June 20

ᴘᴀꜱꜱɪᴏɴ 18+

Epizode 4

Taehyung(pov)

~ U seni tanishi uchun bor mahoratingni ko‘rsat, toki qarshisida kim turganini anglab yetsin. ~

Vaqt asta-sekin oqshomga yaqinlashib borardi. Quyosh ufq ortiga yashirinib, osmonni yorqin pushti rangli shafaqqa bo‘yadi. Minsu zinalarda o‘tirgancha, panjaraga suyanib, mudroq ko‘zlar bilan ularni kuzatib turardi.

Oromgohdagi bolalar
endi Taehyung ularni shunday ataydigan bo‘ldi — quvlashmachoq va to‘p o‘yinlarini o‘ynashardi.

To‘g‘ri, hamma ham emas, asosan yigitlar. Qizlar esa kiyimlari va yangi manikyurlarini buzishni xohlamasliklarini aytib, o‘yinga tushishdan uzil-kesil bosh tortishgandi.

Taehyung o‘zi maktab davrida oromgohlarga borganida qizlar doim birinchi bo‘lib o‘yinga intilishardi, bu yerdagilarni esa u mutlaqo tushunolmayotgandi.
Hatto yigirma besh yoshli yigitcha bo‘lishiga qaramay, Taehyung ham qo‘lida to‘p bilan o‘rtada turganlarning hammasini birma-bir o‘yindan chiqarish bilan band edi. Uning baland ovozdagi kulgisi va bolalarning norozi qichqiriqlari butun maydonga aks sado berardi.

Bugun ancha og‘ir va charchatadigan kun bo‘ldi, lekin baxtlariga, bolalar har bir qoidani tezda tushunib yetishdi.

Yagona g‘ashni keltiradigan jihat — ularning korpusidagi qizlar faqat Taehyungga e’tibor qaratishga urinishayotgan edi. Minsu unga biror narsani tushuntirish uchun yaqinlashishi bilanoq, qizlar darhol yigitchaning atrofini o‘rab olishar va uni suhbatga tortishardi.
Taehyung ularning bu makkorona rejalarini birpasda payqadi, ammo qizlarning o‘zlari buni hali sezishmagandi. U biroz chetga chiqib, o‘rniga boshqa bir yigitni tushishini so‘radi va telefonini chiqarib, uyqu vaqtini tekshirdi. Oyoqlari ixtiyorsiz ravishda uni Minsuning yoniga yetakladi va yigitcha og‘ir nafas olib, qizchaning yoniga o‘tirdi.

— Uh... mana buni o‘yin desa bo‘ladi, — yelkalarini ortiga tashlab, go‘zal osmonga tikilgancha to‘ng‘illadi u.
— Rosa terlab ketdim, mabodo men bilan dushga kirib, mening bu charchagan, qiynalgan tanamni yuvintirib qo‘yishni xohlamaysanmi? — u zaharxanda bilan pichirladi va shu zahoti Minsudan yelkasiga qattiq zarba yedi.

— Ovozingni o‘chirib o‘tira olmaysanmi? Sendan hech kim o‘ynashni ham, yonimga kelib bu bema’ni, uyatsiz gaplarni gapirishni ham so‘ragani yo‘q, — g‘azablandi qizcha. Taehyung esa o‘rnidan turishdan oldin uning yonoqlaridan chimchilab, uni burishishga majbur qildi va kulib uzoqlashdi.
Ortiga o‘g‘rincha nigoh tashlaganida, Minsuning qizarib ketgan yuzlarini ko‘rib, yigitchaning lablarida mamnun tabassum yugurdi. Uning so‘zlari qizchaga shubhasiz ta’sir qilayotgandi, shunchaki Minsu buni tan olishni istamasdi, xolos. Biroq uning xatti-harakatlari, yuz ifodasi va oddiygina qizargan yonoqlari uni butunlay fosh qilib qo‘yardi.

Atrof butunlay qorong‘u bo‘lguniga qadar o‘yinni davom ettirishdi. Minsu allaqachon zinalardan g‘oyib bo‘lgan, chamasi, tinchgina xonasiga kirib ketgandi. Hmm, bu yerda qandaydir sir borga o‘xshardi va Taehyung buni aniqlashi kerak edi.

— Qani, hamma shaxdam qadamlar bilan xonalariga, uyqu vaqti bo‘ldi! — deb baqirdi u hamma eshitadigan ovozda.
Yigitlar kelib, u bilan xayrlashish belgisi sifatida qo‘l berib o‘tishdi qizlarning ba’zilari esa so‘zning haqiqiy ma’nosida unga yopishib, belidan quchoqlay boshlashdi. Ular bunday yoshda juda erta va boshqacha o‘ylay boshlashgandi bu esa Taehyungning biroz asabiga tegdi. U o‘zi o‘smirlik davrida ham qizlarga hech qachon bunday yopishib yurmagandi.

— Qizlar, buni bas qilinglar. Men sizlarga uxlashga borishni aytdim, nega quloq solmayapsizlar? — so‘radi u ovozini imkon qadar vazmin va qat’iy chiqarishga urinib.

— Nega axir? Nahotki quchoqlashimizga qarshi bo‘lsangiz, Taehyung aka? Biz shunchaki bunday ajoyib birinchi kun uchun sizga minnatdorchilik bildirmoqchi edik, bizda hali hech qachon sizdek kelishgan yetakchi bo‘lmagan, — deb pichirladi guruhdagi eng injiq qizlardan biri bo‘lgan Soyun
— Men boshqa narsani nazarda tutdim. Shunchaki hamma ketdi, sizlar ham xonalaringizga kirishingiz kerak, — og‘ir xo‘rsinib dedi Taehyung.

— Bizni tekshirish uchun xonamizga kirasizmi? — umid bilan so‘radi qizlardan biri qolgan qizlar ham beixtiyor uning gapini ma’qullashdi.
Yigitcha rozi bo‘lgachgina, ular nihoyat undan uzoqlashib, ortlariga qaray-qaray yo‘lga tushishdi. O‘zaro pichirlashib borarkanlar, Taehyung ularning: "Shunday chiroyli tungi kiyim olganim bekorga ketmapti-da" degan gaplarini eshitib qoldi.

Tishlarini g‘ijirlatib, ularning ortidan yurdi va eng yuqori qavatdagi o‘z xonasiga ko‘tarildi. O‘yindan keyin uning badani zudlik bilan tetiklikni qumsayotgandi. Shuning uchun, xonaga kirishi bilan sochiqni oldi va to‘g‘ri yuvinish xonasi tomon yurdi.
Eshikni ochgan zahoti Taehyung joyida qotib qoldi.
Qarshisida Minsu ko‘zgu oldida faqatgina futbolkada va nihoyatda yupqa, deyarli shaffof ichki kiyimda turardi. Libosning nafis chizig‘i uning kelishgan va xushbichim qomati orasida ko‘zdan yo‘qolgandi. Bu manzaradan yigitchaning tomog‘iga achchiq bir tiqin tiqilib qoldi.

U chuqur nafas oldi va vujudida to‘satdan uyg‘ongan erkaklik hissini jilovlashga urindi. Minsu ko‘zgudagi aks orqali yigitchani ko‘rib, dahshatdan sapchib tushdi va shu zahoti ortiga o‘girilib, futbolkasini iloji boricha pastga tortishga harakat qildi.

— Seni eshik taqillatishga o‘rgatishmaganmi?! Agarda esingdan chiqqan bo‘lsa, yuvinish xonamiz umumiy! — g‘azablandi u, Taehyung esa uning bu holatidan ich-ichidan kuldi.

— Seni uxlab yotgandir deb o‘ylagandim, boz ustiga, hech bo‘lmaganda suvni yoqib qo‘ysang bo‘lardi-ku... Garchi, menga bu manzara juda yoqdi. Hech ham uyalmasang bo‘ladi, sening o‘sha chiroyli va latofatli qomatingni bajonidil tomosha qilishga tayyorman, — pichirladi yigitcha o‘z ovozini tanimay.

Uning ovozi tomirlarida oqayotgan cheksiz ehtiros va shahvoniy hislarga to‘lib ketgandek edi. Minsuning yuzi lovillab yonib ketdi, u o‘sha to‘liq lablarini ochib, chuqur nafas oldi.
— Hech ham o‘zgarmabsan, — pishilladi va qo‘llari bilan futbolkasini mahkam tutib, ortini berkitishga uringancha yigitchaning yonidan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi.
U Taehyungning yonidan suqulib o‘tishga urindi, biroq yigitchaning qomati ancha keng va baquvvat bo‘lgani sababli, qizchaning chiqib ketishiga yo‘l bermay to‘sib turardi.

— Meni o‘tkazib yubor, — ovozini balandlatib dedi u, Taehyung esa unga "shsh" deb ishora qildi.
— Sekinroq..! Bunchalik baqirma, bolalarning yarmi hali uxlab ulgirmagan — jilmaydi yigitcha, nigohini biroz pastga, uning nafis bo‘yin va kurak suyaklariga qaratib.
— Meni qo‘yib yubor, Taehyung. Men charchadim va juda ham uxlagim kelyapti! — to‘ng‘illadi qizcha.
— Xo‘sh, menga nima qilasan? Meni urasanmi? Yoki haqorat qilib, yana o‘sha esi kirmagan orangutan deb chaqirasanmi? Iye, to‘xta, sen meni o‘sha vaziyatda tasavvur qilishni yaxshi ko‘rarding-ku, — uning esiga soldi
Minsu esa qo‘llarini ko‘tarib, futbolkasini qo‘yib yuborgancha Taehyungni koksiga ura ketdi.
Lan’ati
Yigitcha beixtiyor ko‘zlarini pastga qaratdi. Endi u uning nafis vujudini, ha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sha yupqa mato ostiga yashiringan kichik uchburchak shaklidagi jozibani yaqqol ko‘rib turardi. To‘rsimon mato ortidan uning silliq va nafis a’zolari yaqqol ko‘zga tashlanardi.

— Aytganimdek, juda ham jozibali libos, — mayin va ehtirosli ovozda pichirladi va buning evaziga yana bir zarba yedi.
— Qarama la’nati! Senga nima bo‘ldi o‘zi, Taehyung!

Meni o‘tkazib yubor, surbet iflos! — deb baqirardi Minsu uning ko‘kragiga urishda davom etib.
Uning bu ojizona zarbalari yigitchaning ichidagi mutlaqo notanish bo‘lgan ehtirosni uyg‘otardi — uni o‘ziga burib, bag‘riga bosish va o‘sha chiroyli qomatiga mahkam yopishish istagi gup urib kelardi. Biroq u o‘zini zo‘rg‘a tiyib, shahvoniy hislar bilan kurashgancha bir chetga chekindi.
Minsu shu zahoti yuvinish xonasidan otilib chiqib ketdi va Taehyungni o‘z hayollari hamda shimlari ostida to‘laqonli uyg‘ongan erkaklik hissi bilan yolg‘iz qoldirdi.
"Men ahmoqman", deb tan oldi u ichida, lekin aslo afsuslanmadi. Bu haqiqatan ham unutilmas va go‘zal manzara edi, faqatgina u hozir qalbida paydo bo‘lgan bu hislarni mutlaqo tushunolmayotgandi.

Ilgari Taehyung Minsu bilan hech qachon bunday uzoq vaqt yolg‘iz qolmagandi, bu yerda esa bor-yo‘g‘i ikki kun ichida uning butun tanasi qizchaga nisbatan g‘alati va kuchli reksiya bera boshlaganini his qildi. U o‘zini boshqarish qobiliyati kuchli bo’lishiga qaramay hozir esa Minsu uning yonida bo‘lganida, ular yolg‘iz qolishganida va qizcha shunchalik begunoh ko‘ringanida, bu boshqaruv butunlay chilparchin bo‘layotgandek edi. Ba’zan uning nozik bo‘ynidan tishlagisi, barmoqlari bilan o‘sha jozibali qomatini mahkam quchgisi kelib ketardi.
U tezroq bu telbavor xayollardan xalos bo‘lishi kerak edi, aks holda bundan hech qanday yaxshilik chiqmasligi aniq edi.

~ O‘ylamay qilingan harakat hamma narsani ostin-ustun qilib yuborishi mumkin. ~

Ertalab budilnik chalinishidan ancha oldin ko‘zimni ochdim. Erta turishni unchalik xohlamayotgan edim-u, lekin kecha Minsuga tongda haqiqiy dars qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yishga va’da bergandim va buni amalga oshirishga qaror qildim.
Kecha u birinchi qadamni tashlab, ustimdan suv quymoqchi bo‘ldi, endi esa navbat meniki.

Karavotdan turib, ustimga hech narsa kiymay, shunchaki shimimni tortdim. Sumkamni titkilab, bir nechta tish pastasi va soqol olish ko‘pigini chiqardim.

O‘tgan kechaning xotiralari hamon xayolimda aylanardi. Uni yarim yalang‘och holatda, o‘sha nafis va jozibali qomatini ko‘rganim ko‘z oldimdan ketmasdi. Bu manzara shunchalik ehtirosli edi-ki, o‘zimni tiya olmay, yuvinish xonasida vujudimda uyg‘ongan erkaklik hissini o‘z qo‘llarim bilan tinchlantirishga majbur bo‘ldim.

Odatda o‘zimni jilovlash uchun bunday narsalarga ehtiyoj sezmasdim, ammo uning qomatiga bitta qarashning o‘zi vujudimda tushunarsiz va shunchalar kuchli ehtiros to‘lqinini uyg‘otib yuborgandi.

Dushdan keyin barbir qizlarning xonalarini tekshirishga to‘g‘ri keldi, chunki Minsu buni qilishni xayoliga ham keltirmayotgandi. U yuvinish xonasidan otilib chiqqanicha xonasiga qamalib oldi, men esa karavotda yotgancha uning bu holatidan jilmaysib qo‘ygandim.

Qizlarning xonalariga kirganimda, ichimda g‘alati bir nafrat va jirkanish hissi uyg‘ondi. Xonaga kirib, ularning uxlash holatini ko‘rib, yoqa ushladim. Qasam ichib aytamanki, ular deyarli kiyimsiz holatda yotishardi va buni nima maqsad ko‘zlab qilayotganlarini juda yaxshi bilardim. Qizlardan biri umuman uxlamayotgan ekan, u meni ko‘rib, go‘yoki ixtiyorsiz harakat qilayotgandek ko‘kraklarini siqib, to‘shakdan ataylab biror narsani tushirib yubordi va uning ochiq tanasi ko‘rinadigan darajada engashdi.
"Voy, kechirasiz, menga kiyimsiz uxlash qulayroq", deb pichirladi u. Men esa asabim buzilib, yuzimni burdim.

Agar ular shu yo‘l bilan mening e’tiborimni qozonmoqchi bo‘lishayotgan bo‘lsa, qattiq adashishadi. Ular mendan ancha yosh va men ularga g‘arazli nigoh bilan qarash niyatida emasman. Ustiga-ustak, mutlaqo notanish odamning qarshisida o‘zlarini qanday qilib bunday tutishlariga aqlim bovar qilmasdi.

Shuning uchun ham ichimda g‘alati bir sovuqlik paydo boldi-yu, boshqa hech qachon ularning xonasiga kirmaslikka o‘zimga so‘z berib, u yerdan chiqib ketdim.

Tong va lager budilnigi chalinishiga vaqt bor edi.

Sekin qadamlar bilan Minsuning xonasi eshigi oldiga keldim. Eshik dastasini ohista pastga tushirganimda, zo‘rg‘a eshitiladigan tovush chiqdi. Eshik g‘iyqillamay ochildi va men bildirmasdan ichkariga suqulib kirdim. Minsu karavotda qo‘llarini uzatgancha, bir oyog‘ini tizzasidan bukib uxlab yotardi. Ustida hamon o‘sha futbolkasi bor edi, ammo ichki kiyimini oddiy, qora ranglisiga almashtiribdi. Unda hech qanday ortiqcha joziba bo‘lmasa-da, baribir tanam bu manzaraga darhol reaksiya berdi.

Xonani uning bir maromdagi mayin nafasi to‘ldirib turardi. Uning karavoti sari qat’iyat bilan yaqinlashib, soqol ko‘pigining qopqog‘ini ochdim. Uni ajoyib tong kutmoqda. Unga bir necha santimetr qolguncha yaqinlashdim. Karavotdan nozikkina osilib turgan o‘ng qo‘lining kaftiga oppoq ko‘pikni to‘ldirib quydim.
Uxlashini qarang, yuzlari shunchalik begubor va go‘zal, qoshlari biroz chimirilgan bo‘lsa-da, bu uning chehrasiga o‘zgacha bir latofat bag‘ishlab turardi. Lablari yarim ochiq bo‘lib, xayolimni o‘g‘irlamoqchi bo‘lardi. Ko‘pikni qo‘yib bo‘lgach, tish pastasini ochdim va u uyg‘onib ketmasligi uchun nihoyatda ehtiyotkorlik bilan uning yuziga, yonog‘i chetiga surtdim.
Qaddimni rostlayotganimda ko‘zim uning shippaklariga tushdi.
Engashib, ikkala pushti shippagini ham ko‘pik va pasta bilan to‘ldirib tashladim. Yuzimda shaytonona tabassum yugurdi. Karavotdan uzoqlashib, barcha ashyolarni uning javoniga yashirdim. Ko‘zim yana uning latofatli qomatiga tushganida, ichimda unga teginish, uni bag‘rimga bosish istagi gup urib uyg‘ondi.
Tomirlarimda yana o‘sha qaynoq ehtiros to‘lqini gurilladi.

— Minsu, tur o‘rningdan! — deb bor ovozim bilan baqirdim.

Minsu qo‘rqqanidan sapchib turdi va beixtiyor qo‘li bilan yuzini urib yubordi.
Yuzidagi ko‘pik va tish pastasi aralashib, butun chehrasini rasvo qildi. Minsu bir ko‘zini zo‘rg‘a ochib, menga tikildi. Ko‘zlari g‘azab va nafratga to‘la edi. U karavotdan sakrab turib, oyoqlarini o‘sha bulg‘angan shippaklariga tiqdi.

— Axxx jin ursin seni lanati Taehyung !.. — deb baqirdi u menga vahshiy ko‘zlarini qadab.
Men eshik dastasini ushlagancha, uning xonasidan otilib chiqishga tayyor turardim va kulgimni tiya olmay qah-qah urib yubordim.
— To‘xta, la’nati orangutan!

Minsu shippaklarini otib yuborib, bulg‘angan oyoqlari bilan polga qadam bosdi. Sal qolsa sirg‘anib ketayozdi, ammo muvozanatni saqlab qoldi. Qo‘liga ilingan birinchi matoni olib, oyoqlarini artdi.
— Seni o‘ldiraman! Qanday hadding sig‘di bunga! — baqirib-chaqirib, men tomonga kela boshladi.

— Ikkinchi dars: uxladingmi, hushyor uxla, — kulib uning xonasidan chiqdim va o‘zimnikiga qarab qochdim.
Minsu ortimdan yugurib kelardi, u hamon orqamdan meni qanday qilib shafqatsizlarcha jazolashi haqida turli tahdidlarni baqirib aytardi.

Uning bu to‘polonchi, yuzlari bulg‘angan, sochlari to‘zg‘igan holatiga qarab zavqlanardim. Futbolkasi deyarli beligacha ko‘tarilib ketgan, uning silliq va oppoq bel qismini ochib turardi. Ko‘rinishidan ular juda yumshoq va nafis edi.

— To‘xta, orangutan! Seni o‘lgudek uraman! — baqirardi u menga yetib olishga urinib.
— Qani, urinib ko‘r-chi, mitti malika, — piching qilib, o‘zimni karavotga otdim.
Biz xuddi yosh bolalardek karavotlardan sakrab, xona bo‘ylab bir-birimizni quva boshladik. Minsu sekin-asta charchay boshladi, qadamlari avvalgidek tez emas edi, ammo u to‘xtamasdi. Menga jahl qilib, yuzidagi pastalarni mening yostig‘imga surtib tashladi, bu esa mening kulgimni battar qistatdi.
— Be-be-be, — uni masxara qildim.

Bir soniyaga o‘zimni yigirma besh yoshda emas, xuddi o‘n yoshli boladek his qildim. Bolalikdagi o‘yinlarimiz xayolimizga qaytgandek edi.
— Yo’qolib ket tushundingmi?! Surbet, orangutan va bu dunyodagi hamma yomon so‘zlar endi senga tegishli! — qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirib, xuddi kichkina qizchalardek yuzini o‘girdi u.
— Bu hali ikkinchi dars edi, xolos, — jilmayib, unga qarab shaxdam qadam tashladim. — Shunga xafa bo‘ldingmi? Bu hali boshlanishi...
Minsu to‘satdan tizzasi bilan sonimga qattiq urganida gapim og‘zimda qoldi. Xudoga shukurki, reaksiyam tez ekan, aks holda hozir eng nozik joyimdan qattiq zarba yegan bo‘lardim.

Tabassumim yanada kengaydi. Minsu qo‘llari va oyoqlari bilan ko‘ksimga tanamga ura boshladi, to‘g‘rirog‘i urishga urinardi.
Uning g‘azabga to‘la yuziga, nafratli ko‘zlariga va asabiylikdan qisilgan lablariga tikilib qoldim. Men bu holatdan shunchaki zavq olayotgandim, balki butun borlig‘im bilan shuni qumsagandirmon.
Qo‘limni ko‘tarib, uning nozik bo‘ynidan tutdim va boshini balandroq ko‘tarishga majbur qildim. Lablarim ixtiyorsiz ravishda uning lablariga gup urib yopishdi. Mitti malika birdan urishishdan to‘xtadi, butun tanasi taranglashib, qo‘llari yoniga tushdi. Uning ichidan chiqqan og‘ir nafasni eshitib, ichimda jilmaydim va qisilgan lablarini ehtiros bilan o‘pa boshladim. Kichkina kaftlari yana ko‘ksimga qo‘yilib, meni itarishga urindi, men esa lablarimni uning lablaridan bor-yo‘g‘i bir santimetr uzoqlashtirdim.
— Nima qilyap...
U so‘zini tugatolmadi, fursatdan foydalanib, uni yana qaytadan o‘pichlarimga g‘arq qildim. Bu safar uning lablari ochiq edi, ular lablarim ostida titrardi va men bundan mamnun bo‘ldim.

Bo‘ynidagi qo‘limni tushirib, uni belidan mahkam quchdim va tanasini o‘zimga tortdim. Minsu hamon qarshilik ko‘rsatishga, meni tishlab olishga urinardi.

— Qarshilik qilma, — pichirladim o‘pichlar orasidan bo‘g‘iq ovozda, balki bu buyruqdek eshitilgandir, aniq bilmayman.
Nega uni o‘pdim? Nega bu menga bunchalik yoqyapti?
Uning bir necha daqiqalik qarshiliklari nihoyat barham topdi. U lablarim orasida mayin ingrab, asta-sekin o‘pichlarimga javob qaytara boshladi, men esa entikib ketdim.

Qo‘llarim belidan sekin pastga sirg‘aldi va nihoyat uning o‘sha jozibali qomatini, latofatli va yumshoq a’zolarini kaftlarim bilan mahkam tutib, o‘zimga qarab yuqoriga ko‘tardim. Minsu ingragancha oyoqlarini belimga chirmab oldi. Uning qomati kaftlarim ostida shunchalar yumshoq va nafis ediki, tasvirlab berolmasdim. Uning nafis terisi haroratidan rohatlanib, barmoqlarim bilan uni erkalardim, qo‘llarim uning nozik kiyimi ostiga sirg‘alib kirdi.
Biz o‘pishardik va bu tuyg‘u go‘yoki butun bir abadiyatdek davom etayotgandek edi. Bir-birimizdan sarmast bo‘larkanmiz, uning vujudi tanamga qanday yopishib borayotganini, yalang‘och yelkalarimni qanchalik mahkam qisayotganini va uning jozibali qomati tanamda qanchalik mukammal o‘tirganini his qilib turardim.
Tashqaridan yangragan oromgoh budilnikining baland ovozi bizni bir-birimizdan ajralishga majbur qildi. Nafaslarimiz tez va qaynoq edi, uning lablari shishib ketgan, lablarimiz orasidagi ehtiros rishtasi asta uzildi. Biz hamon shu holatda turgancha bir-birimizga tikilib qoldik.

— Qo‘yib yubor... — pichirladi u va men uni qo‘yib yubordim.
Uning ovozi nihoyatda mayin, yonoqlari esa xuddi o‘sha shishgan lablaridek qizarib ketgandi. Minsu nigohini mendan uzmagan holda, qadam-baqadam mendan uzoqlashdi.
Men hamon hozirgina sodir bo‘lgan voqeaning shirin tumanida edim.
Men uni o‘pdim. Men la’nati Minsuni o‘pdim-a!