Vaqt
"Kelajak bilan yasha" — Min Yoongi
Oxiri Yoongi Yuriga gapirmoqchi boʻldi va asta uni qoʻli bilan turtdi.
Yuri qulogʻidagi quloqchinni olib Yoongiga savol tariqasida qaradi.
— Salom, biror yordam kerakmi?) Qoʻlidagi ruchkani parta ustiga qoʻyib Yoongiga diqqat bilan qaradi.
— Ha, menga kunlik darslik jadvalini berolasanmi?) Yoongi aslida boshqa gapni aytmoqchi edi lekin qoʻlidan kelmadi.
Yuri 'ha' deganday boʻsh irgab sumkasini olib bir narsani izlay boshladi. Yoongi unga diqqat bilan qarab turardi. Nihoyat Yuri izlab yotgan narsasini topdi. Bu—kunlik darslik jadvali edi. Yuri uni sumkasidan olib Yoongiga uzatdi.
— Raxmat) Yoongi daftarni olib oldiga qarab kunlik darslik jadvalini oʻzini daftariga qochirishni boshladi.
Yuri indamay yana daftariga misollarni yozishni boshladi. Bu safar quloqchin taqmadi, shunchaki istamadi.
Ikkinchi dars boshlanganiga ogohlantirish berildi, qoʻngʻiroq chalindi. Sinfga Jimin kirib keldi. Uning orqasidan ustoz ham. Hamma oʻquvchilar tinchlanib joy joyiga oʻtirdi. Rose Jiminni oʻtirishini kuzatib turdi. Jimin buni sezib Rosega bir qarab qoʻydi-da keyin etiborini boshqa narsaga burdi. Rose chuqur nafas olib ustoz tarafga qaradi. Minji hayol surib Yoongiga hali hamon qarab oʻtirardi. Yoongi esa kunlik darslik jadvalini yozish bilan band. Yuri esa misollarni.
Ustoz gapirishga tayyorlanib tomogʻini qirib qoʻydi.
— Bolalar sizlarga bir yangiligim boʻr,)
Hamma oʻquvchilar ustozga 'Qanday?' deb past ovozda lekin qatʼiy gapirishdi. Yuri va Yoongi ham ustozga qaradi.
— Yaqinda bizni maktabda bir oʻzgarish sodir boʻladi. Bizni maktab direktorimiz ishdan ketmoqchi va uni oʻrniga boshqa direktor kelmoqchi.
— Nimaga ketadi direktorimiz?!) orqa tarafdan bir oʻquvchi yigit savol berib baqirdi.
— Maktab direktorimiz shu kunlarda juda charchaganligini aytdi va tatilga chiqmoqchi ekan.
Hamma oʻquvchilar hafsalasi pir boʻlib ovoz chiqarishdi. Hozirgi maktab direktori juda ham oliy janob va mehribon edi, oʻquvchilarga har doim yaxshi muomilada boʻlgan ularni hohishlarini bajargan edi. Endi buni eshitish hamma oʻquvchilar uchun yomon.
— Biz ham hohlamasdik lekin na iloj nima ham qila olardik. Oʻzini hohishi va charchagan dam olish ham foydali.
— Meni orzuyim shuki yangi keladigan direktor hozirgi direktorimizga oʻxshashini hohlardim yani qattiqqoʻl boʻlishini istamasdim) orqadan bir oʻquvchi yigit gapirdi va bunga boshqalar ham qoʻshildi.
—Tinchlaning! Endi darsga qaytamiz oshiqcha gaplar kerak emas!)
Oʻquvchilar bir gap bilan tinchlandi.
Dars davom etar ekan oʻquvchilar doskaga yozilgan misollarni daftariga yozib oʻtirardi. Baʼzilari uxlash bilan ovvora baʼzilari esa gaplashish bilan. Va baʼzi birlar ovqat yeyish bilan ovvora. Yoongi kunlik darslik jadvalini yozib boʻlgan edi lekin Yuriga qaytib berish umuman esidan chiqib ketgan hatto Yurini ham. Yuri misollarni yechish bilan ovvora edi.
Yoongi shunchaki daftariga bir narsalarni chizib oʻtirardi. Unga oʻqish umuman yoqmaydi. Uni oʻylashi boʻyicha oʻqish umuman kerak emas. Bunday narsalarni oʻylashi tabiiy axir boʻy oiladan.
Shu payt Jimin oʻrnidan turib shoshilib sinfdan chiqib ketdi. Hamma unga 'Nima boʻldi?' deganday qarab qolishdi.
— Hozir chiqib ketgan Jiminmi?) Ustoz oʻgirilib oʻquvchilarga qarab gapirdi. Oʻquvchilar ham 'ha' deganday boʻsh irgadi.
— Nima boʻldi ekan?) ustoz havotirli gapirdi.
— Ustoz meni koʻrib kelaymi?) orqadan boyadan beri gapirib yotgan yigitning ovozi eshitildi. Ustoz 'yoq' deganday boʻsh silkitdi.
Dars davomida Yuri bilan Rose Jiminni oʻylashdi. Tezroq dars tugasayu nima boʻlganligini bilsam deb havotirli oʻylanib oʻtirishdi.
Dars nihoyat tugadi. Shu vaqt oraligʻida Rosega bir asr otib ketganday boʻldi. Rose tezda oʻrnidan turib sinfdan yugurib chiqib ketdi. Yuri ham turmoqchi edi lekin Roseni ketganini koʻrib keyin toʻxtadi.
Yoongi sinfda boʻgʻilib ketganligini uchun toʻza havo olishni hohlab sinfdan tashqariga chiqmoqchi boʻldi. Oʻrnidan turganida oʻtirgʻichi baland ovoz chiqardi. Yuri toʻsatdan eshitilgan baland ovozga choʻchib bir sakrab tushdi. Ovoz chiqqan tarafga qarab Yoongini sinfdan chiqayotganini koʻrib chuqur xoʻrsinib qoʻydi.
Rose sinfdan chiqishi bilan Jiminni izladi. Deyarli 5 daqiqada maktabni bir qavatini tekshirib boʻldi. Yigitlar hojatxonasining oldidan otib ketayotganda Jimin chiqib qoldi. Rose Jiminni koʻrib tezda toʻxtadi.
— Nima boʻldi yaxshimisan? Nimaga sinfdan shoshilib chiqib ketding?) havotirli ohangda soʻradi.
— Aldama bir narsa boʻlgan, nima boʻldi ayt?) Rose sekin Jiminni yuzidan silab gapirdi.
— Rose seni hafa qilib qoʻymaslikka harakat qilyapman, iltimos meni qiynama. Meni tinch qoʻy biroz vaqtga, hozir oʻzimda emasman iltimos) Roseni qoʻli Jiminni bu gaplarini eshitib muzladi. Jimin boshqa hech narsa demay Roseni oldidan otib ketdi.
Rose oʻylanar edi 'Men nima qildim?'
Roseni koʻzidan bir tomchi yosh chiqdi. Yosh yuzini silab keyin esa sekin asta yerga tushdi. Rose oʻzini yigʻishtirib u yerni tark etdi. U hozir ichidan parchalanib boʻlgan edi.
Uchinchi dars boshlandi hamma boyagidek. Sinfda faqat bitta inson yoʻq — Rose. Yuri Roseni yoʻqligini koʻrib Jiminga bir qarab qoʻydiyu keyin esa oʻylanib oʻtirdi. Bugun Yuriga judayam ogʻir kun boʻlyapti, hamma narsa oʻzgarib ketdi. Oldingidek boʻlmayapti. Darslar tugadi Yuri Jimindan nima boʻlganligini soragisi keldi lekin istamadi.
Rose qizlar hojatxonasida oynaga qarab oʻylanib turardi, qizlar hojatxonasi ichkaridan qulflangan, tashqarida qizlar kirolmay eshik tutqichini ushlab ochishga harakat qilardi. Rose faqat koʻzguga qarab yigʻlardi. Uni hayoliga bir fikr keldi. Rose ikki tarafni qarab bir narsani izlardi koʻzguni sindirish uchun qattiqroq narsa. Va chekkada yongʻin chiqqanda oʻchirish uchun turgan narsani koʻrib olib koʻzguga uradi. Koʻzgu bir urishda parchalanib ketadi. Tashqaridagi qizlar ichkaridagi shovqinni eshitib sarosimaga tushishadi.
Shu payt Yuri osha yerdan otib ketayotganda qizlarni toʻplanganini koʻradi va yoniga borib soʻraydi. Qizlar aytib berishadi. Yurini hayoliga Rose kelib u ham ochishga harakat qila boshlaydi.
— Hazira kalitni olib keling tezroq!) Yuri sarosimaga tushadi.
Ichkarida Rose shishani olib tomirini kesishga harakat qilardi. Qoʻli buni hohlamasada yuragi hohlardi. Shishani qoʻliga bosishni boshladi qoʻn chiqa boshladi. Shu payt!
Shu payt kimdir Roseni shisha ushlab turgan qoʻlini qattiq ushlab toʻxtatdi. Rose sekin oʻsha insonga qaradi. U Yuri edi. Yuri Roseni qoʻlini silkitib shishani qoʻlidan tushirdi va Roseni yuziga shapaloq tushirdi.
— Sen ahmoqmisan?! Nimaga oʻz joninga qasd qilmoqchi boʻlding?!) Yuri judayam qattiq baqirdi. Eshikni oldida esa qizlar toʻplanib pichrilashib gapirishar edi.
— Sen ahmoqmisan?! Nimaga oʻz joninga qasd qilmoqchi boʻlding?!) Yuri judayam qattiq baqirdi. Eshikni oldida esa qizlar toʻplanib pichrilashib gapirishar edi.
Yuri uyiga keldi oʻgay onasi mehmonxonada TV koʻrib divanda oʻtirardi. Yuri oʻgay onasiga bildirmay tepaga ikkinchi qavatga xonasiga chiqib ketmoqchi edi.
— Ha, keldim) uni ovozi mayus edi, koʻzlarida gʻam.
— Yaxshi, unda uylarni tozala!) ovozi past boʻlsa ham qatʼiy edi.
Oʻgay onasi har doim haqoratli soʻzlar bilan Yuriga murojaat qilardi. Yuriga bu albatta yoqmaydi, bazida u ham qattiq javob qaytargisi kelardi ammo jurʼati yetmaydi.
Yuri xonasiga kirishi bilan sumkasini xonani bir burchagiga otib oʻzi esa yotoqqa yiqildi. Bugungi boʻlgan voqealar uni oʻylantirib bezovta qilardi.
—"Roseni bunday qiliqlari huddi ruhiy kasal insonnikidek! Bitta yigit uchun oʻzini oʻldirish ahmoqlik! Aysh bular haqida oʻylashning oʻzi ahmoqlik") Yuri oʻrnidan turib kiyimlarini almashtirib pastga tushdi. Oʻgay onasi hamon oʻshanday oʻtirardi.
Soat 22:45 qorongʻu tushgan Yuri xonasida qulogʻiga quloqchin taqib uy vazifalarini bajarar edi. Telefoniga birdan SMS keldi. Yuri telefonini olib kim yozganiga qiziqib qaradi odatda hech kim unga yozmasdi. Notanish raqam edi. SMSda shunday yozilgandi:
"Roseni toʻxtatganing uchun raxmat sendan minnatdorman."
Yuri kim ekanligini tezda bildi. Hech qanday javob yozmasdan telefonini stol ustiga sekin qoʻyib yana yozishni boshladi. 5 daqiqalardan soʻng yana habar keldi. Yana oʻsha raqam.
"Tashqariga chiq men seni kutyapman."
Yuri buni oʻqib muzlab qoldi. Quloqchinini yechib shoshilib derazadan pastga qaradi. Pastda bir odam qoʻra kiyimda turardi. Yuri telefonini olib yozishni boshladi.
"Sen ahmoqmisan? Nimaga kelding?"
Ozgina vaqtdan soʻng SMS keldi.
"Gaplashishimiz kerak tush pastga, bu koʻp vaqtni olmaydi vaʼda beraman"
Yuri chuqur nafas olib sekin eshikni ochib boshini chiqarib tashqarini qaradi hech kim yoʻqligiga amin boʻlib xonasidan chiqdi. Asta qadam tashlab pastga tushdi. Ikki yoqni qarab hech kim yoʻqligini tekshirdi. Hech kim yoʻq ekanligini koʻrib tezda ustiga kiyim kiyib uyidan chiqdi.
Mana 2-qism tugadi davomi boʻr. Yoqimli mutola. Oz boʻlib qolgani uchun uzur soʻrayman.