WOMEN'S MAFIA 2-fasl
...Shu payt birdan Baekhanning telefoni jiringladi. U kissasini joylashtirib, telefonni topdi va go'shakni ko'tardi. U hali biror nima demasdan u tomondan menga juda tanish bo'lgan kishining xavotirli va qo'rqib ketgan ovozi keldi:
- B-baekhan!! Samolyotga chiqmang! Seulga uchmang! Bomba bor, samolyotni portmatishmoqchi!! Sizlar...xavf ostidasiz!! Sugiyama aldovni bilishi bilan samolyotni portlatishga qaror qilgan!
Biroq na men va na janob Jeon pinagimiznu buzmadik. Biz shunchaki Kwon gapini tugatishini kutdik va bir-birimizga qarab tirjayib qo'ydik. Shundan so'ng, janob Jeon qo'limdan telefonni oldi-da, masxaralovchi ohangda gapira boshladi:
- Kwon, bunchalar qo'rqish shart emas. Seningcha, men yoki Baekhan ahmoqlarga o'xshaymizmi?
U tomondan hech qanday ovoz kelmadi. Kwon hayron bo'lib, garangsib qolgani aniq edi.
- Sugiyama qanday ayol ekanini juda yaxshi bilganim uchun uning rejasini avvaldan taxmin qildim. Shuning uchun Busanga emas, Incheonga uchadigan reysli samolyotga chiqdik. Xavotir olishga hojat yo'q, janob Jeon hotirjam ovoz bilan gapni yakunladi.
Telefondan endi hech qanday ovoz eshitilmay qoldi. Biz janob Jeon bilan bir-birimizga qaragancha, tirjayib turardik. Bir muddatdan so'ng Kwon nihoyat tilga kirdi:
Kwon buni ko'rmasligini bilsa-da Janob Jeon bosh irg'adi, men esa hitob qildim:
- Busanga uchgan samolyotdagi yo'lovchilarning esa omadi kelmagani aniq!
Incheonning asosiy aeroporti shovqin-suronga to'lgan, odamlarning bir-biri bilan ishi yo'q, u yoqdan bu yoqqa o'tib ketishardi. Operator qiz uchuvchi va qo'nuvchi reyslar haqida axborot berar, qarshimizdagi katta ekranda boshlovchi qiz kunlik yangiliklarni aytib bormoqda edi. O'sha yangiliklardan birini eshitib qoldim.
"Kechagina Yaponiya Nagasakidan Koreya Busanga uchgan samolyot noma'lum sabablar tufayli portlab, suvga quladi. Tezlik bilan qidiruv ishlari ketmoqda va hozirda birorta yo'lovchi topilmadi. Mutaxassislar esa, samolyotning portlash sabablarini aniqlashga harakat qilmoqdalar."
Yuragimning tub-tubida o'sha yo'lovchilar uchun achinardim. Biroq boshqa tarafdan Sugiyama hali hamon mening tirikligimni bilsa, qanday holga tushib qolishi mumkinligini tasavvur qilib, miriqardim. Baekhan ortimda ikkita jamadonni ushlagancha ergashib bormoqda edi.
Shu payt oldimizdan bir juftlik o'tib qoldi. Ularni ko'rishim bilan anavi "iflos" va uning qizi yodimga tushdi-yu, aftim burishdi. O'sha qizni endi nima qilaman? Unga hatto teginishdan jirkanaman. Allaqanday isqirt it tekkan narsaga men hech qachon barmog'imni uchini ham tekkazmayman. Ammo uni boshqa nima uchun ishlatish mumkinligini bilmasdim.
- Bae, anavi qizni...qizdan qanday foydalanishim mumkin? - birdan so'rab qoldim men.
- Qaysi qiz? - hayron bo'lib so'radi u.
- Anavi qizchi...isqirt it olib kelgan,-tushunrtirish bergancha, yo'limda davom etdim.
- Aniq bir nima deya olmayman.
- O'ylab ko'rish kerak to'g'rimi?-uni yana gapga tutdim.
- Shunday...unga tegishni istamaysiz-ku a?-fe'limni bilsa-da ishonch hosil qilish uchun so'radi u.
- Hali u darajada past ketmoqchi emasman,-ovozimga qat'iyroq ohang qo'shgancha javob berdim. Mashina chiqqach, yo'lning qolgan qismida ikkimiz ham sukut saqlab ketdik.
Bir necha o'n kunlab uyda faqat beka Song bilan bo'lib, tinchlik va osudalikka o'rganib qolibman. Ertalabki soat 10 larda birdan qo'rg'onda ko'pchilik paydo bo'ldi-yu, uyni to'ldirgancha u yoqdan bu yoqqa o'rtancha, boshimni aylantirib yubordi. Men nima bo'layotganidan bexabar bo'lganim tufayli Song xonimni atrofdan qidirardim. Nihoyat uni topganimda u meni qo'rg'onning orqa tomoniga boshlab bordi va pichirlagancha tushuntirish berdi:
- Janob Jeon Yaponiyadan qaytayotgan ekan. Tez orada bu yerga uning bir nechta hamkorlari keladi. Ularga o'zingni ko'rsatmay, shu yerda jim o'tir.
Beka Song gapini tugatib, eshik tomon yurganda, o'zimni tuta olmay savol berdim:
- Men... nega ularga ko'rinmasligim kerak?...Umuman men qachon ketaman?
Beka Song biroz qotib turdi, so'ng eshikka qo'l uzatib, xonani tark etishdan oldin hitob qildi:
- Hali bu qo'rg'onga kirgan biror kishi bu yerdan osonlikcha chiqib keta olmagan. Shunday ekan, bu yerda tinchgina qolganing yaxshi, to'g'rimi?
Beka Song mening javobimni ham kutib o'tirmay xonani tark etdi. Men esa uning oxirgi so'zlarini qulog'im ostida jaranglaganini his qilgancha, jim qoldim.
Janob Jeon uyga qaytganda, to'g'rirog'i qora qimmatbaho mashinasida kirib kelganda qo'rg'on uning bir nechta hamkorlari va o'sha hamkorlarning barzangi qora kostyum-shim kiygan hamkorlari bilan to'lib-toshgan edi. Janob Jeon "mahsulot" ni olib kelgani tufayli ularni haridorlar deb atasa ham bo'lardi. Ularning hammasi "o'sha narsaga" muhtoj, axir.
Janob Jeon yo'lak bo'ylab, qondek qizil rangli gilam ustidan yurib borar ekan, uning hamkorlari qo'l qovushtirgancha unga ergashib borishardi. Ularning hammasi oldindan tayyorlangan katta zalga kirib borishdi. U yerda shohona dasturxon tuzalgan edi. Janob Jeon va undan keyin uning hamkorlari asta-sekin zalga kirib joylarni to'ldirishdi. Bir necha daqiqadan so'ng ziyofat boshlanib ketdi.
Mehmonlar yumshoq qilib pishirilgan steyk-u, kuydirib qovurilgan go'shtlardan yeb, zavqlanishardi. Bu paytda Beka Song yuqoridagi qavatlarda ziyofatdan keyingi kayf-u safo uchun xonalarni tayyorlamoqda edi. Chunki bugungi kecha faqat ziyofat bilan tugab qolmasdi-da.
Oradan qanchadir vaqt o'tdi. Men hali hamon o'sha qorong'u xonada yolg'iz va sukut saqlagancha o'tirar edim. Bir payt yo'lak bo'ylab sekin va ehtiyotkorlik bilan tashlanayotgan qadam tovushlarini eshitdim. Na beka Song va na boshqa qo'rg'on odamlari bunday yurmasdilar. Go'yo bu yerga biror o'g'ri yoki ayg'oqchi odam kelgandek tanish eshitilardi o'sha qadam tovushlari.
Birdan kutilmaganda men o'tirgan xona eshigining tutqichi qimirladi. Ammo eshik ochilmadi. Bu holat yana takrorlandi. Va keyin yana. Mening ko'nglimga xavotir aralash g'ashlik paydo bo'lib, ovoz chiqarmoqchi bo'ldim. Biroq shu darajada qo'rqib ketgan ekanmanki, tomog'im qurib qolibdi. Shu payt eshikning u tomonidan bir ovoz eshitildi. U eshikni asta taqillata turib, derdi:
Men qiz bolaning ovoziga quloq tutgancha jim turar ekanman, u tomondagi o'sha kishi eshikni yana ohista taqillatib, o'sha gaplarni qaytarardi.
- Opa! Ichkaridamisdan? Eshikni och, iltimos. Seni qutqarish uchun keldim!
Qiz bolaning iltijoli ovozi yana kelgach, nihoyat javob berdim:
Xonaning qulfligi uchunmi, yoki bir muddat sukut saqlaganimdanmi, qiz xona bo'sh ekanligiga endigina ishonayotgan ekan shekilli bir muddat hatto nafas ovozi kelmadi. So'ng pichirlash eshitildi:
Men hayron edim. Yetimxonada ulg'aygan bo'lsam, meni "opa" deydigan biror tanishim ham bo'lmasa, u kim bo'lishi mumkin?
- Kim u?-savolimni qaytardim men.
- Siz...opamni taniysizmi?... Uning ismi Soomin. Uni ko'rganmisizlar? Men uni topishim kerak, tezroq bu uydan chiqib ketishimiz lozim,-u qiz bu so'zlarni shunchalar tez aytdiki, hatto nafas olmagandek edi.
Men biroz o'ylanib turdim. Bu qo'rg'onda ko'rganlarim faqat xizmatchi qizlar va beka Song. Ularning bari kechki vaqtda ish soati tugagach ketadilar-ku? Uning opasi esa bu yerda bo'lishi mumkin?
- Men...unday qizni tanimayman,-dedim men.
U qiz nimanidir umid bilan kutgan edi shekilli javobimni eshitib jim bo'lib qoldi. So'ng men sekingina uzoqlashyotgan qadam tovushlarini eshitdim. Va birdan baqirib yubordim:
- Lekin uni birga topishimiz mumkin! Men bu yerni yaxshi bilaman. Keyin esa qochamiz...
Qadam tovushlari joyida tingandek taqqa to'xtadi. Men esa darrov qo'shimcha qildim:
- Faqat avval eshikni ochishga yordam ber.
Qiz go'yo bir necha soniya o'ylanib turgandan so'ng eshik tutqichini sekin qimirlatdi. Ammo eshik ochilmadi. U yana tutqichni qimirlatdi. Keyin yana...yana...va yana... Ammo eshik ochilmasdi. Bu befoyda ekanligini bilsam-da, umid qilishdan boshqa choram yo'q edi.
- Sizda...biror narsa bormi?-u tomondan uning ovozi eshitildi.
- Men...hozir...-dedim-u qorong'u xonaning devorini paypaslagancha har qanday qo'lga ilinadigan narsa qidira boshladim.
Mayda va ehtiyotkor qadamlar bilan xonanini aylanib, hech nima topa olmadim. Va "Bu yer bo'm-bo'sh ekan" dedim. U tomondan uning uh tortgan ovozi eshitildi. Lekin uning bor umidi mendan edi, axir unga bu yerni yaxshi bilishimni aytganman-ku.
- Rostdan ham...hech qanday..umuman hech narsa yo'qmi?-uning hafsalasi pir bo'lgan ovozi keldi.
- Yo'q,-qisqagina javob berdim men, so'ng esa - Sen...ketishing mumkin. Men...shu yerda kutaman. Opangni o'zing topishingga to'g'ri keladi,-dedim.
Taxminimcha u aniq sarosimaga tushib, ikki o't orasida qolgandi. Ammo u tanlov qilishga majbur edi va men uning qat'iy ovozini eshitdim:
- Men...biror nima qilaman eshikni ochish uchun. Siz faqat kutib turing.
U shunday degach men uning uzoqlashyotgan qadamlarini jimgina tinglab turdim. Keyin esa u ancha uzoq-uzoqlarga ketgach hech qanday ovoz eshitilmay qoldi va atrof suv quygandek sukutga cho'mdi. Men asabiylik bilan xonaning u tomonidan bu tomoniga yurar ekanman, birdan oyog'im tagidagi pol qimirlab ketganini his qildim.
Qo'rquvdanmi yoki hayratdanmi joyimda qotib turar ekanman, pastdan oyog'im ostidan nimadirning tiqirlayotgan tovushi kelardi. Bunga avval e'tibor bermadimmi yoki bu endi paydo bo'ldimi? Men sekingina polga cho'kkalab (tizza bilan) o'tirdim-da, pastga egildim. O'sha g'alati tovush hali ham eshitilavergach hayolimga kelgan fikrdan o'zim qo'rqib ketdim. Polning ostida qandaydir joy bormi?...
Men negadir o'zim bilmagan ammo juda tabiiy tuyulgan holda pulni huddi eshikni taqqilatgandek taqqillatib ko'rdim. Va men kulgandek undan qattiq dag'al tovush emas, balki ortida bo'shliq bordek tovush chiqdi. Demak...pol ostida kimdir bor.