November 20, 2024

Love story

🎀

Love story

8 qism

By: Nabie

Qizga koʻz uzmay qarab turgan yigit bir horsindida Singlisining oldiga mayda qadamlar bilan yaqinlasha boshladi

Selena qoʻlidagi finjonni stol ustiga qoʻyib Taehyungdan havotir olmasligini soʻradi va aksirib qoʻydi

Oʻzingni bunchalik qiynashing shart emas

Taehyung Qizga jilmayib aytdi

Oʻzimni qiynaganim yoq... Mendan havotir olma

Bugun maktabga bormay qoʻyaver

Ammo Taehyung men yahshiman dedim

Sendan favotir olishimga majbur qilma

Jimin issiq qahfani ichib soʻng stol ustiga qoʻydi soʻng Jungkookga yuzlandi
.

Jimin

.
Nima boʻlsaham Dadangni oldiga chiqarish shart emasdi

Jungkook biroz gʻazab ohangida Jiminga oshqirdi

Oʻzing uni ishontir dedin edin

Shunga Dadangni oʻlimi bilan ishontirmoqchi boʻldingmi

Hoʻsh unda nima deyishim kerak edi... Boʻlmasam oʻzing korishgin edi..

Jimin zardasini sochib tepa qavatga chiqib ketish uchun zinaga yaqinlashdi Jungkook yana uning ishidan nolib baqirdi

Yordam bera olmasang, ochiq ayt,

dedi Jungkook zarda bilan, bir qadam oldinga yurib.

Ishonchimni poymon qilyabsan.

Poymon

Jiminning ovozi birdan baland ko‘tarildi.

Sen nimani bunday deb hisoblayapsan? Selenani bu vaziyatga aralashtirmaslikni so‘raganimnimi

Jungkook og‘ir nafas olib, javob berishga shoshilmadi. Biroz vaqt har ikkalasi ham sukutda qoldi. Jimin esa zinadan orqaga burilib ketmoqchi bo‘ldi. Ammo aynan shu vaqtda, oyoqlari sirpanchiq yuzaga tekkanini sezmay qoldi

Jimin!

Jungkookning ovozi zalni tutdi.

Jiminning muvozanati yo‘qoldi, u ortga qadam tashlashga ulgurmasdan, zinadan pastga qarab yiqila boshladi. Hammasi bir necha soniyada sodir bo‘ldi
.

Jungkook

.
Taehyung koridor bo‘ylab yurarkan, biror narsa haqida chuqur o‘y surayotgandek u atrofidagi shovqinni sezmadi

Ammo aynan shu paytda Helin oldida paydo boʻlib unga urilib ketdi.

Oh. Uzr...

dedi Helin, qo‘lidagi kitoblarini ataylab yerga tushirib yuborarkan.

Taehyung darhol to‘xtadi va yerdagi kitoblarga qaradi.

Sen yaxshimisan

Ha, ha... shunchaki... ehtiyotsizlik qildim,

dedi Helin tabassum qilib. Uning ovozi yumshoq va ayyarona edi

Taehyung kitoblarni olib, unga uzatdi.
Ammo Helin qo‘llarini cho‘zib, Taehyungning bilagiga biroz uzoqroq tegib qoldi.

Rahmat,
.

Helin

.
Jungkook bir soniya ham o‘ylab o‘tirmasdan oldinga intildi va Jiminning bilagidan ushlashga harakat qildi. Lekin bu safar hammasi uning qo‘lidan chiqib ketganday tuyuldi.

Jimin bir nechta zinadan pastga ag‘anab tushdi va oxir-oqibat qattiq zarba bilan joyida qotib qoldi.

Jimin

Jungkook tezlik bilan uning yoniga yugurdi. Jimin ko‘zlarini yumgan holda qimirlamasdan yotar edi. Uning yuzi oqarib ketgan, lablari esa qaltirardi.

Jimin, meni eshityapsanmi?

Jungkook uni ohista silkitib ko‘rdi, ammo Jimin javob bermadi. Uning peshonasidan qon chiqayotgandi. Jungkookning yuragi bir zumga to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

U o‘zini tezda qo‘lga olib

Yo‘q, senga hechnima bolmaydi

Jiminni ehtiyotkorlik bilan ko‘tardi va zinalardan pastga olib tushdi. Uning har bir qadamida yuragi tezroq ura boshladi, ammo u Jiminni o‘z vaqtida kasalxonaga yetkazishiga shoshildi

Jungkook tezda mashinasiga o‘tirdi va Jiminni orqa o‘rindiqqa yotqizdi. Yo‘l bo‘ylab o‘ziga o‘zi pichirlardi

Hamma narsa yaxshi bo‘ladi. Men seni tashlab qo‘ymayman. Senga hech narsa bo‘lmaydi.

Kasalxonaga yetib kelgan zahoti, u Jiminni qo‘liga ko‘targancha ichkariga yugurdi

Kimdir yordam bering! U yiqilib tushdi

Tibbiyot xodimlari Jiminni tezda olib ketishdi. Jungkook esa koridorda yolg‘iz qoldi. U devorga suyanib, qaltirab turgan qo‘llariga qaradi.

Agar unga biror narsa bo‘lsa...

Oradan bir necha soat o‘tgach, shifokor chiqib, unga murojaat qildi

Hamma narsa nazorat ostida. Jiminning boshi biroz lat yegan, ammo holati barqaror. Bir necha kun kuzatuvda bo‘ladi

Jungkook yengil nafas oldi, lekin yuragidagi og‘irlik hali ham ketmagandi. Palataga kirganda Jimin hamon hushsiz yotar edi
.

.
Taehyung sinfxonaga kirib kelganida, Bora odatdagidek daftariga nimanidir yozib o‘tirardi.

Bugun juda erta kelibsan

dedi Taehyung, sumkasini o‘ziga xos beparvolik bilan stol ustiga tashlab.

Jimin bugun kelmas ekan shu uchun oʻzim ertaroq keldim

Menimcha Uham shamollagan kecha Selena bilan Han daryoyi oldiga borgan ekan hozir Selenaham shamollagan

Han daryosiga kechasi borish? Yomon fikr emas. Lekin endi barchasi uchun tovon to‘lashga to‘g‘ri keladi

Taehyung hazil ohangida Boraga aytdi

Bora unga qarab jilmaydi, ammo uning ko‘zlarida bir oz xavotir bor edi

Shamollashning qanchalik qiyinligini bilasan-ku. Yana darslarni ham o‘tkazib yuborishadi.

Taehyung unga yengil boqib, yelkasini qisdi

Nega shunchalik o‘zingga yaqin olasan? Jimin o‘ziga qaray oladi. Menimcha, seni emas, balki u seni himoya qilishi kerak.

Bu shunchaki odat

dedi Bora, daftarini yopib
Taehyung unga kulib qo‘ydi, ammo bir oz jiddiy ohangda javob berdi

Do‘stlaringga g‘amxo‘rlik qilishing yaxshi, lekin ba’zan o‘zingni ham unutmaslik kerak. Sen hech qachon o‘zing haqingda o‘ylaysanmi

Bora bir lahza sukutda qoldi

O‘zim haqimda

Taehyung asta boshini silkitd

Bu yaxshi, lekin o‘zing ham dam olishga loyiqsan, Bora. Hamma narsani birdaniga uddalashga harakat qilishing shart emas

Bora uning so‘zlarini o‘ylab ko‘rib, unga o‘zining samimiy tabassumini hadya qildi.
.

Shu payt tashqaridan qattiq momaqaldiroq ovozi eshitildi va birdan derazadan shiddatli yomg‘ir tomchilari ko‘rindi. Bora beixtiyor tashqariga qaradi va yuziga biroz xavotir yugurdi.

Yana Yomg‘ir boshlanibdi! Darslar tugagunicha tinsin bolmasa Soyobonimni uyda qoldiribman...

Taehyung derazaga qarab, tabassum qildi

Demak, bugun yomg‘irda qolib ketasanmi? Qiziqarli bo‘lishi mumkin.

Yomg‘irda qolib ketish qiziqarli emas

dedi Bora biroz jerkib

O‘zingni o‘ylasang, nima qilarding

Men? Balki yomg‘irda o‘ynab ketardim,

deb javob berdi Taehyung beparvolik bilan. Keyin bir oz o‘ylanib qo‘shib qo‘ydi

Agar xohlasang, Bugun uyingga kuzatib qoʻyaman

Taehyung

Jungkook Jiminning yonida o‘tirib, uning yuziga qaradi. Ko‘zlari qizarib ketgan, biroq u o‘zini qo‘lga olishga urinar edi. Jiminning nafas olishi barqaror ammo juda zaif edi. Jungkook uning qo‘lini asta ushladi va past ovozda gapirdi

Jimin, meni tashvishga solishni bas qil. Ko‘zlaringni och... iltimos.

Bu paytda xona juda jim edi, faqat tibbiy jihozlarning tovushi eshitilib turardi. Ammo birdan Jiminning qo‘li Jungkookning kaftida ozgina qimirladi. Jungkook hushyor tortdi.

Jimin?

Jiminning ko‘z qovoqlari asta ochila boshladi. Avval xira nur, keyin esa Jungkookning tashvishli yuzini ko‘rdi.

Jungkook...

dedi Jimin juda past ovozda.

Jungkookning yuzida yengillik aks etdi.

Sen meni qo‘rqitib yubording

Jimin og‘riq bilan boshini biroz qimirlatdi.

Men... qaerdaman?

Kasalxonada. Zinalarda yiqilib tushganingni eslayapsanmi?

Jimin bir lahza sukutda qoldi, keyin boshini sekin silkitdi.

Faqat oyoqlarim sirpanchiq bo‘lganini eslayman...

Jungkook qattiq xo‘rsindi.

Sen o‘zingni ehtiyot qilishing kerak, Jimin. Bu safar hechnima bolmadi lekin sening ahvolingga qarab o‘zimni yo‘qotib qo‘yay dedim

Jimin jilmayishga harakat qildi, lekin og‘riqdan yuzini burishtirdi.

Jimin

.
Taehyung otasining kompaniyasiga ilk bor o‘zi boshqacha his-tuyg‘ular bilan kelayotgan edi. Har doimgidek, bu dunyo unga begona va qattiqqo‘l tuyulardi.

Yuqori qavatdagi keng, oynali ofisga chiqish uchun liftga yaqinlasharkan, atrofdagi odamlarning unga qarab pichirlasha boshladi

Bu Taehyung emasmi? Prezidentning o‘g‘li-ku,

Taehyung o‘zini xotirjam tutishga harakat qildi. Ammo aynan shu paytda lift eshigi ochilib, u ichkariga kirayotganida bir kishi o‘sha eshikka yugurib keldi.

Uzr, kechikdim!

dedi notanish qiz, shoshilinch bilan ichkariga kirib. Taehyung unga qarab qoydi va Ularning ko‘zlari qisqa bir lahza to‘qnashdi soʻng ikkisiham boshqa-boshqa tarafga qarab olishdi

Lift harakatga tushdi.

Eshik ochildi va u o‘zining yuqori qavatdagi ofisiga kirish uchun tashqariga qadam qo‘ydi. Hozirgi vaziyatda, otasi bilan yuzlashishdan boshqa iloji yo‘q edi.

Bu kompaniya uning kelajagi, va bu kelajakka qanday qadam tashlashi haqida hozir o‘ylash va qarorlar qabul qilish kerak edi.

Taehyung ofisga kirdi va deraza oldida turgan otasi Janob Kimni ko‘rdi. U odatdagidek xotirjam va vuqorli ko‘rinardi. Oynadan shaharni kuzatib turar edi Taehyung bir necha soniya sukut saqladi.

O‘g‘lim, xush kelibsan

Janob Kim oʻgʻliga yuzlanib dedi. Taehyung unga tazim qildi soʻng otasi gap boshladi

Kompaniyada bugun juda ko‘p ishlar bor, lekin o‘zingni erkin his qilishing kerak Barcha qarorlar sening qo‘lingda bo‘ladi.

Shundaymi?"

Taehyungning ovozi sovuqqina va jiddiy edi.

Xo‘sh, bu yerda men nima qilishim kerak?

Men seni har doim tayyor deb bilardim, lekin... sen hozirgi vaziyatni o‘z ko‘zlaring bilan ko‘rishing kerak. Bu yerda biznesni faqat qattiqlik va ishonch bilan boshqarish mumkin

Taehyung bir muddat jim turib, uning gaplarini eshitdi. U endi bu kompaniya va uning ichki tizimi haqida yaxshiroq tushuncha hosil qilishi kerakligini bildi

.

.

.

Love story

8 qism tugadi

😌🫠