January 9, 2025

CRAZED 18+

[16-Epizode] —"Hayot ba'zida bizni shunday sinovlarga duchor qiladi, kimnidir himoya qilish uchun o‘zingni qurbon qilasan. Lekin oxirida haqiqat har doim g‘olib chiqadi. Qancha qochsang ham, qismatingdan yashirinib bo‘lmaydi..."

Rora o‘zining sirli tabassumi bilan Jungkook va Minsuni qarshi oldi. Uning har bir harakati o‘ylab qo‘yilgandek edi, go‘yoki bu bazmda hammasi uning qo‘lida. Mehmonlar orasidan turli pichir-pichir eshitilar, biroq bu shovqin ichida birgina narsa aniq edi — bugun hech kim bu bazmni tinch kechishini kutmasdi.

— Nihoyat keldingiz! — Rora Minsuga yaqinlashib uni samimiy ohangda quchoqladi. — Menga ishonib bu kechaga kelganingiz uchun rahmat.

Minsu jilmayishga majbur bo‘ldi, lekin ichida nimadir uni bezovta qilardi. Jungkookning qo‘li belida, u hamisha ehtiyotkor edi, ayniqsa, Rora bilan bog‘liq vaziyatlarda.

— Bu yerga kelishimizni sen uchun emas Rora, Sevgilim buni istagani uchun keldik— dedi Jungkook sovuq ohangda. — Lekin sen aytgan “tuxmatlaring”ni fosh qilaman

Rora o‘zining mag‘rur qiyofasini saqlagancha, bir nafas kulimsiradi va qo‘li bilan ichkariga taklif qildi.

— Haqiqatni hammasini bilib olasizlar lekin buning uchun avval bir stakanchadan sharob ichib tanangizni qizdirib oling, — dedi u o‘zining ustunligini ko‘rsatmoqchi bo‘lganday.

Minsu ichkariga kirar ekan, Hyunsuk bilan ko‘zlari to‘qnashdi. Hyunsukning nigohlari tund edi. U nima uchundir Minsuni bu joyda ko‘rishni xohlamayotgandek ko‘rinardi.
---
Kechaning avji edi. Hashamdor zal odamlar bilan gavjum, barcha ko‘zlar sahnada edi. Minsu va Jungkook zalning bir burchagida turgancha, sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatardi. Ammo Rora asta-asta sahnaga chiqib, mikrofonni qo‘liga oldi. Uning qadamlarida qat’iyat, nigohlarida esa kuchli nafrat bor edi.

Rora atrofga jilmayib qaradi, ammo bu jilmayishda bir tomchi ham samimiyat yo‘q edi. U mikrofonni mahkam ushlagancha, ovozini baland qildi:
— Bu kecha nafaqat bayram, balki haqiqatni ochish kechasi hamdir!

Minsuning yuragi bezovtalanib ketdi. Jungkook uning yonida jim turgan bo‘lsa ham, vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatardi.

Rora davom etdi:
— Bugun men hammaga bir narsani oshkor qilaman... — U to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jungkookning ko‘zlariga qaradi. — Jungkook, hamma sening kimligini bilishi kerak.

Jungkookning peshonasiga ter chiqdi, lekin ovozini ko‘tarmadi.

Zal birdan jimgina qoldi. Mehmonlar bir-birlariga hayrat bilan qarab, shivir-shivir qila boshladi. Minsu esa dahshatga tushgancha Roraga qaradi.

— Rora tomoshani bas qilarsan balki?—dedi Minsu asabiy jilmayib

Jungkook asabiy ravishda atrofga qaradi. Uning nigohlari yuqoridagi balkon tomonga tushdi va yuragi bir lahzada qotib qoldi. Kimdir qurolni Minsuga qarata olgan edi!

— Minsu! Egil! — deb baqirdi Jungkook, o‘zini qizning oldiga tashlab.

Quloqni qomatga keltiruvchi o‘q ovozi zalni titratdi. Jungkook Minsuni himoya qilish uchun o‘zini o‘qqa tutdi.

— Jungkook! — deb baqirdi Minsu, ko‘z yoshlari ichida tiz cho‘kib, uning yoniga o‘tirib.

Jungkookning beli va umurtqa qismi qon ichida edi. U og‘riqdan zorlanib, nafas ololmasdi, lekin Minsuning qo‘lini ushlab, arang pichirladi:
— Menga hech narsa qilmaydi... Men seni asrashim kerak edi...

Zalda vahima va shovqin yuzaga keldi. Mehmonlar qayerga qochishni bilmay qoldilar. Minsu qichqirgancha, ko‘zlari qorong‘ulashib, dahshatdan yo‘qotildi.

Ammo Rora shokka tushgan edi. Uning ko‘z oldida Jungkook qon ichida yotardi. U tezlikda jungkookni yoniga kelib, tiz cho‘kdi va boshi uzra yeg‘lay boshladi.
— Bu bunday bo‘lishi kerak emasdi... — dedi u, ovozi titrab.

Ammo keyin birdan o‘zini o‘nglab, Minsuga otilib bordi.
— Bu sening aybing! — dedi u, Minsuni kuch bilan turtib. — Sen sabab u shunday axvolda agar unga nmadir bo‘lsa seni tinch qo‘ymayman Minsu

Minsu o‘zini himoya qilishga ulgurmay, birdan Hyunsuk kelib qoldi. U Minsuni qo‘lidan mahkam tortib, orqaga chekinishga majbur qildi.

— Qo‘yib yubor meni! Men Jungkookni yolg‘iz qoldirolmayman! — deb qichqirdi Minsu tipirchilab.

— Bu joy endi xavfli. Seni olib ketishim kerak! — dedi Hyunsuk sovuq ohangda va uni majburlab olib chiqib ketdi.

Zal ichida hamon shovqin, vahima va qon hidi qoldi. Rora esa Jungkookning yonida tiz cho‘kkancha, uning qonli qo‘lini mahkam ushlagan edi.
Hyunsuk Minsuni kuch bilan tortib chiqib ketayotganda, qizning yuragi halqa-halqa og‘riq bilan to‘lgan edi. U orqasiga qayta-qayta qarab, Jungkookning yonida tiz cho‘kib o‘tirgan Rorani ko‘rib qoldi. U ichida hayqirib yubordi: "Bu adolatanmi?"

Hyunsuk uni mashinaga tiqib yubordi va tezlikda yo‘lga tushdi. Minsu yig‘lardi, ammo Hyunsukning yuzida hech qanday his-tuyg‘u yo‘q edi.
— Nega meni olib ketyapsan?! Jungkook meni himoya qilish uchun o‘zini o‘qqa tutdi! Men uni yolg‘iz tashlab keta olmayman! — qichqirdi Minsu.

Hyunsuk qizning so‘zlariga qaramadi, faqat rulni mahkam ushlab, sovuqqina gapirdi:
— Sen hozir o‘sha joyda qololmaysan. Rora hamma aybni sening bo‘yningga ildi axir?

Minsuning ichidan yonib ketayotgandek edi. U Hyunsukka o‘zini tashlab yubordi:
— Meni qaytar! Jungkookni shu ahvolda yolg‘iz qoldirib bo‘lmaydi!

Hyunsuk mashinani to‘xtatib, uni o‘tkir nigoh bilan qaradi.
— Jungkook o‘zini sen uchun qurbon qildi. Sen bu yerdan omon chiqmasang, u o‘qni behuda yegan bo‘ladi. Tushundingmi?

Minsuning og‘zidan biror so‘z chiqmay qoldi. Ko‘zlaridagi yosh to‘xtamasdi. Ammo Hyunsuk gapida qat’iy edi.

Mashina uzoqlashar, yo‘l esa qop-qorong‘i edi. Minsuning miyasi ichida minglab savollar charx urar, lekin javoblar yo‘q edi.

Bu vaqtda esa zalda qattiq tartibsizlik davom etardi. Allaqachon Jungkookning otasi Janob Jeon va Roraning onasi Jeon honim yetib kelishgan edi. Voqea joyiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatuvchilar yetib keldi. Uning nafas olishida qiynalayotgani va qon yo‘qotayotganini ko‘rib, shoshilinch kasalxonaga olib borishdi.

Rora esa joyidan qimirlamay, qo‘llarini qonli qilib, yerga tikilib o‘tirardi. U sevgilisining bu holga tushishiga o‘zi sabab bo‘lganini tushunardi. Ammo bu qattiq azob o‘rniga unda yovuz bir qaror uyg‘otdi.

U tura solib, yuzidagi yeg‘i izlarini artdi va o‘ziga pichirladi:
— Minsuni bunga javobgarlikka tortaman.
------
Kasalxonaning yorqin chiroqlari ostida shoshilinch ravishda operatsiya boshlangandi. Shifokorlar bir-birlari bilan qisqa va aniq so‘zlashar, bemorning ahvolini barqarorlashtirish uchun jon-jahdlari bilan ishlashardi.
O‘q Jungkookning bel umurtqasini qattiq shikastlagan edi. U ko‘p qon yo‘qotgani uchun shifokorlar hayotini saqlab qolish bilan birga, shikastlanish oqibatlarini bartaraf qilishga urinardi. Ammo operatsiya oxiriga yetgach, bosh jarroh tashqarida kutib turganlarni oldiga chiqdi.

— Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, bemor hayotda, — dedi u charchoq bilan. — Ammo...

Rora buni eshitib birdan o‘rnidan turdi:
— Nima ammo? Ayting, doktor!

Jarroh chuqur nafas olib, yuzidagi niqobni tushirdi:
— O‘q orqa miyani shikastlagan. Biz harakat qildik, ammo umurtqa shikastlangani sababli bemor oyoqlarini his qilmaydi. Unga yurish imkoniyati tiklanishi ehtimoli juda past.

Rora butun dunyosi qulaganday bo‘ldi. U chinqirib yubordi:
— Yo‘q! Bu mumkin emas! U tuzaladi, to‘g‘rimi? To‘g‘rimi?!

Doktor qo‘lini yoniga soldi va o‘zini sokin tutishga harakat qildi:
— Bilaman, bu sizlar uchun og‘ir yangilik. Lekin biz harakat qilishda davom etamiz. Reabilitatsiya muolajalari yordam berishi mumkin, ammo bu uzoq vaqt talab etadi va natija kafolatlanmaydi.

Rora doktorga ko‘z yoshlari bilan boqib turar, ichida esa minglab his-tuyg‘ular charx urardi.
Janob Jeon ko‘ksini qattiq qisib ushlagancha o‘rindiqqa jiylashib chuqur chuqur nafas olardi
—Rora qizim bu voqea qanday yuz berdi? Minsu qayerda?-dedi Jeon honim hammasini bilib atayin olovga moy sepayotganday
—Bariga o‘sha Minsu aybdor. U Hyunsuk bilan bu otiahmani uyushtirgan. Jungkookga o‘q uzilgandan so‘ng Minsu va Hyunsuk qochib ketishdi. Ota bu qiz Jungkookni boshini yedi shunda ham bir chora ko‘rmaysizmi?
Rora asabiy otasiga qichqirdi. Janob Jeon og‘ir yutingancha hech so‘z ayta olmadi faqatgina o‘g‘li sog‘ayib ketishini o‘ylardi


Jungkook ko‘zlarini ochganida, kasalxonaning oqarib ketgan shiftini ko‘rdi. Qancha vaqt o‘tgani haqida tasavvurga ega emasdi. U qimirlamoqchi bo‘ldi, ammo tanasining pastki qismi hech qanday his-tuyg‘u bermayotganini anglab, yuragi tez ura boshladi.

Bir necha soniyadan keyin Rora eshikdan yugurib kirdi. U ko‘z yoshlarini artayotgancha Jungkookning yoniga tiz cho‘kdi:
— Jungkook! Xudoga shukur, uyg‘onding...

Jungkook o‘rnidan turishga harakat qildi ammo chorasiz edi
— Minsu... U qayerda? Menga nima bo‘ldi? Nega oyoqlarimni his qilmayapman?

Roraning lablari qaltirab ketdi. U o‘zini tutishga harakat qilib, yuziga o‘zini dadil ko‘rsatuvchi tabassum soldi.
— Muhim emas... Muhimi sen tiriksan. Biz hammamiz yoningdamiz.Men yoningdaman

Jungkook esa Roraning so‘zlariga ishonmadi. U bir lahza jim qoldi, keyin so‘radi:
— Yurish imkoniyatim bormi?
Jungkook hammon jim turgan Roraning yuzlariga qarab turar ekan ko‘zlari asta namlandi. Baqir chaqirdan ham foyda yoqligini anglagan yigitni ohirgi marta eslab qolgan Minsuni yuzi ko‘z oldidan o‘tdi.
—Minsu qayerda?
—Jungkook bariga o‘sha qiz sababchi nega haliham mening oldimda uning ismini takrorlayapsan?
Birdan honaga Janob Jeon kirdi
----------
Hyunsuk Minsuni o‘z uyiga olib kelgan edi. Minsu o‘rndiqda o‘tirar ekan havotirdan bir joyda tek turolmas edi. Honaga qaytib kelgan Hyunsuk tomon otilgan qiz
—Ho‘sh? Uning ahvoli qnaday ekan? Doktorlar nma deyiahibti gapirsangchi Hyunsuk bunday turmasdaaan
—Apeatsiya yaxshi o‘tibdi
—Eh hudoyim o‘zinga shukur. U sog‘ salomat.
—Ammo....
—Nma ammo?
—Uning bel sohasi qattiq shikastlangan shu sababli vaqtinchalik oyoqdan qolgan
Minsuning ichidan birnma uzilganday bo‘ldi. Barcha iahlarga o‘zini ayblagan qiz tashqariga chiqishga shaylandi birdan uni yo‘lini to‘sgan yigit
—Qayerga?
—Men uni ko‘rishim kerak.
Minsu yana yo‘lida davom etishga uringan payt yigit uning qo‘llaridan mahkam siqgancha sovuq va qat’iy ovozda gapirdi:
— Sen bilmayapsanmi? U endi yurmaydi. U o‘sha kursiga mahkamlanib qoladi. Sen unga yordam bera olmaysan. Lekin men... men seni o‘zimniki qilaman.

Minsu qo‘lini tortmoqchi bo‘ldi, lekin Hyunsukning kuchi undan ustun edi.
— Meni qo‘yib yubor! Bu – mening qarorim!

Hyunsuk o‘ziga yaqinroq egilib, past ovozda shivirladi:
— Endi sening hech qanday qaroring yo‘q, Minsu. Men senga boshqacha hayot ko‘rsataman, qarshilik qilma.

Minsuning qalbida vahima kuchayardi. Jungkookning yonida bo‘lishni istar edi, lekin hozir unda bunga imkoniyat yo‘q edi.

Mashina katta tezlikda harakatlanar ekan, uning o‘tirgan joyida jim o‘tirishi mumkin emas edi. Ammo ichida nimadir unga taslim bo‘lmaslikni aytayotganday edi.

Davomi bor......
1-FASL THE END
Keyingi fasl chiqishi siz jononlarga bog‘liq. Comentni portlatib udar shu fanficca oid editlar va reaksiyalar bilan hursand qilsangiz