Womens Mafia 2-fasl
Taom va ichimliklar keradigan ortiq qo'yilgani sababli bo'lsa kerak, biz o'tirgan katta mehmonxona markazidagi stol o'rtasidan qars etib sinib ketadigandek, zo'rg'a turar edi. Men stolning u burchagi to'riga o'tib o'z joyimni egallaganimdan so'ng, hamkorlarim to'g'rirog'i mijozlarim o'z o'rinlarini egallashdi. Hamma hotirjam o'tirib olishini kutdim. Bir necha daqiqadan so'ng xonadagi g'ala-g'ovur bosilib, asta sukunat cho'kdi. Ular bir-birlariga qarab iljayib qo'yishar va meni biror nima deyishimni kutishardi.
β Mana, biz kutgan onlar keldi! - deb gap boshladim men. Xona kattaligi boisidan ovozim butun xonada aks sado berib, eshitildi. Men Yapon hamkorlarimizdan "o'sha narsa" ni olib kela oldim. Garchi bu biroz mushkul bo'lgan bo'lsa-da...
O'tirganlar bir-birlariga qarab, gapimning ma'nosini tushunmoqchi bo'ldilar. Men bir muddat sukut saqladim. Shu payt go'yo avvaldan tayinlangandek, bo'yi past, o'ziga yarashmagan yashil rangli kostyum kiygan 45 yoshlar atrofidagi tepa kal sochli Yonhyung ismli erkak gap boshladi:
β Bu qanchalar mushkul bo'lganini ham aytib bering, xo'jayin.
Uning o'zini jinim suymasa-da, "xo'jayin" deb iltifot bilan chaqirishi menga moydek yoqib tushardi. Shu boisdan miyig'imda kuldim-u, ko'rsatkich barmog'im bilan xonaning u burchagidagi televizor tomon ishora qildim. Stol atrofida o'tirganlarning bari o'sha tomon yuzlandi. Avvaldan aytilgani uchun u tomondan Kwon televizorni yoqdi va unda biz ertalab eshitgan yangiliklar eshitila boshladi:
"Kechagina Yaponiya Nagasakidan Koreya Busanga uchgan samolyot noma'lum sabablar tufayli portlab, suvga quladi. Tezlik bilan qidiruv ishlari ketmoqda va hozirda birorta yo'lovchi topilmadi. Mutaxassislar esa, samolyotning portlash sabablarini aniqlashga harakat qilmoqdalar."
Ekranga mahliyo bo'lgandek biroz qotib turgan mehmonlar asta menga yuzlanishdi. Ulardan biri vahima bilan pichirladi:
β Janob, siz o'sha samolyotdan suvga qulagach suzib keldingizmi?
β Yaxshi niyat qil-ey! - deya boshqasi o'sha pichirlaganning yelkasiga urdi.
Hamma bir-biriga hayrat va vahima aralash qarardi, g'oyoki men imkoni yo'q jangda bir mo'jiza yuz bergani tufayli g'olib chiqib qaytgandek. Ammo ularning hech biri mening aqliy jihatdan qanchalar rivojlanganim va oldindan to'g'ri qaror qabul qila olish qobilyatim haqida o'ylamasdi. Bu mening achchig'imni chiqardi. Nahotki ular men bilan hech bo'lmaganda 2-3 yil hamkor bo'lib ham, mening har tomonlama ustun ekanligimni anglay olishmagan.
β Janob Jeon, shaxsan avvaldan bunday hodisa yuz berishini taxmin qilib, Yaponiya Nagasakidan Koreya Busanga emas, Koreya Incheonga uchadigan reysga chiqdilar. Va o'sha baxtsiz hodisadan qutulib qoldilar, -tushuntirish berdi xonaning u chekkasida, eshik oldida turgan Kwon.
Endi mehmonlar bir-biriga bosh irg'ab, pichirlagancha mening qanchalar otamga o'xshab ajoyib shaxs ekanim haqida gapira boshlashdi. Men ularga qarab, yuzimda tabassum bilan tursam-da, ich-ichimdan g'ashim kelardi. Meni otamga o'xshatishyapti, o'sha ahmoq, landavur otamga...
Pol ostida qandaydir bo'shliq, u yerda esa kimdir borligini anglagach, nima qilishni bilmay qoldim. Bu xonada qo'lga tegadigan hech narsa yo'q edi, axir. Shuning uchun men bir va yagona yo'li bo'lmish o'z ovozimdan foydalanishga qaror qildim. Avvaliga nima deyishni bilmay o'ylannib turdim, so'ng tavakkaliga:
β Kim bor?-deya polga taqqillatdim.
Hech qanday ovoz kelmadi. So'ng yana shunday qildim, chaqirdim. Yana hech kim indamadi. So'ng atrofga qarab, o'rnimdan turdim. Polning aynan o'sha qismi atrofida aylanar ekanman, avval sezmagan, ammo endi asta-sekin ko'rinayotgan g'adir-budir aylana shaklidagi chiziqni ko'rdim. Huddi bu pastga tushish yo'lidek, bir vaqtning o'zida ko'rinmas, ammo juda sezilarli edi.
Men endi nima qilishimni bilmay qoldim. Pol ostidan shitirlayotgan ovozlar kelayotgani yaqqol bilinib turardi. Ammo men qanday qilib u yerga tusha olaman?
Miyamga hech nima kelmay, o'ylanib turgan vaqtimda birdan eshik qulfi qimirlagani eshitildi. Eshik tomonga qarashim bilan o'sha yerda bir necha kishi turganini ko'rdim. Soniya o'tar-o'tmas qorong'ulikka ancha o'rganib qolgan ko'zlarim u yerda turgan 2 ta bahaybat erkaklarni va ular mahkam ushlab turgan qizni ko'rdim. Qizning og'ziga nimadir bog'langan va u tinmat tipirchilardi. Erkaklar menga unchalik ahamiyat bermay, qizni xonaning burchagiga irg'itishdi. So'ng eshikni qarsillatib yopib, bu yerni tark etishdi.
Men hech nimani anglamay qolgandim. Bularning bari ko'z ochib yumgunimcha sodir bo'ldi, axir. Men asta qiz tomon qaradim. U asabiylashgancha orqasiga arqon bilad bog'langan qo'llarini yechishga harakat qilib, tipirchilar edi. Men asta o'rnimdan turib, u tomon yurdim. Keyin uning orqasiga o'tib, mahkam tugun qilib tugilgan arqonni bo'shata boshladim. U ham buni sezdi shekilli, sal tinchidi.
Arqonda bir emas uchta tugun bor edi. Ularning barini yechgunimcha peshonamda mayda ter tomchilari paydo bo'ldi. U esa qo'li bo'shashi bilan og'ziga bog'langan lattani yecha boshladi. Men hayron bo'lib asta orqaga qadam tashladim.
βNimadir qidirib tentirab yurganimda, meni tutib olishdi,-og'zidagi lattani xonaning u burchagiga otgancha, gapirdi qiz go'yo biz tanishlardek.
Men bir necha soniya uni tushunmay, unga tikilib turaverdim. U esa uh tortdi. Keyingina men tushundim, bu axir boyagi qiz. Uning ovozi o'sha-ku!
β Lekin men nimadir topishga muvaffaq bo'ldim,-dedi u mening qiyofamdan hammasiga tushunganimni sezib.
Men unga sinchiklab qaradim. Uning qo'lida hech nima yo'q edi. Uning kiymida ham kissa yo'qqa o'xshardi. Mening hayron qiyofamni ko'rgan qiz ustidagi ko'ylagi tugmalarini bo'shata boshladi. Men yanada sarosimaga tushdim-u, bexos ortga qadam bosdim.
β Meni tutib olishguncha, yashirib qo'ydim,-tushuntirish berdi u mening ortga tashalagan qadamimdan keyin.
Bir necha soniya o'tib, u siynaband*i chetiga yashirilgan nimadirni qo'liga oldi. Bu kichkina pichoqqa o'xshardi. Men hayratdan qoshlarimni yuqoriga ko'tardim. U buni qayerdan topdi?
β Shu yo'lakning oxirrog'idagi bir xona,-dedi u,- U yer bu uydagi eng qimmatbaho narsalarga to'lasi.
Men unga yaqinashdim, u esa qo'lidagi pichoqni uzatdi. Ha, qo'limdagi o'tkir tig'ni hajmi ancha kichkina edi, ammo uning bandi to'la men nomini bilmaydigan olmos-u yoqutlarga to'la edi. Xonada hech qanday nur bo'lmasa-da, negadir o'sha gavharlar yalt-yalt etib turardi.
Aynan, shu yaltirashlar ketidan miyamga bir fikr keldi-yu, yerga tizzlab o'tirdim. Boyagi polda ko'rgan bilinar-bilinmas dumaloq chiziqni qidira boshladim. U qiz ham menga yaqin kelib, birdan nima qilayotganimga hayron tomosha qildi.
β Sen ketganda, bu yerda - pol ostida qandaydir tovushlarni eshitdim,-huddi undek men ham tushuntirish bera boshladim,-Ammo polni ochish uchun menda hech narsa yo'q edi.
β U yerda kimdir bor deb o'ylaysanmi?-u ham mening yonimga tiz cho'kib men bilan chiziqni qidira boshladi.
β Aniq,-dedim men qo'lim ostidagi g'alati g'adir-budur izni payqab.
Men pichoq tig'ini izga qadam unga bosim berdim. Yana va yana. Ammo pol umuman qitirlamasdi. Pichoqni qayta polga botirdim. Yo'q, pichoq pol yuzasida qotib qolgan edi.
Buni ko'rgan qiz "Men" dedi-yu, qo'limdan pichoqni oldi. U ham mendek pichoq uchini pol yuzasidagi chiziqqa botirdi. Baxtga qarshi, unda ham o'xshamadi. Men endi umidsizlikka berilayotgan edim, birdan u pichoqni yuqoriga ko'tardi-yu, polgz zarb bilan urdi. Uning kuchidanmi yoki boshqa narsa tufaylimi bilmadim-u, pol titrab ketdi va birdan boyagi aylana izi ancha tiniqlashdi.
Men u yana bir marta shunday qilarmikan deb unga qaradim. Lekin bu safar go'yo u nima qilish kerakligini tushungandek, pichoqni nariga irg'itdi-yu, o'rnidan turdi.
Gapimni tugatib ulgurmasimdan, u shartta aylana izi ustiga turib, sakradi. Birdan "qars" ovozi eshitildi. Xona g'alati changga to'ldi. Chang atrofimni to'sib hech nimani ko'ra olmay qoldim. Keyin "gup" etgan ovoz eshitildi. Go'yo og'ir nimadir qayergadir tushgandek.
Bir necha soniyadan so'ng chang asta g'oyib bo'ldi. Ammo endi men u qizni ko'rmasdim. Qarshimda taxta pol va uning o'rtasida o'sha aylana shaklida katta tuynuk turar edi. Men tuynukka yaqinlashdim va u orqali pastga qaradim. Pastda u qiz ustidagi kirni qoqqancha, tepaga - menga qarayotgan edi.
β Bu yerda hech nima ko'rinmayapti,-dedi u shikoyatli ohangda.
Nima qilishni bilmay men ham shartta tuynuk ichiga tushdim. U o'ylaganimcha chuqur emas ekan. Bor yo'g'i 1-2 metr, xolos. Ammo chindan ham bu yer zimiston edi. Qo'limni ko'tarsam, hatto qo'lim ko'rinmasdi o'zimga. Qaysidir tomondan kelgan shitir-shitir ovozi hayolimni buzdi.
Shu yaqin orada nimadir boyagiday tinmay tipirchilardi. Men va yonimdagi qiz o'sha ovoz kelgan tomon asta yurdik. Shitirlash ovozi yanada balandlashdi. Biroq bu nursiz zimistonda hech narsa ko'rinmas edi. Men ham, u ham qo'limiz bilan havoni paypaslab, nimadirni qidirardik. Nihoyat uning qo'li nimadirga tegdi shekilli, yonimda u bir cho'chib tushganini payqadim.
β N-nima?-dedim qo'rquvdan duduqlangancha.
U hatto meni savolimga javob bermay pastga egildi. Qarshim umuman ko'rinmasdi, faqat zimiston. Go'yo ko'r bo'lib qolgandek edim. Ammo biroz narida shitir-shitir ovozlar kelayotgandi. U nima qilayapti? Tushunmasdim. Shu turishimda bir necha o'nlab soniyalar o'tgach vanihoyat qizning sarosimali ovozi keldi.
Bir soniya jim-jit bo'lib qolgach, shig' etgan ovoz eshitildi-yu, keyin kimdir kimdirni quchoqladi. Allaqayerda kimdir yig'lashni boshladi. Men nima bo'layotganini tushunmay, qorong'uda atrofdan nimadir ko'rish ilinjifa alanglab turardim.
Go'yo opa-singillar bir-birini topib, yig'lashar edi...
Mening otam yoshligimizda hukumat tomonidan qamoqqa olingandi. U paytda men ham, opam ham juda yosh edik. Onam har tun yum-yum yig'lab olganini eshitardim. Ammo tong otgach, onam ichidagi dardni bildirmay, yana bizni boqish uchun yelib-yugurib ishlashga ketardi.
Kun bilan tun tez almashar, otam qamalgandan 3-4 oy o'tgach yana bir xabar keldi: otam qamoqda jazo o'tash vaqtida vafot etibdi. Bu xabar onamga og'ir botdi. U butunlay singandek edi, go'yo. Ammo biz opam bilan yosh edik, hech narsani tushunmasdik. Hatto endi otamizni qaytmasligini ham.
Onamning endi yashashdan maqsadi faqat opam va meni boqish edi. U har tong qushlar uyg'onmasidan ishga jo'nardi. Tunda daydi itlar vovvillaydigan qorong'u payt qaytardi. Hatto ba'zan kunlab onamni ko'ra olmasdik. Doim ertalab turganimizda onam bizga nonushta tayyorlab, xat yozib ketgan bo'lardi. Opam u paytlarda 2-sinf edi, shekilli. Har holda onamning xatini u o'qib berardi. Nonushtadan so'ng u maktabga ketar, men ess uyda eskib, titilib ketgan qo'g'irchoqlarimni o'ynab qolardim.
Shu asnoda oylar o'taverdi. O'taverdi. Oradan yillar o'tdi. Men uchinchi, opam esa oltinchi sinf bo'lganida onam ham bu og'ir hayotga chiday olmay vafot edi. Va bizning eng qiyin kunlarimiz boshlandi.
Yetim qolganimiz tufayli opam meni yetaklab amakimning uyiga olib bordi. Amakim bizni mehribonlik bilan kutib oldi. Men bilmasdim, ammo opam sezar ekan. Amakim ham otamdek hukumat nazoratida bo'lgan ekan. Kechalari amakivachchalarimiz bilan bir xonada uxlab yotganimizda, yonimizdagi xonadan amakim va uning xotini gaplashgandagi xavotirli pichir-pichirlarni opam bilan eshitib yotardik. Ular gapirayotgan narsalarni mening aqlim yetmasa-da, opamniki yetar edi.
Biz amakimning uyida bor-yo'g'i 2 hafta yashadik. Shundan so'ng qizil kiyimli jiddiy erkaklar kelib, amakimning qo'lini ortiga qayirib, qayergadir olib ketishdi. Bir necha kun undan xabar bo'lmadi. Amakimning xotini esa men bilan opamni chiqishtirmaslikni boshladi. U men va opamni iloji boricha bolalariga yaqinlashtirmas, hatto bit dasturxon atrofida o'tqazmasdi. Men va opamga ozroq non va choy berib, yerga yozilgan kichik sochiqcha atrofiga o'tqazardi. O'zi esa bolalari bilan boshqa stol atrofida o'tirib, nonushta qilardi.
Men buni unchalar tushunmasdim, "Nega mehribon kelinoyim yomon bo'lib qoldi?" deb o'ylardim. Opam esa buni mendan yaxshiroq tushunib, kelinoyimiz harakatlari sababini va endi biz bu uyga begona ekanimizni allaqachon anglab yetgan ekan.
Bir kun uyquga yotishimizdan avval opam mendan uxlamaslikni iltimos qildi. Men har qancha harakat qilsam ham, oxir-oqibat mudrab qolibman. Bir payt uzoqdan opamning meni pichirlab chaqirganini eshitdim. Asta ko'zlarimni ochdim. Opam qorong'uda chaqnab turgan ko'zlari bilan menga qarab turardi. Men hayron edim.
β Haein, hozir bu yerdan ketamiz,-dedi u birdan.
β Sen shunchaki menga quloq sol,-dedi opam va iloji boricha ovoz chiqarmay o'rnidan turdi. Bizdan biroz nariroqda kelinoyim va bolalari birga xurrak otgancha uxlashayotgan edi.
Men ham noiloj opamga ergashdim va o'rnimdan turdim. Opam ancha avvalroqdan tayyorlab qo'ygan ekanmi, qo'liga maktab xaltasini oldi. Ichi bir nimalar bilan to'ldirilgan xalta do'ppayib qolgandi. Opam oyoq uchida eshik tomon yurdi. U har bir qadamimi tashlashdan oldin uxlab yotgan kelinoyimga xavotirli qarar, keyin qadam tashlardi.
Bir necha daqiqadan so'ng biz eshikni ovozsiz ochib, tashqariga chiqdik. Biz sovuq yo'lakda turar ekanmiz, opam menga tushuntirish bera boshladi:
β Amakim xuddi otamdek qamalibdi, buni kelinoyim qo'shni xolalar bilan gaplashayotganda eshitdim. Endi biz ketishimiz kerak, kelinoyim bizni haydamasidan avval.
β U... bizni haydaydimi?-dedim hayron bo'lib. Rostdan ham mehribon kelinoyimdan buni kutmagandim.
β Ko'rmayapsanmi, u bizni yoqtirmayapti, ovqat ham berishni istamaydi, bizni ajratadi,-dedi opam hovliqqancha.
β Bilmasam,-dedim men o'ylanib.
β Endi xohlasak ham, xohlamasak ham bu yer bizga begona. Ketishimiz kerak!-gapning oxirini aytgan opam, yo'lak oxiridagi javon tomon yurdi.
Uning ichidan ikkimizni junli kamzulchalarimizni oldi. Oyog'imizga loy bo'lgan etikchalarimizni kiygach, opam maktab xaltasini yelkasiga ildi-yu, uyni tark etdik. Endi nima bo'lishi menga noma'lum, opam ikkimizni hali nimalar kutardi?