Mystery story
Taehyung va Jennie eshikni shartta ochib tashqariga chiqqanlarida, sovuq havo yuzlariga urildi. Ammo bu sovuq Taening ichida qaynayotgan g‘azabni bosolmadi.
Uning nigohlari atrofni titkiladi. Begona mashina… tungi ko‘cha yoritgichi ostida jim turardi.
Jennie uning yuzidagi o‘zgarishlarni payqab, shoshib orqasidan yetib oldi.
— Iltimos, Aka… — uning ovozi titrardi.
Lekin Taehyung hech narsa eshitmadi. U allaqachon qadamlarini tezlatgancha mashina tomon ketayotgan edi.
—Boʻlmasa ertadanoq ishdan eeta chiqib harakatni boshlaymiz — Arin past ovozda gapirdi.
Jungkook bosh irgʻadi
Shu payt… mashinaning eshigi shart ochildi!
Arin cho‘chib ketdi, Jungkook esa koʻzini darrov Arin tomonga yonaltirdi Ammo ular o‘zlariga kelishga ham ulgurmay, Taehyung qo‘lini cho‘zib Arinni tortib chiqardi.
— Aka… — Arin shokka tushgancha pichirladi.
Lekin Taehyung bir zum ham kutmadi. TARS!
Tinchlik ichida turgan tun… shu tarsaki ostida larzaga keldi.
Zarba shunaqangi kuchli ediki, Arin muvozanatini yo‘qotib, yerga yiqildi.
Jennie qattiq nafas oldi, yuragi og‘ziga tiqilganday bo‘ldi.
— Arin! — u tezda uning oldiga o‘tdi va yerdan turishiga yordam berdi.
Arinning yonoqlari lovullardi. U yuragining og‘rishini his qilib, lablarini mahkam qisdi.
Jungkook esa hayrat va g‘azab ichida qotib turardi. Bir necha soniya hech narsa demadi, ammo oxiri o‘zini tuta olmadi.
— Bu mening ishim. Senga bu yerda hech kim gap bergani yo‘q.
Jungkookning jag‘lari qattiq qisildi. U yuragining urishini his qilar, mushtlari asta siqilardi.
Ammo Arin… uning nigohida boshqa narsa bor edi. U og‘riq, hijolat va g‘azabni birdan his qilayotganday edi.
— Ayt-chi, bu qaysi o‘ynashing?!
Bu gap Aringa pichoq sanchilganday bo‘ldi. Yuragida nimadir sinib ketdi.
Jungkook birdan oldinga yurdi. Uning ovozi sovuq va jiddiy edi.
— Siz Aringa qanday gapiryapsiz o‘zi?
Taehyung unga o‘girilib, qattiq qaradi.
— Senga jim tur, seni hech kim so‘zga chaqirgani yo‘q dedim
Arin oʻynash degan soʻzni eshitib ham hafa boʻldi ham jahli chqdi
— Og‘zingizga qarab gapiring!!
Lekin Arin ortga qaytmasdi. Uning yuragi dod deyayotgandi.
Taehyung kuldi. Sovuq, o‘tkir va yurakni tilka-pora qiluvchi kulgi.
U unga yaqinlashdi va qo‘lidan tutib, uni qattiq tortdi.
Arin qaltirab ketdi. Uning butun vujudi muzlab qolgandek bo‘ldi. Taening qattiq qo‘li o‘zidan uzoqlashmaguncha hech narsa o‘ylay olmasdi.
Nihoyat, u qo‘lini tortib olishga muvaffaq bo‘ldi va darhol Jungkookning ortiga yashirindi.
Jungkook asta oldinga chiqdi. Uning ovozi jiddiy va qat’iy edi.
— Siz noto‘g‘ri tushundingiz, Arin meni...
Taehyungning yuzi bir zumda jiddiylashdi. Uning ko‘zlari chaqnadi.
— Jazmanning!!! — u bir so‘zni qattiq urg‘u bilan aytdi.
— Jungkook… MENI SINFDOSHIM BO‘LGAN?!
— Sinfdoshing bilan yarim kechasi bir mashinada bir-biringga kulib qarab o‘tirasanmi yoki yashirincha ko‘rishasanmi?!
Arin hayratdan ko‘zlarini kattalashdi.
— Siz… meni kim deb o‘ylayapsiz?!
Jungkook esa bundan battar jahlga mindi. Uning sabr kosasi to‘lib borayotgandi.
— Balki yetar? — uning ovozi past, ammo sovuq edi.
Jungkookning mushtlari siqildi.
Taehyung bir qadam oldinga yurdi.
— Arin, ayt. Yaxshilikcha ketsin yoki uni bir nima qilib qo‘yaman!
Jungkookning yuragi g‘azabdan tez urardi. U Taening nigohiga javob qaytardi.
Arin esa… o‘zining qanday ahvolda ekanini bilmasdi. Ichida qorong‘ulik to‘planayotgandi. "O‘ynashing" degan so‘z… yuragini tilka-pora qilgandi.
— Yo‘q, seni tashlab ketmayman bu holda.
Arin yuragidagi alamni bosolmadi. Taening har bir gapi unga og‘ir botgandi.
Arinning ko‘zlari yoshlarga to‘ldi. Lekin u yig‘lamadi. Yana bir tomchi ham oqizmasdi.
Jungkook bunga chidab turolmadi. Lekin Arinning ko‘zlaridagi qat’iyat… uni bir zum to‘xtashga majbur qildi.
U sekin yutindi va qadamini orqaga tashladi.
So‘ng, hech narsa demay… ortga burildi.
Jennie esa Aringa qaradi. Uning yuragi og‘riyotgandi.
Taehyung hamon sovuq va qat’iy turardi.
Ammo Arin… endi butunlay sinib bo‘lgandi.
Jungkook ketganidan so‘ng Taehyung bir lahza ham kutmadi. U qahr bilan Arinning qo‘lidan tutib, ichkariga tortdi.
— "Qo‘yib yuboring!" — Arin o‘zini tortdi, lekin Taehyungning kuchi bilan tenglasha olmadi.
Arin hali ham qutulishga harakat qilayotgan edi, lekin…
Taehyungning birinchi zarbasi uning yuziga kelib tushdi. Arin muvozanatini yo‘qotib, orqaga tisarildi. Ammo Tae unga nafas olishga ham fursat bermay, yana oldinga yurdi va yelkalaridan ushlab, devorga qattiq urdi.
— "Bu sening oxirgi chegarang edi, Arin!" – uning ovozi sovuq va dag‘al edi.
— "Aka… iltimos..." — Arinning ovozi qaltiradi, lekin Taehyung buni eshitmadi.
— "Ah!" – Arin qorni tomonga kelgan zarbadan bukchayib qoldi. Nafasi qisildi.
— "Aka, bas qiling!" – Jennie yig‘lab ularning oldiga chopib keldi.
Taehyung esa yana zarba berish uchun qo‘lini ko‘targandi, lekin Jennie oldinga otilib, Arinni himoya qildi.
— "Iltimos, bo‘ldi! Yana urmang!"
Ammo Tae hech narsani eshitmadi. U Jennieni shunchaki qo‘li bilan bir chetga itarib yubordi.
Jennie muvozanatini yo‘qotib, stulga qattiq urildi.
— "Ahh!" – uning qo‘liga og‘riq suqildi. U shokka tushgancha o‘z qo‘liga qaradi. Qon!
Arin yerdan qiyinchilik bilan boshini ko‘tardi va…
Jenniening jarohatini ko‘rib, yuragi muzlab ketdi.
U oldidagi manzarani ko‘rib, joyida qotib qoldi.
Arin – butunlay holdan toygan, lablari yorilib ketgan, nafasi ichiga sig‘mayapti. Jennie – titrab turibdi, qo‘lidan qon sizib chiqyapti. Taehyung – hanuz nafrat bilan tikilgancha turibdi, mushtlari qisilgan.
Jinning yuragi shuv etib ketdi.
Uning ovozi butun uyni larzaga soldi.
Jinning baqirig‘i butun uyni larzaga soldi.
Taehyung asta-sekin orqaga chekina boshladi. Uning yurak urishi tezlashgan, ammo hali ham g‘azabi bosilmagan edi.
Jin esa bir soniya ham o‘ylab o‘tirmay oldinga intildi.
— "Sen aqldan ozdingmi, Taehyung?!" — u g‘azab bilan ukasiga yaqinlashdi.
Taehyung unga sovuq nigoh bilan qaradi, lekin hech nima demadi.
Jin Arinning ahvolini ko‘rib, yuragi ezildi. Uning yuzida qizarib turgan tarsaki izi, labidagi yorilgan joy, oldinga egilib turgan qaddi... bu hammasi Taehyungning ishi edi.
Keyin Jenniega qaradi. Uning qo‘li qon bilan bulg‘angan, ko‘zlarida yosh, lekin ovoz chiqarmayapti. U shunchaki qaltirab turardi.
Jin ortiq chidolmadi va hech ikkilanmay Taehyungning yoqasidan tutib, devorga qattiq tiradi.
— "Sen nima qilding, Taehyung?!" — uning ovozi titragancha baland yangradi.
Taehyung o‘zini tortib chiqarmoqchi bo‘ldi, lekin Jin uni mahkam ushlab turardi.
— "Men oilamni himoya qilyapman!" — deb javob berdi u, ovozi hanuz sovuq edi.
— "Himoya?!" — Jinning jahli battar qo‘zidi. — "Sen shunchaki singlingni kaltaklading! Jennieni jarohatlading! Shuning nomi himoyami?!"
Taehyungning jag‘lari qisildi. U Jin bilan bahslashmoqchi edi, lekin…
Arinning titroq ovozi eshitildi.
Jin unga qaradi va Taehyungni itarib yubordi.
— "Arin, tura olasanmi?" — Jin asta past egilib, unga qo‘l uzatdi.
Arin qattiq og‘riq sezayotgan bo‘lsa-da, sekin bosh irg‘adi.
Jin uni ehtiyotkorlik bilan turg‘izdi. Keyin Jennie tomon burilib, uning jarohatlangan qo‘lini ko‘rib, yuragi ezildi.
— "Jennie, qo‘ling juda og‘riyaptimi?"
Jennie indamay bosh chayqadi. Lekin Jin bunga ishonmadi.
U chuqur nafas oldi va Taehyungga yana bir qarash soldi.
— "Agar yana shunday qiladigan bo‘lsang…" — Jinning ovozi past, lekin dag‘al edi. — "Bu safar men seni kechirmayman."
Taehyung hech nima demadi. Faqat Jin bilan ko‘z urishtirdi.
Jin ortiqcha gap-so‘zsiz Arin va Jennieni olib, u yerdan chiqib ketdi.
Taehyung esa joyida qotib turardi. Yuragi qattiq urayotgan bo‘lsa-da, hech nima demadi.
U faqatgina g‘azab va chorasizlik bilan mushtlarini mahkam siqdi.