April 14, 2025

Tansoqchi qiz

[6-qism]

.
Nihoyat ular manzilga yetib kelishdi. Lekin bu yerda hech qanday xaroba yo'q edi. Qasrdek uy. Ular hayron qolib bir biriga qarashdi.

.
Yoongi:-Hozir xarobalar shunaqa qurilar ekanda-dedi istehzo bilan.

.
Migyon:-Men ham hayron qoldim.

.
Hamma mashinadan tushdi. Ular allaqachon qurollarni bo'lib olgandi. Migyon nisbatan yengil vaznli to'pponcha va bir nechta yashirilishi oson pichorlarni oldi. Chunki uni ishi eng muhimi edi. Jungkook reja bo'yicha mashinada qoldi. Uni tashlab qolganlar mashinadan uzoqlashganda u mashina rulini urdi.

Jungkook:-Kelib kelib shu ish mengami? Aa? -dedi u baland ovozda.

.
Ular yurib borishardi. Yoongi to'xtashga ishora qildi. Darvozaga yaqin qolgandi. U orqaga qaradi. Hamma aylana bo'lib yig'ildi.

.
Yoongi:-Namjoon, Taehyung biz to'g'ri darvozadan o'tamiz... Migyon... orqa tomonga tez bor. Iloji bo'lsa yugur. Hammasini hal qila olmasang yordamga so'rab chaqir. Tushunarlimi?

.
Migyon:-Eplayman Yoongi. Xavotir olmang.

.
Namjoon:-Unda Taehyung sen ham dadil bo'l. Birinchi ishing axir-dedi u Taeni yelkasiga turtib.

-Tayyorman-dedi Tae.

.
Yoongi Namjoon va Taehyung darvozani oldiga bordi. Qo'riqchilar ko'p edi. Ular begonalarni ko'rib hayron qolishdi. Yoongi darvoza oldiga hotirjam keldi. Uni oldida Namjoon va Taehyung ham juda sokin edi. Huddi taklif qilingan mehmonlardek jilmayib turishardi.

Tuzukroq rasm yo'q ekan

-Sizlar kimsiz?-dedi darvozaga yaqinroq turgan qo'riqchi.

-Mehmonlarmiz. Faqat aytmasdan kelgan-dedi Namjoon istehzoli jilmayib.

.
-Bizni tashrifimiz nima uchun ekanligini xo'jayiningiz juda yaxshi biladi. Shunday emasmi?-dedi Yoongi. Endi jiddiy qiyofaga kirib oldi va labini chetida tabassum paydo bo'ldi.

.
-Keting. Biz bu yerga begonalarni kiritmaymiz.-dedi qo'riqchi.

-O'zingizga tilab oldingiz-dedi Taehyung .

Ular bir biriga bir lahza qarab oldi. Keyin ish faqat gap bilan hal bo'lmasligini bilishdi va darvozadan oshib o'tishga harakat qilishdi. Uchchalasi darvozadan oshib tushdi. Qo'riqchilar ancha ko'p edi. Ular esa 3 kishi xolos. Yoongi o'ylab o'tirmay qurolini qo'lga oldi. Qolganlar ham. Qo'riqchilar ham tayyorlandi.

.

Bu payt Migyon orqa hovliga o'tayotgandi.
"Jin ursin devor balandku. Qanday o'tarkinman? Bo'yim shunaqa paytda pand beradida. Ha mayli harakat qilaychi. Ana yaqinroqda bir quti. Og'ir bo'lsa kerak. Surib olib keldim. Plashim rasvo bo'ldi. Loy tegib qoldi. Endi shu muammo yetmay turgandida. Plashimni yechib otdim. Endi uni keragi yo'q. Lekin kiyimlarim biroz torligi ham borda. Avval belimdagi qurollarni devordan otdim. Keyin orqaroqqa bordimda yugurib kelib quti ustiga sakrab devorga yetishga harakat qildim. Jin ursin yiqildim"

.
Migyon quti ustiga tushdi. Bir lahza harakat qila olmadi. Jahli chiqib ketdi. O'rnidan turdi va tez yugurib yana devorga osildi. Bu safar devorni ushlab qolishga ulgurdi. Lekin osilib qoldi. Zo'rg'a harakat qilib oshib o'tdi. Yerga sakrab tushib qurollarni qayta joyladi. Keyin to'g'ri hashamatli uy tomon yurdi. Eshikdan kirdi. Bitta qo'riqchi bor ekan. U qurolini Migyonga o'qtadi. Lekin Migyon chaqqonroq chiqdi. Uni bir tepish bilan yerga mixladi.

.

.
Tez yugurib yuqori qavatga chiqdi. Haqiqiy o'yin mana shu yerda edi.

.
Tashqarida bolalar ham bor kuchi bilan urishyapti.

.
-Bular buncha ko'p. Qo'ziqoringa o'xshaydi-dedi Taehyung hansirab.

.
-Sizlarni bilmadimu men o'lguday charchadim-dedi Yoongi oyog'ida bazo'r turib.

.
-Ha sizlar yotib oling. Men o'zim qilarman-dedi Namjoon kinoya bilan baland ovozda.

.
Migyon tepa qavatga chiqdi. Hamma joy tinch. Sekin qadam bosyapti. Qo'liga to'pponchani olib o'qlab tayyor qilib qo'ydi. Yuragi tez urayotganini his qilardi. Xuddiki bu jimlikda yolg'iz qolib ketgandek. Qadam tovushlari karidor bo'ylab aks sado beryapti. Nihoyat... karidor oxiridagi xonadan ovoz keldi. Lekin aniqlab bo'lmas. Bir erkak kulayotgandek ovoz. Migyon qadamini tezlashtirdi. Eshik oldiga borib qulog'ini eshikka bosdi.

.
.
Ichkaridan Minseoni ovozi aniq eshitilardi.

.
-Menga tegma qari chol-dedi Minseo baqirib.

.
-Kelaqol kichkintoy. Qochib qayerga borasan? -dedi bir erkak qahqaha otib.

.
Migyon suhbatni eshitib turdi. Minseoni o'g'irlagan o'sha kelishgan yigit zinadan chiqib ko'zlari Migyonga tushdi. U ovoz chiqarmadi. Migyon ham uni sezgani yo'q. Qo'lidagi qurolni mahkam siqib eshikdan ichkariga kirishga tayyor turibdi.

Songkang

Songkang jilmayib qo'ydi. Keyin asta Migyon tomon yurdi. Oldiga yetib keldi. Lekin qiz uni sezmadi. Shunda Songkang qo'lini qizni beliga qo'ydi. Qiz birdan seskanib orqasiga qaradi va Songkanga musht tushirib yubordi. Bu juda tez bo'ldi

.
.
-Yomon urar ekansan Migyon-dedi u joyidan turib.

.
-Sen... telefonda sen bilan gaplashganmidim?-so'radi Migyon.

.
-Ha men bilan. Seni taniyman. Men esa Songkangman. -dedi u yana jilmayib.

.
-Seni ham o'ldiraman-dedi Migyon.

-Nega endi? Axir sen menga yoqib qolding.

.
-Ko'nglimni ko'chasi. Asabimga tegma.

.
Migyon unga sovuq qaradi va eshikni tepib ochdi. Minseo bir chetda o'zini himoya qilgancha burchakka siqilib olgan. Unga tomon bir yoshi kattaroq erkak ketyapti. Migyon o'ylab o'tirmay erkakka tashlandi. Orqasidan itarib, boshini devorga urdi. Erkak yiqildi.

.
-Unday qilma Migyon. Senga zarar berishni istamayman-dedi eshikdan kirgan Songkang.

.
-Tupurdim hammanga. Menga dugonam kerak-dedi Migyon jahl bilan.

.
Migyon Minseoni oldiga bordi. Minseo Migyonga yopishib quchib oldi. Migyon uni sochini siladi.

.
-Hammasi yaxshi. Men keldim. Anavi senga tegmadimi?-dedi Migyon muloyim ovozda.

.
-Yo'q. Ulgurmadi. Vaqtida kelding -dedi Minseo nafasini rostlab.

.
.
-Hoy nima men borligimni unitib qo'ydingizmi?-dedi Songkang baland ovozda.

.
-Ha unutdik. Va biz ketyapmiz. -dedi Migyon Minseoni qo'lidan ushlab eshik tomon yurayotganda.

.
Songkang joyidan qimirlamadi. Qizlar eshik tomon yurayotgandi. Songkangni hayolida bir savol aylanardi: "Nima hozir men Migyonni qo'yib yuboramanmi?". Lekin Songkang uni taniganiga endi daqiqalar bo'lgandi xolos. U to'pponchasini chiqardi. Migyon eshik tutqichiga qo'l uzatganda tutqichgaga o'q tegdi. Qizlar cho'chib ketdi.

.
-Aqldan ozdingmi?-dedi Migyon ortiga qarab.

.
-Migyon... Teziroq ketaylik-dedi Minseo Migyonni yengidan tortib.

.
-Hech qayerga ketmaysiz. Men qo'ymayman. -dedi Songkang g'azab bilan.

.
-Nega endi? Senga bundan nima foyda bor?- Migyon gapirdi.

.
-Men boya ham aytdim. Yoqib qolding dedim. Nima men hazil qilayotganga o'xshaymanmi?-dedi Songkang ovozini biroz balandlatib.

.
Migyon chuqur nafas oldi. Keyin Minseoga qaradi. Uni qo'liga to'pponchani berdi.
.
.
-Tashqariga chiq. Men uni o'zim hal qilaman. Darvozadan chiqib mashinaga bor. Jungkook seni kutyapti- dedi Migyon xotirjam.

.
.
-Sabrim tugadi. Sevgi izhoringni boshqa kunga yig'ishtir tushunarlimi? -dedi Migyon Songkangni qarshisiga turib.

.
-Nega endi? Nima rad qilyapsanmi? Lekin... seni sevganing yo'qku. Shundaymi?-dedi Songkang jilmayib. Lekin bu jilmayishda og'riq ko'proq edi. Unga Migyon rostdan yoqqandi.

.
-Ha sevganim yo'q. Bo'lmagan ham. Umuman olganda bilasanmi? Men hammani rad qilaman-dedi Migyon har doimgidan ham sokin ovozda.

.
Songkang bir lahza deraza tomon qaradi. Yuragi siqildi. Kaftlari bilan yuzini ushladi.

.
-Senga kel demasam bo'larkan-dedi Songkang faqat o'ziga eshitiladigan ovozda.

.

.
Minseo bu paytda tashqariga yugurib chiqdi. Shu zahoti oldiga Taehyung keldi va uni himoya qilib darvoza tomonga yugurdi. Minseo yiqilib tushishiga oz qoldi. Taehyung uni qo'lidan ushlab yugurdi. Keyin ular darvozaga yetib borganda Taehyung to'xtadi.

.
-Migyon qani?-dedi u hansiragan ovozi bilan.

.
-Ichkarida. Anavi bola bilan gaplashyapti. Nimadir masala bor ekan.-dedi Minseo. Ovozi past edi.

.
-Anavi mashinaga bor. Jungkook seni kutyapti-dedi Taehyung orqasiga qaramay uy tomon yugurar ekan.

.
.
-Lekin... rad qilishing ham tabiiy. Tushunaman-dedi Songkang yana qizga qarab.
.
.
-Hmm unda men ketdim-dedi Migyon eshik tomon yurarkan.
.
.
Songkang uni chiqib ketishidan avval ortidan quchib oldi. Songkang uni yo'qotishdan qo'rqyaptimi yo'qmi noma'lum edi.

.
Migyon:
"Bu bola rostdan jinni degan fikr bilan endi eshik tutqichiga qo'limni qo'ygandimki belimdan kimdir quchdi. Iliq lekin kuchli qo'llar. Uni quchishi hech qanday qattiq emasdi. Iyagini yelkamga qo'ydi. Nafasi qulog'im ostida edi. Hech nima demadi. Shunchaki qo'yib yuborishni istamagandek qol degandek edi. Lekin bir lahza... hammasi o'zgardi. Eshik keskin ochildi. Unga yaqin turganim uchun eshik menga urilib orqaga yiqildim. Songkang hali ham meni quchib turgani uchun uni bag'riga yiqilgandim. Eshikni ochgan odam Taehyung edi. Uni yuzida ga'zab, rashk, va xafagarchilik aralashib ketgandi."

.
.
-Sizlar... Nima qilyapsiz? -dedi Taehyung zo'rg'a.

.
-Hechnima. Sen eshikni ochganinga yiqilgandim-dedi Migyon Songkangni bag'ridan turib.

.
-Seni sevaman deyapman Migyon. Nega ishonmaysan?-dedi Songkang ham joyidan turib.

.
Taehyungni bu gapdan g'azabi aniq nuqtasiga yetdi. Qo'llari musht bo'lib tugildi.

.
Taehyung:
"Hozir nima dedi? Sevar emish. Jinniku bu. Men shuncha payt sevib turib bir og'iz ortiqcha gapirmasdan, qo'limni uchini tegizmasdan yuribman. Bu esa 2 kun ham bo'lgani yo'q. Uni quchib sevgi izhor qilyaptimi? Shu paytgacha hech kimga bunday nafratni his qilmagandim. Qiziq bu qiz rostdan meni aqldan ozdirganiga endi chindan ishondim. Bir narsa aniq- Men uni hech kim bilan bo'lishmayman. Yigitni esa kerak bo'lsa o'ldiraman"

Taehyung borib Songkangni bo'g'zidan oldi. Uni devorga tiradi. Bo'g'a boshladi. Taehyung jahldan nima qilayotganini bilmasdi. Songkangni ovozi chiqmay qoldi. Qo'llarini Taehyungni bilaklariga qo'yib ajratmoqchi bo'ldi. Taehyung uni battar bo'g'di.

.
-Jinnilik qilma. Qo'yvor uni-Migyon ham Taehyungni qo'liga yopishdi. Ajratolmasdi.

.
-Sen... Qanday hadding sig'di unga sevgi izhor qilishga. U menga tegishli iflos. Eslab qol menga tegishli-dedi Taehyung Songkangni ko'zlariga tikilib g'azab bilan.

.
Keyin qo'yvordi. Songkangni tanasi yerga qattiq tushdi. U nafas olishga qiynalayotgandi. Migyon u tomon bormoqchi bo'ldi. Taehyung uni qo'lidan tortib xonadan chiqib ketdi. U Migyonni yugurgidek qilib tortardi. Hali ham g'azabi bosilmagandi.

.
.
-Hey qo'lim og'riyapti Taehyung. Tepki yeging kelyaptimi?!-dedi Migyon oyog'ini yerga tirab.

.
Taehyung birdan to'xtadi. Qizga qaradi. Yuzida endi faqat g'azab emasdi. Qilgan ishidan afsus. Lekin Mehr ham bor edi.

.
-Sen... bilasanmi asabiylashib ketdim. Men seni... bilasanmi? Ah... tilim aylanmayapti-dedi Taehyung sochlari orasiga qo'l suqib.

.
.
-Bilaman meni yoqtirasan. Lekin hozir bu yerdan ketish kerak. Keyin buni jiddiy gaplashamiz. Kelishdikmi?-Migyon Taehyungni ko'zlariga qaradi.

.
Taehyung bu so'zlarni eshitib ichidan juda xursand bo'ldi. Migyon hech qachon bu masalada og'iz ochishga qo'ymasdi. Lekin hozir u bunday gaplar gapirgani Taeni juda hayratda qoldirdi. U labida yoqimli tabassum paydo qildi. Lekin Migyon bunga e'tibor ham bermay chiqib ketdi. Taehyung uni ortidan ergashdi. Ikkalasi yonma yon yurardi. Songkang ham ularni ortidan yurdi. Ular hovliga chiqqanda ahvol yaxshi emasdi. Namjoon va Yoongi zo'rg'a ularga qarshi turardi. Migyon Taehyung bilan ko'z urishtirdi. Taehyung bosh irg'adi va ikkalasi janga kirdi. Birortasi Migyonni harakatlariga qarshi turolmasdi. Songkang ularni chetda tomosha qildi. U bu yerni boshlig'i emas. Shunchaki bu yerni egasini o'g'li. Lekin otasidan Mehr ko'rmagan. Tepadagi odam otasi. Lekin unga farqi yo'q.

.
.
Hammasi deyarli yakuniga yetdi. Ular darvozadan chiqdi.

.
-Epladik-dedi Yoongi mamnuniyat bilan.

.
-Migyon boplading-Namjoon xursandchiligini yashirmadi.

.
-Bu faqat do'stim uchun edi-dedi Migyon yigitlarga ko'z qisib.

.
Shu payt... bir lahzada hammasi rasvo bo'ldi. O'q ovozi. Quloqlarni muzlatgan ovoz. Migyon birdan qotib qoldi. Ko'zlari yigitlarga qadalgan. Yigitlar u tomon yugurdi. Lekin Migyon yerga yiqildi. Hamma muzlab qolgandek his qildi o'zini. Qiz hushsiz edi. Tanasidan qon sizib chiqib yerni qizilga bo'yayotgandi. Minsoe baqirib yugurib keldi. Yoongi va Namjoon otgan odamni yo'q qildi. Taehyung qizni tez ko'tarib mashinaga yugurdi. Songkang ham ularni ortidan qolmoqchi emasdi. U ham mashinasi tomon yugurdi. Jungkook gazni bosdi. Taehyung qizni bag'riga olib mashinaga o'tirdi. Ustidagi oq ko'ylagini yechib qizni yarasiga bosdi.

.
-Teziroq hayda Jungkook. Teziroq-deb baqirdi u jon holatda.

.
Migyon ko'zlari yumiq va nafas olishi juda sekin. Taehyungni ko'zlarida yosh yaltiradi. Jungkook bor tezlik bilan haydayotgandi. Qolganlar ham boshqa mashinada ularni ortida. Minseo tinmay yig'layotgandi. Yoongini ham ko'zida yosh. Namjoon esa hech nima demasdi.

.
Shifoxonaga yetib kelishdi. Qizni olib kirishdi. Xamshiralar qizni olib kirib ketishdi. Qolganlar qolishga majbur edi. Jungkook hali ham yig'idan to'xtamagan Minseoni quchdi. Yoongi suv idishini urdida bir chetga borib o'tirib yuzini kaftlari orqasiga yashirdi. Taehyung bir joyda tinch o'tirolmadi. Songkang ham kirib keldi. Taehyung uni ko'rib battar asabiylashdi. U tomonga tez bordi.

.
-Sen. Seni deb bo'ldi. Hammasiga aybdorsan-deb baqirdi Taehyung Songkangga qarab.

.
-Janob bu yer shifoxona baqirmang.-dedi bir xamshira.

.
Taehyung zo'rg'a o'zini bosdi. Shifokor chiqdi. Hammasi u tomonga bordi. Shifokorni ko'zlarida mayuslik bor edi. Hammasini yuragi orqaga tortdi.

.
-Afsuski... bilasizmi... qiz -deb gap boshladi shifokor.

.
(6-qism tugadi)