SHOW ME HAPPINESS[MENGA BAXTNI KORSAT]
[1-EPIZODE]—Uning lablarida yolg‘on yashardi… lekin men baribir o‘sha yolg‘onni labim bilan muhurladim.
Katta yo‘lda harakat zich edi. Lekin quyosh nurlarida chaqnab, boshqa mashinalar orasida ajralib turgan kulrang Genesis GV80 darrov ko‘zga tashlanardi. Uning old o‘rindig‘ida tim qora ko‘zoynak taqib olgan, salobatli yuzi jiddiy tusga botgan yigit – Koreyadagi eng xavfli guruhlardan biri bo‘lgan "Yetimlar" to‘dasining a’zosi Kim Taehyung o‘tirardi. Rulda esa yuragi gupillab, betoqat holatda haydayotgan, ichki titroqdan zo‘rg‘a o‘zini tutib turgan yigit – Sam edi.
— Janob, qayerga ketayapmiz?
— Sen jimgina, men aytgan yo‘nalish bo‘yicha hayda, Sam.
— Hop, janob...
Ular yana o‘n daqiqa davomida yo‘l bosib, oxiri katta yo‘ldan chekinib, balandlik sari burilishdi. Tepaga yetib kelishgach, manzara odamni jim qoldirardi: pastlikda ko‘m-ko‘k dengiz yaltirab yotar, tepalikdan qaraganda uning shovqini yurakni junbishga solardi. Bu yerdan dengizga sakrash uchun kamida to‘rt-besh yuz metr pastga qulash kerak edi. Sam atrofga qaradi. Atrofda jon zoti yo‘q edi. (Yuragidagi vahima tamoman yuziga chiqdi.)
Birdan yelkasiga tushgan qattiq, sovuq kaftdan junbushga tushib ketdi.
— Qani, Sam. Tushamiz.
— Hop... janobim.
Taehyung qo‘llarini cho‘ntagiga solganicha balandlikning eng chekkasiga yurib bordi. Pastga qaradi. Dengiz chayqalardi. (U jim edi. O‘zicha o‘ylagancha nigohini sokinlikka qadagan.) Sam ham unga ergashib keldi. Qorquvdan titrayotgan edi. Go‘yoki katta ayb qilgan bola kabi yerga tikilib turardi.
— Hm, Sam. Bu joy senga yoqdimi?
— Albatta, janob... Juda go‘zal. Ayniqsa dengiz to‘lqinining ovozi... Eng ajoyibi – biz hozir balanddamiz.
U gapirar, Taehyung esa qo‘lini beliga qo‘ygancha unga qattiq nazar tashlab turardi. (Sam gapirayotgan chog‘da, Taehyungning muzdek nigohi uni ter bosishiga majbur qilardi.)
Birdan orqa tomondan yana bir mashina yetib keldi. Ichidan qora kostyumda, yoshi o‘ttizlardan oshgan bir erkak tushdi.
— Bolakay, aynan shunday chiroyli joyni tanlash shartmidi?
— Shart edi, Beom. Shunaqa kelishgan Samga boshqa joy yarashmaydi.
Bu gapni eshitgan Sam allaqachon vaziyatni tushungandi. Ovozi titrab, yuragi o‘z joyidan chiqay deyotgandi. Birdan Taehyungning oyog‘i ostiga tiz cho‘kib iltijo qila boshladi.
— Kechiring... Iltimos, meni kechiring!
— Seni nimaga kechiray, Sam? Ayting-chi?
— Axir... sizni akam deb bildim. Faqat bir marta... bir marta hayotimdan o‘ting, iltimos!
Taehyung labini tishlab, yuzida asabiylik bilan Samni yuziga tepdi. Yiqilgan yigit og‘riqdan bukchaydi. Ammo yana turolmay, Taehyungning oyoqlari tagiga boshini qo‘ydi.
— Politsiyaga biz haqimizda nima deding, Sam?
(Sam esa, allaqachon ko‘z yoshlariga bo‘kkan, ovozi bo‘g‘iq edi.)
— Arzimagan gaplarni aytdim. Aka, bilasiz-ku... bu yerdagi yashashim nolegal. Politsiya meni qamalish bilan qo‘rqitdi. "Agar 'Yetimlar' haqida ma’lumot bersang, sening ishing yopiladi" dedi ular.
— Nima deding?
— Hammani biladigan narsalarni... Yetimlar besh nafar asosiy odamdan iborat, boshida Kim Sangwoo borligini... xolos.
Taehyung chuqur nafas oldi. (Yumilgan ko‘z orqasida ichi o‘rtanayotgandi.) Keyin birdan kulib yubordi. Bu kulgi eshitib bo‘lmaydigan, o‘lgudek telbanamo edi. Birdan Samning yoqasidan tutib turg‘azdi-da, qichqirdi:
— Yana nima demoqchiding, ha? Shu gaplar oddiymi? Hiyonatning jazosi nima bo‘lishini sen yaxshi bilasan-ku?!
— Yoq, aka! Iltimos! Endigina yigirma beshdaman... Iltimos, bir marta... kechiring.
Taehyung hech narsa demasdan, mashinasiga yo‘l oldi. Beomga nigoh tashladi. (Ko‘z ishorasi aniq edi: "Uni tugat.")
— Aka! Qulingiz bo‘lay, o‘ldirmang... iltimos...
O'q Samning o‘ng ko‘zidan kirib, orqa tomonidan chiqdi. Bir soniyada jon berdi. Uni tepaga olib kelgan tepalikdan, to‘g‘ri dengiz bag‘riga qulab tushdi. Taehyung esa biror daqiqa ham afsus chekmadi.
— Hiyonatning jazosi o‘lim. Boshqa chora yo‘q.
— Bechora bola... yosh ketdi. Nima deb o‘ylaysiz, janobim, bu yigit sog‘lommidi?
— Nimalar deyapsan, Beom?
— Yetimlar haqida bilmagan odam bormi Koreyada? Bu bola bilgan holda xiyonat qilganmi, yo kasalmidi, yoki shunchaki tentakmidi – bilmiman.
— Axmoqona gaplarni bas qil. Mehmonxonaga qaytamiz.
— Xo‘p, janobim.
Ikki erkak mashinaga o‘tirdi. Balandlikda sodir bo‘lgan voqeani ortda qoldirib, u yerdan jo‘nab ketishdi.
Taxi “HOTEL NOCTURNE” oldida to‘xtadi. Ichidan uzun sochli, bug‘doyrang terili bir qiz shoshib tushdi-da, shoshilinch yurishda mehmonxona tomon yugurdi. Bu qizning ismi Minsu edi. U ichkariga kirishi bilan to‘g‘ri lift tomon oshiqdi. Lift eshigi endi yopilayotgan paytda:
Lift eshigiga bir qo‘l to‘siq bo‘ldi. Eshik yana ochildi. Minsu hansiragancha liftga kirdi va ichkaridagi erkakka minnatdorchilik bildirdi.
Bu erkak Taehyung edi. Uni ko‘rgan zahoti tanasi muzlab qoldi. (Ko‘z oldida nimadir miltilladi. Nafas olish qiyinlashdi.) Minsu esa, javob bo‘lmagach, ichidan o‘zini koyidi. (Bu odam soqovmikan? Ha mayli, Minsu, chalg‘ima.) Qiz lift tugmalaridan “7”ni bosdi. To‘g‘ri kelib qoldi – Taehyung ham aynan shu qavatni tanlagan edi. Ikki qo‘l bir vaqtning o‘zida tugmaga tegdi. Taehyungning qo‘li Minsu qo‘liga tegib ketdi.
— Qarang, ikkovimiz ham bir qavatga chiqamiz ekanmiz!
(U jilmaydi. Taehyung esa unga tikilganicha qotib turardi.)
(O‘sha u emas... bo‘lishi mumkin emas... axir 20 yil o‘tdi.)
Taehyung sekin oldinga siljidi. Nigohi qizning bo‘yniga tushdi. Nimadir izlayotgandi. Minsu buni payqab so‘radi:
— Biror narsa bo‘ldimi?
— Nima?
— Bo‘ynimga tikilib qoldingiz. Nimadir noto‘g‘rimi, janob?
— Kechirasiz, xonim... kimgadir o‘xshatibman, shekilli.
— Ha, meni ko‘pchilik kimlargadir o‘xshatadi.
Qiz kuldi. Lekin Taehyung kulmadi.
(Nima qilayapman, axmoq! Bu yigit ancha sovuqqon. Tezroq chiqqan ma’qul.)
Taehyung nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin lift eshigi ochilib ketdi. Minsu birinchi chiqdi. O‘ng tomonga burildi.
— Kechirasiz, yana bir bor...
— Eshitaman.
— Bu yerga nega keldingiz?
— Bugun bu mehmonxonada maxsus to‘y marosimi bor ekan. Men qo‘shiqchiman. Jamoam bilan shu to‘yda ishtirok etamiz.
— To‘y deng... Omadingizni bersin.
— Rahmat, janob.
Minsu o‘z yo‘li bilan yurib ketdi. Taehyung esa sukutda chap tomonga burildi.
-----------
Sumin mehmonxonaning boshqaruvchisi o‘ziga xos xotirjamlik bilan qadam tashlab, oppoq kostyumida Minsu turgan kutuv joyiga yaqinlashdi. U yosh qizni uzoqdan ko‘riboq jilmaydi.
—Minsu sizni yana ko‘rib turganimdan juda xursandman.
(Sumni ovozida samimiylik bor edi. Ammo nigohlarida biron sir yashiringandek ko‘rinar, u har doim bir qadam oldinda yuradigan ayollardandir.)
—Bugun kechki soat 19:00 da butun jamoangiz bilan keling. Sizning chiqishingiz to‘y marosimiga juda muhim.
(Boshqaruvchi so‘zlarida murosa va imkoniyat aralashib ketgandi. Bu ayol har bir qadamni puxta o‘ylardi.)
Sumin bir zum sukut saqladi. So‘ng o‘zicha bir qarorga kelgandek davom etdi:
—Men mehmonxona egasidan ruxsat oldim. Agar xohlasangiz, sizni doimiy qo‘shiqchi sifatida bu yerga ishga olamiz.
(So‘zlar ohangida taklif emas, iltimos bor edi. Go‘yo, bu qiz mehmonxonani o‘zgacha sehrga to‘ldirgandek.)
Minsu jim qoldi. (Ichidan bir og‘ir to‘lqin o‘tdi. Bu taklif ko‘p yillar kutgan eshigi bo‘lishi mumkin edi. Ammo...)
—Rahmat. Ammo... bu mening orzuyim emas.
(Nafasi qisilib ketdi. Shuncha yildan beri yuragida yashirib kelgan tilagini bu yer band eta olmasdi.)
—Siz o‘zingizning orzuingizdan kechmang, Minsu. Balki bir kun bu eshikni o‘zingiz ocharsiz.
Ular qisqagina egilib, bir-birlariga tabassum bilan bosh silkib xayrlashishdi. Minsu sekin yurib, mehmonxona eshigidan chiqdi. Shu on telefon jiringladi. Ekranda Soa deb yozilgandi.
—Opa, bugun do‘stlarim bilan uchrashuv bor edi. Uyga kech qaytaman. Siz baribir kech kelasiz, to‘g‘rimi?
—Soa... men senga uydan chiqma degandim. O‘sha narkomanga o‘xshagan yigit bilan ko‘rishma dedim, esingdami?
—Yoq, opa, unday emas! Bu faqat dugonalarim!
(Minsu aloqani uzdi. Yuragida xavotir kuchaydi. Singlisi yosh, oddiy ko‘rinadi, ammo atrofdagi dunyo xavfli.)
Mehmonxonaning qalin shisha eshiklaridan chiqqan zahoti, Minsu yana tanish qadam tovushlarini eshitdi. Qorasoyadek salobatli qiyofa, tim qora kostyumda... Kim Taehyung.
—Suhbatingiz yaxshi o‘tdi, deb o‘ylayman.
—Ha, juda ajoyib bo‘ldi. Rahmat.
—Ular meni doimiy qo‘shiqchi sifatida bu yerga ishga taklif qilishdi.
—Rostdanmi? Siz-chi, nima dedingiz?
—Rad etdim. Chunki bu mening orzuyim emas.
Taehyung boshini biroz egib, ohangini biroz keskinlashtirib so‘radi:
—Demak, ovozingiz shu qadar go‘zalki, tayyor ishni ham rad etgansiz?
(Minsu yuragiga xuddi igna sanchilgandek bo‘ldi. Taehyungning sovuq kinoyasi unga urilgandek.)
—Ha. Ovozim go‘zal. Men o‘zimga ishonaman, janob.
Taehyung jilmaydi. Bu safar o‘sha sovuqqon tabassum emasdi — allanechuk yumshoqlik aralashgan.
—Gaplarimni noto‘g‘ri tushunmang. Men Kim Taehyung.
—Minsu Asters. Tanishganimdan xursandman.
Qo‘llar qisqa lahzaga tutashdi. (Balki bu oddiy qo‘l siqish emasdir. Balki... kim biladi.)
Ular xayrlashishdi. Minsu sekin uzoqlasharkan, uzoqdan ularni kimdur suratga oldi. Bu ayol politsiya xodimi edi.
-----------
Shaharning shimoliy chekkasida, o‘sha mashhur bo‘lmagan, lekin yovvoyi g‘ira-shiralik ichida sirli yashiringan dala hovlilaridan birida, tun allaqachon hukmron edi. Qorong‘ulikni faqat ko‘z ilg‘amas darajada titragan chiroq nurigina yoritardi.
Soa derazadan tashqariga nigoh soldi. (Uning yuragi g‘alati urardi. Bu yer... nimagadir begona edi. O‘sha yigit — Jihoon uni boshqalar ham boladi degan yolg‘on bilan uyidan olib chiqqandi. U o‘zining qanchalik katta xatoga yo‘l qo‘yganini endi anglab borayotgandi.)
Yigit eshikni yopdi. Ovozida allaqanday bo‘g‘iqlik bor edi.
—Hech kim bu yerga kelmaydi. O‘zimizga o‘xshagan tinchlik istaganlar uchun ideal joy.
—Jihoon bu yerda qancha qolamiz?
—Charchagandirsan, Soa. Dam ol. Mana, suv olib keldim.
U qizga suv tutdi. Soa bir necha yudum oldi. (Bir zumda boshida yengil aylanish paydo bo‘ldi. Nafasi chuqurlashdi. Yuragining urishi sekinlashdi. Qorong‘ulik yengil to‘lg‘anib ko‘z oldida suzib yurardi.)
—Sen faqat yot. Hozir o‘zingga kelasan
U yigitga orqasini o‘girdi. Ammo orqasida nafas, yaqinlik, issiqlik sezildi. Qo‘llar yelkasiga tegdi. (Soa tanasi muzlab ketdi.)
—Sen o‘zing kelding, Soa. Endi qocholmaysan.
Uning qo‘llari o‘ziga tortdi. Soa zo‘rg‘a qarshilik ko‘rsatdi.
—Iltimos, qo‘yvor! Men bunday narsani xohlamayman!
Yigit qizning sochini tortdi, qattiq ushlab lablariga yaqinlashdi. Ammo shu payt, vahima ichidagi Soa ko‘z yoshlariga cho‘kkan holda, orqasidagi temir zinapoyaga sekin orqasi bilan orqalay boshladi. Jihoon unga qadam tashlaganda, qo‘rqib qichqirdi va birdan bor kuchi bilan uni itardi.
Jihoon muvozanatini yo‘qotdi. Zinapoya pastidan toygan oyoqlari havoda chayqaldi. U uch qadam ortga ketdi va uning tanasi temir zinapoyadan pastga quladi. Og‘ir tanasining yerga tushganida chiqqan “qars” tovushi havoni yorib yubordi.
Soa zinaning yuqorisida titrab turardi. (Uzoq, jim, vahimali sukut... Yuragi ichida portlayotgandek bo‘ldi.)
Qo‘rquvdan qadam bosolmasdi. Yigit harakatsiz yotardi. Atrofni faqat shamolning sirg‘alib o‘tgan shiviri bosib turardi.
(Bu... bu sodir bo‘lmasligi kerak edi.)
Qiz bir qadam orqaga chekinib, titrab, zinaning panjarasiga yopishdi. Nafasi o‘ziga bo‘ysunmay, to‘xtab-to‘xtab chiqardi. Ko‘zlari yoshga to‘lib, qorong‘ilikdan chiqib qochmoqchi edi, ammo oyoqlari joyiga qotib qolgandi.
(Hozir... qochish kerak... Yo‘qsa... yo‘qsa bu ish jinoiy holatga aylanadi...)
----------
Kech tushib, soat 19:00 ni ko‘rsatar ekan, mehmonxonaning marosimlar uchun mo‘ljallangan zali allaqachon mehmonlar bilan to‘lib ulgurgandi. Yorug‘liklar ostida, gullar bilan bezatilgan sahnada Minsu turgandi — u bejirim libosi, qip-qizil lab bo‘yog‘i va quloqlarida shiddatli chaqnagan sirgalari bilan huddi sahnaning yuragidek porlayotgandi. Uning borligi hamma ko‘zlarni o‘ziga tortardi. Uning ovozi esa… mayin, sokin, yurakni silkitadigan darajada nafis edi. Kelin-kuyov kirib kelishiga, Minsu qo‘shiq kuylay boshladi.
Uzoqdan esa... Taehyung. Tund nigohi bilan sahnadagi qizga chuqur, yurakdan termulib turardi. Bu nigoh shunchalik yondirardiki, yoniga kelgan Suminning borligini ham sezmay qoldi.
— Judda chiroyli ovozi bor, shunday emasmi?
— Ha, judda yoqimli ovozi bor.
— Ishga taklif qilgandim. Ammo rad etdi.
— Nima bo‘lishidan qat’i nazar, shu yerda qolishi kerak.
Ichida pichirlab chiqqan so‘zlar… Sumin bu so‘zlarga unchalik tushunmadi.
— Hech nima, Sumin. Men ketyapman, ishlarim bor. Beom bilan hal qilamiz.
Minsu o‘zini sahnada juda yaxshi his qilardi. U bu yerda to‘laqonli gullab-yashnayotgandi. To‘y ajoyib o‘tayotgandi — to ularning oldiga ikki barzangi qora kostyumli yigit kelmaguncha...
— Hoy qiz, shu qo‘shiqni kuyla!
Yigitlar varaqchani uzatib, qizning kuylashini talab qildi.
— Kechirasiz, biz bu qo‘shiqni bilmaymiz.
— Qanaqasiga bilmaysan? Qo‘shiqchimisan-ku, kuyla!
Minsu jamoadoshlari bilan sahnani tark etdi. Lekin orqasidan o‘sha ikki yigit quvib chiqdi.
— Qayerga ketyapsan, senga kuylaysan dedim!
Yigit Minsuning iyagidan ushlab, siltay ketdi. Ammo Minsu bir zumda o‘zini yo‘qotmadi — yigitning nozik joyiga tepdida, baland ovozda baqirdi:
Minsu eshik tomon qochdi. Yigitlar esa faqat uning ortidan quvishdi. U mehmonxona eshigidan chiqib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri endi yurib ketayotgan mashinaga qarab o‘zini otdi.
— Iltimos, yordam beringlar! Menga iltimos qilaman! Ular kelishyapti!
Mashina eshigidan shiddat bilan... Taehyung tushdi. Yuragi bo‘g‘ziga tiqilgancha titrayotgan qizni tinchlantirdi.
— Tinchlan. O‘zingni bos. Mashinaga o‘tir.
Qizni ortidan chiqib kelgan yigitlar... Taehyungni ko‘rishdiyu, joylarida qotib qolishdi. Taehyung mashinaning orqa eshigini ochdi, Minsuni ichkariga solib, eshikni yopdi.
— Bu nima, bir qizga ikki erkak tashlanishi? Uyat emasmi yigitlar?
— Sen kimsan? Bizni kimligimizni bilasanmi o‘zi? Bu qo‘shiqchi qiz bizni haqorat qildi! Hal qilib ketmaymiz!
— Mehmonxonamda mehmonsizlar. Shunday ekan, bu ish tugadi. Qizni oldim. Sizlar ichkariga qaytib kiringlar.
— Sen kimsanki bizga aql o‘rgatasan?
Birinchi yigit tashlanmoqchi bo‘ldi, ammo ikkinchisi uni yo‘lini to‘sib, pichirlab gapirdi:
— Bu mehmonxona egasi. Yetimlardan. Kim Taehyung bo‘ladi. Olishmaganimiz ma’qul. Bu janob Jeonga yoqmaydi.
— Ha, mayli. Bu yetimchalar bilan olishishdan foyda yo‘q unda. Isqirt yetimlar!
Taehyungning ichidagi g‘azab portladi. Yigitlarning og‘zidan chiqqan so‘zlar… uning ruhidagi yovuz, sovuq tabiatini uyg‘otdi. Bu so‘zlar yuragining eng qora qismiga tegdi.
— Taehyungim, kel, birodar. Menga qo‘yib ber, bu ikki axmoqni ishini men hal qilay. Onasidan tug‘ilganiga pushaymon qildirmasammi!
— Unda bu ikkisi senga, Beom. Faqat oldirma.
Beom yovuzona jilmaydi. Qarshisida bepisand turgan yigitlarga… huddi yirtqichday tashlandi. Taehyung esa mashinaga qaytib, joylashdi.
— Siz bu yerning egasi ekaningizni bilmasdim, janob...
— Oddiy Taehyung deb chaqiraver.
Taehyung odatda hech qaysi qizga bunday e’tibor qilmasdi. Chunki u bolaligidan qalbida bitta qiz yashardi. Do‘stlariga, birodarlariga doim aytardi: "Bir yurak faqat bir marta sevadi."
Ammo u... Minsuni ko‘rdi. Va u qizni bolaligida sevgan o‘sha qizga juda o‘xshatdi. 20 yil mobaynida izlab kelayotgan qiziga. Bir belgi – boynidagi nafis, kattaroq holni unutmagandi. Shuni izlab ko‘plab qizlarga termulgandi. Minsuni ko‘rdi. Ammo... uning boynida u hol yo‘q edi. Bu esa...
Taehyungning yuragini yana cho‘ktirdi.
Yo‘l davomida ikkisi jim ketishdi. Nihoyat... Minsuni uyiga yetib kelishdi.
— Ha. Janob Kim, sizga rahmat. Meni qutqarganingiz va uyimga olib kelib qo‘yganingiz uchun.
Minsu mashinadan tushdi. Taehyung esa uni uyi tomon kirib ketguncha ko‘zini uzmay turdi. Qiz uyiga kirib ketdi, mashina esa harakatga tushdi...
Lekin oradan bir necha daqiqa o‘tmay... Minsuga qo‘ng‘iroq keldi. Singlisi edi.
Telefon ortidan titroq, yig‘idan bo‘g‘ilib chiqayotgan ovoz eshitildi.
— Opa... men... men uni o‘ldirib qo‘ydim, opa...
— Jihoon aldab uyiga olib keldi... menga tegajog‘lik qilmoqchi bo‘ldi... o‘zimni himoya qilaman deb, uni itarib yubordim... zinadan yiqildi... o‘ldi opa, o‘ldi... ko‘p qon ketdi... juda ham. Yordam bering, opa... qo‘rqyapman, qamalishni istamayman...
— Qayerdasan? Manzilni yubor! Hozir boraman!
Minsu hali uyi eshigidan to‘liq o‘tgani ham yo‘q edi — darrov qayta orqaga yugurdi. Duch kelgan taksini to‘xtatib, Hesu yuborgan manzil tomon shoshib ketdi. Uni tongdan beri kuzatib yurgan politsiyachi ayol esa... bu holatni kuzatib, ortidan tushdi...
QISQACHA TUSHUNCHA BERIB OTIB KETAMAN HURMATLI FANFIC OQUVCHILARIGA‼️
Yetimlar- Koreada rasman bunaqa tashkilot yoq. Kinoda korib qolib oldim bu tashkilot nomini. Yetimlar bu yetim qolgan odamlardan tuzilgan boladi. Hech kimi yoq insonlar. Ularni boshida bir kishi otiradi va uni 4dona boqib olingan ogillari boladi. Ulardan biri Kim Taehyung. Qolgan malumotlar asta fanfic davomida yoritiladi