ARAB BAHORI
Kunlardan bir kun Sakura ertalab universitet kutubxonasida o‘tiribdi. Qalin kitoblar orasida o‘z loyihasi uchun ilhom izlayotganda, telefoniga kutilmagan qo‘ng‘iroq tushdi.
— 여보세요? (Alo?) — dedi u shoshilib.
— 안녕하세요, Sakura-ssi. Sizni Yangi Orzular Fondi vakili bezovta qilyapmiz. Sizning loyihangiz grant tanlovida g‘olib bo‘ldi. Tabriklaymiz!
Sakura hayajondan qo‘lidagi kitobni tushirib yuboray dedi. Ko‘zlari porlab ketdi, yuragi baxtdan qattiq urardi.
— 감사합니다! 정말 감사합니다! (Rahmat! Rostdan ham katta rahmat!)
U qo‘ng‘iroqni tugatgach, Kayla, Nabi, Mariana va Naksuni topib, quvonchini ulashdi. Qizlar uni quchoqlab:
— Biz senga boshidan ishonardik! — deyishdi.
O‘sha kun dushanba edi. Lekin Sakura uchun bu butun hayoti o‘zgaradigan kun bo‘ldi.
Big Hit Entertainment ham unga yordam berishga tayyor edi. Ular Sakura uchun kichik loyihani kompaniya ichida boshlashga imkon berishdi — san'at va ijtimoiy ta'lim loyihasi.
Sakura Big Hit binosiga kirib kelganda, koridorda Jungkook kutib turardi. U bir qadam oldinga chiqdi, qo‘llarini cho‘mib:
— Bilasanmi, men seni qanday ko‘rmoqchi edim? Mana shunday — o‘z orzularing tomon qadam tashlayotganingni.
— Rahmat, Jungkook. Men endi o‘zim uchun ham yashayapman.
Bu suhbatni uzoqdan kuzatayotgan Taehyung yuragini ushlab qoldi. U Sakura bilan hech qanday gaplashmay, jimgina ketdi.
Shu paytda orqadan Taemin kelib qoldi. U shaytonvachcha kulib:
— Seni har doim o‘z orzularingga ishonadigan qiz deb bilganman. Qani, kutmaymiz, senga yordam berishga tayyorman, Sakura.
Bu daqiqada Sakura o‘zini chinakam baxtli his qildi.
Yangi muammolar esa asta-sekin yaqinlashardi.
Sakura boshlagan loyihasiga investorlar jalb qilmoqchi bo‘ldi. Ammo investorlar orasida bir kishi bor edi — Taeminning o‘tmishdagi raqibi, yovuz niyatli biznesmen: Min Jun-seok.
Jun-seok Sakura loyihasidan foydalangan holda Big Hit Entertainment ichida o‘z ta’sirini oshirmoqchi edi. Bu esa nafaqat Sakurani, balki BTS jamoasini ham xavf ostiga qo‘yishi mumkin edi.
Sevgi uchburchagi ham tobora kuchayardi. Jungkook ko‘proq vaqtini Sakura bilan o‘tkazishga harakat qilar, Taehyung esa uzoqdan nigoh tashlardi. Taemin esa asta-sekin Sakuraga bo‘lgan hislarini tan olib bormoqda edi.
Sakura esa hali yuragidagi haqiqiy hislarni aniqlay olmasdi...
O'sha oqshom Sakura ofisda qolib, loyihasi ustida ishlayotgandi. Binoda hamma ketgan, faqat sakura va navbatchi qolgan edi. Derazadan shahar chiroqlari porlab turardi. Kompyuter ekraniga tikilib, prezentatsiyasini ko'zdan kechirayotgan paytda eshik asta ochildi.
— Kechqurun seni yolg‘iz qoldirmoqchi emasdim, — dedi u asta.
— Rahmat, lekin men yaxshiman. Faqat shu loyiha uchun biroz xavotirdaman.
Jungkook unga yaqinlashib, stul yoniga tiz cho‘kdi:
— Sen bunga qodirsan, Sakura. Sen faqat o‘zingga ishonishing kerak. Biz... men doimo yoningdaman.
Uning so‘nggi so‘zi yuraklarga o‘tkir tig‘ kabi tegdi.
Sakura bir lahzaga ko‘zlarini yumdi. Chunki o‘z hislarini yengish oson emas edi. Lekin bu daqiqada u nimani xohlayotganini o‘zi ham bilmasdi.
Taehyung Sakurani universitetda kutib oldi. U oddiy, keng sviter va qora kepka kiyib olgandi. Ko'zlarida esa nimadir siniq, yiltillagan nurlar bor edi.
— Men seni bir joyga olib bormoqchiman, — dedi u.
Ular Seul chekkasidagi kichik bir parkka borishdi. Kuz barglari oyoq ostida shitirlayotgan, havoda salqinlik sezilardi. Ular bir xil tempda yurib borishardi.
Taehyung to‘xtadi va qo‘llarini cho‘zdi:
— Har doim yoningda bo‘lishni xohlayman, Sakura. Agar sen ruxsat bersang...
Sakura yuragida chigal tuyg‘ular his qildi. U bilardi, Taehyung unga samimiy edi. Lekin... Jungkook-chi? Va Taemin-chi?
Yuragi xuddi ikkiga bo‘lingandek edi.
Shu orada, kompaniyada mojaro boshlanib ketdi.
Min Jun-seok Sakura loyihasi hujjatlarining nusxasini qo‘lga kiritib, uni buzish uchun maxfiy hujum tayyorlagandi.
Bir kuni kechqurun Sakura kompaniyadan chiqqanida, Taemin uni kutib turardi. U yuzini jiddiy qilib:
— Sakura, men senga bir narsa aytishim kerak. Loyiha xavf ostida. Jun-seok bizga qarshi ish boshladi.
Taemin unga planshet ko‘rsatdi — unda hujjatlarning buzilgan, yolg‘on shaklda tarqatilayotgan nusxalari bor edi.
— Men senga yordam beraman, — dedi Taemin qat'iy ohangda. — Sen yolg‘iz emassan.
Sakura titrab ketdi. U bunday tahdidga tayyor emas edi. Ammo ichidan bir kuch, bir jasorat osha boshladi.
— Yo‘q, — dedi u ko‘zlarini chaqnatar ekan. — Men taslim bo‘lmayman. Bu mening orzularim uchun kurash.
Sakura, Jungkook, Taehyung va Taemin bir jamoaga aylandi. Ular Jun-seokning fitnasini ochish uchun rejalar tuzdi.
Birgalikda harakat qilishayotgan paytda, ko‘zlardan ko‘zlar qochmadi.
Sakura har gal Jungkook bilan ko‘zlari to‘qnashsa, yuragi urib ketardi.
Taehyung esa har bir kulgusida, har bir teginishda o‘z hislarini yashirib bo‘lmayotgandi.
Taemin esa, ko‘zlaridan cheksiz hurmat va ehtiros yog‘ilardi.
Sevgi uchburchagi tobora qalinlashardi...
Tun yarim kechani urgan, Seulning osmoni yulduzlarga to‘la edi. Sakura kvartirasining derazasidan osmonga termulib o‘tirardi. Ichki notinchlik uni qiynardi. Yuragida kurash edi — orzular, do‘stlik va... sevgi.
U xona ichida yurgancha, Taehyung bilan bog‘liq lahzalarni, Jungkookning iliq tabassumini, Taeminning qat'iy nigohlarini xayolida yana va yana ko‘z oldidan o‘tkazdi.
Shu payt telefoniga xabar keldi:
> Taehyung: "Ertaga sen uchun kutilmagan narsa bor. Tayyor tur."
> Jungkook: "Bir oz vaqt ajrata olasanmi? Muhim."
> Taemin: "Seni himoya qilish uchun hamma narsaga tayyorman."
Sakura kaftlarini yuziga bosdi. Bir zumda ko‘zlarida yosh yaltiradi. U bu sevgi uchburchagining markazida edi va qaysi yo‘lni tanlashni bilmasdi...
Ertalab Sakura universitetda Kayla, Nabi, Mariana va Naksu bilan uchrashdi. Do‘stlari uni ko‘rib bir zumda sezishdi:
— Sakura, — dedi Mariana, — nimadir seni qiynayapti, to‘g‘rimi?
— Men... sevgi va orzular o‘rtasida qoldim. Kimnidir xafa qilgim kelmaydi. Lekin o‘zimni ham aldashni istamayman.
— Yuragingni tingla, Sakura. Faqat shunda adashmaysan.
Kayla esa kulib qo‘shib qo‘ydi:
— Va unutma, seni chin dildan sevgan inson, sening orzularingni ham hurmat qiladi.
Bu so‘zlar Sakuraga ozroq kuch berdi.
Sakura, Jungkook, Taehyung va Taemin Min Jun-seokni fosh qilish uchun maxfiy yig‘ilish o‘tkazishdi. Hamma hushyor, jiddiy edi.
Sakura loyihasining haqiqiy hujjatlarini ko‘rsatib, Jun-seokning yolg‘onini isbotladi. Kompaniyaning yirik rahbariyati ham yig‘ilgan edi.
— Men yillar davomida orzu qilgan loyihamni bir kimsaning shaxsiy manfaatlariga qurbon qilmayman. Men, biz, bu yerda haqiqat uchun turibmiz.
Zalda sukut cho‘kdi. Keyin rahbarlardan biri qattiq va aniq ovozda:
— Jun-seok, sizning harakatlaringiz oshkor bo‘ldi. Siz kompaniyani tark etasiz va qonun oldida javob berasiz.
Zal ichidan xitoblar eshitildi. Sakura yelkasidan og‘ir yuk tushgandek his qildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, Sakura va do‘stlari shahar chetidagi mayoq yoniga sayrga chiqishdi.
Yengil shamol yuzlarini silab o‘tardi.
Taehyung unga yaqinlashib, qattiq ohangda dedi:
— Men seni orzularing bilan birga sevaman, Sakura. Men seni hech qachon qamrab ololmayman, faqat yoningda bo‘lishni xohlayman.
Sakura yuragining tebranishini his qildi, lekin javob bera olmadi.
Shu payt Jungkook ham orqasidan yetib keldi. U sekin, muloyim ohangda:
— Men esa senga dunyodagi eng sokin boshpanani bera olaman. Seni tushunaman, Sakura.
Taemin esa uzoqdan jilmayib turardi, ammo yuragida og‘riq bor edi. U Sakurani chin dildan qo‘llab-quvvatlardi, lekin sevgi uchun kurashmasdi. Chunki uning sevgisi qurbonlik edi.
Sakura esa mayoq tepasida turib, ko‘zlarini yumdi. U chin dildan his qildi — sevgi bu faqat baxt emas, balki tanlov va mas'uliyat ham edi.
To‘satdan, ular orqasidan noma’lum bir odam kelib qoldi — qora ko‘zoynak va qora kiyimda.
— Sakura-ssi? Siz bilan muhim gap bor. Siz haqingizda ko‘p sirlar bor... va siz hali hammasini bilmayapsiz, — dedi u sirli ohangda.
Sakura va boshqalar bir-birlariga qarab qoldi.
Bu kim edi? Va qanday sirlar haqida gapirayotgandi?
Sakura hayoti endi boshqa bosqichga o‘tayotgandi — nafaqat orzulari, nafaqat sevgisi, balki o‘z o‘tmishi bilan ham yuzma-yuz kelishi kerak edi.
Sakura sirli odamning gapidan karaxt bo‘lib qoldi. Uning yuragi tez urardi. Yonidagi Taehyung, Jungkook va Taemin darhol uni himoya qilish uchun oldinga chiqishdi.
— Siz kimsiz? — dedi Taehyung jahl bilan.
— Nima demoqchisiz? — Jungkook ham qattiq ohangda so‘radi.
Sirli kishi qo‘llarini ko‘tardi, tinchlantirmoqchi bo‘lib:
— Men yomon niyatda emasman. Faqat... Sakura-ssi, sizning o‘tmishingizda siz bilmaydigan voqealar bor. Siz bu yerga shunchaki orzu ortidan kelganingizni o‘ylaysizmi? Yo‘q... Sizning Koreyaga kelishingiz oldindan rejalashtirilgan.
— Qanday reja? Men o‘z orzularim uchun kurashdim! — deya gapirdi u, ovozini qattiq titratib.
— Siz haqiqatan ham hamma narsani o‘zingiz mustaqil tanladingiz, deb o‘ylaysizmi?
— Nima demoqchisiz? — deya oldinga bir qadam tashladi Sakura.
Odam cho‘ntagidan kichik bir konvert chiqardi va unga uzatdi:
— Buni oching. Hamma savollaringizga javob olasiz. Siz kim ekaningizni bilib olasiz.
Sakura qo‘llari titray boshlagan holda konvertni oldi. Ammo ochishga jur'at etolmadi. Chunki u his qildi: bu oddiy maktub emasdi. Bu uning butun hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkin edi.
Sirli odam orqaga burilib, qorong‘ulik ichida g‘oyib bo‘ldi.
Oradan kunlar o‘tdi.
Sakura o‘zini hali ham tartibga sola olmasdi. Universitetdagi darslar, Big Hit’dagi menejerlik ishlari va yuragidagi tug‘unlar uni charchatardi.
U har kuni kechasi oynaga qarab sukut saqlardi. O‘zidan, hayotidan, kelajagidan so‘rayverardi: "Men qaysi yo‘lni tanlashim kerak?"
Kayla, Nabi, Mariana va Naksu uni doim qo‘llab-quvvatlardi.
Dugonalari bilan birgalikda kichik bir kafe ochish g‘oyasi ham paydo bo‘ldi.
Sakura nihoyat o‘z kuchini, mustaqilligini his qila boshlagandi.
Ammo yurak masalasi qiyin edi.
Bir kuni universitet kutubxonasidan chiqqanida, uni Taemin kutib turardi.
Qor yog‘ayotgan edi, qor parchalari Taeminning sochlariga ohangrabodek o‘tirgandi.
— Sakura, birga yuramizmi? — dedi Taemin, ovozi juda sokin.
Sakura bosh irg‘adi.
Ular park bo‘ylab sekin yurishdi. Atrof jim-jit edi, faqat qor parchalari va yuraklarning urishi eshitilardi.
— Bilasanmi, — dedi Taemin asta, — ba'zan sevgi... so‘zsiz bo‘ladi. Men senga biror narsa isbotlash uchun emas, faqat yoningda bo‘lish uchun shu yerdaman.
Sakura ko‘zlaridan yosh chiqishiga zo‘rg‘a to‘sqinlik qildi.
— Bilaman, Taemin. Men seni qadrlayman... juda ham qadrlayman, — dedi u.
To‘satdan, Taemin uning qo‘lini ushladi.
Qo‘llari sovuq edi, lekin ushlagan lahzada ular orasidan iliqlik o‘tdi.
Uzoqdan esa Jungkook ularni ko‘rib turardi.
Yuragiga og‘ir toshdek og‘riq tushdi.
Ertasi kuni Big Hit’ga ishga kelganida, Sakura ofisda Jungkookni uchratdi.
Uning ko‘zlari qizarib ketgandi. Lekin u kulib qaradi.
— Salom, Sakura. Bugun mashg‘ulotlar ko‘p. Tayyor tur.
Sakura hech narsa sezdirmaslikka harakat qildi. Ammo yuragi siqilardi.
Nima uchundir Jungkook bilan bo‘lgan har bir daqiqa, har bir qarash unga boshqacha iliqlik bag‘ishlardi.
U o‘zidan shubhalana boshladi: "Axir men Taeminga yaqinroq emasmidim? Nega Jungkook bilan bo‘lganimda yuragim boshqacha uradi?"
Mashg‘ulotlar tugagach, ular zalda yolg‘iz qolishdi.
Jungkook sekin unga yaqinlashdi:
— Sakura...
— Ha? — ovozi titradi Sakuraning.
— Men seni sevaman. Sen bilan bo‘lishni istayman. Har qanday vaziyatda.
U shunday deyishi bilan, ularning orasi sokinlik bilan to‘ldi.
Sakura nima deyishni bilmay qoldi.
U yuragidagi aralash hislarni, ikkilanayotgan sevgini, hayajonni his qilardi.
Lekin baribir, u javob bera olmadi.
Shunchaki boshini quyi soldi.
Jungkook yengil tabassum qildi:
— Javob bermasang ham bo‘ladi. Men kutaman. Chunki seni kutishga arziyman.
U sekin orqaga o‘girilib chiqib ketdi.
Sakura uning ketidan uzoq qarab qoldi.
O‘sha oqshom universitet yotoqxonasida dugonalari bilan yig‘ildi.
Naksu uni ko‘rib darrov bildi:
— Sakura... yuragingda kim borligini bilasan, faqat tan olishdan qo‘rqyapsan.
— Ha, sevgi tanlov emas, hisdir. Kim seni yuragingga yaqinroq his qildirsa, o‘sha senga taalluqli.
Nabi esa qo‘lini Sakura yelkasiga qo‘ydi:
— Ba'zan yuragingni tinglash — eng to‘g‘ri qaror.
— Faqat esla, kimni tanlashingdan qat'iy nazar, biz doimo yoningdamiz!
Sakura ular bilan kuldi, lekin yuragi hanuz tug‘un ichida edi.
Bir necha kundan so‘ng Sakura Big Hit’da Taehyung bilan bir loyiha ustida ishlay boshladi.
Ular birgalikda ko‘p vaqt o‘tkazishdi va o‘rtalaridagi o‘sha eski, g‘amgin, ammo chuqur hislar yana uyg‘ondi.
Bir kuni Taehyung unga shunday dedi:
— Sakura, men seni anchadan beri sevaman. Lekin do‘stligimizni yo‘qotishdan qo‘rqib, sukut saqladim.
Sakura hayratda edi. Endi Taemin, Jungkook va Taehyung... hammasi unga bo‘lgan hislarini bildirib bo‘lgandi.
U hayron edi: "Mening yuragim aslida qaysi tomon tortmoqda?"
Qor yana yog‘a boshladi.
Bu qorlar — yangilanish, o‘zgarish belgisi edi.
Sakura bir qarorga kelishi kerak edi.
Lekin bu qaror ham oson bo‘lmaydi. Chunki u qaysi tomonni tanlasa ham, birortasining qalbini sindirib qo‘yardi...
Sakura o‘sha kechasi ko‘zlariga uyqu kelmay, yotoqxonasida devorga suyanib o‘tirardi.
Qorong‘ulik ichida faqat yurak urishining ovozi eshitilardi.
"Taemin? Jungkook? Yoki Taehyung?"
U boshini kaftiga yashirdi.
Har birining unga bergan muhabbati alohida, o‘ziga xos edi.
Taeminning sokin va himoyalovchi sevgisi...
Jungkookning chin yurakdan kelgan, beg‘ubor ishonchi...
Va Taehyungning tilsiz, lekin ko‘zlarida yongan armonli muhabbati...
Sakura chuqur nafas oldi.
O‘ziga shunday dedi:
— Men vaqt berishim kerak. O‘zimni ham, ularni ham qiynamaslik uchun.
Tong yorishganda, Sakura derazadan ko‘chani kuzatdi.
U olg‘a qarab qadam tashlashga qaror qildi — o‘zining orzulari uchun, o‘zining baxti uchun.
Kuni bilan u universitetda darslarga qatnadi, dugonalari bilan loyihalar tayyorladi, Big Hit’da esa ishlariga jon kuydirib mehnat qildi.
Vaqt o‘tgan sari u ichki kuchini, mustaqilligini yana-da his qila boshladi.
Ammo sevgilar uchburchagi tobora chuqurlashardi.
Bir kuni Big Hit binosida navbatdagi mashg‘ulotdan so‘ng, Taemin uni yo‘lakda to‘xtatdi.
Sakura unga qaradi. Taeminning ko‘zlarida qayg‘u va kuchli ehtiros aralashib ketgandi.
— Men kutishni davom ettiraman, — dedi u past ovozda. — Lekin bil, mening sevgim so‘nmaydi. Hatto agar sen meni tanlamasang ham, men senga doimo orqadan kuch bo‘laman.
Sakura lablarini tishlab, ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a ushlab qoldi.
Taemin shunchaki jilmaydi va sekin orqaga o‘girildi.
Ertasi kuni esa Jungkook uni o‘zining solo konsertiga taklif qildi.
Kechqurun butun stadion yoritilgan edi.
Jungkook sahnada xuddi faqat unga — Sakuraga kuylayotgandek tuyulardi.
Qo‘shiq oxirida Jungkook mikrofon oldida shunday dedi:
— Ba’zan sevgi bir odamni kutish emas, balki uni o‘z yo‘lida erkin uchishga qo‘yib yuborishdir.
Men sevaman... va unga erkinlik beraman.
Sakura tomoshabinlar orasida turib, ko‘z yoshlari bilan kurashdi.
Keyingi haftalarda Taehyung va Sakura universitetdagi tadbirlar uchun ko‘proq birga ishlashdi.
Ularning o‘rtasidagi sukut va tushunish hech qanday so‘zsiz ham hamma narsani ifodalay olardi.
Bir kuni, tadbir tugagach, Taehyung uni manzara tomosha qilish uchun chaqirdi.
Oqshom shabadasi yuzlariga tegarkan, Taehyung sokin ovozda so‘z boshladi:
— Sakura... Men seni ko‘rgandan beri qalbimda o‘zgarishlar bo‘ldi.
— Taehyung... — dedi Sakura, yuragi dov-dov urib.
Taehyung asta uning kaftlarini ushlab:
— Men sendan hech narsa talab qilmayman. Faqat bilgin, sening baxting men uchun ham baxt.
Sakura sekin ko‘zlarini yumdi.
Bu lahzada u hech qachon bunchalik chalkash, lekin bir vaqtda bunchalik to‘liq baxt va iztirobni his qilmagandi.
Bir kuni universitetda yirik bir tanlov e'lon qilindi — g‘olib bo‘lgan talaba Koreyada va xalqaro miqyosda katta shartnoma asosida ishlash imkoniyatini olardi.
Bu tanlovda ham Sakura, ham Taemin, ham boshqa do‘stlari qatnashishga qaror qildi.
Tanlovning ilk bosqichi nihoyatda kuchli o‘tdi.
Ammo g‘ayritabiiy hodisa yuz berdi:
Tanlov natijalari e'lon qilinganida, hammani hayratga solgan bir ism paydo bo‘ldi — Sakurani aldab, birinchi o‘rinni egallagan yangi qiz — Minji!
Minji — zamonaviy, aqlli va sirli qiz edi. U Sakura hayotiga kutilmaganda kirib keldi va ko‘rinib turibdi, u faqat shirin so‘zlari bilan emas, balki ataylab raqobatchilik ruhini kuchaytirishga harakat qilar edi.
Sakura endi nafaqat yuragini, balki orzularini ham himoya qilish uchun kurashishi kerak edi.
Sakura uzoq vaqt kampusdagi kichkina kutubxonada o‘tirib qoldi. Derazadan tushayotgan quyosh nurlari kitob sahifalarida o‘ynab, unga bolaligini eslatardi. U orzulari, sevgi va kelajagi haqida o‘ylardi. Hayoti birdan shunchalar murakkab tus olgandek tuyuldi — orzulari uchun kurashishi kerak, yuragi esa uch tomonga tarqalgan his-tuyg‘ular bilan to‘lib toshgan edi.
O‘sha kuni kechqurun universitet bog‘ida tadbir bo‘lib o‘tdi. Barcha talabalar, professorlar, mehmonlar yig‘ilgan edi. Atmosfera shovqinli va hayajonli edi.
Sakura dugonalari — Kayla, Nabi, Mariana va Naksu bilan birga yurgan bo‘lsa-da, yuragi g‘ash edi. U kimnidir kutayotgandek his qilardi.
To‘satdan orqadan bir ovoz eshitildi:
— Sakura! — dedi Jungkook nafasini rostlab.
U orqasiga qaradi. Jungkook qo‘lida kichik sovg‘a qutichasini tutib turardi.
— Men seni bir joyga olib borishni xohlayman, — dedi u, iltimos ohangida.
Sakura dugonalariga bir qarab olib, bosh irg‘adi. Jungkook uni universitet bog‘ining chetidagi kichik, chiroyli bezatilgan joyga olib bordi. Har joyda mayin chiroqlar, oq gulli bezaklar, mayda shamlar yonib turardi. Bu sahna xuddi ertakdek edi.
Jungkook qutichani ochib, ichidan mayda kumush bilakuzuk chiqardi.
Bilakuzukda kichkina yozuv bor edi: "Free to Fly" — "Uchishga Erkin".
— Sakura, — dedi Jungkook, past ovozda. — Men seni sevaman. Ammo eng avvalo, seni erkin ko‘rishni istayman. Agar seni baxtli qiladigan narsa men bo‘lsam, doimo yoningda bo‘laman. Agar bo‘lmasam... ham sening baxting uchun duo qilaman.
Sakura ko‘zlariga to‘kilgan yoshlarni yashirish uchun boshini egdi.
Bu so‘zlar uning qalbining nozik torlarini chertib yuborgandi.
U bilardi — Jungkookning sevgisi beg‘araz va chin yurakdan edi.
Ammo bu lahzaning issiqligini buzib, kimdir uzoqdan qarab turardi — Taehyung.
U qo‘llarini cho‘ntagiga solib, lablarini tishlab kuzatardi. Yuragi borgan sari siqilardi.
O‘sha kechasi Taehyung va Sakura yana tasodifan uchrashib qoldilar. Universitet binosining orqa hovlisida, xotirjam, sukunatli joyda.
Taehyung sekin unga yaqinlashdi. So‘zsiz. Faqat ko‘zlari orqali hislarini yetkazishga urinardi.
— Men kechikdimmi? — deb so‘radi u past ovozda.
Sakura yuragini ushlab, bir lahza jim qoldi.
— Yo‘q, Taehyung. Sen o‘z vaqtida yetib kelding... Lekin men hali o‘zimni anglab yetmadim, — dedi asta.
Taehyung unga yaqinlashib, yelkasiga yengil tegdi.
— Men seni majburlamayman. Faqat bilgin, men uchun sen eng qimmatli odamsan.
Sening kulging... sening nigohing... meni yashashga majbur qiladi.
Sakura ko‘zlarini yumib, ichidan og‘ir nafas oldi.
Bu ikkala yigit ham — Jungkook ham, Taehyung ham — uni chin dildan sevardi.
Ammo uning qalbida hali-beri to‘liq javob tayyor emasdi.
Ertasi kuni esa yana bir kutilmagan hodisa yuz berdi.
Taemin — o‘sha sokin, biroq kuchli hislarni yashirgan yigit — universitet oldida Sakurani kutib turardi.
Uning ko‘zlari jiddiy, nigohi o‘ziga ishongan edi.
— Sakura, men ketmoqdaman, — dedi u. — Yangi imkoniyat uchun Yaponiyaga.
Taemin yengil kuldi, lekin ko‘zlarida ozor bor edi.
— Chunki men seni ortiq qiynamoqchi emasman. Men seni sevardim... va hali ham sevaman. Lekin sening baxting menga ham baxt.
U unga kichkina maktub tutqazdi.
— Agar bir kun yuragingda joy qolsa... meni esla.
Sakura qattiq ko‘zlarini yumdi. Maktubni qo‘liga oldi.
Taemin uzoqlasharkan, uning orqasidan faqat bir narsa eshitildi:
— Xayr, mening tong quyoshim...
Sakura kechasi deraza yonida o‘tirib, qo‘lidagi Taemindan kelgan maktubni varaqlardi. Har bir so‘z yuragiga iz solayotgandek tuyuldi. Bu maktub shunchaki qog‘oz emasdi — u ichiga to‘kib solingan hislar, umidlar va xayrlashuvlarning jim ohangi edi.
"Sakura, sen quyoshday porlaysan. Sen bilan o‘tgan har bir kun, mening eng go‘zal xotiram bo‘lib qoldi. Agar taqdir yana yo‘llarimizni tutashtirsa, men yana kutaman. Agar yo‘llarimiz abadiy ajralsa, sening tabassumingni qalbimda saqlayman."
Sakura titroq bilan maktubni bag‘riga bosdi.
— Nega yuragim bunchalik og‘riydi?.. — deya pichirladi o‘ziga.
Tong saharda universitetda hamma hayajon bilan yangi festivalga tayyorgarlik ko‘rardi.
Dugonalari Kayla, Nabi, Mariana va Naksu uni har taraflama ovutishga urinishardi.
— Sakura, — dedi Kayla unga. — Hayotda ba'zida yurakni tanlash qiyin bo‘ladi. Lekin qaysi yo‘lni tanlasang ham, biz sen bilanmiz!
Nabi esa yelkasiga yengil urib qo‘ydi:
— Hamma seni sevadi, Sakura. Chunki sen o‘zingcha — toza va yorug‘san.
Sakura yuzida kulgu bilan javob berdi, lekin ich-ichida hali ham o‘z hislarini tartibga sola olmasdi.
Festival kuni keldi.
Universitet bog‘i yoritilgan, atrof musiqalar bilan to‘lgan, odamlar kostyumlarda va rang-barang kiyimlarda edi.
Sakura ham o‘ziga oddiy, lekin nafis oq ko‘ylak kiydi. Uning oddiyligida beqiyos bir joziba bor edi.
Kechki tomoshalardan so‘ng, sahna orqasida kutib turgan Jungkook va Taehyung nihoyat unga yaqinlashdilar.
Jungkook birinchi bo‘lib so‘z boshladi:
— Sakura, kechadan beri seni o‘ylayapman. Men seni hech qanday shartlarsiz sevaman. Men seni kutishga tayyorman. Hatto abadiy kutishga ham.
Taehyung esa, odatdagidek, jim qoldi.
So‘ng asta, chuqur nafas olib, dedi:
— Men esa seni yo‘qotishdan qo‘rqaman. Chunki men uchun sen faqat orzu emassan. Sen mening ruhimning bir bo‘lagisan, Sakura.
Sakura o‘zini o‘rtada siqilib qolgandek his qildi.
U ikkala yigitni ham ranjitishni istamasdi. Har biri uning hayotida o‘chmas iz qoldirgan edi.
O‘sha payt uzoqdan Mariana yugurib keldi:
— Sakura! Favqulodda xabar! BigHit’dan seni sahnaga taklif qilishdi! BTS bilan sahnaga chiqasan!
Sakura bir zum hayratdan qotib qoldi.
Bu orzuning ushalishi edi!
Sahna ortida BTS a'zolari uni tabassum bilan kutib olishdi.
Namjoon uni dalda berib, dedi:
— Sakura, bu senga yangi boshlanish bo‘lsin. O‘z nurini ulashishni hech qachon to‘xtatma.
Sakura mikrofonni ushlab, sahnaga chiqdi.
Boshida yuragi qattiq urardi, qo‘llari titrardi.
Lekin u olomon orasidan tanish yuzlarni — Jungkook, Taehyung va dugonalarining mehrli nigohlarini ko‘rib, o‘ziga ishonch oldi.
Musiqa yangradi.
Sakura qo‘shiq ayta boshladi.
Uning ovozi xuddi tun osmonini yoritgan oydin nurday edi.
Hammaning yuragini larzaga solgan, nozik va iliq.
O‘sha paytda u tushundi:
bu sahna, bu musiqa — bu erkinlik va sevgi — uning chinakam hayoti edi.
Konsertdan keyin Taehyung va Jungkook yana yoniga keldi.
Ular bir-biriga qarashib, jim turishdi.
— Iltimos... menga biroz vaqt bering. Yuragimni tinglab qaror qilmoqchiman.
Ikkala yigit ham unga kulib bosh irg‘ashdi.
Taehyung ohista pichirladi:
— Qancha vaqt kerak bo‘lsa ham, biz kutamiz...
Jungkook esa ko‘zini olib qochdi, lekin labining chetida iljayish sezilardi.
Va Sakura birinchi marta yuragidagi notinchlikning o‘rniga mayin, sokin ishonch paydo bo‘lganini his etdi.
U bilardi: eng go‘zal hikoya endi boshlanmoqda.
Festival oqshomidan keyin Seoul kechasi ham sokin emas edi.
Sakura o‘z xonasida ko‘rpaga o‘ralib, o‘sha sahnadagi lahzalarni yodga olardi.
Yuragi hanuz betinim urardi — Taehyungning ma’yus nigohi, Jungkookning himoyachi qarashi va Taeminning beg‘ubor tabassumi xayolida ketma-ket jonlanardi.
Telefoniga xabar keldi:
Taemin: "Sakura, ertaga sen uchun kichik bir sovg‘am bor. Uchrashaylik."
Sakura o‘z-o‘zidan tabassum qildi.
Balki bu uchrashuv unga javob topishga yordam berar?
Ertasi kuni u, qora uzun palto kiyib, universitet bog‘iga yo‘l oldi.
Taemin uni kutib turgan edi.
— Assalomu alaykum, Sakura, — dedi u jilmayib. — Bu sen uchun, — deb kichik qutichani uzatdi.
Sakura qutini ochdi.
Ichida oddiygina, lekin chiroyli — kumushdan yasalgan kalit shaklidagi marjon bor edi.
— Bu nimani anglatadi? — hayron bo‘lib so‘radi Sakura.
Taemin yelkasini qisdi:
— Har bir insonning qalbi uchun bir kalit bor. Men istayman, sen o‘z qalbing kalitini topishingni. Kim bo‘lishidan qat'i nazar, o‘zingni topishingni.
Sakura ko‘zlarini yumdi. Bu oddiy sovg‘a, lekin ko‘ngliga chuqur kirib bordi.
U Taeminga minnatdorchilik bildirib, yengil ohangda suhbatlashib ketdi.
Ammo... uzoqdan bularni kuzatib turgan ikki ko‘z bor edi — Taehyung.
U pichoq yutgandek o‘zini tutib turardi.
"Nega bu bolaga bunchalik ishonadi?.." — o‘zicha o‘yladi u.
Oradan bir necha kun o‘tdi.
Universitetda katta raqs musobaqasi e'lon qilindi va Sakura, Kayla, Nabi, Mariana va Naksu bir jamoa bo‘lib ishtirok etishga qaror qilishdi.
Taehyung va Jungkook esa ularni zalda kuzatishardi.
Taemin ham zalga kelib, Sakura uchun qo‘llab-quvvatlash plakatini ko‘tarib oldi.
Bu holat Jungkook va Taehyungni bezovta qildi.
Ular ichida nimadir buzilayotgandek his qilishdi.
Sahna boshlanmoqda edi.
Sakura va dugonalari mukammal raqs harakatlari bilan tomoshabinlarni lol qoldirishdi.
Xususan, Sakura juda ham yorqin edi — go‘yo u o‘zining ichki o‘yinini, ichki kurashini raqs orqali ifoda etardi.
Sahna tugaganda zal gulduros qarsaklarga to‘ldi.
Lekin sahna ortida to‘satdan bir mojaro yuz berdi.
Boshqa bir qiz jamoasi — ayniqsa lideri, qaysidir sabablarga ko‘ra, Sakura jamoasiga qattiq tanbeh bera boshladi.
— Sizlar shunchaki BTS’ning orqasidan foydalanyapsizlar! — dedi u qiz hasad bilan.
Sakura hushyor qoldi, lekin javob bermadi.
— Gapiring, lekin hurmat saqlang. Bu yerdagilar o‘z mehnati bilan bu sahnaga chiqdi.
Taemin esa orqadan kelib, janjalni butkul to‘xtatdi:
— Energingizni ijobiy narsalarga sarflang. Nafrat faqat sizni orqaga tortadi.
Sakura hayratda qoldi.
Hamma uning atrofida uni himoya qilayotgandi.
Kecha tugagach, Sakura yulduzli osmon ostida bir o‘zi qoldi.
— Sakura, — dedi u past ovozda, — Men seni kutishdan charchamayman. Lekin... boshqa odam bilan ketishingni ko‘rishga kuchim yetmaydi.
Sakura yuragini qo‘liga olib, javob bermoqchi edi, lekin o‘sha payt Jungkook ham kelib qoldi.
— Taehyung, unga bosim qilma. Sakura o‘z qarorini o‘zi qilishi kerak.
Ularning orasida nozik, shaffof bir taranglik hosil bo‘ldi.
Sakura ko‘zlarini yumdi.
Bu — uning hayotidagi eng nozik burilish edi.
Kimni tanlash?
Kim yuragiga eng yaqin?
Va shu payt... telefoniga yangi xabar keldi:
Noma’lum raqam: "Siz haqiqiy sevgingizni hali uchratmadingiz. Men seni kutyapman. — S."
Sakura hushidan ketay dedi.
Bu kim edi?
Taeminmi? Yoki boshqa biri?
Yoki butunlay yangi hayotning eshigi ochilmoqdami?
U uzoq yulduzlar ostida turib qoldi.
Yuragi hayajon va hayrat bilan urar edi.
Hikoyaning eng qiziq joyi endi boshlanmoqda edi...
Sakura o‘zining eng nozik va hisli lahzasini boshdan kechirayotgan edi.
Uning yuragi bir tomonda Taehyungga qarab urardi, boshqasida esa Jungkookning mehrini his qilardi.
Ikki yigitni tanlash juda oson emas edi. Har biri unga boshqacha tarzda mehr berar, unga boshqacha dunyo ko‘rsatardi.
Taehyungning jim, lekin sadoqatli tabassumi, Jungkookning ishonchli va himoyachi tabiatini sezar edi. Ikkalasi ham unga umid va sevgi beradi, lekin u hali o‘zini o‘zi anglashga ulgurmagan edi.
U bir kuni kechqurun sahnada yana barchaning oldiga chiqdi.
BTS va u o‘rtasidagi umumiy sahna — bu uning orzusidagi voqea edi.
Lekin u faqatgina o‘zining shaxsiy qarorlariga yo‘l topishga muhtoj edi.
Festivalda barcha o‘z ishini bajarayotgan payt, bir kutilmagan voqea yuz berdi.
S nomli sirli bir odamning xabarlarini olishni boshladi.
Sakura uni hali tanimagan edi, lekin u har doim haqiqiy sevgi haqida gapirgandi.
Shu kechada Taehyung va Jungkook birgalikda uni kuzatib, sahna ortida birgalikda o‘tirishdi.
Sakura ularni ko‘rdi, lekin ularning kayfiyatini his qilmadi.
Biroz oldin ham, Taeminning uni tasalli berishlari va qo‘llab-quvvatlashi natijasida, Sakura o‘zini yana bir marta tasavvur qildi:
"Qanday qilib men buni qilishim kerak?"
Biroq, Taemin bilan yana uchrashganidan so‘ng, unga bo‘lgan hislari yanada kuchayib bormoqda edi.
Uning har bir so‘zi, ko‘zlaridagi o‘tkirlik, doimiy tasavvurlar — bularning barchasi Sakura uchun sirli va jozibali edi.
Unga yaxshi so‘zlar va yordam bergan har bir xatti-harakatlar, uni Taeminga yana bir qadam yaqinlashtirdi.
Biroq Sakura o‘zi bu tuyg‘ularni qanday tushunish kerakligini anglashda qiynalardi.
Kechqurun festival tugagandan keyin, Taehyung va Jungkook uni yig‘ishtirish uchun sahnaga oldilar.
— Sakura, — dedi Taehyung, uning ko‘zlariga bevosita qarab. — Bizni o‘ylab, seni birga kutamiz. Lekin sen har doim o‘zini tanlash huquqiga egasan. Bizni ishonchingga arziydigan odam bo‘lishni xohlaymiz.
Jungkook esa o‘ziga xos ravishda so‘zlarni ifoda etdi:
— Sakura, agar sen bizni tanlasang, biz seni eng yaxshi tarzda qo‘llab-quvvatlaymiz. Chunki sen eng go‘zal va kuchlisan.
Sakura ularning gaplariga biroz qaradi.
Chuqur nafas olib, so‘ngra so‘z boshladi:
— Men... men hali o‘z qarorimni qabul qilishga tayyor emasman.
Men hammasini tushunishga harakat qilaman. Lekin hozirda faqat... bu sahnada, bu yerda, men o‘zimni eng baxtli his qilyapman.
Shu payt, Sdan yana bir maktub keldi:
S: "Sakura, haqiqat seni kutmoqda. Sen yana o‘z yo‘lingni tanlaganingda, barcha kalitlar sening qo‘lingda bo‘ladi. Kim bo‘lishingni tanla, ammo unutmang, haqiqiy sevgi qachon bo‘lsa ham xushbo‘y bo‘ladi. — S."
Sakura maktubni o‘qib, birdan yuragi shovqin bo‘lib, yelkasida sovuq ter tomchilay boshladi.
"Kim bu odam? Nega men uni kutayotganimni his qilyapman? Nima uchun hamma holatda menga qo‘llab-quvvatlash berayotganini his qilaman?"
Taehyung va Jungkookning o‘rtasida bo‘lgan nozik taranglik ham, Taeminning shaxsiy sovg‘alari unga nima bermoqda?
Sakura hali ham o‘z tanlovini qilishga qo‘rqardi, chunki bu tanlov butun hayotini o‘zgartirishi mumkin edi.
Biroq, o‘ziga ishonib, nihoyat, bir qarorga kelishga qaror qildi:
Balki, har bir sahnada, har bir yangi burilishda, o‘zining haqiqiy hayotini tanlash uchun hali ham vaqt bor edi.