August 21

𝖡𝖤𝖧𝖨𝖭𝖣 𝖳𝖧𝖤 𝖫𝖤𝖭𝖲

3-𝖼𝗁𝖺𝗉𝗍𝖾𝗋
𝖠𝗎𝗍𝗁𝗈𝗋: 𝖱.𝖪

Ijtimoiy tarmoqlar daryosidagidek tinimsiz yangilanayotgan xabarlar oqimi yigitning koʻz oʻngidan behisob oʻtib borardi. Telefon ekrandan taralayotgan yorugʻlik uning mutlaqo xotirjam va maʼnosiz chehrasini yoritib turardi. Goʻyo u shunchaki vaqt oʻtkazish uchun barmoqlarini qimirlatayotgandek edi, ammo ich-ichidan butunlay boshqa dunyoda edi. Kutilmagan bir lahzada uning barmogʻi ekranda toʻxtab qoldi. Koʻz oʻngidagi rang-barang suratlar gʻoyib boʻlib, miyasida bugun maktabda yuz bergan oʻsha algʻov-dalgʻov voqealar zanjiri qayta aylana boshladi. Oshxonadagi oʻsha oʻgʻir havo, kutilmagan toʻqnashuvlar va hovlidagi gap-soʻzlar... Hammasi shunchalik tez sodir boʻlgandiki, u endigina bularning magʻzini chaqishga, vaziyat naqadar jiddiylashayotganini anglashga ulgurayotgan edi. Ichidagi qandaydir xavotir yoki bir qaror uni oʻtirishga qoʻymadi. Yigit chuqur nafas olib, telefonini stol ustiga tashladi-da, shiddat bilan oʻrnidan turdi. U xonaning ogʻir eshigini ochib, yoʻlak boʻylab odimladi. Bir eshik qarshisida toʻxtab, uni ohista taqillatgan koʻyi ochdi. Xona ichida odatiy sokinlik hukmron, stol ustidagi chiroqning mayin nuri ostida dars tayyorlash bilan band boʻlgan qiz koʻzga chalindi. U daftarlar va kitoblar olamiga shunchalik shoʻngʻib ketgandiki, eshik ochilganiga ham darrov eʼtibor qaratmadi. Yigit eshik tirqishiga suyanib, bir muddat uning bu xotirjam qiyofasini kuzatib turdi, soʻngra xonadagi sukunatni buzib, qizga qarab gap boshladi.

- Hech narsaga tushunmayapman. Raniya kim oʻzi? Har doim u haqida yomon gaplar eshityapman. Raniya bilan Taehyung rostdan ham sevishganlar boʻlganmi?

- Menimcha ham shunday, - daftarga yozishdan toʻxtab boshini koʻtardi, - Jungkook degan yigit keldi bugun, koʻrding toʻgʻrimi? Oʻsha yigit Raniya 'Taehyung qayerda, yana urishib qoldingizmi sevishganlar' deb gapirdi.

- Raniyadan soʻradingmi bu haqida?

- Yoʻq. Biroq, Raniya menga bir narsa haqida aytib bermoqchi edi. Hozir eslolmayapman, - eslashga harakat qilayotgandek bir nuqtaga tikilib qoldi, - Ha, boʻldi esladim! Bugun maktab oshxonasida yoninga borgan oʻquvchilar haqida aytib bermoqchi edi. Uning aytishi boʻyicha ularga chidab boʻlmas ekan. Ammo, darsdan soʻng uni hech qayerdan topa olmadim. Ketib qolibdi. Haqiqatdan ham gʻalati qizdek. Toʻxta, sen hozirgina u haqida yomon gaplar eshityapman dedingmi?

- Ha. Maktabda faqat u haqida gapiriladi. Eshitmadingmi? Nahotki? Ikki kun boʻldi u maktabga kelganimizga, hoy qiz. Ammo, sen aytganingdek rostdan ham u gʻalati qiz. Balki, yaxshi qiz emasligi haqiqat.

- Mutlaqo unday emas. Juda ham yaxshi qiz. U bilan gaplashib koʻrganingda edi. Hech qachon hayotimda bir inson bilan bunchalik tez doʻst boʻlib ketmaganman.

- Rosé, tushun. Nufuzli xalqaro maktab boʻlishiga qaramay bu maktab menga gʻalati koʻrinyapti. Gʻiybatlar, haqoratlar, tahdidlar bilan toʻlib ketgan. Bu nom faqat niqob uchun. Gapimni unutmaysan deb umid qilaman, - eshikni yopgan kabi sekin qadamlar bilan ortiq hech narsa haqida gapirishga urinmay oʻz xonasi tomon keta boshladi.

*Umuman tushunmayapman. Ular faqat bir-birini yomonlayapti. Aslida kim haqiqatni aytyapti? Balki, ikkalasi ham yolgʻonchi rolida? Ochigʻi Taehyung haqiqatni aytayotgandek. Maktab ichida Raniya yomon gaplar, haqoratlarga koʻmilib ketgan. Hech bir odam isbotsiz qora nomga ega boʻlmaydi. Ular haqida unutish kerak, ammo nega Taehyung menga yopishishni boshladi? Maqsadi nima? Uning koʻzlari huddi olov kabi yonmoqda. Oʻynoqilik, gʻazab, jirkanish..

Yotogʻi ustiga oʻzining bor vazni bilan tashlab, chuqur xoʻrsindi. Koʻp oʻylash alomatlaridan koʻksida yuragi siqilishni boshlaganini sezmoqda. Ogʻir nafaslar. Xona harorati yuqori darajaga chiqqandek. Qoʻli bilan kiyimining yoqasini qattiq gʻijimlab soʻngra uni tezkorlik bilan yechishga urindi. Uni xonaning bir burchagiga eʼtibor bermay otib tashlar ekan, butunlay kiyimsiz tanasidan koʻkrak qafasining tez-tez koʻtarilib tushishini muammosiz koʻrish mumkin.

- Tashqarida yomgʻir yogʻyapti-ku. Ichkari issiq, - tinch xonani uning nafas olgan ovozlari egallab oldi.

*


« Raniya pov: »

Balki, men shunchaki laʼnatlanganman. Hayotimda nur bor edi va u nur bir soniya ichida hamma tarafga sachrab ketdi. Shunchaki yoʻq boʻlib ketishni istayman. Oʻz qarindoshim ham meni haqoratladi. Endi kimdan yaxshilik kutay?

"Sening bunday pastkashlik qilishing haqida hayolimni bir burchagiga ham keltirmadim. Ammo, bilsam.. sen uni qilib boʻlgan ekansan. Sendek doʻstim, qarindoshim borligidan afsuslanib ketyapman. Endi seni koʻrishni istamayman. Hammasiga ming laʼnat! Shunchaki hayotimdan yoʻq boʻlib ket!"

Qayerda ekanligimni bir zumga unutdim goʻyo. Atrofga koʻz tashlar ekanman huddi xona torlashib ketayotgandek, nafasim boʻgʻzimga tiqildi, suyaklarim taranglashdi. Ohista oʻrnimdan turib deraza tomon yura boshladim. Oyogʻim polning qattiqligini his qilmayapti, hech narsani his qilmayapti. Derazani qaltiragan qoʻlim bilan ochar ekanman, tashqaridagi hamma sovuq shamollar yuzimga ufurib, sochlarimni har tomonga uchirib yubordi. Yuzimga tushib halaqit berayotgan soch tolalarini tezlik bilan qulogʻim ortiga oldim. Oʻpkamni yomgʻir havosi toʻldirgan kabi tashqari tomon intildim. Asfalt ustiga toʻplanib qolgan yomgʻir suvini har tarafga sachratib yuborgan mashina ovozlari, signallari, shamol ovozi yana har qanday ovozlar qulogʻimga hozirgi ayni vaqtda kuy kabi eshitiladi.

- Hech kimga kerak emasman, - pastga koʻz tashladim. Ikkinchi qavatdaman. Oʻlishim aniq emas. Balki, yana tirik qolsam bundan battar azobga qolishim mumkin? Menimcha bunga hojat yoʻq. Tezda oynani yopib, ustimga qalinroq kiyim kiyishim uchun shkafim tomon yura boshladim. Shunchaki bu uy meni yeb bitirayotgandek.

Timeskip | Bir necha daqiqalardan soʻng.

Eshikni ochgan koʼyi uzun yoʻlak boʻylab koʻz tashladi. Hech kim yoʻqligiga amin boʻlib xonadan sekin qadamlar bilan chiqishga harakat qildi. Yoʻlak boʻylab har tarafga koʻz tashlab, ehtiyotkorlik bilan zina tomon yoʻl oldi. Zinadan tezlik bilan, ammo tovushsiz qadamlar ila tushib, asosiy eshikka yaqinlashdi. Ogʻir nafas olib, eshikni ochdi-da tezda chiqib ketdi.
Tashqaridagi salqin havo yuziga urildi. Atrofga olazarak bo'lib qarab, sharpasini bildirmaslik uchun soyalar ostidan yurishga urindi. Devor chetlari bo'ylab sekingina aylanib, har bir g'o'ng'illagan tovushga quloq solib, ehtiyotkorlik bilan ko'chaga chiqib oldi.

- Nihoyat. Hamma narsa boʻlishidan oldin bunday tarzda chiqmasdim. Erkin qush kabi edim. Endi esa nima qilayotganimga koʻz yugurtirsam oʻzimni ahmoq kabi koʻryapman, - qoʻlini jacketining choʻntagiga solib, havodan bahramand oldi. Har nafasi bugʻga aylanib, sovuqligini isbotlayotgan kabi. Shu payt habar kelganini bildiruvchi ovoz eshitildi. Choʻntagidan telefonini olib qulfdan chiqarar ekan, kim yozganini koʻrib, toʻxtab qoldi.

"Ahvoling yaxshimi? Uyingdamisan? Gaplashib olsak boʻladimi?" - Hyunjindan.

Klaviatura ustida barmoqlari tezlik bilan harakatlanib javob qaytardi.

"Tashqaridaman. Uyimning yonidagi qahvaxonada kutaman."

Joʻnatish tugmasini bosishdan oldin biroz oʻylanib, soʻngra bosdi-yu, telefonini qayta choʻntagiga soldi. Yana atrofga nazar tashlab, qahvaxona tomon yurishni boshladi.

Timeskip.

Qahvaxona ichi odatdagidek issiq va tinch edi. Shift burchaklaridan tushayotgan sariq chiroq nuri yogʻoch stollarning silliq yuzasida akslanar, havoda esa yangi damlangan espressoning achchiq hidi bilan shirin pishiriq boʻyi oʻynardi. Burchakdagi kamin ichida oʻtinlar shunchaki qarsillab yonib turibdi, boshqa stollardagi odamlar oʻz ishlari bilan band boʻlib, past ovozda nimalarnidir muhokama qilishardi. Bu yerda hamma narsa tinch, hayot oʻz maromida ketayotgandek edi, faqat mana shu tartib va osoyishtalik hozir ichimdagi tartibsizlik bilan mutlaqo teskari. Deraza yonidagi eng chekka stolda allaqachon oʻtirardik. Buyurtma qilingan, ammo umuman tegilmagan ikki finjon qahva oʻrtada shunchaki sovub borardi.
Kamin alangasining issigʻi yuzimga urilib tursa-da, vujudim barmoqlarim uchigacha muzlab ketgandi. Koʻzlarimni stol ustidagi yogʻoch chiziqlaridan uzolmasdim, chunki miyamda hali ham qarindoshimning oʻsha baqirgan ovozi, har bir haqorati xuddi lentadek tinmay aylanardi.

Stol ustiga tirsaklarini tirab oʻtirgan Hyunjin ohista qimirladi. Uning menga tikilib turganini, nigohidagi ogʻir xavotirni his qilib tursam ham, boshimni koʻtarishga kuchim yetmasdi. Oʻzimni shu qadar yerga urilgan his qilayotgandimki, agar hozir uning koʻzlariga qarasam, oʻzimni tutolmay yigʻlab yuborishdan qoʻrqardim. Hyunjin indamay qoʻlini uzatdi. Uning uzun, issiq barmoqlari stol ustida qaltirab turgan mushtlarimni topdi. U kaftlarimni ohista ochib, oʻzining issiq kaftlari orasiga oldi. Xuddi qattiqroq tegsa sinib ketadigan nozik shisha boʻlagini ushlayotgandek, shunchalik ehtiyotkorlik bilan barmoqlarimni siqdi. Uning shu issiqligi meni butunlay boʻshashtirib yuborgandi. Boshimni sekin koʻtarib, uning qop-qora koʻzlariga qaradim.

- Nima uchun yozganding? Kelganingdan beri gapirmading, - oʻzimni toʻgʻirlab, qoʻlimni sekin uning qoʻlidan oldim.

Qoʻllarimni olayotganimni kuzatib, chuqur xoʻrsingan kabi qoʼllarini oʻzi tarafga oldi.

- Bugun Jungkook kelgani haqida eshitgandim. Hammasi yaxshimi?

- Ha, hammasi yaxshi. U bilan biroz gaplashdik. Muammo deyarli yoʻq.

- Deyarli? - hazilsiz kuldi, - Aldama. Koʻzlaring gʻamgin. Hamma narsani tushunyapman. Yana qancha oʻzingni olib qochasan Bilasanmi nima? Taehyung bilan tanishganinga ming laʼnat! U haqiqiy pastkash. Oʻzi nega u bilan sevishganinga hech tushunmayman. - gaplari bora-bora qoʻpollashib borardi.

- Uni oldin qanday boʻlgani haqida habaring bor. Avvallari undan mexribon inson yoʻq edi goʻyo. Shunchaki u Jenniening tuzogʻiga tushgan, - sababsiz Taehyungni oqlashga urindim.

- Taehyung oʻzi xohlagan. U aslida umuman seni sevmagan, sevgan inson bunday qilmaydi. Agar oʻshanda menga rozilik berganingda.. - soʻzini davom ettirishidan oldin uni toʻxtatdim.

- Hyunjin, hozir bu gapni vaqti emas. Senda koʻnglim boʻlmaganini necha marotaba aytganman. Va biz shunchaki doʻstlar edik. Undan ortigʻi emas. Buni qabul qilishing kerak.

- Mayli, buni unutamiz, - ogʻir nafas olib yana gapini davom ettirdi, - Hoʻsh, hozir unda nega siqilib yuribsan? Jungkook ham bu ertaklarga ishonib qolishidan qoʻrqyapsanmi?

- Balki, ishonib boʻlgan.

*

To be continued...