December 27, 2024

Lanatlangan Iblis

[11-Epizode] Ayting! Bu ko‘ksimda urayotgan yuragim biror kun taskin topadimi? Barcha o‘tmishni unutib baxtdan sarmast bo‘la olamanmi?
Men u bilan ohirgi nafasimgacha birga bo‘lishni istayman!

_Soheni yuzini yana ko‘z yoshlar sharshara misol yuvar ekan qarshisidagi Sugaga o‘tinch va savolli nigoh bilan boqardi
~Javob ber Sohe akamni qutqarishga rozimisan?
~Demak u menga yolg‘on gapirdi. Tavqi lanatdan halos bo‘lganini aytib meni aldadi shundaymi? Men uni yashashini istayman. U bilan birga bo‘lishni istayman.
_Suga chuqur nafas oldida Sohe tomon tik qadalgan nigohlarini olib qochti. U bilar edi. Ikkisidan faqat biri omon qolishini. Ammo Sohega aytishga botinolmayotgandi. Akasi uchun qarshisidagi qizdan vos kechishi kerakligini anglab turardi. Ortdidan kelgan ovoz ikkisini ham hayollarini to‘zg‘itib yubordi
~Sen? Bu yerda nma qilyapsan?
_Taehyung bir Sohega bir qarshisidagi iblis shaxzodasi Sugaga boqar ekan ularni suhbati nma haqida ekanligini anglayotgandek.
—(Tae pov) Agar Sohe baridan habar topsa ikkilanib o‘tirmay jonidan voz kechadi. Ammo men uni yo‘qotishni istamayman. Nma qilib bo‘lmasin Soheni Jungkook uchun qurbon qilmayman.
~Suga bu yerga kirishing man etiladi. Ayniqsa shishan mabudasi Sohe bilan suxbat qurishing
~Men hali hech nma qilmadim. U akamni yaraladi. Shuning uchun kelgan edim. Hozir ketaman ammo keyinroq yana kelaman
_Suga o‘tkir nigohini Sohega qaratgancha biroz turdida so‘ngra u yerni tark etdi.
~Taehyung men emas edim ont ichaman. Iltimos ruxsat bersangiz Jungkookni bir marta ko‘ray. Uni ahvoli yaxshimi bilsam degandim.
~Soqchilar Soxe honimni honasiga olib boring. Nazoratni kuchaytiring hech qayerga ketib qolmasin.
~Taehyung o‘tinaman....
~Sohe hozir emas. Hozir seni ko‘rishni istamayman
~Taehyung
_Soheni ortiqt tinglashni istamagan Taehyung zindonni tark etdi. Sohe uni ismini baqirib aytgancha qolaverdi.

__~~_~~~___

_Insu hammon Jungkookning tepasida ko‘zlariga uyqu kelmay o‘tirardi. Tong otishiga ham bir necha soatlar qolgandi. Birdan Jungkookning qo‘llari harakatga kelganini ko‘rgan Insu
~Qirolim? Meni eshityapsizmi?
_Astalik bilan ko‘zlarini ochgan Jungkook quruqshab ketgan lablarini yalagancha pas ovozda
~Sssuv..
~Suv istaysizmi? Hozir
_Insu idishda Jungkookga suv uzatdi, holi bo‘lmaganligi sababli Jun‘gkook hatto qo‘lini ko‘tarolmas edi. Vaziyatni anglagan qiz Jungkookni o‘rnidan turgazib ortiga suyanchiq bo‘ldida o‘z qo‘llari bilan Jungkookga suvni ichkizib qo‘ydi.
~Qirolim hushingizga kelganizdan judda ham hursandman. Men judda qo‘rqib kettim.
~Sohe? U qayerda
_Jungkookning og‘zidan chiqqan bu so‘zlar Insuni nafratiga nafrat qo‘shar edi. Qoshlari g‘azabdan chimirilgan qiz Jungkookni ortiga yostiqlarni qo‘yib o‘zi esa uni qarshisiga o‘rnashdi
~Savol berdim! Sohe qayerda
~Qirolim u sizni yaraladi shu sababli zindonda
~U meni yaralamadi bu u emas edi.
~Balki jarohat va ko‘p uyqu sabab unutgandursiz ammo eslatib qo‘ysam. Men sizning bo‘lajak malikangizman. Meni oldimda boshqa ayolni so‘rashingiz
_Jungkookning tund nigohi qarshisidagi Insuga qadaldi. Insu ko‘zlarini undan olib qochgancha yerga qadar ekan uning iyagidan siqib ushlagancha o‘ziga qaratgan qo‘llar Insuni butun tanasini qo‘rquvdan titratib yuborgan edi.
~Men senga baxtli bo‘lasan deb vada qilmaganman. Umrim oz qolganini bila turib o‘zing shartlarimga rozi bo‘lding. Shunday ekan ho‘sh mendan nmani so‘rayapsan?
~Kechiring bunday qilmoqchi emas edim. Sizni yaralagani uchun undan qattiq g‘azabdaman.
~U qayerda?
~Uni zindonga tashlashdi. Hammani oldida qilgan qilmishi kechirib bo‘lmas. Uni qatl etishlari ham mumkun
_Insuning so‘ngi so‘zlari Jungkookning g‘azabini qo‘zitib yuborgan edi. G‘azab tanasiga kuch bo‘lgandek joyidan jarohatiga qaramay shiddat bilan turgan Jungkook eshikdan kirib kelgan Jiminga qarab
~Sohe uni ahvoli qanday?
~Qirolim nihoyat o‘zingizga keldingiz. Iltimos sog‘lig‘ingiz haqida qayg‘uring joyingizda qoling
~Insu sen chiqishing mumkun. Jimin bilan yolg‘iz gaplashib olishim zarur

_Insu ortiq so‘z aytmay honani tark etdi. Og‘riqdan afti angori o‘zgargan jungkook jarohatiga qo‘lini bosgancha yana qayta yotog‘iga o‘tirdi
~Bu jodugar Milan mendan yana nmalarni yashirdi ekan. Qanaqasiga Qora ruh Soheni tanasida bo‘ladi. Naxotki shuncha vaqt davomida sezdirmagan bolsa
~Qirolim Soheni zindondan o‘z honasiga qamab qo‘yishdi. Endi uni hayoti yaxshi bo‘lmaydi. Ichidagi yovuz kuch bilan yasholmaydi. Shunday ekan bu qizni deb o‘z hayotingizni qurbon qilmang
~Jimin hech sevib ko‘rganmisan? Bazida qalbimda bo‘layotgan hislar sevgimi deb o‘ylab qolaman. Sohe yonimda ekan o‘zimni ancha tetik his etaman. Yuzim har kuni kulgudan og‘rib ketsa ham ahmoqona qiliqlari bilan bezor qilsa ham negadir unga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lolmayman. Uni shu qadar sevib qoldimki o‘zim bilamy bu hislarga asir bo‘ldim. Mendan uni o‘ldirishimni so‘rama.....
~Nega unda uni o‘zingizdan uzoq tutyapsiz. So‘ngi kunlaringizni birga o‘tkazmaysizmi? U ham bu vaziyatdan qancha ozor chekkdi.
~U yonimda shunday kulib turar ekan men yana yashashni istab qolaman. Jin ursin ahmoqona ammo birinchi marta o‘limdan qo‘rqyapman. Ilk sevgan insonim visoliga yetolmay izsiz ketishdan qo‘rqyapman. Ayni damda yana ozroq yashashni istayman. Umid qilamanki Taehyung uni mendan ko‘p sevib ardoqlaydi. Asrab avaylaydi.
~Qirolim sizga jonim fido. Men yana izlanaman buni bir chorasini albatta topaman. Sizni va malikamizni o‘lishiga yo‘l qo‘ymayman ont ichaman.
~Hammasi uchun rahmat senga. Mendan keyin ukamni yolg‘iz qoldirma shuni o‘zi kifoya
~Qirolim aybga buyurmang dilimdagilarni aytsam.
_Jungkook yuziga mayin tabbasumni qadadida boshi ha degancha sekin qimirlatdi.
~Go‘yo almashib qolgandeksiz. Avvalgi qirolimdan asar ham qolmagan. Bir qiz sabab bu darajada o‘zgarishingiz?
~Hozirgi holatim men uchun ko‘proq yoqadi. Chunki hozir qalbimda u bor. Uni sevgisini o‘zim bilan olib ketaman
_Jungkook majburan bo‘lsada birinchi marta qattiq kulib yuborgan edi. Bu Jiminga noo‘rin tuyulsada jimgina qarshisidagi qirolini kuzatardi.

****

_Sohe soqchilardan qochgancha to‘g‘ri Jungkook joylashgan hona eshigi oldiga keldi. Qarshisidan chiqqan Insu sabab Sohe ichkariga kira olmadi ammo uning ko‘zlari eshikda edi. O‘tishga urinar ekan qayta qayta Insu uni yo‘lini to‘sardi

~Yo‘l qoch! Uni ko‘rishim kerak
Insu yuziga sovuq tabassum qadar ekan, bir qadam oldinga yurdi.
~Seni ko‘z yoshlaringdan bezdim, Sohe. Qirol faqat meniki va u mening bo‘lajak turmush o‘rtog‘im. Uning oldiga kirmoqchi bo‘lsang, oldin mendan ruxsat so‘rashing kerak

Sohe ko‘zlaridagi g‘azabni yashirmasdan, bir qadam orqaga chekindi. So‘ng, bor kuchini to‘plagancha to‘satdan Insuga hujum qildi. Ammo Insu o‘ziga juda ishonar edi va jang qilishni bilishi ham ko‘rinib turardi. Ikkovi ziddiyatli jangni boshlab yuborishdi. Bu paytda ichkaridan Jiminning shoshilinch ovozi eshitildi:
~Sohemi?! Bu nimani anglatadi? Taehyung soqchilarga buyruq berdi-ku, u bu yerga yaqinlashmasligi kerak edi!

Shu payt Jungkook jarohatiga qaramay, eshikka qarab og‘riq bilan o‘rnidan turdi. Eshik ochilib, Sohe va Insu hali ham bir-birini to‘xtatmoqchi bo‘lishar edi. Soheni ko‘rgan Jungkookning ko‘zlari bir lahzaga yondi. Ammo bu lahzani Insu sezdi va yuzidagi tabassum o‘chdi.
~Qirolim, bu qizni jazoga tortish kerak! U zindondan qochdi!

Jungkook bir lahza sukut saqladi. So‘ng chuqur nafas olib, sekin qadam tashladi. Soheni yig‘idan qizarib ketgan ko‘zlariga qarar ekan, ovozidagi qat'iyat ham, yuragidagi mehr ham baralla sezilib turardi:
~Sohe, bu yerga kelishingni so‘ramagandim... Nega kelding?

Sohe bir lahza o‘zini yo‘qotgandek qarab turdi. So‘ng bo‘g‘iq ovozda pichirladi:
~Sizni sevaman, Jungkook... Men sizsiz yashay olmayman. Sizni mendan olib qo‘yishlariga yo‘l qo‘ymang, iltimos!

Bu so‘zlar ichkaridagi har bir kishining yuragiga o‘qdek urildi. Insu g‘azab bilan yana bir qadam oldinga yurmoqchi bo‘ldi, ammo Jungkook uni to‘xtatdi.
~Bu yerda so‘zlashadigan menman, Insu. Chiqing hozircha ikkimizni yolg‘iz qoldiring

Insu ko‘z yoshlarini arang tutgancha, boshini egib chiqib ketdi. Sohe esa hanuz titrab turardi. Jungkook asta yoniga kelib, sovuq nigohini qizga qadab
~Sohe, men uchun bu qadar azob chekma. Siz parilardan nafratlanaman men uchun achinib qayg‘urishingiz kerak emas

Sohe yig‘idan qaltiragan ovozda so‘radi:
~O‘zingizni bunday tutmang. Bilib turibman asl Jungkookni ichingizga yashirishga harakat qilyapsiz

Jungkook boshini egdi va sekin javob berdi:
~Sen bilan bo‘lgan paytim soxta ro‘l o‘ynashga majbur edim. Ammo hozir hechnmani yashirishni hojati yoq. Shunday ekan menga talpinishni bas qil. Endi esa chiq

Sohe uning gaplarini eshitib, ko‘zlarini yumdi. Bir lahza sukut cho‘kdi. Sohe tomoq qirgancha sukutni buzdi
~Hali barchasi uchun pushaymon bo‘lasiz. Men shunday qilamanki hatto bir bor iforimdan to‘yib hidlashni istab qolasiz. Meni unitolmay har kecha sevgi iztirobida yonasiz buni taminlayman. Men endi avvalgiday bo‘lmayman oldingizda ortiq ko‘z yosh to‘kmayman. Ko‘z oldingizda Parilar qiroli bilan baxtli bo‘laman. Bir paytlar siz bilan qilgan orzularimizni Taehyung bilan amalga oshiraman.Kuting va ko‘ring qirolim!
Sohe mag‘rur Jungkookdan yiz burdida honadan chiqib ketdi.Og‘riqli va vazmin o‘zini yotoqqa tashlagan jungkookning ko‘zlaridan yosh sizib chiqdi. Pichirlagancha
~Seni sevaman, Sohe. Shu hayotda qilgan eng katta xatoyim seni o‘zimdan uzoq tutganim kechir ...
Hona eshiklari ochilib ichkariga qaytgan Jimin
~Qirolim balki Soheni yonizga qaytarsangiz yaxshi bo‘lar
Jungkook vazmin nigohi bilan Jiminga yuzlanib
~Jimin bu mavzuda ortiq og‘iz ochma. Tezroq ortgaqaytishimiz kerak. Ortiqbuyerda qola olamyman. U bilan bir tom ostida qolish yuragimni battar og‘irlashtiradi
Sohe shoshilinch qadamlar bilan honadan chiqib ketarkan, ichida olov yonayotganini his qildi. Qalbida yongan g‘azab va og‘riqni mag‘rurligi bilan bosib turdi. Taehyung uni kutib turgan zindon yonida chinqirib so‘radi:

— Nima uchun u yerga bording? Seni ogohlantirdim-ku, Sohe!

Sohe ko‘zlari olovga to‘lgan holda unga tikildi:

— Men Jungkook uchun oxirigacha kurashaman, Taehyung. Uni mendan tortib olishlariga yo‘l qo‘ymayman.

Taehyung, uning bu mag‘rur va qat’iyatli so‘zlariga bir lahza qarab qoldi, so‘ngra boshini qimirlatib:

— Qachon bu yolg‘on dunyo seni sindiradi ekan, Sohe? Men seni doim sevganman, ammo endi unut. Chunki bu oxiri.

Sohe og‘riq va mag‘rurlik bilan jilmaydi:

— Meni hech narsa sindirolmaydi, Taehyung. Seni sevishinga loyiq emasman. Men butun tanam bilan Jungkookga asir bo‘lganman u uchun harakat qilaman. Agar bu kurashda yutqazsam ham, mag‘lubiyatga qadar kurashaman.

Taehyung soqchilarga qo‘li bilan ishora qildi va ularni qizni yana o‘z honasiga kuzatib qo‘yishni buyurdi.

Davomi bor.....

Keyingi epizod albatta ko‘p bo‘ladi siz esa meni o‘z reaksiyangiz va ajoyib fikrlaringiz bilan siylang jononlar. Keyingi epda ko‘rishguncha