Sensiz hayot zerikarli
—Hikoya avtor tomonidan to‘qilgan bo‘lib real hayotga asoslanmagan—
—Hikoya otasining dushmanini qizini sevib qolgan oddiy kambag‘al majnun yigit haqida so‘zlaydi
Yozuvchidan: Juda ko'p izlanishlar va bosh qotirmalar natijasida, men chuqurroq mavzuga qo'l urishga qaror qildim. Etibor insoniyatning eng yaxshi qurolidir. Men yaratmoqchi bo'lgan asarda esa sizdan faqat etiborni kutib qolaman. Umid qilamanki chuqur qirraga ega hikoyamni mutolaa qilishni boshlash arafasidagi o'quvchilar meni doim ruhlantirasiz.
—Allaqachon qorong‘u tushgan uncha kotta bo‘lmagan ikki qavatli bejirim uyni va uy bog‘ini chiroqla yoritib turgandi. Ichkarida kotta bezatilgan noz nematlarga to‘ldirilgan stolni ikki chekkasida Taehyung va Minsu ovqatlanardi. Oradagi sovuq skunatni Taehyungni ovozi buzdi
—Taehyun qo‘lidagi sanchqi va pichoqni qo‘ymagan holda nigohini ovqatga qadab qarshisida o‘tirgan xotiniga savol berdi
-Bugun onam uyga kelibti? Ho‘sh u bilan nimalar haqida gaplashdingiz?
-Hech nima!
—Birdan xotinining javobidan qoniqmagan Taehyung nigohini qarshisidagi Minsuga qadab
-U bu yerda bir soatdan ko‘p vaqt qolgan. Bu vaqt ichida hech nma bo‘lmadi demoqchimisan?
—Qiz vazminlik bilan eriga yuzlanib biroz baland bo‘lgan ohangda
-U aynan meni qo‘limdan qahva ichishni istaganini aytdi! Men unga qahva tayyorlab berdim. Boshqa hech nma bo‘lmadi
—Taehyung allaqachon yuziga jididylik niqobini kiygan edi. Tund nigohi javobdan qoniqmaganini yaqqol ko‘rsatib turardi. Qo‘lidagi sanchqi va pichoqni jahl bilan qoygach stakandagi suvni bir kotarishda ichib yubordi. Jahil bilan bo‘yinbog‘ini bo‘shatgan Taehyung yana xotiniga savollar beraboshladi.
-Hammaning ko‘z oldida haqiqiy er xotinlarmiz! Shunday ekan onam oldida o‘zingni shunday tutishing zarur
-Nega? Men o‘zimni mehribon xotin sifatida ko‘rsatishga majbur emasman! Buni ustiga to‘yimizga 6 oydan oshdi. Otamdan menga meros bo‘lib qolgan kompaniya kursisida sen o‘tiribsan. Yana nma qilishimni istaysan?
-Eringman shunday ekan seniki bo‘lganlari meniki hisoblanadi.
-Ha kelishuvga ko‘ra hammasini bajardim.
-Kelishuvimizga ko‘ra hech qanday erkak bilan munosabatta bo‘lmasligin kerak edi. Ammo menga yetqizishayotgan malumotga ko‘ra haliham u bilan ko‘rishib yuribsan. Bu mening nomimga dog‘ olib kelishini nahot o‘ylab ko‘rmading.
-Nma senga clubma club foxishalar bilan yurishga uyga olib kelib istaganing qilishga mumkunku menga sevgan insonim bilan uchrashish mumkun emasmi? Men haqiqiy erkak muhabatini his etishni istayman.Soxta munosabatlar bilan umrimni so‘ngigacha yashamoqchi emasman. Bas men to‘g‘risi charchadim. Sen tomoningdan hadeb tahqirlanishdan kamsitilishdan charchadim. Ajrashamiz! Ortiq bunday hayotda yashay olmayman. Bari seniki Taehyung. Meniki bo‘lgan barchasi. Shunchaki o‘zing onang va foxishalaring bilan hayotimdan chiqib ket. Sendan nafratlanaman
—Minsu o‘rnidan turib ketarkan Taehyungni yo‘g‘on ovozi uni to‘htashga undadi
-Qaytib joyinga o‘tir!
-Menga buyruq beradigan hech kimsan
-Qayta takrorlashni yomon ko‘raman bilasan. Gapimni tugatmasimdan menga ters o‘giriladiganlarni jinm suymaydi. Meni aqldan ozdirmay joyinga qaytib o‘tir
—Minsu ortiq quloq solishni istamay yo‘lida davom etdi. Minsu zinalardan yuqoriga ko‘tarilar ekan Taehyung ming g‘azab bilan o‘rnidan turib qizning ortidan bordida uning qo‘lidan mahkam siqib ushlab o‘ziga qaratgancha baqirib yubordi
-Men gapirganimda yuzimga ters o‘girilma deb necha marta aytganman Minsu?
-Qo‘limni qo‘yib yubor! Senga quloq solishga majburmasman
-Demak shunday?
-Nma?
-Haqiqiy munosabatni istaysan? Unda bugun rasman er xotin sifatida yashashni boshlaymiz
-Qo‘limni qo‘yib yubor! Seni ko‘rishni ham istamayman
—Minsu Taehyundan qo‘lini tortib oldida yo‘lida davom etar ekan ortidan kelib belidan quchgancha yerdan das ko‘targan baquvvat qo‘llar oldida Minsu ojiz qoldi. Oyoqlari bilan tipirchilagancha tinmay erining qo‘llarini chimdishga kirishgandi. Taehyungga bu zarbalar hatto chivin chaqqanchalik ham emasdi
-Meni yerga qo‘y! Ahmoqlik qilma. Qo‘yib yubor meni.
-Sen xotinimsan demak hammasiga haqliman
—Taehyung o‘z honasiga Minsuni olib kirgach uni yotog‘iga uloqtirdi. Minsu baqirgancha qayta o‘rnidan turdiyu eshikni qulflayotgan Taehyunga ko‘zi tushdi.
-Nma qilyapsan? Nega eshikni qulflading?
-Bugun shu yerda haqiqiy er xotinga aylanamiz. Ahir bugun onam ham shu haqida soramadimi a?
-Aljirashni bas qil. Eshikni och.
—Minsu o‘rnidan turdida to‘g‘ri eshik oldiga bordi. Barcha urunishlari foydasizligini bilsada qiz eshik tutqichidan ushlagancha ochishga urinardi. Eshikni urgancha hizmatchisini chaqirishga tushdi. Ammo ortidan kelgan ayyorona kulgu ovozi Minsuni battar hunob qilardi
-Hizmatchiga ruxsat berib yuborganman. Bugun ikkimiz uyda yolg‘izmiz. Bizni hech kim eshitmaydi sevgilim
-Nma mastmisan? Men seni o‘sha clublaringdagi foxishalaringdan emasman. Eshikni och. Biz bunga kelishmaganmiz. Bu soxta nikoh. Sevgilingdan voz kechasan deding voz kechdim. Turmush quramiz deding shunday qildim. Kompaniya deding berdim. Yana nma istaysan nma?
-Farzand!
-Nma?
-Ha chunki onam nabirali bo‘lishni istaydi. Xotinim ekansan bu majburiyatni ham bajarishing kerak to‘g‘rimi?
-Aqildan ozibsan. Esingni yeb qo‘yibsan. Biz bunaqasiga kelishmaganmiz.
—Minsu eshitganlaridan shok holatga tushib qayta eshikni ochishga urina boshladi. Qichqirgancha hizmatchilarni chaqirardi. Bu vaqtda Taehyung kulgancha bir shisha viskini ochdida butunligicha ko‘tarib icha boshladi. Shishani yarimlatgach Taehyung ko‘ylagini yechib yubordi va Minsuni borib ortidan mahkam quchgancha bo‘yniga yuzini ko‘mdi. Bu holatdan shokka tushib qolgan Minsu ovozi chiqmay joyida tosh qotib qolgandi
-Kel yaxshisi taslim bo‘lamiz! Bir birimizga imkon bersak
—Minsu bor kuchi bilan Taehyungni o‘zidan itarib yubordi. Taehyung allaqachon Minsuni eshik oldida ulkan tanasi bilan qisib qo‘ygandi.
-Taehyung hozir mastsan iltimos ustinga kiyib ol. Shu eshikni och bu yerda menga havo yetmayapti. Hozirni o‘zida bo‘g‘ilib qolaman iltimos och shu eshikni.
—Taehyung xotinidan uzoqlashgach telbanamo kulgancha
-Bugun to‘yimizni bo‘lmagan birinchi kechasi deb tasavur qil! Bugun onamni orzusini amalga oshiramiz. Shundagina hamma shartlarni bajargan bo‘lasan.
—Minsu tezlik bilan Taehyungni yonidan o‘tdida to‘g‘ri stol ustida turgan viski shishasini olib yerga tashladi. chil chil bolgan shisha sinig‘idan qo‘liga olgan Minsu eriga o‘qtalgancha
-Yaqinlashma yo‘qsa o‘ldiraman
-Bunday qilolmaysan menga zarar yetkazishga kuching yetmaydi
—Minsu shishani bo‘g‘ziga tiradida eriga tahdid qila boshladi
-Unda o‘zimni o‘ldiraman. Hammasidan mahrum bo‘lasan. Agar yana bir qadam tashlasang baridan qurib qolasan Kim Taehyung
-Agar shunday qilishga harakat qilsang onangni qamoqda chiritaman. Sen qilgan aybing uchun onang bada to‘laydi. Qo‘limda qanday dalilar borligini bilsan shundaymi xotinjon!
—Minsu birdan bu javobdan yeg‘lab yubordi. Qo‘lidagi shisha sinig‘i uerga tushdiyu Minsu devorga suyangancha yeg‘lab yubordi. Taehyung Minsuni bunday reaksiyasidan hayratga tushib qolgandi. Jiddiylik ifodasini achinish egaladi.
-Yeg‘lama! Minsu bas qil. Yeg‘lama dedim
-Onamga tegma o‘tinaman Taehyung. Barcha shartlaringa roziman ammo onamda ayb yo‘qligini bilasanku. O‘tinaman unday qilma
—Sabr kosasi to‘lgan Taehyung devorga mushtlab urgancha baqirib yubordi
-Yeg‘lama dediiim! Bas jim bo‘l.
—Taehyung tez tez nafas olarkan mastligi sabab oyog‘ida zo‘rg‘a turardi. U yeg‘lagancha yerga o‘tirib qolgan xotiniga qaradida boshqa hech narsa qilmay o‘zini yotoqga tashladi. Ohirgi so‘zlar va u ko‘zlarini yumgancha uyquga ketdi
-Ortiq yonimda yeg‘lama!
—Erta tong. Quyosh nurlari atrofni yoritar ekan yuziga tushgan yorug‘likdan Minsu ko‘zlarini asta ochtdi. O‘zini yotoqda ko‘rpaga o‘ralgan holda ko‘rgach qo‘rquvdan ko‘rpa ichiga o‘zining tanasiga qaradi.
-Kecha axir yerda uxlagan edim. Qanday qilib? Naxotki u
—Birdan eshik ochilib ichkariga kirgan Taehyung yuziga tabbasumni qadab qo‘lida nonushta tayyorlangan patnisni stol ustiga qo‘ydi
-Xayirli tong sevgilim. Kecha kop ichib yubordim shekilli uhlab qolibman. Uyg‘ongach seni yerda yotganing ko‘rib ko‘nglim buzulib ketti.
—Minsu qovoq uygancha uni so‘zlarini tinglar ekan Taehyung tinmay kechagi tunni eslatishga harakat qilar edi. Minsu ortiq chidolmay o‘rnidan turib ketmoqchi bo‘lganda katta tana uni qayta yotoqqa qadadi. Bir on deganda Taehyungni tanasi ostida qolgan qiz tipirchilagancha qarshilik ko‘rsatar edi.
-Shunchaki o‘ylab qoldim. Kechagi ishni davom etirsamikin.
Uning yuzidagi ayyorona kulgu meni butun tanamni bo‘shashtirib yubordi. Nafasi yuzimga urilarkan allaqachon o‘zimni unga topshirib bo‘lgandim. Ich ichimdan u bilan haqiqiy er xotin bo‘lib yashashni istayman. Ammo uning munosabatlari yolg‘on bo‘lsachi?
-Ustimdan tush. Qo‘yib yubor dedim
—Birdan Taehyung o‘rnidan turdida qo‘llarini beliga qo‘ygancha baland kula boshladi. Minsu o‘rnidan turdida ust boshini o‘g‘nab ensasini qotirgancha nigohini eriga qadadi. Birdan Taehyung kulishdan to‘htab yuziga jiddiy niqobni kiyib Xotining ustiga bostirib keldida qo‘llari bilan uning yelkasidan siqib ushlab o‘shqira boshladi
-Sendan nafratlanaman. Sen shunchaki mening qo‘g‘irchog‘imsan. Men esa sening xo‘jayning. Men nmani istasam qilishga majbur qo‘g‘irchoq. Senga qarasam jirkanib ketaman. O‘z otasini ikkilanmay yoqib yuborgan daxshatli kimsa.
-Mendan qo‘lingni tort! Kimsanki menga bunday so‘zlarni aytasan a? O‘zing kimsan? Oppoq emassan Kim Taehyung. Meni bunday qilishga sababim bor edi. Seni ham yillar mobaynida aldab kelishgan kimsalarga nma qila olarding ho‘sh qani gapir. Men ularni oilasida qanchalar azob chekanimni sen qayerdan bilasan. Har kecha o‘lgan deb o‘ylagan onamni suratiga termula bedor o‘tkazgan tunlarimni qayerdan bilasan. Hech qachon bilib bilmay hulosa chiqarma. Hammangizdan nafratlanaman. Ming lanat bo‘lsin barchangizga.
Minsu jahil bilan honani tark etdi. Xotinining qichqirig‘lariyu ko‘z yoshlaridan qotib qolgan Taehyung hech bir reaksiyasiz joyida qolgandi.
—Ikki yosh nonushta qilar ekan orada sovuq skunat hukmron edi, faqatgina qimirlaganda ovozi chiqayotgan sanchqi va ovqat solingan likopchaga tegayotgan qoshiqlar ovozi eshtilardi. Minsuning telefoniga kelgan sms hammani diqqat etiborini tordi. Minsu qo‘luga telwfonini oldida xabarni ko‘rgach yuziga ajoyib va nafis tabassum yugurdi. Bu holatdan noqulay bo‘lgan Taehyung jahil bilan qo‘lidagi sanchqi va qoshig‘ini qo‘ydida tomoq qirgancha bo‘yinbog‘ini bo‘shata boshladi.
-Jin ursin! U atayin mening g‘azabimni qo‘zimoqchi. Ammo bunchalar hursand qila oladugan nma ekan u. Telefonidan bosh ko‘tarolmay qoldi. Lanati
-Q'ysi o‘ynashing yozdi. Telefoningdan ko‘z uzolmay kulyapsan
-Sening nma ishing bor? Yo‘lingdan qolma
—Xotinining javobidan battar talvasaga tushgan yigit o‘rnidan turdida ust boshini o‘g‘nab tomoq qirdi
—Hech qanday javob olmagan Taehyung uydan chiqib mashinasiga joylashdida kompaniyaga jo‘nab ketdi.
Yozuvchi tomonidan hikoyani o‘quvchilarga qisqacha tushuncha!
Flashback [Qisqacha tushuncha]
~Seulning ko‘zga ko‘ringan taniqli biznesmenlaridan bo‘lgan Janob Jungning ikki ayoli va ulardan bo‘lgan ikki nafar farzandi bor bo‘lib biri o‘g‘il va ikkinchi ayoliniki qiz. Minsu o‘gay onasi va o‘gay akasi otasi bilan yashaydi. Unga yoshligidan sening onang o‘lgan degan yolg‘onlarni aytib kelishganidan qizaloq bu yolg‘onlarga ishonib ulg‘ayadi. Otadan ham o‘gay ona, akadan ham mehir ko‘rmagan qiz onasining birgina suratiga dardlarini aytib kelardi. Minsu hech nmaga zoriqmay o‘sdi ammo mehr nmaligini bilmasdi. Qiz 23ga to‘lgan kecha uyida ajoyib dasturhon yozilgan edi. Bazimga notanish ayol yani Minsuning onasi ham kirib keladi. Bundan qo‘rquvga tushgan janob Jung uni izsiz ketkazib yuborishga urundi ammo Minsu baridan habar topdi. Butun hayoti yolg‘onlarda o‘tganini bilgach uydan qochib chiqib ketadi. Ammo kechasi uyiga qaytganidan uni eshik oldida kutayotgan onasini ko‘radi. U onasi uchun qasd olish maqsadida otasi o‘gay onasi akasi bor uyga o‘t qo‘yib yuboradi. Yong‘in natijasida akasi va otasi olamdan o‘tadi.Otasi uchun qasd olishga qulay payt poylab yurgan yigit bariga guvoh bo‘ladi va bu fursatdan foydalanib qoladi. Tahdidlar bilan qizni qo‘rqitib unga turmushga shiqishga majbur qiladi. Janob Jungning qo‘lida oddiy ishchi bo‘lib ishlagan janob Kim Jungning nohaq ayblovlari bilan qamalib ketadi. Qamoqda nomusga chidolmay o‘z joniga qasd qiladi. Uning bir o‘g‘li va xotini yillar mobaynida hor u zor bo‘lib yashaydi. Otasi uchun qasd olishga kirishgan yigit yillar mobaynida qasos o‘tida kotta bo‘ladi.