𝗥𝗲𝗱 𝗥𝗼𝗼𝗺°
“U ozodlikni orzu qildi. Men esa uni go‘zal tarzda qamab qo‘ydim.” — Park Jimin
Quyosh ufq ortiga asta-asta yashirinayotgan, osmon esa iliq toʻq sariq va binafsha ranglar bilan bezanayotgan peshin oxiri edi. Shahar sekin jimjimadorlikka choʻmgan, atrofda faqat shamol barglar bilan kuymalashayotgandek esardi. Y/N, qulogʻida quloqchin, atrofdagi haqiqatdan uzilib, oʻzining ichki dunyosiga sayrga chiqqandek koʻchada yengil yurib ketayotgan edi.
Quloqchin orqali eshitilayotgan ohanglar goʻyo yuragida jaranglayotgandek tuyulardi, lekin aslida u qoʻshiqqa emas, hayollariga quloq tutayotgan edi. Har bir qadami ichki tinchlik sari qadam edi. Qoʻshiq esa, shunchaki orqa fon, ichki olamini fon musiqasi edi — eshitilsa ham eshitilmasdi.
Shu lahzalarda, goʻyo vaqt toʻxtab qolgandek edi.
Hech qanday ogohlantirishsiz, orqadan yaqinlashgan qop-qora kiyingan bir yigit Y/Nning ogʻziga toʻsatdan oq sochiq bosdi. Sochiqdan sirli, keskin kimyoviy hid taraldi — uxlatuvchi dori. Y/N koʻzlarini katta ochdi, qoʻllari bilan yigitni itarishga urindi, qoʻrqinchli pichirlab “yo‘q…” degan ovoz yuragini tilka-pora qilardi. Ammo harakatlari borgan sari sustlasha boshladi.
Dori ta’siri tezda oʻz kuchini koʻrsata boshladi. Uning qarshiliklari sustlashdi, koʻzlari ogʻir tortdi. Nafasi sekinlashdi. Tanasi xuddi shabada tegib oʻtgan nozik yaproqdek boʻshashdi. Soʻngra — sukunat. U hushsiz qoldi. Yigit sekinlik bilan sochiqni uning yuzidan oldi, bir lahzalik sokinlikda unga tikildi, so‘ng sochiqni chekkadagi axlat qutisiga tashladi. Sochiq yumshoq tovush bilan pastga tushdi.
U hushsiz tanani sevgi bilan emas, balki sinchiklab, kelinlik uslubida koʻtarib oldi. Y/N xuddi yengil, moʻrt bir qushdek yelkasida yotardi. Yigit toʻxtab turgan qora avtomobil tomon asta yurdi. Qorong‘i tusha boshlagan bu ko‘chada, atrofda go‘yo hech kim yo‘q edi. Oʻsha mashina yonida turgan ikkinchi yigit darrov orqa eshikni ochdi. Boshqa yigit hushsiz tanani mashinaga ehtiyotkorlik bilan yotqizdi. Ular qizga ziyon yetmasligi uchun har bir harakatda ehtiyotkorlik bilan harakat qilardi — lekin bu ehtiyotlik g‘amxo‘rlik emas, reja edi.
Mashina eshigi sekin yopildi. Keyin yigit telefonini chiqardi, kontaktlar orasidan kimnidir izladi. U izlagan nomni topgach, bir nafas oldi va “qo‘ng‘iroq” tugmasini bosdi.
Bu orada, to'satdan, mashina ichida boshqa bir ovoz — Y/N telefonining chaqiruv ohangi eshitildi. Yigitlar bir-biriga qarab, biroz cho‘chib tushishdi. Tezlikda eshik ochildi. Qizning sumkasi topildi va ochildi. Ichkarida chalinayotgan telefon — ekranda yorqin harflarda "Mom" yozuvi. Bu kichik so‘z yigitlarni jim qoldirdi. Bir lahzalik sukunat, so‘ng tezlik bilan telefon o‘chirildi.
Shu ondayoq, yigitning o‘z qo‘lidagi telefonidan javob berilganiga ishora qiluvchi signal eshitildi. U shoshilinch tarzda qulog‘iga olib bordi.
— Nima boʻldi? — degan qo‘rqinchli darajada sokin, ammo hokimiyatli ovoz yangradi.
— Janob, siz aytganingizdek qildik. Hozir qiz mashinada, hushsiz. — deya tezlikda javob berdi birinchi yigit.
— Yaxshi. Unda ortga qayting. — ovoz hech qanday hissiyot ifodalamasdan, buyruq tarzida aytildi. So‘ng qo‘ng‘iroq tugatildi.
Yigitlar Y/N ning sumkasini avvalgi joyiga joylashtirishdi. So‘ng, ikkinchi yigit rulga o‘tirdi, birinchisi esa yoniga joylashdi. Hech kim bu mashinada nima yuz berganini bilmasdi, hech kim ko‘rmagandek edi. Faqatgina asta qorayib borayotgan osmon bu sirli voqeaning jim guvohiga aylangan edi...
Mashina sekin yurib ketdi. So‘ngra izsiz g‘oyib bo‘ldi.
30 daqiqalik sokin, ammo gʻalati ogʻir sukunat ichida davom etgan yo‘l nihoyat yakun topdi. Yana bir burilish ortidan mashina hashamatli, qop-qorongʻu kulrang tusdagi, sirli jimjitlik bilan oʻralgan uy oldida to‘xtadi. Bu uy tashqaridan yirik, lekin go‘yoki nafas olayotgandek, yashirincha nimanidir pichirlab turgandek edi. Yaproqlari salqin shamolda yengil tebranayotgan daraxtlar oralab o‘rnatilgan avtomatik darvozalar tovushsiz ochila boshladi. Mashina sekinlik bilan, ohangraboday tortilgan tarzda ichkariga kirdi. Orqa eshiklar mashina to‘liq kirishi bilan yana shivirlagancha yopildi — go‘yoki bu tashqaridan ko‘zga tashlanmas maxfiy dunyoga boshqa hech kim kirishga haqli emas edi.
Mashina to‘xtagach, ikkita qora kiyimdagi yigit birin-ketin eshiklarni ochib, ohangdor harakatlar bilan tushishdi. Birinchi yigit mashinaning orqa eshigini ochdi va hushsiz holatda yotgan Y/nni ehtiyotkorlik bilan bag‘riga ko‘tardi. Uning sochlari engil tebranib turardi. Bu qiz — boshqa dunyodan kelgandek, rangsiz, lekin beg‘ubor edi.
Ikkinchi yigit, burchdagi jimjitlikni yengib o‘tmoqchidek, birinchi yigitdan oldin yurdi va uyning katta eshigini qattiq ohang bilan taqillatdi. Oradan atigi bir necha lahza o‘tib, eshik ochildi. Qarshilarida oq formadagi xizmatkor paydo bo‘ldi. U avvaliga hayrat ichida to‘xtab qoldi. Ko‘zlari ayol qiyofasini tanishga urindi, yuragi bir muddat noto‘g‘ri urdi. Bu — birinchi marta edi. Chunki… Mr. Jimin hech qachon, hech qachon hech bir ayolni bu muqaddas, osoyishta uy ichiga kirishiga ruxsat bermagan edi. Xizmatkor bir zum ichida o‘zini bosdi, bosh irg‘ab, ularni ichkariga yo‘lladi. Ular sokin yurish bilan uyning ichiga qadam tashlashdi. Og‘ir eshik orqadan yopildi. Xizmatkor esa hali ham o‘ylar girdobida, ichidagi shubhalar bilan oshxonaga qarab yo‘l oldi.
Yigitlar qizni uyning birinchi qavatida joylashgan kichik, ammo o‘zgacha shinamlikka ega xonaga olib kirishdi. Oq pardalar, oq adyol, sokin va silliq devorlar ichida u yotoqqa yotqizildi. Qizni joyiga yotqizishgach, yigitlar hech bir so‘zsiz, ortga qaytishdi. Ulardan biri, ikkinchi yigit, tezlik bilan uydan chiqib ketdi — qadamlarida hech qanday ikkilanma yo‘q edi. Birinchi yigit esa zinapoyalardan ko‘tarilib, ikkinchi qavat tomon yo‘l oldi. Har bir qadami devorlar orasida yong‘ragandek bo‘ldi. U Jiminning ish xonasi oldida to‘xtab, sekin, lekin qat'iyat bilan eshikni taqillatdi.
Ichkaridan o‘sha tanish, qat’iy, ammo bezovta ohangda chiqdi:
Yigit bu so‘zlarni eshitishi bilan zudlikda eshikni ochib, ichkariga kirdi. Xona iliq, ammo rasmiy ko‘rinishda edi. Kitoblar, yorug‘likda yaltirab turgan oynavand stol va qalin gilamlar. Jimin kresloda o‘tirgancha, derazadan tashqariga tikilgan edi. Ammo u yigit kirganini sezib, yuzini burdi.
— Janob, qizni olib keldik. Xonaga yotqizib qo‘ydik.
Jimin yuzida biror hissiyot aks etmasa-da, yengil bosh qimirlatdi:
Yigit chuqur ta’zim qildi, so‘zsiz orqasiga burilib, chiqib ketdi. Zinadan tushib, u ham tezlikda uyni tark etdi. Eshik yana bir bora yopildi. Va uy yana oʻsha sukunatga toʻlib qoldi… faqat endi uyning birinchi qavatidagi kichik xonada, oppoq adyolda yotgan g‘alati sokin qiz bilan.
Jimin xonasidan chiqdi. Qadam tovushlari pastki zinapoyalarda aks-sado berdi. Har yurish — aniq reja bilan yo‘naltirilgan edi. U sokin, jiddiy chehra bilan zinapoyalarni birma-bir bosib, yer to‘laga olib boruvchi koridorga yo‘l oldi. Ammo to‘xtadi. Ko‘zlari chap tomondagi xonaga tikildi. O‘sha xona.
Eshik hali yopilmagan. Ataylab. Go‘yoki bu —marhamatli bir mehmondorchilik edi. Eshikni shunchaki barmoqlari bilan ohangrabodek ochadi. Ichkaridan dim havoda to‘lib turgan tanish ifor to‘lqindek yuziga uriladi. Y/Nning ifori. Uning nozik, ammo ongni larzaga soladigan, beg‘ubor tanasidan kelayotgan hid Jiminni bir zumda es-hushidan ayirayotgandek bo‘ldi. Nafas oldi. Chuqur.
Qadam tovushlari gilamni ezib asta yotoqqa yaqinlashdi. Y/N jim yotardi. Tinch. Boshini yostiqqa biroz yon tomon egib, lablari yarim ochiq, ko‘zlari yumilgan — go‘yoki og‘ir kechgan tun ortidan begunoh farishta kabi uyquda edi. Uning qoshlariga ohang kirgan, lablarida shirinlik va jonsizlik o‘rtasida bir narsa bor edi. Yuziga uzoq tikildi. Yuzini berkitib turgan sochining bir tolasini chetga surdi. Ammo bu harakatda na mayinlik, na sevgi bor edi.
Keyin esa — kutilmagan lahza. Jimin bir harakatda Y/Nni bag‘riga olib, kelinlik uslubida ko‘taradi. U qizni hech qanday hissiz, ammo ehtiyotkorlik bilan ko‘taradi. Go‘yoki bu tanaga jiddiy zarar yetkazishni hohlamaydi. Hozircha.
Y/N hech narsani sezmasdi. Tanasi bo‘sh, ruhiyati o‘chgan. Dorilar ishini qildi. U hozir og‘ir uyquda. Ruhsiz tanaday jim, ammo hali Jimin unga nimalar qilmoqchi ekanini bilmaydi. Xonadan chiqib yer toʻlaga tushadi.
Yer to‘la — qorong‘i. Tor. Og‘ir. Havo zich. Unda qandaydir eski, chirigan yog‘och va yangi qurilgan qamoqxona hidi aralashib yotgandi. U yerda ikki eshik bor edi. Ikkisi ham bir xil: silliq, jilosiz va qattiq yog‘ochdan yasalgan, qo‘ng‘ir rangda. Ammo Jimin tanlov qilgan: chapdagi eshik. Faqat chap.
Eshik ohangraboday ochiladi. Ichkarisi... boshqa dunyo. Bu xona — oddiy yer to‘la emas. Bu — maxsus ajratilgan, tayyorlangan, rejalashtirilgan joy. Xona ichi qizil. Hammasi. Devordan shiftgacha — qip-qizil. Shafqatsiz ehtiros kabi, qonni eslatuvchi, yurakni siquvchi qizil. Xonaning bir chetida yotoq — ikki kishilik. Chiroyli. Yomg‘irdan keyingi qirmizi shafaqga o‘xshagan ko‘rpa, ipak yostiqlar, ammo... bu yotoq hech qachon dam olish uchun emas. Bu — sahna. O‘yin maydoni. Jazoni berish uchun parda ortidagi maydon.
Chap burchakda esa — zanjirlar. Sovuq, metalldan, devorga o‘rnatilgan. Har bir halqasi yaltirab turadi. Yaqinda ishlatilmagan, ammo aniq ishlatishga tayyor. Yuzlab savollar ortida bitta javob yotar edi: zanjirlar Y/N uchun.
Jiminning nigohi shu zanjirlarda to‘xtaydi. Va lab chetida yengil, sovuq tabassum paydo bo‘ladi. U qandaydir ichki quvonchni yashirib bo‘lmasdi. Bu — yutib bo‘lingan o‘yin. Bu — egallangan ruh bayrami.
U Y/Nni ehtiyotkorlik bilan yotoqqa olib boradi va yotqizadi. Keyin esa asta sekinlik bilan kiyimlarini yechishni boshlaydi. Birinchi ustki kiyimlari va keyin esa shimi oyoq kiyimlari hammasini yechadi Y/nni ichki kiyimda qoldiradi. Jimin Y/nni tanasiga bir nazar tashladiyu keyin esa yana koʻtarib zanjirlar tarafga olib boradi. U qo‘lini qizning bilagiga olib boradi, so‘ng zanjirga qistiradi. Birinchi. Keyin ikkinchi. Y/Nning tanasi devorga osilib turadi, ammo hali uyg‘onmaydi. Hali dori ta’sirida. Hali o‘zga dunyoda. Jimin Y/nni boshini biroz yotqizib kulib qarab turdi soʻngra
Hamma narsa joyida. Tuzoq — yopildi. Qiz — o‘rtada. U hozirgina bu xonaga yotqizildi, nozik harakatlar bilan, g‘amxo‘rlik ko‘rinishida. Ammo bu — na g‘amxo‘rlik, na mehr. Bu — xavfsiz tuyulgan vaqtning yolg‘on kulgusi edi.
Jimin asta egilib, Y/Nning yuziga so‘nggi marta tikiladi. U go‘yo ibodat qilayotgandek jim. So‘ng o‘rnidan turib, uzoqroqqa yuradi. Xonani ko‘zdan kechiradi. Hali hech narsa boshlanmadi, ammo havo allaqachon zo‘ravonlikdan dim.
Bu nafaqat xona. Bu — zindon.
Bu — Jiminning sehrli jazosi uchun sahna.
Va hozir... hammasi sokin. Hamma narsa qizil.
Ammo...
Vaxshiylik hali boshlanmadi.