April 20, 2025

TANSOQCHI QIZ

[7-qism]

.
.
Bilasizmi? Afsuski qiz...-dedi shifokor.

.
-Yomon xabar ayta ko'rmang. Hammangizni yo'q qilaman-dedi Yoongi shifokorni gapini bo'lib.

.
Shifokor bu gapdan so'ng biroz o'ylanib qoldi. Yigitlarni har biriga boshdan oyoq qarab chiqdi. Songkang bir chetda turgandi. Ularga aralashmayotgandi. Lekin Yoongini gapi uni ular tomon yurishga majbur qildi.

.
-Ayting. Bizda vaqt yo'q-dedi Songkang shifokorga qarab.

.Shifokor chuqur nafas olib gapini davom ettirdi

--Qizga o'q shunchaki tegkanda ham mayli edi. Lekin... bu umurtqaga yaqin joy. Shu sababli biz o'ylanib qoldik. Hozir opertasiya boshlashimiz kerak. Uning yaqin odami rozilik bildirishi kerak. Agar kichik bir xato bo'lsa ham... qiz nogiron bo'lib qolishi mumkin. Shuning uchun iltimos unga mas'ul kimsa operatsiya haqidagi hujjatga imzo cheksin-dedi u hujjatlarni ularga uzatib

.
.
-Yoongi... qaror seniki -dedi Namjoon oldida turgan Yoongiga qarab.

.
Yoongi esa xuddi umidsizlikka tushib qolgandek qog'ozlarga tikilib qolgan. Yuragi shu darajada tez uryaptiki huddi hamma buni eshtayotgandek tuyilyapti o'ziga. Qo'llari qaltirayapti. Oxirgi qaror...yo qizni saqlab qoladi... yoki yo'q qiladi. Bu Yoongi uchun qiyin tanlov chunki u o'z singlisi axir. Bu qarorni qilsayu hamma narsa teskarisiga ketsa o'zini qanday kechiradi keyin. U chuqur nafas olib hujjatlarni oldi. Ruchkani ushladi. Namjoon qo'lini Yoongini yelkasiga qo'ydi. Dalda bergandek. Yoongi imzo chekdi.

Taxminiy Yoongini ahvoli

.
.
Shifokor bosh irg'ab orqasiga ketdi. Ular operatsiyani boshlashgandi.

.
-O'zim axmoqman. Uni bu ishdan uzoq tutishim kerak edi-dedi Yoongi asabiy.

.
-Bo'ldi qil. O'zingni ayblama. Hammasi yaxshi bo'ladi-dedi Namjoon uni tinchlantirishga harakat qilib.

.
-O'zing ham bunga ishonmayapsanku. Yaxshi bo'lishiga-dedi Yoongi.

.
Namjoon bu gapni eshitib jim bo'ldi. Balki rostdan shundaydir. O'zi ham bunga ishonmayotgandir. Migyon uni ham singlisi. Uni ham yaqini. Uni yo'qotish... aniqrog'i unga nimadir bo'lishi uni ham qattiq tashvishga solyapti.

.
Songkang hech kimga qo'shilgani yo'q. Bir chetda turibdi. Hayolida nimalar kechayotganini o'zidan boshqa hech kim bilmasligi aniq. U endigina yoqtirib qolgan odamini yo'qotishdan qo'rqayotgandi. Bu tabiiy albatta.

.
Taehyung burchakka suqilib olgan. Yuzini tizzasiga qo'ygancha o'tirardi. Sochlari tartibsiz to'zg'ib yotardi. Ko'zida yosh bor lekin buni hech kimga ko'rsatmayapti. Hayolida ming xil o'y. Migyon ko'zini ochishi kerak. Bu yerdan sog' chiqishi kerak. U va'da bergan. Gaplashishga, uni sevgisini eshitishga va'da bergan. Va'dasini buzsa Taehyung uni kechirmaydi. Lekin... u chin qalbdan Migyon sog' qolishini xohlaydi.

.

Minseo hali ham yig'lab o'tirardi. Jungkook uni sochlarini silab oldida, bag'riga bosib turardi. Jungkook suv olib keldi. Minseo uni ham yig'lab ichdi.

.
-Unga hech nima qilmaydi to'g'rimi?-dedi Minseo Jungkookga qarab.
.
.
-Yo'q. U kuchli qiz. Shuncha narsani yengan odam buni ham yengadi ishon Minseo...Shunchaki ishon.-dedi u muloyim ovozda.

Minseo

Nihoyat... shifokor chiqdi. Uni yuzidan holatni anglab bo'lmasdi. Hammasi shifokorni o'rab oldi. Shifokor xuddi aytsammikin yo'qmikin deb o'ylayotgandek jim turardi. Oxiri ko'zini bir yumib chuqur nafas oldida gap boshladi.

.
-Qiz yaxshi. Biz o'qni muvaffaqiyatli chiqarib oldik. Lekin... qizni endi ehtiyot qilish kerak. Katta jismoniy og'irlik mumkin emas. Iloji bo'lsa tinch muhit kerak. Ko'p yurmasligi, haddan tashqari ko'p kuch sarflamasligi kerak. Tushunarlimi?-dedi u.

.
-Xudoga shukur. U yaxshi. Mung shukur-dedi Namjoon kafti bilan yuzini yopib chuqur nafas olar ekan.

.
Yoongi jilmaygandek bo'ldi. Lekin gapirmadi. Yuragining urishi endi joyiga tushgandek edi.

.
Minseo esa xursandligidan sakrab yubordi. Jungkook ham do'sti sog' ekanidan mamnun.

.
-Rahmat doktor. Rahmat Yoongi. Sen shu qarorni qilmaganingda va Shifokor uni qutqarmaganida hozir hammamiz afsusda o'tirgan bo'lardik-deb pichirladi Taehyung bir chetda turib o'ziga.

.
-Qachongacha hamma gaplarni ichingda saqlamoqchisan? Nima har doim o'zinga pichirlab yurasanmi sen?-dedi Taehyungga ortida turgan Songkang.

.
-Seni ishing bo'lmasin. Sen bo'lmaganingda va bunday qilmaganingda bularni hech biri bo'lmasdi. Migyon hozir bu yerda yotmagan bo'lardi. O'lim bilan kurashishiga xojat qolmasdi. Bularni bariga aybdor bo'la turib qaysi yuz bilan bu yerda turibsan sen o'zi? -Taehyung qo'llarini musht qilib unga gapirdi

Shunaqa qaradi

-Bilasanmi nima? Migyonni rostdan sevib qoldim. Menimcha endi raqobatchimiz shundaymi? -dedi Songkang istehzoli jilmayib.

.
-Raqobatni ko'rsataman senga yaramas. Shunday qilayki qaytib Migyonni oldiga yaqinlasha olmaydigan bo'l.-dedi Taehyung Songkangni qarshisiga kelib.

.
-Oho... Ko'ramiz nimalar qila olar ekansan-dedi u ham javoban. Lekin lablaridagi sirli tabassum hali ham bor edi.

.
-Tomosha qil unda. O'yin boshlandi-dedi Taehyung va orqasiga qarab boshqa yigitlarni oldiga yurib ketdi

.
.
●●●●●

Taxminan oradan 2 hafta o'tdi. Bu orada Migyon kasalxonadan chiqdi. Maktabga hozircha bormayapti. Kun bo'yi Yoongi unga qarayapti. O'zi hamma ishlariga yordam beryapti. Namjoon ertalabdan kechgacha ishlayapti. Chunki Yoongi uyda qolgani uchun uni ishlarini ham o'z zimmasiga oldi. Lekin ular kechqurunlari vaqtini birga o'tkazishdan zerikmas edilar.

.
Namjoon uyga kirdi.

.
-Men keldim. Xo'sh bugun kichkina malikamizni buyurtmasi keldi-dedi Namjoon qo'ligi muzqaymoq to'la paketni stolga qo'yib.

.
-Bu ko'pku-dedi Migyon.

.
-Namjoon olib kelaverib bezor bo'lganidan bira to'la ko'proq ko'tarib kelganda-dedi Yoongi kulib.

.
-Hmm...siz kulavering akajon. Men bularni hammasini bir kunda yeb tugataman-dedi Migyon muzqaymoqqa qo'lini cho'zib

-Ha aytgancha ertadan maktabga borsang bo'lar ekan. Shifokor shunday dedi-dedi Yoongi ham ularni oldiga o'tirib.

.
-Lekin borgim kelmayapti. Erinchoq bo'lib qoldim axir.-dedi Migyon muzqaymoqdan yer ekan.

.
-Nima sen o'qishni qoldirmoqchimisan? Sen mendan aql bo'yincha o'tib ketmoqchi edingku a?!-dedi Namjoon kulgisini yashirmasdan.

.
-O'taman ham. Hali ko'rasiz-dedi Migyon qoshig'ini Namjoonga o'qtalib.

.
Bolalar kulishib o'tirishdi.

.
.
Migyon ertasi kuni ertalabdan turib maktabga tayyorlandi. Hattoki qaysi dars jadvalini olib borishni ham unitishga ulgurgandi. O'zi maktab tugashiga bir oy qoldi. Yoongi Migyonni maktabga tashlab qo'ydi. Tong havosi ajoyib edi. Quyosh iliq bahor nurlarini hamma bilan bo'lishardi. Daraxtlar allaqachon gullarini to'kkan. May oyi yaqin. Undan so'ng esa yoz ekanligini eslatib turardi. Migyon mashinadan tushdi.

.
-Xayr akajon.-Migyon Yoongiga qo'l silkidi.

.
-Kuning yaxshi o'tsin kichkina-dedi Yoongi va ketdi.

.
-Kichkina emasman-dedi Migyon mashina orqasidan qarab qolarkan.

.
Keyin maktab tomon yurdi. Maktab hovlisiga kirdi. U yerda Jungkook bilan suhbatlashib turgan Minseoni ko'rdi. Ajablanmadi ham. Jungkook uni ko'rib chaqirdi. Lekin Migyon ularga xalaqit berishni istamay boshini yo'q degandek qimirlatdi. Jungkook Minseoga nimadir deb Migyonni oldiga yugurib keldi.

.
-Nega chaqirsam bormaysan a? Muhim masala borku.-dedi Jungkook hansirab.

.
-Nima ekan?-dedi Migyon.

.
-Nima? Bilmaysanmi? 10 kundan keyin Minseoni tug'ilgan kuniku. 9-mayda.-dedi Jungkook biroz xafa bo'lgandek.

.
-Nima rostdanmi?-Migyon juda hayratda qoldi.

.
-Unga nima sovg'a qilamiz-so'radi Jungkook.

.
-Bilmasam. Nima olishni xohlashini bilib beraman. Maylimi?-dedi Migyon.

-Ha yaxshi. Unda men ketdim. Sizlar yaxshi vaqt o'tkazing.-deb Jungkook yana orqasiga Minseoni oldiga ketdi.

.
-Ahvolimni qanaqaligini ham so'ramadiya? Huh shunaqa do'st ekanda bu. Sevgiling bilan yuraver-dedi Migyon maktab hovlisidan binosi tomon yurarkan

.
.
Migyon xonaga kirdi. Stoli ustida guldasta turgan ekan. Migyon qarab qoldi.

Aynan u yoqtirgan rang. U yoqtirgan gullar. Binafsha atirgul. Migyon gul yaproqlarini ohista siladi. Yuzida o'zi sezmagan holda jilmayish paydo bo'ldi. Sibfdagilar unga qarab qolgandi. Gulni kim olib kelganini hech kim bilmasdi. Migyon gulni chetidagi konvertni oldi. Ochib o'qidi.

"Seni yoqtirgan guling qanaqaligini topdim. Bunga ko'p vaqt ketdi. Bilasanmi nima? Bu gullarni ol. Chunki men birinchi marta qiz bola uchun gul sotib oldim. Ko'rdingmi guldasta qanday did bilan tanlangan. Men o'zim ajoyib yigitmanda. (Hazil. Kibr deb o'ylama yana) Yana bu gullarni olganingni Taehyungga aytma. O'zicha rashk qiladi. Ha yana... Qachon uchrashamiz?

-SONGKANG-"

.
Migyon:"Axmoq. Taehyungga aytma. U shundoq ham ko'radi. Men ataylab bu gulni Taehyungga ko'rsataman. Songkang berdi qalay ekan deyman. Keyin yuzini ko'rib mazza qilib kulaman"-deb o'yladi Migyon

.
Minseo xonaga kirib keldi. To'g'ri Migyonni oldiga kelib o'tirdi. Migyonga qanaqadir sinchkovlik bilan boshdan oyoq qarab chiqdi. Migyon unga qarab turaverdi. Hech qanday reaksiya bildirmadi.

-Yana nima?-dedi Migyon oxiri.

.
-Ahvoling yaxshi ko'rib turibman. Bo'lmasa Jungkook bilan kulib gaplashmasding. Nimani gaplashdingiz? Menga shu kerak -dedi Minseo erkalanib.

.
-Bilgandim...Hech nima demadi. Ey xudo. Ahvolimni so'radi xolos. Keyin Taehyung haqida so'radi. Qayerda ekanini. Bir necha kundan beri gaplashmabdi -deb yolg'on to'qidi Migyon.

.
-Aniqmi?... Bilasanmi nima? Xuddi u menga xiyonat qilayotgandek tuyulyapti. Har doim aylansak qizlarni do'konlari oldidan o'tamizku hamma narsaga qarab o'tadi. Kimgadir nimalarnidir tanlaydi. Menga deb o'ylardimu lekin u menga hech nima olib berayotgani yo'q. Shunga o'ylayapmanda senga aytmadimikin deb-dedi Minseo dardini to'kib.

.
.
Migyon chuqur nafas olib chiqardi. Minseoni dardi shu ekanini bilib asabi biroz buzildi. Jungkook? Xiyonat? Minseo o'ylab ko'rsa bo'lardi. Yaqinda tug'ilgan kuni ekanini. Balki shungadir desin. Hayoliga kelgani xiyonat

.
.
-Minseo u senga xiyonat qilsa o'zim oyog'ini sindiraman ishon-dedi Migyon.

.
Minseo bundan kulib qo'yib biroz xotirjam bo'lib joyiga borib o'tirdi.

.
Darslar tugadi. Minseo gul haqida surishtirdi. Migyon shunchaki konvertni berdi. Hammasi tushunarli edi. Doimgidek Minseoni Jungkook kutib turgan ekan. Minseo uni oldiga xursand ketdi. Migyon ularga qarab qo'ydi. O'z yo'lida yurishni davom ettirdi. Yoongini bezovta qilishni xohlamadi. Uni ham ishlari ko'p degan fikrga keldi. Yo'lda piyoda sayr qilib ketardi. Taehyungdan xabar keldi:"Maktabdan chiqdingmi? Olib ketishimni xohlaysanmi?" Degan. Migyon shunchaki "Yo'q" javobini berdi. Hozir tinchlik xohlardi. Orqasi biroz og'ridi. Yara 100% bitmagan edi hali.

.
.
Taehyung Migyonni javobidan asabiylashdi. Uyida o'tirgandi.

.
-Hoy sen qiz. Gaplashamiz deb o'zing va'da berib endi yo'q deyishga o'tdingmi?-dedi pichirlab.

.
.
-Akaginam qalaysiz? -deb Minji Taehyungni xonasiga bostirib kirib kelaverdi.

.
-Chiqib ket-dedi Taehyung unga qaramasdan.

.
-Nega endi? Nima qizchangiz yozmayaptimi? Ajab bo'lsin Kim Taehyung. Meni rad qilish shunaqa.-dedi Minje Taehyungni qarshisiga turib.

.
Taehyung kulib yubordi. Bu kulgida hech qanday zavq yo'q edi. Yasama edi.

.
-Seni rad qilish. Hoy axmoq aqldan ozdingmi? Sen o'gay bo'lsa ham singlimsan. Bu birinchi sabab. Xo'p buni ham qo'yaylik. Aytchi menga nechta yigit bilan gaplashganingni bilmaydi deb o'ylaysanmi? Yarim tungacha sang'ish. O'ylab ko'r. Kim sendek qizni o'zini sevgilisi qilarkin. Ayniqsa menga o'xshagan yigit. Sendek qizlarga hatto qaramayman. -dedi Taehyung qahrli ovozda

.
.
Minje chiqib ketdi. Eshikni orqasidan ataylab qattiq yopdi.

.
Migyon uyga kirdi. Namjoon allaqachon kelgan ekan. Negadir bugun erta kelibdi.

.
-Oxo akajon. Erta kelibsizmi?-dedi Migyon Namjoonni yelkasiga urib qo'yib.

.
-Ha shunaqaroq. Yoongi ishlarimni qilyapti-dedi Namjoon ham.

.
-Migyon aytgancha... Taehyungni senga gapi bor ekan. Mexmonxonada o'tiribdi-dedi Namjoon iljayib.

.
Migyon Namjoonni iljayishiga javoban sovuq nigoh tashladi. Namjoon shu zahoti jim bo'ldi. Migyon asta yurib Mexmonxonaga kirdi. Uzun stol atrofida stullar. Xona xira yoritilgandi. Bu yorug'likda Taehyungni yuzi yanada jiddiy ko'rinardi. Migyon unga gapirmadi. Ohangsiz qo'l silkidi. Taehyung javoban jilmaydi. Keyin Migyon Taehyungni qarshisidagi kresloga o'tirdi.

.
-Nima gap Kim Taehyung?-dedi Migyon jilmayib.

.
-Ajoyib gullar-dedi Taehyung Migyonni sochidagi binafsha atirgulga qarab...-Songkangni didi yomon emas. Minje aytgandi. Gul olib kelibdi. Ha mayli... hozir bu ortiqcha. Muhim gapim bor.

.
-Ha... men o'sha kuni aytgan masala bo'lsa... Men... -dedi Migyon ezmalanib.

.
-Seni kechki ovqatga chaqirishyapti. Oilam. Menimcha ularni rejasi bor. Bizni sinashmoqchi. Minje har doim kinoyali gapiradi. Shunga ular hatto unashtiruv haqida ham gap ochdi-dedi Taehyung jiddiy ohangda.

.
Migyon uni gaplarini tinglar ekan yuragi orqaga tortdi. Bu ishq o'yini hali tugamagani yodiga tushdi. Kechki ovqat... bu ham mayli. Lekin... unashtiruv... bunisi daxshat.