COME AND FIND ME
—Unitilgan xotiralar emas kechirilgan hafagarchiliklar yurakka taskin beradi.....)
Tungi shahar chiroqlari xira porlab turardi. Yomg‘ir mayin yog‘ar, asfalt yo‘laklar esa shudringdek jilvalanardi. Fiora oyoqlari og‘ir qadamlar bilan uyiga qaytayotganda, yuragi dahshatli og‘riqdan siqilib borardi. Qo‘llari titrar, butun vujudi esa charchoq va umidsizlik bilan qoplangan edi.
Buvisi...Uning dunyodagi yagona tayanchi. Endi esa kasalxonada yotibdi. Og‘ir kasal. Tez orada operatsiya qilinmasa, u hayotdan ko‘z yumishi mumkin. Biroq buning uchun katta miqdorda pul kerak.
Fiora har yerga bordi. Har bir eshikni taqillatdi. Do‘stlari, tanishlari, hatto undan nafratlanadigan odamlardan ham yordam so‘radi. Ammo hech kim unga qo‘l cho‘zishni istamadi.
Va endi... oxirgi chorasi qoldi.
Uning yuragi bu ismni eshitishi bilan g‘azab va iztirobga to‘ldi. Jiminga borishi eng yomon tanlov edi. Chunki u ketgan, Fiorani ko‘rishga ham chiday olmas edi.
Kechki soat o‘n ikki. Jiminning uyi.
Fiora yuragini tosh qilib, eshik oldida turardi. Yuragi gupillab urardi. Barmoqlari titrar, qo‘ng‘iroq tugmachasini bosishga botinolmasdi. U ichkarida qanday qarshilik kutayotganini bilardi.
Nihoyat, chuqur nafas oldi va eshikni taqillatdi.
Ichkarida harakat eshitildi. Bir necha soniyadan so‘ng eshik ochildi va u yerda... Jimin turardi.
Uning nigohlari sovuq edi. Qoshlarini bir oz chimirib, qarshisida turgan Fiorani ko‘rib, yuzida kinoya bilan jilmaydi.
— Sen?.. — ovozi loqayd chiqdi.
Fiora tilini tishladi, so‘ng lablarini qattiq qisib, ko‘zlarini Jiminning nigohidan qochirmay gapirdi:
— Sen bilan gaplashishim kerak.
Jimin qo‘lini eshikka tirab, biroz boshini qiyshaytirdi.
— Yana qanday yolg‘on bilan kelding? — kinoya bilan so‘radi u.
Fiora yuragini tishlab, nafas oldi.
— Men... mendan nima o‘ylasang ham mayli, lekin bu safar yolg‘on emas. Iltimos, meni ichkariga qo‘y.
Jimin uni biroz kuzatdi. Keyin esa og‘ir nafas olib, yo‘l bo‘shatdi.
— Ichkariga kir, — dedi sovuq ovozda.
Fiora shoshilib ichkariga kirdi. Yuragi qattiq urardi. Chunki u bilar edi… bu suhbat hayotidagi eng qiyin suhbat bo‘ladi.
Fiora ichkariga qadam qo‘ydi. Xona o‘zgarmagan edi—ehtiyotkorlik bilan bezatilgan, tartibli va sovuq. Xuddi egasining yuragi kabi.
Jimin eshikni yopdi va sekin yurib, divanga o‘tirdi. Uning harakati xotirjam va loqayd edi, go‘yo tun yarmida sobiq sevgilisi kelgani hech qanday ahamiyatga ega emasdek.
— Xo‘sh, gapir, — dedi u shunchaki.
Fiora ko‘zlarini yumib, ichida o‘zini tayyorladi. Boshqa iloji yo‘q edi. G‘urur, o‘tmish, hammasini unutib, faqat bir narsa haqida o‘ylashi kerak edi—buvisi
— Menga pul kerak ammo qaytaraman lekin hozir ilojim yoq— ovozi past va titragan chiqdi.
— Albatta. Yana nima bo‘lishi mumkin edi? Senda boshqa hech narsa qolmadi-ku mendan so‘rashga.
Fiora tishlarini tishlariga bosdi. Uning gaplari og‘riqli edi, lekin u bunga tayyor edi.
— buvim og‘ir kasal. Unga operatsiya kerak. Agar shu pulni topa olmasam… u o‘ladi.
Jimin jilmayishini to‘xtatdi. Bir lahzaga sukut cho‘kdi.
— Va sen menga kelding? — ohangida kinoya bor edi. — Barcha tanishlaring, do‘stlaring, hatto o‘sha mehmonxonada birga bo‘lgan erkak ham senga yordam bera olmadi, shundaymi?
Fiora boshini ko‘tardi va unga tik boqdi.
— O‘sha kuni men hech kim bilan bo‘lmaganman!
— Yetar! — u stoldan qattiq ushlab, ovozini ko‘tardi. Ko‘zlarida g‘azab chaqnadi. — Sen meni ahmoq deb o‘ylaysanmi? Ko‘zim bilan ko‘rgan narsaga ishonmay, senga ishonaymi?
— Menga baribir, — Jimin sovuq ohangda davom etdi. — Agar sen menga keragim yo‘qligini isbotlab ketgan bo‘lsang, hozir nega mendan narsa so‘rayapsan?
— Chunki mendan boshqa iloj qolmadi.
Jimin unga sinchkovlik bilan qaradi. Uning nigohida hamon g‘azab bor edi, lekin shu bilan birga qiziqish ham. Fiora o‘zini pastga urib kelgan edi, bu undan kutmagan narsa edi.
— Yaxshi, — dedi Jimin oxiri. — Pul olishing mumkin.
Jimin oldinga engashib, ohista jilmaydi.
— Ha... Lekin bitta shartim bor.
Fiora yuragi qattiq urib ketdi. Bu unga yoqmayotgan edi.
Jimin stoldan kalitni oldi va uni barmoqlari orasida aylantirdi. So‘ng, nigohlarini Fioraga qadab, sekin gapirdi:
— Meni tark etganingdan beri qanchalik pastga tushganingni ko‘rdim. Endi shuni isbotlash vaqti keldi. Menda bir hafta yashaysan. Men nima desam, shuni qilasan.
Fiora dahshat ichida unga tikildi.
Jimin o‘rnidan turdi va unga yaqinlashdi. Uning ko‘zlarida qorong‘ilik jilvalanardi.
— To‘g‘ri tushunding. Bir hafta,Agar rozilik bermasang… chiqib ket.
Fiora qaltiragancha unga qaradi. Boshqa iloji yo‘q edi.
— Yaxshi, — pichirladi u. — Men rozi.
--Buvimni oldiga borishim kerak…
Jiminning jilmayishi sekin so‘ndi.
— Yo‘q! — Fiora bir qadam oldinga tashladi. — Men shartingga rozi bo‘ldim, lekin hozir buvimning yoniga borishim kerak!
Jimin xotirjam turardi, lekin uning sovuq nigohlari keskin edi.
— Sen mendan pul so‘raganingda, bu uyni tark etayotganingni anglatmaydi, — dedi u sokin, lekin og‘ir ohangda. — Endi sen shu yerda yashaysan.
Fiora jahli chiqqancha boshini chayqadi.
— Jimin, men seni oldingga nima sababdan kelganimni tushuntirdim-ku! Pul kerak, lekin men buvimdan voz kechmoqchi emasman!
Jimin unga yaqinlashib, qo‘lini lablariga qo‘ydi.
— Ovozini pasaytir, Fiora. Men hozircha sening qichqirishingni eshitgim yo‘q.
Fiora unga qattiq tikildi. Yuragi g‘azab va qo‘rquv orasida urardi.
— Menga faqat shu bir kecha kerak, — deya iltijo qildi u. — Ertalab baribir qaytib kelaman.
Jimin bir lahzaga sukut saqladi. Keyin yon cho‘ntagidan chekilgan sigaret qoldig‘ini olib, stolga tashladi.
Fiora ko‘zlariga ishonmay unga tikildi.
— Ha, lekin ertalab soat 9:00 da shu yerda bo‘lasan. Agar bir daqiqa kechiksang,buving uchun mablag‘ berish fikrimdan qaytaman.
— Yaxshi… Men ertalab qaytaman.
Jimindan boshqa iloji yo‘qligini bilardi. Endi hech bo‘lmaganda buvisini oxirgi marta ko‘rib, unga hammasi yaxshi bo‘lishiga ishontirishi kerak edi.
Fiora shoshib eshik tomon yo‘naldi. Ammo ketayotib yuragining tub-tubida bir narsa unga tinchlik bermayotgandi.
Nega Jimin uni bu qadar qattiq nazorat qilmoqchi?
Nega u hali ham Fiorani o‘z dunyosida tutib turishni xohlayapti?
Lekin hozircha bu savollarning ahamiyati yo‘q edi. U faqat buvisining yoniga borishi kerak.
Fiora shifoxona koridorida shoshilinch yurib, buvisining xonasiga yetib keldi. Yuragi qattiq urardi—bir tomondan, Jimin bilan bo‘lgan kelishuv unga tinchlik bermayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, buvisining ahvoli haqida yomon xabar eshitishdan qo‘rqardi.
Xonada deraza yonida oq choyshab bilan o‘ralgan bemor to‘shagi turardi. Uning ustida esa yoshi ulug‘, ammo ko‘zlari mehr bilan porlab turgan buvisi yotardi. Yurak urishidan charchagan, ammo hamon nabirasiga mehr bilan qarayotgan ko‘zlar.
— Qizim, — deya sekin jilmaydi u.
Fiora uning yoniga o‘tirdi, qo‘lidan ushladi.
— Buvi, o‘zingizni qanday his qilyapsiz?
— Shifokorlar hammasi yaxshi bo‘ladi deyishdi… Lekin baribir… bilaman…
— Yo‘q, unday demang! Operatsiya uchun pul topaman, siz albatta sog‘ayib ketasiz!
Buvisi uning qo‘lini ohista siqdi.
— Qizim, shuncha yildan beri seni tarbiyaladim. Bilaman, nimadir bo‘lyapti. Ko‘zlaring yolg‘on gapiryapti.
— Men… men hammasini yo‘lga qo‘yaman, buvi. Faqat biroz vaqt kerak.
Buvisi unga chuqur nigoh tashladi.
— Bu vaqt senga qanchaga tushadi, bolam?
Fiora hech narsa deya olmadi. Bu gap yuragiga pichoqdek sanchildi. Chunki u javobni bilardi—o‘z g‘ururi, qadr-qimmati va ozodligi evaziga…
— Har qanday yo‘l bilan topilgan pul har doim ham yaxshilik olib kelmaydi, qizim.
Fiora ko‘zlaridagi yoshni yashirish uchun boshini egdi.
— Men buni bilaman, buvi. Lekin siz menga kerak…
— Unda, qizim… o‘zingni yo‘qotma.
Fiora ichida nimalardir sinayotganini his qilib, buvisining qo‘lini qattiqroq ushladi.
Fiora shifoxonadan chiqqach, to‘g‘ri uyi tomon emas, balki Jiminning uyiga qarab yurdi. Har bir qadam unga og‘ir tuyulardi, xuddi oyoqlariga zanjir bog‘langandek. Qalbida ikkita narsa olishardi—buvisi uchun hammasiga chidashga tayyorlik va o‘zini yo‘qotishdan qo‘rquv.
U eshik oldida to‘xtadi. Yuragi tez urib ketdi. Nafasini rostlab, eshikni taqillatdi.
Bir necha soniya o‘tgach, eshik ochildi va Jiminning jiddiy chehrasi ko‘rindi.
— Qaytdingmi? — dedi u sovuqqonlik bilan.
Jimin uni ichkariga o‘tishga ishora qildi. Fiora ichkariga kirishi bilan eshik sharaqlab yopildi. Ichkarida faqat ularning tovushlari eshitilardi.
Jimin qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib, unga tikildi.
— Demak, men bilan bir hafta yashashga rozi bo‘lding?
Fiora ichki titroqni bosish uchun lablarini mahkam qisdi.
— Ha, — deya past ovozda javob berdi.
— Qanchalik ishonch bilan aytding… Go‘yo o‘z taqdiringni men emas, sen belgilayotgandek.
— Sen nimani xohlasang, shuni olishingni istayapsan. Mendan g‘ururimni olib, meni sindirishni. Shunday emasmi?
Jimin asta yaqinlashdi. Uning nafasini his qilish mumkin edi.
— Yo‘q, Fiora, — past ovozda shivirladi u. — Men faqat seni pastga tushganingni o‘zim ko‘rmoqchiman.
Fiora nigohini chetga burdi. Bu o‘yindan qochishning iloji yo‘q edi.
Jimin barmoqlari bilan uning iyagini tutdi va yuzini o‘ziga qaratdi.
— Birinchi qoidani unutma, — dedi u mayin, ammo xavfli ovozda. — Bu uydagi yagona xo‘jayin menman.
Fiora uning qo‘lidan chiqib ketdi, lekin hech narsa demadi. Chunki endi ortga yo‘l yo‘q edi.
—yaxshisi yur xonangni koʻrsataman
Ular bir xonaga yetib kelishdi
Fiora og‘ir qadamlar bilan ichkariga kirdi. Bu xona juda keng, ammo sovuq edi. U yotoqxonaga emas, qamoqxona kamerasiga o‘xshardi.
Jimin eshikni yopdi va sekin uning oldiga yaqinlashdi.
— Yana bir narsani tushunib ol, Fiora, — dedi u past ovozda. — Men seni bu yerga sevganimdan chaqirganim yo‘q.
— Bilaman… Faqat menga tegmasang bas.
Jimin uni eshitib kulib yubordi. Uning kulgusi qanchalik keskin va istehzoli bo‘lsa, Fioraning yuragi shunchalik ezilardi.
— Sen o‘zingni kim deb o‘ylayapsan? — dedi Jimin uning ko‘zlariga tik boqib. — Sendek isqirt foxishaga tekkandan ko‘ra, o‘lganim yaxshi.
Fiora nafasi ichiga tushib ketdi. U Jimin unga nafrat bilan qarayotganini his qilardi. Uning butun istagi shunchaki Fiorani qiynash, uni xiyonati uchun jazolash edi.
— Nega bunday qilyapsan? — deya shivirladi u.
— Men senga hiyonat qilmaganman…
— Yetar! — Jiminning ovozi butun xonani qamrab oldi. U birdan stolga zarb bilan urdi. — Sendan boshqa hech kim o‘sha mehmonxonada, o‘sha holatda o‘tirmagan! Nima deb o‘zingni oqlashga harakat qilyapsan?!
Fiora jim bo‘lib qoldi. Bu narsani Jiminga ayta olmaydi shu narsa uni yuragini siqar edi
Jimin uning jimligidan zavq olib, jilmaydi.
— Men seni butkul sindiraman, Fiora. Seni xuddi o‘sha kuni meni sindirganingdek…
Fiora shunchaki qattiq yutindi.
Bu joy endi uning qafasiga aylangan edi.
Xonada sukunat cho‘kdi. Jiminning qahrli nigohi, Fioraning yurakni ezuvchi g‘azabi—hammasi bir lahzada muzlab qolgandek bo‘ldi.
Fioraning sumkasidagi telefon vibratsiya qildi. U shoshib, dast ko‘tarib qaradi. Ekranda kasalxona raqami porlab turardi.
Yuragi gupillab urdi. Nafas olishi qiyinlashdi.
— Alo? — deya shoshilinch javob berdi u.
Taniqli hamshiraning mayin, ammo og‘ir nafas olishi eshitildi.
— Fiora… men seni baxtsiz qilish uchun emas, balki bilishing kerak bo‘lgani uchun aytayapman…
— Nima gap? — Fiora hansiragancha so‘radi.
— Buving… — hamshira chuqur nafas oldi. — U hozirgina vafot etdi.
Fiora bir necha soniya hech narsa demadi. Jiminning nigohi undan ketmasdi, lekin hozir bu nigoh Fiora uchun yo‘q edi. Xonadagi harorat birdan tushgandek, nafas olish tobora og‘irlashardi.
— Yo‘q… — pichirladi u. — Bu yolg‘on…
— Biz qo‘ldan kelgan hamma narsani qildik, — dedi hamshira. Uning ovozida ham tasalli, ham armon bor edi.
— Yo‘q! — Fioraning qattiq faryodi butun uyni larzaga soldi.
Telefon uning qo‘lidan tushib ketdi va jimirlab yonib-o‘chdi.
— Yo‘q… bu bo‘lishi mumkin emas… — u titragancha o‘zidan so‘z chiqardi.
Jiminning nigohi o‘zgardi. U oldinga yurdi, lekin Fiora ortga chekinib, devorga suyanib qoldi.
— Men… men hozir boraman… men… uni ko‘rishim kerak… — u pichirladi.
Jiminning yuzi ifodasiz edi, lekin uning harakatlarida bir lahzalik yumshoqlik sezildi.
— Menga tegma! — Fiora baqirdi. U shunchalik qattiq baqirdiki, ovozi titradi. — Yo‘limdan qoch
U titragancha eshikka qarab yurdiyu, lekin oyoqlari bo‘shashib, yiqilib ketdi. Yig‘idan ko‘zi hech narsani ko‘rmas, boshi shunchalik og‘rir ediki, hatto nafas olishi ham qiyinlashdi.
Jimin hech narsa demadi. U shunchaki tik turardi. Avvalgidek sovuq va beg‘am.
Lekin ichida nimadir qarsillab sinayotganini his qilardi.
Jimin mashinaning old o‘rindig‘iga o‘tirdi va dvigatelni ishga tushirdi. Fiora esa qattiq titragancha orqa o‘rindiqqa joylashdi. Yuragi gupillab urayotgan edi. Nafas olish ham qiyinlashgandi.
— Agarda o‘zingni boshqara olmasang, qaytib ket.
Fiora boshini qattiq chayqadi. Ovozi chiqmay, faqat lablari titradi:
Mashina shiddat bilan yo‘lga tushdi. Ular shifoxonaga yetib kelganlarida, Fiora bir daqiqa ham kutib o‘tirmay, eshikni ochdi va yugurib ketdi. Ko‘z oldi qorong‘ulashib, yuragi azob bilan siqilayotganini his qilardi.
U shifoxonaga kirib borganda, oldidan oq xalatli shifokor chiqdi.
— Ha… men… men buvimni ko‘rishim kerak…
Shifokorning yuzi afsus va og‘riq bilan burishdi.
— Men tushunaman, lekin… u endi…
— Yo‘q! — Fiora orqaga tisarilib, boshini qattiq chayqadi. — Yo‘q! Bu yolg‘on! U hali tirik!
Shifokor unga yumshoq ohangda gapirdi:
— Biz ham qo‘limizdan kelganini qildik, lekin… yuragi bardosh bera olmadi…
Fiora qo‘llarini yuziga bosdi. Butun vujudi titrayotgan edi.
Shifokor chuqur xo‘rsindi va yo‘l ko‘rsatdi. Fiora zo‘rg‘a qadam tashladi. Qulog‘ida faqat yuragining gumburlashi eshitilar, atrofida esa hamma narsa xiralashib borardi.
U xona oldida to‘xtadi. Qo‘llari muzlab ketgan edi. Nafas olishga qiynaldi. Shifokor eshikni ochdi.
Fiora asta ichkariga qadam qo‘ydi.
To‘shakda yotgan oppoq matoga o‘ralgan tanani ko‘rdi…
Ko‘zlarini katta ochdi. U hech qachon buvisini bunday holda ko‘rishni tasavvur ham qilmagandi.
U titragancha oldinga intildi, lekin tizzalari kuchsizlanib, polga yiqildi.
Jiminning qadamlari eshitildi. U eshik oldida turib, hech narsa demasdi.
Fiora esa polga cho‘kkalab, qo‘llarini yuziga bosgancha qattiq baqirib yubordi.
Bu faryod devorlarni titratdi. Ichida yig‘lab turgan barcha og‘riq, barcha dard shu qichqiriq bilan tashqariga chiqdi.
Jiminning nigohi hech qanday o‘zgarishsiz qoldi.
Fiora yerda qaltiragancha o‘tirardi. Nafas olishni ham unutgandek edi. Oyoqlari kuchsiz, tanasi sovuq, yuragi esa sinib ketayotgandek edi.
— Yo‘q… bu yolg‘on… — u pichirladi.
Ko‘z oldi qorayib, butun dunyo xiralanib borayotganday edi. Keyin u birdaniga portlagandek baqirib yubordi:
U to‘satdan o‘rnidan turdi va stol ustida turgan narsalarni yerga uloqtirdi. Idishlar chil-chil sinib, polga sochildi.
Shifokorlar unga yaqinlashmoqchi bo‘ldi, lekin u qo‘llarini silkitib, ularni chetga surdi.
Ko‘zlaridan yoshlar daryo bo‘lib oqardi. Nafasi ichiga sig‘may, og‘zi orqali o‘kirib yig‘lay boshladi. U shunchalik qattiq yig‘lardiki, hatto ovozi titrab, ba’zan butunlay chiqmay qolardi.
— Buvi… iltimos, ko‘zingizni oching… — u buvisining qo‘lini qattiq ushlab, titragancha pichirladi. — Iltimos… meni tashlab ketmang… men… men yolg‘iz qolaman…
Jimin uni kuzatib turardi.
.
Fiora esa asta-sekin o‘zidan ketib borardi.
— Hamma meni tashlab ketayapti… — u g‘o‘ldiradi. So‘ng yana qattiq qichqirdi. — Nega?! NEGA HAMMASI SHUNDAY BO‘LAYAPTI?!
U qo‘llari bilan sochini tortdi. Yerdagi siniq shishalar ustiga tiz cho‘kdi, lekin bu og‘riqni his ham qilmadi.
Jimin indamay kuzatishda davom etdi.
Shifokor Fioraning yoniga kelib, unga tinchlantiruvchi ukol qilishga harakat qildi. Lekin Fiora yana qichqirdi:
U o‘rnidan turib, xonadan chiqib yugurdi. Yuragi ichida nimadir parcha-parcha bo‘layotganini his qilardi. Nafas olishi qiyinlashib, ko‘rgan narsasi xiralashib borardi.
Shifoxona koridorida bor ovozi bilan baqirib, titrab yig‘lardi. Hamma unga qarardi.
U esa allaqachon hech narsani sezmay qo‘ygandi.
Chunki Fiora endi sinib bo‘lgandi.
Jimin deraza yonida turgancha Fiorani kuzatardi. U titrab, butunlay sinib, shifoxona koridorida baqirib yig‘layotgandi. Uning qichqirig‘i hatto yurakka o‘qday botardi.
Boshqa odamlar qo‘rqa-pisa qarab turishardi. Shifokorlar uni tinchlantirishga urinardi, lekin Fiora hech kimni eshitmas, hech kimni ko‘rmasdi.
Jimin uning ko‘z yoshlariga, tizzalari qonga belanganiga qaradi. Polga sochilgan siniq shisha parchalari uning tizzalarini kesib yuborgandi. Lekin Fiora og‘riqni ham his qilayotgani yo‘q edi.
Bu holat Jiminni ajablantirdi.
Shu Fiorami? O‘sha hech qachon yengilmagan, hech qachon taslim bo‘lmagan qiz?
Jimin beixtiyor lablarini qattiq qisdi. Nimadir yuragini siqayotgandi. Yo‘q, u hali ham g‘azabli edi. Hali ham Fiorani kechirolmasdi. Lekin hozir… unga qarab turib, ichida g‘ashlanishdan boshqa hissiyot ham borligini his qildi.
Jimin yutindi va nigohini pastga tushirdi. Yo‘q, unga achinishning hojati yo‘q edi. Fiora bu hayotda o‘zi tanlagan yo‘lini bosib o‘tdi. Unga nisbatan hissiyot bildirish… bu ahmoqlik bo‘lardi.
U asta-sekin Fiora tomon yurdi. Shifokorlar hamon uni tinchlantirishga harakat qilardi, lekin hech kim yaqinlashishga botinmasdi.
Jimin esa to‘g‘ri yoniga bordi.
Fiora yerda tiz cho‘kkancha, horg‘in va iztirob ichida yig‘layotgandi.
Jimin chuqur nafas oldi va past ovozda dedi:
Fiora unga qaradi. Ko‘zlari qizarib ketgan, butun vujudi titrayotgan edi.
— Men… men yolg‘iz qoldim… — dedi u qaltiragan ovozda.
Jimin hech narsa demadi. Bir lahzaga nigohi yumshagan bo‘lsa ham, keyin yana sovuq tus oldi.
U shunchaki yonida tiz cho‘kib, sekin pichirladi:
— Tur. Bunday ahvolda qolishingni istasang ham, men buni ko‘rishga toqat qilolmayman.
Fiora uning gaplarini tushunmadi. Lekin Jimin sekin qo‘lidan ushlab, uni o‘rnidan turg‘izdi.
Fiora esa baribir titragancha pichirlardi:
Jimin boshini burdi. Chunki yuragidagi qandaydir notanish tuyg‘ular kuchayib borardi.
Fiora titrab, yiqilayozib Jiminga yaqinlashdi. Ko‘zlari yoshga to‘lib, xira tortgan, ovozi esa qaltirardi.
— Iltimos… — uning ovozi shunchalar ojiz eshitildiki, Jimin beixtiyor qotib qoldi.
Fiora uning oldida tiz cho‘kdi, qo‘llari qaltiragancha Jiminning kaftidan mahkam ushladi.
— Ular adashishgan… shunday bo‘lishi mumkin emas… iltimos… — Fiora zo‘rg‘a gapirardi. Ovozi siniq, ko‘zlari esa umidsiz edi.
Jimin unga pastdan qarab turgan qizni kuzatdi. Bu unga begona edi. Fiora hech qachon kimdandir iltijo qiladigan inson bo‘lmagan. Lekin hozir… u sinib tushgandi.
Jiminga bir zum nimadir bo‘ldi. Yuragi g‘alati siqildi. Lekin u buni inkor etdi. Bunday hislarni o‘ziga ravo ko‘ra olmasdi.
Sekin nafas oldi va Fioraning qo‘llarini ohista ushlab, past ovozda gapirdi:
Fiora yana bosh chayqadi, lekin bu safar umid bilan emas, ojizlik bilan. Yana yerga qaradi. Ko‘z yoshlari jimjimador marmar polga tomchilardi.
Jimin lablarini qattiq qisdi. U bu qadar zaif insonni ko‘rishga o‘rganmagan edi. Ayniqsa, bu Fiora bo‘lsa.
— Tur, — dedi u. Uning ohangi hali ham sovuq edi, lekin endi unda ilgarigi keskinlik yo‘q edi.
Fiora esa faqat shivirlay oldi:
Jimin hech narsa demadi. U ham bilmasdi.
Shifokorlar va hamshiralarning shoshilinch harakatlari shifoxona koridorida taranglik hosil qilardi. Zambil sekin harakatlanar, uning ustida esa oq choyshab bilan yopilgan tanasi yotardi.
Fiora bir nuqtaga tikilgancha qotib qolgan edi. Ongida hech narsa tushunarli emas, hamma narsa g‘ira-shira edi. Go‘yo vaqt to‘xtagandek.
Ammo shifokorlar zambilni harakatlantira boshlaganlarida, birdan u o‘ziga keldi.
— Yo‘q… yo‘q… yo‘q! — u oldinga otildi va zambilga yopishib oldi. — Qo‘ymang! Iltimos!
Hamshiralar unga mehribonlik bilan, ammo qat’iylik bilan zambilni qo‘yib yuborishni aytishardi, lekin Fiora ularni eshitmasdi.
— Yo‘q! U ketmaydi! Buvijon! — uning ovozi titrab, bo‘g‘ilib chiqdi. U zambilning chetidan mahkam ushlagancha, o‘zidan ketgudek tebranardi.
— Fiora, iltimos… — Shifokorlar unga yaqinlashishdi.
Ammo u o‘zini qo‘yib yuborish niyatida emasdi. Ko‘z yoshlari yuzini yuvardi, butun vujudi titrardi.
Shu payt Jimin oldinga chiqdi. U bir lahza Fioraga qarab qoldi — uning butunlay parchalangani, azobda qolgani, hozir bu dunyoda hech kim va hech narsa unga tasalli bera olmasligini tushundi.
— Fiora, yetar… — dedi u qattiq ohangda.
Ammo Fiora unga quloq solmadi. U avvalgidan ham mahkam yopishib oldi, lablari titragancha pichirladi:
— U hali ham shu yerda… men uni qo‘yib yubora olmayman… iltimos…
Jimin chuqur nafas oldi va uning yelkasidan ushladi.
— Yo‘q! Yo‘q, u ketmaydi! — Fiora vahm ichida qichqirdi va yana zambilga yopishib oldi.
Shunda Jimin unga orqadan qattiq quchoq soldi, qo‘llarini tortib, bag‘riga oldi.
Fiora titrab, holsizlanib ketdi. Uning butun kuchi chiqib bo‘lgandi. Faqat yig‘idan boshqa hech narsa qolmagandi. U Jiminga tayanib, qaltirab turardi.
— Iltimos… bu tush bo‘lishi mumkinmi… iltimos… — uning ovozi xira eshitildi.
Jimin qattiq yutindi, lekin hech narsa demadi. Uning qo‘llari hali ham Fioraning atrofiga o‘ralgan edi. Faqat shu yo‘l bilan uni ushlab qola olardi.
Fiora qaltirab, chinqirib yig‘layverardi. Uning ovozi butun shifoxonani titratayotgandek edi. U shunchalik dahshat va umidsizlik bilan baqirardiki, hatto bu yerda ishlaydigan shifokor va hamshiralar ham unga achinib, nigohlarini olib qochishardi.
Jimin esa hech narsa qilmasdan, shunchaki uni quchib turardi. U bu holatni ko‘rib, ichida bir narsa uzilgandek his qildi. Fiora hamma narsadan kechib, o‘zining eng og‘ir damlarida faqat bir odamning oldiga kelgan edi—uning oldiga. U esa uni yerga urdi, pastga soldi, xo‘rladi. Ammo hozir… hozir esa uning oldida qanchalik sinib tushayotganini ko‘rib, yuragi bir muddat og‘rib ketdi.
"Men… men shunaqa odam bo‘lib qoldimmi?"
Fiora ho‘ngrab, yerni mushtlay boshladi.
— Yo‘q… Yo‘q… Iltimos… Bu faqat tush bo‘lishi kerak… Buvijon…
Shu payt shifokor yaqinlashdi va Jiminga qaradi.
— Unga tinchlantiruvchi kerak. Juda og‘ir ahvolda.
Jimin bir soniya o‘ylanib qoldi. Fiora yerda qaltirab, ho‘ngrab yig‘lar, hatto nafas olishi ham qiyinlashayotgandi. U boshini ko‘tarib, hozir hech kimni tanimayotgandek atrofga alanglardi.
— Qiling, — dedi nihoyat Jimin.
Shifokor bosh irg‘ab, hamshiraga ishora qildi. Fioraga tinchlantiruvchi ukol qilishdi, lekin u avvaliga qarshilik ko‘rsatdi.
— Yo‘q… kerak emas… Menga bu kerak emas…
Ammo hamshira ukolni sekin qo‘lladi. Bir necha daqiqadan so‘ng Fioraning ovozi pasaya boshladi, qo‘llari titrashdan to‘xtadi. Nafasi biroz tekislanib, vujudi asta-sekin bo‘shashib qoldi.
— Yo‘q… ketmang… Iltimos… — u shivirlab, Jiminga yopishdi. Uning nigohida bolalarcha iltijo bor edi.
Jimin uni asta bag‘riga oldi. Uning yuragi tez urayotganini his qildi. Bir vaqtlar, bu qiz unga butun dunyosi bo‘lgan paytlar esimga tushdi. Ular birga kulgan, birga yig‘lagan, birga yashagan. Lekin hozir…
Fiora tinchlantiruvchi ta’siridan asta-sekin ko‘zlarini yumdi. Barmoqlari Jiminning yengidan ushlagancha, asta ohista pichirladi:
Jimin chuqur nafas oldi va unga termuldi. Keyin esa bir narsani aniq tushundi—Fiora hozirgi holatda kim bo‘lishidan qat’i nazar, u hali ham Jimin uchun butunlay begona emasdi.