June 24

Vaqt

"Kelajak bilan yasha" — Min Yoongi

1 - qism

Erta tong, quyosh nuri xonaga qirib turardi. Yuri oʻqishi borligi uchun turmoqchi edi lekin bosh ogʻrigʻi uni toʻshakka yiqitdi. Peshonasini ishlab koʻrdi, isitmasi boʻr ekanligini bildi. Biroz isitmasi borligi uchun oʻqishiga borgisi kelmadi.
Xona eshigi birdan qattiq tarsilatib ochildi. Xonaga Yurini oʻgay onasi qirib keldi.

— Maktabga borishing kerak nimaga yotibsan!

— Oyi meni isitmam boʻr ekan.

— Nima boʻpti?! Oʼlmaysan! Maktabga bormasang nima qilasan uyda! Bekorchi boʻlib yotasan!

Yurini koʻzidan bir tomchi yosh oqdi. Oʻrnidan bazoʻr turdi. Oʻgay onasiga bir qarab yuvinish xonasiga qirib ketdi.

Oʻgay onasi eshikni qattiq yopib xonadan chiqib ketdi.

Han Yuri

Han Yuri — u introvert qiz. Yolgʻizlikni sevadi. Koʻp gapirmaydi, oʻychan. Oʻzini ichki dunyosi boʻr. U 17 yoshda maktabda oʻqiydi. Unda hech qanday doʻstlar yoʻq faqat oʻzi yolgʻiz. Maktabda aʼlochi, maktab boʻyicha 3-oʻrinda turadi.

Oyisi saraton kasalligi bilan vafot etgan. Undan soʻng dadasi yangi xotin olgan. Yuri yangi oyini iliq kutib olmadi. Yuri u payt 15 yoshda edi. Hamma narsani tushunib qolgan yoshda edi. Yuridan boshqa farzand yoʻq. Lekin oʻgay onasini bir bolasi boʻr edi. U ham Yurilar bilan birga yashaydi. Yuridan bir yosh katta.

Oʻgay onasi qoʻpol edi bu Yuriga albatta yoqmagan. Dadasiga oʻgay onasini qandayligini aytmoqchi boʻldi ammo oʻgay onasi buni bilib qolib Yurini yer tolaga bir kunga suvsiz ovqatsiz qoldirdi. Yuri yana bu takrorlanmasligini xohlab aytmaslikka qaror qilgandi.

Yuri yuvinib boʻlgach sochlarini quritib, maktab formasini kiydi.

Maktab formasi

Yuri odatda makeup qilmasdi. Shuning uchun makeup qilmadi.

Boshidagi ogʻriq tufayli dori ichdi. Dori yordam beradimi yoki yoʻq Yuri uchun qizigʻi yoʻqdek.

U xonasidan chiqqanida, oʻtasi va oʻgay akasini dasturxon ustida nonushta qilib yotganligini koʻradi. U ularga taʼzim qilib uydan chiqib ketmoqchi edi lekin dadasi toʻxtatib qoldi.

— Nonushta qilmay qayerga?

— Maktabga kech qolyapman.

Oʻgay akasi qoʻl soatiga qarab, qoʻsh chimirib gapira boshladi.

— Hali ertaku men ham oʻsha maktabda oʻqiyman, bilaman. Kel oʻtir nonushtangni qil. — yonidagi boʻsh joyni silab Yuriga murojaat qildi.

Yuri biroz ikkilanib oxiri rozi boʻldi. Sumkasini yechib oʻgay akasini yonidagi bosh otirgichga oʻtirdi.

Oʻgay onasi Yurini oldiga ertalabki ovqatni qoʻydi.

Yuri oʻgay onasiga bir qarab keyin nonushta qilishni boshladi.

Oʻgay akasi Yuriga ora orada qarab qoʻyardi. Yuri buni sezib biroz hijolat tortib nonushta qildi. Yuri nonushtasini qilib boʻlgandan soʻng oʻrnidan turib sumkasini olib uydan chiqib ketadi. Ortidan oʻgay akasi ham chiqdi.

— Nimadan buncha qochasan?! — Oʻgay akasi Yurini yoniga yugurib yetib kelib gapira boshladi.

— Qochmadim

— Lekin unday koʻrinmayapti. Nima oyim hafa qilyaptimi? — qoʻsh chimirib gapirdi.

— Yoʻq, hech kim hafa qilgani yoʻq. Shunchaki...

— Shunchaki nima?

— Hech nima. — Yuri aytishni istamadi. Oʻgay akasidan uzoqlashish uchun tezroq yurishga harakat qiladi.

Yurini oʻgay akasi Minho

Minho Yuriga boshqa hech narsa deyishni hohlamadi. Uni tinch qoyish toʻgʻri yol deb oʻyladi. Minho aslida Yurini singil qatorida yaxshi koʻrardi. Ammo buni Yuri tushunmas edi.

Maktabga Yuri yetib kelgandan soʻng orqasidan Minho ham doʻsti bilan maktabga qirib keldi. Yuri oʻgay akasi bilan doʻstiga bir qarab qoʻydiyu maktabga qirib ketdi. Maktabga kirishi bilan Yurini yoniga sinfdosh qizi yugurib keldi.

— Yuri hayrli tong! Bugun kayfiyating qanday?

— Har doimgidek — Ovozi sovuq eshitildi.

Minji Yurini sovuq ovozidan qoʻsh chimirib qoʻydi

— Har doimgidek sovuqsan, mayli Yuri eshitdingmi? Sinfimizga yangi yigit kelarkan. Aytishlaricha u boy va kelishgan ekan!

— Menga nima qizigʻi bor

— Eex Yuri bilmaysanda. Yur sinfga.

Yurini sinfdosh qizi Minji

Minji Yurini yetaklab sinfga olib kirdi. Yuri Minjidan qoʻlini tortib oldi.

— Tegma menga — oʻzini joyiga oʻtirish uchun ketayotganda birdan uni qoʻlidan kimdir ushlab qoldi.

Yuri tezda oʻgirilib kim ekanligiga qiziqib karadi. Bu Rose edi.

— Nima boʻldi? – Yuri Rosega savol tariqasida qaradi.

— Gaplashib olsak maylimi?

— Keyin hoʻpmi?

Rose shunchaki bosh irgʻab Yurini qoʻlini qoʻyib yubordi. Joyiga oʻtirib deraza tarafga qarab bir narsa haqida hayol surardi. Roseni joyi deraza oldida edi.

Yuri Rosega bir qarab keyin u ham joyiga oʻtirdi. Qulogʻiga har doimgidek quloqchin taqib kitoblarini olib bir narsalarni yozardi. Bu odatiy hol hech kim indamaydi.

Birinchi dars boshlandi, hamma oʻquvchilar oʻz joylariga oʻtirdi. Yurilarda birinchi dars matematika edi. Sinfga ustoz bir yigit bilan kirib keldi.

— Hayrli tong bolalar. Tanishinglar bu yangi sinfdoshingiz.

Hamma ustozga eʼtiborini qaratgandi faqat Yuri emas. Yigit sifni bir koʻzdan kechirib keyin gapira boshladi.

— Salom, men Min Yoongiman.... Sizlar bilan kelishib ketaman degan umiddaman. — oxirgi gapini zoʻrgʻa aytdi.

Min Yoongi

— Yoongi sen unda Han Yurini yoniga oʻtir, yoni bosh ekan. — Ustoz Yurini koʻrsatib gapirdi.

Yurini qulogʻida quloqchin boʻlganligi uchun atrofdagi oshiqcha gaplarni eshitmayotgandi.

Yoongi soʻzsiz rozi boʻlib Yurini oldiga borib yoniga oʻtirdi. Yuri bu vaqt bir nimalarni yozish bilan band edi. Yoongi Yuriga bir qarab keyin etiborini boshqa narsalarga qaratdi.

Minji Yoongini kuzatib oʻtirardi. Yoongi buni payqab Minjiga qaradi. Minji tezda yuzini Yoongidan olib qochadi.

Yuri vanihoyat daftariga yozib boʻlib yon tomoniga qaradi. Yonida notanish yigit oʻtirganini koʻrib ogʻir yutunib qoʻyadi. Va boyagi Minjini gapi esiga tushadi. Yangi oʻquvchi boʻlsa kerak deb yana yozishni boshlaydi.

Yuri bu safar doskadagi misollarni yozishni boshlaydi, bir daftariga qarab bir doskaga yozilganlarga qaraydi. Daftaridagi bilan doskani solishtirib yotganday. Unga dori taʼsir bergandi bosh ogrigi yoʻq. Hatto esidan ham chiqib ketgan.

Qoʻngʻiroq chalindi birinchi dars nihoyat yakuniga yetdi. Yuri doskadagi misollarni oʻchirishlaridan oldin yozib olishga harakat qilardi.

Yoongi Yuriga qaradi. Unga etibor bermaslari tinchlantirardi lekin Yurini etibor bermasligi Yoongida qiziqish uygʻotdi.

Yuri nihoyat doskadagi misollarni yozib boʻldi va boyadan beri uni kuzatiyotgan yigitga koʻzi tushdi.

— Nimadir kerakmi? — Yuri qulogʻidagi quloqchinni yechib Yoongiga qarab gapirdi.

Shu payt Minji kelib qoldi.

— Yuri dugonajon — Minji Yurini yelkasiga qoʻlini qoʻyib gapirdi.

— Qachondan beri dugonang boʻlib qoldim? — Yuri sovuq qarab gapirdi. Minjini qoʻlini yelkasidan olib tashladi.

Minji biroz ikkilanib qoldi. Endi gapirmoqchi boʻlganida Rose kelib qoldi.

— Yuri, gaplashmoqchi edik.

— Ha yur — Yuri oʻrnidan turdi. Rose Yuriga qaramay sinfdan birinchi boʻlib chiqib ketdi. Yuri Roseni orqasidan ketayotganda Minjini ovozini eshitib toʻxtab orqasiga qaradi.

Minji Yurini oʻrniga oʻtirib Yoongiga gapirayotgandi. Yuri shunchaki qoʻsh chimirib qoʻydi va u ham sinfdan chiqib ketdi.

Rose sinf tashqarisida Yurini kutib turgandi. Yuri ham chiqdi.

— Shu yerda gaplashamizmi?

— Yoʻq bu shaxsiy. Yur chekkaroqqa chiqaylik. — Rose chekkaroqqa chiqdi, Yuri unga erchidi.

— Hullas bilasan Jimin bilan sevishganmiz lekin shu vaqtlarda u menga koʻngil boʻlmay, menga yaqinlashmayapti. Nimaga unday qilyapsan desam javob bermayapti. Bularni aytganimni sababi sen Jimin bilan yaqinsan ku. Soʻrab ber sababini bilishni hohlayman balki mendan boshqa sevgan qizi bordir.

Yuri biroz oʻylanib qoldi.

— Mayli gaplashib koʻraman. Oʻzi qayerda?

— Birinchi darsga qatnashmadi hozir, lekin maktabga kelganini koʻrgandim.

— Mmm unda oʻzim izlab koʻraman.

— Raxmat.

Yuri javob bermay ketib qoldi. Uni hayoli Jimin haqida oʻylashni boshladi.

Pov Yuri:
— Jimin unday qilmasdi, bunga sabab boʻr albatta. Hozir oʻzi qayerda ekan. Menimcha maktab tomida.

Odatda Jimin bilan Yuri maktab tomida gaplashishardi. Shunga uni tomda deb oʻyladi.

Yuri tomga chiqishi bilan bir yigitni oʻtirganini koʻrdi. Bu Jiminligini sochlaridan, figurasidan bildi. Yuri ovozsiz qadamlarni tashlab uni yoniga oʻtirdi. Jimin uni kelganini payqamadi toki yoniga otirmaguncha.

Yuri Jimindan bir ikki qadam uzoqlikda oʻtirdi. Jimin Yurini oʻtirishini kuzatib turdi.

Maktab tomi sokin edi. Atrofni shamol yengil silkitayotgan yaproqlarning shitir-shitiri, uzoqdan eshitilayotgan mashinalar shovqini. Orada ancha vaqt sukut saqlandi. Bu sukunatni Yuri buzdi.

— Nimaga Rose bilan yurmay qoʻyding?

— Sezdingmi?

— Koʻrinib turibdi

— Tushunarli

— Nima boʻldi oʻzi?

Jimin chuqur nafas olib chiqardi.

— Nimagadir yolgʻiz qolishni istayabman. Oshiqcha odamlarsiz oʻzim yolgʻiz... Roseni ham qiynab qoʻydim bilaman. Balkim rishtalarimizni uzarman, hozir hech narsa yoqmayapti.

— Shoshilinch qaror chiqarma. Keyin afsuslanasan. Undan koʻra Rosedan biroz vaqt soʻra yolgʻiz tinchlanib olishim kerak de.

— Balki, u rozi boʻlmasachi

— Seni sevsa rozi boʻladi.

— Hoʻp aytib koʻraman

Orada biroz sukunat choʻkdi.

Nihoyat, Yuri sekin gap boshladi:
— Hozirgi ikkinchi darsga qatnash, — dedi u past ovozda, ammo qat’iyat bilan.

— Okay, — deya javob berdi Jimin qisqagina.

Yuri bir necha soniya Jiminga qarab turdi, keyin asta oʻrnidan turib, tomdan tushadigan eshik tomon yurdi.

Eshik ochilishi bilan Yurini nigohi Rosega qadaldi. U ancha vaqt Yurini kutib turgandek koʻrinardi. Ko‘zlarida xavotir aralash savol chaqnardi.

— Nima dedi? — deb so‘radi Rose, ovozida umid aralash tashvish bor edi.

Yuri boshini burmasdan, sovuqqina javob berdi:
— Yolgʻiz qolishni istayabdi ekan, boʻldi shu.

Shundan so‘ng, u ortiqcha biror narsa demay, Rosening gapini eshitishga ham urinmasdan zinapoyadan pastga tushib ketdi. Har bir qadami qattiq, ammo tinch edi. U ikkinchi qavatdagi sinfi tomon yo‘l oldi.

Yuri sinfga kirganida Minji hali hamon Yurini joyida oʻtirgan edi. Yoongiga bir narsalarni gapirar Yoongi indamay eshitib turardi. Yuzidan unga yoqmayotgani bilinib turardi.

Yuri ogʻir qadamlar bilan Minjini oldiga borib turib oldi. Minji Yurini kelganini payqab unga qaradi.

— Ruxsatsiz joyimga oʻtirma — soʻzi past lekin qatʼiyat bilan aytilganday edi.

Minji indamay oʻrnidan turib, oʻzini joyiga oʻtirdi. Yuri joyiga tezda oʻtirib, sumkasidan quloqchinini olib qulogʻiga taqdi va bir narsalarni yozishni boshladi. Yoongi indamay Yurini kuzatar edi.

Oxiri Yoongi Yuriga gapirmoqchi boʻldi va uni asta qoʻli bilan turtdi.

1-qism tugadi. Jenlies yoqimli mutola...