MY VIXEN
Soni eshitgan gaplaridan nafasi ichiga qaytib ketdi. Astalik bilan qoʻllarida va lablari titroq uygʻonar ekan miyyasi bu soʻzlarni qabul qilishga qiynala boshladi.
Jungkook: Syurpriz .... Xoʻsh tomosham yoqtimi?
Jungkookning jirkanch tabassumiga koʻzida toʻplayotgan kichik yosh tomchilari bilan tikilgan qiz undagi hisobsiz nafratni toshirib turardi.
Soni: Oʻlishingni istayman!!!
Jungkook unga lab chetida kulgan holatda jim qarab turaverdi.
Jungkook: Chindanmi?
U qizga boʻyi barobar egilib koʻzlariga oʻyinqaroqlik ila qarar ekan bundan hisobsiz zavq tuyardi.
Jungkook: Xursand boʻlma men hali Kichik Shaytonchamni yolgʻiz qoldirib bu dunyoni tark etish niyyatida emasman.
Soni: Sen!
Soni qarshisidagi nusxaning yuziga tarsaki tushirmoqchi edi ammo Jungkook abjirlik bilan qizning bilagidan tutib qoldiyu uni oʻziga tortib oradagi masofani qisqartirdi.
Jungkook: Kerak emas Chon Soni! Hozir gʻurur va gʻazabingni emas ukangni birinchi oʻringa qoʻyishing kerak!
Uning past va boʻgʻiq ovozi Soniga oʻrmondan kelayotgan shamol guvillashi kabi eshitildi.
Soni: Jahannam tubi ham sen uchun yengil jazo boʻlsa kerak.
Jungkook: Bu javobingni rozilik deb qabul qildim. Endi esa bu sovuq xonadan tezroq chiqib Suhoni yoniga boraylik....
Mashinani boshqarib ketayotgan yigit uzun qoshlarini hiyol koʻtargancha orqaoynadan Soniga koʻz tashlab qoʻydi.
Jungkook: Boʻldi endi Kichik Shaytoncham bu oʻtkir koʻzlaring bilan hozir mashina oynasini chil chil qilib yuborasan.
Jungkook mazaxlagancha mashina oynasidan koʻz uzmay ketayotgan qizga gapirdi.
Soni: .....
Uning jimligi Jungkookning yana gapirish istagini qoʻzgʻattiyu ammo sukutni afzal koʻrdi.
Manzilga yetib kelingach Soni uhlab qolgan ukasini bagʻriga bosgancha mashinadan tushdi. Uy ichiga yoʻnalarkan Jungkook uning yoʻlini toʻsib irshaydi.
Jungkook: Balki boʻlajak ishing haqida gaplashib olarmiz?
Soni: Jirkanch turqingni koʻrsatma menga!
Jungkook: Boshligʻinga ham shunday deysanmi?
Jungkook qizga bir qadam yaqinlashib boʻyi barobar egildi.
Jungkook: Yo nima qarzlaringga koʻmilib ishsiz qolging kelyaptimi? Tilingni tiy xonimcha...
Soni: Ukamni uhlatmoqchiman.! Yarim tunda muhokama qilmasak kerak ishni? Holbuki bu ish faqatgina tozalash va yigʻishtirishdan iborat boʻlsa!
Zaharxanda gap qistirgan qiz koʻzlarini asabiy kattalashtirdi. Uning yuz ifodasiga pastki labini yengil tishlab kulgan Jungkook past ovozda gapirdi.
Jungkook: Adashmasam men bunday demadim....
Soni: Nima? Nima demoqchisan?
Jungkook: Uyingga kiraqol aks holda hozir boshingdan shoxlaring oʻsib haqiqiy shaytonga aylanasan...!
Jungkook bir koʻzini qisib Sonini aylanib oʻtdi va mashinasi tomon yoʻnaldi.
Soni: Yaramas gazanda!!!
Jungkook: Men ham seni yaxshi koʻraman.
Mashinaga oʻtirgan yigit gʻazabdan olovdek yonayotgan qizni uyi oldida yolgʻiz qoldirdi.
Oradan oʻtayotgan kunlar davomida Soni klubda ishlashdan bezib ketgandi. Har kuni Jungkookni tugamas va betayincha hazillari qizning asab tolalarini birma bir uzib tashladi.
Jungkook: Xoʻsh xoʻsh....
Jungkook yarim tun boʻlishiga qaramay odamlar siyraklashib qolgan klubda Sonining yoniga yaqinlashgancha gap boshladi.
Jungkook: Bugun men va doʻstlarim uchun xizmat koʻrsatmaysanmi? Oh nega soʻrayapman oʻzi....buyruq bersam boʻldiku.
Jungkook kinoya bilan qizning chimirilgan qoshlariga va jahldan qizara boshlagan yuziga tikildi.
Soni: Haddingdan oshib ketmadingmi? Ish vaqtim allaqachon tugadi ammo sen....
U gapini tugatmasidan Jungkookning baland ovozda kulishini koʻrib hayron boʻldi.
Soni: Nimaga kulyapsan?
Jungkook: Shunchaki , jahling chiqqanda juda ham kulgilisan....
U qizning yuziga egilib tirjaydi.
Jungkook: Seni jahlingni chiqarish yoqimli....Bunday payt juda....chiroyli boʻlib ketasan.
Soni: Bezbet!
Qiz uning yelkasidan itarib oʻzidan uzoqlashtirdi. Jungkook qoʻlini yelkasiga qoʻyib yuzini soxta burishtirdi.
Jungkook: Hoy sekinroq....
Soni: Men ketaman.
Soni ryugzagini olib eshik tomon yoʻnaldi.
Jungkook: Hoziroq joyingda toʻxta.
Ammo Soni uning gapini eʼtiborga olmay eshikdan tashqariga chiqdi va zinadan tusha boshladi. Biroq ryugzagining tasmasidan tortilish tufayli
Orqaga bitta zina qoqildi.
Soni: Nima qilyapsan , ol qoʻlingni
Jungkook: Men senga ketmaysan dedim.
Qiz oʻzini bosgancha u tomon oʻgirildi.
Soni: Jungkook bas qil.... Shu 1 hafta ichida yetarlicha kamsitib boʻlding meni! Yetar endi.... Menga qoʻygan ahmoqona laqabing deb butun klub....butun tor koʻcha ortimdan "Kichik Shaytoncha" deb chaqiryapti jin ursin!
Jungkook qoshini oʻynatib kulib yubordi.
Jungkook: Nahotki?
Soni: Asabimga tegma qoch...
Jungkook uning bilagidan ushlab oʻziga tortdi.
Jungkook: Senga boshligʻing sifatida gapirishim kerak shekilli.
Soni unga oʻqrayib kuchi boricha Jungkookni itarib yubordi. Yigit ortga qoqilib ketishi bilan Soni oʻzi ham muvozanatni ushlay olmay ortga yiqildi. Baland zinalardan dumalab tushishini boʻlgancha koʻzlarini mahkam yumib olgan qiz qattiq yer ustiga emas aksincha yumshoq bagʻirga yiqilganini angladi. Sekinlik bilan koʻzlarini ocharkan qarshisida Jungkookning kimgadir oʻqrayib qarab turganini koʻrdi.
Pov_Soni
Koʻzimni ochganimda Jungkook zina tepasida kimgadir qarab turar edi. Shu vaqt men erkak iforini his qilib tezlik bilan boshimni tepaga koʻtardim. Yengil jingalak sochlari qoshlari ustida toʻkilib turgan burgut koʻzli yigit....
Tezlik bilan uning qoʻlidan chiqib ryugzagimni yelkamga qayta ildim va zinadan yugurib tushib ketdim. Shoshganimdan hatto undan uzr ham soʻramadim.... Negadir bu yigit menga gʻalati va qoʻrqinchli koʻrindi.
Soni shoshib klubdan chiqib ketarkan Jungkook uning ortida asabiy xoʻrsinib qarab qoldi. Soʻng nigohini yana qarshisidagi yigitga qaratdi.
Jungkook: Kelishing haqida ogohlantirmading....aka.
Taehyung: Oʻgay aka desang ham hafa boʻlmayman....oʻzingni iliq soʻzlar bilan qiynama Jungkook.
Taehyung eʼtiborsiz zinadan koʻtarilib yerga tushgan uy kalitini koʻrib qoldi.
Taehyung: Senikimi?
Jungkook: Yoʻq!
Taehyung Jungkookka butun tanasi bilan oʻgirilib qaradi.
Taehyung: Yangi oʻyinchogʻingni ketib qolgani uchun meni aybdor qilyapsanmi? Yoki uni yiqilayotganda tutib qolganim uchun rashk qilyapsanmi?
Jungkook: Demak Mingyu chaqimchilik qilibtida...
Taehyung barmogʻida kalitni oʻynagancha qoshlarini qoqib labini bukdi.
Taehyung: Balki....
Soʻng u Soni chiqib ketgan eshik ortidan qaradi.
Taehyung: Bu safar didingga qoyil qolmadim.... Koreyaga kelib 1 yil ichida miyyang aynib qolibti.
Jungkook unga ensasini qotirdi.
Jungkook: Qachon kelding?
Taehyung: Otamiz....seni bir qizni ortidan yurganingni hazm qila olmayapti.... Klub ishlariga eʼtibor qaratmayapsan.
Taehyung yoʻlak boʻylab yurib toʻgʻri Jungkookning xonasiga kirdi. Uning ortidan ergashgan yigit ham oʻgay akasining gaplaridan yetarlicha asabiylashib boʻlgandi.
Jungkook: Otamiz emas Ma Donsok desang ham hech kim eshitib qolmaydi....
Taehyung: Jungkook...
Unga maʼnoli va hisob-kitobli qaradi.
Jungkook: Pashadan fil yasashidan toʻydim.
Taehyung: Sen Italiyaga qaytasan...! Uning buyrugʻi shu boʻldi.
Jungkook: Demak klubni senga topshirdi....
Yigit koʻzlarini yumgancha asabiy kulib qoʻydi.
Jungkook: Seni juda yaxshi bilaman qadrli akajon.... Aslida Mingyu hech nimani aytmagan. Klub kerak boʻlgani uchun meni sotding....
U qoshlarini oʻynatib qoʻydi.
Jungkook: Naqadar ayyorsan.... Agar Ma Donsok klubdan asl foydalanish maqsadingni bilsa....
Taehyung: Nimani bilasan nimani tushunasan bu ahamiyatsiz....Ertagayoq 1-reys bilan Italiyaga joʻnaysan....Odamlaringni ham olib ketishing kerak....yaxshisi xususiy samolyotda ket.... Men gaplashib qoʻyaman.
Jungkook mushtini qisib gʻazabini bosdi. Taehyung esa bamaylixotir telefonda kerakli habarni joʻnatib qoʻlidagi kalitga tikildi.
Taehyung: Menimcha bu kalit.....Seni Kichik Shaytonchanga tegishli.... Olib borib berish kerak.
Jungkook: Menga ber.
Taehyung Jungkookka qararkan kalitni unga uloqtirdi.
Taehyung: Borib hayrlashib kel...
Soni: Jin ursin oʻzimni nimadir qilib qoʻyaman hozir!
Summasidan kalitni topa olmay xunob boʻlgan qiz asabiy oʻrindiqqa oʻtirdi. Uni jim kuzatib turgan Suho opasining yoniga kelib ryugzak ichiga boʻyin choʻzib qaradi.
Suho: Nima opa kalitni yoʻqotdingizmi?
Soni unga aybdorona qaradi.
Soni: Menimcha ha.
Jungkook: Sizlarning Super qahramoningiz keldi.
Soni tezlik bilan ortga qarab qoʻlida uy kalitini koʻtarib olgan Jungkookni koʻrdiyu oʻrnidan qanday turganini bilmay qoldi.
Suho: Yashasin Super qahramon Jungkook.
Suho xursandligidan sakragancha Jungkookni oyogʻidan quchib oldi. Bolakayning samimiy kulgusi yigitning yuziga tabassum yugurishiga undarkan u Suhoni koʻtarib kalitni Soniga uzatdi.
Jungkook: Tushirib qoʻyibsan...
Qiz indamay eshikni ochdi va ichkariga kirdi. Jungkook esa Suhoni oʻynatgancha tashqarida u bilan kulishib turardi.
Soni: Suho....uyga kir....!
Bolakay hafsalasi pir boʻlib Jungkookka qaradi.
Suho: Jungkook aka....biz bilan qoling ..
Jungkook kulimsirab uning sochlarini siladi.
Jungkook: Menimcha endi sen bilan qola olmayman....Superqahramonlarning ishi juda koʻp bilasanmi?
Suho: Ha...
Jungkook: Men uzoqqa ketishim kerak...senga oʻxshagan shirin bolalarga opanga oʻxshagan shaytonchalarga yordam berishim kerak.
Suho: Tez qaytasizmi?
Jungkook: Harakat qilaman....Sen esa kelgunimcha oʻzing Superqahramon boʻlib uyingni , opangni himoya qilishning kerak ....Tushundingmi?
Suho tez boshini silkib qoʻydi. U Jungkookni boʻynidan kichik qoʻlchalarini oʻrab oldi.
Suho: Sizni sogʻinaman , Jungkook aka....
Jungkook: Men ham...
U Suhoni Sonining qoʻliga berdi.
Jungkook: Men ketyapman....bu mamlakatdan endi mazza qilib yashasang kerak.
Soni: Eshitib juda quvondim....yashirmayman.
Jungkook uning gapidan ensa qotirdi. Unga ketish yoqmayotgan edi.
Jungkook: Mayli....oʻzingni asra....sen bilan juda zoʻr vaqt oʻtkazdik...
Soni: Men emas sen oʻtkazding....Mayli insoniylik yuzasidan oʻlmay yetib ol deyman.
Jungkook kulib yubordi.
Jungkook: Sendan bunday yoqimli tilak eshitaman deb oʻylamagandim.
Soni unga burnini jiyirib qoʻydi.
Soni: Modomiki ketar ekansan , meni qarzlarimchi?
Jungkook: Ularni uzildi deb hisobla.
Soni: ...
Jungkook: Hayr kichik shaytoncham....ukangni xafa qilma.
Jungkook shunday uydan uzoqlashib oʻz mototsikliga oʻtitdi va shlemini kiyib Soni va Suhoga oxirgi bor nazar soldiyu katta tezlikda ketib qoldi.
Soni hech nima demay uy ichiga kirib eshikni yopdi.
Ammo suhbat boshidan beri muyilishdagi eski garaj oldida turgan qora mersedes ular gʻoyib boʻlgach bir muncha daqiqadan soʻng sekinlik bilan harakatlandi va tun qoʻyniga singib ketdi.