Time
Shahar tunda shisha idishga solinib qorongʻu xonaga qoʻyilgan yonar qoʻngʻizlarga oʻxshab koʻrinardi. Pastda minglab chiroqlar yaltirab, tirband koʻchalardan mashinalarning uzluksiz shovqini eshitilardi. Baland binoning tomi pastga qaraganda ancha sovuq edi. Qorongʻulikni yoritib turgan neon reklamalari, signal tovushlari, shamolning uvillashi... hammasi hayot davom etayotganini koʻrsatib, eslatardi.
— Men senga aytgan edim. – qizning ovozi sovuq, gʻazab aralash chiqdi. — 'Oʼylab qaror chiqar' degandim. Seni deb bir qiz oʼlay dedi,
Shamol mayin esdi. Qizning yuziga urilib sochlarini tarqatib yubordi. Shamolni mayin esgani toʻxtamadi, davom etdi. Nozik soch tolalari yonoqlariga ilashdi, lekin ularni siltab tashlamadi. Qiz yigitga qaradi. Yigit bir necha qadam narida oʻtirardi, yuzida hech qanday ifoda yoʻqdek.
— Nega jim turibsan? – bu safar qizni ovozi sal balandroq chiqdi.
Qiz qarshi tomonda oʻtirgan yigitga qarab turar, ammo yigit bir ogʻiz soʻz aytishga jur’at etolmasdi. Yerga tikilib, nimanidir oʻylayotgandek edi.
Va nihoyat bir necha daqiqalik sukunatdan soʻng yigit boshini koʻtarib titroq nafas olib keyin gapirdi.
— Men bunday boʻlishini istamagan edim... — dedi u sekin. Soʻzlari orasida afsus bor edi — Hammasi shunchaki adashish edi...
Qiz achchiq kulimsiradi.
— Adashish deysanmi? Kimnidir hayotini sindirish, kimnidir umidini soʼndirish shunchaki 'adashish' boʻladimi?
Yigit nimadirni aytmoqchi boʻldi, lekin soʻz topolmay shunchaki yutindi.
— Men uni hafa qilmoqchi emasdim. Bu gaplarim unga qattiq tegishini, oʻzini oʼldiradigan darajaga borishini bilmasdim, – dedi ovozi titrab. Koʻzi yoshga toʻldi. Lekin qorongʻudi bu koʻrinmas edi. Balkim koʻziga yosh kelganini hech kim koʻrmasligi yigitni tinchlantirgandir.
Qiz chuqur nafas oldi.
— Qanaqasiga unga qattiq tegishini bilmasding?! U seni jonidan ortiq sevishini sendan boshqasiga qaramasligini bilarding, toʻgʻrimi?! Seningcha sevgan insonidan rad javobini olsa yoki tinch qoʻy degan sovuq ovozni eshitsa odam nima qiladi? Nima boshqasiga oʻtib, kulib yuradimi? Sen ahmoqsan, ruhiy kasalsan!
Yigit shunchaki indamay pastga qarab oʻtirardi.
— Hozir menga qanday qiyinligini tushunmayapsan Suhwa, – ovozi boʻgʻiq chiqdi – meni ham uni hafa qilish niyatim yoʻq edi,
— Sen aytmasang seni qanday tushunay Jimin? Ichingdagini ayt, balki shunga qarab yechim izlab toparman.
— Kerakmas endi, menga tinchlik kerak, – birdan sovuq gapira boshladi, koʻz yoshlarini qoʻpol artdi – Tinch qoʻy meni. Boʻlmasa seni ham hafa qilaman.
— Ket dedim! – birdan yigitning baland ovozi qizni choʻchitib yubordi. Koʻzlari katta boʻla tushdi. Suhwa Jiminni baqirishiga odatlanmagan.
Biroz vaqt qiz nima qilishni bilmay oʻylanib qoldi va oxiri oʻrnidan turib soʻzsiz u yerdan ketib qoldi.
Yigit esa chuqur nafas olib osmonga qaradi. Oyni koʻrdi. Va Rose ikkalasi oy nuri ostida koʻchada mazza qilib, kulib ketishganlarini esladi.
— “Balki bu yana takrorlanmas. U mendan zoʼriga loyiq.”
— Qizim bu nima qilganing? – ayol qizini qoʻlini asta ushlab tikilgan joyiga yuzida qaygʻu va koʻzida yosh bilan qaradi.
— Oyi...meni olib keting – koʻzida yosh va bogʻiq ovoz bilan gapirdi.
— Jimin... U... – qiz yigʻlab yubormaslikka harakat qilib zoʻrgʻa gapirardi.
— Yana nima qildi u? Tezroq gapir, – oyisi sabrsizlarcha qizini soʻzini boʻlib gapirdi.
— U ajralishni hohlashini aytdi – oxiri qiz chidolmay yigʻlab yubordi.
Oyisi biroz oʻylanib keyin qizini quchoqlab gapirdi.
— Men senga oldin aytgan edim 'U bilan uchrashishing xato, hali yoshsan oʻqishing kerak.' degandim.
— Kechiring oyi... Iltimos oyi meni bu yerlardan olib keting, uzoqlarga.
— Hoʻp qizim... Ertaga Amerikaga ikkalamizga chipta sotib olaman. Amerikaga ketamiz, dadangni yoniga. Dadanga habar berib qoʻyaman. Dadangni ham ancha sogʻinib qolgandursan a?
Qiz soʻzsiz boshini oyisini koʻksiga irgab qoʻydi. Oyisi qizini yuzini ushlab oʻziga qaratib, yuzidagi yoshlarni ohista bosh barmogʻi bilan arta boshladi.
Ovoz chiqarishni hohlamay sekinlik bilan eshikni ochgan qiz uyga kirar ekan toʻgʻrisida unga sovuq, hozirni oʻzida uni oʼldirgisi kelib qarab turgan tanani sezmay qoldi. Oyoq kiyimini yechib endi togʻrisiga qarar ekan qarshisida turgan insonni koʻrib joyida muzlab qoldi. Ogʻir yutinib, hozir nima boʻlishini bilganday tayyorlandi.
— Bu vaqtda qayerda yuribsan? – ovozi yogʻon chiqdi. Tikilishi hozir qizni yeb yuborishga tayyordek edi.
— M-men shunchaki tashqariga chiqib kelgandim...uyda siqilib ketdim da, dada – oxirgi soʻzini ishonchliroq chiqishi uchun qoʻshib qoʻydi. Lekin bu qoʻshimchasi dadasini undan ham gʻashini keltirdi.
— Siqilding a? Ozi oying toʻgʻri aytgan ekan, buzilib ketibsan, – oxirgi soʻzini eshitib qizni koʻzi katta ochildi. Tomogʻiga bir narsa tiqilgandek boldi. Ogʻziga soʻz keldiyu lekin aytmaslik toʻgʻri deb bildi. Agar soʻzni koʻpaytirib yuborsa oxiri yaxshilik bilan tugamaydi, aniq.
— Senga eʼtibor bermasam shunday qilar ekansan a? Seni endi boshidan tarbiyalayman. Oying oʻlib haddingdan oshding. Bundan keyin soat 21:00dan keyin koʻchaga chiqish yoʻq. Va, maktabdan toʻgʻri uyga kelasan, koʻchada jirtilab yurganingni koʻrmay ham, eshitmay ham. Meni yomon otliq qilib boʻlding sen qiz! Oʻzi bundan ham ogʻir jazoga loyiqsan lekin bu safar rahm qildim. Endi qani tez xonanga kirib yot! Seni koʻrgani koʻzim yoʻq.
Dadasini gaplari shunchalar qattiq, sovuq chiqdiki qizni ichini million boʻlaklarga boʻlib soldi. Mr.Park hech qachon Suhwaga bunday qoʻpol, sovuq gapirmagan. Hozir qizga dadasini eʼtibor bermaganlari bu gaplaridan koʻra yaxshiday tuyuldi. Dadasi gapini tamomlar ekan qizini boshqa gapini eshitishni hohlamay, hatto yuzini koʻrishni ham istamay oʻgirilib xonasi tomon burilib ketdi. Yigʻlab yubormaslikka harakat qilar ekan nafasi siqilardi. Koʻzidan deyarli yosh tomishni boshladi. U har doim koʻz yoshlarini kimdirga koʻrsatishni yomon koʻrardi. Suhwa uydan chiqib ketganini oʻgay onasi aytganini tezda bildi. Hozirni oʻzida oʻsha oʻgay onasini oʻldirgisi keldi. Qattiq nafas chiqarib, ikkinchi qavatga xonasi tomon chiqib ketdi. Xonasiga kirishi bilan tezda oʻzini yotogʻiga tashladi. Koʻz yoshlarini erkin qoʻydi.
“𝘔𝘦𝘩𝘳? 𝘔𝘦𝘯 𝘮𝘦𝘩𝘳 𝘬𝘰ʻ𝘳𝘥𝘪𝘮𝘮𝘪? 𝘖𝘺𝘪𝘮 𝘮𝘦𝘯𝘪 𝘵𝘢𝘴𝘩𝘭𝘢𝘣 𝘬𝘦𝘵𝘪𝘴𝘩𝘪 𝘣𝘪𝘭𝘢𝘯 𝘮𝘦𝘩𝘳 𝘴𝘰ʻ𝘻𝘪𝘯𝘪 𝘶𝘯𝘶𝘵𝘥𝘪𝘮. 𝘠𝘢𝘯𝘢 𝘣𝘪𝘳 𝘣𝘰𝘳 𝘩𝘪𝘴 𝘲𝘪𝘭𝘨𝘪𝘮 𝘬𝘦𝘭𝘢𝘥𝘪. 𝘖𝘺𝘪𝘮𝘯𝘪 𝘲𝘶𝘤𝘩𝘰𝘨ʻ𝘪𝘥𝘢 𝘪𝘤𝘩𝘪𝘮𝘥𝘢𝘨𝘪 𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢 𝘨𝘢𝘱𝘭𝘢𝘳𝘯𝘪 𝘢𝘺𝘵𝘪𝘣, 𝘺𝘪𝘨ʼ𝘭𝘢𝘨𝘪𝘮 𝘬𝘦𝘭𝘢𝘥𝘪. 𝘖𝘺𝘪 𝘲𝘢𝘺𝘦𝘳𝘥𝘢𝘴𝘪𝘻? 𝘔𝘦𝘯𝘪 𝘶𝘯𝘶𝘵𝘥𝘪𝘻𝘮𝘪? 𝘕𝘦𝘨𝘢 𝘮𝘦𝘯𝘨𝘢 𝘣𝘶 𝘩𝘢𝘺𝘰𝘵𝘯𝘪 𝘳𝘢𝘷𝘰 𝘬𝘰ʻ𝘳𝘥𝘪𝘻? 𝘈𝘺𝘣𝘪𝘮 𝘯𝘪𝘮𝘢 𝘦𝘥𝘪? 𝘉𝘶 𝘰𝘨ʻ𝘳𝘪𝘭𝘢𝘳𝘪𝘮𝘯𝘪 𝘩𝘢𝘵𝘵𝘰 𝘥𝘶𝘴𝘩𝘮𝘢𝘯𝘪𝘮𝘨𝘢 𝘳𝘢𝘷𝘰 𝘬𝘰ʻ𝘳𝘮𝘢𝘺𝘮𝘢𝘯. 𝘖ʻ𝘭𝘪𝘴𝘩𝘯𝘪 𝘩𝘰𝘩𝘭𝘢𝘺𝘮𝘢𝘯... 𝘓𝘦𝘬𝘪𝘯 𝘲𝘢𝘯𝘥𝘢𝘺? 𝘘𝘢𝘯𝘥𝘢𝘺 𝘰ʼ𝘭𝘥𝘪𝘳𝘢 𝘰𝘭𝘢𝘮𝘢𝘯 𝘰ʻ𝘻𝘪𝘮𝘯𝘪? 𝘝𝘢 𝘣𝘶 𝘵𝘰ʻ𝘨ʻ𝘳𝘪 𝘪𝘴𝘩 𝘣𝘰𝘭𝘢𝘳𝘮𝘪𝘥𝘪? 𝘉𝘢𝘭𝘬𝘪... 𝘣𝘪𝘭𝘮𝘢𝘥𝘪𝘮”
Millar yarim tun boʻlganini koʻrsatardi. Deraza parda bilan yarim yopilgan, ochiq joyidan esa oy nuri xonaga kirib, yorugʻ qilib turardi. Oradan 30 daqiqacha oʻtganday. Bir kishilik oppoq yotoqda qizni kichkina jussasi yotoq bilan uygʻunlashib tashqaridan koʻrgan odamga idel koʻrinardi. Toki qiz qay ahvolda yotganini bilgunicha. Qiz yigʻlashdan ancha avval toʻxtagan lekin hali hamon oʻz hayollari bilan uyqusiz. Ohista turib oʻtirib oldi. Derazadan tashqariga qarar ekan oyga tikilib qoldi. Va oyisi kichkinaligida aytgan gap esiga keldi.
—Bu oy deb ataladi. Lekin sen oymomo deyishing ham mumkin. Oymomo bu seni ikkinchi onang – tunda derazadan oyni koʻrsatib qiziga gapirar ekan qizi hayrat ila oyisiga tikilib gaplarini sinchkovlik bilan eshitardi.
— Chunki kichkina goʻdakligingda men uxlata olmasam, oyga tikilib oʻzing uxlab qolarding. Shunga oymi oymomo onam desang boʻladi– ohista kulib qoʻydi – va yana agar men yoningda boʻlmay qolgan kunim boʻlsa va sen meni sogʻinsang shu oymomo onanga qarab ichingdagi gaplaringni aytishing mumkin.
Shu voqealarni eslar ekan koʻziga yana yosh keldi. Ohista jilmayib, yarim yopilgan pardani bir urinishda toʻliq ochdi. Oyga qarab oyisi aytganiday gapira boshladi.
— Oymomo qandaysiz? Siz bilan ham gaplashmay qoʻyganimga ancha boʻlibdi... Toʻgʻrisini aytsam oyimni sogʻindim... Bir bor koʻrsam deyman. Buni iloji boʻladimi? Iltimos bir bor koʻray. Hozir menga judayam kerak oyim... – bundan yana koʻp gaplar boshlandi. Oʻzini hayotida boʻlib oʻtayotgan voqealarni ayta boshladi. Huddi oymomo uni onasidek...
— Kayfiyating yaxshi boʻlib qolibdimi? – yonida osmonga sokin koʻzlari bilan tikilib turgan yigitga qarab gap boshladi. Qizni gapini eshitishi bilan unga qaradi.
— Nima desam ekan...ha biroz yaxshilandi
— Buning uchun hursandman lekin Rose ketganidan soʻng bunday boʻlishing huddi... – qiz gapini tamomlashidan avval yigit gapini boʻldi.
— Huddi uni ketishini hohlagandekman shundaymi? Ha, sen to‘g‘ri o‘ylayapsan. Men haqiqatan ham uning ketishini istadim – yigitni bu gapini eshitib qizni koʻzi katta ochildi – Buni yomonlikdan qilganim yo‘q. Sababi bor edi. So‘nggi marta suhbatlashganimizda u menga shunday degandi: “Dadamni sog‘indim. U hali Amerikadan kelmaydi, lekin men uni ko‘rishni xohlayman.” Shu so‘zlar boshimda aylanaverdi. Balki, deb o‘yladim, agar men oramizni ochiq qilsam, u niyatiga yetar, o‘z yo‘lini topadi.
U chuqur nafas oldi, yelkalari sekin tushdi.
— Bu bitta sabab. Yana boshqa sabablar ham bor, lekin ularni aytishning foydasi yo‘q. Ba’zilarini hatto o‘zim ham to‘liq tushunmayman.
— Oʻzingda sabablar bor, toʻgʻrimi?
— Sen juda tez tushunasan bilasanmi? Shu sababli odamlarni oʻzinga tortasan.
— Men unday deb o‘ylamayman, — dedi qiz, labida mayin tabassum bilan.
Qiz biroz oʻylanib jim turdi va yana gapira boshladi.
— Senda yana qanday sabablar bor?
Yigit biroz sukut saqladi, keyin past ovozda javob berdi:
— Rose menga mos emas edi, Suhwa. U... mendan ko‘ra yaxshiroqqa loyiq. Men esa, bilmadim, g‘alati yigitman. Ba’zida o‘zimni hatto o‘zim ham tushunmayman.
— Hoy, bunday gaplarni aytma. Sen mening hayotimda koʻrgan eng yaxshi yigitsan. Sen idealsan, tushunyapsanmi? Bu gaplar bilan oʻzingni yerga urma, aslo, aslo yana bu gaplarni ayta koʻrma, – yigitni gapini boʻldi.
— Suhwa, raxmat... Hayotimda borliging uchun minnatdorman. Agar yoʻq boʻlganingda nima qilardima? Oʻzimni oʻldirarmidim – achchiq kulimsiradi – ikki hafta oldin tomda baqirganim uchun...uzur soʻrayman. Unday qilmasligim kerak edi.
— Men uni unutib yuborganman. U payt seni ham tushunish kerak edi. Shunchaki men ham haddimdan oshdim.
Yigit pastga qarab bosh irg‘adi. Shu payt dars boshlanganini bildiruvchi qo‘ng‘iroq jiringladi.
— Yur, darsga kech qolmaylik, — dedi qiz o‘rnidan turib.
Yigit unga qarab turdi, keyin asta o‘rnidan turdi. Qiz yura boshladi, yigit esa orqasidan ergashdi. Ular sinf tomon yurishar ekan, har ikkalasi ham jim edi.
Sinf eshigi ochilishi bilanoq butun sinf bir zumda jimib qoldi. Odatda har kuni bir xil shovqin, bir xil kulgilar bilan toʻladigan sinf bugun gʻalati edi. Suhwa eshikdan kirar-kirmas, hamma nigohlar unga qadaldi. Hamma oʻquvchilar birdan joylaridan turishdi-da, birin-ketin qizni atrofiga toplanishdi.
Suhwa nima boʻlayotganini tushunmay qoldi. Yuragi gʻalati ura boshladi, nigohi Jiminga tushdi - u ham hayron edi, koʻzlari 'nima boʻlyapti oʻzi?' degandek qarab turardi.
— Bu... nima boʻlyapti oʻzi? – dedi Suhwa past ovozda.
Toʻplanganlar ichidan bir qiz, har doim Rose bilan birga yuradigan, sochlarini ikki oʻrib yuradigan uzun boʻyli qiz oldinga chiqdi. Yuzida ochiqcha gʻazab, koʻzlarida esa alam aralash kinoya bor edi.
— Oxiri niyatingga yetding-a, Suhwa?
— Oʻzingni ahmoqlikka solma! Roseni aytyapman! U ketdi Amerikaga seni deb! Jiminni oʻzingniki qilding, mana, endi baxtlisan-a?!
Suhwa hayratda qotib qoldi.
— Nimalar deyapsan? Jinni boʻldingmi? Qanaqa niyat? Qanaqa Jimin, Rose?
— Oʻzingni bilmaganga solma. Hammamiz koʻrganmiz. Sen har safar Rose bilan Jimin birga turganda qarab turarding. Rashk bilan.
Shu payt Jimin chidolmay gapga qoʻshildi.
— Nima boʻlyapti oʻzi? – oʻrtaga kirib – Sizlar ahmoqmisizlar?! Kim sizlarga bunaqa bemaʼni gaplarni gapirdi?
— Oʻzidan soʻra! – deb qiz yana Suhwani koʻrsatdi – U hammasini rejalashtirgan.
— Haddingizdan oshmang! – birdan Suhwa jaxlini jilovlay olmay baqirdi.
— Boʻlmasa nima qilasan? – qiz Suhwaga yaqinlashdi – Urmoqchimisan? Qara, oʻzingni qanday tutyapsan!
Suhwani shunchalar asabi chiqdiki oʻzini ushlab turolmadi. Endi qizni urishga shaylanib turganida orqadan kimdir yelkasini ushlab, toʻxtatdi.
Shundan soʻng sinf birdan kulib yubordi. Avvaliga Suhwa tushunmadi. Jimin ham. Ular hayron qarab turishardi.
— Nimaga kulyapsizlar oʻzi? – dedi Suhwa qoshini chimirib.
Keyin hamma bir ovozda baqirdi:
— Tugʻilgan kuning bilan!
U shu uch soʼzni eshitishi bilan tomogʻiga nimadir tiqilgandek boʻldi. Nafasi qisildi. Tugʻilgan kuni... ha, bugun uning tugʻilgan kuni edi. Ammo... u bunga tayyormasdi.
3 yil oldin shu kunni, tugʻilgan kunini onasi bilan birga nishonlagan edi. Oyisi vafot etganidan beri tugʻilgan kunini nishonlamay qoʻygandi.
Orqadan ikki qiz - Yeona va Haejin qoʻllarida nimanidir ushlab, sekin oldinga chiqishdi. Oʻquvchilar ularga yoʻl ochishardi. Birining qoʻlida kichkina, ammo chiroyli qadoqlangan tort, boshqasining qoʻlida esa gul - oq atirgullar bor edi.
Suhwa ularni koʻrishi bilan bir zumda koʻzlari yumshab, yuzi yorishdi. U hali hamon hayron, lekin yuragidagi ogʻir tosh asta eriy boshladi.
Hamma:
— Tugʻilgan kuning bilan! - deb yana bir ovozda qichqirishdi.
Haejin kulib tortni uzatdi:
— Kechirasan, seni biroz qoʻrqitmoqchi edik. Lekin shunchaki oddiy 'tabriklaymiz' deyish zerikarli boʻlardi-ku.
Jimin kulib boshini chayqadi.
— Sizlar... haqiqatan ham telbalarsiz.
Suhwa esa tortni qoʻllariga olgancha bir zum jim turdi.
— Men... men bunga loyiqmas edim - dedi nihoyat past ovozda.
Jimin unga bir qadam yaqinlashdi.
— Nega unaqa deysan? Har kim tugʻilgan kunini nishonlashga loyiq. Hatto kimdir bu dunyoda kichkina nur boʻlib tursa ham, bu nurni ham eslab turish kerak
Suhwa shu soʻzlardan soʻng asta jilmaydi. Koʻzlaridan yosh dumalab tushdi, ammo bu safar ularni yashirmadi.
— Qani endi shamni tilak tilab ochir
Suhwa biroz hayajonlandi. Koʻzini asta yumib biroz turdi-da keyin koʻzini ochib shamni ochirdi. Hamma qarsak chalib hursand boʻlishdi. Birma-bir uni quchoqlab tabrikladi. Sinfda yan quvonch, kulgu, yorugʻlik paydo boʻldi.
Jimin biroz uyatda edi. Chunki u bolalikdan katta boʻlgan doʻstini tugʻilgan kunini unutdi.
Tort kesildi. Gul qoʻlida. Yuragi esa biroz yengillashgandek.
“𝘉𝘢𝘭𝘬𝘪, 𝘣𝘶𝘨𝘶𝘯 𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘴𝘪 𝘣𝘰𝘴𝘩𝘲𝘢𝘤𝘩𝘢𝘥𝘪𝘳”