April 13, 2025

TAQDIRIM O'G'RISI

TAQDIRIM O'G'RISI
14—QISM

Toxir Zuhraning nozik bo‘ynidan qattiq bosa oldi. Qiz og‘riqdan ko‘zlarini yumdi, ammo bu og‘riq qandaydir g‘alati yoqimlilik bilan aralash edi. Ular orasida sirli va tushunib bo‘lmas tortishuv, yurakdan yurakka o‘tgan iliqlik bor edi. Toxir asta qizning ustidan turdi, jilmaygancha unga termuldi.

Zuhra qo‘llari bilan bo‘ynini silab, sekin o‘rnidan turdi.
— Telefonim qolib ketgani uchun qaytgandim, — dedi u sokin ovozda. — Endi ketaman...

U jim turib qoldi. Nigohlari yerga qadalgandi. Eri esa mayin jilmayib, unga yaqinlashdi. Qiz yuragidagi titroqni yashira olmadi, ortga tislandi. Toxir unga engashib, shivirladi:

— Buguncha kechiraman. Ortiq o‘sha nusxani bu uyga kiritma, hopmi? Kechga tayyorlan, shirinpaxtam...

Zuhra bir lahza jim qotib qoldi. Ko‘zlari pirpirab ochildi. Ammo nigohini ko‘tarib, Toxirga qaraguncha, u allaqachon telefonini olib uydan chiqib ketgandi. Eshitilgan oxirgi so‘zlar esa qiz yuragiga vahm solgan edi.

"Kechga tayyorlan."

Bu so‘zlarda mehr ham bor edi, zo‘raki kuch ham. O‘rtadagi noaniqlik esa Zuhrani ich-ichidan larzaga solib, o‘zini qayerda va qanday holatda ekanini unutdirdi.


Kamol mashina ichida g‘azabdan junbushda edi. Qo‘lida siqilgan energetik ichimlikni bo‘g‘ziga quyib, asabiy nafas oldi. Yuragida to‘plangan alam nihoyat so‘z bo‘lib otilib chiqdi:

— Nega?! Nega Zuhra meni emas, uni tanladi?! Axir men uni qancha sevdim! Qancha orzu qildim, nechun shuncha azob chekdimm?! Nega bunday bo‘ldi, negaaaa?! — Kamol baqirgancha mashina ruliga zarba berdi.

U butkul o‘zini yo‘qotgandi. Ichidagi muhabbat endi nafratga aylangan, sevgisi qasosga qorishgan edi. Miyasida yolg‘on-yashiq, qora fikrlar girdobdek aylanardi.

— Zuhra baribir meniki bo‘ladi... Toxir! Seni o‘ldiraman! Barchasi uchun javob berasan!

U mashinasining gazini bosib, shiddat bilan yo‘lga otlandi. Ko‘zlarida endi biror nur emas, faqat zulmat chaqnardi.
****
Kech ham tushdi. Zuhra oshxonada yengil-yelpi pishir-kuydir ishlarini bajarib, chiroyli libosini kiyib, birinchi marta erining ishdan kelishini sabrsizlik bilan kutdi. Yuragi hapqirib, ich-ichidan o‘ziga gap qilar edi:

— Jin ursin, otayam, ortiqcha yasanib yubordimmi? U ko‘rsa, noto‘g‘ri tushunadi. Balki ustimdagilarni almashtirarman? Axir shuncha ovqat tayyorladim... Nima keragi bor edi o‘zi? Zuhra, nima, to‘y bo‘lyaptimi senga?

Qiz o‘zini o‘zi tergancha yurib kelayotgandi, shu payt eshik ochildi. Hayollar birdan tarqadi. Endi kech edi. Toxir ichkariga kirib, to‘g‘ri oshxona tomon yo‘naldi. Stol chiroyli bezatilgan, unga qarama-qarshi esa Zuhra Toxir yoqtirgan qizil libosda yiltirab turardi.

— Assalomu alaykum.

— Va alaykum assalom... Nima, biror bayram bormi?

Bu gapdan Zuhraning yuzi qip-qizil bo‘lib ketdi. Nimadir deya olmadi.

— Hech narsa... Shunchaki, ayollik vazifam.

— Ayollik vazifang? — dedi Toxir qiziqib.

Zuhra tutilib, zo‘rg‘a so‘z topdi:

— Axir... ertalab... kechga tayyor tur, degandingiz-ku. Shunga...

Birdan Toxir qah-qah otib, baland ovozda kulib yubordi. Bu holat qizni battar hijolatga soldi. U nima qilishni, qanday tutishni bilmay, qotib qoldi.

Toxir asta unga yaqinlashdi.Zuxrani sochlarini yelkasidan orqaga surib, ertalab qoldirgan o‘pich izini ko‘rdi.

— Yarashibdi...

Zuhra hijolatlanib, qo‘llari bilan bo‘ynini yopdi. Toxir esa pichirladi:

— Tentakvoyim... o‘zimni

Shunday deb, uni bag‘riga tortib, mehr bilan quchdi.

— Men kechqurun aylanishga chiqmoqchi edim sen bilan. Uyda zerikkan bo‘lsang, ko‘chada ovqatlanamiz, bir oz sayr qilamiz degandim. Afsuski, bugun chiqa olmaymiz.

Zuhra shosha-pisha Toxirning bag‘ridan chiqdi:

— Nega?

Yosh boladek yuzini bujmaytirib, savol nazari bilan unga boqdi. Toxir jilmaydi:

— Axir shuncha ovqat tayyorlabsan. Buni ustiga atay men uchun kiyingansan. Sendan kelayotgan ifor... mast qilayapti meni, xotinjon...

Zuhra yana uyalib qoldi. So‘ng birdan dadil tortinchoqlik bilan quchog‘idan chiqdi:

— Unda ovqat sovumasin, yeylik.

Ikki juftlik ilk bor chinakam baxtli oila singari ovqatlanishdi. Zuhra bir necha kundan beri qalbini kemirayotgan tashvishlarni go‘yo unutgandek edi.

“Hamon yuragimda o‘sha og‘riq bor. Ammo asta-sekin ichimdagi nafratni iliqlikka aylantirayotgan bu insonni sevib qolmayman deya olmayman. Endi bu mushkul. Demak, rost ekan. Nikoh istadi. Toydan beri astoydil ko‘nglimni olishga harakat qilayotgan Toxirni ko‘rib, jufti halol degan so‘zning qanchalik chuqur ma’nosi borligini his qilyapman. Men baxtlimanmi?”

Kechki ovqat tugadi. Zuhra idish-tovoqlarni yuvayotgan edi. Toxir esa asta orqasidan kelib, belidan quchdi:

— Shirinpaxtam, tezroq tugat, uxlaylik.

Zuhraning ko‘zlari kattalashdi.

— Siz uxlayvering. Men ishlarimni tugatib yotaman.

— Yo‘q, birga uxlaymiz. Ortiq kutmayman, — dedi Toxir va suvni o‘chirib, qizni kotarib oldi.

— Nima qilyapsiz? Meni qo‘ying!

— Yo‘q, e’tirozlar qabul qilinmaydi. Ertalab aytganimdek, kechga tayyor tur degandim.

Toxir Zuhrani yotoqxonaga olib chiqdi, ehtiyotlik bilan uni yotqizdi. O‘zi ham yoniga cho‘zilib, yuzini qizga yaqinlashtirdi:

— Seni sevaman... umrboqiy. Eshitayapsanmi? Bu jonim tanamdan chiqmaguncha seni ko‘zlaringga termulib yashashni istayman.

Zuhra esa ilk bor hech qanday qarshiliksiz edi...
*
Tong hali yorilmagan, tashqarida shivir-shivir shamol esib, derazaga asta urilib turardi. Uy ichi esa sokin. Toxir va Zuhra yonma-yon yotishardi. Bir-birlariga yaqin, ammo yuraklarida hali aytilmagan so‘zlar bor edi.

Zuhra uyg‘ondi. Toxirning qo‘li yelkasiga chirmashib yotgan, nafas olishi sokin, ohangdor. Qiz asta unga tikildi. Yuragi gupillab urardi. “Bu o‘sha Toxirmi? Meni nomusimni toptagan odammi?

U asta qo‘lini cho‘zib, Toxirning yuziga tegdi. O‘sha qo‘pol, ba’zan dag‘al bo‘lib ko‘ringan yuzda bugun tinchlik bor edi. Issiqlik bor edi. O‘zini asrab yotgan, himoya qilayotgan erkak ko‘rinardi unga.

Zuhra sekin o‘rnidan turdi. Tashqaridan tong nurlari deraza pardasidan sirg‘alib kirar, devorga nozik tusda to‘kilar edi. Oshxonaga yo‘naldi. Ich-ichida hali kechagi mehr, iliqlik uyg‘ongan edi. “ bugun boshqacha kun” deb o‘yladi. “Endi men begona emasman. Bu uyda menga ham joy bor. Uning yuragida... ehtimol, men ham bor bo‘lsam kerak.”

U choy qo‘ydi, yangi nonushta uchun taom tayyorlay boshladi. Shu payt orqasidan tanish ovoz eshitildi:

— Qani mening shirinpaxtam? Tong nurlari sen bilan uyg‘ondimi?

Zuhra orqasiga o‘girilib, jilmaydi. Toxir ko‘zlarini uqalab, hali yarim uyg‘oq holatda edi. Sochlari to‘zg‘igan, lekin ko‘zlari mehr bilan to‘la.

— Yotavering, — dedi qiz mayin. — Men nonushta tayyorlayapman.

— Nonushta emas, seni ko‘rgim keladi har tongda, — dedi Toxir. — Har tong seni yonimda ko‘rish orzum edi, Zuhra. Endi shu orzumga yetgandayman.

U asta qizning oldiga bordi, orqasidan quchoqladi. Qo‘llarini uning beliga qo‘yib, yelkasiga boshini qo‘ydi.

— Bilasanmi, sen menga o‘xshagan odamning yuragida qanday jarohatlar borligini so‘ramading. O‘tmishimni kovlamading. Shunchaki, yuragimga kelib joylashding. O‘sha tiniq nigohlaring bilan.
Toxir asta Zuhradan uzoqlashib stulga otirdi
—Demak bugun ayolim qolidan nonushta ekanda
Zuhra choynakni ohista qaynab turgan gazdan olib, piyolalarga choy quydi. Toxir nonushta ustida o‘tirar, ustma-ust maqtovlar bilan uni maza qilib yeb borardi.

— Bu nima, shirinpaxtam, restorandan ham zo‘r-ku! — dedi u, har bir luqmasini zavq bilan yutib.

Zuhra jilmaydi, unga termilib turdi. Yuragi to‘lgan, ko‘zlari porlab, ich-ichidan beg‘ubor baxt taralayotgandi.

— Ichimda nimadir o‘zgardi, Toxir. Go‘yoki men endi boshqa ayolman..suyukli va sevilgan

Toxir o‘rnidan turib uning yoniga bordi, yelkasidan quchib dedi:

— Bugun seni aylantirishga olib chiqaman. Shunchaki ko‘chada yurmaymiz, do‘konlarga kiramiz, istagan narsangni olasan. Faqat kulib yur, bo‘ldi.

Zuhra hayrat va quvonch aralash jilmaydi:

— Rostdanmi?

— Sen kulganingda men yashayman, — dedi Toxir ohista.

Ular birga ko‘chaga chiqishdi. Mashina ichida shirin musiqalar jaranglab, ko‘chalardagi bahoriy hidi o‘ziga tortardi. Do‘konlar orasida yurishar, Zuhra kichkina sharf, oddiygina aksessuar, hatto kichkina chinni choynak olib xursand bo‘lardi. Toxir unga qarab doim jilmayar, har gal to‘xtaganda:

— Yana nima xohlaysan? — deb so‘rar edi.

Ammo bu quvonchli kunni bir chekkada turgan quyuq ko‘ngil kuzatardi. Kamol. U mashinasidan tushmasdi. Faqat uzoqdan ularni tomosha qilardi. Ko‘zlarida g‘azab, ammo bu safar qo‘lidan hech narsa kelmasdi. Yuragi o‘rtanardi, ammo nigohlaridan boshqa hech qanday quroli yo‘q edi.


Kunlar o‘tdi. Zuhra har gal uyg‘onganida yostig‘ida Toxirning quchog‘ini, xushbo‘y nafasini his qilardi. Endi u chinakamiga baxtli edi. Toxir sira uni ranjitmasdi. Vadasida turgan edi: Zuhra ko‘z yosh to‘kmadi. Yig‘lamadi. Har kun shodlikda, kulgu va mehrda o‘tdi.

Ammo bir kecha... jimjitlik o‘rtasida Zuhra vahm bilan uyg‘ondi. Nafasi qisildi, yuragi gupillab urardi. Toxir yonida uxlab yotar, ammo Zuhra uni chinqirib uyg‘otdi.

— Toxir, uyg‘oning! Iltimos, turing

— Nima bo‘ldi, nima gap? — dedi u, ko‘zlarini uqalab.

— Meni... tashqariga olib chiqing, iltimos. Men... bilmadim, yuragim bezovta. Konglim behuzur bolyapti—dedida toxirga qarab
—Men homilador bo‘lib qoldim shekilli

Toxir hayrat bilan unga qaradi:

— Nima? Homilador?!

Zuhra yuzini burishtirib, endi yig‘lab yuboradigandek holatda:

— Ha, konglim ayniyapti... boshim ham g‘alati og‘riyapti. Bu alomatlar... shubhasiz!

— Shirinpaxtam... men hali seni homilador qilganim yo‘q-ku?

— E, nima deyapsiz siz! Men aytayapman-ku, qattiq ayniyapti. O‘zimni bilmayapman!

Zuhra bolalarcha injiqlanib, o‘z gapida qattiq turdi. Toxir esa kulgusi kelganini bosolmay, ammo xotinining holatini ko‘rib, darrov mashinasini oldi. Soat tungi ikki edi. Ular shifoxonaga yo‘l olishdi.

Doktorlar tekshiruv o‘tkazib, barcha tahlillarni ko‘rib chiqib, xulosani bemalol aytishdi:

— Homiladorlik aniqlanmadi. Bu oddiy holat. Ko‘proq asabiylik, charchoq yoki yengil hazm buzilishi. Hozircha tashvishga o‘rin yo‘q.

Zuhra qizarib, ko‘zlarini eridan olib qochdi. Ular shifoxonadan chiqayotgan paytda qiz sekin dedi:

— Kechirasiz... sizni ovora qildim. O‘yladimki... men...

Toxir to‘xtadi. Unga qarab, yuzida o‘sha tanish, ayyorona kulgi bilan shivirladi:

— Shirinpaxtam, agar homilador bo‘lishni xohlasangiz, albatta shunday qilamiz. Faqat esingda bo‘lsin, men hali... ichingga bola solganim yo‘q.

Zuhra hayrat bilan unga tikildi. Tushunmagan ko‘zlar bilan “nimani nazarda tutyapsiz?” degandek qaradi.

Toxir kuldi. U qizning qo‘lidan ushlab, asta yelkasiga boshini qo‘ydi:

— Endi o‘ylab ko‘r... farzandli bolishni istaysanmi?

Zuhra seskanib ketdi, ammo ko‘zlarida allaqanday mehr va ishonch jilvalandi. Shu lahzada, u faqat erining quchog‘ida bo‘lishni istardi. Uning iliqligida, uning gaplarida, hatto hazillarida ham o‘zini himoyalangandek his qilar edi.

**
Oradan bir necha kun o‘tdi. Toxir va Zuhra yana birga shahar chetidagi parkka borishdi. Bahor nafasi yuraklarga iliqlik olib kirar, daraxtlar yashnagan, qushlar chuldirab, tabiat go‘yo ularning baxtiga sherikdek edi. Toxir xotinining qo‘lidan tutib, uni mayin jilmayib kuzatardi. Zuhra ham qahqaha otib kulardi, oxirgi paytlarda yuragini o‘rtab kelgan g‘amlar butkul unutilgandek edi.

Ammo bu go‘zallik ichra yana bir qora ko‘z tomosha qilardi. Kamol. Uning yuragida endi faqat qasos g‘ovur urardi. Bu safar u jim qarab turolmasdi.

U tungi qorong‘ilikda ularning orqasidan yashirinib yurdi. Nafrat uni ko‘zini ko‘r qilgandi. Toxir mashinasini yo‘l chetiga qo‘ygan edi. Ular parkdan chiqqach, shu mashinaga qaytishdi. Zuhra orqa o‘rindiqqa o‘tib, sumkasini tekshirar edi. Toxir eshikni ochib, rulga o‘tirayotgan paytda... to‘satdan uzoqdan motor ovozi yangradi.

Kamol. U mashinasini vahshiylarcha haydab, to‘g‘ri Toxir tomonga burdi.

Hammasi bir zumda ro‘y berdi.

— TOXIIIIR! — deb qichqirdi Zuhra.

Biroq kech edi. Kamol Toxirni o‘z mashinasi bilan bor kuchi bilan urib yubordi. Toxirning tanasi yuqoriga otilib, havoda bir necha metr uchib, asfaltga gursillab tushdi.

Zuhra qichqirib chiqib ketdi. Ovozini butun mahalla eshitdi.

— TOXIIIIR!!! TOXIIIRRR!!!

Kamol mashinada o‘tirgancha bir zum jim turdi. Nafasi og‘ir, yuragi to‘lib, lekin yuragining tubida o‘zini yengil his qilmagandi. U sekin orqaga haydab, mashinasini olib qochib ketdi.

Zuhra Toxirning yoniga otilib keldi. Uning yuzidan qon oqardi, ko‘zlari yumuq, lekin hanuz nafas olayotgandi.

— Toxir... iltimos... iltimos ko‘zlaringizni oching! Men sizsiz yasholmayman!

U yig‘lardi. Qo‘llari titrar, yuragi yorilib ketgudek urardi. Shu lahzada atrofdagilar yugurib kela boshladi. Tez yordam chaqirildi.