DANGEROUS WOMEN
[2-Epizode]—"Go‘zallik — bu qurol. U bilan qutqarish ham, yo‘q qilish ham mumkin. Va u kimning qo‘lida ekanligi o‘yin natijasini belgilaydi."
Taehyung ichimlik bilan to‘ldirilgan stakanlarni stol ustiga qo‘ydi lablarida ayyorona jilmayish bilan qarshisidagi qizga qosh uchurgancha ishora qildi.
—Ho‘sh bu koleksiyamdagi eng o‘tkiri ko‘tara olasanmi yo‘qmi ko‘ramiz
Minsu barmoqlarini stakan chekasida aylantirgancha
—Bunday o‘tkir ichimlik oldidan oddiy suv ichishni istayman. Suv keltira olasizmi janob Proffesor?
Taehyung qoshlarini uygancha savolli nigoh bilan Minsuga qaradi so‘ng Ha degancha boshini qimirlatdida suv olish uchun ketdi. Daqiqalar o‘tmay ortiga suv to‘ldirilgan stakan bilan qaytgan yigit uni qizning qarshisiga qo‘ydi. Minsu avval suvdan bir qultum ichdida qo‘liga ichimlik to‘ldirilgan stakanni olib
—Janob Professor sog‘lig‘ingiz uchun ichamiz
—Qani oldik
Taehyung astalik bilan stakanni bo‘shatar ekan Minsu allaqachon bir urinishda ichimlikni barini tugatdi.
—Ayshsh menga bu judda yoqdi
—Yoqdi? O‘zingni qanday his etyapsan?
—Alo darajada hattoki avvalgidan ham yaxshiman.
(pov Tae) Birdan ko‘z oldim qorong‘ulashayotganini his etdim. O‘zim istamasamda ko‘zlarim yumilib ketayotgan edi. Jin ursin u ichimliklarni almashtirib qo‘ygan ko‘rinadi. Tulki. So‘ngi ko‘rgan manzara uning telbanamo tabbasumi edi
—Biron nma bo‘ldimi janob Professor?
Taehyungning tanasi yerga quladi.
— Nima....hazilmi bu?
Yigit kursiga bogʻlangan holda uygʻonib qarshisida unga jiddiy va hissiz tikilib turgan qizga asabiy jilmaydi.
— Professorim....sodda qizlarni mana shunday qarmoqqa ilintirar ekanda....Oʻz uyiga dars boʻyicha chaqirib uyqu dori solingan ichimlik? Ajoyib....
Yigitning past va boʻgʻiq kulgusi xonada yangradi.
—Ichimlikni almashtirib qoʻyganini tahmin qilgandim....ammo ishonmagandim ....Sen muloyim koʻzli tulki ekansan
Qiz uning boʻyinbogʻidan tortib , yuzini yuziga yaqinlashtirdi. Lablariga issiq nafas urilarkan ehtiros uygʻona boshladi.
— Seni ehtirosing bilan oʻynashgim kelyapti....qiziq bu arqonlarga bogʻlangan holda hirsingni jilovini qanday eplaysan?
Tanasini sekinlik bilan koʻz koʻz qilib yelkalarini kengroq ochdi.
—Menimcha bunday qilmaslikni maslahat bergan boʻlardim. Qaysi fandan dars berishimni unutgan koʻrinasan qizaloq.
Taehyungning ko‘zlari qarshisidagi qizga termulgancha, yuzida g‘alaba tafti jilvalanar edi. Ammo bir lahzalik o‘sha o‘ynoqi tabassum sekinlik bilan o‘chib, uning nigohiga sovuq va chuqur jiddiylik singdi.
— Minsu, bir narsani unutding, Mening darslarim nafaqat nazariya balki amaliyotni ham o‘z ichiga oladi.
Minsu esa o‘zini yo‘qotmasdan, qo‘lidagi ichki qudratni ko‘rsatishga intildi. U lablarini qiyshaytirib, istehzoli jilmayish bilan
— Qanday qilib o‘yin qoidalarini unutaman? Axir, ularni o‘zim yozganman, janob professor, — dedi u. So‘zlaridagi masxara bilan birgalikda ishonch uning ko‘zlarida yanada ravshanlashdi.
Taehyung bunday vaziyatlarni yaxshi bilar edi. U kulimsiragancha bosh egib, chuqurroq bir nafas oldi.
— Juda yaxshi, — dedi u sokin, ammo vazmin ovozda. — Lekin bir narsani unutding sen men haqimda hech qanday malumotga ega emassan
Minsu bir lahza qotib qoldi. Uning yuzidagi xotirjamlik pardasi orqasida yengil bezovtalik paydo bo‘ldi. Ammo bu o‘zgarishni yashirish uchun, u kulimsirashni davom ettirdi.
— Ehtiyot bo‘l, janob professor, — dedi u uning nigohiga tik qararkan. — Bu safar sen yutqazasan.
Taehyung uning gaplariga e’tibor bermasdan, sekinlik bilan kursining tagidagi yashirin tugmachani bosdi. Shu zahotiyoq xona qorong‘ulikka cho‘mdi. Minsu bunday burilishdan sergak tortib, ko‘zlarini qisib, atrofga alangladi. Uning yuragi tezroq ura boshladi.
Ammo nur qaytib, xona yana yoritilganida, Taehyung allaqachon arqonlardan ozod bo‘lganini ko‘rib, Minsu titrab ketdi. Yigitning lablarida bu safar sovuq, ayyorona jilmayish o‘ynar edi.
— Qoidalar o‘zgardi, qizaloq, — dedi u bir qadam oldinga tashlab.
Minsu ichida xavotir to‘lqini his qilsa-da, yuzidagi istehzoni yo‘qotmadi.
— Xo‘sh, qoidalarni endi kim belgilaydi? — dedi u ovoziga dadillik ohangini singdirib.
Taehyung yanada yaqinlashdi, uning har bir harakati avvalgisidan ham xavotirliroq edi.
—Kel mana endi meni ehtirosim bilan o‘yin qilib ko‘r
Taehyung Minsuning belidan mahkam quchgancha yuzini qizning yuziga yaqinlashtirdi
—Sen bunga chiday olmaysan deb qo‘rqaman
—Balki buni sianb ko‘rarmiz—dedi u qizning yonog‘iga ohista teginib.
Minsu Taehyungning qo‘lini chetga surdi, ammo uning harakati muloyim emasdi.
— O‘zingni meni o‘z qulingday boshqaradigan bir narsa deb o‘ylama, Taehyung. Men seni bir ko‘rinishda jilmaytirib, ikkinchisida yer bilan yakson qilishga qodirman. Shunday ekan, mendan uzoqroq turishga harakat qil, — dedi u ovoziga sovuqqonlik berib. Ammo ich-ichida uning nafas olishi tezlashib, yuragi qattiq urayotganini sezdi.
Taehyung yana yaqinlashdi. Ularning orasida bir qadam ham qolmagandi.
— Haqiqiy kuchni ko‘rsatishni xohlaysanmi? Unda menga qarshilik qilaver, Minsu. O‘sha o‘tkir nigohlaringni menga qaratishda davom et. Shunda kimning kuchli ekanini birgalikda bilib olamiz.
Minsu oyoqlari yordamida Taehyungni qattiq tepib o‘zidan uzoqlashtirdida ikkilanib o‘tirmay sumkasini qo‘liga olib uyni tark etdi. Qizni to‘xtatishni istamagan yigit shunchaki uni ortidan ayyorona kulgancha qoldi.
Minsu yo‘lda uyi tomon ketar ekan birdan hayoliga urilgan narsa uning telefoni bo‘ldi. Cho‘ntaklarini titkilagancha telfonini qidirayotgan qiz birdan jimib qoldi
—Jin ursin Telefonimni telba professor uyida qoldirgan ko‘rinaman Shibal.
Ortiga qaytishni istamagan qiz yo‘lida davom etdi. Yo‘l bo‘yi bo‘lgan ahmoqona ishlarni miyyasida tahlil qilib ketardi.
Tunda shaharni qoplagan chiroqlar xira yulduzlar bilan bellashar, havoda esa jazirama yozning kun botishi bilan uyg‘ongan shirin shovqin taralar edi. Minso qop-qora ko‘ylakda barga kirib kelar ekan, ich-ichida o‘zini o‘ta sovuqqon tutishga harakat qilardi. Uning uzun sochlari yelkasiga yoyilgan, kaftidagi eski charm sumkasi esa uning ortda qolgan oddiy hayotidan bir bo‘lakdek edi.
Bu oddiy ko‘rinadigan “Luna Noir” bariga kirish, Minso uchun faqatgina yangi ish emas, balki yana bir jangning boshlanishi edi. Ichki devorlar qora va oltin ranglarda bezatilgan, xira yorug‘lik esa muhabbat, sir va xavf havosini uyg‘otar edi. Bar atrofida ba’zan xushchaqchaq kulgular, ba’zan pichir-pichir eshitilar, ammo hamma narsa bir shaxsning qudratli ko‘zlari ostida kechayotgani sezilib turardi.
U shaxsan ko‘rinmasa ham, Jungkook bu yerni boshqarardi. Oddiy bar egasidek emas, bu yerni o‘z saltanati, mijozlarini esa o‘yin taxtasidagi piyodalardek ko‘rar edi. Jungkookning ismi har qanday suhbatning asosiy mavzusiga aylanishi uchun yetarli edi.
Minso ishini boshlash uchun xodimlar xonasidan chiqqanida, ko‘zlari zaldagi burchakda o‘tirgan yigitga tushdi. U o‘zining qora kostyumi, sochlarining beparvo taralishi va sovuq nigohlari bilan boshqalardan ajralib turardi.
Yonida sigareta tutatib o‘tirgan bir yigit unga nimadir deyar, ammo Jungkook qiziqmayotganga o‘xshardi. Minsoning kirishini sezgan zahoti nigohini unga qaratdi.
— Kim bu? — so‘radi Jungkook yonidagi yordamchisidan.
— Yangi ofitsiant. Bugun ishga qabul qilingan, ism-sharifi Minso.
Jungkook ko‘zlarini qisib, uni yana bir bor o‘rgandi. Bu qiz odatiy yollanma ishchilardan emasdi. Uning qadamida ishonch, nigohida esa ehtiyotkorlik yashiringan edi.
Minso esa o‘zini bunday nigohlar tagida tutishga odatlangan. U dasturxonlarni tekshirish, ichimliklarni joylash bilan band bo‘lib ko‘ringan, lekin uning fikrlari boshqa yo‘lda edi. Bu bar, bu odamlar va ayniqsa Jungkook – uning yashirin maqsadining markazida edi.
Yarim soat o‘tar-o‘tmas, Jungkook uni yoniga chaqirdi.
— Yaxshi ishlayapsanmi? — dedi u qo‘lini stolga tashlab, uning yuziga tikilgancha.
— Qo‘limdan kelganicha harakat qilyapman, janob, — javob berdi Minso jilmayishga intilsa-da, ovozida sovuqlik ohangi sezilar edi.
— Minso “harakat qilish” degan tushunchaga ko‘proq e’tibor berishing kerakligini bilarmiding? — dedi u. Nigohi bilan Minsoning ichini yorib o‘tadigan darajada chuqur qaradi.
Minso yengil bosh egib, ohista so‘zladi:
— Bu yerning qoidalari o‘rganishga arziydigan bo‘lsa kerak.
Jungkookning lablarida nim tabassum paydo bo‘ldi, lekin bu kulgi emas, ogohlantirish edi.
— Qoidalarni o‘rganishing shart emas, Minso. Ularni o‘z vaqtida bilib olasan. Ammo bilib qo‘y, bu bar faqat ichimlik va musiqa uchun emas. Bu yerda har bir harakatning narxi bor.
Uning gaplari, ovozining pasayishi Minsoni ogohlantirayotgandek tuyuldi. Ammo bu ogohlantirish qizning yuragida paydo bo‘lgan qo‘rquvni faqat adrenalinga aylantirdi. Chunki u bu bar, bu odamlar va Jungkook bilan aloqasi bor boshqa voqealarni unutmoqchi emasdi.
Barning yorug‘liklari xira bo‘lib, musiqaning ohangi o‘zgarar ekan, Minso va Jungkook o‘rtasidagi jimlik uzoq davom etmadi. Bu oddiy uchrashuv emas edi. Ikki shaxsning sirli niyatlari asta-sekin bir-biriga qarshi to‘qnashishga yaqinlashardi
~~~~
Taehyung dush qabul qilib bo‘lgach sochlarini sochiq bilan quritar ekan qulog‘iga chalingan notanish qo‘shiq uni etiborini tortdi. Stol ustida jiringlayotgan Minsuning telefoniga mayin labini chetida kulib qoygan yigitning yuzidagi iliqlik telfon ekranidagi yozuvni o‘qigach o‘zgardi.
—Jungkook? Jin ursin bu telba qiz asli kim uning Jeon Jungkookga qanday aloqasi bor. Sen meni yanada o‘zingga qiziqtirib qo‘yding tulki po‘stinini kiygan ohu ko‘zli malak.
Uyiga bazor kelgan qiz hech nmaga qaramay o‘zini yotoqqa tashladiyu uyquga ketdi.
Erta tong.
Darsga yana kech qolgancha kelgan qiz o‘zining sinf honasiga kirdiyu nigohi Professorni izladi ammo bu safar u yo‘q edi. Ko‘ngli hotirjamlikda joyiga o‘tirgan qiz bugungi kuni ajoyib o‘tishiga ishonch bog‘ladi.
So‘ngi para darslar tugadi. O‘quvchilar birin ketin uyiga ketishar ekan narsalarini joylayotgan qizning nigohlari yana o‘sha sovuq va ayyorona bo‘lgan nigohlarga tutashdi. Taehyung cho‘ntakka qo‘llarini solgancha sinf honasining eshigiga suyanib qarshisidagi qizni bo‘lishini kutar edi
—Balkim bugun kechagi ishimizni davom etirarmiz
—Bugun sen bilan o‘ynashib o‘tirishga vaqtim yo‘q yo‘limdan qoch va ummuman ko‘zimga ko‘rinmasang ham mayli.
—Biz hali ham o‘qishda va sinf honasidamiz muomilaga etibor qaratishingni talab qilaman.
Taehyung o‘zini eshikdan oldida vazmn va og‘ir qadamlar bilan qizga yaqinlashdi. Taehyung Minsuning quloqlariga shaxonaviy ovozda shivirlab
—Seni ehtirosing bilan o‘ynashishni istayman. Menga judda qiziq bu zahar tomadigan tiling ehtirosda yonayotgan oni ismim qanday jaranglar ekan? Seni tanangni ehtiroslarga boyitishni oppoq tanangda o‘z izlarimni qoldirishni istayman
Taehyung sekinlik bilan barmoqlarini qizning belida harakatlantirdi. Minsuning yuzi asabdan taranglashdida yigitning qo‘lini o‘zidan uzoqlashtirdi.
—Seni kecha ogohlantirdim yaxshisi men bilan qiziqmaganing maqul.
So‘zlash uchun og‘zini juftlagan yigit eshik ovozini eshitgach o‘zini Minsudan tortib oldida tomoq qirgancha o‘zini o‘ngladi.
—Janob Professor sizni direktor o‘z honasiga chaqirtirdi. Hoziroq borishingiz kerak
—Yaxshi hozir chiqaman.
Taehyung yuzida mayin tabbasum bilan javob qilganini ko‘rgan Minsu ensasini qotirgancha
—Sendek ikkiyuzlilardan nafratlanaman. Ortiq yo‘limdan chiqmaganing maqul. Seni ko‘rsam ko‘nglim ayniydi—deya honani tark etdi.
Minsu o‘qishdan chiqib yo‘lak bo‘ylab ketar ekan qarshisidagi mashinani ko‘rgach chuqur uh tortdi. Mashina oynasidan sigareta ushlagan qo‘lini chiqargancha Jungkook o‘tirardi.
-Hoy mashinaga o‘tir tez
Jungkookning bo‘g‘iq buyruq ohangida chiqqan so‘zlari Minsuning battar asabini buzgandi. Mashinaga joylashgan Minsu chuqur nafas oldi. Jungkook ohirgi marta sigaretasini chuqur tortida oynadan tashqariga otib qo‘ppolik bilan minsuni yoqasidan ushlab siltagancha o‘ziga tortdi
—Hoy sen nega kechadan berka qo‘ng‘iroqlarimga javob bermayapsan a?
—Telefonim yo‘qotib qo‘ydim
Birdan mashina ichini Jungkookning sovuq kulgusi qopladi. Jungkookning qo‘llari bilan siqilgan Minsuning yoqasini yanada g‘azab bilan o‘ziga tortarkan Minsuning bu holatdan bunday kamsitilishdan battar g‘azabi qo‘zir edi.
—Nma ustimdan kulyapsanmi? Sen yoqotgan telefon qancha turishini bilasanmi? Isqirt yalangoyoqsizlar. Sen va onang Jeonlar nomiga dushgan dog‘sizlar
Jungkookning oxirida chiqqan so‘zlari Minsuning ko‘zlarida yosh qalqishiga sabab bo‘ldi. Nafrat ko‘zi bilan qarshisidagi odamga yuzlanib
—Mendan isqirt qo‘lingni tort.
—Menga tik qarab buyruq berishga qanday hadding sig‘di yalangoyoq
Jungkook qizning yuziga tarsaki tortib yubordi. Ammo Minsu bir lahzaga ham yuz tuzilishini o‘zgartirmadi. Shunchaki ichida turgan bo‘ronni bosiahga harakat qilardi. O‘ylagan rejalarini amalga oshiriah uchun ham oldiga qo‘ygan maqsadiga yetishiah uchun ham jim qolishga mahkum edi
—Kecha qayerda eding? Ho‘sh aytgan idamim topa oldingmi? Seni bekorga boqib uy joyli qilganim yo‘q. Kerak bo‘lsa tanangni sotib bo‘lsa ham menga o‘sha odamni topiahing kerak. Javob ber
—O‘qishda bir professor menga yopishib olgan. Kecha uni uyida edim. U menga uyqu dori bermoqchi bo‘ldi. Qisqasi men undan shufhalandim. Sen izlayotgan odam u bo‘lishi ham mumkun. Uni uyida qandaydir yashirin hona mavjud ammo ocha olmadim. Hozircha aniqlay olganlarim shular.
—Judda kam! Oradan ancha kunlar o‘tdi ammo sen pichoqqa ilinadigan malumot topmagansan. Shunday qilamanki onangni ham seni ham jasading topisha olmaydi. Suyaklaringizgacha maydalab yo‘q qilib yuboraman.
—Sen istaganingdek va kelishganimizdek bari bo‘ladi. Seni dushmaning va ortingdan ish qilayotgan o‘sha shaxsni topaman. Sen esa onamga tegma.
—Mashinadan tush. Nega menga baqrayib turibsan tush dedim
Jungkook Minsuga o‘shqirgancha qizni itarib mashinadan uloqtirdi va o‘zi kotta tezlikda o‘qishni tark etdi. Minsu ovozi boricha ortidan so‘kinib qolaverdi.
—Jin ursin lanati. Barchangizdan nafratlanaman. Shunday kun keladi ont ichaman yo‘q qilaman baringizni yo‘q qilaman.
Kechki soat 20:30lar atrofi
Minsu har doimgidek bir o‘zi kechki ovqatni qilardi. Bunday yolg‘izlikda yashashga ancha yillar mobaynida moslashgan qiz hatto kunlik ovqatlanish tartibiga ham rioya qilmasdi. Birdan chalingan eshik qo‘ng‘irog‘i qizni jimib qolishiga sabab boldi
—Bunday mahalda hech kim kelmaydi kim bo‘lishi mumkun? Jin ursin
Qiz astalik bilan eshik yoniga yaqinlashdi baqirgancha
—Kim u?
—Men eshikni och
Tashqaridan kelgan ayol ovozini eshitgan qiz ikkilanib o‘tirmay eshikni ochdi. Qarshisida hashamdor kiyingan ayol turardi.
—Omma?
Ayol honaga shiddat bilan kirdiyu qizining yuziga tarsakki tortdi. Bu tarsaki qizning yuragiga avval yegan zarbidan ancha og‘iroq botkandi.
—Sen qiz yana nma istaysan a? Seni dastingdan tinchlik bormi o‘zi? Qachongacha meni erim va farzandlarim oldida uyaltirasan.
—Mendan uyalsangiz shunchaki ortiq yonimga kelmang. Axir ancha yil avval mendan voz kechgansiz shunday emasmi? O‘sha eringiz va o‘gay farzandlaringiz avfzal mendan ko‘ra
—O‘chir ovozingni uyatsiz. Usting bud eng so‘ngi moddadagi kiyimlarni kiyasan. Issiqina uy o‘qish pul senga yana nma yetishmayapti? Nega hadeb isyon qilasan nega boriga shukur qilmaysan
Minsu onasini ohirgi so‘zlarini eshitar eshitmas qichqirgancha
-Mehir! Ha mehir! Siz har kuni har oy yil o‘shalarga berayotgan mehringizni oz qismini bo‘lsada menga berishingizni istayman. Mana shu yerimdagi bo‘shliqni to‘ldirishingizni istayman. Faqat mening onam bo‘lib. Menga ulardan hech nma kerak emas oyi. Meni bir marta qizim deya erkalatishingizni istayman. Har o‘qishdan kelganimda stol atrofida issiq taomlarni birgalikda yeyishimizni istayman. Mana shularni bera olasizmi? Men boshqa narsa so‘ramayman oyii.
—Nonko‘r ekansan. Axir seni oila azosidek qabul qilishmadimi. Hattoki u senga familyasini bermoqchi edi
-Oyi naxotki ko‘r bo‘lsangiz. Agar men uyerda qolganimda yasholmas edim. Ularni menga qanday ko‘z bilan boqishganini ko‘rmagansiz. Ota o‘g‘il ikkisi ham bir go‘r.
—Sen huddi otang kabi qaysarsan. Sen unga o‘xshaysan jin ursin.
—Siz otamni o‘lganiga 10kun bo‘lmay Janob Jeonga turmushga chiqdingiz. O‘g‘lini boshini silab o‘z qizingizni unutingiz. Hatto undan yana bir farzandingiz ham bor. Sizni doim 2ta farzandingiz bo‘lgan. Doim shunday bo‘lib qoladi. Dam olishni istayman keting
Jeon honim g‘azablangancha ketishga shaylandiyu birdan yana to‘xtagancha
—O‘qishni davom etir bemani narsalarga chalg‘ima. O‘qishing kerak. Hech bo‘lmasa seni biron bir ziyoli oilaga uzatamiz
Minsu birdan telbanamo kulib yubordi. Onasidan yillab mehir kutgan qizaloq bugun hamma hislaridan umidini uzib bo‘lgandi. U maqsadi sari yanada dadil qadam tashlashga ahd qildi.
—Yaxshisi meni o‘ylamang. Meni o‘ldi deb hisoblang bugundan siz ham men uchun o‘lgansiz.
Minsu og‘riqli yutindida onasini yuziga eshik yopdi. Eshikga suyanib sidirilgancha yerga qulagan qizni ich ichidan bo‘ronlar turgandi.
Davomi bor......
#Mw_Minsu || @Fanfics_Cartier