Tansoqchi qiz
.
Migyonni qo'lidan telefon tushib ketdi. Yuragi tez ura boshladi. Karodorda hech kim yo'q. Migyon asta chuqur nafas olib telefonni yana qo'liga oldi. Hali o'chmagan. Demak... anavi yaramas kutyapti. Migyon qo'lidagi telefonni qulog'iga tutdi. Nafasi tiqilib qolgan. Nima deyishni bilmayapti.
.
Migyon:-Kimsan o'zi? -ovozi titrab chiqdi.
.
Telefonni narigi tomonidan sovuq kulgi eshitildi.
.
-Kimligim qiziqmi?-dedi u kinoya bilan.-Avval do'stingni ahvolini aytishim muhim emasmi?
.
Migyon:-Qayerdasan? Ayt iflos. -deb baqirib yubordi.
.
-Baqirdingmi? Ovozing yoqimli ekana. Ha mayli...-u o'ylanib qoldi-Senga 48 soat vaqt. Uni olib ket. Manzilni ham, boshqasini ham o'zing top. Lekin bitta narsaga va'da beraman. Manzilni topgan taqdiringda ham qochmayman. Eplasang olib ketishing mumkin... Lekin meni bir narsa o'ylantiryapti. Meni otasi bilan adovatim bor. Ammo qizaloq senga qo'ng'iroq qilishimni so'radi. Nima sen unga otasidan ham qadrliroqmisan?-dedi u sokin ovozda.
.
Migyon:-Men uni eng yaqin dugonasiman... Xo'sh otasi bilan adovating bor ekan Minseoni qo'yvor.-uni ovozi ancha dadil edi.
.
-Yo'q bunday qilmayman.-dedi u o'sha sovuq ohangini saqlab qolib.
.
Migyonni qo'li telefon atrofida biroz siqildi.
.
Migyon:-Iltimos telefonni unga ber.
.
Narigi tomondan javob kelmadi. Aftidan u o'ylayapti. Telefonni boshqa tomonidan chuqur nafas olish eshitildi. Keyin qadam tovushlari quloqqa chalindi. Sokin lekin har bir qadamda hukmronlik bilinib turardi. Eshik ochilishi eshitildi.
.
-Mana gaplash-dedi o'sha yigit.
.
Telefonni Minseoni qo'liga berdi.
.
.
.
Migyon:-Minseo?! Yaxshimisan? Ahvoling qanday? Anavi odam senga yomonlik qilmadimi?
.
Minseo:-Ha yaxshiman. Faqat xona biroz sovuq. Meni olib kelishguncha boshimni urib olishibdi. O'sha yeri og'riyapti. Yo'q. Menga hech kim tegmadi havotir olma. Qolgan hamma narsa joyida va tanam butun.-uning ovozi sokin edi.
.
Migyon:-Minseo o'sha odam kim ekan? Seni olib ketgan?
.
Minseo:-Men ham uni ismini bilmayman. Lekin bilasanmi unchalik katta yoshli odam emas. Yosh yigit. Taxminan 28 yoshlarda. Lekin undan yosh bo'lsa kerak. Balki senga yoqib qolar-dedi hazil aralash ohangda.
.
Migyon:-Minseo seni qarayu. Shu holingda hazil qilyapsanmi? Seni o'g'irlashgan axir...
.
Shu payt yigit telefonni olib o'chirib qo'ydi.
.
Migyon:
"Endi nima? Nahotki... Menda 48 soat bor. Ha eplayman. Telefon qo'limda turibdi. Lekin qo'llarim... ular qaltirayapti. Raqam tera olmayapman. Yoongi yoki Namjoonga aytishim kerak. Lanat bo'lsin hammasiga. Sinfga yugurib kirdim. Hech kimga qaraganim yo'q. Yuragim qinidan chiqqudek tez uryapti. Narsalarimni shoshib solyapman. Ko'zlarimda yosh bo'lgani uchun hamma narsa xira. Shuncha yil yig'lamagandim. Lekin hozir yosh o'z o'zidan chiqyapti. Sumkamni tez oldimu eshikka qarab bor kuchim bilan yugurdim. O'qituvchi ortimdan gapirib qoldi. Birorta so'zini eshitganim yo'q. Hatto orqamga qaramadim ham. Karidor bo'ylab yugurib ketyapman. Nihoyat, quyosh charaqlab turibdi. Mayin shabada esyapti. Lekin menga hozir birortasini qizig'i yo'q. Yana yugurib maktab darvozasidan chiqdimu yo'l chetiga kelib taksi to'xtatdim. Taksiga endi o'tirib chuqur nafas olganimda telefonimga xabar keldi. Bu o'sha yigitdan edi:
"Ha senga bir narsani aytish esimdan chiqibdi. Minseoni o'zing qutqarishing kerak. Otasiga ham aytmaysan, politsiyaga ham. Agar shunaqa qiladigan bo'lsang dugonangni boshqa ko'rmaysan. Kelisha oldik deb o'ylayman qizaloq".
.
Yo tavba bu yigit aniq axmoq. Endi nima qilaman? Otasiga aytishim mumkin emas. Demak Yoongi va Namjoonga aytishdan boshqa choram qolmadi
.
.
Migyon taksidan tez yugurib tushib uyga kirdi. Namjoon va Yoongi uyda yo'q. Uy juda tinch. Ishlari chiqib qolgan bo'lsa kerak. Bo'lmasa aytmasdan ketishmasdi. Migyon telefonini olib ularga tinmasdan telefon qildi. Hech kim javob bermadi. Migyonni ko'ziga yana yosh to'ldi
"Ey xudo. Bu qanaqasi endi? Ko'tarishmayaptiku... To'xta Taehyung borku. Yo'q. Men unga bunaqa holda telefon qila olmayman axir. Kechirasan. Lekin seni bezovta qilishimga to'g'ri keladi Jungkook. Sevgilingni o'g'irlab ketishdi axir"
.
Migyon telefonini olib Jkga telefon qildi. Nihoyat... ko'tardi.
.
Jk: Salom Migyon. Nima gap? -dedi u yaxshi ohangda.
.
Migyon:-Jungkook bilasanmi?... Nima? Senga gapim bor... Hozir ko'risha olamizmi?-dedi yig'isini bildirmaslikka harakat qilib.
.
Jungkook:-Mayli. Bemalol kafega kelishing mumkin.
.
Migyon:-Yo'q. Hozir manzil tashlayman. Yoongilarni uyinikini. Shu yerga kelasan. Ha aytganday, yo'lda Taehyungni ham olvol.
.
Jungkook:-Nega? -deb hayron bo'lib so'radi.
.
.
Migyon telefonni o'chirishi bilan oshxonaga yo'l oldi. Harakati sust edi. Hayollari chalkash, bu o'yinda xatoga yo'l qo'yib bo'lmasligini yaxshi biladi. Stakanni olib unga suv to'ldirdi. Bir muddat qo'lida tutib turdi. Muzdek suvning tafti unga yoqayotgandi. Bir qultum ichdi. Qizib turgan yuragi biroz tinchlangandek bo'ldi, lekin hali ham notekis urardi.
.
Yarim soatlar o'tdi. Eshik qo'ng'irog'i nihoyat chalindi. Migyon asta turib eshik tomon yurdi. Eshikni ochishdan avval oynaga qarab qoldi. Ko'p yig'laganidan ko'zlari qizarib ketibdi. Chuqur nafas oldida eshik oldiga keldi. Tutqichni ushladi va tortdi. Eshik ochilishi bilan uni ortidagi 2 yigit Tae va Jk kulib turishardi. Lekin ular Migyonni ahvolini ko'rib tabassumlari bir zumda so'ndi
-Nima bo'ldi?-dedi Jungkook xavotir bilan.
.
-Minseo... Uni o'g'irlab ketishgan ekan-Migyon past gapirdi. Deyarli shivirlashdek eshitildi.
.
-Nima? Qanaqasiga?-Tae hayratlandi.
.
-Bilmayman. Otasini dushmani emish... Xullas, bizda 48 soat bor. Uni topib qutqarishimiz uchun.
.
Ular ichkariga kirishdi. Hamma jim. Nima gapirishni bilishmasdi. Migyon suhbatni va boshqa narsalarni aytib berdi. Jungkookni tuzidan g'azabni ilg'ash qiyin emasdi. Qo'llari musht bo'lib tugilgan, ko'zlarini bir nuqtaga qadagancha xissiz o'tirardi.
Tae esa o'z uyidagidek his qilardi. Kresloga bemalol o'tirib, otog'ini chalishtirib olgan. Migyon oshxonaga bolalarga qahva tayyorlashga ketdi. Qahva shirin hid taratardi. Tae Migyon unga uzatgan qahvani jilmayib qabul qildi
Migyon Jungkookga ham qahva uzatdi. Lekin u hatto qahvaga qarab ham qo'ymadi. O'z hayollariga shunchalik berilib ketgandiki, atrofni unutgandi. Migyon chashkani olib kichik stol ustiga qo'ydida divanni bir burchagiga borib joylashdi. Hech kim og'iz ochmasdi.
.
Oradan bir soatlar o'tdi. Nihoyat uyga Namjoon va Yoongi kirib kelishdi. Lekin ular bolalarni ko'rib hayron qoldi. Migyon va Jungkook bir nuqtaga tikilgancha hayolga cho'mgancha o'tirishardi. Tae esa mamnun kayfiyatda qahva ichib o'tirardi.
.
-Salomlar. Bu yerda nima bo'lyapti? Ko'z urishtirish o'ynayapsizlarmi deyman a?-dedi Yoongi biroz hazil aralashgan ohangda.
.
-Yo'q unaqa emas. Muammo bor. Katta muammo-dedi Taehyung hotirjam ovozda.
.
-Yana nima g'alva boshladingiz bolalar?-dedi Namjoon jiddiy tortib.
.
Yoongi va Namjoon ham biroz turib keyin divanga joylashishdi.
.
-Minseoni o'g'irlab ketishgan. Topish kerak-dedi Migyon o'ychan ohangda. Ko'lari hali ham bir nuqtaga tikilgandi.
.
Namjoon va Yoongi bir biriga hayrat bilan qarab olishdi. Yoongi Migyonni yelkasiga turtdi. Migyon Yoongiga qaradi lekin gapirmadi.
.
-Hazillashmang bizga bolalar-dedi Yoongi jiddiy qarab.
.
-Aka bu hazilmas. Keling yaxshisi reja tuzishni boshlaylik-dedi Migyon asta
.
.
Namjoon va Yoongi o'ylay boshladi. Biror narsa qilish shart. Migyon ularga ham bo'lgan voqeani aytib berdi. Qandaydir hissiz ohangda. Migyon bir lahzada o'zgarib qolganday tuyildi qolganlarga.
.
-Bizni odamlarimiz bu yerda emas afsus...-dedi Yoongi chuqur uff tortib..
.
-Lekin... biz hali ham mafia boshliqlarimiz Yoongi. Qani ishni boshlaylik-Namjoonni ovozida qatiyat to'la edi
.
.
-Nima bo'lganda ham avval qayerda ekanligini topishimiz kerak-dedi Jungkook.
.
Ular ko'p o'tirmay ishni boshladi. Migyonni telefonini komyuterga ulab telefon bo'lgan manzilni qidirishdi. Bir chetroqdagi xaroba manzili aniqlangandan so'ng reja tuzishga o'tishdi. Reja mukammal bo'lishi kerak edi.
.
-Asosiy reja bolalar. Hammamiz borishimiz shart. Asosiy eshikdan Taehyung, Namjoon va men kiramiz. Jungkook sen esa avtomobilda qolib bizni kutasan. Biz ichkariga kirib borib odamlarni chalg'itamiz va ushlab turib vaqtni cho'zamiz. Bu vaqtda Migyon boshqa eshik topishga harakat qiladi. Agar topa olmasa biror derazadan kiradi. Keyin Minseoni qidiradi. Va uni topib olib chiqib mashinaga olib borganidan so'ng bizga baland hushtak chalib xabar beradi. Shundan so'ng hamma narsani tashlab hamma mashinaga qaytadi va uyga kelamiz. Hammasi tushunarlimi?-Yoongi gaplarini qatiyat bilan yakunladi
.
.
.
-Men noroziman-dedi Jungkook qo'l ko'tarib.
.
-Eshitaman-Yoongi unga javob berdi.
.
-Nega Minseoni qutqarishni menga emas Migyonga topshiryapsiz. Kichkina qizcha shuni eplay oladi deb o'ylayapsizmi?-Jungkook gapirarkan ovozidagi norizilik yaqqol sezilib turardi.
.
Namjoonni bu gapdan biroz asabi qo'zidi
-O'ylab ko'r. Kim qurolni zo'r ishlata oladi? Jang qilishni biladi? Bu shubhasiz Migyon. Shunday ekan u boradi. Sen emas. Sen indamay mashinangni haydashni eplab qo'y. Yetib borgandur-dedi kinoya bilan
.
.
-Sen yaramas...-Jungkook joyidan turib Namjoon tomon yura boshladi va unga tashlanmoqchi bo'ldi.
.
Shu paytgacha indamay o'tirgan Taehyung birdan o'rnidan turib Jkni ko'ksidan surib ushlab qoldi:
-Jungkook o'zingni bosib ol. Hozir jahling chiqqani rost, lekin buni aynan shu vaqtda ko'rsatish shartmas-dedi u sokin gapirib.
-Hammangiz bo'ldi qiling-Yoongi ovozini balandlatdi.
.
Hamma jim bo'ldi. Jungkook hali ham qo'lini musht qilib o'tirardi. Yoongi tepa qavatga chiqib ketdi. Birozdan keyin qo'lida katta qora jamadon bilan tushdi. Olib kelib o'rtaga qo'ydi. Ochganida hamma hayrat bilan qaradi. Ichida qurol aslahalar bor edi. To'pponcha va hattoki undan ancha xavfliroq narsalar.
-Bularni qanday qilib samalyotga chiqardingiz?-So'radi Migyon.
.
-Biz buni samalyot bilan emas. Kema bilan olib kelganmiz. Axir bu yerda bunday vaziyatlar bo'lsa tayyor turish kerak edi-dedi Namjoon xotirjam
.
.
Ular qurollarni bo'lishishdi va 2ta mashinaga joylashib ketishdi. Manzil tomon yurisharkan faqat mashinada Yoongi qo'ygan sokin musiqaning ovozi yangrardi. Boshqa hech nima, hech qanday tovush eshitilmasdi. Nihoyat manzilga yetib kelishdi. Lekin bu yerda xaroba emas, qasrdek uy turardi
(5-qism tugadi. Buni qisqa yozdim. Chunki vaqtim bo'lmadi. O'qishim ko'layib ketdi. Keyingi qism bomba bo'ladi hali)