Endings
Qishning qahratoni edi derazadan izgirin kirib xona ichidagi havo ham sovuqlashgandi ammo Aerinning yuragida sovuq yo‘q edi u ich ichidan yonardi g‘azab rashk og‘riq hammasi bir biriga aralashib ketgan u stol ustidagi stakanni qo‘liga oldi qo‘llari titrardi ammo bu sovuqdan emas ichidagi olovdan edi
Aerin: jin ursin hammasini kim endi bu a javob ber uni oldiga qiz zotini yaqinlashtirma deganman yo‘qsa o‘lgisi kelayaptimi u
Sochlari to‘zg‘igan uzun qora libosida u haqiqiy dovulga o‘xshardi yordamchisi jim turdi u esa g‘azab bilan stakanni o‘sha tomonga otdi stakan devorga urilib chilparchin bo‘ldi suv polga sochildi lekin Aerin to‘xtamadi
Aerin: jin ursin hammangizni sizni deb qo‘lim yana qonga botadi
Yordamchilarning ko‘zida qo‘rquv paydo bo‘ldi ular bitta narsa bilishardi bugungi tun tinch o‘tmaydi kimdir bu sovuq kechada o‘ladi lekin u kim bo‘lishini hali hech kim bilmasdi
Bularning bari shunchaki rashkdan boshlangan edi Taehyung bugun Aeringa qo‘ng‘iroq qilib bazmga borishini aytgandi Aerin ham unga birga borishni taklif qilgan ammo Taehyung rad etgan u boshqa qiz Reira bilan borishini aytgan shu so‘z Aerin uchun pichoqday yuragiga sanchilgandi
Endi esa qahraton qish kechasi kimningdir muhabbati sovuq emas u qon va rashk bilan yonayotgan olovga aylangan edi
Sovuq tun o‘tgan sayin qor yog‘ardi lekin Aerin uchun bu tun boshqa tunlardan farq qilardi u o‘zicha jim o‘tirar yuzida hech qanday hissiyot yo‘qdek ammo ko‘zlari ichida qorong‘ulik aylanardi u endi faqat bitta narsani o‘ylardi — Reira
Aerin: hammasi oʻzingni aybing bilan boʻldi unga yaqinlashmasliging kerak edi
U kechasi Reiraning manzilini topdi qorong‘u ko‘chada shamol yuziga urilar edi qora plash kiygan Aerin sokin yurib bordi qo‘lida kichik pichoq bor edi u nafasini ushlab har bir qadaminga diqqat bilan qaradi u hech narsadan qo‘rqmasdi uning ichida faqat sovuq g‘azab bor edi
Reira derazadan telefoniga qarab kulib o‘tirgan edi Aerin sekin eshikni ochdi shovqinsiz kirib bordi Reira burilib qarashga ulgurmasdan Aerin qo‘lini cho‘zdi hammasi bir lahzada sodir bo‘ldi jimlik faqat yurak urishi ovozi
Qor yog‘ishda davom etardi lekin qor endi oppoq emas edi qor ustiga qon tomchilardi Aerin orqaga bir qadam tashlab chuqur nafas oldi u endi yengillik his qilardi go‘yo sovuq shamol uning jinoyatini yashirish uchun atay esgan edi
Oradan ikki kun o‘tib Aerin yana o‘sha — muloyim tinch yaxshi qiz qiyofasida Taehyungning oldida paydo bo‘ldi sochlarini to‘g‘rilab tabassum bilan qaradi
Aerin: Taehyung kechagi bazmda bo‘ldingizmi yaxshi o‘tdimi uzr men bora olmadim
Taehyung:Reira kela olmadi hech qisi yoq mayli ishga qaytaylik
U shunday dedi go‘yo hech narsa bo‘lmagandek go‘yo kechasi u boshqa odamga aylangandek emas edi
Ammo Aerinning ichida yana reja tug‘ilayotgan edi devorga osilgan taxtada Taehyung haqida yozilgan qog‘ozlar suratlar telefon raqami jadvali yashirin kameralar joylari hammasi tartibli ilingan edi u har kuni u haqida ma’lumot yig‘ar har kuni u bilan bo‘lish rejasini tuzar edi
Aerin: sen baribir meniki bo‘lasan Taehyung!!!
U oynaga qarab sekin tabassum qildi bu tabassum mehrdan emas edi bu g‘alaba tabassumi edi u o‘zini o‘yin ustasi deb bilardi va bu o‘yinda faqat bitta g‘olib bo‘lardi — Aerin
Tun jim edi Aerin stol oldida o‘tirib daftarini ochdi ichida turli yozuvlar chizilgan sahifalar orasida Taehyungning rasmi ko‘rinib turardi u qo‘lida ruchkani sekin aylantirib o‘ylardi har bir so‘zini ehtiyot bilan yozar go‘yo bu oddiy reja emas balki taqdirni yozayotgandek edi
Aerin: demak birinchi navbatda u meni yana ko‘rishi kerak u men haqimda o‘ylashi kerak
U daftar chetiga katta harflarda yozdi 1 bosqich — ishonch
Aerin o‘zini o‘zgartirishni boshladi yuzidagi sovuqlikni yashirdi sochlarini tartibga soldi kiyinish uslubini ham o‘zgartirdi endi u beg‘ubor ko‘rinardi sokin muloyim va Taehyungga kerakli qizga aylandi
Aerin: ikkinchi bosqich g‘amxo‘rlik uni o‘zimga o‘rgataman u men bilan tinchlikni his qiladi
U har kuni Taehyungni kuzatdi qayerga borishini kim bilan gaplashishini yozib bordi daftarining orqa betida jadval tuzdi vaqtlar manzillar qo‘shimcha eslatmalar bilan to‘ldirdi hatto Taehyungning eng sevimli ichimligidan tortib eng yoqtirmaydigan rangigacha yozilgan edi
Aerin: uchinchi bosqich raqiblarni yo‘q qilish endi mendan boshqa hech kim yo‘q kimdir bolsa umrining oxrig kuni boladi bunga kafolat beraman!?
Bu joyda u Reiraning ustiga chizilgan suratni ko‘rdi so‘ng sekin jilmaydi qo‘lida ruchkani aylantirib davom etdi
Aerin: to‘rtinchi bosqich sevgiga majbur qilish u meni yo‘qotishdan qo‘rqsin u faqat meni his qilsin faqat meni desin!!
U shunday deb yozdi va sekin oynaga qaradi o‘zini ko‘rdi ammo bu yuz endi eski Aerin emasdi bu yuzda tinchlik yo‘q edi bu yuzda ehtiros bilan aralashgan aqldan ozish yaltirardi
U sekin labini tishlab pichirladi
Aerin: oxirgi bosqich u menik bo‘ladi hatto bu dunyo yonib ketayotgan bo‘lsa ham
So‘ng stol ustidagi fonini ko‘tardi ekranda Taehyungning rasmi yaltirab turardi u barmog‘ini ekran ustida yuritdi go‘yo uni silayotgandek go‘yo u allaqachon uning yonidadek edi
Aerin: Taehyung sen menikisan allaqachon!!
Kompaniyada odatdagi kun edi. Ishchilar yugurib yurishardi, hujjatlar shitirlar, kofe hididan havo to‘lib ketgandi. Ammo Aerin uchun bu joy har kuni yangi sahifa edi u uchun bu joy Taehyungning dunyosi edi. U shunchaki hamkasb emas, u stalker edi
U har kuni ertalab Taehyungdan avval kelardi, shunchaki u o‘tiradigan joyni ko‘rish uchun. U Taehyungning kofe qaysi burchakdagi apparatdan olinganini, qachon laptopini ochishini, kim bilan gaplashishini bilardi. Hatto Taehyungning jim o‘tirgan paytlarida qanday nafas olayotganini ham sezadigan bo‘lib qolgan edi.
Aerin: u bugun ham kuldi demak kechasi tinch uxlagan men bilaman chunki u kulganda ko‘zining chekkasidagi chiziq bir millimetrga ko‘proq chiqadi
Shunday deya o‘z daftariga yozib qo‘ydi. U bu yozuvlardan yangi reja tuzardi har kuni, har daqiqa.
Ammo bu safar hammasi o‘zgardi. Chunki Aerin endi yolg‘iz kuzatmayotgandi.
O‘sha kuni tushlik payti Taehyung do‘sti Suga bilan kulishib kompaniya yo‘lagida yurib ketayotgan edi. Aerin ularni uzoqdan, devor soyasidan kuzatardi. Suga esa kulib turgan paytda bir lahza boshini burdi ko‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Aeringa tushdi.
Uning nigohi sovuq va o‘tkir edi. Shunchaki bir qarash emas bu “men seni ko‘rdim” degan qarash edi.
Aerin beixtiyor orqasiga o‘girildi, yuragi bir zum to‘xtagandek bo‘ldi. U avval bunday sezilmagan edi. Bu safar kimdir uni kuzatayotgandek tuyuldi.
Aerin: yo‘q bu mumkin emas men juda ehtiyotkorlik bilan kuzataman hech kim bilmaydi hech kim
Ammo yuragining tubida bir xavotir uyg‘ondi. U Suga tomon yana qaradi, ammo u allaqachon Taehyung bilan gaplashib ketgan edi.
Shu kundan boshlab Aerin har bir harakatini yanada ehtiyot bilan bajarishga majbur bo‘ldi. Lekin har gal Taehyungni ko‘rsa, bir necha qadam narida turgan Suga unga shubhali nigoh bilan qarab turardi.
Bir kuni ish tugaganda Aerin lift oldida turdi. Lift eshigi ochilganda ichkarida faqat Suga bor edi. U jilmaydi, lekin bu jilmayishda iliqlik yo‘q edi.
Suga: kechasi ham shunday jim kuzatasizmi yo faqat ish vaqtidami
Aerin bir zumda qotib qoldi. Yuragi qattiq urar, ammo yuzida sovuqlikni saqladi.
Aerin: nima demoqchisiz men sizni tushunmadim
Suga: ha tushunmaysiz lekin men tushundim sizni
U shunday deb lift eshigini yopdi. Lift ko‘tarilib ketayotganda Aerin oynadan Suganing aksiga qaradi u endi o‘zi bilan o‘ynayotganini sezdi.
Endi bu kuzatuv o‘yini ikki tarafli edi. Aerin Taehyungni kuzatardi, lekin endi Suga Aerinni kuzatayotgan edi.
Kech tushgan, kompaniya bo‘shagan payt edi. Derazadan shahar chiroqlari ko‘rinardi, ularning akslari Aerin o‘tirgan stol ustida o‘ynab turardi. U daftarini ochdi, so‘ng ruchkani sekin aylantirib, yangi sahifa ochdi.
U har doim rejalarini jimlikda yozardi — yuragidagi g‘azabni qog‘oz bilardi, shuning uchun u so‘zsiz, lekin aniq yozardi.
Sahifaning yuqori qismida yangi sarlavha paydo bo‘ldi:
“SUGA – TO‘SIB TURGAN INSON”
Aerin: u menga to‘sqinlik qilyapti u meni ko‘rdi endi u jim bo‘lmasa men Taehyungni yo‘qotaman demak u yo‘q bo‘lishi kerak
U shunday deb pastga yozdi: “Yo‘qotish – bu eng toza yo‘l.”
U Suganing harakatlarini o‘rganishga kirishdi. Qayerda yashaydi, qachon ish tugatadi, qaysi yo‘ldan uyiga qaytadi — hammasi jadvalga joylashtirildi. Har bir satr yonida belgi: “Kuzatildi.”
Ammo Suga ham oddiy odam emas edi. U ilgari ham odamlarning sirini topishda ustasi farang edi. Aerin uni kuzatayotganini u allaqachon bilardi.
Bir kecha Aerin binodan chiqib, yo‘lakdagi qorong‘ulikda to‘xtadi. Suganing mashinasi parkovkada turardi, o‘rindiqda hujjatlar qutisi, telefon va bitta qora sumka. Aerin sekin mashina tomon bordi, qo‘lida kichik temir qulfni ochish moslamasi bor edi.
Ammo eshik ochilishi bilan orqadan bir ovoz eshitildi:
Suga: bu safar meni kuzatibgina qo‘ymadingiz shekilli
Aerin sekin burildi. Suga u yerda edi — sokin, lekin nigohi o‘tkir. U yonidagi mashina farasining nuri Aerin yuzini yoritdi.
Aerin: siz menga halaqit berayapsiz siz aralashmasangiz edi bularning bari tugagan bo‘lardi
Suga: men faqat bitta narsani bilmoqchiman siz nega Taehyungga bunchalik bog‘lanib qoldingiz
Aerin bir zum jim qoldi, so‘ng sekin jilmaydi. Bu jilmayish sovuq edi.
Aerin: chunki u meniki bo‘lishi kerak u mening yorug‘ligim va siz soyasiz Suga soyalar yo‘qoladi
Suga unga bir qadam yaqinlashdi.
Suga: demak siz meni yo‘qotmoqchisiz lekin unutmang men sizni siz o‘ylagandan ko‘proq bilaman Aerin sizning daftarlaringizni ham o‘qidim sizning rejangiz men uchun sir emas
Aerinning ko‘zlari kattalashdi. U bir zumda hamma narsani anglab yetdi. Suga uni allaqachon oldindan bilgan.
Aerin: demak o‘yin endi boshlanadi
Suga: yo‘q Aerin bu o‘yin allaqachon boshlangan
Shu payt qorong‘ulikda shamol esdi. Ko‘chada faqat ularning soyasi harakatlanar, ikkalasi ham jim turar edi. Endi bu o‘yin sevgi yoki rashk haqida emas edi bu yashash o‘yin edi
Kechasi kompaniya binosi jimjit edi. Faqat kompyuterlar chirog‘i hali o‘chmagan bitta xona — Aerin va Suganing “so‘zsiz o‘yini” boshlanadigan joy edi.
Bular oddiy odamlar emas edi. Ular har ikkisi ham o‘yinchi, lekin o‘yin – hayot va o‘lim o‘yini edi. Har biri boshqasini sinab, qo‘rqitib, tizzasiga cho‘ktirib, o‘zini ustun ko‘rsatmoqchi edi.
Ertalab Aerin ishga kirib keldi. Har doimgidek, qora uzun libosda, sochlari ozgina to‘zg‘igan, lablarida mayin tabassum. U stoliga yaqinlashdi — lekin to‘satdan to‘xtab qoldi. Stol ustida oq konvert yotar edi.
Ichida faqat bitta narsa — uning o‘zi Taehyungni kuzatayotgani tushirilgan rasm. Orqasida esa qora siyoh bilan yozilgan so‘zlar:
“Ko‘zlaringni yashira olmaysan. S.”
Aerin tabassum qildi. U hayron emasdi.
Aerin: demak o‘yin boshlangan.
Shu kecha u ham javob berdi. Suganing ish joyiga qo‘l bilan yozilgan kichik qog‘oz qoldirdi:
“Har bir kuzatuvchining ham orqasida kimdir turadi. Ko‘rishguncha, S.”
Suga uni o‘qib kuldi. U endi bu o‘yinni zavq bilan davom ettirardi.
Bir necha kun o‘tdi. Aerin kechqurun kompaniyada yolg‘iz qoldi. Ofis qorong‘u, faqat printer ishlayotgan tovush eshitiladi. To‘satdan printerdan bir nechta varaqlar chiqdi. Aerin ularni oldi — u yerda uning pasport nusxasi, yashash manzili, tibbiy ma’lumotlari, hatto psixolog ko‘rigidan o‘tgan yozuvlari bor edi.
Oxirgi varaqqa esa Suga yozgan edi:
“Men seni o‘qiyapman, Aerin. Har bir nafas, har bir yurak urishini.”
Aerin bu safar jim qolmadi. U Suganing mashinasiga chip joylashtirdi, kompyuterini buzib kirib, barcha shaxsiy fayllarini o‘g‘irladi. Keyin esa kechasi Suganing ofis stolidan turgan stuliga kichik ignalar yopishtirib chiqdi. Ertasi kuni Suga o‘tirganida ignalar terisini kesdi, u ozgina qon ketganini sezdi — lekin hech nima demadi, faqat tabassum qildi.
U esa kechasi Aeringa email yubordi:
“Og‘riqni his qildingmi? Meniki faqat boshlanish edi.”
O‘yin tobora qorayib borardi.
Har bir kun yangi zarba bilan tugardi.
Aerin bir kuni Suganing xonasiga kirib, uning xushbo‘y atirini Taehyungning kreslosiga sepdi — Taehyung buni bilmasa ham, Suga bilardi. U o‘sha zahoti Aeringa qarab dedi:
— Demak, sen uni hid orqali ham o‘zingnikiga aylantirmoqchisan, to‘g‘rimi?
Aerin yaqinlashib, sekin javob berdi:
Aerin: men uni allaqachon o‘ziniki qilganman faqat u buni bilmaydi
Suga esa kulib qo‘ydi:
— Balki sen bilmayotgandirsan, men esa allaqachon seni o‘qib chiqdim
Aerin Sugaga olovli nigohda qaradi va chiqib ketdi
Kechasi shahar qorong‘u, yo‘llar muzlab ketgan, faqat uzoqdan kompaniya binosining oynalarida chiroq yaltirardi. O‘sha binoda Aerin va Suga — ikki aql, ikki yirtqich — navbatdagi o‘yinini boshlashga tayyor edi.
Bu safar Aerin har doimgidek kuzatuvchi emasdi. U reja tuzgan edi.
U Sugani yo‘qotmoqchi, lekin shunchaki o‘ldirmasdan — uni o‘z o‘yini ichida yo‘qotmoqchi edi.
Aerin Suga uchun yolg‘on “chaqiriq” yubordi. Go‘yoki Taehyung tunda ofisda qolgan, muhim hujjatlarni olib chiqmoqchi. Suga, tabiiyki, bu xabardan darrov shubhalandi — ammo qiziqish g‘alaba qildi. U keldi.
Aerin esa qorong‘u ofisning orqa xonasida yashirinib turardi. Butun xona kameralar bilan to‘ldirilgan, monitorlar uning qo‘lida edi. U har bir qadamni, har bir harakatni ko‘rib turdi.
Aerin (pichirlab): kirding, Suga... endi chiqolmaysan.
Ammo Suga ham anoyi emasdi. U kirgan zahoti shubhalandi. Qadam tovushini ataylab sekinlashtirdi, devorlar bo‘ylab yurdi. U sezdi — kimdir uni kuzatayapti.
U sekin stolga yaqinlashdi va pastda yashiringan mikrofonni topdi.
Kulimsiradi.
Suga: demak, sen o‘ynayapsan, Aerin... bo‘ldi, endi mening navbatim.
U kamerani ko‘rdi va unga qarab salom berdi. So‘ng mobil telefonini chiqarib, bir tugmani bosdi — shunda butun ofisdagi elektr o‘chdi. Monitorlar qoraydi. Aerin bir soniyaga jim bo‘lib qoldi.
Qorong‘ida yurak urishi eshitilardi.
U asta telefon chirog‘ini yoqdi, lekin Suga endi yo‘q edi.
To‘satdan orqadan ovoz chiqdi.
— Men senga aytgandim, har bir o‘yin ikki tomonlama bo‘ladi, — dedi Suga, uning qulog‘i tagida.
Aerin o‘girilib, orqaga tisarildi. Ammo yuzidagi ifoda qo‘rquv emas, hayajon edi.
Aerin: demak, sen ham o‘yinchi. yaxshi. unda o‘yin tugamagan.
U shu so‘zlarni aytgach, devordagi yashirin tugmani bosdi — pastdan tutun chiqdi. Xona ichini oq tuman qopladi, nafas olish qiyinlashdi. Suga tezda orqaga chekindi, lekin ko‘zlari achishganiga qaramay, kulib qo‘ydi.
Suga: sen meni tutolmaysan, Aerin. men sendan oldinman.
Ammo u chiqib ketgach, orqasida Aerinning ovozi eshitildi, xuddi devor orasidan:
Aerin: balki shunchaki senga shunday tuyulayotgandir, Suga. har bir qadamda men senga yaqinman. sen nafas olayotgan havoda ham menman.