TAQDIRIM O'G'RISI
TAQDIRIM O'G'RISI
16—FINAL QISM
Oradan bir necha kun o‘tdi. Toxir sog‘lig‘i to‘liq tiklandi. Ariza qaytarilgani bois sud Kamolni oqladi. Hammasi orqada qolgan, go‘yo hech narsa bo‘lmaganday hayot davom etayotgan edi. Ammo yurakdagi og‘riqlar, chin dildan aytilmagan so‘zlar, ich-ichiga yutib yuborilgan nadomatlar har doim biron shaklda yuzaga chiqardi.
O‘sha kuni osmon ochiq, havoda bahorning iliq nafasi, shovqinli qushlar nidosi bor edi. Toxir va Zuhra uyda edilar. Oddiy, xotirjam kun. Toxir deraza yonida kitob o‘qiyotgan, Zuhra esa oshxonada choy damlab yurgan edi.
Zuhra eshikni ochdi. Qarshisida Kamol turardi. Boshida bejirim shlyapa, yelkasida yupqa ko‘ylagi. Nigohlari sokin, ammo yuragi ichkaridan to‘lqin urayotgandek.
Zuhra hech nima demadi. Faqat Toxirni chaqirdi. Toxir eshik oldiga keldi, Kamolga to‘g‘ri tikildi. Orada bir lahza sukut cho‘kdi.
Kamol og‘zini ochdi. Ovozi past, lekin har bir so‘zida chin dildan kuyunish, tavba va o‘tmishga nisbatan iztirob bor edi:
— Toxir, kechir meni... Kuchli rashkda edim. Endi bu tuygu senga begona emas. Men his qilganlarimni his qilgansan. Zuhra, endi meni singlim bo‘lib qolasan. Ortiq senga boshqacha nigoh bilan qaramayman. Hayotingizga ham aralashmayman.
U sekin Zuhraga tikildi. Ko‘zlarida yolg‘iz bir so‘nggi haqiqat chaqnab o‘tdi.
— Ammo o‘sha payt... ozgina menga umid berganingda — men oxirigacha borardim. Ammo seni ko‘zlaringda endi o‘zimni ko‘rmadim... Baxtdan doim quvonib yasha. Unutma, Zuhra, bu inson seni yig‘latsa, ozor bersa — balki jim turolmasman…
U ortiq hech narsa demadi. Na javob kutdi, na ko‘zgu orqasiga qaradi. Faqat sekin burilib mashinasiga yo‘l oldi. Eski, og‘riqli xotiralarning ostonasidan o‘tayotganday yurdi. Mashinaga o‘tirdi-da, so‘zsiz, orqaga qaramay ketdi.
Orqasida esa sokin turgan ikki inson: biri uni kechirgan, biri esa allaqachon yuragidan chiqargan.
Eshik ohangsiz yopildi. Kamolning mashinasi asta harakatlandi. Motor tovushi uzoqlashar, lekin orqada qoldirgan izlari yurakda hali ham chulg‘ab turgandek edi.
Zuhra eshikni yopdi, bir zum Toxirga qarab turdi. So‘ng sekin kulimsirab, xuddi ichidagi bo‘shashgan havoni chiqarayotganday yengil uf tortdi.
— Yaxshi odam-a, Kamol aka… — dedi u jiddiy ohangda.
— Ha, yaxshi odam rashkda mashina haydaydigan bo‘lsa... Men ham yaxshi odamman — lekin faqat piyoda rashk qilaman.
— Haliyam qaysarligingiz qolmapti-da?
Toxir qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi:
— Men? Men dunyodagi eng sabrli erman. Hatto sen boshqani himoya qilganingda ham jim turdim.
Zuhra lablarini tishlab jilmaydi:
— Bu nima, istar-istamas yodimga solayotgan odamdanda rashk qilyapsizmi?
Toxir unga yaqinroq yurdi, ko‘zlariga tikildi:
— Men... sevaman, Zuhra. Senga nisbatan, o‘ziga to‘g‘ri kelmagan darajada. Bilasanmi, Kamol ketgach, men xotirjam bo‘lishim kerak edi. Lekin aksincha... endi seni yanayam ko‘proq o‘zimniki qilgim kelayapti. U seni bir vaqtlar kutgan, men esa endi kutmayman.
— Rashk emas, — Toxir ohangini pasaytirdi, lablarida tabassum. — Bu — sening qoshingni boshqasi maqtasa, men uni ko'zlarini kor qilishni istayman
—Janob Toxir siz haqiqatdan ham rashk qilyapsiz?
— Yo‘q... men rashk qilmayapman Men faqat haqiqatni yodga solyapman. Farzandlarimizga ertak aytib beradigan vaqt kelganda, bu sahnani bo‘sh o‘tkazib ketolmaymiz-da!
— Albatta, — dedi Toxir, ohangida hazil aralash jiddiylik. — Qizimiz bo‘lsa, ismini “Zuhraxon” qo‘yamiz. O‘g‘il bo‘lsa “Kamolbekrashkchi” bo‘ladi.
— Ey, Zuhra, menimcha, men seni har kuni rashk qilaman. Yashashimga sabab bo‘lib qolgan ayolni qanday qilib rashk qilmay?
Zuhra yengil boshi bilan uning ko‘ksiga suyandi:
— Meni rashk qilmang, Toxir. Meni sevavering. Men rashkni ko‘p ko‘rdim, lekin muhabbatni faqat sizdan topdim.
Toxir kulib uning peshonasidan o‘pdi:
— O‘sha rashkchi o‘g‘ilchamiz tug‘ilsin, keyin bu gaplaringni eslatsam, ko‘rasan hali!
— U rashkchi emas, mehribon bo‘ladi. Otasiga o‘xshab!
— Demak, chiroyli tug'ilarkanda Chunki onasiga o‘xshaydi!
Bari ajoyib edi. Kun o‘tgan sayin yuragimdagi muhabbat ildiz otar, Toxir akamning e’tibori, mehribon nigohi meni yana tiriltirgandek bo‘lardi. Har gal unga qaraganimda, go‘yoki yuragim ichra quyosh ochilib, tunlarimni yoritardi. Oyoq-qo‘llarim sog‘ bo‘lmasa-da, yuragim yurishdan, sog‘lom his qilishdan to‘xtamasdi. Men baxtli edim. Onam ko‘zimdagi shu porlasha qarab, “bolam, chindan ham baxtingni topding” der, ba’zan esa yelkamga boshini qo‘yib, pinhona yig‘lardi — bu safar quvonchdan.
Anvar akam ham avvalgidan mehribonroq edi. Qolaversa, u ham nihoyat o‘z baxtini topdi. Kelinoyim — iboli, esli, kamtar. Onam hatto meni emas, uni ko‘proq maqtaydigan bo‘ldi. Uyga borsam, u kishi qo‘li ko‘ksida, iliq tabassum bilan kutib olardi. Bu mehr bilan to‘lib-toshgan dunyoda o‘zimni o‘zgacha qadrlangan, e’zozlangan his qilardim.
Toxir akam esa... goho bir haftalab yo‘qolib qolardi. Bu g‘oyibliklar yuragimda xavotir uyg‘otardi, ammo u har gal oddiy javob bilan cheklanardi:
— Men ish yuzasidanman. Muhimi — men doim seni o‘ylayman.
U ketayotganida ham meni yolg‘iz qoldirmas, eng ishonchli odamini “ko‘z-quloq bo‘l” deb qoldirardi. O‘sha paytlarda men yuragimdan uning hayoti haqida savollar ko‘tarilishini sezardim. “Nima ish qiladi?”, “Qayerga boradi?”, “Nega yashiradi?” Ammo har gal shu savollarga javoban u:
— Ayol kishining vazifasi — uy ishlari, farzand tarbiyasi va erini quvontirish, — deb, mayin, ammo qat’iy ohangda fikrini bildirar edi.
Va men asta-sekin bunga ko‘nikdim. U nima ish qilmasin, nima sir saqlamasin, muhimi — men uchun eng muhim va xavfsiz joy uning bag‘rida edi.
Ammo yuragimda birdan jiz etgan, biroz achchiq bir tuyg‘u bor edi. Kamol akam — hayotimning o‘tmishda qolgan og‘riqli sahifasi ham nihoyat uylanayotgan edi. Eng qiziq — u kimga uylanayotganini eshitsangiz, ko‘zingiz katta ochiladi: bizning qo‘shni qiz — Fotima! U doim menga hasad bilan qaragan, men bosgan har bir qadamni yomon ko‘z bilan kuzatgan, yulg‘ich nigohlari bilan yuragimni tirnab yurardi. Eng alam qilgani — Kamol akamning ko‘zida endi men emas, o‘sha Fotima yashayotgandi.
Ammo... baribir hammasi joyiga tushgandek edi. Baxt shunchaki odamga kelmaydi, baxt kelguncha sabr, alam, sinov va ko‘z yoshlari bilan sinaydi. Men o‘sha sinovlardan o‘tgandim. Endi esa yuzimda kulgu, yuragimda esa sokin muhabbat bor edi.
Lekin... yana bir muammo bor edi.
Tun sokin edi. Derazadan to‘lin oy nurlari tushib, xonaga sokinlik va sirli joziba bag‘ishlayotgandi. Toxir yostiqqa yuzini yashirib yotgan Zuhraning quloqlariga sekin pichirladi:
— Sen bilan tongni qarshi olishni, sen bilan tunlarni quchoqlab o‘tishni orzu qilganman, Zuhra. Endi esa har tong seni bag‘rimda ko‘rishga haqliman.
Zuhra sekin boshini burib, unga mehr bilan boqdi:
— Siz... siz haddan tashqari shirin gapirasiz. Bu yuragimni titratadi.
Toxir kulimsirab, burnini uning yelkalariga ishqalay boshladi:
— Titrataveradi, bo‘ldi! Hali seni qancha titrataman… muhabbatim bilan, nazarim bilan, so‘zlarim bilan.
— Tinchlanaman… sen bolamga rozi bo‘lsang.
Zuhra birdan boshini ko‘tarib, jiddiy qiyofada:
— Siz... yana shu mavzuni boshladingizmi?
Toxir o‘zini jiddiy tutgan bo‘lib, yana quchog‘ini mustahkamroq qildi:
— Zuhra, seni har kecha quchoqlab uxlayman, lekin yonimda mitti bir sening nusxang bo‘lishini istayman. Unga qarab “bu mening Zuhram” deyman.
— Toxir, men hali tayyor emasman...
— Tayyor qilaman, Zuhra. Sen faqat rozi bo‘l. Uyimizda chaqaloq yig‘isi yangrasa, yuragim joyiga tushadi. Men sening ichingda bir umrga yashashni istayman, farzand bo‘lib, yuragingda, qoningda.
Zuhra unga ohista yuzini bosdi, yuragi o‘ynab ketdi, ammo hanuz ko‘zlarida ehtiyotkorlik bor edi:
— Toxir, siz… juda boshqacha erkaksiz. Men hali sizni o‘rganib ulgurmadim.
— Ulgur. Tirishaman. Sen tayyor bo‘lguncha seni bezovta qilmayman. Lekin unutma — seni butunlay sevganimdek, bolamni ham butun vujudim bilan sevaman.
Zuhra boshini uning ko‘ksiga qo‘ydi. U yerda Toxirning yuragi — faqat u uchun urayotgan yuragi — go‘yo orzularini kuylayotgandek bo‘lib urardi.
Tashqarida tong yorishayotgan, ammo ular uchun tun hali tugamagan edi...
Toxir bir qo‘li bilan Zuhraning sochlarini silab, boshqasi bilan uni yanada mahkam quchdi.
— Zuhra, sen bilasanmi, men o‘zimni baxtli deb his qilganimda, darrov bu baxtni ko‘paytirishni istayman. Sen baxtimsan... farzandimiz — bu baxtning mevasi bo‘ladi.
Zuhra boshini ko‘tardi, ko‘zlarida jilva bilan:
— Siz bunchalik istayotganingizni bilmagan ekanman...
— Bilmasang, har kuni eslataman. Har tun aytaman. Har nafasda his ettiraman. Sen tanamda emas, jonimda yashaysan, Zuhra. Men o‘zimni butun deb his qilmayapman hali — ichimda seni aks ettirgan bola bo‘lmas ekan.
Zuhra jilmaydi. Yuzini Toxirning bo‘yniga yashirib, sokin ovozda so‘radi:
— Farzandingiz men o‘xshashini xohlaysizmi?
— Yo‘q. Sen emas — aynan sen bo‘lsin! Ko‘zlari senikidek chaqnoq, qadam tashlaganida yuragim urib tursin. Qiz bo‘lsa ham mayli, faqat sen bo‘lsin. Hatto yig‘isi ham senga o‘xshab mayin bo‘lsa, yetadi menga.
— Siz hozir yuragimni eritib yubordingiz...
— Eritsam, demak, to‘g‘ri yo‘ldaman. Seni eritamiz, keyin sekin-sekin bolaga aylantiramiz... men seni butunlay egallamoqchiman, Zuhra.
Zuhra uning yuziga qaradi, barmoqlari bilan sekin yonoqlarini siladi:
— Siz shunchaki erim emassiz. Siz menga berilgan sinovsiz, Toxir. Ko‘nglimni qayta tiriltirgan tuyg‘usiz.
— Sen meni tiriltirding, Zuhra. Men sening yo‘lingda halok bo‘lishga ham tayyorman. Faqat ayt — qancha farzand istaysan?
— Boshini boshlaylik. Oxiri menga “Toxir aka, boldi year '' demaguningcha
Ikkalasi kulib yuborishdi. Toxir yana uni quchog‘iga tortdi. Bu safar chuqur nafas olib, pichirladi:
— Tonggacha seni quchoqlab yotaman. Chunki bir kun kelib bu quchoqni kichkina qo‘llar bezaydi. Va bu, Zuhra, mening eng katta orzum.
Zuhra esa yuragida birinchi marta “yo‘q” emas, “balki” degan so‘zni his qilgandek bo‘ldi.
Hamma narsa orzudek bo‘ldi, deyish oson. Lekin men bilaman — bu yo‘lning har bir qadami iztirob, shubha, tushkunlik va umid bilan yo‘g‘rilgan edi. Kimdir baxtni tayyor holatda topadi, kimdir esa tirnog‘i bilan tirnab, o‘ziga qarab yetaklaydi. Men ikkinchisidandim.
Toxir akam hayotimga shunchaki kirib kelmagan — u meni hayotga qaytargan odam bo‘ldi. Unga qadar men yashayotgan emas, faqat nafas olayotgan edim. Endi esa har nafasimda shukr bor. Har ertalab uyg‘onsam, yonimda yotgan Toxir akamga boqib, “baxtim shu odamda” deyman.
U mendan ko‘p narsa yashirdi, ammo o‘sha sirlaridan ham muhimi — u meni hech qachon yolg‘izlatmadi. Uning muhabbati ba’zan keskin, ba’zan qo‘rqinchli, lekin har doim chin yurakdan edi. Meni hech kim bunchalik asramagan.
Men unga har kuni yangidan oshiq bo‘laman. Ko‘zimga tik qarab “meniki ekansan” degan nigohi uchun, kechasi meni quchib uxlagani uchun, hatto g‘azab bilan aytilgan “mening ayolimsan!” degan so‘zi uchun ham — men uni yaxshi ko‘raman.
Bu hikoya real. Bu mening hikoyam. Agar bir kun kelib, sevgingiz uchun kurashishga to‘g‘ri kelsa, qo‘rqmang. Chunki baxt ba’zan jasorat so‘raydi.
Men — Zuhra. Va men sevgim uchun kurashdim.
Hikoya shu yerda tugadi. Hozir ikki juftlik baxtli. O'qib shu yergacha kelganiz uchun hammangizga tashakkur