CRAZED 18+
[6—Epizode]—"Rashk — eng yumshoq lablar ortidagi eng qattiq qurol."
Pastgi qavatda joylashgan keng, ammo g‘amgin zal ichra sukunat hukmron edi. Yopiq derazalardan tashqaridagi fonar chiroqlari xira nur sochardi. Jungkook qora soya misol jim o‘tirardi. Stol ustida ochiq qolgan ichimlik shishasi, yonida esa yarmi to‘la qadah — hammasi uning ichki iztirobidan darak berardi.
U ichdi. Har yudumda o‘tmishidan, ayollarining aybsiz ko‘zlaridan, qizining beg‘ubor kulgusidan qochmoqchi bo‘ldi. Ammo qocholmadi. Ichkaridagi bo‘shliq tobora kengayayotgandi.
U chuqur xo‘rsindi. “Nega shunday bo‘lib qoldi?.. Qanday qilib baxtli oilamizni bu qadar xavf ostiga qo‘ydim?..” — degan savollar yuragini tirnab o‘tdi.
Zal ichida uzoq o‘tirgach, og‘ir qadamlar bilan zinapoyaga yaqinlashdi. Boshi egik, yuragi g‘ash. Har qadamda o‘zini kechirish uchun bir sabab izlagandek edi.
Zinalardan yuqoriga ko‘tarilganida, bir nurli manzara ko‘ziga tashlandi. Uy eshigidan oppoq pijamada, mayin yurish bilan Minsu chiqib kelayotgan edi. U endigina Hanani uxlatib, xona eshigini ohista yopgan edi.
Jungkook to‘xtab qoldi. Nigohi jim, ammo so‘zsiz nido bilan ayoliga qadaldi. Minsuning nigohida esa charchoq va sokin tabassum uyg‘unlashgan edi. U bir lahzaga to‘xtadi, so‘ng mehr bilan jilmaydi va Jungkookga yaqinlasha boshladi.
Hech nima demay, sekin borib erining bo‘yniga qo‘llarini o‘radi. Uni mahkam quchdi.
Jungkook birdan seskanib ketdi. Bu mehrni kutmagandi. Ko‘zlari yoshlanib, yuragi ezilib ketdi. U ham ayolini bag‘riga bosdi, kaftlari titrarkan, ovozida titroq bilan pichirladi:
— Kechir meni... O‘zimni tutolmadim... Qanchalik aybdor ekanligimni bilaman... Seni ham, qizimizni ham yo‘qotishni istamayman...
Minsu uning yuziga qaradi. Yuzida g‘am aralash taskin bor edi.
— Hammasi joyida, Jungkook. Biz yoningdamiz. Ammo iltimos, so‘z ber... Urush, shubha, jinoyat, zo‘ravonliksiz — oddiy, lekin pok va baxtli oila bo‘laylik. Bizga boshqa hech narsa kerak emas…
Jungkook bir zum jim bo‘lib qoldi. So‘ng Minsuni yana-da mahkamroq quchib, qalbining eng chuqur nuqtasidan javob berdi:
— Albatta, so‘z beraman. Baxtli oila bo‘lamiz. Faqat bu dunyoda emas… qarigach ham… hatto keyingi dunyoda ham…
Minsu asta erining yuzlariga qo‘lini qo‘ydi, ko‘zlaridan oqayotgan yoshlarni muloyimlik bilan artdi. Yuragida o‘zini ayovsiz qiynagan og‘riqlar bor bo‘lsa-da, hozir erining halol so‘zlari unga bir oz taskin bo‘lib tuyulgandi.
U Jungkookning qo‘lidan tutdi. Jim, lekin ohangida muhabbat va ishonch aks etgan harakat bilan uni o‘z yotoqxonalariga boshlab ketdi.
Tunda, birinchi marta, yuraklar bir-birini eshitdi. Va u uyga osoyishtalik qaytgan edi.
Nonushta sukunat va mehr bilan to‘lgan edi. Kulgu, dasturxondan taralayotgan iliq hidlar, Minsuning sokin nigohi, Jungkookning mehrga to‘la harakatlari — bularning barchasi go‘yo oddiy hayotning mukammal bir bo‘lagi edi. Birgalikda ichilgan qahva, ustma-ust aytilgan so‘zlar, mehr bilan bo‘lingan og‘ir-sokin jimlik... bu ular orzu qilgan hayot edi.
Minsu mehr bilan qiziga tikildi:
— Hana, bugun yangi maktabingda birinchi kun. Tezroq chiq, narsalaringni tayyorla. Kech qolishingni xohlamayman.
Hana og‘zidagi oxirgi non bo‘lagini chaynab yutdi-da, jilmayib boshi bilan tasdiqlab, zinadan yuqoriga yugurdi. Endi faqat ular – ikki yurak, bir nafasta urayotgan juft qalb yolg‘iz qolgandi.
Jungkook sekin o‘rnidan turdi-da, qadam bosib Minsuning oldiga bordi. U hech narsa demadi, shunchaki lablarini sekin ayolining lablariga bosdi. Mayin, sokin, ammo butun yuragini solgan bir bo‘sa edi bu. Minsu esa ko‘zlarini yumgancha jilmaydi, yuragi ko‘ngilga to‘lgan sokin bir dengizday jim siljirdi.
Ammo Jungkook bir zumda jiddiy tortdi. Ko‘zlarida savol, yuzida mulohaza bor edi.
— Aytgancha... — dedi u ohangini pasaytirib. — Yodimdan ko‘tarilibdi, senga aytmoqchi edim. Men Hyunsuk haqida surishtirib ko‘rdim.
Minsu birdan hushyor tortdi. Qo‘lida ushlab turgan qahvani stol ustiga qo‘yarkan, nigohi eriga qadaldi.
— Ha, nima bo‘ldi? — dedi u yuragi hapriqib. Ovozi past, ammo beixtiyor titrar edi.
Jungkook yuzini ayoliga yaqinlashtirdi. Nafas olishi sekinlashgan, ko‘zlari esa chuqur edi.
— Afsuski... sen bergan manzildagi shifoxonada “Hyunsuk” ismli bemor yo‘q ekan. Hattoki, senga qo‘ng‘iroq qilgan hamshira ham o‘sha joyda ishlamas ekan.
Minsuning yuragi bir urib, so‘ng go‘yo to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Qoshlari chimirildi, yuziga xavotir yugurdi.
— Qanaqasiga? Axir… hamma narsa aniq edi-ku…
Jungkook sekin uning kaftlarini o‘z qo‘llariga olib, mehr bilan siqdi.
— O‘rik gullim, meni tingla. Go‘zal ayolim… Yuzingga g‘am yugurmasin, iltimos. Men o‘yladimki, ehtimol, Hyunsuk sog‘lom. Balki qayerdadir yashayotgandir. Uning bunday yo‘l tutishiga bir sababi bordir.
Minsu o‘ziga kelolmay yelkasini qisdi.
— U sog‘lom bo‘lsa, bas… — dedi u ovozi titrab. — Lekin bunday yolg‘on... bu juda qo‘rqinchli. Balki... bizdan bezib, barchasini ortda qoldirmoqchidir? Axir, o‘n yil davomida bizni tekinxo‘rdek boqib, har doim yonimizda bo‘ldi. Eh... nimalar deyapman, bu gaplar unga xos emas.Hyunsuk bunday odammasku.
Jungkook kulimsiradi. Ko‘zlarida yumshoq mehr porladi.
— Unday bo‘lsa, xotirjam bo‘l. U tirik. U sog‘lom. Bu yetarli. Kel yaxshisi, bu mavzuni yopamiz, bo‘lmasa rashk qilishni boshlayman.
Bu gapga Minsu qattiq kulib yubordi. Er-xotin bir-birining yuziga boqib, yurakdan kulishdi. Dasturxon atrofida emas, go‘yo hayot degan katta sahnada ikki aktyor — bir-birini kechirgan, tushungan, muhabbatga ishonib, qaytadan yashashga qaror qilgan ikki qalb edi ular.
Shu tariqa, kunlar ortidan oylar o‘tdi. Vaqt ularga ko‘zga ko‘rinmas qanotlar bog‘ladi. Ular istagandek — jim, ammo bardavom baxt ichida yashashda davom etdilar.
Ammo hayot — bu faqat bugun emas. Taqdir esa sokin tonglar ortida pinhon sinovlarini yashirib yotgandi..
___
Qorong‘u tun shahar ustiga zimiston pardasini tortgandi. Shamol xazon barglarni ko‘chaga sochib, sokinlikni yanada chuqurlashtirar, atrofdagi har bir tovush yurakka g‘ira-shira vahima solardi. Mina yashaydigan uy oldida birdaniga to‘xtagan qora, hashamatli mashina bu sukunatni buzgandek bo‘ldi.
Mashina eshigi ochildi. Undan tushayotgan yigit — qora kostyum shimda, qadamlarida ishonch va sado bor edi. U qaddini rostlab, bir lahza uyning oynalariga qarab turdi. So‘ng chuqur nafas olib, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosdi.
Ichkarida yurak allaqachon sezgandi. Mina dahliz sari yurarkan, yuragi go‘yo qafasni yorib chiqmoqchi bo‘layotgandi.
“Kim bo‘lishi mumkin bu paytda?” — deb o‘yladi u eshik tutqichini ohista burar ekan.
Eshik ochildi. Qorong‘ulik fonida ko‘zlari zarradek porlab turgan yigitga ko‘zi tushganda, bir zum yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
— Jimin? — nafasini ichiga yutib pichirladi u. — Naxotki qaytding?..
Jimin jilmaydi. Ko‘zlarida sog‘inch, labida sokin muhabbat bilan javob berdi:
U gapni tugatmasdan, Minaning lablariga qisqagina, lekin yurakdan bosilgan bir bo‘sa qo‘ndi. Bu bo‘sa — yillar o‘tib topilgan sog‘inch, kechirim, va hali so‘zlanmagan satrlar edi.
Mina seskanmadi. Faqat yuragini tutib, yana bir bor uning qiyofasiga razm soldi. Keyin asta eshikni kengroq ochib, yumshoq ohangda dedi:
— Kir, Jimin. Ichkariga marhamat…
Ular jim yurishdi, ammo yuraklar allaqachon bir-birini quchoqlagandi.
Ular mehmonxonaga kirishgach, xonani sokin tun va devorlardan aks etayotgan mayin fon yorug‘i to‘ldirdi. Mina Jimin uchun choy tayyorlash bahonasida oshxonaga yo‘l oldi, ammo u ichkaridan qaytguncha yigitning nigohi bir nuqtaga qadalgancha o‘y surib o‘tirardi.
Birdan Jimin ovoz chiqardi. Uning ohangi dag‘allikdan yiroq, ammo qat’iy edi:
— Bir gapni eshitdim... — dedi u nigohini Minaga qadarkan. — Kim Taehyung bilan ohangda nima bor?
Mina qo‘lidagi choy piyolasini stolga qo‘yarkan, yuragi bitta urishni o‘tkazib yuborgandek bo‘ldi. Ko‘zlari dovdiradi, og‘zi quruqlashdi.
— H-haligi… hech narsa yo‘q… — dedi u arang eshitilarli ovozda.
Jimin sal oldinga engashdi. Ko‘zlarida rashk va sezilmas og‘riq bor edi.
— Hmm… bundayga o‘xshamaydi. Odamlarim yetkazishicha, u bu yerga ko‘p keladi. Hattoki sen uyda yo‘qligingda ham...
Mina bir lahzaga jim qoldi. So‘ng chuqur nafas olib, Jiminning qarshisiga o‘tirdi. Uning qo‘llarini ushlab, ko‘zlariga jiddiy tikildi.
— Jimin, men seni avval ham ogohlantirgandim. U menga yopishib olgan. U — mening o‘tmishim. Men uchun hozirim muhim. Sen muhim. Men seni sog‘indim…
So‘zlari bilan birga yuragi ham ochildi. U Jiminning tizzasiga ohista o‘tirdi, qo‘llarini bo‘ynidan o‘tkazib, unga mehr bilan boqdi. Ko‘zlarida ishonch, labida esa sokin tabassum porlardi. U Jiminning lablariga mayin bo‘sa qo‘ndi.
Jimin unga javoban sekin bosh irg‘adi. Qo‘llari Minani quchoqlagancha, uni bag‘riga olib, yengil harakat bilan ko‘tarib oldi. Minaning kulgusi, undan to‘kilgan iliqlik yigitning yuragini ezib turgan g‘uborlarni yuvib yuborgandek bo‘ldi.
Ular yotoqxona sari yurishdi. Har qadamda yuraklar bir-biriga yaqinlashdi. Oradagi bo‘sa chuqurlashdi, so‘zlar jim jimlikda yo‘qoldi. Hissiyotlar har bir harakatda aks etdi. Ular bir-biriga nafaqat tan, balki qalb bilan tegishdi.
Tunda, tunning o‘ziday chuqur, his-tuyg‘ularga boy lahzalar ularga unutilmas hislar baxsh etdi. Sochlar orasidan o‘tgan barmoqlar, lablarda qoldirilgan izlar, yurakdan chiqayotgan ohang — bularning barchasi ularni bir-biriga yanada yaqinlashtirdi.
__Tong otdi. Yangi kunning ilk nurlari deraza pardalari orasidan sirg‘alib xonani yoritayotgan paytda, Mina shirin tushlardan uyg‘ondi. Lablarida hali ham kechagi hissiyotlarning iliqligi, qalbida esa bir turli yengillik bor edi. Ammo... yonida hech kim yo‘q edi.
U asta o‘rnidan turdi. Ko‘zlari xonani kezib chiqdi — Jimin yo‘q. Yuragi gupillab urdi. Telefonini qo‘liga oldi, titroq barmoqlari bilan Jiminning raqamini terdi. “Qurilma o‘chirilgan” degan ovoz yuragiga tig‘day sanchildi.
— Jimin... — dedi u pichirlab, o‘ziga emas, g‘oyibga murojaat qilayotgandek.
Kiyimsiz badaniga shoshib ustbosh kiydi-da, oshxonaga yugurdi. Ammo u yer ham huvillab turardi. Uydan Jiminning borligidan darak beruvchi bironta narsa yo‘q edi. Bu sokinlik — qoldirilgan emas, tark etilgan sokinlik edi. Va bu sokinlik Minaning ko‘nglini qorong‘ulatdi.
Allaqachon quyosh toqqa chiqib bo‘lgandi, ammo Roraning xonasida qalin pardalar hali ham tong nurlarini ichkariga kiritmasdi. U oxirgi shisha viskini qo‘liga olib, divanga gursillab o‘zini tashladi. Ko‘zlarida qizillik, yuragida esa zahar bor edi.
Eshik ochildi. Uzoqdan tovush eshitildi:
— Sen o‘zgarmagansan, singiljonim.
Rora karaxt holatda boshini ko‘tardi. Ovoz juda tanish edi.
— Jimin aka?! Naxotki qaytdingiz...
Jimin jimgina, ammo odatdagi salobati bilan Roraning yoniga o‘tirdi.
— Ha, qaytdim. Hamma narsa qanday o‘tayapti, Rora?
Qizning ko‘zlari birdan jimirlab, ohangida alam aralashdi.
— Aka, u ablah Jungkook! U meni ham, mening... bolamni ham yo‘q qildi! Endi esa go‘yoki hech narsa bo‘lmaganday xotini bilan baxtli yashayapti. Minsu! Hali yetmaganidek — Hana! Ularning farzandi bor. Ular hammasini mendan tortib olishdi! Endi navbat menga. Men ularni ayiraman. Shunday qilamanki, Jungkook yeg‘lab oyoqlarimga bosh uradi!
Jimin qizning ichki iztirobini his qilarkan, yelkasiga qo‘l qo‘ydi:
— Tinchlan, Rora. Sen mastsan hozir, bu holatda hech narsa hal qilinmaydi.
Ammo Rora to‘xtamadi. Ichidagi og‘riqlarni viski va baqiriqlar bilan yuvmoqchi edi. U mast holda yig‘ladi, o‘zicha baqirdi, ammo oxiri ichki zulmatga bardosh berolmay, hushsiz holatda uxlab qoldi.
Quyosh charaqlab turgan kun edi. Jungkook mashinasida yurarkan, rohat va tinchlik uni bag‘riga olgandi. Qulay holatda orqaga suyanib, yo‘l bo‘ylab jilmaygancha ketayotgan edi. Telefon jiringladi. Ekranda “O‘rik gulim” degan nom porladi. Bu uning rafiqasi Minsu edi.
— Jungkook, qayerdasiz? Hanani maktabdan olishni unutib qo‘ydingizmi?
— Havotirlanma, azizam. Endi maktabi oldidaman. Qizalog‘imizni olib, yoningga uchib boraman.
— Unda tushlikni birga qilamiz. Tezroq va ehtiyotkor bo‘lib qaytinglar.
— Hop sevgilim, kut. Biz boramiz.
U aloqa uzilgach, quvonch bilan mashina haydashda davom etdi. Ammo maktabga yetib borgach, yuragi gursillab urdi — o‘qituvchi qizini allaqachon bir ayol olib ketganini aytdi.
— Kechirasiz, uni kim olib ketdi?
— Adashmasam... “Ammasi bo‘laman,” degandi, — dedi o‘qituvchi beparvolik bilan.
Jungkookning qo‘llari g‘azabdan mushtga aylana boshladi.
— Rahmat. Lekin bugundan boshlab, iltimos, mendan yoki rafiqamdan boshqa hech kimga bermang. Qizimni faqat biz olib ketamiz.
— Albatta, janob. Uzr so‘rayman.
Jungkook mashinaga o‘tirarkan, yuragidagi osoyishtalik endi o‘rnini g‘azab va xavotirga bo‘shatgan edi. U telefonini oldi va Roraga qo‘ng‘iroq qildi.
Rora sokin, kinoyali ovozda javob berdi:
— Voy-voy, qizaloq kerak bo‘lib qoldimi? Men uni olib ketdim, shunchaki biroz sayr qildik. Ammo... xohlasang, manzilni aytaman.
U shunday dedi-da, manzilni aytdi.
Jungkook hech narsa demasdan mashinasini burdi va to‘g‘ri Roraning bergan manziliga qarab yo‘l oldi.