June 18

ᴘᴀꜱꜱɪᴏɴ 18+

Epizode 1

Minsu(pov)

~ Hayot shunday narsaki, unda hamma narsa doim sen xohlagandek bo‘lavermaydi. ~

Uzoq kutilgan xat kelishini intizorlik bilan kutib, hovlida u yoqdan-bu yoqqa borib kelardim. Telefonda xat sanoqli daqiqalarda yetib kelishi ko‘rsatilgani uchun ko‘chaga chiqib olgandim, uni o‘tkazib yuborishga aslo haqqim yo‘q edi. Mening yozgi oromgohga yetakchi bo‘lib qabul qilingan-qilinmaganim aynan mana shu xatga bog‘liq. Bu oromgohni allaqachon ko‘z ostimga olib qo‘ygandim; balki bolaligimning ko‘p qismi aynan shu yerda o‘tgani uchundir. Hozir yoshim yigirma uchda bo‘lgani sababli, meni boshqa oromgohlarga hatto oddiy dam oluvchi sifatida ham qabul qilishmasdi, bu esa to‘g‘risi biroz alam qilardi.
Darvoza qo‘ng‘irog‘ining kutilmagan ovozidan cho‘chib tushdim. Shoshib borib darvozani ochganimda, pochtachi qizning bunchalik tez paydo bo‘lganidan hayron qoldi.
— Asters xonim? Sizga xat bor, — deya pichirlab konvertni uzatdi u.
Minsu qaltirayotgan qo‘llari bilan konvertni yulqib olib, darhol ocha boshladi. Matnni sinchkovlik bilan o‘qirkan ko‘zlariga quvonch yoshlari qalqidi, yuzida esa baxtiyor tabassum yoyildi.
U xursandligidan joyida sakray boshladi. To‘xtaganida esa, hamon unga qarab turgan pochtachiga qarab iymanibgina jilmaydi.
— Voy... Kechirasiz, shunchaki juda ham xursand bo‘lib ketdim... Rahmat sizga! — deb pichirladi. Pochtachi ham javoban jilmayib, xatni qabul qilib olgani haqida imzo qo‘yishi uchun qog‘oz uzatdi.
Yuzida baxtiyorlik ufurib, uyga kirdi. Onasi ostonada unga sinchkovlik bilan tikilib turardi. Ko‘zlari qo‘lidagi konvertga tushishi bilan, uning poyiga o‘zini otishdan va so‘zning haqiqiy ma’nosida uni quchoqlab yiqitishdan boshqa chorasi qolmadi. Uni mahkam quchoqlab, yuziga qarab baqirib yubordi.
Onasi qoshlarini chimirib, bir qo‘li bilan qulog‘ini yopgancha, xuddi kichkina boladek ortiga urib qo‘ydi. Uning bu reaksiyasidan kulib, Minsu onasining ustidan tushdi va kulishda davom etdi.
— Tushunishimcha, seni qabul qilishibdi-da, a? — so‘radi onasi yoniga o‘tirib. Uning yuzida xotirjam tabassum paydo bo‘ldi.
— Ha, ha! Oyi, men ertaga u yerga yetakchi sifatida ketyapman! Xudoyim, shunchalik xursandmanki, — baxtdan ko‘zlaridan oqqan yosh tomchisini his qilib to‘ng‘illadi Minsu.
— Juda yaxshi! Men ham sen uchun xursandman. Kim xonim ham buni eshitsa, rosa quvonadi. Aytgandek, u bir soatdan keyin keladi. Ular kelguncha birgalikda biror narsa tayyorlasak nima deysan? — onasi so‘radi. Minsu darhol bosh silkidi-u, lekin keyin uning gapini anglab, to‘xtab qoldi.
— Kechirasiz, "ULAR" kelguncha dedingizmi? — qayta so‘radi u.
Agar uning sevimli xolajoni o‘sha kibrli o‘g‘li bilan keladigan bo‘lsa, u hoziroq uning o‘sha kelishgan va mukammal yuzini qaynab turgan qozonga tiqib olish haqidegi rejalarni o‘ylay boshlardi.
Garchi ikkalasi ham ulg‘ayib qolgan bo‘lishsa-da (Minsu yigirma uchda, u esa yigirma beshda), baribir yosh bolalardek urishishdan to‘xtashmasdi. Taehyung hamon o‘sha-o‘sha asabga teguvchi bola: qizcha uzoq urinsa ham arang uning ko‘kragigacha yetgani uchun, u Minsuning buyumlarini tortib olib, boshidan baland ko‘tarib olishni yaxshi ko‘radi.
Albatta, uning o‘sishini va ulg‘ayishini bilardi, lekin bunchalik darajada devday bo‘lib ketadi deb o‘ylamagandi. Ba’zan hatto urishib ham ketishadi va biror kunlari janjalsiz o‘tganini eslolmaydi. Aynan shu sababli ham oxirgi paytlarda sevimli xolasi ularnikiga yolg‘iz kelar edi, yoki onasi ularnikiga mensiz borardi.
— Ha, bugun do‘stligimizning yilligi. Boz ustiga, Taehyungning o‘zi ham bu yerga kelishni xohladi. Umid qilamanki, bu safar hammasi tinchlik bilan, janjalsiz o’tadi, — to‘ng‘illadi onam. Minsu esa hayotini ostin-ustun qiladigan xabarni eshitgandek, og‘ir xo‘rsinib o‘rnidan turib ketdi.
— Oh, oyi! Bilasiz-ku u bilan chiqisha olmasligimizni! U g‘ashimga tegadi, tinmay asabimni buzadi. Shuning uchun uning yuzida bir-ikkita ko‘karishlar qoldirishni chin dildan orzu qilaman, — dedi xayollarga berilib. Bunga javoban onasining ajin tushgan kafti lablariga yengil shapatiladi.
Minsu kulib yuborib, oshxona tomon qochdi.

Onasi esa ortidan shoshilmay kelarkan, sevimli dugonasining o‘g‘li bilan bo‘lgan munosabatlaridan noroziligini aytib, gapirishda davom etdi.
— Sizlarni qanchalik yaxshi ko‘rmay, oyi, bu orangutan bilan hatto bir oqshom bo‘lsa ham munosabatlarimni yaxshilamayman! Sizlar yo‘q bo‘lganingizda ham u baribir biror jinnilik qiladi, keyin men uni yaqin atrofdagi biror og‘ir narsa bilan urishimga to‘g‘ri keladi, — kulib, peshtaxta ortiga o‘tdi va stolda haqiqatan ham o‘sha og‘ir asbob turgandek tasavvur qildi. Xayolan yenglarni shaxdam shimarib, keng tabassum bilan havoni urayotgandek qo‘llarini siltadi.
— Minsu! Kimnidir urayotganingni tasavvur qilish senga yarashmaydi, odobing bo‘lishi kerak, hech bo‘lmaganda menga bo‘lgan hurmating qani! — deb pishilladi onasi masalliqlarni chiqara turib.
— Oh, onajon, yomon xayollarim uchun sizdan cheksiz uzr so‘rayman. O‘tinaman, meni kechiring va boshimni tanamdan judo qilishga buyurmang... — dedi soxta g’amginlik bilan.
— Sen umuman o'zgarmaysan, — onasi ko‘zlarini tepaga qilib,
Uning gaplariga kulib, Minsu xayoliga kelgan hamma narsani valdirashda davom etdi. Onasi norozi bo‘ldi, pishilladi va hatto cho‘mich bilan lablariga sekingina urib qo‘ydi, shundan so‘ng ikkalasi cho‘michlar bilan hazillashib urisha ketishdi.
Taxminan yarim soat o‘tgach, oshxonaga yoqimli jasmin ifori yopirilib kirdi. Minsu beixtiyor ko‘zlarini ko‘tarib, Kim xonimga ko‘zi tushdi. Qo‘llarini peshonasiga tezda artib, uning bag‘riga o‘zini otdi.
— Mening mitti qizim! Seni shunchalik sog‘indimki, — Kim xonim xuddi yosh boladek yonoqlaridan chimchilab kuldi. Minsu burnini jiyrib, atrofga alangladi. Nahotki koinot uning duolarini eshitib, u orangutan kelmagan bo'lsa?
— Sevimli xolajon, o‘sha orangutaningiz qayerda? — so‘rashga ulgurmasimdan, ichkariga qo‘lida ikkita katta paket ko‘targan Kim Taehyung kirib keldi. Paketlardan vino shishalari ko‘rinib turardi.
— Demak, men orangutan ekanman-da? Unda sen kimsan? Hmm, o‘ylaymanki, senga shimpanze nomi ko‘proq mos keladi, — dedi u piching qilib. Minsu qo‘llarini ko‘kragiga chovlashtirib, unga o‘rta barmog‘i va tilini ko‘rsatdi.
Taehyung esa: — Men bu barmoq va til bilan nimalar qila olishimni, shuningdek, ularni qayeringga tiqib qo‘yishim mumkinligini senga batafsil tushuntirib berishim mumkin, — deb pichirladi.
— Yo‘qolib ket, orangutan! Men nima xohlasam shuni qilaman, sening esa menga nima qilishni, nima ko‘rsatishni va nima deyishni o‘rgatishga mutlaqo haqqing yo‘q. Agar tushunmagan bo‘lsang, harflab aytishim mumkin: d-a-f-b-o‘-l...
— Minsu! Odobingni saqla! — oshxonaning narigi chetidan onasining ovozi yangradi.
— Kechiring oyi, — yelkalarini qisib, bor e’tiborini Kim xonimga qaratdi. Bu paytda esa Taehyung onasiga paxta qo‘yib, o‘zining "go‘zal jonini" qizchaning g‘azabidan qutqarishini so‘rab yolvorardi.
Onasining oldida o‘zini bechora qilib ko‘rsatib, rahm-shafqat uyg‘otishga urinayotgani uchun uning ko‘zlariga barmoqlarini tiqib olgisi kelardi! O‘zi u kim bo‘libdiki, bunday qilishga jur‘at etadi?!
Tez orada hammalari dasturxon atrofiga o‘tirishdi. Onasi va xolasining suhbatidan tushunishicha, ular o‘z erlarini tinchgina dam olishlari uchun qayergadir hammom va baliq oviga jo‘natishgan ekan.
Minsuning yuzi deyarli butun vaqt davomida tarang edi, chunki kayfiyatining buzilishiga sababchi bo‘lgan bola yonidagi stulda o‘tirib, kimgadir mahliyo bo‘lib xabar yozardi. Uning yelkalari taranglashgan, lablari chetida goh-gohida tabassum yugurib, yonoqlarida arang seziladigan mitti kulgichlar paydo bo‘lardi. Uning kulgichlari borligini qayerdan biladi? Har holda, bolaligidan ko‘plab xotiralar qolgan, hech bo‘lmaganda uning tanasida o‘zi qoldirgan har bir jarohat izi yodida edi.
— Menga bunday tikilishni bas qilsang bo‘lardi, aks holda meni o‘zingga og‘dirib olmoqchi deb o‘ylay boshlayman, — pichirladi Taehyung, ko‘zini telefondan uzmay.
— Tikilayotganim yo‘q. Seni qanday qilib yana mayib qilish haqida o‘ylayapman, zerikib qolganga o'xshaysan, — dedi Minsu pishillab va boshini burdi. Bunga javoban uning past ovozda kulganini eshitdi.

— Juda afsus, sen mendan butunlay boshqa ancha yoqimliroq maqsadlarda foydalanishing mumkin edi, — u kinoya bilan jilmaydi. Uning bu shama qiluvchi gaplarining tub ma’nosini anglab, hayratdan Minsuning lablari ochilib qoldi va unga o‘girildi.
— Sen...
— Mittivoyim, qani maqtanchi, senga qanday xat kelibdi? — uni haqorat qilishdan to'xtatib, Kim xonim gap boshladi. Minsu darhol nigohini unga burdi.
— Ah, men ertaga oromgohga ketyapman, hozircha sinov muddati bilan yetakchi bo‘lib ishlayman. Bilasiz-ku, bu men har yozda boradigan o'sha qadrdon joy. Uning nomi ham juda go‘zal: "Qaldirg‘ochlar oromgohi", — dedi ichida yana o‘sha cheksiz quvonchni his qilib va yonida o‘tirgan baloni butunlay unutib.
— Ha, bu haqda eshitgan edik. Taehyung ham ertaga u yerga amaliyot o‘tash uchun ketyapti.
Dunyom ostin-ustun bo‘lib ketdi... Shunchaki, birgina jumlada butun hayotim vayron bo‘ldi.