November 26

DANGEROUS WOMEN

[1-EPIZODE] —Hayotim mangaga o‘xshaydi: Sahifamga yana bir sinov yozilmoqda. Ammo har bir chiziqning o‘z hikoyasi bor.

~Erkaklarning eng katta xatosi ulardan ojizroq ayolga past baho berishidir. Erkaklar doim ayollarning ojiz yuziga aldanishadi. Afsuski bu ayollarning niqobi. Biz ayollar erkaklardan koʻra xafliroqmiz. Dunyodagi eng yomon erkakdan koʻra dunyodagi eng yomon ayol xavfliroqdir. Hozir esa shu xatoni qilgan biri qarshimda oʻtiribdi.
Minsu qoʻlidagi qahvani xoʻplab xushsiz kursiga bogʻlab qoʻyilgan Taehyunga nazar tashlab qoʻydi.Sekinlik bilan dori tasiridan uygʻongan Taehyung qarshisidagi qizga qaradi va oʻzi qoʻygan tuzoqa oʻzi tushganini anglab yetdi.

~ Nima....hazilmi bu?
Yigit kursiga bogʻlangan holda uygʻonib qarshisida unga jiddiy va hissiz tikilib turgan qizga asabiy jilmaydi.
~ Professorim....sodda qizlarni mana shunday qarmoqqa ilintirar ekanda....Oʻz uyiga dars boʻyicha chaqirib uyqu dori solingan ichimlik? Ajoyib....
Yigitning past va boʻgʻiq kulgusi xonada yangradi.
~ Ichimlikni almashtirib qoʻyganini tahmin qilgandim....ammo ishonmagandim ....Sen muloyim koʻzli tulki ekansan
Qiz uning boʻyinbogʻidan tortib , yuzini yuziga yaqinlashtirdi. Lablariga issiq nafas urinarkan ehtiros uygʻona boshladi.
~ Seni ehtirosing bilan oʻynashgim kelyapti....qiziq bu arqonlarga bogʻlangan holda hirsingni jilovini qanday eplaysan?
Tanasini sekinlik bilan koʻz koʻz qilib yelkalarini kengroq ochdi.
~Menimcha bunday qilmaslikni maslahat bergan boʻlardim. Qaysi fandan dars berishimni unutgan koʻrinasan qizaloq.

Flashback!

Kuzning salqin tongida seol universitetining auditoriyalari talabalarning pichir-pichir ovozlari va qogʻoz shtirilishlari bilan to'lib toshardi. Yangi o'quv semestri boshlanib talabalarning har bir o'z hayollari bilan band edi ammo auditoriyaning eng oxirgi qatorda o'tirgan minsu odatdagidek boshqalarni ajralib turardi. Vaholanki u sinfga yaqin orada qo'shilgandi. U sinfdagi eng kam gap oddiy ichidagi hislarni sirtiga chiqarmaydigan qiz edi.

Bu kun birinchi para professor Kim Taehyungni dars edi. Taehyungni xonaga tashrifi talabalarda shov-shuvga sabab bo'ldi. taehyunning boyagi bo'yi jiddiy nigohi va odatiy holatda ham yoqimli jilmayishi uni darrov e'tiborga tushirdi.
—Hayirli kun! Meni ko‘p o‘quvchilar tanigan bo‘lsa kerak. Ho‘sh bu semestrda men sizlarga ,, Kriminalogiya '' bo‘yicha dars o‘taman ismim Kim Taehyung— dedi u ovozida sovuq va buyruq ohangi sezilib
U dars o‘tar ekan dars davomida talabalrni sinchkovlik bilan kuzatdi, ayniqsa nigohi auditoriyadagi bir qizda o‘zini kamtarona tutib tinmay bir nmalarni daftariga yozib o‘tirgan Minsuga qadaldi.

—Siz! Oxirgi partadagi qora sochli qiz—Taehyung savolli nigohi bilan Minsuga boqar ekan barcha talabalar yarq etib burchakda etiborsiz o‘tirgan qizga qarashdi. Minsuni oldida o‘tirgan qiz uning diqqatini tortish uchun partaga barmoqlarini urdida qo‘li bilan tund nigohda qarab turgan Taehyungni ko‘rsatdi.
—Professor seni chaqirdi-qizning gaplaridan so‘ng shoshilgancha o‘rnidan turgan Minsu nigohini proffesorga qadadi
—Janob uzur sorayman eshitmay qoldim-tazim qilgancha minsu boshini quyi egdi.
—Isming nma?
—Minsu
—Minsu nega darsga beetiborsan? Kirganimdan buyon faqat o‘zing bilan ovorasan bu nmasi? —Taehyungni o‘tkir nigohi va g‘azab bilan chiqqan sovuq so‘zlari honadagi barcha talabalrni qo‘rquvga soldi.
—Xo‘sh Minsu menga aytchi agar jinoyat joyida dalilar yo‘qolgan bo‘lsa jinoyatchini qanday aniqlash mumkun?
Auditoriyada to‘liq skunat cho‘kdi. Hamma bir nafasda Minsuga tikildi. Qiz asta boshini ko‘tardi va sovuq nigohini qarshisida unga kamsitayotgande qarab turgan proffesorga qadab dadil javob berdi
—"Dalillar yo‘qolganda, jinoyatchini aniqlashning ikkita asosiy yo‘li bor. Birinchisi, motivni tahlil qilish. Har bir jinoyatchi o‘z harakatlari bilan ma’lum bir maqsadga erishmoqchi bo‘ladi. Ikkinchisi esa, ularning xatti-harakatlari va ehtimoliy xatolarini psixologik profil orqali aniqlashdir. Jinoyatchilar, odatda, o‘zlarining odatlarini yashira olmaydilar."
Minsuni javobidan qoniqgan Taehyung labini chetida sezilar sezilmas iljayib
—Qiziq? Sen o‘zingni darsga etibor bermayotgandek tutushing aslida uni chuqur anglayotganingni bildiradimi? Ammo javobingdan qoniqmadim o‘tirishing mumkun.
Minsu ensasini qotirgancha joyiga o‘rnashdi va hech nma bo‘lmaganday ishida davom etdi. Taehyung haliham nigohini undan uzmagan holatda ‟Bu qiz o‘ylaganimdan ham qiziq ekan„ kulib qo‘ydi.

Universitetda darsla tugadi. Minsuning yangi semestrdagi kuni rasvo o‘tgan bo‘lsada ammo doim hayotdan manun edi.

Yangi kun
Minsu universitet karidorlaridan o‘z sinf honasi tomon shoshar ekan allaqachon kech qolgan edi. Nafasi bo‘g‘ziga tiqilgan qiz honaga kirdiyu yana o‘sha sovuq nigohi bilan tikilib turgan proffesorga tushdi
—Minsu soat nechchi bo‘ldi?
—Biroz kechikdim uzur so‘rayman—Minsu boshini uyi egancha uzur soradi.
—Yaxshi—Minsu joyiga o‘tirmoqchi bo‘ldi ammo Taehyungni so‘zlari uni tohtatdi.
—Men senga o‘tirishing mumkun demadim! Doska oldiga kel. Toki meni darsim tugamaguncha bu kitoblarni qo‘lingda ko‘tarib turasan aynan shu yerda
(pov M) u kechgi kundan beri men bilan olishishni boshladi. Shu yerni janjallarsiz tinchgina bitirishni istayman ammo bunga o‘xshaganlar meni chegaradan chiqishimga sabab bo‘ladilar nega?
—Minsu qimirla bu yerga kel va kech qolganing uchun jazoni o‘ta—Taehyungni kesatiq gaplaridan hunob bo‘lgan qiz doska oldiga chiqdida Taehyung bergan qalin jildli og‘ir kitoblarni qo‘liga oldi. Ularni har biri kamida 1.5kg edi ammo Minsuni qo‘lida bunaqalarda 5ta
Taehyung dars o‘tish mobaynida nigohini Minsuga tashlab qo‘yardi. Qanchalar og‘ir bo‘lmasin minsu buni sirtiga chiqarmasdi. Minsu o‘zini hech nma bo‘lmaganday tutishi Taehyungni g‘azablantirardi. „Professor meni kechiring„ deya yalinishini kutardi.
Minsu kalta yubkada edi. Uning tanasi oq bo‘lganligi bois hammaning ko‘ziga yarq etib tashlanardi. Taehyung ham ko‘zlarini qizning oyoqaridan ololmadi. Minsuning tanasiga ko‘z yugurtirgancha labini chetida shaxonaviy iljayardi.

Dars tugadi hamma o‘quvchilar birin ketin honani tark etar ekan Minsu ham sumkasini olgancha ketishga shaylandi ammo yo‘g‘on qo‘llar uni bilagidan tutib toxtatdi

Minsu bilagini ushlab turgan kuchli qo'lni tortib olishga urindi, lekin foydasi bo'lmadi.
— Professor, nima qilmoqchisiz? Meni qo'yib yuboring! — dedi u norozilik bilan.

— Men senga qanday xulq-atvorda bo'lishingni o'rgatmoqchiman.Hozir men bilan ketasan

— Jin ursin borgan sari meni chiziqdan chiqishga majbur qilyapsiz nega men? Mendan qo‘lingizni oling

Taehyung uni qat'iyat bilan eshik tomon boshladi:
— Mening darsimga kechikkaning yetmagandek, o'zingni qanday tutishni ham bilmayapsan. Hozir sen bilan darsga oid masalalarni hal qilamiz. Boshqa e'tiroz bo'lmasin!

Minsu qattiq norozilik bildirsa-da, Taehyung uni universitetdan tashqariga olib chiqdi. Mashinasi oldida to'xtab, unga qaradi:
— Mashinaga o'tir.

—Kim bilan o‘ynashayotganingizni bilmayapsiz janob proffesor bu noqonuniy. Meni majburlab olib ketolmaysiz.

Taehyung unga sovuq nigohi bilan tikildi:
— Hozir sen odobni o'rganyapsan. Shu sabab, men bilan birga dars tayyorlaysan. Bu ishni e'tiborsiz qoldirishni xohlamasang, jim o'tir

Minsu hech nima demadi, lekin ichidan qaynardi. U mashinaga o'tirdi.

Yo'l davomida sukut saqlanib qoldi. Taehyung uni o'z uyiga olib keldi. Uy hashamatli devorlariga osilgan suratlar va ichki jihozlari bejirim edi.

— Mana, shu yerda o'zingni yaxshi ko'rsatishga harakat qil. Bu dars tayyorlashda yaxshiroq ishlash uchun sharoit

— Qachongacha shunday davom etadi? Bu shunchaki jazomi yoki sizning o'zingizga yoqadigan o'yinmi?

Taehyung jilmaydi, ammo bu jilmayishda biron bir yumshoq tuyg'u yo'q edi:
— Bu sening o'yining emas. Bu men belgilagan qoidalar. Endi esa boshlaymiz.

U stol ustiga bir nechta qalin kitoblarni tashladi.
— Bu darslar bilan bugun kechgacha shug'ullanamiz. Agar mening talablarimni bajarmasang, ertaga ham davom etadi.

Minsu stulga o'tirar ekan, boshida nimani noto'g'ri qilganini o'ylardi. Ammo o'zicha qaror qildi:
“U meni bu yerda yiqitmoqchi bo‘lsa, xato qiladi. Men Taehyungga yon bermayman!”
—Biron nma ichishni istaysanmi oddiy suv? Yoki o‘tkir biror bir ichimlik
—O‘tkiridan bo‘lsa yo‘q demayman
—Hoy sen yosh bo‘la turib kuchli ichimliklarni ko‘tarolmaysan yaxshisi oddiy soju olib kelaman
—Hammasi joyida siz avval olib keling qanday ko‘tarishimni sizga ko‘rsataman—Taehyung ichimliklar to‘plamidagi eng yaxshisi va o‘tkirini olib ikki stakanga quydi.

Taehyung qizning qadahiga kukun solib shaxonaviy kulgancha
—Ko‘ramiz menga qanday chiday olarkinsan qizaloq

Davomi bor.........

#Carters meni qo‘llab quvvatlaysiz degan umiddaman. Fanfic haqidagi fikringizni comentda kutib qolaman reaksiya bosishni unutmang jononlarim
#Mw_Minsu || @Fanfics_Cartier