Mystery story
Tae Jennie bilan shifoxonaga yetib kelgach, mashinani to‘xtatdi. Jennie yuragini hovuchlab, atrofga qaradi.
Jennie lablarini burib, unga ergashdi. U shifoxonalarning o‘ziga xos hididan yoqtirmasdi, bu joy unga doim sovuq va yoqimsiz tuyulardi. Ayniqsa… ukol qiladigan joylar.
Xonaga yetib borishgach, Chagiya to‘shakda o‘tirgan holda ularni kutayotgan edi. U har doimgidek jiddiy va beparvo edi.
— Kechikdinglar, — dedi Chagiya ularga bir qarab.
— Kechikmadik, Jennie yurishni bilmaydi, — dedi Tae.
— Axir… bu shifoxona… — Jennie shivirladi.
Chagiya unga e’tibor bermay, yon tomonga qaradi.
— Nega biz har safar shunday bo‘lishini muhokama qilishimiz kerak?
— Chunki Jennie hech qachon o‘zini normal tutmaydi, — dedi Tae holsiz ohangda.
— Sizlar hamma narsaga oddiy qaraysizlar! Axir bu ukol-ku!
Chagiya jim qoldi, lekin Tae yengil kulib qo‘ydi.
Shu payt hamshira xonaga kirdi.
Chagiya esa shunchaki yengini yuqoriga ko‘tardi va jim o‘tirdi. Hamshira ignani terisiga botirdi, lekin Chagiya shunchaki shiftga qaragancha o‘tirdi. Uning yuzida hech qanday o‘zgarish yo‘q edi.
— Senda og‘riq hissi yo‘qmi o‘zi?
— Yo‘q, bor. Lekin unga e’tibor bermayman.
— Qiziq… — Tae hafsalasiz jilmaydi. — Jennie ham shunday qila olsa edi.
— Ha, sen, — dedi Tae zerikkancha.
Jennie ko‘zlarini katta ochdi.
Chagiya unga sovuq qarash qildi.
— Boshqa yo‘li yo‘qmi?! Ukolsiz? Masalan, biror tabiiy davolash usuli?!
Tae qo‘lini peshonasiga qo‘ydi.
— Jennie, bo‘ldi! O‘tir va tugat.
Hamshira ignani oldi. Jennie esa qaltiragancha joyiga o‘tirdi.
— Menda… qalin kiyim bor, yechishim kerak… — Jennie ataycha vaqtni cho‘zmoqchi bo‘ldi.
— Tezroq! — Tae jahli chiqib qaradi.
Jennie xo‘rsindi va sekin yengini ko‘tardi. Hamshira ignani yaqinlashtirgach, u birdan qichqirib yubordi.
Tae va Chagiya bir paytning o‘zida yuzlarini ushlashdi.
— Sen bilan bu yerga kelganimizga pushaymon bo‘lyapman… — dedi Tae charchagancha.
Jennie esa hali qichqirishda davom etardi…
Jennie uchun eng dahshatli daqiqa
Shifoxonaning sterillik hidi Jenniening boshi aylanayotganini yanada kuchaytirayotganday edi. Uning qo‘llari muzlab ketgan, yuragi esa urishdan to‘xtab qoladiganday gupillardi. Yonida turgan Tae esa unga tik qarab turar, lekin uning yuragidan o‘tayotgan qo‘rquvni faqat Chagiya tushunardi.
— Siz... men bunga tayyor emasman... — Jennie entikib gapirdi va bir qadam ortga chekindi.
Tae esa hansirab, sabrini yo‘qotayotganini yashirmadi.
— Jennie, bo‘ldi! Ukol olmasang, ahvoling battar bo‘ladi! — u ovozini balandlatdi.
---Chagiya yana bir ukolingiz bor ekan !-dedi hamshira
Chagiya esa bemalol stulga o‘tirgancha, xonadagi bitta nuqtaga tikilgancha, ukol uchun qo‘lini cho‘zdi. Shifokor ignani bilagiga botirganida ham, u hech qanday reaktsiya bildirmadi.
— Shunaqa osongina qo‘rqmasdan o‘tirish mumkin ekan-ku! — Tae labining chetidan pichirladi.
Ammo Jennie uchun bu umuman mumkin emas edi. U yana bir qadam ortga chekinarkan, hamshiraga iltijo qildi:
— Iltimos, boshqa yo‘li yo‘qmi?
Hamshira yengil jilmaydi, ammo bu tabassum qanchalik yoqimli bo‘lmasin, Jennie uchun qo‘rqinchli tuyuldi.
— Hamma bemorlar ham ukoldan xursand bo‘lmaydi. Lekin bu sizga yordam beradi. Qo‘rqmang.
Jennie esa hayqirib yuborishiga bir bahya qolgandi.
Tae ko‘zlarini yumib, og‘ir nafas oldi. U qizning qo‘lidan ushlab, stulga o‘tqazdi.
— Qo‘lini tortsang, yomonroq bo‘ladi, — deb ogohlantirdi u.
— Yo‘q, yo‘q, yo‘q... — Jennie pichirlar, lekin shu onda hamshira uning bilagini ushlab, ignani asta sanchdi.
— AAAAAAYYY! — Jennie butun shifoxonani boshiga ko‘tardi. U qattiq baqirib, qo‘lini tortib olishga harakat qildi, lekin Tae uning yelkasidan ushlab turdi.
— Tinchlan! Tugayapti! — Tae jahldan qattiqroq gapirdi.
— BU O‘LDIRAYAPTI!!! — Jennie ko‘zlarini yumib, boshi bilan orqaga ketdi.
Hamshira esa vazifasini tezda yakunlab, ignani chiqarib oldi.
— Bo‘ldi, barchasi tugadi, endi o‘zingizni yaxshi his qilasiz, — dedi u muloyimlik bilan.
Lekin Jennie uchun hammasi endi boshlanganday edi. U lablarini qimtib, ko‘z yoshlarini to‘xtata olmadi.
— Og‘riyapti… juda qattiq og‘riyapti... — u zo‘rg‘a gapirdi va burnini tortdi.
Chagiya unga xotirjam tikilib turdi.
— Buni har safar ortiqcha dramatizatsiya qilishing shartmi? — u jiddiy ohangda so‘zladi.
Jennie esa unga qaramasdan, bilagini changallagancha yig‘ilar, Tae esa uning bu ahvolidan tobora charchayotganini his qilardi.
— Yaxshi, bo‘ldi! Endi ketamiz, Chagiya hayr ertaga ham kelaman— Tae chuqur nafas olib, eshik tomon yura boshladi.
Jennie esa yig‘isini bosib, lekin hamon bilagini ushlagancha, shifoxonadan chiqib ketdi. U yo‘lda ham shikoyat qilishdan to‘xtamasdi.
— Bu ukol meni o‘ldiryapti! Qarang, bilagim ham qizarib ketdi!
Tae esa unga beparvo qarab, faqat boshini chayqadi.
— Shifoxona xodimlari seni doim eslab qolishsa kerak, — dedi u kinoya bilan.
Jennie esa norozi qiyofada o‘zini mashinaga otdi. Tae esa unga bir qarab, hech narsa demay mashinani o‘t oldirdi.
Mashina ichida ham sukut hukm surdi. Jennie yengil xo‘rsindi, qo‘llarini bir-biriga qattiq qisib, tashqariga tikildi.
Tae esa mashinani sokin haydab borarkan, unga bir qarab qo‘ydi.
— Hali ham og‘riyaptimi? — ovozi xotirjam va odatdagidek jiddiy edi.
— Ha... — dedi Jennie, shikoyatomuz ohangda.
Tae bosh irg‘ab, yana yo‘lga e’tibor qaratdi. Bir necha daqiqa o‘tgach, ular uy oldiga yetib kelishdi. Tae mashinani sekin to‘xtatdi va Jenniega qarab:
Jennie eshikni ochdi, tushayotib, bir lahzaga ortiga o‘girildi:
Tae javob qaytarmadi, shunchaki kuzatib turdi. Jennie eshik oldiga yetib borgach, sekin ichkariga kirdi.
Tae esa chuqur nafas olib, yana mashinaga o‘tirdi. U hali ham bir oz o‘ychan edi, lekin ko‘p o‘ylanmadi. Shunchaki dvigatelni ishga tushirib, yo‘lida davom etdi.
Shahar ko‘chalari bo‘ylab yomg‘ir tinimsiz yog‘ardi. Taehyung mashinasini svetoforda to‘xtatdi va beixtiyor derazadan tashqariga qaradi. Yo‘l chetida bir qiz turardi.
Uning uzun qora sochlari butunlay ivib ketgan, kiyimlari esa yomg‘ir tomchilaridan ho‘l edi. Qo‘lidagi soyabon esa sinib, keraksiz buyumga aylangandi.
U shoshqaloq holda atrofga alanglardi, ehtimol, taksi to‘xtatmoqchi edi. Ammo birorta ham mashina unga e’tibor bermayotgandi.
Taehyung unga biroz tikilib turdi-da, birdan oynasini tushirdi.
Fiora bir lahzaga hayron bo‘lib, unga qaradi.
— O‘tiring, — Taksi haydovchisidek ohangda takrorladi Taehyung.
Fiora ikkilanib qoldi. Mashinaga, keyin Taehyungga qaradi. “Shunchaki haydovchiga o‘xshamaydi,” deb o‘yladi ichida. Lekin boshqa iloji yo‘qligini tushunib, eshikni ochdi va mashinaga o‘tirdi.
Taehyung esa biror so‘z aytmay, mashinani harakatga keltirdi.
Mashinada bir necha soniya sukut hukm surdi. Fiora old oynaga tikilib, qanday qilib notanish odamning mashinasiga o‘tirib qolganini o‘ylardi. Ich-ichidan biroz qo‘rqardi ham, lekin ortga yo‘l yo‘q edi.
Taehyung esa unga e’tibor qaratmay, shunchaki yo‘lga tikilgancha mashinani sekin haydab borardi.
Fiora jur’atini yig‘ib, yengil yo‘talib qo‘ydi.
— Hmm… meni qayerga olib ketyapsiz?
Taehyung ko‘zini yo‘ldan uzmagan holda qisqa javob berdi:
— Mening boradigan joyim… Kim Kompaniyasi.
Shu so‘zlardan keyin Taehyungning lablarida kulimsirash paydo bo‘ldi, ammo u buni yashirishga urindi. Fiora esa uning chehrasidagi yengil ifodani ilg‘ab qoldi va hayron bo‘lib, so‘radi:
Taehyung vazmin ohangda javob berdi:
Fiora ko‘zlarini qisib, shubhalanib unga qaradi.
— Siz… Kim Kompaniyasida ishlaysizmi?
— Bilasizmi, ish izlab kelyapman. Balki… biror narsa tavsiya qila olarsiz?
Taehyung qisqa javob qaytardi:
Fiora hayron bo‘lib, bosh chayqadi. “Qanaqa odam bu? To‘g‘ri gapirib bo‘lmaydi,” deb o‘yladi.
Oradan biroz vaqt o‘tib, mashina nihoyat Kim Kompaniyasi oldida to‘xtadi. Fiora shoshilinch tarzda eshikni ochib, tashqariga chiqdi. Yomg‘ir allaqachon to‘xtagan, ammo havodan hozirgacha namlik ufurib turardi.
— Rahmat… haydovchi aka? — u shunday deb, Taehyungga o‘girildi.
Taehyung unga qarab kulimsiradi.
Fiora bir zum nima deyishini bilmay qoldi.
Taehyung mashinadan chiqib, eshigini yopdi. Sekin yurib Fioraning yonidan o‘tdi va Kim Kompaniyasi eshiklarini ochdi. Kiraverishda turgan qo‘riqchilar uni ko‘rib, ta’zim qilishdi.
— Kim janoblari. Xush kelibsiz.
Fiora buni eshitib, ko‘zlarini katta ochdi. U beixtiyor qotib qoldi.
Taehyung esa xotirjam ichkariga kirdi.
— O‘ylaymanki, endi tavsiya bera olaman.
Fiora esa joyida qotgancha unga tikilib turardi…
Shahar jimjit, faqat yomg‘ir tomchilari shovullardi. Yo‘l bo‘yida turgan qiz, qo‘lini ko‘tardi.
Qora mashina oldida sekinlab, so‘ng butunlay to‘xtadi. Oynasi tushdi va ichkaridan sovuqqon nigohli yigitning yuzi ko‘rindi.
Yigit hech qanday reaksiyasiz boshini qimirlatdi.
Fiora bir lahzaga ikkilanib, unga sinchkovlik bilan tikildi. U taksichiga o‘xshamasdi. Hattoki oddiy haydovchiga ham. Ammo yomg‘ir kuchayar, vaqti oz qolayotgandi. U eshikni ochdi va mashinaga o‘tirdi.
Mashina jimlikda harakatlana boshladi.
Fiora old oynaga tikilib, yonidagiga sezdirmay uning qiyofasini kuzatdi. O‘ta jiddiy, sovuqqon va o‘zidan qandaydir qudrat yog‘ilib turgan odam edi.
— Siz taksichimisiz? — so‘radi nihoyat.
Yigit yo‘ldan ko‘z uzmagan holda javob berdi:
— Unda nega meni olib ketishga rozi bo‘ldingiz?
Yigit beparvo ohangda javob qildi:
— Chunki siz meni to‘xtatdingiz.
Fiora chuqur nafas olib, shunchaki jim qoldi.
Oradan biroz vaqt o‘tib, mashina Kim Kompaniyasi oldida to‘xtadi. Fiora shoshilinch ravishda eshikni ochib, tashqariga chiqdi.
— qancha boladi ? — u ortiga o‘girildi.
Shu zahoti mashinadan tushdi. Fiora uning kompaniya tomon yurayotganini ko‘rib, beixtiyor nigohini unga qadadi.
Bu payt kompaniya qo‘riqchilari yigitga ta’zim qilishdi:
— Kim janoblari, xush kelibsiz.
Ko‘z oldida yigit xotirjamlik bilan eshikni ochib, ichkariga kirdi. Hech qanday ortiqcha so‘z aytmadi.
Fiora esa joyidan jilmay turardi.
“Men Kim Kompaniyasi rahbarini taksichi deb o‘yladimmi?”
Shu payt kompaniyaning kotibasi unga yaqinlashdi.
— Siz ish suhbati uchun keldingizmi?
Fiora chuqur nafas oldi va o‘zini qo‘lga olib, qat’iy ohangda javob berdi:
— Marhamat, meni ortimdan yuring
U jimgina kotiba ortidan yurdi. Kim Taehyung esa hozir uni yuqorida kutayotgan edi…
Fiora xonaga kirdi. Taehyung esa hali ham hujjatlarga ko‘z yugurtirib, uning kelganiga e’tibor ham bermagandek ko‘rindi.
Fiora stol oldiga kelib, bir lahzalik sukutdan keyin stulga o‘tirdi.
— Vaqtni cho‘zishdan maqsadingiz nima?
— Sizni ishga qabul qilaman, deb aytdimmi?
Fiora uning betaraf ohangini bepisand qabul qildi.
— Demak, chaqirganingiz shunchaki vaqtimni sarflash uchun edi?
Taehyung hujjatni yopib, o‘rnidan turdi va oynavand devor ortiga tikildi.
— Siz kompaniyamizga nima bera olasiz?
— Ishlardagi kamchiliklarni koʻrsatib beraman.
— Odamlar odatda o‘z iqtidorlari haqida gapirishadi. Siz esa faqat kamchiliklarni ko‘rsatish bilan cheklanyapsiz.
— Chunki men o‘zim haqimda emas, siz haqingizda gapiryapman.
Taehyung uning javobidan keyin biroz jim turdi. Keyin sekin o‘rniga qaytib, kresloga o‘tirdi.
— Juda bo‘lmasa, o‘zingizni ishga qabul qilishga arziydigan inson sifatida ko‘rsatishga harakat qiling.
— Odam o‘z qadrini so‘z bilan isbotlamaydi. Ishlashimga ruxsat bering, shunda o‘zingiz ko‘rasiz.
Taehyung unga yana bir muddat tikilib turdi.
Fiora o‘rnidan turdi va eshik tomon yurdi. Ammo chiqish oldidan bir lahza to‘xtadi.
— Kechagi "haydovchilik" tajribangiz yomon emas ekan.
Taehyung uning ortidan qarab qoldi.
Lekin ovozi juda past eshitildi.
Xonada og‘ir sukunat hukm surardi. Jimin yotog‘ida yotgancha shiftga tikilib, yonidagi begonani ko‘z qiri bilan kuzatardi. U bu shifoxonaga bir kunlik oddiy muolaja uchun kelgandi, ammo endi qandaydir notanish odam bilan bir xonada yotishga majbur edi. Bu esa uning asabini battar buzayotgandi.
U chuqur nafas oldi va o‘zini tinchlantirishga harakat qildi, lekin yonidagi odamning beparvoligi unga yoqmadi.
— Men faqat davolanish uchun keldim. Nega aynan shu xonada bo‘lishim kerak? — dedi Jimin, ovozida norozilik ohangi bilan.
Chagiya qog‘ozlarini o‘qishda davom etib, befarq ohangda javob berdi:
— Agar bu sizni qiynasa, shifoxona rahbariyatiga shikoyat qilishingiz mumkin.
Jiminning lablariga istehzoli kulgi yoyildi.
— Bu xonada ortiqcha faqat bitta odam bor.
Chagiya nihoyat qog‘ozlarini bir chetga qo‘yib, unga sovuq nigoh bilan tikildi.
Jimin yostiqqa suyanib, o‘ziga xos kulimsiradi.
— Juda dadil gapirdingiz. Lekin, bilasizmi, men bunday gaplarga qiziqmayman. Ayniqsa, o‘zini o‘ta aqlli deb hisoblaydigan odamlarning fikrlariga.
— Sizni qiziqtirish men uchun muhim emas.
— Shuni tushunganim yaxshi bo‘ldi, chunki men ham sizni muhokama qilishga vaqt sarflamoqchi emasman.
— Chunki sizning borlig‘ingiz asabga tegadi.
— E’tibor bermasangiz bo‘lmaydimi?
— Men har doim ortiqcha narsalarni yo‘q qilish tarafdoriman.
— Ha, ortiqcha narsalarni yo‘q qilish kerak. Balki, sizdan boshlash kerakdir?
Jiminning lablari qattiq qisildi.
Jimin chuqur nafas olib, g‘azabini tiyishga harakat qildi.
— O‘zingizni haddan tashqari aqlli hisoblamaysizmi?
— Yo‘q, men shunchaki haqiqatni aytaman.
— Demak, haqiqat shunchalik ahmoqona bo‘lishi mumkin ekan-da?
— Ahmoqlik degan narsa bitta jihatga bog‘liq: kim uni qanday tushunishiga.
Jiminning ko‘zlari keskin toraydi.
— Eshitishga arzigulik gap ayting, balki quloq solarman.
— Agar tushunish qobiliyatingiz bo‘lsa, ehtimol, shu paytgacha ham tushunib bo‘lgan bo‘lardingiz.
Jimin yostiqqa suyanib, qahr bilan jilmaydi.
— Siz bilan gaplashish befoyda.
— Demak, yutqazganingizni tan oldingiz?
— Men hech qachon yutqazmayman.
— Unda nega shundoq oddiy gapga javob qaytara olmaysiz?
Jimin chuqur nafas olib, unga bir qadam yaqinlashdi.
— Siz ataylab meni asabiylashtiryapsiz, shundaymi?
— Yo‘q. Siz o‘zingizni asabiylashtiryapsiz.
Jimin nigohini yanada sovuq qildi.
— Endi jim bo‘lishingiz mumkinmi?
— Siz meni jim bo‘lishga majbur qila olasizmi?
Ikki tomon ham yutqazishni istamayotgandi. Ularning nigohlari bir-biriga mixlangan, so‘zlari esa oldingidan ham sovuqroq tus olayotgandi.
Shu payt eshik ochildi va hamshira ichkariga kirdi. Ularning keskin qarashlarini ko‘rib, ikki qo‘lini beliga qo‘ydi.
— Yana bitta so‘z eshitsam, ikkovingizni ham xonadan haydab chiqaraman!
Jimin va Chagiya bir zumda sukut saqladi.
Hamshira hafsalasi pir bo‘lib bosh chayqadi.
— Bitta xona ichida o‘zaro til topishish ham bunchalik qiyin bo‘lishini bilmabman.
Xonada esa yana sukunat hukm surdi. Lekin bu safar bu sukunat aytilmagan gaplardan ham og‘ir edi.
Uy ichida tinchlik hukm surardi. Kechki soat 19:00. Arin mehmonxonadagi stol yonida o‘tirib, noutbukiga tikilgancha ishlayotgan edi. Stol ustida chala ichilgan qahva turgan, biroq u buni allaqachon unutgan.
Eshik ochilib, Taehyung ichkariga kirdi. U kurtkasini osib qo‘yib, divanga o‘tirdi. Bir muddat Aringa tikilib turdi, so‘ng gapirdi:
— Dam olish degan narsa yo‘qmi?
Arin noutbukidan ko‘z uzmay, sovuq ohangda javob berdi:
Taehyung kulimsirab, boshini chayqadi.
Shu payt eshik yana ochildi. Bu safar Jin edi. U qandaydir hujjatlarni varaqlayotgancha ichkariga yurdi va Arinning yoniga o‘tirdi.
Jin bosh irg‘adi va hujjatlariga qaytib, ularga ko‘z yugurtira boshladi. Xonada sukunat hukm surdi.
Oradan biroz vaqt o‘tib, eshik yana ochildi. Bu safar Jennie edi. U ichkariga yurib, hammani ko‘zdan kechirdi.
Jin ko‘zini hujjatlaridan uzmay javob berdi:
Jennie qo‘llarini yoniga tashladi.
— Sizlar qachon odamlarday yashashni o‘rganasizlar?
— O‘zing tayyorla, biz yeb beramiz.
Jennie unga zarda bilan tikildi.
— Albatta, chunki men bu uyda faqat oshpazman-da!
Taehyung muzlatkichdan suv oldi.
— Aera borku, u tayyorlab qo‘yadi.
— Ha, u tayyorlaydi, lekin men sizlarni ovqatga o‘tqazmaguncha yemaysizlar!
— Unda o‘zing ham biz bilan birga o‘tir, — dedi Jin.
— Bo‘pti! Lekin yana kimdir ovqat qoldirsa, men sizlarni dushman deb e’lon qilaman!
— Juda qo‘rqinchli tahdid ekan.
Jennie ignali qarab qo‘ydi va oshxonaga o‘tib ketdi.
Shu payt Aera ichkariga chiqib, muloyim ohangda gapirdi:
Arin nihoyat noutbukini yopdi va o‘rnidan turdi.
— Kelinglar, Aera ovora bo‘lib tayyorlagan bo‘lsa, yemay bo‘lmaydi.
Ular ovqatlanish uchun oshxonaga yo‘l olishdi.
Uy tinch edi. Faqat tunning yengil shabadasi derazalarni ohista tebratar, xonadon ichida esa bir xil sokinlik hukm surardi.
Ovqatlanish tugagach, hamma tarqaldi. Arin oshxonada biroz qolib, stol ustini artdi, so‘ng noutbukini olib, xonasiga chiqdi. Unga uy tinch bo‘lgani yoqardi, ayniqsa, shu kechasi nimagadir hamma joy haddan tashqari jim bo‘lib ketgandi.
U xonasida noutbukni ochib, ishiga chog‘lanayotgandi, lekin birdaniga telefoniga xabar keldi. "Jungkook" ismi ekranda porlab turardi.
"Chiq, uying pastidaman. Muhim gap bor."
Arin yelkasini qisdi. "Bu yigit hech qachon tinch yashashga qo‘ymaydi," deb, pidjakini yelkasiga tashlab, pastga tushdi.
Eshikni ochishi bilan sovuq tun va qorong‘ulik uni qarshi oldi. Yo‘lak chetida turgan qora mashina e’tiborini tortdi. Jungkook rulda o‘tirardi. U Arinni ko‘rib, darhol ichkaridan eshikni ochdi.
— O‘tir bu yerda gaplashish yaxshi emas, — dedi u past ovozda.
Arin indamay mashinaga o‘tirdi va eshikni yopdi. Jungkook orqa oynadan atrofga qaradi, so‘ng biroz oldinga siljib, mashinani to‘xtatdi.
— Gapir, — dedi Arin, qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirib.
Jungkook yuzini unga burdi, nigohlari jiddiy edi.
— Dushmanlar harakatlana boshladi. Biz haqimizda juda ko‘p ma’lumot to‘plashgan.
Arin qoshlarini chimirib, unga tikildi.
— Ishonchli manba. So‘nggi operatsiyamiz deyarli fosh bo‘lishiga oz qoldi.
— Ichimizdan kimdir sotayapti, shundaymi?
Arin unga jiddiy nigoh tashladi.
— Bu kimligini aniqlash kerak.
Jungkook boshini qimirlatib, unga tikildi.
— Shu masalada yordam so‘ramoqchiman.
Arin bir lahzaga jim bo‘lib qoldi. Jungkookning nigohlari haddan tashqari jiddiy edi.
— Ishonmasang ham, menga muhtojligingni bilaman, — dedi Arin ko‘zlarini yumib.
— Sensiz bu ishlarni uddalay olmayman.
— Hamma narsani menga tashlab qo‘yaverma, Jungkook.
Jungkook faqat jilmayib qo‘ydi.
Bu paytda esa uy ichida boshqa narsa sodir bo‘layotgandi.
Jennie uxlay olmayotgandi. U shunchaki suv ichish uchun oshxonaga tushmoqchi bo‘lgandi, ammo derazadan tashqariga qaraganida Arinning mashinaga o‘tirayotganini ko‘rib qoldi.
Ko‘zlari katta-katta ochildi. Yuragi shiddat bilan urdi.
"U kim edi??u nega u bilan oʻtiribdi??nega aynan shu mahalda???
Jennie nima qilishini bilmay qoldi. Bir necha soniya o‘tib, qaltiragan qo‘llari bilan eshikni yopdi va qayergadir yurdi. Ongsiz ravishda Taehyungning xonasi oldida to‘xtaganini sezdi.
Ichkarida chiroq yoniq edi. Jennie og‘ir yutindi va eshikni taqillatdi.
Ichkaridan bir lahzalik jimlik eshitildi. Keyin Taehyungning ovozi yangradi:
Jennie eshikni ohista ochib, ichkariga mo‘raladi.
— Men… sizga bir gapni aytishim kerak…
Jennie yuragini hovuchlab, chuqur nafas oldi.
— Arin… u bir yigit bilan mashinada o‘tiribdi…
— Bilmayman… lekin… men xavotirdaman…
Taehyung judayam gʻazablanib ketti va jacetini olib chiqdi ortidan Jennie ham bordi....