March 28, 2025

Tansoqchi qiz

(4-qism)

.
Tae hayron qarab turardi. Migyon o'sha yigitlar bilan suhbatlasha boshladi. Ular juda samimiy gaplashishardi. Tae qadam tashlash haqida uzoq o'yladi. Lekin hali ham joyida turardi. Hayoliga savol keldi. Migyonni sevgan yigitimidi? Yo'q o'xshamaydi. Yigitlardan biri Taehyunga qaradi.

.
Yigit:-Migyon... Anavi bola yigitingmi?-dedi hazil aralash.

.
Migyon:-Yo'q. U menga hech kim. Shunchaki asabbuzar.

.
Yigitlar kulib yubordi. Bular Kim Namjoon va Min Yoongi edi

Namjoon
Yoongi

Tae asta ularni oldiga keldi.

.
Tae:-Salom. Men Taehyungman. 22 yoshdaman.

.
Yoongi:-Salom. Tanishganimdan xursandman. Min Yoongi. 25 yoshdaman.

.
Rm:-Salom. Men Kim Namjoon. 24 yoshdaman

Hammalari qahvaxonaga borishdi. Migyon Tae ham ular bilan borishidan juda norozi bo'ldi. Lekin yigitlar uni olib ketishdan hech xafa bo'lishmadi. Chunki Tae ular bilan tez til topishdi. Qahvaxonaga kelishgach har biri qahva oldi. Yigitlar Migyon uchun shirinliklar ham buyurtma qildi.

.
Tae:-Sizlar bir-biringizga qanday aloqangiz bor. Migyon bilan qanday tanishgansiz?-qiziqib so'radi.

.
Migyon:-Senga hamma narsani aytishimiz shart emas.-dedi ishonch bilan.

.
Yoongi:-Qo'ysangchi Migyon. Aytib beramiz. Shundaymi Namjoon?

.
Namjoon:-Balki o'zing aytarsan Migyon...

.
Migyon:-Ha mayli... Unda eshit Kim Taehyung. Bular meni 2ta amakimning o'g'li. Ota-onamni o'limidan so'ng men Yoongilarnikida yashaganman. Aniqrog'i umuman o'sha yerda o'sganman. Biz birga doim vaqt o'tkazganmiz. Qanday vaziyat bo'lmasin. 3 yoshga to'lganimda hammamiz jang sanati to'garagiga bora boshladik. Hammamiz mahorat bilan o'rganardik. Maktabga chiqdim. Bular esa deyarli bitiruvchilar edi. Shundan keyin bular maktabni bitirdi. Men esa 13 yoshda edim. Shunda ular Amerikaga o'qishga ketishdi. Hozir esa mafia ishlariga bosh bo'lishgan

.
Namjoon:-To'xta bir narsani aytmading.

.Yoongi:-Ha rostdan ham.

.Migyon:-Nimani?-dedi jiddiy qarab.

.Namjoon va Yoongi bir-biriga qarab kulib qo'ydi. Keyin Migyonga qarashdi.

.Yoongi:-Biz ketayotganimizda qanaqa yig'laganingni aytmading. Shunaqa yig'lagandingki...

.Namjoon :-Butun ayraportni boshinga ko'targanding. Bu daxshat edi. Hamma bizga qarardi.

.Namjoon va Yoongi mazza qilib kula boshlashdi. Migyon jiddiy turaverdi. Tae ham boshida jim turdi. Lekin keyin Migyonga qarab u ham kulib yubordi.

Migyon ularga jahl bilan qarab turardi.

.
FLESHBACK

.
Migyonni 10 yoshga to'lganini nishonlashyapti. Tashqarida qor. Yoongi va Namjoon Migyon uchun sovg'a tayyorlashgan. Migyon esa tortni kesyapti. Bu yerda ko'pchilik yo'q. Shunchaki kichik oila.

.
Yoongi:-Tug'ilgan kuning bilan Migyon. Bu senga. Aniq yoqadi-deb quti uzatdi.

.
Quti ichidan oq nafis ko'ylak chiqdi. Migyon Yoongiga ko'p rahmat aytdi.

.
Namjoon:-Bular senga. O'tgan yil olishni istagan kitoblaring.

.
Migyon kitoblarni olib hammasini sarlavhasini o'qib chiqdi. Rostdan ham u yoqtirganlari. Qolganlar ham allaqachon sovg'asini berib bo'lgan. Hamma ovqatlanish bilan band. Tashqarida oppoq qor. Uy ichi issiq. Tort kesib bo'lishgach Migyon Yoongi va Namjoon tashqariga chiqib qor o'ynashdi. Yoongi va Namjoon Migyon kichkinaligi uchun unga yon bosishardi. Qanday ajoyib damlar. Kim o'ylabdi deysiz. Bu vaqtlar ham tez o'tib ketadi deb. Oradan yana 3 yil o'tdi. Yoongi va Namjoon o'qishlari yaxshi. .

.
Yoz fasli.

.Namjoon va Yoongini o'qishi ko'chirilyapti. Hamma bundan xursand. Nega xursand bo'lishmasin? Axir Amerikaga kabi joyda o'qish hammaning orzusi. Ular ketishidan avval bazm o'tkazishdi. Hamma narsa yaxshi va bir tekis ketyapti. Lekin Migyon bundan norozi edi. Yoongi va Namjoon unga tushunmay yurishdi. Migyon esa hech qovog'ini ochmasdi. Xo'mrayib yurardi. Oxiri Yoongi va Namjoon u bilan gaplashishga qaror qilishdi.

.
Namjoon:-Migyon nega arazlab olding? Nima bizni ketayotganimiz yoqmayaptimi?-dedi muloyim gapirib.

.
Migyon ularga jim qarab turdi. Hech narsa deyishni istamasdi. Axir 13 yoshli bola bo'lsa. Har doim birga yurgan akalaridan kechishni istamasligi aniqku.

.
Yoongi:-Biz o'ynagani ketmayapmizku. O'qishga boryapmiz. U yerda senga sovg'alar yuboramiz. Hursand bo'lib ularni olasan.

.
Migyon:-Menga sovg'a emas sizlar kerak. Bu yerda yolg'iz zerikamanku. O'ylab ko'rmadingizmi? Sizlardan boshqa hech kim bilan deyarli kelishmayman. Hamma meni g'alati deydi:-dedi bolalarga xos shirin shikoyat qilib.

.
Yoongi Migyonni sochini silab jilmaydi:-To'g'ri... Hmm nima qilsak ekana? Namjoon kel uni o'zimiz bilan olib ketamiz nima deysan?-Yoongi biroz hazil ohangida gapirdi. Lekin ich ichidan bu gap jiddiy edi.

.
Namjoon biroz o'ylab qoldi:-Bilmasam... Buvimiz ruxsat bermasa kerak.-dedi ikkilanib.

.
Ular o'ylaganday bo'ldi. Buvilari rostdan ham Migyonni olib ketishga qo'ymadi.

Buvisi:-Aqlsiz bolalar. Bu gap qayerdan chiqdi. Siz o'qishda bo'lasiz. Bu kichkinaga kim qaraydi. Begona mamlakat bo'lsa. Hammangizni taziringizni berish kerak o'zi. Amerikaga go'dakni olib ketarmish. O'zingiz avval katta bo'lib oling. Qiz shu yerda qoladi. Bir kun yig'lar ikki kun yig'lar keyin ovunadi. Hech narsa qilmaydi.

.
Yoongi va Namjoon bir-biriga qarab qo'ydi. Hozir qarshi chiqishsa buvisi aniq ularni shippak bilan quvadi.

.
.
Samalyot uchadigan kun keldi. Hamma xayrlashyapti. Migyon hali ham yig'lab o'tiribdi.

.
Migyon:-Ketmanglar... Men zerikib qolaman:-deb yig'lardi faqat.

.
Namjoon va Yoongi uni bu qilig'iga kulib qarashardi. Migyon rosa harhasha qildi. Lekin baribir akalari ketdi. Migyon yosh bo'lgani uchun ularni raqamlarini eslab qolmagan edi. Shuning uchun oxirgi vaqtlar telefon qilmay qo'ygan

.
.
Comeback

.

Shunaqa qarab turibdi

Migyon hali ham ularga qarab turardi. Bolalar oxiri kulishdan to'xtashdi.

.
Migyon:-Akamisiz o'zi yo'qmi? Hamma narsani gullab qo'yavermaydida. Meni manabu axmoq oldida sharmanda qilyapsiz. Shu ham gap bo'ldiyu.

.
Namjoon:-Bo'ldi jimmiz. Bu bolani oldida boshqa seni gapirmaymiz. Yoqtirmaydiganga o'xshaysan.

.Yoongi:-Voy Migyon... Yuzingni qara. Jahling chiqsayam yoqimtoy qizsanda:-dedi u yana biroz kulib

.
.
.Shu voqealardan keyin bir oy o'tdi.

Aytarli bu vaqt ichida hech nima bo'lmadi. Taehyung va Migyon hali ham kelisha olishgani yo'q. Doim bir biriga o'chakishib yuradi. Lekin Taehyung yon bosadi. Chunki Migyon uni savalashidan qo'rqadi. Shu narsa aniqki Migyon allaqachon Taehyungga rostdan yoqib qolgan. Ular sevishganlar rolini hozircha davom ettiryapti. Yaxshiyam Taehyungni oilasi Migyonni biror joyga taklif qilmayapti. Bo'lmasa bu ham muammo. Jungkook va Minseoni munosabatlari esa juda ajoyib. Ideal juftlik desa bo'ladi. Hozircha Minseoni otasidan ular uchrashayotganini yashirish oson bo'lyapti. Lekin bu qancha davom etishini hech kim bilmaydi. Balki bir necha kun ichida ularni hamma siri ochilib Minseoni yana Taehyungga uzatish haqida gap bo'lib qolishi mumkin. Minje ularni ko'p kuzatyapti. Hali ham Migyon va Taehyungni munosabatlariga shubha bilan qarashni davom ettiryapti. Lekin Minjeni ko'zi qachonki ularga tushganda yoki qo'l ushlashib turgan bo'ladi yokida kulib gaplashayotgan bo'ladi.

.
Migyon Yoongi va Namjoon bilan yashayapti. Tong nurlari derazadan tushdi. Migyon hammadan avval uyg'onib pastga tushib nonushta tayyorladi. Stolni 3 kishilik qilib chiroyli qilib bezadi. Keyin hamma uchun qahva tayyorladi. Quymoqlarni terib ustidan asal quydi. Mukammal edi. Keyin yana o'zi pishirgan boshqa narsalar bilan dasturxonni bezadi. Namjoon oshxonaga kirib keldi.

Namjoon:-Shirin hid qayerdan kelyapti ekan desam Migyonni o'zi nonushta tayyorlabtida.

.
Migyon:-Ha shunaqa akajon. Qani o'tiring. Yoongi akam turmadimi?

.
Namjoon:-Bilasanku uyquchi. Aytib qo'yay Men turg'izmayman. Meni quvib ketadi.

.
Migyon:-Xo'p o'zim turg'izaman.

.
Migyon asta zinadan 2-qavatga chiqdi. Yoongini xonasini eshigini taqillatdi. Biroz kutdi. Javob bo'lmadi. Keyin asta eshikni ochib ichkariga kirdi. Xona biroz qorong'u. Derazalarga pardalar tortib tashlangan. Migyon birinchi pardalarni ochdi. Keyin esa derazani ochib xonaga shamol kirishiga imkon qoldirdi. Keyin asta yotoq tomon yurib Yoongini tepasiga keldi. U judayam shirin uxlardi. Boshini yostiqqa bosgan. Lablari biroz ochiq. Yuzida sokinlik bor. Xuddi dunyoni unutgandek

Shunaqa uxlayapti

Migyon bir lahza o'ylab qoldi. Uyg'otsammikin yo'qmikin deb. Keyin asta Yoongini yelkasiga tegib biroz silkidi.

-Yoongi aka, turing. Tong otib ketdi.

.
Yoongi hatto qimirlab qo'ymadi. Migyonni biroz jahli chiqdi.

-Yoongi turasizmi yo'qmi? Oxirgi ogohlantirish.

.Migyon kutdi. Yoongi yengil qimirladi lekin ko'zini ochmadi.

.
.
Migyon:-Yaxshi akajon unda o'zingizdan ko'ring.

Migyon yotoqning narigi burchagiga chiqdi. Qo'liga yostiqni olib Yoongiga yaqinroq o'tirdi. Biroz o'yladi va keyin Yoongini yostiq bilan ura boshladi.

Migyon:-Aka turing.

Migyon shu so'zni qayta qayta takrorladi. Yoongi ko'zini ochdi. Qo'li bilan yuzini himoya qildi. Migyon buni sezmadi. Yoongi birdan qizni qo'lidan yostiqni olib qo'ydi.

Migyon:-Turdingizmi? Nihoyat... Qiynalib ketgandim-dedi u hazil aralash.

Yoongi unga jiddiy qaradi:-Boshqa narsa yo'qmidi uyg'otishga.

.Migyon:Yo'q edi.

U shu gapni aytib xonadan chiqib ketdi. Ular birga nonushta qilishdi.

Yoongi Migyonni maktabga tashlab o'zi ketdi. Sinfga keldi. Nimadir g'alati. Minseo qani? Har doim Migyonni qattiq quchib oladigan qiz bugun ko'rinmadi. Dars bo'yi Migyon faqat Minseoga qo'ng'iroq qilaverdi. Qayta qayta. Minseo kasal emasligini biladi. Kecha gaplashishgandi. Jungkook bilan urushmagan. Otasi munosabatini bilib qolmagan. Unda nega u yo'q? Migyon uzoq o'yladi. Tushlikdan keyingi darslar boshlandi. Birdan Migyonga telefon bo'ldi... Minseo

..
Migyon ikkilanib o'tirmasdan sinfdan chiqib ketdi. Telefonni ko'tarib gapira boshladi.

-minseo qayerda yuribsan? Qancha xavotir olganimni bilasanmi? Nega hech nima demay yo'q bo'lib qolding? O'zi yaxshimisan?

.
-Minseo yaxshi. -telefonga boshqa gapirdi.

.
Migyonni qo'li birdan bo'shashdi. Telefon tushib ketdi. Yuragi to'xtab qolgandek bo'ldi. Begona ovoz. Begona odam. Telefon Minseoniki. Bo'lishi mumkin emas...

(4-qism tugadi)