April 29, 2025

Tansoqchi qiz

[8-qism]

-Hatto bizni unashtirish haqida ham gap ochganday bo'lishdi-dedi Taehyung jiddiy qarab.

.
Migyon bu gaplarni eshitar ekan yuragi orqaga tortdi. Bu o'yin ham hayotida borligi allaqachon esidan chiqib ketgan. Minseo uchun boshlangan mashmasha endi haqiqatga aylanib ketish arafasida turgandi. Yana kutilmagan vaqtda. Sinash...unashtiruv...aqlga sig'mas gaplar edi bular. Migyon hayratdan qotib qolgandi. Lekin o'zini tutishga majbur bo'ldi. U Taehyungni jiddiyligiga qarab bir lahza yana o'yladi. Ammo keyin har doimgidek sokin jilmayib qo'ydi. Lekin bu jilmayishdagi og'riq ham sezilmay qolmasdi.

Jiddiy Tae
Shunaqa holga tushgan

-Ular axmoqmi? Men 16 yoshdaman. Bu jinnilik...-deb Migyon soxta kuldi- Bizni majburlay olishmaydi.

.
-Bu sinash uchun. Rost emas. Lekin borishing kerak.-dedi Taehyung hotirjam.

.
-Ha mayli...Qachon?-dedi Migyon unga tik qarab.

.
-Bugun-dedi Taehyung.

.
Migyon Taehyungga yengil bosh irg'ab roziligini bildirdi. Taehyung xayrlashib uni oldidan chiqib ketdi. Namjoonga hech nima demay Taehyung eshik tomon yurib ketdi. Namjoon uni ortidan hayron qarab qoldi. Migyon ham mehmonxonadan chiqib oshxonaga qaytib kirdi. Namjoon nimadirlar tayyorlayotganini ko'rib unga jilmayib qo'ydi. Keyin shkafdan stakan olib suv ichdi. Namjoon uni yuzidagi havotirni darxol anglab yetdi

.
.
-Hoy kichkina. Nima bo'ldi? Aytchi menga!-dedi Namjoon Migyonni so'roqqa tutib.

.
-Hechnima bo'lmadi. Xavotir olmang-deb Migyon jilmayib oshxonadan xonasi tomon yurdi.

.
Akalari uni bu o'yini haqida bilmasdi. Aytda oqibati yaxshi bo'lmaydi. Akalarini jahli chiqishi aniq. Migyon ularni fe'lini biladi. Shunga jimgina zinadan ko'tarilib xonasiga kirdi. Kechgacha tayyor bo'lishi kerak edi. O'ziga savol berardi. Qaysi hayol bilan shu yigitni o'sha kuni sevgilim dedi? O'zi ham shu gaplarni aytganiga ishona olmas edi. Lekin endi na iloj o'yinni tugatish kerak

..
Kech tusha boshladi. Migyon kiyim tanlayotgandi. Qaysini kiyishni bilmasdi. Birozdan keyin telefoni jiringladi. Minseo telefon qilayotgan ekan. Migyon o'ylab turdi. Ko'tarish kerakmi yoki yo'q. Lekin oxiri baribir telefonni go'shagini ko'tarib qulog'iga tutdi.

.
-Alo-dedi Migyon.

.
-Migyon. Qalaysan? Nima bo'ldi? Nega qo'ng'iroqlarimga javob bermading. Jungkook bilan ketib qolganimdan xafa emasmisan?-deb Minseo tez gapirardi.

.
-Yo'q. Unga emas. Minseo bir gap bor-dedi Migyon ichidagini aytadigan odam topib.

.
-Eshitaman albatta. Qani gapir dugonajon.-dedi Minseo yaxshi kayfiyatda.

.
-Taehyungni oilasi bugun meni kechki ovqatga taklif qilibdi. Bilasanmi?...ah ular bu munosabatga shubha bilan qarashyapti. Anavi Minje Taehyung unga qaramayotganidan asabiylashib Ota-onasiga bahonalar to'qib, bizni yolg'on gapirayotganimizni takidlar emish. Ular endi bizni sinash uchun unashtiruv ham taklif qilishmoqchi.-dedi Migyon har bir gapini dona dona qilib aytib.

.
-Eh... Hammasiga Men aybdorman. Seni ham tashvishga qo'ydim-dedi Minseo mayus tortib.

.
-Hey, unaqa dema. Undan ko'ra biror kiyim maslahat ber. Nima kiyishni bilmayapman. Hamma kiyimim o'g'il bolalarnikiga o'xshaydi-dedi Migyon biroz kayfiyatini ko'tarib.

.
-Qara...seni kiyimlaring...o'tgan safar aylanib yurganimizda olgan ko'ylaging borku. Binafsha, och binafsha. Olganding. Hali kiymagansan-dedi Minseo ham kulib.

.
-Ha esladim...Rahmat-deb javob qildi Migyon.

.
Keyin ikki dugona xayrlashib telefonni o'chirishdi.

Migyon o'sha ko'ylakni qidira boshladi. Olishga olib umuman kiymagandi. Qayerga qo'ygani esa umuman esida yo'q. U shkafni to'kib sochib tashladi. Kiyimlari ko'pligidan uyum bo'lib qoldi. Migyon kiyimlarni ustiga o'zini tashlab norozi bo'la boshladi.

.
-Ufff...Bu ko'ylak qaysi go'rda endi. Aysh...asablarim-derdi Migyon kiyimlarni qayta qayta sochib.

.
Oxiri topdi. Shkafni bir chetida katta pushti rang ochilmagan quti bor edi. Ustida chiroyli bantik bilan. U qutini olish uchun stulni olib keldi. Ustiga chiqib qutini ehtiyotlab oldi. Usti hatto biroz chang bo'libdi. Changini pufladi va stuldan sakrab tushdi. Qutini ochdi. Ko'ylakni chetidan ushlab ko'tardi. Yotoq ustiga yoyib qo'ydi. Rostdan ham juda nafis va chiroyli edi

Migyon bu ko'ylakni birinchi marta shunchaki yoqtirib qolgani uchun sotib olgandi. Yoqtirgan rangida bo'lgani uchun. Bo'lmasa bu qizga majburlab hech qachon ko'ylak oldirib bo'lmasdi. Umuman kiymaydi desa ham bo'ladi. Faqat shim sotib olib yurardi

U ko'ylakni kiydi. Oyna oldiga borib o'ziga termuldi. Juda chiroyli va yarashgandi. Uni bo'yiga mos ko'ylak. Sochlarini yoyib chiroyli qilib turmakladi. Bu safar biroz pardoz qildi. Yengil yuz kremi surib kipriklarini bo'yadi. Labiga esa ochiq rangli nafis lab bo'yog'i qo'ydi. Unga shuni o'zi yetarlicha joziba berardi

.
.
Birozdan keyin u tayyor bo'lib pastki qavatga tushdi. Shu payt Yoongi eshikdan kirib keldi. U Migyonni bunaqa kiyinib olganini ko'rib hayron qarab turardi. Namjoon ham ovqatni tayyorlab bo'lgan edi. Shunchaki divanda o'tirib kitob o'qiyotgandi. U ham Migyonni biror joyga ketishni reja qilganidan xabari yo'q edi.

.
.
-Xo'sh Migyon. Kech tushdi. Sen qayerga yo'l oldinga? Bunaqa yasanib kimni oldiga ketyapsan, qani so'ylachi?!-dedi Yoongi Migyonga yaqinroq kelib.

-Minseoni oldiga ketyapman akajon. Xavotir olmang. Yasanganimga esa e'tibor bermang-dedi Migyon o'zini erkin tutib.

Yoongi unga tikilib qoldi. Migyon ham unga jilmayib qarab turaverdi. Yoongi va Namjoonni Migyon va Taehyungni o'yinlaridan xabari yo'q. Hozir aytishni esa vaqti emasdi. Chunki katta muammo ularni kutayotgandi. Agar hozir Migyon hammasini akalariga aytib bersa aniq janjal bo'ladi. Yoongini fe'lini Migyon juda yaxshi biladi. Shuningdek Yoongi ham Migyonni nimadir reja qilganini va yolg'on gapirayotganini sezib turardi.

.
-Menga yolg'on gapirma. Qani rostini ayt. Sen hech qachon Minseoni oldiga bunaqa yasanib ketmaysan-dedi Yoongi jiddiy turib olib.

.
Namjoon esa ularni suhbatiga aralashmaslikni afzal ko'rdi. Yana sokin holda kitobini o'qishni davom ettirdi. Migyon unga "Nimadir desangizchi?" degandek qaradi. Lekin Namjoon shunchaki yelkasini qisib qaytib Migyonga qaramadi. Yoongi esa hali ham qizdan javob kutardi.

.
-Yaxshi aka. Aytaman. Taehyung bilan kechki ovqatga ketyapman. Unga ancha avval va'da bergandim. Lekin oradagi ishlar sababli vaqtim bo'lmagandi. Shunga bugun borayapman. Ruxsat berasizmi?-dedi u endi yoshboladek erkalangan ovozda.

.
Yoongi avval Migyonga jiddiy qarab turli, keyin esa yuzida yengil tabassum paydo bo'ldi. Migyon nimanidir istasa har doim shunday bo'lib olardi: yoqimtoy va yosh bolalardek erkatoy. Shunday vaqtda Yoongi uni hech qachon istaklarini rad etmasdi

-Sen shayton qiz meni qanaqa eritishni bilasana?! Ha mayli boraqol. Kech qolsang keyin meni jahlimni ko'rasan. Tushunarlimi?-dedi Yoongi kulib.

.
Migyon boladek chapak chalib Yoongini quchib yuzidan o'pib qo'ydi va raxmat deb eshikka yugurdi. Migyonni o'ziga ham borish yoqayotgandi lekin iloji yo'q edi.

.

Migyon ko'chaga chiqdi. Taehyungni kelishini kutdi. Taehyung uncha kuttirmadi. Birozdan so'ng Taehyung hashamatli mashinasida uyga yaqin joyda to'xtadi. Mashinadan kulib tushdi. Migyonni oldiga keldi. Kiyimi ham huddi rasmiy majlisga ketayotgandek hashamatli.

.
.
-Judayam chiroylisan. Uydagilar kutyapti. Ketdikmi?-dedi jilmayishga harakat qilib. Lekin unga ham bu voqealar yoqmayotgani bilinib turardi.

.
Migyon shunchaki bosh irg'ab tasdiqladi. Ular mashina tomon yurdi. Taehyung Migyonga orqa eshikni ochib berdi. U yerda katta guldasta turardi. Migyon hayratdan qotib qoldi. Bu gullar binafsha emasdi. Qip qizil edi. Lekin baribir atirgullar. Migyon beixtiyor jilmaydi. Taehyung ham uni jilmayishini tomosha qilib turardi. Guldastani mashina ichidan olib o'z qo'llari bilan Migyonga uzatdi.

-Yoqqani ko'rinib turibdi-dedi hali ham jilmayib Taehyung. Gulni Migyonni qo'llariga tutqazar ekan.

.
-Ha yoqdi. Lekin bu bugungi ishlarni yuvish uchun yetadi deb o'ylamayman. Ammo baribir raxmat-dedi Migyon gapini oxirida ayyorona jilmayib qo'yib.

.
-Bilaman. Bundan yaxshi sovg'aga arziysan. Nima olishni bilmadim xolos -deb javob qildi Taehyung.

.
Ular mashinaga chiqishdi. Taehyung mashinani haydab ketar ekan hayoli yo'lda emas yonidagi qizda edi. Migyonni yuzida hali ham nozik jilmayish saqlanib qolgandi. U gulga termulib ketardi. Ko'zlarini uzmasdi. Gulni bir necha marta sur'atga oldi. Taehyung buni ko'rib ichidagi kulgini tiya olmadi.

.
-Nega kulyapsan?-dedi Migyon.

.
-Men bilan ham rasmga tush. Faqat gul bilan sur'atga tushaverasanmi?-dedi u yana kulib.

.
Migyon yaxshi degandek boshini qimirlatdi. Keyin telefonni balandroq ko'tarib rasm olishga harakat qildi. Gulni qo'liga oldi. Kamerani Taehyung ko'rinadigan qilib to'g'irladi. Taehyung boshqa tomonga qarab turishi ham bu rasmga o'zgacha joziba qo'shardi. Migyon bir lahza tugmani bosaymi yo'qmi deb o'ylab qoldi. Lekin keyin rasm buzilmasligi va esdalik bo'lib qolishi uchun rasmga oldi

.
.
Ular Taehyunglarni uyiga yetib keldi. Taehyungni o'zi Migyon uchun eshikni ochib berdi. Ular uyga qarab yurishdi. Kayfiyatlari unchalik yomon emasdi. Lekin ichlarida nima bo'lishi noma'lum edi. Ular uyga kirdi. Migyon Taehyungni izidan indamay yurdi. Ular uzun zal bo'ylab yurardi. Ba'zida xizmatkorlariga duch kelib qolishardi. Bularni hisobga olmaganda hamma yoq juda tinch edi. Taehyung kechki ovqat uchun tayyorlangan xonaga yetganida biroz to'xtab nafas oldi. Hozir nima qilishni hatto u bilmasdi. U ich ichidan Migyonga qoyil qolardi. 16 yoshli bu qiz undan dadilroq va sadoqatliroq edi. O'z dugonasi uchun umuman tanimagan yigiti bilan sevishganlar rolini o'ynagan. Hozirgi vaqtda bunday qizlarni topish aniq mashaqqatli ishlardan biri edi. Taehyung Migyonga qaradi. Migyon kir degandek uni imladi. Taehyung unga yengil jilmayib eshikni ochdi. Migyon Taehyungni ortidan ichkariga kirdi. Bu xona juda chiroyli edi. O'rtadagi stol juda hashamatli bezatilgandi. Uni ustida hamma narsa bor edi. Stol atrofida Taehyungni Ota onasi va o'gay singlisi Minje bor edi. Minje ko'zlarini suzib qo'ydi. Migyon buni ko'rishi bilan asabi buzildi. Chunki har doim Minje unga past nazar bilan qarardi. Taehyung otasi qanday kayfiyatda ekanligini bilib bo'lmasdi. U juda jiddiy ko'rinardi. Yuzidan hech bir ifodani uqib bo'lmasdi. Ammo onasini yuzida Shirin tabassum bor edi. Xuddi bu shunchaki kechki ovqat emas to'y kabi.

.
-Qani o'tiringlar, marhamat-dedi Taehyungni onasi

.
.
Taehyung Migyonni stoldagi kursilardan biri tomon taklif qildi. Stulni surib uni o'tirishiga yordam berdi. Keyin o'zi ham Migyonni oldiga joylashdi. Shu payt xizmatkorlar ovqatlarni olib kira boshlashdi. Migyon yana bir marta hayratda qoldi. U odatda boylarga hech qachon tushunmagan. Ular nega buncha narsa tayyorlaydi. Baribir hammasini yeyishmaydiku derdi u ichida. Lekin bu gaplarni hech qachon tiliga chiqarmagan. Chunki yomon gaplar va muammolar ostida qolishi mumkin edi.

.
. Kechki ovqat davomida hech kim gapirmadi. Kimdir gap boshlashga jurat etolmasdi. Minje bir necha bor Migyonga kesatmoqchi bo'lardi. Lekin uni Taehyungni nigohlari to'xtatib qolardi.
.

.
-Nega bugun yig'ilganimiz hammaga ma'lum bo'lsa kerak shundaymi?-dedi Nihoyat janob Kim.

.
-Ha bilamiz albatta. Sizlarni kelajagingizni hozirdan hal qilish uchun-dedi Kim xonim ham Taehyung va Migyonga qarab.

.
Migyon ovqat yeyayotgan joyida tiqilib qolishiga oz qoldi. Taehyung tez unga suv uzatdi.

.
.
-Bilasizmi bolalar? Minjening aytishiga qaraganda sizlarning munosabatlaringiz soxta ekan. Sizlar o'sha kuni hatto bir biringizni tanimagansiz. Shunchaki Minseo bilan Taehyungni unashtiruvini buzish maqsadida sizlar shu rejani bexosdan, hattoki o'zlaring bilmagan holda oldinga surgansiz. Lekin bilasizmi sizlar juda chiroyli juftliksiz. Taehyung o'qishlarini tugatgan. Migyon hozir maktab o'quvchisi bo'lsa ham juda aqlli qiz. Biz to'y haqida uzoq vaqtdan keyin o'ylashimiz mumkin albatta. Ammo unashtiruv bu kerak narsa. Bolalar gapimga nima deysiz?-dedi janob Kim o'zini hotirjam tutib ovozini qatiy qilib

.
.
-Ota... Gapingiz to'g'ri. Lekin biz hali bu narsa haqida hatto gaplashganimiz ham yo'q-dedi Taehyung.

.
-Qo'ysangchi o'g'lim. Bu tez hal bo'ladi-dedi onasi.

.
-Agar seni bu qiz bilan unashtiruving bo'lmaydigan bo'lsa biz Leelar oilasi qizi Minseo bilan seni istaklaringa qaramay turib unashtiramiz-dedi otasi boyagidan ham qattiq ohangda.

.
Migyon hammaning yuziga bir bir qarab chiqdi. U juda ko'p gapni gapishni istayotgandi. Ammo tiliga birortasi chiqmayapti. Shunda Minjening sabri tugadi shekilli joyidan turdi.

.
-Ota nega siz Taehyungga bu qizni loyiq ko'ryapsiz a?-dedi u toqatsizlanib. -U hattoki oilamizga zarracha mos emas. Uni hech qanday foyda keltiradigan tomoni yo'q. Qanaqadir yetim qiz bizni shu mukammal oilamizga kelib qo'shilishini istayapsizmi? Obro'liroq oila qizi bo'lganda ham mayli edi. Lekin u yetim-dedi Minje oxirgi gapini Migyonga tikilib aytdi.

.
Migyonni sabri tugadi. Shu kungacha Minjeni injiqliklariga , kesatishlariga chidagandi. Ustidan kulganda jim turgandi. Lekin uni aytgan gaplari "Yetim" degani yuragidan o'tib ketdi

.
.
Migyon joyidan turdi. O'ylab o'tirmay yonida Kim borligiga qaramay Minje tomon yura boshladi. Orqasidan Taehyung "unday qilma" degani ham qulog'iga kirmadi. U Minjeni qarshisiga turdi.

.
-Hoy Men yetimmanmi? A? Sen kimsan? Sen bilasanmi kimsan? Odam emassan. Sen inson deyilishga noloyiqsan. Sen hayvondan battarsan. Uyalmaysan. Na senda or nomus bor na yuz qolgan. Yigitlarga osilib yurishingni aytmasa ham bo'ladi. Ota onangni birorta qilmishingdan xabari yo'q. Ular seni farishta deb o'ylaydi. Lekin sen vaxshiy hayvonsan-dedi Migyon jahlini tiyib turolmay

.
.
Bu gaplarni eshitgan onasi qizi haqida aytilayotgan gaplardan og'zini ocholmay qoldi. Otasi esa bu rostmi degandek Taehyungga qaradi. Taehyung yelkasini qisdi.

.
-Yana nima... Ha aytgancha, sen Kim Minje uyalmasdan o'z o'gay akang Kim Taehyungga osilasan. Ochiqcha-deb yubordi Migyon.

.
Hamma hayratdan qotib qoldi. Taehyung borib Migyonni qo'lidan tortib chiqib ketdi. Migyon unga qarshilik qildi. Leki Taehyung kuchliroq edi. Minje esa nima qilishini bilmay joyida qotib qoldi. Otasi uni oldiga keldi.

.
-Shu rostmi yaramas qiz? Sen nima hali Taehyungga osilib yuribsanmi?-deb baland ovozda so'radi.

.
-Ha rost. Nega doim shunday?! Yoqsa nima qilibdi?!!-deb baqirdi Minje ham.

.
Otasi unga tarsaki urib yubordi. Minje polga yiqildi.

.
.
-Bo'ldi qo'yvor Taehyung. -dedi Migyon.

.
Taehyung oxiri uni qo'lini qo'yvordi.

.
-Oshirib yubording. Bilasanmi?-dedi Taehyung past ovozda.

.
-Ha bilaman. Lekin u meni haqoratlaganiga chidolmadimda.-dedi Migyon ham qilgan ishi xatoligidan boshini egib.

.
-Ammo men sendan xafa emasman. Axir seni sevamanku-dedi Taehyung endi jilmayib.

.
-Ey qo'ysangchi hozir shu gapni-dedi Migyon norozi.

.
-Kel uchrashaylik. Qachongacha rad qilmoqchisan? Har doim bitta javobni eshitaverib zerikib ketdimku.-dedi Taehyung.

.
-Uchrashmaymiz umuman hech qachon. Yo'q. Balki yillar o'tib uchrashamiz lekin hozir emas. Men buni hali uzoooq o'ylashim ke....-Migyon gapirayotgandi. Lekin to'xtab qoldi. Taehyung unga juda yaqin edi. Kaftlari bilan qizni yuzini ushlab olgandi. Migyon unga hayrat bilan tilikib qoldi.

.
-Men sendan kechmayman-dedi Taehyung faqat Migyonga eshitiladigan ovozda.

.
Keyin lablarini Migyonni lablariga bosdi.

(8-qism tugadi.)