ᴘᴀꜱꜱɪᴏɴ 18+
~ Ajoyib tong qarshingdagi go‘zal manzara bilan boshlanadi. ~
Minsu kecha xonasiga kirib ketgancha qaytib chiqmadi faqat yuvinish xonasiga o‘tganini bildim. Uni ko‘rmagan bo‘lsam-da, suvning sharillashi va eshikning oldiniga u tomonga, keyin esa men tomonga shaxdam yopilgani eshitdim. Kechagi ishimdan keyin u mendan o‘zini olib qochayotgandek edi.
To‘g‘risi, o‘shanda nima qilganimni o‘zim ham tushunmay qoldim. Hammasi beixtiyor, go‘yoki tanamning ichki bir instinkti tufayli sodir bo‘ldi va men buni to‘xtata olmadim. Uni eshikka tiraganimda vujudidagi mitti qaltiroq, ayniqsa, yonoqlari qizarib, nafas olishi tezlashgani menga juda yoqib tushgandi.
Hozir esa qo‘llarimni boshim ostiga qo‘yib, ko‘zlarim yumiq holda karavotda yotibman. Nafas olishim bir maromda. Oromgoh bo‘ylab hammamizni uyg‘otadigan umumiy budilnik chalinishiga oz fursat qoldi. Derazadan tushayotgan ertalabki quyosh nurlari to‘g‘ri yuzimga urilmoqda, men esa bu iliqlikdan rohatlanyapman.
To‘satdan xonam eshigi shunchalik sekin ochildiki, go‘yoki kelgan o‘g‘ri o‘zini sezdirmaslikka urinayotgandek edi. Ammo men uning karavotim tomon bosayotgan mayin qadam tovushlarini aniq eshitib turardim.
Yuzimda kulgi qalqib chiqmasligi uchun o‘zimni zo‘rg‘a tiydim. Chunki mening xonamga kirishga kimning jur’ati yetishini juda yaxshi bilardim, faqat bir narsa so‘roq ostida edi: maqsadi nima?
Chap ko‘zimni yarim ochib, Minsuning ortidan kuzatdim. U qo‘lidagi kichkina tog‘orachani mahkam ushlaganicha xonani ko‘zdan kechirardi. Tog‘orachada suv borligiga ishonchim komil edi. Hmm, demak, u menga ajoyib tong hadya qilmoqchi? Qiziq.
U atrofga alanglashda davom etarkan, men ko‘zlarimni butunlay ochib, uning qomatiga g‘arazli tikildim. Ustidagi futbolkasi va bazo‘r yopib turgan kalta shortigi uning jozibali qomatini yaqqol ko‘rsatib turardi. Mm, men uchun ajoyib tong tasviri. Lablarim chetida ma’noli jilmayish yugurdi va qoshlarimni chimirdim.
— Bunchalik uzoq tayyorlanmasang, bu vaqt ichida ustimdan bir nechta tog‘ora suv quyib yuborsang bo‘lardi, — dedim bo‘g‘iq va xirillagan ovozda.
Minsu qo‘rqib ketganidan sapchib tushdi, uning qo‘lidagi plastik tog‘oracha yerga tushib, ikkiga bo‘linib ketdi. Muzday sovuq suv ikkalamizni ham chulg‘ab oldi, uning ko‘p qismi polga oqib ketib, qizchaning pushti rangli momiq shippaklarini jiqqa ho‘l qildi.
— Jiddiy aytyapsanmi? Muzday suv bilan-a? — so‘radim karavotda o‘tirib olingancha. Qizcha menga hayratdan katta-katta ochilgan ko‘zlari va yarim ochiq lablari bilan tikilib qolgandi.
— Voy... — pichirladi u va ortiga tislana boshladi.
— "Voy" emish? Bu shunchaki "voy" emas, mitti malika. Sen shunchaki rejada adashting va o‘ylashimcha, senga sahar mardonda odamlar ustidan qanday suv quyish kerakligi haqida dars o‘tib qo‘yishim kerak, — karavotdan turib, unga yaqinlasharkanman to‘ng‘illadim.
— Sen uxlayotgan bo‘lishing kerak edi! — tishlari orasidan pishilladi u va eshik tomon sekin ortga tislanishda davom etdi.
— Sen esa xonani tomosha qilib turmasdan, suvni tezroq quyib yuborishing kerak edi, — dedim unga yetib olib.
U menga qarash uchun boshini baland ko‘tarishga majbur bo‘ldi. Qo‘li orqasiga o‘tib, go‘yoki hech narsa bo‘lmagandek eshik dastasini topishga va chiqib ketishga urinardi.
U tashqariga chiqishga ulgurmasidan, yelkalaridan mahkam tutdim. Barmoqlarim uning nozik yelkalarini biroz qattiqroq qisganida, lablaridan zo‘rg‘a eshitiladigan ingrash ovozi chiqib ketdi. Nafasim to‘g‘ri uning yuziga urilardi va men hozir u ichida meni qanday urish rejasini tuzayotganiga garov o‘ynashga tayyor edim.
— Qo‘yib yubor meni, — pishilladi u, ichki hissiyotlarini jilovlashga urinib, lablarini tishlagancha.
— Meni o‘z karavotimda cho‘ktirib yubormoqchi bo‘lganingdan keyin nima sababdan seni qo‘yib yuborishim kerak, a? — istehzo bilan jilmaydim.
— Chunki hozir seni uraman, — deb javob qaytardi u, mening esa kulgim yanada qistadi.
Ko‘zlarim beixtiyor uning yuzidan pastga sirg‘aldi. Qaddimiz shunchalik yaqin ediki, uning ko‘kragi mening qornimga tegay-tegay deb turardi.
Bir tomondan men aynan shuni xohlayotgandim, ikkinchi tomondan esa...
bu qanchalik to‘g‘ri?
Uni mahkam ushlaganicha to‘satdan o‘zimga burib itardim. Pol ho‘l bo‘lgani sababli ikkalamiz ham sirg‘anib ketib, to‘g‘ri karavotga yiqildik. Men uning ustida edim va bu vaziyat shunchalik ehtirosli va sirli ko‘rinardi. Minsu menga ko‘zlari qiyasidan hayrat va qo‘rquv bilan tikilib qoldi.
To‘g‘risini aytsam, men shunchaki uni o‘sha ho‘l polga o‘tqizib qo‘ymoqchi edim, toki o‘sha chiroyli qomati sovuqni his qilsin deb
Mening futbolkam undan ko‘ra ko‘proq ho‘l bo‘lgandi va bu menga nisbatan adolatsizlikdek tuyuldi, ammo kutilmaganda sirg‘anib, karavotga ag‘naganimiz ancha qiziqarliroq tus oldi.
Uning ustiga o‘tirib, qo‘llarini boshi uzra ko‘targancha bitta qo‘lim bilan mahkam tutib oldim. Enkayib, poldagi singan tog‘oracha bo‘lagini oldim. Minsu buni ko‘rib, mening changalimdan chiqish uchun butun vujudi bilan tipirlay boshladi.
— Taehyung, yo‘q! Jur’at qila ko‘rma! — deb qichqirdi u o‘zini chetga olishga urinib. — Ustimdan tush!
— Hmm. Nimaga jur’at qilmay? — unga yanada yaqinlashib, qulog‘iga pichirladim. Ko‘kraklari ko‘ksimga tegib turardi. Uning futbolkasi ostida hech qanday ichki kiyim yo‘qligiga garov o‘ynashim mumkin edi, chunki tanasining bo‘rtib turgan mitti nuqtalarini aniq his qilayotgandim.
Minsuning butun tanasi titrardi. Men unga tikilib qaraganimda, yonoqlari battar qizarib ketdi. Uning oppoq futbolkasini rasvo qilish biroz afsuslanarli edi, lekin...
Tog‘orachada qolgan oxirgi sovuq suvni to‘g‘ri uning ko‘kragiga qarab quvib yubordim, u esa g‘azab va sovuqdan chinqirib, tipirlashda davom etdi.
Xonada mening qah-qah urgan kulgim aks sado berdi. Ho‘l bo‘lgan futbolka shu zahoti badanga yopishib, shaffof bo‘lib qoldi. Aytganimdek, uning ostida hech narsa yo‘q edi va uning nafis, pushtirang chizgilari menga to'g'ri termilib turgandek edi.
Ich-ichimda uni quchoqlash, shu qadar yaqin bo‘lish istagi gup urib uyg‘ondi. Tanamdagi erkaklik hissi hech qanday qo‘shimcha harakatlarsiz o‘z-o‘zidan uyg‘onayotganini sezib turardim. Odatda o‘zimni boshqarishda muammom yo‘q edi va shahvoniy hislarga tezda asir bo‘lmasdim, ammo hozir vujudimda nega bunday kuchli o‘zgarish bo‘layotganini mutlaqo tushunolmayotgandim.
— San la’nati orangutan! Ezmalik qilma! Esi kirmagan o‘smir! Ustimdan tush, iflos! — deb baqirdi u. Men tog‘orachani chetga otib, bo‘sh qo‘lim bilan uning tomog‘idan sekingina tutdim va uni jimishga majbur qildim.
— Birinchi dars: har qanday ishni tezda bajar, toki o‘z o‘ljangning tuzog‘iga tushib qolmasdan, vaqtida qochishga ulgurasan, — istehzo bilan jilmaydim, uning og‘ir nafas olayotganini his qilib.
Biz bir-birimizga tikilib turganimizda, to‘satdan tashqaridan oromgohning umumiy budilnik ovozi yangradi va ikkalamiz ham sapchib tushdik. Minsu og‘ir xo‘rsinib, harakatsiz yotishda davom etdi.
— Va... mening asabimga tegib, sabrimni sinashni bas qil.
Uning ustidan turdim va ortimga o‘girilib, uning qomatiga oxirgi marta nigoh tashlagancha yuvinish xonasi tomon yurdim. Uning o‘tkir nigohi hamon orqamdan kuzatayotganini his qilib turardim. Tezda dush qabul qilib, kecha bizga berilgan maxsus formani kiydim.
Xonaga qaytganimda Minsu u yerda yo‘q edi, ammo poldagi tartibsizlik hamon turar, sinchkovlik bilan qaralsa, uning ho‘l shippaklaridan qolgan izlarni ko‘rish mumkin edi.
Ko‘z oldimda hamon uning o‘sha ho‘l va jozibali qomati jilvalanardi. Bu hali birinchi kun, men esa allaqachon uning sirlaridan voqif bo‘ldim. Bu yoz davomida munosabatlarimiz qanchalik uzoqqa borishini o‘ylash men uchun juda qiziq edi.
Gap faqat bir-birimizni qandaydir holatda ko‘rishimizda emas, balki bugun birinchi kun bo‘lishiga qaramay, u menga zarar yetkazmoqchi bo‘ldi, ammo uddalay olmadi.
Ertaga tongda unga haqiqiy dars qanday bo‘lishini albatta ko‘rsatib qo‘yaman.
~ Birinchi qadamni tashlash bilan men unga bu o‘yindan aslo chekinmasligimni bildirdim, u esa shunchaki mening o‘yinimni davom ettirdi. ~
Xudoyim!
Minsu hamon uning o‘sha o‘tkir, teshib yuboruvchi nigohini o‘z vujudida his qilib turardi. Yigitchaning ulkan qo‘llari bilaklarini qanday mahkam changallagani, qaynoq nafasi quloq suprasini qanday kuydirgani har soniya ko‘z oldidan o‘tardi. Taehyungning o‘sha surbetlarcha aytgan gaplari va uning lablaridan chiqqan har bir ehtirosli tahdidni eslaganida, qizchaning yuragi hamon besaranjom urardi.
U shunchaki Taehyungning ustidan suv quyib, qasdini olmoqchi edi, xolos. To‘g‘risi, bunday telbaona fikr uning kallasiga qayerdan kelganini o‘zi ham bilmasdi, lekin baribir niyati amalga oshmadi. Taehyung haq edi — Minsu reja tuzishda butunlay adashdi. U juda sekin harakat qildi, biroq eng qizig‘i, u xonaga kirganida Taehyung haqiqatan ham uxlab yotganmidi? Vaholanki, xonalar bir xil edi, yagona farq ularning ichidagi o‘zgacha muhitda edi.
Hozir esa oromgoh hovlisining qoq markazida turarkan, Minsu bolalarni olib keladigan avtobuslar qachon yetib kelishini intizorlik bilan kutib, barmoqlarini asabiy ravishda o‘ynatardi. Taehyung dushga kirib ketganidan keyin qayergadir g‘oyib bo‘lgan, Minsu ham o‘z navbatida uning xonasidan qochib chiqqandi. Yigitcha nonushtaga ham chiqmadi, ochig‘ini aytganda, Minsu uning qayerga yo‘qolganiga biroz qiziqayotgan ham edi.
— Men haqimda
o‘ylayapsanmi? — ortidan kelgan o‘sha qat’iy va bo‘g‘iq ovozdan Minsu beixtiyor sapchib tushdi. Shoshib ortiga o‘girildi va to‘g‘ri uning ko‘zlariga qaradi.
Taehyung ularga berilgan maxsus formani kiyib olgandi. Xuddi Minsuniki kabi, faqat Minsuni yubka va paypog‘i o‘rniga, yigitchada klassik uslubga o‘xshash, ammo aslida sportcha bo‘lgan shim bor edi.
— Sening haqingda o‘ylashimni tushingda ko‘rasan, — Minsu shivirlab ortiga o‘girildi va yuziga yana biror og‘ir gap aytib yubormaslik uchun lablarini mahkam tishladi.
Taehyung u bilan tenglashish uchun bir necha qadam tashladi. Yelkalari deyarli bir-biriga tegay deb turganidan qizcha og‘ir xo‘rsinib, chetga qarab bir qadam chekindi.
— Allaqachon qochyapsanmi? Men hali hech narsa qilganim yo‘q-ku. Yoki seni yana biror qattiq yuzaga tirab, butun tanangni bir necha litr energetik ichgandek qaltiratib qo‘yishimdan qo‘rqyapsanmi? —
Taehyung piching bilan jilmaydi. Hozirgi lahzada Minsu uning ovozi o‘chishini, yorilib ketishini, ishqilib o‘sha g‘arazli tabassumini ko‘rmaslikni chin dildan xohlardi.
— Bo‘lmagan narsalar haqida valdirashni bas qil, — dedi Minsu ovozini iloji boricha jiddiy va qat’iy chiqarishga urinib. Ammo nimadir unga bu sozlar unchalik ham ta’sirli chiqmaganini pichirlardi, buni Taehyungning qop-qora ko‘zlari qanday chaqnaganidan ham bilish mumkin edi.
— Bo‘lmagan narsalar haqida? — qayta so‘radi yigitcha, Minsu esa bosh silkib, yana yuzini o‘girdi.
— Ertalab saharda seni karavotga bosib, qochib ketishga zarracha imkon qoldirmagan men emasmidim? Mayli, agar bu sen uchun hech qanday ma’noga ega bo‘lmasa...
— Ovozingni o‘chir, orangutan!
— Meni unday chaqirishni bas qil. Mening ismim bor, — endi Taehyungning ovozida ham norozilik ohangi sezildi.
— Seni qanday xohlasam shunday chaqiraman, — qizcha o‘z gapidan mamnun bo‘lib, kinoya bilan kulib qo‘ydi.
— Boz ustiga, haqiqatan ham o‘sha hayvonga juda o‘xshaysan, faqat yuzlaringiz boshqacha. Uning yuzi menga yoqadi, seniki esa g‘ashimni keltirib, asabimni buzadi.
— Shunda... seni hayvonlar o‘zingga tortishini aytmoqchimisan? Sendan buni kutmagandim...
— Yo‘q! Sen butunlay aqldan ozganmisan?! Men o‘sha orangutan sendan ko‘ra chiroyliroq demoqchiman, sizlarni boshqa ma’noda solishtirayotganim yo‘q!
— Minsu qo‘llarini siltab baqira ketdi. Taehyungning yuzida esa hayrat yanada ortdi.
— Demak, meni o‘sha holatda tasavvur qilib, solishtiryapsan-da? Qiziq.
Agar haqiqatan ham shuni xohlayotgan bo‘lsang, shunchaki aytishing mumkin, men senga o‘sha ehtirosdan yonayotgan vujudingni tinchlantirishga bajonidil yordam beraman, — yigitcha ma’noli jilmaydi.
Minsu g‘azabdan portlashga tayyor edi, lekin buning o‘rniga yonoqlari goh g‘azabdan, goh uning bu uyatsiz, surbetlarcha aytgan so‘zlaridan olovdek yonayotganini his qildi.
Baxtiga, hududga katta avtobus burilib kirdi va Taehyung aytmoqchi bo‘lgan navbatdagi gaplar og‘zida qoldi. U yo‘qligida janob Bin Minsuga nima va qanday qilish kerakligini batafsil tushuntirgan edi.
Qizcha ichidan turli yoshdagi bolalar tushayotgan avtobus tomon yurdi. U Taehyungning borligini unutishga urinsa-da, yigitcha xuddi xiralashgan chivindek unga yopishib olgan, ortidan bir qadam ham qolmay kelardi.
Avtobusga bir necha metr qolganida, Minsu to‘xtab, cho‘ntagidan buklangan oq qog‘ozni chiqardi va baland ko‘tardi. Unda ularning korpusiga tegishli bo‘lgan bolalar yoshi yozilgan edi. O‘smirlar barcha yetakchilarning yozuvlariga sinchkovlik bilan tikilishdi va ko‘plari ularning atrofiga to‘planib, davra hosil qila boshlashdi.
Ba’zilari salomlashib, tanishishga urinar, ba’zilari esa allaqachon hazil-huzul qilib, uning hamrohi Taehyung bilan gap talashishga ulgurishgandi. Hamrohi... bu so‘z baribir qulog‘iga g‘alati eshitilardi.
Yarim soatlik tartibsizliklardan so‘ng, Minsu va Taehyung nihoyat yigirma uch kishidan iborat guruhni yig‘ib olishdi. Qizlar o‘zaro pichirlashib, Taehyungga o‘g‘rincha va qiziquvchan nigohlar tashlashar, yigitlarning aksariyati esa tashqi dunyoga mutlaqo e’tibor bermay, telefonlariga termilishgan edi.
— Kechirasiz, ismingiz nima? — deb so‘radi bir qizcha Minsuning ortida turgan yigitchaga qarab.
— Taehyung, — deb javob berdi u, go‘yo Minsu uning o‘rniga javob bermoqchi bo‘lganini oldindan bilgandek. Keyin esa Minsuga yaqinroq engashib pichirladi: — Ko‘ryapsanmi, men ularga yoqyapman.
Minsu uni tirsagi bilan qattiq turtib yubordi, Taehyung esa bunga javoban past ovozda kuldi. Minsu bolalar ko‘rib qolishidan ham cho‘chimay, unga o‘sha o‘rta barmog‘ini ko‘rsatdi, hozir unga buning mutlaqo farqi yo‘q edi.
— Demak, hozir biz sizlarga xonalaringizni ko‘rsatamiz, keyin esa tushlikka boramiz. Shundan so‘ng hamma uchun ekskursiya tashkil qilamiz va sizlar amal qilishingiz shart bo‘lgan bir nechta muhim qoidalarni tushuntiramiz, — dedi Minsu hammaga eshitilishi uchun ovozini baland qilib. Ammo bolalar uning borligiga unchalik e’tibor berishmayotgandek edi.
— Hammangiz diqqat bilan eshiting! — deb baqirdi Taehyung birdan va barcha bolalar go‘yo buyruq olgandek telefonlarini yig‘ishtirib, nigohlarini ularga qaratishdi.
Minsu Taehyungga o‘g‘rincha qarab qo‘ydi, yigitcha esa go‘yoki "menga rahmat aytishing shart emas" degandek istehzo bilan jilmayib turardi. Minsu ko‘zlarini tepaga qilib, korpus tomon yo‘l boshladi, Taehyung esa guruhning eng orqasidan kuzatib kelardi.
— Kechirasiz, sizning ismingiz...
— Minsu, — deb javob berdi uning qo‘liga mayin bir qo‘l tegib, unga murojaat qilishayotganini bildirganda.
Kelishgan va latofatli bir qiz Minsu bilan teng qadam tashlab kelardi. Undan taralayotgan yoqimli vanil ifori atrofga o‘zgacha bir tarovat bag‘ishlab turardi.
— Sizdan bir narsani so‘rasam maylimi? — so‘radi u, Minsu esa yo‘lida davom etib, bosh silkidi.
— Siz va Taehyung aka o‘rtangizda nima bor? Shunchaki, hamma sizlarni sevishganlar deb o‘ylayapti, shunga rostmi-yo‘qligini bilmoqchi edim?
Bu savol Minsuning xayolida aks sado berdi. U qadamlarini biroz sekinlashtirdi, tomog‘iga qandaydir achchiq bir tiqin tiqilgandek bo‘ldi. Barmoqlarining uchlari titrab ketdi va u boshini sarosimada sarqitdi.
— Bu ma’lumot senga nega kerak? — so‘radi qizchaga yuzlanib.
Qizcha savolga javob berishni istamayotgandek, yelkalarini qisib, lablarini tishladi.
— Buni hammaga doston qilishga hech qanday sabb ko‘rmayapman, — xotirjam javob berdi Minsu va haligi qiz bosh silkib, yana dugonalarining yoniga qaytib o‘tdi.
Minsuning ich-ichida g‘alati bir tuyg‘u, tushunarsiz g‘alayon boshlandi. Nega bunday bo‘ldi? O‘zi ham tushunmasdi.
Bu savolga qanday javob berishi kerakligini ham bilmasdi. To‘g‘risini aytib, shunchaki bolalikdagi tanishlarmiz deganim ma’qulmidi?
Yoki ular haqiqatan ham sevishganlarmix deb aytishim kerakmidi?