orqa partaga borib oʻtirdi, koʻzida esa gʻazab koʻrinib turar edi. Chunki Jungkook Sujin bilan oʻtirar edi. Sujin tinmay Jungkookga jilmayib, suyaklar edi.

Sujin

Tanaffus ham chalindi, Yuna toʻgʻri borib Sujin bilan Jungkookning yoniga turib oldi va Yuna Sujinni...