Tansoqchi qiz
Migyon orqasiga qaradi va o'sha Minseo yoqtirgan yigitni ko'rdi. U rostdan o'ta kelishgan va chiroyli edi. Yoqimtoy yuzi va beg'ubor ko'zlari porlardi. Migyon bir lahza yigitdan ko'zlarini uzolmay qoldi. Yuragi tez urib ketdi, lekin birozdan so'ng bu o'tib ketdi. Yigit ularni oldiga kelib to'xtadi va jilmaydi
Minseo:-Salom Jungkook. Ishlar yaxshimi?
.
.
.
Jk:-Ha albatta. Ishlar zo'r. Bu qiz dugonangmi? -dedi Migyonga jilmayib qarab.
Migyon:-Ha. Men Min Migyonman. Minseo bilan bugun maktabda tanishdik.
Jk:-Minseo. Yana birinchi ko'rgan kishing bilan dugona bo'lib ketdingmi? Yana aldab ketishsachi?... -Jk to'xtab qoldi. Migyonni unga jahl bilan qarayotganini sezib qoldi.
Minseo:-Bo'ldi qil Jungkook. U meni qutqardi. Men unga ishonaman. -dedi Minseo Jungkookga norozi qarab. Keyin Jungkookga bugun bo'lgan voqealarni aytib bera boshladi. Jungkook unga mahliyo bo'lib qarab turardi. Migyon Jungkookni Minseo qanaqa qarayotganini sezib sekin jilmayib qo'ydi. Jungkook barchasini bilib Migyonga ishonsa bo'lishini tushunib yetdi.
Jk:-Oxo, bunday zo'r. Sen zo'r qiz ekansan. Minseo menga Minje haqida aytib bergan. U yomon qiz. Lekin... endi Minseoni himoyachisi bor ekanda.
Minseo:-Haa... Migyon. O'zing haqingda aytib ber.
Migyon:-O'zim haqimda...-Migyon o'ylanib qoldi- Ha mayli. Meni ota-onam yo'q. Buvim meni katta qilgan. Meni o'zimga yetarli mol-mulkim bor. Lekin men hozircha ulardan foydalanmayman. Asli Daegulikman. 3 yoshimdan beri jang san'atini o'rganganman. Hozirda 3 ta jang san'atini bilaman.
Minseo:-3ta jang san'ati. Daxshat. Sen zo'r ekansanku -dedi hayratini yashirmay.
Ular qahvaxonada ancha suxbatlashib o'tirishdi. Kech tushishni boshladi. Ular keyin kafedan chiqib biroz piyoda says qilishni boshlashdi. Tun chiroqlari Koreya ko'chalarini takrorlanmas ko'rsatardi. Chiroqlardan tushayotgan nurlar ularning yuzlarida aks etardi. Va yanada yoqimli va chiroyli ko'rsatardi. Osmonda yulduzlar miltillardi. Endi chiqayotgan yulduzlar...
Minseo:-Ha kech tushyapti. Uyga borishim kerak.
.
Jungkook:-Migyon sen qayerda turasan?-dedi qiziqish bilan.
.
Migyon:-Men hali yashashga joy topmadim. Busandan kecha keldim. Bugun ham mexmonxonada qolaman. Xavotir olmang.-dedi Migyon jilmayib.
.
Jungkook:-Unda qarshi bo'lmasang. Men Minseoni kuzatib qo'yaman.
.
Migyon:-Qarshimasman. Boraver. Ko'rishguncha Minseo va Jungkook -Migyon qo'l silkib orqasiga qarab ketdi.
.
Migyon o'yladi.
"Kimdir menga yomonlik qilmadi. Urushmadi. Urush topmadi. Ehh... Ular yaxshi do'st. Men ilk marta shunday insonlarni uchratdim. Qorong'u hayotimning yorqin burchagini topdim menimcha. Yana bilmadim... Lekin bir narsa aniq men Minseoni taqdiriga qarab turmasligim kerak. Hatto kurashish kerak bo'lsa ham buni qilish kerak. U o'zi yoqtirmagan inson bilan bo'lmaydi. "
.
Migyon mexmonxonaga yetib keldi. Shahar markazidagi qimmat mexmonxona. Migyonni ham o'ziga yarasha daromadi bor. Ja yetim deb pulsiz qoldirishmagan.
Mexmonxona juda hashamatli. Ichida juda chiroyli dam olish joylari bor. Kutish zali va hokazo. Migyon ro'yxatdan o'tish uchun peshtaxta oldiga bordi. Uzoq kutgisi kelmasdi.
.
Xodim:-Salom xonim. Qanday yordam kerak? Ha yana bir savol. Balog'atga yetganmisiz? -ayol shubha bilan qaradi.
.
Migyon chuqur nafas oldi:- Yo'q. 16daman. Xona berasiz bilaman. Yozib qo'yibsiz. Ko'zim ko'r emas. Xullas bir kishi uchun.
.
Xodim:-Xujjatlaringiz-dedi kinoyali jilmayib.
.
Migyon hujjatlarni uzatdi. Xodim ularni ko'zdan kechirdi. Qoshlarini chimirib qaytarib berdi va kalitni uzatdi. Migyon ham istehzoli jilmayib qo'ydida kalitni olib orqasiga yura boshladi. Lekin ortida bir yigit turgan ekan. Yigitni qo'lidagi qahva Migyonni ham yigitni ham ustiga to'kildi. Yigitni ustiga ustak sport kiyimi ham oppoq ekan. Migyon bundan juda hayron qoldi.
.
Migyon:-Janob uzr. Kechiring-dedi Migyon uyalganidan yengil tazim qilib
Yigit:-Ko'zinga qarasang bo'lmaydimi? -dedi sovuq yuz va ohang bilan.
.
.
Migyon o'yladi:
"Men hayron qoldim. Nega bu bola qo'pol? O'zi juda kelishgan. Ko'zlari tim qora. Egnidagi kiyimi ham o'ziga juda yarashgan... Lekin... u nufuzli odam ekani aniq... Ha balki boy bo'lganligi uchun o'zini katta tutayotgandir. Hmm o'rgildim"
.
Migyon:-Janob Men uzr so'radim. Muomalangizni to'g'irlasangiz bo'lardi. -dedi Migyon ham past ketishni istamay.
.
Yigit:-Meni kimligimni bilasanmi?- dedi u qahr bilan.
.
Migyon:-Otangni erkasisan boshqalarga o'xshab-Migyon bu gapni beixtiyor aytdi. Lekin afsuslanmadi.
.
Yigit qizga hayron qarab qoldi.
"Bu qiz... U menga nima dedi?! Men Taehyungman demoqchi edim. Lekin u menga imkon bermadi. Boshqa qizlar bunday qilmaydi. Ular meni ko'rsa esidan ayriladi. Lekin bu qiz... To'g'ri o'zim pisand qilmadim. U ham shunga yarasha javob qaytardi. Qoyil qolishga arziydi. Uning yuzidan o'ziga ishonchi bilinib turibdi. Lekin ko'zlari... ular negadir mayus va g'amgin. Hayolimni olganday..."
.
Migyon yigitga beparvo qaradida xonasi tomon yo'l oldi. Nihoyat xonasiga yetib keldi...
Migyon xonaga kirib chuqur nafas oldi. O'sha yigit hayolidan ketmadi. Lekin o'zini tez qo'lga oldi. Ovqatlanishga restoranga tushishga qaror qildi.
.
Migyon o'ziga ko'ylak tanlay boshladi. Har doim tomboy kiyinadigan qiz bugun restoranda unday ko'rinishni negadir istamadi. Ko'ylakni tanladi. Oq va biroz kaltaroq. Unga bu ko'ylak juda yarashadi va buni faqat o'zi biladi. Migyon ko'ylakni kiydi va unga mos tuflisini kiyib oyna qarshisiga keldi. Naqadar ajoyib
Migyon asta yurib liftga bordi. Lift yonida u ko'rgan o'sha yigit Taehyung turgan ekan. Migyon bir lahza yurishga ikkilandi. Lekin Taehyung allaqachon uni ko'rdi. Migyon borishga majbur bo'ldi. U qadam tashlab kelib Taehyungni oldiga turdi. Lift to'xtadi va ular chiqdi. Liftda ulardan boshqa hech kim yo'q ekan. Tae yonidagi qizga qarab qo'ydi. Egnidagi oq ko'ylak, baland poshnali tufli va yoyib olgan sochlari unga juda yarashgandi. Lekin Migyon uni e'tiborsiz qoldirdi. Lift 1-qavatga tushdi. Migyon tez yurib chiqib ketdi. Tae esa shoshilmadi.
Tae sekin qadamlar bilan mehmonxona restoraniga kirdi. Bir chetda oyna oldida Migyon o'tirgan ekan. Tae uni oldiga borish haqida o'yladi. Lekin fikridan qaytdi. Bu qiz ajoyib lekin u qandaydir xavfli ham edi. Lekin Tae sezdi. Bu qiz uni o'ziga torta olyapti. Balki juda qattiq.
.
Tae:-Ofitsant. Menga qarab yuboring. -ofitsant Taeni oldiga kelib uni tingladi.-Anavi qiz nima buyurtirsa Men to'layman. Yana unga qulupnayli shirinlikni meni nomimdan bering.
.
Ofitsant yengil ta'zim qilib nari ketdi. Migyon esa shunchaki hayol surib o'tirdi. Ofitsant Migyonni oldiga uni buyurtmalarini olib keldi va oldiga Tae aytgan qulupnayli shirinlikni qo'ydi. Migyon hayron bo'lib Ofitsantga qaradi va:
-Nega Buni bu yerga qo'ydingiz? Men qulupnayli shirinlik buyurtma qilmaganman.
.
Ofitsant Taega ishora qildi. Migyon Taega qaradi. U esa qizga jilmayib qo'lini silkib qo'ydi. Migyon chuqur uff tortdi va joyidan turib Taeni qarshisiga borib o'tirdi. Tae bundan ko'zlarini katta-katta ochdi va Migyonga hayron qaradi.
.
Migyon:-Bunaqa ishlarni qilmang janob. Bilmayman qanday qaraysiz lekin men siz o'ylagan yengiltak qizlaringizdan emasman. Shuni bilib qo'ying. Menga bunaqa tomoshalar yoqmaydi. Tushuntira oldim deb o'ylayman.
.
Tae sekin jilmaydi:-Ha tushundim. Seni ilk marta ko'rganimda bu narsani tushunganman. Ha ... aytgancha Men Kim Taehyungman. Bilsang kerak. Eshitganmisan?
.
Migyon qoshlarini biroz ko'tardi:-Yo'q eshitmaganman. Eshitishni istamayman ham.
.
Tae istehzoli jilmaydi:-Va'da beraman. Hali bu ismni ko'p eshitasan.
.
Migyon uni gaplariga toqat qilolmasligini sezdi va restorandan chiqib ketdi.
Erta tong otdi. Migyon asta ko'zlarini ochib soatiga qaradi. Hali maktabga vaqt bor. Quyosh nurlari xonaga mayin iliqlik bag'ishlardi. Migyon stoli ustidagi qahvaga qarab jilmayib qo'ydi. Keyin yuvinishga kirib ketdi. Sochlarini tartiblab maktab formasini kiyib nonushtani xonasida qildi. Kecha uchratgan yigit Tae uni esidan ham chiqib ketdi. Migyon hotirjam holda mexmonxona kassasiga to'lov qildi va undan chiqdi. Sekin avtobus bekatiga bordi.
Aftobus kelgach unga chiqdi. Havo sokin hayot esa shaharda qaynardi. Migyon qulog'iga quloqchin taqib avtobusda ketaverdi. Nihoyat maktabga yetib keldi. Darvozadan kirishi bilan ko'ngli yorishdi. Chunki u yana bugun Minseoni ko'radi va bu unga iliq his bag'ishladi
Migyon asta sinflar oldidan o'tib nihoyat o'zining sinfiga kirdi. Sinf tinch va sokin. O'quvchilar o'z ishlari bilan band. Birdan Minseo kelib Migyonni quchib oldi. Nega bilmaymanu Lekin Minseo o'zida yo'q xursand edi. Migyon unga avval hayron keyin esa jilmayib qaradi.
.
Migyon:-Minseo? Tinchlikmi? Namuncha xursandsan?
.
Minseo:-Bilasanmi? Otamga sen haqingda aytgandim-dedi ular joylariga o'tirgach- va ular senga zo'r taklif bermoqchi.
.
Migyon:-Qanday ekan? -biroz jiddiy tortib so'radi.
.
Minseo jim turdi keyin birdan kulib yubordi:- Sen meni Tansoqchim bo'lasanmi? Yaxshi haq to'lashadi. Uy-joy bilan taminlaymiz. Bir uyda qolamiz. Faqat meni qo'riqlaysan. Maktabga birga borib birga kelamiz. Hamma narsa birga bo'ladi.
.
Minseo juda tez gapirardi. Migyon esa unga qarab jilmayib turaverdi. Minseo birdan to'xtadi va Migyonga qarab qoldi.
.
Minseo:-Ishqilib rozimisan? -dedi u ko'zlarida iltijo bilan.
.
Migyon o'ylab qoldi. Bir tomondan bu yaxshi fikr. Lekin... Agar birorta muammo bo'lsa Migyon baloga qolishi aniq edi. Migyon chuqur uhh tortdi va jilmayib.
.
Minseo uni qattiq quchib oldi. Keyin o'qituvchi xonaga kirib Hamma joyiga o'tirishini aytdi. Minseo turib joyiga ketdi. Migyon darslarga e'tibor bera olmadi. Hayoli Minseoni taklifida edi. Qanday? U Ha deb qo'ydi. Lekin Minseoga qanday qilib yo'q deydi. U buni qanday qabul qilishini bilmaydi. Migyon darslar tugashini sabrsizlik bilan kutdi. Nihoyat... Nihoyat oxirgi dars tugab maktab qo'ng'irog'i chiqish uchun chaldi. Quyosh ufqqa qarab botayotganday edi. Lekin kun hali yorug'. Minseoni otasi mashina yuborgan ekan. Migyon bundan hayratga tushdi. Minseo buni sezib jilmayib qo'ydi.
.
Migyon:-Hmmm... Aftobusda borsak ham bo'lardiku...
Minseo Migyonni ikkilanayotganini sezib yuzidagi tabassumi so'ndi.
Minseo:-Xohlamayapsan. Shundaymi?
.
Migyon:-Xohlayman -dedi hazil aralash. Lekin yuragi bu narsani rad qilayotgandi..
.
Ular mashinaga chiqishdi. Mashina hashamatli edi. Ular yo'lda deyarli gapirishmadi. Yo'llar sokin. Odamlar ishdan uylariga qaytayotgan mahal. Derazadan kirayotgan havo yanada iliqlik baxsh egardi. Migyonni yuragida esa qanaqadir tugun bordek edi. Lekin uni yechish mushkuldek tuyulardi. Ha mayli... Minseoni otasi bilan suhbatlashib ko'rsinchi. Bu yog'i keyingi masala. Nimadir hal bo'lar
Ular Minseolarning uyiga kela boshladi. Tashqaridan juda hashamatli va katta uy. Bir necha qavat bu uyning har bir qavati yaxshi yoritilgani aniq. Uy yonida mashinalar qatorlashib turardi. Minseo bu yerda begona mashinalar borligini ham sezdi va yuzida jiddiy qiyofa paydo bo'ldi
Ular ichkariga kirdi. Minseo hayron qoldi. Migyon esa ichkariga kirsammikin yo'qmikin deb eshik oldida o'ylanib qoldi. Keyin asta qadam tashlab ichkariga kirdi. Migyon ham Minseo kabi oldidagi manzaradan hayron qoldi. Lekin Migyon va Minseo umuman boshqa boshqa narsaga hayron qolgandi
Minseo uyiga Minjelarni oilasi yana kelganiga hayron bo'ldi. Minje, uni akasi va ota-onasi.
.Minseo o'yladi
"Yana ular. Otam uzatib yuborishni o'ylayaptimi? Migyon ham hayron qotdi. Lekin nega? Unga nima dahli bor? Ha mayli. Biror narsani o'zlari tushuntirib berishar. Migyonni turtib qo'ydim. U menga savol nigohi bilan qaradi. Men yelka qisdim. Keyin sekin sumkasini qo'lidan olib chetga qo'ydimda u bilan birga borib kechki dasturxon atrofiga o'tirdim. Migyon hech qanday gap gapirmadi. Otam esa menga qarab jilmayib qo'ydi. Rosti. Nima qilishim kerakligini bilmayapman. Daxshat. Yana shu yigit. U menga yoqmaydi. Lekin... u qanaqadir kelishgan. Shoshmachi... Nima u Migyonga tikilib turibdimi? Yo'q. Bu tasodif xolos."
.
Migyon o'ylardi:
"To'xta. Bu o'sha yigitmi? Mexmonxonadagi. Ismi nima ediya... axx... Ha Kim Taehyung. Uni ko'raman deb o'ylamagandim. Demak Minseoga kiyov yigit shu ekanda. Tushunarli. Minseo esa menga hayrat bilan tikilib turibdi. Keyin men Taehyunga qaradim. U menga yeb qo'ygudek qarayapti. Men hayron qoldim. Yonidagi Minje... ha oyimcha. Sochini o'ynashiga o'laymi?! Biram takabbur. Minseoni otasi esa mulohazali insonga o'xshayapti. Taehyung va Minjeni Ota-onasi. Bir biriga yarashib turibdi. Lekin... bolalari o'gay. Haaaa. Hammasi chalkashib ketdi menimcha. Nega bu yerga keldim? Balo bormidi? Uyimda o'tirsam bo'lardi. Lekin hozir bir narsa aniq. Ortga qaytolmayman"
.
.
Janob Lee:-Mana bolalarim-U Minseo va Taehyungga qaradi va jilmaydi:-Yana uchrashdingiz.
.
Minsoeni yuragi siqilib ketdi. Otasi nimani gapirayotganini bilardi. Unashturuvni tezlashtirish. Minseo Migyonga qutqar degandek iltijo bilan qaradi. Migyon o'ylanib qoldi.
Janob Kim:-"Ha bolalarni teziroq unashtirsak..."
Migyon o'yladi:
"Nima? Unashtiruv? Bular axmoqmi? Minseo endi 16da. Manabu Taehyung esa necha yoshligini bilmayman. 20 dan katta ekani aniq. Minseoni unga berib bo'ladimi? Unga Jungkook yoqadi. Kimdir hammasini to'xtatishi kerak. Shundaymi? Ha shunday"
Migyon:-Janob Lee... -Migyon o'rnidan turib gapirdi-Hech qanday unashtiruv bo'lmaydi-dedi qat'iy ohangda.
.
Hamma unga hayrat bilan qaradi. Hatto Taehyung ham. Migyon endi nima qilishi haqida o'ylab qoldi...