June 21

ᴘᴀꜱꜱɪᴏɴ 18+

Epizode 4

Minsu(pov)

~ O‘pish - bu oddiy hol, ammo o‘zing unchalik yoqtirmaydigan odam bilan o‘pishish - juda qaynoq va ehtirosli bo‘larkan. ~

Minsu hamon uning lablarining ta’mini o‘z lablarida his qilib turardi. Hamon uning tili o‘z og‘zida aylanganini, qo‘llari terisiga qanday teginganini sezar edi. Uning qanchalik sarmast bo‘lganini va o‘zining qanday taslim bo‘lganini butun vujudi bilan his qilardi. Taehyung bugun uni rosa bulg‘ab, yaxshi ko‘rgan shippaklarini rasvo qilganidan keyin kutilmaganda o‘pib oldi. U shunday ehtiros bilan o‘pdi-ki, go‘yoki suvsiz qolgan-u, Minsu esa uning intizorlik bilan kutgan havosi va bir qultum suvi edi.
Bularning hammasi shunchalik tushunarsiz ediki, buni qanday izohlashni ham bilmasdi.

Yigitcha hammasini shunaqangi kutilmaganda qildi-ki, qizcha uning bo‘yniga osilib qolganida tanasining qanchalar issiqligini sezdi. Albatta, ish buralib bunday tus olishini u mutlaqo tasavvur qilmagandi va hozir ularni chalg‘itgan budilnikka minnatdorchilik bildirishi kerakmi yoki uni so‘kib, buzilib qolishini tilashi kerakmi, bilmay qolgandi.

Taehyung bugun uni xonada yolg‘iz qoldirib, o‘z xonasiga qaytarkan, Minsuning butun vujudini tushunarsiz bir ganchlik va hayrat qamrab olgandi

Minsu(pov)

Men karavotda o‘tirgancha, hamon shishgan lablarimni va hayajondan olovdek yonayotgan yonoqlarimni qo‘llarim bilan paypaslardim. Bu o‘pich nihoyatda ajoyib edi, deb ayta olmayman, lekin uni yomon ham deyolmayman. Buni tan olish men uchun qanchalik qiyin bo‘lmasin, uning lablarini o‘z lablarimda his qilish tuyg‘usi, uning qo‘llari tanamni quchganidagi hayajondan aslo kam emasdi. Axir bu menda birinchisi edi

Taehyung nima qilishni va buni qanday amalga oshirishni juda yaxshi bilardi, shunday emasmi? U buni shunchaki o‘ylamasdan, tasodifan qildi deganga hech qachon ishonmayman.
Balki u mendan nimadir undirmoqchidir? Nimaligini ich-ichimdan sezaman, ammo bunga to‘liq amin bo‘lolmayman.

Korpusdagi tushlik uning ishtirokisiz o‘tdi. Taehyung pastga tushmadi, lekin bizning guruhdagi qizlar tinmay u haqida so‘rashdi.

Men ularga uning qayerdaligini bilmasligimni aytganimda, ularning yuziga g‘amginlik yugurdi.

Balki men ularga hamdardlik bildirib, Taehyungning tushmaganidan afsusdaligimni aytganimda haqiqiy ikkiyuzlamachi bo‘lgandirman?
Mening qora va sovuq qalbimning tubida Taehyungni bu qizlardan uzoqroq tutish vazifasi turardi.
Bu ularning ochiq kiyinishidan emas edi... Axir ular o‘z yoshlaridan kamida o‘n yosh katta fikrlashar, hech qanday uyatsiz, surbetlarcha Taehyung ularning xonasini qanday tekshirgani va qizlardan biri uning qarshisida deyarli kiyimsiz tushgani haqida gapirishardi.
Ha, la’nati! Aynan mana shu sabablar tufayli miyamda Taehyungni faqat o‘zimga tegishli bo‘lgan shaxsiy qafasimga qamab qo‘yish istagi tug‘ilayotgan edi.

Yo’q yo’q men Taehyung haqida bunday o‘ylamasligim kerak... Bizning o‘rtamizda o‘ziga xos dushmanlik bor va hech qanday o‘pich buni o‘zgartira olmaydi. Biz doimo oramizda bo‘lgan o‘sha masofani saqlashimiz shart. Biz bir-birimizga g‘animlik qilishda, bir-birimizni masxara qilib, haqoratlashda davom etishimiz kerak, ortig‘i emas!

Undan qolgan barcha xayollarni miyamdan chiqarib tashlashim kerak, biroq buni uddalay olmayapman o‘sha o‘pich haqida o‘ylashim bilan butun vujudim olov ichida qolmoqda.

— Bo’sa shunchalik yoqdimi xayollar ichiga g’arq bo’libsan — yoqimli kofe ifori ufurib turgan qaynoq pichirlash meni butunlay chulg‘ab oldi. Barmoqlarim ixtiyorsiz ravishda lablarimga tegib turganini sezib, cho‘chib tushdim. Qo‘limni shu qadar tez tortdim-ki, bu uning kulgisini qistatdi.

Taehyung yonimga o‘tirdi. U qo‘li bilan boshini suyagancha, mendan ko‘z uzmay tikilib, meni sinchkovlik bilan kuzata boshladi.
Ko‘ksimda nimadir qattiq siqilganini his qilib, yuzimni o‘girdim.
— Uyalyapsanmi? Ajoyib. Sening mana shu qip-qizil yonoqlaring menga juda yoqadi, — jilmaydi u. Men esa yuzimda paydo bo‘lmoqchi bo‘lgan tabassumni yashirish uchun ich-ichimdan lablarimni tishladim.
— Jim o‘tira olmaysanmi? Haqiqatan ham tinmay gapirishing shartmi? Shunchaki indamay o‘tirsangchi — to‘ng‘illadim ovozimni iloji boricha tahdidli chiqarishga urinib.
Men uzoqqa, guruhimizdagi bolalar piknik maydonchasini tozalayotgan tomonga tikildim. Ularni hech kim majburlamagan edi, buni o‘zlari xohlashdi va men ularga yo‘q deyolmadim.

— Nega axir? Nahotki shu qadar uyalayotgan bo‘lsang, hatto eslashni ham xohlamayapsan— piching qildi u va uning barmoq uchlari orqamga ohista teginganini his qildim, bu meni titratib yubordi.
— Bilasanmi, ichki tuyg‘uim menga bu bizning oxirgi bo’samiz emasligini aytyapti. Buni kundalik odatimizga aylantirsak nima deysan? Bilmadim-u, lekin lablarim senikini sog‘indi va men seni bajonidil tatib ko‘rgan bo‘lardim..ihmm.

Men yana qizarmaslikka urinib yonoqlarim va lablarimni tishlardim, ammo hammasi behuda edi. Pomidordek qizarib ketdim, butun tanamni qaynoq harorat qopladi. Shoshib joyimdan turdim-da, bolalarga qo‘shilish uchun qo‘limga qo‘lqoplarni tortdim. U bunday gapirmasligi, men esa bunga bunday reaksiya bermasligim kerak edi, bularning hammasi bunday bo‘lishi noto‘g‘ri! U o‘pich umuman sodir bo‘lmasligi kerak edi, men bunga yo‘l qo‘ymasligim va unga qarshilik ko‘rsatishim shart edi, lekin nega o‘shanda uning quchog‘ida shunchaki erib ketdim?

Taehyungning masxarali kulgisi ortimdan ta’qib qilib kelardi. U mening ichimda suyaklarimni qaqshatadigan tushunarsiz tuyg‘ularni uyg‘otayotgan edi. Buni tushuntirish qiyin — bu ham haddan tashqari yoqimli va yondiruvchi, shu bilan birga meni yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketgudek holatga solayotgan edi.

U buni ataylab qilyaptimi yoki shunchaki o‘ziga yoqqani uchunmi, chindan ham bilmasdim.

Men yerga o‘tirib, paketga eman yong‘oqlarini yig‘a boshladim, shu payt tepamda yana Taehyungning soyasi paydo bo‘lganini sezdim.

Lablarimni qattiq tishlab, menga xalaqit bermasligi uchun uni tizzasi bilan turtib yubordim, biroq u ketish o‘rniga yonimga o‘tirib, men bilan birga yig‘ishga tushdi.

— Bor, boshqa ish bilan shug‘ullan, menga xalaqit berma, — dedim g‘azablanib. U esa yo‘q degandek boshini qimirlatdi
— Nega axir lanati orangutan?
— Men bilan gaplashish uslubingni o‘zgartirishing haqida o‘ylayapman. Tanamga berayotgan reaksiyang va lablarim lablaringni ehtiros bilan o‘payotganida menga qanchalik yopishib olganingni hisobga olsak, mendan qochish eng yaxshi qaror emas deb o‘ylayman.

Aytgancha, bugun kechqurun biror film ko‘rsak-chi? Keyin esa seni yana o‘zimniki qilishimga ruxsat berasan. Va’da beraman, bu safar unchalik qo‘pol bo‘lmayman, — pichirladi u.

Shunda miyamga qon urib, o‘rnimdan sakrab turdim, hozir sog‘lom fikrlash darajasida emas edim.
Aynan shu aqldan ozgudek holat sababli qo‘lim beixtiyor havoga ko‘tarildi va soniyalar ichida Taehyungning yuzida tarsaki ovozi yangradi. Uning boshi bir siltandi, ammo yuzidagi o‘sha surbetona tabassum yo‘qolmadi. U shunchaki boshini silkib, go‘yo jag‘ suyaklarini yozayotgandek jag‘ini u yoqdan-bu yoqqa qimirlatib qo‘ydi.

Atrofdagi barcha bolalar birdan bizga tikilib qolishdi va o‘sha lahzada men nima qilib qo‘yganimni angladim.

Nafaqat bunday qattiq urganim va his-tuyg‘ularimni jilovlay olmaganim uchun, balki buni butun guruh ko‘z o‘ngida qilganim uchun uyatdan yonib ketayozdim.
Oyoqlarim ixtiyorsiz ravishda meni ortga burdi va men qayergadir yashirinish istagida daraxtlar orasiga qarab yugurdim.
Tanamdagi qaltiroq hamon bosilmasdi, xayollarim esa go‘yoki shunday bo‘lishi kerakdek miyamni to‘ldirib tashlagandi.

Menga haddan tashqari og‘ir botdi, tuyg‘ularimni boshqara olmay qoldim. Ulardan uzoqlashganimdan keyingina angladim-ki, uning kimningdir ko‘z o‘ngida mening hislarimni o‘yin qilishiga yo‘l qo‘ygandan ko‘ra, shu yerga qochganim ma’qulroq edi. U shunchaki kelib, meni o‘pishi, qulog‘imga uyatsiz so‘zlarni pichirlashi mumkin emas. Mumkin emas! Biz bular uchun yaratilmaganmiz, biz dushman bo‘lishimiz kerak, xolos.

— His-tuyg‘ularingni ko‘rsatishdan qochma, mitti malika.

Minsu(pov) Hali oromgohga kelganimizning uchinchi kuni edi, to‘g‘rog‘i uchinchi kun tugab borayotgandi. Ammo shu qisqa vaqt ichida juda ko‘p narsa sodir bo‘lganidan hayratda edim. Bularni qandaydir ulkan o‘zgarishlar demagan bo‘lardim, lekin hech bo‘lmaganda u bilan o‘pishishimizni, u menga o‘zining o‘sha sevimli, shafqatsiz so‘zlarini aytib, meni o‘zimdan chiqib ketadigan darajaga yetkazishini tasavvur ham qilmagandim.

~ Harakatlar doimo xayollardan ko‘ra tezroq sodir bo‘ladi. ~

— Tuyg‘ularing ustun kelayotganidan qochishga urinma, mitti malika, — ortimdan Taehyungning ovozi eshitildi. Men esa boshimni o‘girishga ham kuch topolmay, beixtiyor sapchib tushdim. U yonimga, qulagan daraxt tanasiga o‘tirdi va qo‘llarini tizzasiga qo‘ydi.

Men unga qaramayotgan edim, lekin uning nigohi menga qadalib turganini butun vujudim bilan his qilardim. Boshimni quyi solib, ko‘zlarimni ochishga ham botinolmasdim. Aslida men uni shunchaki asabiylikdan urib yuborgandim va bu ishim o‘zimga ham yoqmayotgandi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar tuyg‘ularimni jilovlashim kerak edi, lekin buni uddalay olmadim... Shunchaki o‘zimni tutib turolmadim, uning gaplari esa oxirgi nuqta bo‘ldi. Yonoqlarim hamon dahshatli olovda yonmoqda edi.

— Ket, — deb pichirladim, buni aytishga zo‘rg‘a kuch topib.
— Ketgim kelmayapti.

Men senga qochma dedimku xo‘sh, urgan bo‘lsang nima qipti? Ha, biroz og‘ridi, lekin buni nima ahamiyati bor? — jilmaydi u.
— O‘zingni xuddi meni birinchi marta urayotgandek tutyapsan, yoki to‘xtachi... Mening so‘zlarim senga shunchalik qattiq ta’sir qilyaptimi?

Yonoqlarim men tasavvur qilgandagidan ham battar lovillab, qizarib ketdi.

Taehyungning past ovozdagi kulgisi oramizda aks sado berdi, men esa hamon nigohimni yerga qadagan ko‘yi uni tizzasi bilan turtib yubordim.

— Oho, demak shunaqa! Sen hali go‘dak qizchasan senga ilgari hech kim bunaqa shafqatsiz va ehtirosli so‘zlarni aytmagan. Qara, qanchalik qizarib ketganingni o‘zing bir ko‘r, — kuldi u.
Mening esa yana o‘rnimdan turib, uning yuziga tarsaki tushirgim keldi.

Nafasim tiqilib qolgandi. Go‘yo bu menga uning borligidan qutulishga yordam beradigandek oyoqlarim ostiga sinchkovlik bilan tikildim, ammo buning foydasi bo‘lmadi. Nafasim bir maromga tushib, yuzimdagi qizillik asta-sekin, juda sekin yo‘qolguncha Taehyung yonimda o‘tirishda davom etdi.

— Kechir, — pichirladim nigohimni unga qaratib. Uning lablarida yana o‘sha g‘olibona tabassum yugurdi. U qo‘lini ko‘tarib, yonoqlarimdan chimchilab qo‘ydi va o‘rnidan turib, menga qo‘lini uzatdi.
— Nima? Senga hech kim qo‘lini uzatmaganmi? Unda men buni qilgan birinchi odam bo‘lishga roziman, — piching qildi Taehyung.
Men esa norozi pishillab, o‘z oyoqlarimda sapchib turdim.
— Senga tarsaki uchun uzr so‘raganim, ertaga sendan o‘ch olmayman degani emas, — ko‘zimni qisib javob berdim va ataylab qomatimni jozibali tebratgancha yana guruhimiz tomon yurdim.

Ular tozalash ishlarini davom ettirishayotgandi, ammo men yaqinlashishim bilanoq qizlarning g‘azabli nigohlari menga, so‘ngra ortimda turgan Taehyungga qadaldi. Menga shunday tuyuldimi yoki bir guruh qizlar haqiqatan ham menga nafrat bilan tikilishayotgandi?
Bilasiz-ku, o‘sha rashkdan tug‘ilgan tanish nafrat... Dugonalarim o‘z yigitlarining yoniga boshqa qizlar yaqinlashganda doim shunday qarashardi, shuning uchun bu nigohni juda yaxshi taniyman.

Taehyungning qo‘li kutilmaganda belimga ohista tegdi, u barmoqlarini umurtqam bo‘ylab pastga sirg‘atib, yubkamning rezinkasiga yetkazdi. Butun tanam taranglashib, ichimdan og‘ir nafas chiqdi va men darhol undan nariga sakradim. Uning piching bilan jilmayib, hatto norozi ohangda pishillaganini eshitdim. Men ortimga o‘girilib, uning chaqnab turgan ko‘zlariga qaradim-da, unga tilimni, ketidan esa o‘rta barmog‘imni ko‘rsatdim.

Ichimda undan buni nima maqsad ko‘zlab qilayotganini so‘rash istagi telbalarcha tug‘ildi, biroq tilim aylanmadi. Undan yuzimni o‘girib, o‘tirib ishlaydigan joy qidira boshladim. Baribir bekor o‘tirish unchalik yoqimli emasdi.

Biz bo‘linib oldik. Taehyung bochkalar va to‘mtoqlarni tashishga yordamlashar, qizlar esa xazonlar va har xil chiqindilarni yig‘ishar edi. Atrofda odamlar ancha ko‘payib qolgandi, chunki boshqa guruhlarning yetakchilari ham o‘z bolalari yordam berishni xohlayotganini aytib, bizga qo‘shilishdi. Quvonchimning cheki yo‘q edi, chorshanba kuni hashar qilishga qaror qilgandik va bunga butun oromgoh qo‘shildi, ilgari bizda bunday bo‘lganini eslolmayman.

— Salom Ismingizni bilsam bo‘ladimi? — yonimga o‘tirib pichirladi bir yigit.

Boshimni o‘girdim, uni tanimadim, demak u boshqa guruh va boshqa korpusdan edi.

— Salom. Ismim Minsu, seniki-chi? — pichirladim unga tanishuv belgisi sifatida samimiy jilmayib.

— Meni Ayren deb chaqirishadi. Agar qarshi bo‘lmasangiz, sizga yordamlashib yuborsam? — so‘radi u.
Men esa yonimdan joy ko‘rsatib, bosh irg‘adim.
— Jahlingiz chiqmasin yoshingiz nechada?
Shunchaki qaysi qizdan so‘ramay, hammasi yoshini yashiradi.
— Oh. Yigirma uchdaman, — xotirjam javob berdim, ammo shu lahzada kimningdir o‘tkir nigohi ortimdan go‘yo teshib yuborayotgandek qadalganini his qildim.

Ortimga o‘girildim, lekin u yerda bunday qaraydigan hech kimni ko‘rmadim. Yana ishimga qaytib, o‘sib ketgan begona o‘tlarni yula boshladim.

— Ajoyib, men esa o‘n sakkizdaman, yaqinda o‘n to‘qqizga to'laman. Bu yerda anchadan beri ishlaysizmi? Chunki sizni ilgari bu yerda ko‘rmagan edim, — pichirladi Ayren.

Men esa xuddi sodda qizchalardek jilmayishda davom etib, unga qaradim.
— Men shunchaki amaliyot o‘tayapman. Meni doimiy ishga qabul qilishadimi yoki yo‘qmi, hali bilmayman. Nega qiziqib qolding? — so‘radim.

U esa ixtiyorsiz ravishda ensasini qashib qo‘ydi.
— Shunchaki qiziq-da. Agar qarshi bo‘lmasangiz va yoshdagi farqni muammo deb hisoblamasangiz, siz bilan yaqindan muloqot qilishni xohlardim, — javob berdi
Men biroz qoshlarim chimirib so’ng mayli degandey bosh qimirlatib quydim holos

U menga indamay yordamlashar, ba’zida nimadir so‘rasa, men unga xushmuomalalik bilan javob berardim. Ammo hamon o‘sha o‘tkir nigohni ustimda his qilib turardim, faqat kim qarayotganini topolmasdim.
Ichimda qandaydir g‘alati va tushunarsiz tuyg‘u uyg‘ondi, lekin boshimni siltab, bu fikrni quvdim. Ko‘ksimda nimadir qisildi, bo‘ynimdagi tuklar esa go‘yo hozir biror ko‘ngilsizlik sodir bo‘ladigandek tikka bo‘lib ketdi, ammo aynan nimaligini tushunolmasdim.

— Diqqat! Hamma kechki ovqatga, qolganini ertaga tugatasizlar! — mikrofon orqali kimdir baqirdi va bolalarning norozi ovozlari eshitildi. Ular tozalash ishlariga shunchalik berilib ketishgandiki, hatto ketishni ham xohlashmayotgandi.

Hamma juda sekin, shoshilmasdan ishlarini ertaga qoldirib, oshxona tomon yura boshladi. Mening unchalik ishtaham yo‘qligi sababli shoshilmayotgandim, xonamda o‘zim bilan olib kelgan yeguliklarimni yeb olsam ham bo‘laverardi.

Ayren xuddi tansoqchimdek ortimdan ergashib kelardi. Uning bo‘yi baland edi, ammo u Taehyungchalik baquvvat va keng yelkali emasdi. Agar Taehyung meni quchoqlari bilan xuddi pilladek o‘rab ololsa, Ayren buni uddalay olmasdi. Nega men umuman ularni taqqoslayapman? Bu juda ahmoqlik, shunday emasmi?

— Kechki ovqatga borish aytildi. Sen boraver, men u bilan gaplashib olishim kerak, — yonimda paydo bo‘lgan Taehyung hayollarimni bo‘lib, qo‘pol ohangda gapirdi.

Boshimni ko‘tarib, uning Ayrenga tikilib turgan qora va vahshiy ko‘zlariga duch keldim.

— Ha, albatta. Xayrli tun, Minsuya ertagacha, — Ayren jilmayib, Taehyungga bosh irg‘adi va ortiga o‘girilib ketdi.

Taehyungning ulkan qomati butun atrofni to‘sib qo‘ygandi, u go‘yo meni faqat va faqat o‘ziga tikilishga majbur qilayotgandek edi. Qoshlari chimirilgan, ko‘zlari qisilgan, lablari esa bir chiziq bo‘lib chizilganfi
— Nima? — so‘radim qoshlarimni chimirib.
— U menga yoqmayapti, u bilan gaplashma, — dedi u o‘sha bo‘g‘iq ovozida.

— Nima deding? Kim bilan gaplashishni sen hal qilmaysan. Haddingdan oshma, xo‘pmi? — qo‘llarimni ko‘kragimga chalishtirib, g‘azablandim

Uning baquvvat qo‘llari belimga qo‘yildi va keyingi soniyada tanam uning bag‘riga mahkam qisildi. U qulog‘im ostida qaynoq nafasi bilan pichirladi:
— U bilan gaplashma, mitti malika, buning oqibati senga yoqmaydi.
Taehyung (pov)
Ayren! Bu yigitcha menga umuman yoqmayapti. Unga qanchalik e’tibor bermaslikka urinmayin, u haqida yaxshi fikrga borolmayapman... Unda qandaydir sir borligini sezyapman, ammo hozircha buni aniq bilmayman va bu holat asabimni buzmoqda.
Minsu mening gaplarimga mutlaqo quloq solishdan bosh tortdi va o‘z ishingni qil degandek meni uzoqlashtirdi.
Men esa yaqin orada u o‘z fikridan qaytib, bu la’nati so‘zlarini qaytarib olishini juda yaxshi bilganim uchun shunchaki jilmayib qo‘ydim, faqat bu aynan qachon sodir bo‘lishi so‘roq ostida edi.
Men xonaning o‘rtasida u yoqdan-bu yoqqa yurib, Minsuning yuvinish xonasidan chiqishini va u bilan gaplashishni kutardim. Bugun bizda deyarli vaqt bo‘lmadi, to‘g‘rog‘i, yolg‘iz qolib, xotirjam gaplashishga imkon topolmadik. Ammo hozir, vaqt yarim tunga yaqinlashayotganida, men bu suhbatni boshlashga tayyorman.

Meni nima bunchalik hayajonga solayotganini bilmayman, lekin bu tuyg‘u menga yoqyapti. Bugun kun bo‘yi Minsuning ko‘rinishidan zavqlanib yurdim.

Uning uyatdan qizargan yonoqlari shunchalar go‘zal ediki, bu menga cheksiz zavq bag‘ishlardi. Shuningdek, ularning nega qizarganini ham juda yaxshi bilaman va suhbatdan tashqari, mening yana bir aniq maqsadim bor — uning o‘sha yonoqlarini qaytadan qizartirish.
Uni masxara qilish menga yoqadimi? Ha. Biroq, g‘alati harakatlar, shunday emasmi? Lekin menga baribir. Men unga men bilan qanday yashash kerakligini ko‘rsatib qo‘yaman.

Men bilan yashash? Nega men xuddi uni hayotimga, butun borlig‘imga kiritmoqchidek
gapiryapman?

Biz kabi insonlar uchun bu normal holatmi? Bizning o‘rtamizdagi munosabatlar uchun-chi? Bilmayman. Ammo negadir bu menga hech qanday muammo tug‘dirmayapti. Hatto bugun Minsuning ortidan xuddi bir daqiqa ham bo‘sh qo‘ymaydigan la’nati stalkerdek nafrat bilan kuzatganimni ham inkor etolmayman.

Yuvinish xonasining eshigi ochildi. Minsu u yerdan tungi kiyimi o‘rnini bosuvchi o‘sha futbolkasida, faqatgina ichki kiyimda chiqib keldi. Sochlarini yuvgani uchun boshiga sochiq o‘rab olgan, oyoqlarida esa toza, mayin pushti shippaklari bor edi. Ko‘zlarim beixtiyor uning butun tanasi bo‘ylab sirg‘alib, o‘sha oppoq va latofatli qomatiga qadaldi — vaqti kelib u yerda mening izlarim qolishi aniq edi.

Bu xayollardan yuzimda surbetona tabassum uyg‘ondi va men yana nigohimni uning qora kozlariga qaratdim. Minsu ham qo‘llarini beliga qo‘ygancha, qoshlarini chimirib menga tikilib turardi. Nega bu manzara shunchalik begubor va ehtirosli ko‘rinmoqda? Nahotki men uning har bir turishi yoki o‘tirgan holatini ham shahvoniy hislar bilan qabul qila boshlagan bo‘lsam?

— Balki nihoyat meni o‘tkazib yuborarsan? — so‘radi u, mening nigohim esa yana ixtiyorsiz ravishda uning oppoq oyoqlariga silliq sirg‘aldi. Haddan tashqari mukammal.
— Mm, yo‘q, — pichirladim devorga suyanib, unga surbetlarcha tikilishda davom etarkanman.
Miyamdagi suhbat yoki boshqa narsalar haqidagi barcha xayollar bir lahzada uchib ketdi. Minsu og‘ir xo‘rsinib, lablarini tishlagancha o‘z xonasi tomon yurdi. Men esa uning har bir qadamida tebranayotgan jozibali qomatidan ko‘z uzmay ortidan ergashdim.
Tomog‘im qurib, og‘zimga so‘lak keldi. Ichimda yana o‘sha qaynoq alanga gurillab, butun tanamni taranglashtirdi va men qaytadan kuchli ehtiros azobini his qildim.

— Sening o‘z xonang bor, yo‘qol bu yerdan, men uxlamoqchiman, — norozi ohangda dedi u,
lekin men buni eshitmagandek edim. Shaxdam va uzun qadamlar bilan uning karavotiga yetib bordim va o‘zimni to‘shakka otdim.
— Nimalar qilyapsan o‘zi? Tur o‘rningdan.
— Mmm, yo‘q. Bu kechani baxtimizga sen bilan birga, bitta karavotda o‘tkazaman, buni haqiqat sifatida qabul qil, mitti malika, — xotirjam javob berdim.
Uning lablari hayratdan yarim ochilib, ko‘zlari ham hayratdan katta-katta bo‘lib ketdi.
— Bu nima deganing yana? Sen bunga haqli emassan, bu normal holat emas! — qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirib baqirdi u. Men esa jilmayib, yuzimni uning yostig‘iga bosdim.
Nilufar guli va shokolad. U la’nati nilufar va shokolad hidini taratardi. Nega bu ifor shunchalik yoqimli? Xudoyim... Hozir aqldan ozaman.
— Kimdir, ya’ni o‘sha "kimdir" deganda seni nazarda tutyapman, mening karavotimni tish pastasi va soqol ko‘pigi bilan rasvo qildi. Yangi choyshablarim hali kelmagan, eskisi esa yuvishda. Quruq matrasda uxlashni unchalik xohlamayman, shuning uchun bu muammoning eng yaxshi yechimi — aybdorning o‘zi bilan birga bitta karavotda uxlash deb hisoblayman, — jilmayib gapirdim. Uning yuzi battar chimirildi, u qo‘llarini musht qilib, menga tahdidli tikildi.
— Hali men aybdor bo‘ldimmi? Agar sen boshlamaganingda, men sening ortingdan yugurib, o‘ch olmagan bo‘lardim. Agar sen bo‘lmaganingda, meni o‘pishingga yo‘l qo‘ymasdim!
U hozirgina nima deb yuborganini anglab, birdan to‘xtab qoldi. Mening yuzimdagi tabassum yanada kengaydi, uning chehrasi esa battar qorong‘ulashib, yonoqlari yana o‘sha qip-qizil tusni oldi.

Karavotda qaddimni rostlab, o‘tirgan holatga keldim va uning bu holatini mamnuniyat bilan kuzata boshladim. O, ha. Men hali hech narsa qilganim yo‘q, u esa allaqachon la’nati darajada qizarib, yonib ketmoqda edi.

— Meni o‘pishingga yo‘l qo‘ymasdim, deysanmi? — uning so‘zlarini ohangdor takrorlab so‘radim. U esa boshini silkitib, garchi men joyimdan qimirlamagan bo‘lsam ham, o‘zini himoya qilgandek qo‘lini oldinga cho‘zdi.
— Unut buni. Men boshqa narsani nazarda tutgandim... Umuman olganda, men tinchgina yotib, serial ko‘rmoqchi va chips yemoqchi edim.

Sen bilan bunday xavfli masofada bo‘lishni xohlamayman, sening nima qilib qo‘yishingni hech kim bilmaydi, — to‘ng‘illadi u dahanini baland ko‘tarib.
— Mening nima qilib qo‘yishimni hech kim bilmaydi, deysanmi? — uning so‘zlaridan yana bir bor lazzatlanib so‘radim, u esa asabiylashib yuzini burdi.

— Ayren bilan gaplashma.

Uning bir maromdagi ovozi shunchalar vahshiy qat’iy yangradiki, go‘yo bu so‘zlarga e’tiroz bildirib bo‘lmasdi. U hozirgina menga buyruq berdimi? Ammo uning menga buyruq berishga nima haqqi bor?
Men kim bilan va qanday gaplashishni o‘zim mustaqil hal qila olaman. Taehyung men uchun hech kim, shunday ekan, men hech qachon unga bo‘ysunishga majbur emasman.
— Nima deding? — deb qayta so‘radim, u mening karavotimda yotgancha ko‘zlarimni uning qomatidan uzolmayotganimni yashirishga urinib.
— Ayren bilan gaplashma deyapman. Bu mening shartim, — jilmaydi u.
Men esa hayratdan og‘zimni ochib qoldim.
Nahotki inson bir vaqtning o‘zida ham shunchalik hukmron, ham shunchalar asabga teguvchi bo‘la olsa? O‘zi Ayren unga nima yomonlik qildi-ki, kechki paytdan beri tinmay uning nomini takrorlaydi?

— Yo‘q. Men o‘zim xohlagan odam bilan gaplashaman, — qo‘llarimni koksimga chalishtirib to‘ng‘illadim. Bu harakatim tufayli futbolkam biroz ko‘tarilib, silliq va oppoq bel-u sonlarimni uning nigohiga battar ochib berayotganiga parvo ham qilmadim.

— Bunga aminmisan? — so‘radi u. Uning ovozi yanada pastlab, bo‘g‘iq tus olgandek edi. Uning qop-qora qoshlari chimirilib, peshonasida mayda chiziqlar paydo bo‘ldi.
— Ha, aminman. Mening o‘rnimga nima qilishni yoki kim bilan gaplashishni hal qilishga mutlaqo haqqing yo‘q. Men yosh bola emasman va o‘z hayotimni o‘zim belgilayman, — gapimda davom etdim. Uning yuzida g‘alati tabassum yugurdi, biroq indamadi.
Oramizga cho‘kkan uzoq daqiqalik sukunatdan so‘ng og‘ir xo‘rsinib, sumkamdan chipslarni va telefonimni oldim-da, tugallanmagan serialimni yoqdim. Taehyung men yoniga yotishim uchun karavotning devor tomoniga surildi.
Uning mening xonamda qolishga, hatto shu yerda tunashga qanchalik haddi sig‘ayotganiga umuman aqlim bovar qilmasdi.

Xo‘sh, uning choyshablarini rasvo qilgan bo‘lsam nima qipti? Bunga uning o‘zi aybdor! Agar u mendan qochmaganida, men uning ortidan quvib, o‘ch olmagan bo‘lardim. Agar u boshlamaganida, men unga o‘zimni pastasini sochimdan va shippagimdan arang artib tozaladim-ku!

Taehyung qimirlamay yotardi. Men uning yoniga cho‘zildim, ko‘ksimda g‘alati bir taranglik va hayajon bor edi. Ko‘rpa ostiga kirib, serialni tomosha qila boshladim, biroq bo‘ynim orqasida uning qaynoq nafasini sezib turardim.
— Rostdan ham shunaqa bachkana va yig‘loqi narsalarni tomosha qilasanmi? — norozi ohangda gapirdi u. Men unga qaradim.
— Yoqmasa, yo‘qol xonangga. Seni hech kim birga ko‘rishga taklif qilgani yo‘q, — dedim zardali ohangda. U esa go‘yo men unga og‘ir botadigan gap aytgandek norozi pishillab qo‘ydi.
Biz indamay tomosha qilishda davom etdik. Bir ozdan so‘ng Taehyungning boshi ohista mening yelkamga qo‘yildi. Men qanchalik e’tiroz bildirmayin, u "buning hech qanday yomon joyi yo‘q" deb ovozimni o‘chirib qo‘yardi. Oxiri taslim bo‘ldim va telefondagi sahnalarga tikildim.
— Nega mening gapimga quloq solishni xohlamayapsan? — so‘radi u kutilmaganda.
— Nega senga quloq solishim kerak ekan? Men u bilan gaplashishni xohlayman, yoshi mendan kichik bo‘lsa ham, u juda xushmuomala yigit. Nega u bilan gaplashishimni istamayapsan, axir biz hatto sevishganlar yoki do‘st ham emasmiz-ku, — qarshilik ko‘rsatishda davom etdim men. U esa norozi uf tortdi.
— U menga yoqmayapti.
— Bu sabab emas, Taehyung. O‘zingni xuddi yosh bolalardek tutyapsan, — pishilladim men.
— Men uchun bu yetarli sabab. Agar bu seni qoniqtirmasa, bu mening muammom emas.
Lablarim mahkam qisildi. Yana u bilan janjallashib ketmaslik uchun ko‘zlarimni bir muddat yumib turdim. Taehyung ham boshqa gapirmadi, go‘yo bunga to‘la haqli bo‘gandek yelkamda boshini qo‘ygancha yotaverdi.
To‘satdan uning qaynoq va baquvvat qo‘li mening sonimga qo‘yildi. Barmoqlari asta-sekin, ammo qat’iyat bilan terimni erkalay boshlaganida, butun tanamga titroq yugurdi va og‘zimdan beixtiyor entikish ovozi chiqib ketdi.

— Nimalar qilyapsan? Qo‘lingni tort, — deb buyurdim, ammo u eshitgisi kelmadi.

Uning qo‘li sekin-asta yuqoriga sirg‘alib borar, men uning haroratini ichki kiyimimga bor-yo‘g‘i bir necha santimetr qolganida his qilib turardim.
Taehyung boshini shunday burdi-ki, burni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mening bo‘ynimga taqaldi. Uning qaynoq nafasi tomirimni tezlashib urishga majbur qildi.

— Taehyung! — g‘azablanib uni ko‘ksidan itarishga urindim, ammo u meni o‘ziga bo‘ysundirish uchun haddan tashqari baquvvat va kuchli edi.
— Menga tegma! Men senga hech qanday teginishlar bo‘lmaydi degandim-ku!
— Sen mening shartimga ko‘nmading, nega unda men senikiga ko‘nishim kerak? — pichirladi u va uning tishlari terimga ohista botdi.
Men ingrab yubordim va telefonni bir chetga otib, u bilan kurasha boshladim. Uning qo‘li hozirgina mening eng nozik va yashirin joyimga, ichki kiyimimning yupqa matosi ostiga yetib borayotgandi. Men uning ko‘ksiga urardim, ammo bu uning jozibasini va ehtirosini battar kuchaytirardi, xolos.
— Taehyung... — deb yolvordim.
U bo‘ynimga yopishgancha mayin va sezilarli-sezilarsiz o‘pichlar bilan iyagimga ko‘tarilib, past ovozda kulib qo‘ydi. Yuzidagi mayda soqollari terimni qitiqlar va tirnar edi. U yuzimdan, so‘ng lablarim chetidan o‘pdi-da, boshini ko‘tarib ko‘zlarimga tikildi.

Menga shunday tuyuldimi yoki uning ko‘zlari yanada qorayib ketgandimi? Yo‘q, menga tuyulmadi. Uning nigohi haqiqatan ham qop-qora tus olgandi va eng dahshatlisi, u yerda zarracha bo‘lsin shafqat yoki mayinlik asorati yo‘q edi.

— Men bilan hisoblashishni va u bilan gaplashishni bas qilishni xohlaysanmi? — so‘radi u qoshini chimirib.
— Hech qachon, men sening aytganingni qilmayman... oh! — Taehyungning qaynoq va baquvvat kafti ichki kiyimim ustidan butunlay eng nozik joyimni yopib, mahkam qisganida xayollarim chil-chil bo‘ldi.
Ko‘zlarim hayratdan katta-katta ochilib ketdi, men uni itarib yuborishga urinib yelkalaridan tutdim. Unga buni bas qilishini aytmoqchi bo‘lib lablarimni ochdim, ammo so‘zlarim og‘zimdan chiqmadi — u lablarimni o‘z lablari bilan shunday shafqatsizlarcha yopdi-ki, go‘yo bunga mutlaqo haqli edi.

Davomi istasangiz reaksiya va komentda o’z fikringiz yozib ketinglar jononlarim❤️