𝐓𝐈𝐌𝐄
Erta tong. Quyosh asta-sekinlik bilan ufq ortidan chiqib, osmonni oltin rangga boʻyardi. Uygʻona yotgan Seoul shahri har doimgidek oʻz hayot maromini boshlagan edi. Havo hali salqin, lekin quyosh nurlari asta sekinlik bilan shahar koʻchalariga iliqlik taratar, har bir binoning derazalarida porlab, ularning oynalarida jivlanar edi.
Koʻchalarda allaqachon hayot boshlangandi: kimdir ishga kech qolmaslik uchun yugurib ketmoqda, kimdir kofe olib metro tomon shoshilmoqda. Talabalar, oʻquvchilar, ishchilar hammasi oʻz yoʻlida. Faqat ayrim derazalarda pardalar yopiq, ular hamon shirin uyquda.
Shu payt kichik emas oʻrtancha uyning sharq tomonga qarab turgan oynasiga quyosh nurlari pardadan oʻtib, xonani yoritib, qizning yuziga tushib turardi. Qiz bu quyosh nuridan yuzini saqlagancha yostiqqa yuzini bosib oldi, oʻrnidan turishni hohlamay ohista ingradi. Ammo maktabga borishi, kech qolmasligi kerakligini eslab, ogʻir xoʻrsinib koʻzlarini ochdi.
U asta oʻtirib oldi. Sochlari yelkasiga toʻkilib tushdi, yuzida haligacha uyqu izlari turardi. Biroz jim oʻtirdi, derazadan tashqariga qarab nimanidir hayol qilib qoldi. Ichidan nimadandir noligandek boʻldi.
Keyin, oʻrnidan turmoqchi boʻlgan edi, lekin birdaniga boshi aylanib, joyiga qayta yiqildi. Qoʻlini peshonasiga qoʻyib koʻrdi – issiq edi.
"uh, isitmam chiqibdi shekilli..."
Koʻzlarini yumib, yana yotib oldi.
"Bugun maktabga bormasamchi..."
Ammo bu hayol uzoqqa choʻzilmadi, chunki bir necha daqiqa oʻtmay xona eshigi sharaqlab ochildi.
Xona ichida boʻyi taxminan 1.70 atrofidagi ayol paydo boʻldi. Uning yuzidan, koʻzidan gʻazablanganini bilsa boʻlar edi. U qizning yotganini koʻrib, jahli yanada chiqdi.
— Maktabga borishing kerak nimaga yotibsan? – baland va qattiq ohangda.
Qiz choʻchib tushdi. Yuragi hapriqib, boshini yostiqdan koʻtardi.
— O-oyi..meni isitmam bor ekan – dedi, deyarli pichirlab. Ovozi past va qoʻrquvga toʼla edi. Koʻzlari yoshlana boshladi.
Onasi esa bir zum jim turdi, lekin oʻzini bosolmadi.
— Nima boʻpti?! Oʼlmaysan! Maktabga bormasang nima qilasan uyda? Bekorchilik qilasanmi?! Hozir tur da, tez tayyorlan!
Qizning koʻzidan bir tomchi yosh sirgʻalib tushdi, ammo u darrov uni artib, indamay oʻrnidan turdi. Oyisiga bir qarab qoʻydi-da soʻng asta yuvinish xonasiga kirib ketdi.
Eshik yopilishi bilan onasi eshitilar-eshitilmas soʻkindi:
— Yetimcha... Oxirgi paytlar haddidan oshyapti. Hh isitmasi chiqayotganmush. Olgurdim isitmangdan – deb, norozi ovozda gʼudrandi va eshikni qattiq yopib, xonadan chiqib ketdi.
Qiz esa yuvinish xonasida sovuq suv bilan yuzini yuvarkan, oynadagi aksiga qaradi. Oʻzini holdan toygan, charchagan his qildi. Koʻzidagi yosh yana sizib chiqdi, ammo bu safar u yoshni oʻz erkiniga qoʻyib berdi. Shunchaki suv tomchilariga qoʻshilib, asta yuzidan oqib tushaverdi.
“Oyi sizni sogʻindim... Oʻrningiz judayam bilinyapti... Qaniydi men ham sizni yonizga borolsam. Bu yerda qiynashyapti oyi...”
Qiz yuvinib boʻlgach asta-sekinlik bilan yuvinish xonasidan chiqdi. Isitma tufayli deyarli holsiz edi. Kiyim shkafi oldiga kelib eshigini ochib, ohista maktab formasini oldi. Biroz oʻylanib joyida muzday qotib qoldi.
"𝘕𝘦𝘨𝘢 𝘰𝘥𝘢𝘮𝘭𝘢𝘳 𝘺𝘰𝘮𝘰𝘯 𝘩𝘢𝘺𝘰𝘵𝘭𝘢𝘳𝘪𝘨𝘢 𝘳𝘰𝘻𝘪 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘪𝘣 𝘺𝘢𝘴𝘩𝘢𝘴𝘩𝘢𝘥𝘪? 𝘖ʻ𝘻𝘭𝘢𝘳𝘪𝘯𝘪 𝘩𝘢𝘮 𝘩𝘶𝘲𝘶𝘲𝘭𝘢𝘳𝘪 𝘣𝘰𝘳-𝘬𝘶, 𝘲𝘰𝘯𝘶𝘯 𝘤𝘩𝘰𝘳𝘢 𝘬𝘰ʻ𝘳𝘢𝘥𝘪, 𝘴𝘶𝘥𝘨𝘢 𝘺𝘰𝘬𝘪 𝘮𝘪𝘭𝘪𝘵𝘴𝘪𝘺𝘢𝘨𝘢 𝘮𝘶𝘳𝘰𝘫𝘢𝘢𝘵 𝘲𝘪𝘭𝘴𝘢 𝘪𝘴𝘩 𝘩𝘢𝘭 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘪𝘴𝘩𝘪 𝘮𝘶𝘮𝘬𝘪𝘯... 𝘭𝘦𝘬𝘪𝘯 𝘬𝘰ʻ𝘱𝘤𝘩𝘪𝘭𝘪𝘬 𝘪𝘯𝘥𝘢𝘮𝘢𝘺𝘥𝘪. 𝘉𝘢𝘭𝘬𝘪 𝘲𝘰ʻ𝘳𝘲𝘢𝘳 – 𝘰𝘮𝘮𝘢 𝘰𝘭𝘥𝘪𝘥𝘢 𝘴𝘩𝘢𝘳𝘮𝘢𝘯𝘥𝘢𝘭𝘪𝘬 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘪𝘴𝘩𝘪𝘥𝘢𝘯, 𝘰𝘪𝘭𝘢𝘯𝘪 𝘵𝘢𝘳𝘢𝘯𝘨𝘭𝘢𝘴𝘩𝘵𝘪𝘳𝘪𝘴𝘩𝘥𝘢𝘯 𝘺𝘰𝘬𝘪 𝘢𝘮𝘢𝘭𝘪𝘺 𝘺𝘰𝘳𝘥𝘢𝘮 𝘵𝘰𝘱𝘰𝘭𝘮𝘢𝘴𝘭𝘪𝘬𝘥𝘢𝘯. 𝘔𝘦𝘯𝘪𝘮𝘤𝘩𝘢 𝘴𝘩𝘶𝘯𝘥𝘢𝘺. 𝘝𝘢 𝘮𝘦𝘯 𝘩𝘢𝘮 𝘹𝘶𝘥𝘥𝘪 𝘴𝘩𝘶𝘯𝘥𝘢𝘺𝘮𝘢𝘯, 𝘢𝘮𝘮𝘰 𝘣𝘶𝘯𝘥𝘢𝘯 𝘣𝘪𝘳𝘰𝘻 𝘣𝘰𝘴𝘩𝘲𝘢𝘤𝘩𝘢𝘳𝘰𝘲. 𝘎𝘢𝘱𝘪𝘳𝘴𝘢𝘮 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘢𝘥𝘪, 𝘭𝘦𝘬𝘪𝘯 𝘥𝘢𝘥𝘢𝘮𝘯𝘪 𝘰ʻ𝘺𝘭𝘢𝘺𝘮𝘢𝘯. 𝘜 𝘴𝘦𝘷𝘪𝘣 𝘶𝘺𝘭𝘢𝘯𝘨𝘢𝘯 𝘢𝘺𝘰𝘭, 𝘶𝘯𝘪 𝘳𝘢𝘯𝘫𝘪𝘵𝘪𝘴𝘩𝘯𝘪 𝘹𝘰𝘩𝘭𝘢𝘮𝘢𝘺𝘮𝘢𝘯. 𝘚𝘩𝘶𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘶𝘤𝘩𝘶𝘯 𝘫𝘪𝘮 𝘵𝘶𝘳𝘪𝘴𝘩 𝘣𝘢ʼ𝘻𝘢𝘯 𝘺𝘢𝘹𝘴𝘩𝘪 𝘲𝘢𝘳𝘰𝘳𝘥𝘦𝘬 𝘵𝘶𝘺𝘶𝘭𝘢𝘥𝘪, 𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘴𝘪 𝘵𝘪𝘯𝘤𝘩 𝘷𝘢 𝘰𝘪𝘭𝘢𝘷𝘪𝘺 𝘮𝘶𝘩𝘪𝘵 𝘴𝘢𝘲𝘭𝘢𝘯𝘢𝘥𝘪. 𝘈𝘮𝘮𝘰 𝘣𝘶 𝘥𝘢𝘳𝘥 𝘪𝘤𝘩𝘪𝘮𝘥𝘢 𝘲𝘰𝘭𝘪𝘣 𝘬𝘦𝘵𝘮𝘢𝘺𝘥𝘪, 𝘮𝘦𝘯 𝘣𝘶𝘯𝘪 𝘺𝘢𝘹𝘴𝘩𝘪 𝘣𝘪𝘭𝘢𝘮𝘢𝘯. 𝘉𝘶 𝘰𝘨ʻ𝘳𝘪𝘲𝘭𝘢𝘳𝘥𝘢𝘯 𝘵𝘦𝘻 𝘰𝘳𝘢𝘥𝘢 𝘲𝘶𝘵𝘶𝘭𝘢𝘮𝘢𝘯 𝘥𝘦𝘣 𝘰ʻ𝘻𝘪𝘮𝘨𝘢 𝘷𝘢ʼ𝘥𝘢 𝘣𝘦𝘳𝘢𝘮𝘢𝘯. 𝘏𝘰𝘻𝘪𝘳 𝘮𝘦𝘯 𝘣𝘪𝘵𝘪𝘳𝘶𝘷𝘤𝘩𝘪 𝘴𝘪𝘯𝘧 𝘰ʻ𝘲𝘶𝘷𝘤𝘩𝘪𝘴𝘪𝘮𝘢𝘯, 𝘣𝘶 𝘺𝘪𝘭 𝘣𝘪𝘵𝘪𝘳𝘢𝘮𝘢𝘯 𝘷𝘢 𝘹𝘰𝘳𝘪𝘫𝘨𝘢 𝘰ʻ𝘲𝘪𝘴𝘩𝘨𝘢 𝘬𝘪𝘳𝘢𝘮𝘢𝘯. 𝘛𝘢ʼ𝘭𝘪𝘮 𝘰𝘭𝘨𝘢𝘤𝘩, 𝘮𝘶𝘴𝘵𝘢𝘲𝘪𝘭𝘳𝘰𝘲 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘪𝘣, 𝘪𝘮𝘬𝘰𝘯𝘪𝘺𝘢𝘵𝘭𝘢𝘳𝘪𝘮 𝘬𝘦𝘯𝘨𝘢𝘺𝘢𝘥𝘪: 𝘺𝘢𝘯𝘨𝘪 𝘵𝘢𝘯𝘪𝘴𝘩𝘭𝘢𝘳, 𝘺𝘢𝘯𝘨𝘪 𝘮𝘶𝘩𝘪𝘵 𝘷𝘢 𝘮𝘶𝘴𝘵𝘢𝘲𝘪𝘭 𝘲𝘢𝘳𝘰𝘳 𝘲𝘢𝘣𝘶𝘭 𝘲𝘪𝘭𝘪𝘴𝘩 𝘪𝘮𝘬𝘰𝘯𝘪𝘺𝘢𝘵𝘪. 𝘚𝘩𝘶 𝘣𝘪𝘭𝘢𝘯 𝘣𝘪𝘳𝘨𝘢, 𝘬𝘶𝘤𝘩 𝘵𝘰𝘱𝘪𝘣 𝘰𝘪𝘭𝘢𝘮𝘨𝘢 𝘩𝘢𝘮 𝘺𝘰𝘳𝘥𝘢𝘮 𝘣𝘦𝘳𝘢 𝘰𝘭𝘢𝘮𝘢𝘯 𝘢𝘭𝘣𝘢𝘵𝘵𝘢. 𝘐𝘤𝘩𝘪𝘮𝘥𝘢𝘨𝘪 𝘲𝘰ʻ𝘳𝘲𝘶𝘷, 𝘦𝘩𝘵𝘪𝘺𝘰𝘵𝘬𝘰𝘳𝘭𝘪𝘬 𝘷𝘢 𝘶𝘮𝘪𝘥 𝘣𝘪𝘳𝘨𝘢 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘪𝘣, 𝘮𝘦𝘯𝘪 𝘩𝘰𝘻𝘪𝘳𝘨𝘪 𝘩𝘰𝘭𝘢𝘵𝘯𝘪 𝘴𝘢𝘣𝘳 𝘣𝘪𝘭𝘢𝘯 𝘬𝘰ʻ𝘵𝘢𝘳𝘪𝘴𝘩𝘨𝘢 𝘮𝘢𝘫𝘣𝘶𝘳 𝘲𝘪𝘭𝘮𝘰𝘲𝘥𝘢. 𝘓𝘦𝘬𝘪𝘯 𝘬𝘦𝘭𝘢𝘫𝘢𝘬𝘥𝘢 𝘷𝘢𝘻𝘪𝘺𝘢𝘵𝘯𝘪 𝘰ʻ𝘻𝘨𝘢𝘳𝘵𝘪𝘳𝘪𝘴𝘩𝘨𝘢, 𝘢𝘥𝘰𝘭𝘢𝘵 𝘵𝘢𝘭𝘢𝘣 𝘲𝘪𝘭𝘪𝘴𝘩𝘨𝘢 𝘷𝘢 𝘰ʻ𝘻𝘪𝘮 𝘶𝘤𝘩𝘶𝘯 𝘵𝘰𝘻𝘢, 𝘵𝘪𝘯𝘤𝘩 𝘩𝘢𝘺𝘰𝘵 𝘲𝘶𝘳𝘪𝘴𝘩𝘨𝘢 𝘲𝘢𝘵ʼ𝘪𝘺𝘢𝘵𝘭𝘪𝘮𝘢𝘯."
Qiz shu hayollar bilan kiyim shkafini oldida qoʻlida kiyimlar bilan bir nuqtaga tikilib muzdek qotib turar ekan birdan chiqqan baland tovush barcha hayollarini sachratib yubordi. U cho‘chib orqasiga o‘girildi. Stol ustidagi chiroyli sopol vaza yerda chil-chil sinib yotar, suv bilan birga undagi gullar ham polga sochilib ketgan edi.
“𝘠𝘢𝘯𝘢 𝘫𝘢𝘯𝘫𝘢𝘭 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘢𝘥𝘪𝘮𝘪?𝘏𝘢𝘵𝘵𝘰 𝘴𝘩𝘶 𝘷𝘢𝘻𝘢 𝘩𝘢𝘮 𝘮𝘦𝘯𝘨𝘢 𝘲𝘢𝘳𝘴𝘩𝘪𝘥𝘦𝘬, 𝘵𝘦𝘻𝘳𝘰𝘲 𝘺𝘪𝘨ʻ𝘪𝘴𝘩𝘵𝘪𝘳𝘪𝘣 𝘰𝘭𝘮𝘢𝘴𝘢𝘮 𝘺𝘢𝘯𝘢 𝘰ʻ𝘨𝘢𝘺 𝘰𝘯𝘢𝘮 𝘬𝘦𝘭𝘪𝘣 𝘶𝘳𝘪𝘴𝘩𝘢𝘥𝘪”
U shoshilib polni artishga tushdi, lekin qo‘llari titrardi.
Qiz maktab formasini kiyib bo‘lgach, oynaning qarshisida biroz jim turdi. Sochlarini oddiygina qilib turmakladi, ko‘zlaridagi shish payqalarli darajada edi. U ko‘zguga qarab, o‘zini bir zumda yig‘lab yuborishdan zo‘rg‘a tiyib turardi. So‘ng chuqur nafas olib, sumkasini oldi-da, xonasidan chiqdi.
Yo‘lak bo‘ylab yurarkan, birdan boyagi singan vazani qoldiqlari yodiga tushdi.
“𝘚𝘢𝘭 𝘲𝘰𝘭𝘴𝘢 𝘦𝘴𝘪𝘮𝘥𝘢𝘯 𝘤𝘩𝘪𝘲𝘢𝘳𝘢𝘳 𝘦𝘥𝘪𝘮,”
Ularni ataylab uydan chiqib ketayotganda axlatga tashlash uchun paketga solib qoʻygan edi. Xonasiga qaytib kirib, burchakdagi paketni oldi. Paketdan shisha bo‘laklarining jarangi chiqib, yuragini biroz siqib qo‘ydi.
Pastga tushayotganida, oshxonadan qovurilgan non va choy hidi kelib urildi. U biroz to‘xtadi dadasi bilan akasi kulimsirab nimadadir suhbatlashishayotgandi. Dadasining ovozida esa bir iliqlik bor edi, lekin bu iliqlik hech qachon qiziga koʻrsatilmagan. Faqat oʻsha oʻgay onasiga va akasiga...
Qiz ularga koʻrinmay chiqib ketish uchun qadamini sekinlatdi, oyoqlarini tovush chiqarmay bosishga harakat qildi. Ammo...
— Yana nimani sindirding, a? – degan sovuq, tanish ovoz qizni joyida toʻxtatib qoʻydi.
Orqasiga qarasa, o‘gay onasi oshxona eshigi oldida, ikki qo‘lini beliga tirab turgan edi.
— Uyda seni dastingdan biror narsa sog‘-omon qoladimi o‘zi? – dedi oʻgay onasi, so‘zlarida achchiqlik bilan.
— Men... – qiz gapirolmay, yutindi – Men shunchaki...
— 'Shunchaki' emish! Kecha ham bir idishni sindirding, endi yana nimani olib chiqayapsan? Aybing borligi uchun juftakni rostlamoqchimisan, a?
Oshxonada o‘tirgan dadasi bu gaplarni eshitib boshini ko‘tardi, ammo bir og‘iz ham so‘z aytmadi. Har doimgidek jim va befarq, ishi yoʻq edi. Bu befarqlik qizni eng ko‘p og‘ritardi.
Qiz boshini egdi. Paketni orqasiga yashirib, tovushini pastlatdi:
— Men faqat... bu chiqindilarni tashlab kelay deb...
— Chiqindi emish! – dedi ayol istehzo bilan – Qachondan buyon o‘zingni bu uyda ish qilib yotganday ko‘rsatyapsan?
Qiz oʻgay onasi bilan bahslashish befoydaligini tushunib shunchaki kim turdi. Bir necha soniya sukut cho‘kdi. Faqat choynakdagi choyning g‘uvillashi eshitilib turardi.
Qiz asta burildi.
— Tashlab kelaman, keyin maktabga ketaman, – dedi sekin
Ayol bir nima demoqchi bo‘ldi, lekin dadasi shu payt ohista:
— Qo‘y, bo‘ldi... – dedi charchagan ohangda – Bolani kechiktirma.
Qiz tezda oyoq kiyimini kiyib, eshikni ochdi. Tashqariga chiqqanda, sovuq shamol yuziga urildi. Shamol tufayli biroz tinchlangandek boʻldi.
Yo‘lning boshida u to‘xtab, paketni mahkam siqdi. Keyin yonidagi katta axlat qutisiga borib, paketni ichiga tashlab yoʻlini davom etdi.
Maktabga yetib kelgach qiz ohista maktabni ichiga kirar ekan. Birdan qoʻlini ushlagan qoʻllar uni toʻxtatdi. U oʻgirilib qoʻlini ushlagan odamga qaradi. Va sinfdosh qizi Minji unga jilmayib turganini koʻrdi.
Suhwa Minjiga qosh chimirib qaradi-yu, qoʻlini Minjini qoʻlidan tortib oldi. Va oʻrtaga masofa qoʻydi.
— Qachondan ahvolimni soʻraydigan boʻlib qolding, huh? – sovuq ohangda.
— Qoʻysangchi, Suhwa – ohista kulib – Men har doim shundayman-ku. Qolaversa senga yangilim bor.
Suhwa koʻzini uchirdi.
— Qanaqa yangilik yana? Tezroq gapir, – Minjini ovozini eshitgisi kelmay tezroq bu yerdan ketgisi kelib turdi.
– Buncha sabrsizsan? Shoshilma, aytaman. Xullas... – Minji Suhwaga yaqinlashib deyarli pichirlagan ovozda gapira boshladi, – sinfimizga yangi oʻquvchi kelar ekan. Eng qizigʻi u boy oiladan va shu paytgacha horijda oʻqigan. Aytishlari boʻyicha Koreyada maktabni bitirgisi kelganmush. Shuning uchun Koreyaga qaytib kelibdi.
Suhwa uchun bu huddi qiziqdek Minji toʻxtaamy oʻsha yigit haqida aytar edi.
— Seningcha bu men uchun qiziqmi? Keraksiz gaplar bilan meni chalgʻitma. Oʻzimni ishlarim yetarli darajada. – sovuq ohangda. Suhwa shunday deb u yerdan ketdi. Sinfi tomon ikkinchi qavatga chiqib ketdi.
— “Qiziq emasmush olgirdim sendan, sovuq ilon” – Minji yuzini burishtirib, Suhwani orqasidan gapirib qoldi.
Suhwa sinfiga kirganda hamma oʻz ishi bilan masʼul edi. Suhwa ularga etibor bermay oʻz joyiga borib oʻtirdi. Choʻntagidan quloqchinini olib, qulogʻiga taqdi. Sumkasini olib, sumkasini ichidan telefonini izlardi. Nihoyat telefonini topgach ohistalik bilan telefonini qulfdan chiqarib playlistiga kirdi. Playlistidan oʻziga yoqqan har doim eshitadigan Billie Elishni ‘Wildflower’ qoʻshigʻini qoʻydi. Bu qoʻshiq Suhwani eng sevimli qoʻshiqlaridan biri edi. Sumkasidan daftarini olib, yozishni boshladi. Bu Suhwani har doimgi ishi: Quloqga quloqchin taqib hech kimga eʼtibor bermay faqat yozish...
Shu payt Suhwa ortiga tekkan qoʻllarni sezdi. Tezda boshini koʻtarib orqasiga qaradi. Va unga tikilib turgan Roseni koʻrdi. Qulogʻidagi quloqchinni ohista yechib unga toʻliq nima der ekan deb qaradi.
— Salom, Suhwa... Sen bilan gaplasha olamanmi?
Suhwa Roseni gapi jiddiyligini tushundi. Endi gapirmoqchi edi hamki dars boshlanganini bildirib turuvchi qoʻngʻiroq chalindi.
— Keyin gaplashamiz, – dedi Suhwa past ovozda.
Rose ohista bosh irgʻab burilib joyi tomon ketib qoldi. Roseni joyi deraza oldida edi. Quyoshning nurlari ham, shamolning mayin esgani ham Roseni yuziga tegib turardi. Quyoshning nurlari uni yuzini avvalgidan ham porlatib, shamolning mayin esgani Roseni yuziga toʻkilib turgan sochlarini ohista uchirib uni avvalgidan ham goʻzal qilib turardi. Tan olmaslikni iloji yoʻq.
Ustoz sinfga kirgandan soʻng hamma oʻz joyiga oʻtirib tinchlanib qolishdi. Sinf jimjit. Hamma oʻquvchilar yangi oʻquvchi kelganligini bilganligi uchun ustozni yangi oʻquvchini tanishtirishini kutib turishdi. Eng qizigʻi yangi oʻquvchi ustoz bilan birga sinfga kirmadi.
Ustoz ohista gap boshladi:
— Hammangizni yana koʻrib turganimdan xursandman. Hammangiz bilsangiz kerak oxirgi oʻquv yilida bizni sinfga yangi oʻquvchi kelganligini. Endi... Meni u bilan sizlarni tanishtirishimga ruxsat beringlar, – ustoz oxirgi gapini aytib boʻlgach eshikni oldiga borib, eshikni ohistalik bilan ochdi va bir yigitni ohista chaqirdi.
Oradan bir ikki daqiqa oʻtgach sinfga ustoz bir boʻyi uzun kelishgan yigit bilan kirib keldi. Hamma qizlar bir-biriga ogʻzi ochilib qarab qolishdi. Va sinfda 'U judayam kelishgan ekan.' 'Aytishlaricha bor ekan' degan pichirlashishlar koʻpayib ketdi.
Bu paytda Suhwa yana daftariga yozib oʻtirardi. Hech narsa bilan ishi yoʻq.
Shunda ustoz gapira boshladi:
— Tanishishing bolalar bu yangi sinfdoshingiz – yonida turgan yigitni korsatib gapirdi – Oʻzingni tanishtirishing mumkin – deb yonidagi yangi yigitga qarab gapirdi.
Yigit sinfni bir koʻzdan kechirib keyin gapira boshladi:
— Salom men Kim Seokjinman. Shunchaki Jin deb chaqirsangiz ham boʻladi. Va... Sizlar bilan chiqishib ketaman degan umiddaman,
— Jin, sen... Park Suhwani yoniga oʻtirishing mumkin. Yoni bosh ekan. Boshqa bosh joy yoʻq, – deb Suhwani koʻrsatib qoʻydi.
Suhwani qulogʻida quloqchin borligi uchun deyarli eshitmayotgan edi. Jin ohista bosh irgʻab Suhwa tomon keta boshladi. Qizlarni bazi birlariga bu yoqmasa, bazi birlar uchun bu qiziq emas. Yani kim bilan oʻtirishi. Jin oldidan oʻtib ketgan qizlar qimmat atirni hidini sezishi mumkin. Jin Suhwani yoniga kelib, stolni ohista tortib oʻtirdi. Suhwa yoniga oʻtirgan insonni sezib ohista yon tarafiga burilib qaradi. Yangi kelgan yigit uni yoniga oʻtirishini oldindan taxmin qilib boʻlgan edi. Qiz burilib qaraganda Jin ham unga qaradi koʻz koʻzga toʻqnashdi. Suhwa Jindan koʻzini uzmay har bir detaliga qarardi.
“𝘙𝘰𝘴𝘵𝘥𝘢𝘯 𝘩𝘢𝘮 𝘶 𝘬𝘦𝘭𝘪𝘴𝘩𝘨𝘢𝘯 𝘥𝘦𝘴𝘢𝘮 𝘢𝘥𝘢𝘴𝘩𝘮𝘢𝘺𝘮𝘢𝘯. 𝘈𝘢𝘩 𝘯𝘪𝘮𝘢𝘭𝘢𝘳 𝘥𝘦𝘺𝘢𝘱𝘴𝘢𝘯, 𝘢? 𝘈𝘲𝘭𝘥𝘢𝘯 𝘰𝘻𝘥𝘪𝘯𝘨𝘮𝘪?”
Yuzini tezda Jindan burib oldi. Jin ham biroz Suhwaga tikilib turdi-yu keyin u ham boshqa tomonga qaradi.
Dars tugagach Rose Suhwani sinfdan olib chiqib ketdi. Va bir bosh sinfga olib kirdi.
— Hoʻsh, nima boʻldi? Bu jiddiy masala deb umid qilaman – qoʻlini koʻkrak qismiga bogʻlab Roseni gapirishini kutardi.
— Xullas, – deb gap boshladi Rose – Oxirgi paytlarda Jimin menga etibor bermay qolgan. Menga umuman gapirmaydi, hatto etibor ham bermaydi. Agar toʻqnashib qolsak indamay etibor bermay oʻtib ketadi. Men esa uni orqasiga gapirib qolib ketaman. Bularni senga nimaga aytayotganimni sababini bilsang kerak?
— Mm, shunda Jimin bilan gaplashib ber demoqchimisan? – Suhwa qoʻsh chimirdi.
— Ha aynan shunday. Iltimos u bilan gaplashib hayotida mendan boshqa yana qiz bormi, yoʻqmi soʻrab bilib ber. Men Jimindan havotir olyapman.
Suhwa biroz oʻylanib qoldi, keyin esa:
— Uni oʻzi qayerda? Men ham u bilan oxirgi shu bir hafta ichida umuman gaplashmadim...
— Jimin qayerdaligini anigini bilmayman. Ammo shuni bilamanki Jimin hozirgi 1-darsga qatnashmadi.
— hmm, mayli oʻzim izlab koʻraman.
— Hammasi uchun raxmat – Rose ohista Suhwaga jilmayib qaradi.
— Yaxshi – Suhwa ortiq kutib oʻtirmay xonadan chiqib ketdi. Uni hayoli Jimin nega bunday qilayotganini sababini izlash bilan band edi.
“𝘜 𝘲𝘢𝘺𝘦𝘳𝘥𝘢 𝘣𝘰ʻ𝘭𝘪𝘴𝘩𝘪 𝘮𝘶𝘮𝘬𝘪𝘯...? 𝘈𝘢𝘩 𝘵𝘰𝘱𝘥𝘪𝘮 𝘴𝘩𝘦𝘬𝘪𝘭𝘭𝘪.”
Jimin Suhwa bolalikdan doʻst edilar. Judayam yaqin doʻst. Suhwa har doim Jimin bilan maktabga kelganda tomda koʻp gaplashardi. Shunga ham Jiminni tomda deb oʻylayotgandur.
Suhwa tomga chiqqach tomda bir yigitni oʻtirganini koʻrdi. Suhwa tezda yaqqol Jimin ekanligini bildi-da ohista qadamlar bilan Jiminni yoniga bordi. Jimin orqa tomondan oyoq tovushlarini eshitib, orqasiga oʻgirilib qaraganida Suhwani koʻrib biroz tinchlandi va yana yuzini burdi. Suhwa sekinlik bilan Jiminni yoniga oʻtirdi. Jimin koʻk osmonni termulib oʻtirardi, Suhwa ham Jimin qaragan tarafni qarab ozgincha jim oʻtirdi.
— Senga nima boʻlyapti? – birdan Suhwa gapira boshladi. Suhwani gapidan Jimin uncha tushunmay unga qaradi.
— Nima boʻlayotgan ekan menga? – qosh chimirib.
Jimin biroz oʻylanib qoldi keyin gap nima haqidaligini tushunib ohista xoʼrsinib qoʻydi.
— Ha. Uni aytishi boʻyicha unga etibor bermayotgan ekansan, gapirmayotgan ekansan. Nima boʻldi bunchalik?
— Demak jiddiy narsa boʻlgan. Yoki hayotinga yangisi kirib keldimi?
— Bunday deyishni bas qil. Yangisi yoʻq. Shunchaki.... Shunchaki yolgʻiz qolishini istayapman, tushunyapsanmi? Yolgʻiz oʻzim, hech narsalarsiz.
— Toʻgʻrisini aytaymi? Men seni tushunaman. Chunki menda ham hozir shunday boʻlyapti desam yangilishmayman.
— Demak dardimiz bir... – ogʻir xoʻrsinib qoʻydi.
— Rose nima boʻladi endi? Ajralasanmi? – pastdagi oʻquvchilarga qarab ohista gapirdi.
— Bilmayapman, yuragim bunga qarshi chiqsada aqlim qarshi chiqmayapti.
— Bu yoʻlda eng qiynalgani Rose boʻladi menimcha.
— Seningcha men qiynalmayapman?
— Men unday demadim, shunchaki eng azob chekkani u boʻladi dedim. Axir uni hayotini hozir sen yechayapsan.
Jimin oʻylanib qoldi. Suhwa ohista oʻrnidan turib, kiyimini qoqdi.
— Eng aqlli qarorni qabul qilasan degan umiddaman... 2-darsga qatnash. Boʻlmasa mendan yaxshilik kutma, – qiz Jiminning javobini kutmay u yerdan ketib qoldi.
Eshik ochilishi bilan Suhwani nigohi Rosega qadaldi. U ancha vaqt Suhwani kutib turgandek koʻrinardi. Ko‘zlarida xavotir aralash savol chaqnardi.
— Nima dedi? — deb so‘radi Rose, ovozida umid aralash tashvish bor edi.
Suhwa boshini burmasdan, sovuqqina javob berdi:
— Yolgʻiz qolishni istayabdi ekan, qolganini oʻzidan sora agar javob bersa.
Shundan so‘ng, u ortiqcha biror narsa demay, Rosening gapini eshitishga ham urinmasdan zinapoyadan pastga tushib ketdi. Har bir qadami qattiq, ammo tinch edi. U ikkinchi qavatdagi sinfi tomon yo‘l oldi.
Suhwa sinfga kelgach joyida Minjini oʻtirganini koʻrdi. U Jinga gapirar Jin esa indamay tinglar edi. Uni yuzidan Minjidan tokati toq boʻlganini bilsa boʻlar edi. Suhwa ogʻir qadamlar bilan Minji bilan Jinni oldiga kelib turdi. Minji ham, Jin ham unga qaradi.
— Oʻrnimdan tur. Mening oʻrnimga qachondan beri oʻtiradigan boʻlib qolding a? – ovozi deyarli balandlashib ketayotgan edi.
Minji Jinga bir qarab qoʻyib, indamay oʻrnidan turib, asta-sekinlik bilan oʻzini joyiga oʻtirib oldi. Suhwa ogʻir xoʻrsinib qoʻyib joyiga oʻtirdi.
Ikkinchi dars boshlanganiga ogohlantirish berildi, qoʻngʻiroq chalindi. Sinfga Jimin kirib keldi. Uning orqasidan ustoz ham. Hamma oʻquvchilar tinchlanib joy joyiga oʻtirdi. Rose Jiminni oʻtirishini kuzatib turdi. Jimin buni sezib Rosega bir qarab qoʻydi-da keyin etiborini boshqa narsaga burdi. Rose chuqur nafas olib ustoz tarafga qaradi. Minji hayol surib Jinga hali hamon qarab oʻtirardi. Jin esa kunlik darslik jadvalini yozish bilan band. Suhwa esa misollarni.
Ustoz gapirishga tayyorlanib tomogʻini qirib qoʻydi.
— Bolalar sizlarga bir yangiligim boʻr,
Hamma oʻquvchilar ustozga 'Qanday?' deb past ovozda lekin qatʼiy gapirishdi. Suhwa va Jin ham ustozga qaradi.
— Yaqinda bizni maktabda bir oʻzgarish sodir boʻladi. Bizni maktab direktorimiz ishdan ketmoqchi va uni oʻrniga boshqa direktor kelmoqchi.
— Nimaga ketadi direktorimiz?! – orqa tarafdan bir oʻquvchi yigit savol berib baqirdi.
— Maktab direktorimiz shu kunlarda juda charchaganligini aytdi va tatilga chiqmoqchi ekan.
Hamma oʻquvchilar hafsalasi pir boʻlib ovoz chiqarishdi. Hozirgi maktab direktori juda ham oliy janob va mehribon edi, oʻquvchilarga har doim yaxshi muomilada boʻlgan ularni hohishlarini bajargan edi. Endi buni eshitish hamma oʻquvchilar uchun yomon.
— Biz ham hohlamasdik lekin na iloj nima ham qila olardik. Oʻzini hohishi va charchagan dam olish ham foydali.
— Hozirdan duo qilishni boshlashimiz kerak, yangi keladigan direktor hozirgi direktorimizga oʻxshashini tilashimiz kerak – orqadan bir oʻquvchi yigit gapirdi va bunga boshqalar ham qoʻshildi.
—Tinchlaning! Endi darsga qaytamiz oshiqcha gaplar kerak emas!
Oʻquvchilar bir gap bilan tinchlandi.
Dars davom etar ekan oʻquvchilar doskaga yozilgan misollarni daftariga yozib oʻtirardi. Baʼzilari uxlash bilan ovvora baʼzilari esa gaplashish bilan. Va baʼzi birlar ovqat yeyish bilan ovvora. Suhwa misollarni yechish bilan ovvora edi. Jin shunchaki daftariga bir narsalarni chizib oʻtirardi. Unga oʻqish umuman yoqmaydi. Uni oʻylashi boʻyicha oʻqish umuman kerak emas. Bunday narsalarni oʻylashi tabiiy axir boʻy oiladan. Shu payt Jimin oʻrnidan turib shoshilib sinfdan chiqib ketdi. Hamma unga 'Nima boʻldi?' deganday orqasidan qarab qolishdi.
— Hozir chiqib ketgan Jiminmi? – Ustoz oʻgirilib oʻquvchilarga qarab gapirdi. Oʻquvchilar ham 'ha' deganday boʻsh irgadi.
— Nima boʻldi ekan? – ustoz havotirli gapirdi.
— Ustoz meni koʻrib kelaymi? — orqadan boyadan beri gapirib yotgan yigitning ovozi eshitildi. Ustoz 'yoq' deganday boʻsh silkitdi.
Dars davomida Suhwa bilan Rose Jiminni oʻylashdi. Tezroq dars tugasayu nima boʻlganligini bilsam deb havotirli oʻylanib oʻtirishdi.
Dars nihoyat tugadi. Shu vaqt oraligʻida Rosega bir asr otib ketganday boʻldi. Rose tezda oʻrnidan turib sinfdan yugurib chiqib ketdi. Suhwa ham turmoqchi edi lekin Roseni ketganini koʻrib keyin toʻxtadi.
Jin sinfda boʻgʻilib ketganligini uchun toʻza havo olishni hohlab sinfdan tashqariga chiqmoqchi boʻldi. Oʻrnidan turganida oʻtirgʻichi baland ovoz chiqardi. Suhwa toʻsatdan eshitilgan baland ovozga choʻchib bir sakrab tushdi. Ovoz chiqqan tarafga qarab Jinni sinfdan chiqayotganini koʻrib chuqur xoʻrsinib qoʻydi.
Rose sinfdan chiqishi bilan Jiminni izladi. Deyarli 5 daqiqada maktabni bir qavatini tekshirib boʻldi. Yigitlar hojatxonasining oldidan otib ketayotganda Jimin chiqib qoldi. Rose Jiminni koʻrib tezda toʻxtadi.
— Nima boʻldi yaxshimisan? Nimaga sinfdan shoshilib chiqib ketding? – havotirli ohangda soʻradi.
— Hech narsa boʻlgani yoʻq, – burni qonaganini shunchaki yashirdi. Boʻlmasa Rose aniq tinch qoʻymas edi.
— Aldama bir narsa boʻlgan, nima boʻldi ayt? – Rose sekin Jiminni yuzidan silab gapirdi.
— Rose seni hafa qilib qoʻymaslikka harakat qilyapman, iltimos meni qiynama. Meni tinch qoʻy biroz vaqtga, hozir oʻzimda emasman iltimos – Roseni qoʻli Jiminni bu gaplarini eshitib muzladi. Jimin boshqa hech narsa demay Roseni oldidan otib ketdi.
Rose oʻylanar edi '𝘔𝘦𝘯 𝘯𝘪𝘮𝘢 𝘲𝘪𝘭𝘥𝘪𝘮?'
Roseni koʻzidan bir tomchi yosh chiqdi. Yosh yuzidan sirgʻalib keyin esa sekin asta yerga tushdi. Rose oʻzini yigʻishtirib u yerni tark etdi. U hozir ich-ichidan parchalanib boʻlgan edi.
Uchinchi dars boshlandi hamma boyagidek. Sinfda faqat bitta inson yoʻq — Rose. Suhwa Roseni yoʻqligini koʻrib Jiminga bir qarab qoʻydiyu keyin esa oʻylanib oʻtirdi. Bugun Suhwaga judayam ogʻir kun boʻlyapti, hamma narsa oʻzgarib ketdi. Oldingidek boʻlmayapti.
Darslar tugadi Suhwa Jimindan nima boʻlganligini soragisi keldi lekin soʻramadi.
Rose qizlar hojatxonasida oynaga qarab oʻylanib turardi, qizlar hojatxonasi ichkaridan qulflangan, tashqarida qizlar kirolmay eshik tutqichini ushlab ochishga harakat qilardi. Rose faqat koʻzguga qarab yigʻlardi. Uni hayoliga bir fikr keldi. Rose ikki tarafni qarab bir narsani izlardi koʻzguni sindirish uchun qattiqroq narsa. Va chekkada yongʻin chiqqanda oʻchirish uchun turgan narsani koʻrib olib koʻzguga urdi. Koʻzgu bir urishda parchalanib ketadi. Tashqaridagi qizlar ichkaridagi shovqinni eshitib sarosimaga tushishadi.
Shu payt Suhwa oʻsha yerdan otib ketayotganda qizlarni toʻplanganini koʻradi va yoniga borib soʻraydi. Qizlar aytib berishadi. Suhwani hayoliga Rose kelib u ham ochishga harakat qila boshlaydi.
— Hazira kalitni olib keling tezroq! – Suhwa sarosimaga tushadi.
Ichkarida Rose shishani olib tomirini kesishga harakat qilardi. Qoʻli buni hohlamasada yuragi hohlardi. Shishani qoʻliga bosishni boshladi qoʻn chiqa boshladi. Shu payt kimdir Roseni shisha ushlab turgan qoʻlini qattiq ushlab toʻxtatdi. Rose sekin oʻsha insonga qaradi. U Suhwa edi. Suhwa Roseni qoʻlini silkitib shishani qoʻlidan tushirdi va Roseni yuziga shapaloq tushirdi.
— Sen ahmoqmisan?! Nimaga oʻz joninga qasd qilmoqchi boʻlding?! – Suhwa judayam qattiq baqirdi. Eshikni oldida esa qizlar toʻplanib pichrilashib gapirishar edi.
Suhwa uyiga keldi oʻgay onasi mehmonxonada TV koʻrib divanda oʻtirardi. Suhwa oʻgay onasiga bildirmay tepaga ikkinchi qavatga xonasiga chiqib ketmoqchi edi.
— Keldingmi? – oʻgay onasini sovuq ovozi qizni butunlay toʻxtatdi.
— Ha, keldim – orqasiga oʻgirilib oʻgay onasiga qaradi, uni ovozi mayus edi, koʻzlarida gʻam.
— Yaxshi, unda uylarni tozala! – TVdan koʻzini olmay gapirar edi edi. Oʻgay onasi har doim haqoratli soʻzlar bilan Suhwaga murojaat qilardi. Suhwaga bu albatta yoqmaydi, bazida u ham qattiq javob qaytargisi kelardi ammo jurʼati yetmaydi.
Suhwa xonasiga kirishi bilan sumkasini xonani bir burchagiga otib oʻzi esa yotoqqa yiqildi. Bugungi boʻlgan voqealar uni oʻylantirib bezovta qilardi.
“𝘙𝘰𝘴𝘦𝘯𝘪 𝘣𝘶𝘯𝘥𝘢𝘺 𝘲𝘪𝘭𝘪𝘲𝘭𝘢𝘳𝘪 𝘩𝘶𝘥𝘥𝘪 𝘳𝘶𝘩𝘪𝘺 𝘬𝘢𝘴𝘢𝘭 𝘪𝘯𝘴𝘰𝘯𝘯𝘪𝘬𝘪𝘥𝘦𝘬! 𝘉𝘪𝘵𝘵𝘢 𝘺𝘪𝘨𝘪𝘵 𝘶𝘤𝘩𝘶𝘯 𝘰ʻ𝘻𝘪𝘯𝘪 𝘰ʻ𝘭𝘥𝘪𝘳𝘪𝘴𝘩 𝘢𝘩𝘮𝘰𝘲𝘭𝘪𝘬! 𝘈𝘺𝘴𝘩 𝘴𝘩𝘪𝘣𝘢𝘭!”
Suhwa oʻrnidan turib kiyimlarini almashtirib pastga tushdi. Oʻgay onasi hamon oʻshanday oʻtirardi.
Soat 22:45 qorongʻu tushgan Suhwa xonasida qulogʻiga quloqchin taqib uy vazifalarini bajarar edi.
Telefoniga birdan SMS keldi. Suhwa telefonini olib kim yozganiga qiziqib qaradi odatda hech kim unga yozmasdi.
Notanish raqam edi. SMSda shunday yozilgandi:
“𝘙𝘰𝘴𝘦𝘯𝘪 𝘵𝘰ʻ𝘹𝘵𝘢𝘵𝘨𝘢𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘶𝘤𝘩𝘶𝘯 𝘳𝘢𝘹𝘮𝘢𝘵 𝘴𝘦𝘯𝘥𝘢𝘯 𝘮𝘪𝘯𝘯𝘢𝘵𝘥𝘰𝘳𝘮𝘢𝘯.”
Suhwa kim ekanligini tezda bildi. Hech qanday javob yozmasdan telefonini stol ustiga sekin qoʻyib yana yozishni boshladi. 5 daqiqalardan soʻng yana habar keldi. Yana oʻsha raqam.
“𝘛𝘢𝘴𝘩𝘲𝘢𝘳𝘪𝘨𝘢 𝘤𝘩𝘪𝘲 𝘮𝘦𝘯 𝘴𝘦𝘯𝘪 𝘶𝘺𝘪𝘯𝘨 𝘰𝘭𝘥𝘪𝘥𝘢 𝘬𝘶𝘵𝘺𝘢𝘱𝘮𝘢𝘯.”
Suhwa buni oʻqib muzlab qoldi. Quloqchinini yechib shoshilib derazadan pastga qaradi. Pastda bir odam qoʻra kiyimda turardi. Suhwa telefonini olib yozishni boshladi.
“𝘚𝘦𝘯 𝘢𝘩𝘮𝘰𝘲𝘮𝘪𝘴𝘢𝘯? 𝘕𝘪𝘮𝘢𝘨𝘢 𝘬𝘦𝘭𝘥𝘪𝘯𝘨?”
Ozgina vaqtdan soʻng SMS keldi.
“𝘎𝘢𝘱𝘭𝘢𝘴𝘩𝘪𝘴𝘩𝘪𝘮𝘪𝘻 𝘬𝘦𝘳𝘢𝘬 𝘵𝘶𝘴𝘩 𝘱𝘢𝘴𝘵𝘨𝘢, 𝘣𝘶 𝘬𝘰ʻ𝘱 𝘷𝘢𝘲𝘵𝘯𝘪 𝘰𝘭𝘮𝘢𝘺𝘥𝘪 𝘷𝘢ʼ𝘥𝘢 𝘣𝘦𝘳𝘢𝘮𝘢𝘯”
Suhwa chuqur nafas olib sekin eshikni ochib boshini chiqarib tashqarini qaradi hech kim yoʻqligiga amin boʻlib xonasidan chiqdi. Asta qadam tashlab pastga tushdi. Ikki yoqni qarab hech kim yoʻqligini tekshirdi. Hech kim yoʻq ekanligini koʻrib tezda ustiga kiyim kiyib uyidan chiqdi.