May 21, 2025

Oxirgi raqs...

2-qism: “Men sensiz ham raqsga tushaman, lekin yuragim bilan emas”

U ketganidan so‘ng, kunlar bir-biriga o‘xshab qoldi.
Tongda uyg‘onish… endi sababsiz edi.
Musiqa eshitish… yuragimni ezar edi.
Mashg‘ulot zali esa - xuddi jonsiz tana kabi tuyulardi.
Uning kulgusi yo‘q.
Uning qadam tovushi yo‘q.
Uning muzli qahvasi yo‘q.
Faqat men bor edim.
Yolg‘iz, jim, sovuq… men.

Men har tong Jimin yuborgan ohirgi xabarni o‘qirdim:

“Ertaga sen bilan uchrashish - hayotimdagi eng yaxshi narsa bo‘ladi.”

Ammo u kelmadi.
Men kechikdim.
Hayot kechikdi.

••••

O‘sha kundan so‘ng men hech kim bilan raqs tushmadim.
Partnyorsiz edim.
Shunchaki mashq qildim.
Har bir harakatim — xuddi unga qarata aytilgan so‘zdek edi.
“Mana bu sening sevimli holating…”
“Mana bu yerda sen doim kularding…”
“Mana shu joyda sen mening bilagimni tutarding…”

Men sening soyang bilan raqsga tushdim, Jimin.

••••

Oradan oylar o‘tdi.
Kuz keldi.
Barglar sariq bo‘lib, yerga to‘kildi.
Xuddi yuragimdagi so‘zlar kabi… to‘kilgan, so‘ngan.

Bir kuni Yujin ismli murabbiy zalga kirdi.
- “Y/N, katta gala-konsert bo‘lyapti. Sen u yerda raqsga tushishing kerak.”

Men qarshilik qildim.
- “Men tayyor emasman.”

U menga tikildi.
- “Sen uni unutdingmi?”

Men jim qoldim.
Yo‘q… men uni unutmadim.
Hech qachon unutmayman.
Lekin… balki men oxirgi marta uning nomidan raqsga tushishim kerakdir?
Balki sahnada oxirgi marta yuragimni so‘zsiz to‘kib solishim kerakdir?..

••••

Men rozilik berdim.
Mashg‘ulotlarga qaytdim.
Yolg‘iz, sokin, lekin qat’iy.
Endi harakatlarimda og‘riq bor edi.
Qadamlarimda unutolmaslik.
Aylanishlarimda armon.

Bir kecha zalda yolg‘iz qolgandim.
Sahnadagi projektor yoqilgan edi.
Unga qarab turgandim.

Birdan u ovoz yangradi.
Jiminning ovozi.
Yosh boladek orqaga o‘girdim.
Lekin hech kim yo‘q edi.
Bu xotira edi.
Menga qolgan yagona ovoz - yuragim ichidagi eslatma edi.

-“Y/N... men seni tanlaganim uchun afsuslanmayman. Menga raqs emas, sen kerak eding.”

Men yig‘ladim.
Yig‘i bilan raqsga tushdim.
Mushtdek qattiq yerda, yalangoyoq.
Musiqa yo‘q edi.
Faqat yuragimda qoldirilgan kuy bor edi.

••••

Konsert kuni keldi.
Zal to‘la edi.
Hamma kutayotgandi.
Men esa birinchi marta yolg‘iz chiqardim.
Partnyorsiz.
Sahna qorong‘i.
Chiroq faqat menga tushgan.
Musiqa boshlandi…
Uning sevimli kompozitsiyasi.

Men harakat qildim.
Har bir burilish — unga atalgan edi.
Har bir cho‘zilish — uning ismini chaqirayotgandek.
Yuragim og‘riyotgan bo‘lsa-da, raqsim tiniq edi.
Men jim edim, ammo tana harakati - baqirayotgandek edi:
“Qayt Jimin!”
“Men hali seni sevaman!”
“Men sen bilan bitmadim!”

Oxirgi harakat…
Men ikki qo‘limni osmonga cho‘zdim, xuddi uni ushlamoqchi bo‘lgandek.
Va sekin tiz cho‘kdim.
Ko‘z yoshlarim yuzimdan oqdi.

Zal jim bo‘ldi.
Bir zum.
Keyin kuchli olqishlar.
Lekin men eshitmadim.
Chunki yuragim faqat uning ismini chaqirardi.
Jimin.

••••

Ertasi kuni men Jimin yotgan qabristonga bordim.
Qabri ustida oppoq atirgullar.
Yoniga medalimni qo‘ydim.
U bilan yutganim, yutqazganim - hammasi shu yerdaligini bilardim.

- “Sen ketding... lekin men endi raqs tushishni davom ettiraman,” - dedim men past ovozda.
- “Chunki sen har bir harakatimda yashaysan.”

Men jilmaydim.
Ko‘zlarimda yosh.
Lekin qalbimda u bor edi.

Va shunchaki ketdim.
Yengil nafas oldim.
Chunki u men bilan edi. Har doim.

••••

Avtordan:
Ba’zi sevgi hikoyalari tugamaydi.
Ular jim yuraklar ichida raqsga tushishda davom etadi.