𝗨𝗡𝗗𝗘𝗥 𝗛𝗜𝗦 𝗖𝗢𝗠𝗠𝗔𝗡𝗗 || 𝗘𝗣 1
Quyosh nurlari qizni yuziga tegib gʻashini keltirar ekan tungi stolni ustida turgan telefonni jiringlashi uni undan besh battar asabini buzardi.
“Ertalabdan qaysi ahmoq telefon qilyapti. Uxlashga qoʻyishadimi oʻzi...!”
Beixtiyor koʻzlarini ochib, tungi stolga qoʻl chozgan qiz ogʻir horsinib qoʻydi. Telefonni turgan joyini aniq bilmaganligi uchun qoʻli biroz paypasladi. Nihoyat telefonni qoʻliga olarkan kim qoʻngʻiroq qilayotganigayam qiziqmay qoʻngʻiroqni oldi. Hozir unga eng keraklisi shu telefonni chakkagini ochirish.
– Alo eshitaman, - ovozidan aniq uyqudan endi turganligini bilsa boʻlardi.
– Isul qayerda yuribsan? Uxlayapsanmi? Men senga soat 8da ishda bol deganmidim?
Isulni koʻzlari katta ochildi. Oʻrnidan sakrab turdi telefon ekraniga qarasa soat 10:00dan sal oshgan edi. Qoʻlini peshonasiga urdi.
– U-uzr janob Lee. Uxlab qolibman
– Aysh, mayli tezroq kel keyin gaplashaman sen bilan
Mr.Lee goʻshakni qoʻyib qoʻydi.
“Nega men uxlab qoldim aa?! Menimcha nonushta qilmay borishim kerak. Boʻlmasa koʻp vaqt yoʻqotaman.”
Yuvinish xonasiga shoshilib kirib ketdi.
Sovuq suv yuziga tegishi bilan biroz hushyor tortdi. Sochlarini shoshib orqaga surdi da, oynadagi oʻz aksiga qaradi.
– Juda charchagansan, - dedi past ovozda oʻziga.
U tezda tishlarini yuvdi, sochini silliqlab bogʻladi va shkafdan birinchi koʻziga tashlangan kiyimini olib kiya boshladi. Telefonini olib vaqtga qaradi - 10:34
– Yoʻq, yoʻq, kech qolaman. Shunchalik ham uxlaymanmi a!
Xaltasini olib, oyoq kiyimini arang kiydi. Uyning eshigini yopayotib toʻxtadi. Stol ustida hali bugun ichilmagan issiq qahva turardi - singlisi ertalab tayyorlab qoʻygandi.
– Sovib boʻldi. Tokib tashlash kerak. Sovib qolgandan soʻng ichish...viiy. Oʻzi qarar.
Shunday deb yugurib chiqdi. Tashqarida kun yarqirab ochilgan, koʻchada shamol yengilgina yaproqlarni uchirib oʻtayotgandi. Kuz fasli... Kuz fasli oltin fasl. Bahorda chiroyli boʻlib chiqqan daraxt barglari yana boshqa narsalar sariq boʻlib yerga toʻkiladi... Huddi bir hursandchilikni oxiri bor deganday. Kuz fasli qaygʻu faslidir; qish fasli oʻziga kelib kuchli, sovuq boʻlish; bahor esa oldingi oʻziga qaytib tirilish; yoz fasli judayam qattiq baxtli issiq bolish, hammaga nur sochish. Kuz fasli... Yana shunday boʻlib takrorlanaverar. Har bir narsani maʼnosi bor. Hamma narsadan maʼno izlashimiz kerak. Bolmasa nega yashab yuribmiz?
Havoda kofe va yomgʻir tomchilarining hidi aralashib yurar, odamlar esa qoʻlida soyabon bilan har xil tomonga ketishardi. Isul taksiga oʻtirdi, soatini yana bir bor tekshirdi - 11:02.
Ofisga kirgan zahoti bosh egib salomlashdi. “Han & Lee Law Firm” yozuvi yuqorida porlab turardi. Ish joyida hali tinchlik, faqat klaviatura tovushi eshitilardi. Isul oz honasi tomon ketar ekan birga ularni kuzatib ketardi. Hamma ish bilan band. Xonasiga kirishi bilan sumkasini stoliga qoʻygan edi, orqasidan direktorning bosh kotibasi yugurib keldi.
– Isul xonim! Sizni direktor oz xonasiga chaqiryaptilar!
Isul bir zum toʻxtab, oʻylanib qoldi.
“Nahotki kech kelganim uchun jazolansam”
– Ha, ishga kelishim bilan honamga kirsin deganlar. Lekin nega chaqira yotganini bilmayman.
– Umm...mayli sen ishinga qaytaver, hozir boraman.
Kotiba qiz xonadan chiqib ketdi. Isul biroz joyida muzlab oʻylanib qoldi va chuqur nafas olib, sochlarini orqaga surdi. Xonasidan chiqib tezda lift tomon borib uchinchi qavatga chiqdi. Lift eshigi ochilishi bilan Isul chuqur nafas olib, direktor xonasi tomon yura boshladi.
Eshik oldida toʻxtab, yengil taqillatdi.
Xonaning ichidan ‘Kiring’ degan ovoz eshitildi. Isul ichkariga kirganida Mr.Kim stol ortida, oynadan shahar tomon qarab oʻtirardi. Sekin orqasiga oʻgirilib, Isulga sovuq nigoh tashladi.
– Oʻtirishing mumkin. Sen bilan zarur bir narsa haqida gaplashishimiz kerak.
Isul indamay oʻtirdi. Xonadagi sokinlik bosim kabi edi. Mr.Kim stol ustidagi papkadan bir varaq oldi. Va Isulni oldiga qoʻydi. Isul qogʻozga nazarini tashlar ekan bir yigitni rasmi edi.
– Bu yigitni aniq tanimaysanmi? - hayron ila gapirdi.
Isul bosh chayqadiz suratdagi yigitga diqqat bilan tikildi.
– Yoʻq, nega buni mendan soʻrayapsiz.
Mr.Kim hujjatni stolga qoʻydi.
– Chunki bu Jeon Jungkook. Hozirda Seouldagi eng murakkab va eng xavfli jioniy ishning markazida turgan inson.
– Jinoiy ish? U nimada ayblanyapti?
Mr.Kim bir necha daqiqa sukut saqladi. Keyin esa papkadan bir necha varaq chiqardi.
– “Aurum Bank” ishini eslaysanmi? Uch oy oldin roʻy bergan firibgarlik. 6 milliard von yoʻqolgan, uchta xodim gʻoyib boʻlgan. Biz osha paytda bu ishni oʻz qoʻlimizga olganmiz, lekin sud jarayoni oʻsha payt dalillar yetishmasligi sababli toʻxtagan edi.
U hujjatni ochib, barmogʻini bir joyga qoʻydi. Va oʻsha joyni yaxshilab qaradi.
– Endi esa yangi dalil paydo boʻldi. Shu yigit - Jungkook, oʻsha yoʻqolgan xodimlardan birining kompaniya xavfsizlik boʻlimida ishlaganligi aniqlandi. U soʻnggi marta hodisadan bir hafta oldin bank serverlariga kirgan.
Isul koʻzlarin qisib, rasmga yana qaradi. Yigitning nigohi gʻalati... sovuq.
– Rasmiy ravishda, ha. - Mr.Kim biroz toʻxtadi - U ikki yil davomida gʻoyib boʻlgan edi, endi yangi dalillar orqali qayta paydo boʻldi. Va...kecha prokuratura bizning firmamizni himoya tarafga tayinladi. Bunga sabab esa Jeon Jungkookning seni advokati qilib olmoqchiligi. Shaxsan oʻzi aytgan. Qanday jinoiy ish qilmasin baribir u kuchli. Uni gapi oʻtadi, Isul.
Isulni koʻzlari kattalashdi.
– Demak...siz aytmoqchisizki.. men Jeon Jungkookning advokati boʻlib, har doim u taraf bolaman? Jinoyatchining tarafini olaman?
Mr.Kim boshini qimirlatdi.
– Ha
– Lekin Mr.Kim... men har doim adolat taraf boʻlganman. Men bir marta boʻlsa ham jinoyatchining tarafini olib advokat boʻlmadim. Yoʻq... Men Jeon Jungkookning advokati bolmayman.
– Lekin, Isul! Jeon Jungkookning oʻzi seni advokati qilib olmoqchiligini aytdim. U Koreadagi kuchli mafia. Agar sen qarshi chiqadigan boʻlsang seni tinch qoʻymaydi oilang bilan va meni ham. Oʻylab koʻr. Bir marta jinoyatchini tarafini olib, advokat boʻlsang hech narsa boʻlmaydi.
Isul oʻtirgan joyida oʻylanib qoldi.
– ...Men oʻylab koʻrishim kerak.
– Yoʻq, Isul. Oʻylay olmaysan. Sabab, sen bu ishni bugundan boshlashing kerak. Shuning uchun oʻylab oʻtirishga vaqt yoʻq, ayniqsa bu Jeon Jungkook haqida ketganda. Undan hamma qoʻrqadi, bazi bir politsiyachilar ham unga sotilgan. Nimaga deysanmi? Chunki ular qoʻrqishgan va pul sabab.
Orada sukunat hukmron boʻldi. Isulning miyasida ming xil fikrlar tortishuvlar borayotgandi. U bu narsaga rozi boʻlmasa oqibati yomon boʻlishi aniq koʻrsatilib turibdi. Oxiri Isul bir qarorga keldi.
– Qachondan boshlashim kerak? - dedi u past, ammo qatʼiy ovozda.
Mr.Kim jilmayganga oʻxshadi, lekin koʻzlarida jiddiylik soʻnmagandi.
– Bugundan. Bugun tushdan keyin seni prokuratura vakili bilan tanishtiraman. Ular hozir Jungkookni shahar tashqarisidagi maxsus izolyatorda ushlab turishibdi.
– Demak...men u bilan koʻrishaman?
– Ha, - dedi Ms.Kim, qogʻozlarni tartibga solarkan. – Lekin ehtiyot boʻl, Isul. U oddiy jinoyatchi emas. U kimnidir oʻldirganlikda, moliyaviy tizimni buzganlikda, va eng muhimi davlat sirini oshkor qilganlikda ayblanmoqda. Hudo biladi bu yana qanday jinoyatlar qilgan. Axir mafia.
– Shunday. Va prokurorlar unga oʻlim jazosi talab qilmoqchi.
Mr.Kim Isulga qattiq nigoh bilan qaradi:
– Shuning uchun bu ishni yengil qabul qilma. Sen qancha yomon koʻrinma baribir Jungkookni oʻlim jazosidan yoki qamoq jazosidan qutqarib qolishing kerak. Majbursan. Qutqarolmasang... buyogʻini oʻzing tushunding menimcha.
Isul sekin bosh irgʻadi. Yuragi gursillab urardi, lekin oʻzini qoʻlga oldi.
– Men u bilan koʻrishib, gaplashishim kerak.
Mr.Kim bir zum unga tikildi. Soʻng sekin dedi:
– Unda tayyorlan. Seni tushdan keyin olib ketishadi.
Tushdan keyin.
Isul qora mashinada prokuratura vakili bilan birga yoʻlga chiqdi. Deraza ortida Seoulning chiroqlari asta soʻna borar, shaharning tovushi uzoqlashgan sari yuragi tez ura boshladi.
– U izolyatorda, toʻrtinchi darajadagi xavfli mahbuslar joylashgan hududda - dedi yonidagi erkak, fayllarni varaqlab – Gaplashish uchun faqat 15 daqiqa beriladi. Hech qanday jismoniy aloqa yoʻq.
Isul bosh irgʻadi, lekin miyasida ming xil savollar borki ularni javobi yoʻq.
“Jungkook shunchalik xavflimi?”
Ular nihoyat temir darvoza oldida toʻxtashdi. Xavfsizlik xodimlari ularni tekshirib, ichkariga kiritishdi. Uzoq, tor koridor. Qorongʻi devorlarda kameralar miltillaydi. Har bir qadamning aks sadosi yurak urishiga oʻxshab eshitilardi.
Nihoyat ular oynali xonaga kirishdi. Stol ortida, qoʻllari zanjir bilan bogʻlangan yigit oʻtirardi.
U boshini past solgancha jim oʻtirardi. Faqat Isul kirgan payt, sekin nigohini koʻtardi. Uning koʻzlari... qorongʻu, lekin gʻalati tarzda sokin edi.
Isul joyiga oʻtirdi, oʻzini tutishga harakat qildi.
– Men sizning advokatingizman - dedi ohista – Ismim Choi Isul. Sizni “Aurum Bank” boʻyicha...
– Ah bilaman axir oʻzim sotib oldimku seni - qizni gapini boʻlib hafsalasi pir boʻlganga oʻxshab gapirdi.
– Tushunarli - u qogʻozlarni ochdi – Siz bank tizimini buzganlikda, uch kishining yoʻqolishida va davlat maʼlumotlarini oshkor qilganlikda ayblanmoqdasiz.
– Hoʻsh bu ishni rostdan ham siz qilganmisiz?
Isul biroz oʻylanib qoldi.
– Hoʻsh... sizni qamoq yoki oʻlim jazosidan qutqarib qolishim uchun bular kerak boʻladi: ular sizni aybdor desa tan olmang, qaltis harakat bu sizni orqaga tortadi. Shunchaki rad eting. Men qoʻlimdan kelgancha harakat qilaman. Sizni qamoq jazosidan qutqaraman.
Isul gapirishda davom etar ekan Jungkook faqat Isulni koʻzlariga qarab oʻtirardi. Isul Jungkookga savol berar Jungkook koʻzini uni koʻzlaridan uzmay javob berardi. Isul qoʻlidagi qol soatiga qaradi. 15 daqiqa tugashiga 1 daqiqa qoldi.
– Hoʻsh vaqt tugabdi... - Isul oʻrnidan turdi – Yaxshi qoʻling. Men aytganlarimni unutmang.
Tashqaridan soqchilar kirib keldi.
– Vaqt tugadi - dedi ular sovuqqina ohangda.
Isul Jungkookga bir qarab keyin xonadan chiqib ketdi. Eshik yopildi.