February 8, 2025

темно зелёные кеды

By hwang yonsu
To'q yashil krassovkalar

Yona uyiga kelarkan uhlashga harakat qildi bir payit onasi honaga kirib yonani ko'rgani kelishganini aytdi ammo kimligini emas yona hayron qoldi

Honaga kirgan odam esa Minho ha minho edi uni korgani minho kelgan edi

U yonani oldiga kelib otirdi
M:salom
Y:salom meni bu yerda yashashimni qayerdan bilasan
M:sen haqingda barchasini bilaman
Bu gaplarni aytib minho yonani qo'llarini qattiq ushlab oldi
Y:m-minho nima qilyapsan
Yonani qattiq titroq bosardi hech qachon unga hech bir bunchalar yaqin masofada bo'lmagan va bunday muomala qilmagan edi
M:men seni qanchalar sog'inganimni bilganingda edi
Y:minho meni qo'yib yubor
M:qo'yib yubormasamchi nima qila olasan sen ahir mittigina qizcha bo'lsang yetmaganiga menga kuching yetmaydi
Y:qo'yib yubor aks holda ovozm boricha baqiraman
M:baqir seni hech kim eshitmaydi hohlaganingcha baqir qani kim yordamga kelar ekan
Yona juda qo'rqqan hatto ovozi ham chiqmay qolgandi hozir minho unga nima qila olishini hayoliga keltirsa bundan battar qo'rqib ketar edi
Y:oyi oyii qarang menga yordam bering hooy
Yonani hech kim eshitmas edi minho qizga tobora yaqinlashar ekan yona yanada qattiqroq baqirishni boshlar edi ammo endi kech bo'lgan edi…

Yarim tun, to'lin oy honaning oynalari ochiq qolgan
Kechasi terga botib uyg'ongan yona turib qaradi barcha yeri terga botgan ammo tanasi muzlab qolganidan titrab turar edi…
Bularning barchasi tush edi ha tush ohirgi payitlar yonaning tushlariga faqat qo'rqinchilik narsalar kirar edi, oldingidek o'sha tushlariga kiradigan ko'rkam yigit yo'q, endi shirin tushlar o'rniga qorqinchilik odamni daxshatga soluvchi tushlar

Yona yana qaytib uhlashga harakat qildi ammo bu gal o'hshamadi uning tanasi titrar edi huddiki muzlatgichda qolib ketgan tanaga o'xshab, ammo kunlar ancha isib qolgan edi chunki bahorning allaqachon o'rtalari tugay deb qoldida

Shunday qilib kunlar o'tdi, yona honasidan umuman chiqmay o'tirdi, balki bu odat bolib qolgandirham egnida qalin hudi va shimlar shunday qilib 4yoki5 kun o'tdi hattoki bugungi sana nechaligini ham bilmaydi yona,

Bugun ohirgi marotaba…
Men charchadim lekin uhlay olmayapman yona bu gaplarni o'ziga ozi aytardi ha u necha kunlardan beri uhlay olmaydi,
Kunlar hissiz o'tar edi huddi yona o'zini sekin yeb bitirgani kabi

Yana tong yona o'rnidan turdi bugun boshqacha kun edi, ha juda hayajonli kun yonaning ota onasi uyda edi, chunki bugun yomg'irli havo edi ko'chalarda havo illiq bo'lsa ham yomg'ir yengilgina yog'ib turar edi.
Bu ishni yanada qiyinlashtirar edi
Yona turib popkasini oldi va ichiga telefon, quloqchinlar, mister poncho va 2ta hatni soldi hatlarni birida ''oilam uchun'' bitida esa ''minho uchun'' deb yozilgan edi…

Bugun yona uchun sal bolsada quvonchli kun edi, chunki bugun boshqa bu uyga qaytib kelmas bo'lib ketayotgan edida yo'lda ketayotib yomgir ostida paydo bo'lgan suvlarni bosdi g'alati ammo hech qachon bu yashil krossovkalarni kir bo'lishiga yo'l qo'ymas edida, ha bugun boshqacha kunligi bilinar edi

Yolda ketayotib yona minhoni ko'rib qoldi
M:yona bu yerda nima qilyapsan
Y:qaleysan, ha myung-deni oldiga ketayotgan edim
M:haa
Y:senchi, o'zing bu yerda nima qilayapsan
M:sen bilan gaplashadigan gapim bor edi
Ha agar boshqa payti bolgan bolsa yona qorqan bolar edi bu gaplardan ammo hozir ko'nglida hotirjamlik edi
Y:hoosh nima gap ekan
M:menga qo'shil bizning kamandaga
Yona bu gaplardan shokga tushib qolgan edi
Y:nima deyishni ham bilmayman…
Bir payit yonani baquvvat qollar ushlab oldi va bag'riga bosdi shunchalar yumshoq tarzda qilinardiki huddiki sal qattiqroq harakat qilsa yona sinib ketgudak
M:men seni sevaman
Bu gaplarni eshitib yanada qattiq shokga tushib qolgan yona ozini bosib dedi
Y:minho kechir men sizlarga qo'shila olmayman
M: ammo nega
Y: boshqa joyga ko'chib ketayabmiz
M: qayerga, nega, qachon
Y:bularni ayta olmayman ertaga bilib olasan Xo
M: Xo juda yoqimli eshitilar ekam Kim yona
Yona uyalib ketti va yuziga behosdan kulgi yugurdi
M:yona sen kulding
Y:n-nima yooq senga korindi
M:ehh mayli ammo kulganingda chiroyli bo'lib ketar ekansan
Y: Xo men ketishim kerak kechir
M: Mayli ammo bil men seni qancha kerak bo'lsa kutaman yona
Y:sendan bir iltimosim yo'qliginda myung-de dan habar olib tur iltimos zeriktirib qoyma
M:hoyy nega bu so'zlarni huddi o'lishga ketayotgandek gapirayapsan
Bu gaplarga yona shunchaki kulib qo'ydi
Y:men ham seni sevaman…
Bu so'zlar ohirgi bo'lib chiqti buni eshitga minho esa yettinchi osmonlarda suzib yurar edi

Bu voqeadan 24 soat o'tdi minho honasida uhlab yotgan edi ammo pastdagi shovqin uni uyg'otib yubordi

Uyqisragan holda tushgan minho ovoz kelayotgan hona tomon bordi va sekin kirdi, balki kirmaganiham yahshi bolar edi chunki u yerda eshitganlari hayotidagi eng yomoni bolib qolsa kerak

''Qoshni ko'chadagi fermerlar oilasidagi Yona degan qiz o'z joniga suyqasd qilibti'' aynan shu gaplarni eshitgan minho quloqlariga ishona olmas edi u bu gaplarni zora noto'g'ri eshitsaydim deb onasidan qayta qayta sorayverar edi

07.06.2024
Minho janozada edi ha janozada aynan 24soat oldin qattiq quchoqlab uni sevishini aytgan insonning janozasida turgan edi, uni tanasi… yonaning tanasini korgan edi qollari oppoq qordek yuzlari ham rangsiz va lablari ko'kargan yona 24soat avval fikrini o'zgartirishi va minho bilan bahtli hayot kechirishi mumkin edi ammo endi kech

Bu voqeadan 2kun o'tdi ammo minho oziga kela olmagan edi honasidan chiqmay uhlamay hatto kech narsa yemay qo'ydi

Ammo bir payit honasiga minhoning oyisi kirib keldi va unga kimdur hat jonatganini aytdi

Bu hatni olar ekan ''minho uchun'' deb katta hariflarda yozilganiga kozi tushdi

u hatni ochdi:

Salom minho agar buni o'qiyotgan bo'lsang demak men vafot etganman, bilasanmi sen meni quchoqlab olganingdan so'ng men bu hatga o'zgartirish kiritdim, bilasanmi sen meni bag'ringa bosganingda men hech qachon his qilmagan osoyishtalikni sezdim bunday holatda 1asr turishga ham rozi edim, ammo meni vahtim tugab bo'lgan edi, iltimos meni unut va bahtli yasha aytganday myung-de dan habar olib tur, honangdan chiq bilaman hozir qattiq stressdasan ammo barchasini unut va bahtli hayot kechir,
KIM YONA...

Bu hatlarni o'qir ekan qollari titrar ko'zlaridan huddi daryodek suv oqar edi, minho buni boshqara olmas edi huddi kimdur uni boshqarayotgandek, hayot u uchun qorong'u nega nega aynan endi uni topganida yo'qotdi nega...

Barchasi tugadi, endi hech kim quloqchinlarni olib o'rmon tarafga qarab yurmaydi, honadagi kitoblar ham chang bosganicha yotadi, mister poncho bilan ham hech kim o'ynamaydi, myung-de bilan ham soatlab gaplashib o'tirmaydi, barchasi tugadi barchasi...