November 2, 2025

Crimson Vows

Chapter-4

.

.

.

. Safia uzoq yo'l bosib, qirollik saroyiga yetib kelganida, yuragi g'azab va sog'inchdan birdek qizib ketgan edi. U eshikdan kirar ekan, havo sovuq, ammo saroy ichidagi muhit yanada sovuqroq tuyuldi.

Volida uni ko'rib jilmaydi. - Safia, nihoyat qaytding-ku, - dedi u yumshoqlik bilan. - Qizim, seni sog'indik. Nevaralarim yaxshimi?

Safia jilmayishga urinib, past egildi.

- Volida, men ham sizni ko'rishni istadim, - va bolalariga Volidaga salom berishi uchun ishora qildi . lekin uning bu so'zlarda samimiyatdan ko'ra ko'proq charchoq va shubha bor edi.

Ammo Elarani ko'rishi bilan hammasi o'zgardi. Elara zinapoyadan tushib kelayotgan edi, ustida oq libos, sochlari orqaga silliq taralgan, nigohi esa odatdagidek sokin.

Safia

Safia jilmaydi. Bu jilmayish na mehr,na alam edi.

- Shunchaki urushni to'xtatish uchun keldingmi, Elara? Yoki mening hayotimni ham to'xtatish uchun?

Safia kelishi bilan Elaraga zaharini sochishni boshladi .

- Salom Malika Safia . - Elara ongaysizlanib Safiaga javob qaytardi ammo savoliga emas

Elara yuragiga og'ir so'zlar sanchilgandek bo'ldi. U bu ayolning og'rig'ini his qilardi, lekin nima deb javob berishni bilmasdi. Chunki Safia - Elara sevgan odamning ayoli edi. Tashqarida shamol esdi. Olisda qushlar uchib o'tayotgandek bo'ldi. Ular go'yo bu ikki ayol orasidagi sovuq havoni ham his qilayotgandek edi.

Volida ikki ayolning ortasiga tushdi .

- Qo'ysangchi Safia . Unga zaharhandalik qilma . U ham ozi hohlab bu yerga kelibtimi? Qoy ayvonimga boraylik , avval ovqatlanib ol , tunda Qiroolni korishga tayyorlan . - Volida gapi orasida tun haqida qoshib ketdi. Va Jahl ustidagi Safiani olib ketdi

Elara esa o'z ichida " Men urushni to'xtatmoqchi edim, Safia... ammo u bizning ichimizda davom etishini kech tushunib yetdim"


Kech tushdi . Saroyning baland devorlari orasida shamol esar, oyning oqar nurida hovli jimjit yaltirab turardi. Har bir soyada, har bir qadam tovushida qandaydir og'irlik, aytilmagan so'zlarning og'riqli jarangi sezilardi.

Elara oz honasida, deraza yonida turar, uzoqqa - bog' tarafga qarab turgan edi. U yerda gulzor bor edi , hilma hil gullar ekilgan ozidan nur bagishlab turardi

Elarani koylagi

Eshik asta ochildi. Ichkariga Qirol kirib keldi. U har doimgidek mag'rur, ammo ko'zlarida charchoq bor edi. Elara unga qaradi, Qirol bu paytda Safia bilan oz honasida bolishi kerak edi . Elara hayron qoldi va Qirolga

- Qirolim ? ... Siz bu tunda...

- Safia bilan bolishim kerak edimi? - Qirol qosh chimirib Earaga qaradi .

- Menimcha ha ?

- Sen bilan bolishni hohladim .

- Ammo Safia ?

Qirol yuzini burdi. - Ha, u oz qasridan qaytdi. U bolalari bilan. Ammo men unga qaytmasligini aytgan edim . Nega meni buyruqlarimni oyoq osti qilyapti?

- Balki bu ishqdir ? Sizni sogingandirlar . Korishni hohlagandir . Bolalar ham...

- Ishq ? Sen ham hech men uchun Ishqga tushganmisan?

Elara Qirolga ogirilib qaradi . - Qirolim ... ? Sizda Safia bor u sizni sevadi .

- Qayerdan nima maqsadda kelganingni unitib qoyding

Elara kozlarini pastga tushirdi . Qirol hafsalasi pir boldi . Bir lahza sukunat cho'kdi. Elaraning yuragi tez ura boshladi. U ichida g'azabni, pushaymonlikni, sevgi va aybni bir vaqtning o'zida his qilardi.

Qirol yotoqga yotdi va Elarani chaqirdi...

- . Nima bolsa ham kayfiyatimni tushurma . Senga ishonaman . Oz Vataningni olovda qoldirmaysan - Shu sozlar bilan Elaraning peshonasidan opdi.

Elara yuraklari ming bir parchaga sindi . Yana bir tun ogir issiq . Oz zavjalik majburiyatini bajarish uchun .


Tong oppoq pardalar orasidan asta kirib, xonadagi sukunatni yorita boshladi. Havo sokin, ammo og'ir edi - go'yo kecha bu joyda bir umr yodda qoladigan narsa sodir bo'lgandek.

Shamlarning tutuni hanuz havoda sezilib turardi, u bilan birga g'alati iliq hid - yod, tuyg'u, jimlik... hammasi bir-biriga aralashgan. Deraza ortidan kirayotgan quyosh nurlari marmar pol ustida sekin harakatlanar, go'yo yangi kunni ehtiyot bilan boshlab berayotgandek edi

Elara ko'zlarini ochganida, atrof sokin edi. Yuragi hali ham sekin urardi, ammo ich-ichidan qandaydir tinchlik, shu bilan birga og'irlik his qilardi. Uning ko'ksiga quyosh nuri tushdi, bu nur unga iliq, ammo g'amgin edi go'yo osmonning o'zi ham unga achinayotgandek

Qirol deraza yonida turgancha jim edi. Uning orqasi Elaraga qaratilgan, lekin nafas olishidagi og'irlikdan kecha kechgan lahzalar unga ham begona emasligi sezilib turardi. U bir zum ko'zlarini yumdi, so'ng quyoshga qarab asta dedi:

- Tong otdi... lekin yuragim tunda qolgan. - Qirol kayfiyatlari chog holda Elaraga qaradi . Ammo bu tun Elara uchun qiyinroq kechgan edi .

Saroyning uzoq tarafıda qushlar sayrardi, xizmatkorlarning qadam tovushlari eshitilardi. Hayot o'z yo'liga qaytgandek, lekin bu xona hanuz kechagi hislar ichida qolib ketgandek edi.

- Hayrli tong hazratim ...

Qirolning kayfiyati juda zorligi tufayli deraza oldidan Elaraning oldiga qaytdi .

- Elara men sendan jajji farishtalar hadya etishingni kutaman . - Qirol shunday deb honadan chiqib ketdi .


4-qism tugadi .

.