June 23, 2025

MY BLACK PARADISE | MENING QORA JANNATIM .

15-qism

Xiyonatdagi eng achinarli tomoni ~ u hech qachon dushmanlardan tomonidan qilinmaydi .


~Edward Sonini dast koʻtarib xonadan chiqib ketdi. Mashinasining oldingi oʻrindigʻiga Sonini joylab oʻzi ham mashinaga oʻtirib , Jungkookning mashinasi tomon haydadi. Minso Jungkookning qoʻldian tutdiz
~Jungkook
~Nima
~Ular bizni qachongacha ta’qib qilishadi
~Biz qochib ketamagunimizcha
~Tinchlik boʻlsin tezroq shu kunlarni ham oʻtkizaylik
~Oʻtkizamiz
Jungkook qizning qoʻllaridan tutib oʻpib qoʻydi.

Nihoyat 3- soatlik yoʻldan soʻng shahardan tashqariga chiqishgach oʻrmon ichidagi atrofi katta devorlar bilan qoplangan qoʻrgonga kirishdi. Avval Jungkookning mashinasi soʻngra Edwardning mashinasi kirdi. Mashinadan tushgan Minso ortdan Edwardga tinmasdan gʻinshayotgan Sonini koʻrib chuqur nafas oldi .
~U uchun asabiylashishingni istamayman
~Hammasi joyida
~Sovuq tushdi uyga kiraylik
Edward Sonini koʻtarib oldi .
~Oʻzim ham yura olardim !
~Bilaman sen buni a’lo darajada eplaysan ammo hozir men senga yordam berishim kerak . Gʻamxoʻrlik qilish burchim
~Barbir seni kechirmayman !
Edward ohista jilmaygancha qizni uyga olib kirdi. Mexmonxonaga kirgach oʻrtada turgan Jungkook va Minsoga qaradi .
~Istagan xonanga joylashinglar
~Yuqoridagi xonalar Soniga qulay emas . Pastdagini olaman
~Minso men bilan uxla
Sonining gapidan Edward ham Jungkook ham anqayib qoldi.
~Xonaga joylashtiraylik , boʻlmasa
Minso Jungkookning qoʻlidan chiqib , oldinlab Edwardga yoʻl koʻrsatdi. Xonaga kirishgach , yotoqa Sonini qoʻydi Edward
~Chiqib ketishing mumkin
~Soni
~Dam olmoqchiman
~Yaxshi dam ol
Edward xonadan chiqgach Soni unga tikilib turgan Minsoga qaradi
~Nimaa
~U sevgan yigitingmi
~Aqldan ozdingmi u doʻstim edi , ammo mendan mafia ekanini yashiribdi , sening yigiting meni oʻgirlab ketgach bundan xabar topdim
~Xuddi sen istagandek ekan
~Edward hah u meni aldamasligi kerak edi
~Nima uchun seni aldabdi sababini soʻradingmi ?
~Qoʻrqib uni tashlab ketmasligim uchun ekan , u oʻzini menga talaba deb tanishtirgan edi , oʻzi shubxali edi doim atrofimda paydo boʻlib qolardi yordam kerak boʻlganida yoki kimdir ranjitganida .
~Xuddi sen istagandek , yillar avval biz buni orzu qilardik. Uni buni qoʻy tering kuygan bu uchun nima qilish kerak
~Avval sovuq suv bilan meni yuvib tashla , soʻngra bor kislatasi bilan yuvasan
~Bor kistalasi tanangni qayta kuydirmaydimi ?
~Yoʻq u tibbiyot kislatasi hisoblanadi . Bor va ishqor birgalashib qoldiqlarni olib tashlaydi
~Yaxshi

2-soatdan soʻng .
~Uyquyim kelyabdi ammo uxlashga choʻchiyabman
~Nimaga
~Yana meni oʻgirlab ketishlaridan
~Uxlaa xavfsizmiz

Minso

Yotoqda ikki qiz ham bir biriga qarama qarshi xolda uhlab qoldi.

~Ular uhlab qolgan koʻrinadi , Men Minsoni olib chiqaman
Edward Jungkookning qoʻlidan ushlab qoldi
~Soni dugonasi bilan uhlashini aytdi ! Bir kun sevgilingsiz uhlamasang oʻlib qolmaysan
~Qoʻyib yubor meni birinchidan bir kun emas 2-kunga sen mening bagʻrimdan uni yulib ketding. Uni ishonmayman hech kim sen ham sevgilingni yonida uxla
Jungkook sekin eshikni ochib gʻujanak boʻb yotgan qizni koʻtarib xonadan chiqib ketdi.
Edward sekin Sonining oldiga joylashib u tomonga yotib oldi. Qizning yuzidagi soch tolasini sekin olib qoʻydi.
~Shunchalar ham mukammal boʻlish mumkinmi ?
Edward Sonining yuzini , undan koʻz uzmasdan tomosha qilib chiqdi .
~Sen menikisan barbir tulkicham .
Edward sekinlik bilan Sonining burnidan ohista oʻpich qoldirdi.


Jungkook endi Minsoni yotoqa yotqizyotganda birdan Minso uygʻonib ketdi
~AA YOʻQ
~Tinchlan bu men
~Jungkook nima qilyabsan
~Uhlaymiz
~Men bu yerga qanday keldim, Soning yonida edim
~Men olib keldim xavotir olma undan uning yigiti yonida , sen men bilan uhlaysan
Jungkook yotoqa joylashib Minsoni bagʻriga tortdi. Minso yigitni qattiq quchib oldi .
~Oʻzimning mitti sevgilim
~Oʻzimning bahaybatginam
Jungkook kulib yubordi .
~Minso bilasanmi
~Nimani
Minso uyqusirab gapirdi.
~Seni qanchalik sevishimnida , yeb qoʻygim kelyabdi seni , nega shirinlik emassan ? Kunlar kelib kimdir sen advakatingni sevib qolasan desa ishonmagan boʻlardim . Senchi , senga kimdir jinoyatichini sevib qolishing haqida gapirsa ishonarmading
~Minso ?
Jungkook sekin boshini koʻtarib qizga qaradi Minso allaqachon pishilab uxlab yotgandi. Jungkook qizning lablaridan oʻpib uni qattiqroq bagʻriga bosib u ham uyquga ketdi.

Erta tong.
~ Koʻzlarimni ochganimda yonimda Jungkook yoʻq edi oʻrnimdan turib uni qidira boshladim soʻngra katta ochiladigan deraza orqali uni hovli tashqarisida ekanini koʻrib uning oldiga chiqdim.

Jungkook toʻponcha bilan mashq qilayotgan edi adashmasam men u tomonga sekin yurdim . U meni koʻrgach toʻponchasini , choʻntagiga soldi va meni kelib quchoqladi.
~Hayrli tong qirolicham
~Hayrli tong
Jungkook qizning peshonasidan oʻpdi.
~Nima qilyabsan quroldan otishni maqsh qilyabsanmi ?
~Yangu qurolni tekshiryabman azizam
~Men ham sinab koʻrsam boʻladimi ?
~Bu seningacha sening nozik qoʻllaringa juda ogʻirlik qiladi
~Bir martasiga hech narsa qilmas
~Yaxshi qara
Jungkook choʻntagidagi toʻponchani Minsoga tutkazdi . Soʻng oʻzi ham qizning qoʻllari ustidan ushladi.
~Toʻgʻriga qarab moʻljalni ol , qoʻllaring aslo qaltiramasin. Toʻponchani oʻzinga sen doʻst qilishing kerak dushman emas . Shu sababdan oʻzingni erkin qoʻy va uni boshqar

Shu sababdan ham oʻzingni erkin qoʻy va uni boshqar .
~Tushundim
~Xoʻsh qani tepkini bos
Minso tepkini bosmasdan turib yon tomondan eshtilgan oʻq ovozidan qoʻrqib ketdi , Jungkook tezda Minsoni qoʻlidan ushlab oʻziga tortdi. Tezlikda Minsoning qoʻlidagi toʻponchani olib ortiga qaradi.
~Silvia ?
~Koʻrishmaganimizga ham ancha boʻldi Jungkook
~Bu yerda nima qilyabsan ?
~Eski doʻstimni koʻrishga keldim , xursand emasmisan nima, tashkilot sizlarni qidirmoqda !

Jungkookni bagʻridan sekin Minsoni boshini chiqarib qiz tomonga qaradi. Qiz sekin yurib kelib Jungkookni bagʻriga bosdi Minso avval Jungkookka soʻng Minsoni yoʻqdek tassavur qilib uni itarib Jungkookni quchoqlagan Silviaga qaradi. Jungkook Minsoni asablari buzilganini koʻrib uni quchoqlab turgan Silviani sekin oʻzidan itardi.
~Koʻrmaganimga ancha boʻlgan edi , ona yurting Koreaga ketganingdan beri Italiaga kelmay qoʻyding . Bu yer ham sening ikkinchi uying axir
~Silvia qanday qilib bizni topib kelding ?
~Nahotki seni bilmasam Jungkook axir oʻtmishda boʻlsa ham barbir sobiq sevishganlar edik.
~Silvia bas qil sen sevgansan men emas
~Jungkook qoʻysangchi .
Minsoning koʻzlari pirpirab ketdi ,Minso Silvia gaplarini tugatmasidan gaplarini boʻldi , sekin oldinga chiqib Jungkookning qoʻllaridan sekin ushlab barmoqlarini birlashtirdi yigitniki bilan .
~Men Minsoman , Jungkookning sevgilisi
Minso Silviaga qoʻl uzatdi Jungkook Minsoning rashk qilayotganini sezdi ,bundan ozroq jilmayib qoʻydi , lekin Silvia Minsoning qoʻliga qoʻl uzatmadi .
~Eshitganingdek Silviaman
~Koʻz tegmasin isming ham oʻzing kabi juda badbashara ekan
Minsoga qilgan hurmatsizligi uchun Minso Silviadan shu yoʻl bilan alamini oldi
~Asabiylashishga hojat yoʻq , hammasi oʻtmishda
~Asabiylashish ? Men umuman asabiylashganim yoʻq haqiqatni aytdim holos
~Yaxshi Edward qayerda ?
~Haya uning ham sevgan qizi bor ! Ortiqcha suykalmaganing afzal
~Qizaloq , men bilan oʻynashmaslikni maslahat beraman ! Bu yigitlarning bolaligi men bilan oʻtgan , oʻzinga katta baxo berma
~Baxo bersam nima qila olasan ?
Silvia ortiq chidab turolmay toʻponchani tezlik bilan chiqarganda Jungkook Minsoni ortiga oʻtkizib u ham toʻponchasini chiqarib Silviaga oʻqtaldi.
~Demak rost ekan ! Sen bu qizni mendan ham ustun qoʻyabsanmi demak adashishmabdi bu qiz boshinga balo boʻladi Jungkook
~HADDINGDAN OSHMA SILVIA
Jungkook bor ovozida qarshisidagi qizga baqirdi .
~Jungkook nahotki koʻrmayabsan uning menga qilayotganlarini
~U HECH NARSA QILMAYABDI !
~Sen bunga loyiq ish qilding biirnchidan !
Orqa tomondan Minsoni ovozini eshtib Jungkook koʻzlarini ogʻir ochib yopdi.
~Jungkook nahotki gapirmaysan ?
~Silvia meni borib mexmonxonada kut
~Nima
~Senga borib mexmonxonada borib kut dedim
Silvia Jungkookning hayqirigʻidan yuzini burib , uy tomonga qarab ketdi.

Silvia

~Tanoz xonimni qara , menga bunday qarama uni oʻzi shunga munosib ish qildi.
Jungkook Minsoga qara turib kulib yubordi
~Nima
~Rashk qilganingda juda chiroyli boʻlib ketar ekansan
~Bu kulguli emas u jaxlimni chiqardi yana asabimni ham buzdi ! Tarbiyasiz men unga qoʻl uzatgandim nazarga ilmadimi hah
~Lekin sen doimgidek uni ham gap bilan mot qilding
~Qilgan ishlarimdan jaxling chiqmadimi ?
~Nega chiqishi kerak sen bu yerda notogʻri ish qilmading
~Oʻylagandimki , sen eski doʻstingni yonini olasan deb
~Unutma dunyodagi hech bir ayol ,menga qiziq emas men uchun faqat sen birinchi oʻrindasan
~Goʻyoki ertakdan yashayotgandekman
~Nega
~Men aynan shunday erkakni istagandim , nega boshidanoq menga shunday gaplar aytmagansan . Doim shilqimlik qilib meni oʻzingdan uzoqlashtirgansan.
~Hozir ham senga erish ishtiyoq oʻchmagan
~Yaramas
~Seni sevaman
~Men ham seni sevaman
Yigit Minsoni belidan tortib , qizning lablaridan boʻsa oldi.
~Boʻldi ketdik , yur eski qadrdoningni asl maqsadini bilaylik
~Yaxshi

Pov Soni
~Koʻzlarimni ochganimda qarshimda Edward uxlab yotardi. Unga qarab turganinda birdan koʻzlarini ochdi.
~Bu yerda nima qilyabsan minso qayerda ? Nega sen bu yerdasan
~Soni iltimos tinchlan
~Yoʻq ! Tinchlanmayman yolgʻonchi bilan gaplashishni istamayman
~Men
~Chiqib ket xonadan !
Edward indamasdan xonadan xoʻrnisib chiqib ketdi

Edward

. Soni oʻrnidan turib 5- daqiqalardan soʻng ikkinchi qavatdan tushayotganida Edwardni quchib turgan begona qizni koʻrib hayron qoldi. Ularga e’tibor bermaslikka harakat qildi. Qiz Edwardning boʻyniga osilib olgandi yigit qizni sekin bagʻridan boʻshatdi.
~Silvia qanday kelding
~Nahotki eski doʻstingizga beradigan birinchi savolingiz faqat shu boʻlsa Edward !
~Oh yoʻq aytmoqchimanki bizni qanday topding
~Tashkilot sizlarni qidirmoqda , menga ham bu topshirqni aytishdi
~Silvia sen
~Xavotir olma sizlarni sotmayman ! Sizlarga yordam bergani kelgan edim ammo fikrdimdan qaytdim , sababi esa Jungkookning qoʻgʻirchogʻi asabimni buzdi
~Sen ularni
~Hovlida uchratdim ! Uning sevgilisi tashkilotdagilarning barchasini ogʻzida yuribdi . Edward qilgan xoinligingni badalini bilasana
Edward tashkilotning qonun qoidalarni esladi , xoinlik qilindimi demak bu oʻz oʻlimiga rozi boʻlish degani
~Qochaman
~Bu gapinga oʻzing ham ishonmaysan. Sitsilia tashkikotning barcha odamlar dunyoning har bir burchagiga tarqalgan. Qochish ilojsiz . Seni Jungkookning sevgilisini qutqarishga nima majburladi .
~Bunisi sening muamoying emas Silvia
~Ikkingizni ham tirik qoʻyishmaydi ! Sevgan qizlaringiz bilan birga tirik yoqishmasa boʻldi
~Buni bilan ishing boʻlmasin , yordam bermaydigan boʻlsang , zararing ham tegmasin
~Edward toʻgʻri aytyabdi ! Hovlidan kirib kelgan Jungkook Edwardni gapini tasdiqladi.
~Ikkingiz ham nimalar qilayotganizni bilmaysiz . Tashkilot qonun qoidalarini juda yaxshi bilasizlar . Edward sen bossni sevimlisi emassan ! Jungkook kabi tirik qolaman deb oʻylagan boʻlsang adashasan ! 2-3 kunga qolmay 4-talangizni ham yoʻq qilib yuborishadi
~Bu yangilik emas ! Shuni yetkizish uchun keldingmi Silvia
Jungkook stol ustidagi stakanga suv quya chogʻi qizga gapirdi
~Men taklif bilan keldim ! Ikkingiz ham uzr soʻrab oʻz qilmishlaringizni yuvish evaziga tashkilotga qayting !
~Evaziga nima ? Evaziga qancha begunohni oʻldirishimiz kerak ?
~Jungkook oʻzingni farishtadek tutma qoʻllaring allaqachon qonga botgan !
~Eshik qayerda ekanini bilasan !
~Meni kechir Jungkook ! Sen uchun ham buni qilishim kerak
Birdan kutilmagan vaziyat sabab , Jungkook ulgurmay qoldi . Silvia toʻponchani Minso tomonga qaratib unga 2-marta oʻq uzdi . Edward birdan Silviaga tashlanib uni polga yiqitdi. Jungkook qulayotgan qizni koʻrib tezda uni ushlab qoldi , zinalardan shoshilib Soni yugurib keldi .
~MINSOOOOOOO
~YOʻQQ
~Bu tashkilotning buyrugʻi buni qilishim kerak edi, ikkingiz ham bilasiz bularni bajarmasam oʻlishim kerakligini
~Minso Minso kuchliroq boʻl !
Jungkook qizning yuzidan ushlab oʻziga qaratdi

~Nimalar qilding TAVIYA !
Jungkook bor ovozida baqirdi . Jungkook qon yoʻqotayotgan Minsoni dast koʻtargancha chiqish eshigiga yaqinlashgach Edward Yigitni qoʻlidan ushlab toʻxtatdi.
~Shifoxona xavfli biz uchun
~U oʻlishi mumkin
~Oʻqni shu yerda olaman , qoʻlimdan keladi . Hozir tashqariga chiqgudek boʻlsak , qizni shifoxonani oʻzida gumdon qilishadi.
Jungkook asabiy xoʻrsindi
~Ahhhh Jin ursinnnn mayli tezroq boʻl
~Shoshmang bizga avval toza narsalar kerak !
Soni oʻrtaga aralashdi.
~Uni yotoqqa yotqizish kerak
~Tezroq uni yotoqqa yotqizish kerak
~U barbir oʻladi qutqarib qololmaysiz .
Silvianing ovozini eshitgan Jungkookning yuz tuzilishi oʻzgardi u Minsini yotoqxonaga olib kirib yotoqqa yotqizgach orqasiga qaytib eshik oldida xotirjam oʻtirgan Silvia tomomga bostirib borib qizning yuziga bir musht tushirdi. Kutilmagan zarvadan yerga qulagan Silvia tezda oʻzini oʻnglab olishga harakat qildi ammo yana bir bor zarbadan keyin u yerga qattiqroq quladi.
~Yana bir soʻz shu ogʻzingdan chiqkudek boʻlsa ularni oʻzim ikki tomonga yirtib yuboraman.
Jungkook Silvianing yoqasidan ushlab oʻziga tortdi.
~Men ishlarimni biturmaganimcha miriqib orom ol , vaholanki bu sening soʻngi maroqli uyquying boʻladi.
~Mingyuu , bunga Phenobarbitalni eng katta dozasida yubor
Silvia Jungkookning qoʻlidan chiqishga urindi.
~Yoʻq Jungkook bunday qilolmaysan
~Qilaman ! Yer toʻlada qoldiring soʻng.
Mingyu va bir nechta yigitlar kelib , Silviani qoʻlidan tortib , olib chiqib ketishdi.

~Xoʻsh Minsoning kiyimlarini yechish kerak avval
~Sen yech
Jungkook Soniga imo qildi. Edward Jungkookka boʻzrayib qaradi. Minsoni sekin ustidagi footboolkasini koʻtardi yuqorigacha . Minso har zamonda holsizlangacha koʻzlarini asta sekin ochib yopardi.
~Bizga tibbiyot qutichasi kerak
~Hozir u bu yerda yoʻq, vaqtimiz tigʻiz
~Nima qilmoqchisan ? Oʻqni qanday qilib sugʻurib olasan
~Bir yoʻli bor
Edward Jungkook tomonga qaradi Jungkook indamadi , Soni yigitga avval tushunmasdan soʻng koʻzidan olov chiqib ketdi.
~Yoʻq bu emas u hayot uchun havfli
~Bunga majburmiz bizda vaqt yoʻq u koʻp qon yoʻqotsa uni saqlab qololmaymiz
~Lekin buni sinash xavfli bu kuchli ogʻriq beradi narkosiz chiday olmaydi
~Majburmiz bunga , vaqtimiz yoʻq
Jungkook eshik tomonda yurib kelib Minsoning yoniga oʻtirib qoʻllaridan ushladi.
~Meni kechir , boshqa yoʻl yoʻq bizda Edward boshla .
~Pinset kerak u boʻlishi kerak
~Ha bor hozir olib kelaman
~Pinset qanday qilib boʻlishi mumkin ?
~Soni bizni oddiy odamlar emas ekanligimizni bilding bizda doim shunday vaziyatlar uchun hech boʻlmaganda bitta kichikina pinsent kerak boʻladi.
~Mana topdim
Eshikdan qoʻlida pinsent bilan Jungkook kirib keldi.
~Olovda qizit , ungacha men qizning yarasi atrofini tozalayman. Soni tortmadan oppoq mato olib , sovuq suvda yuvib kel
Soni tortmadidagi matoni olib yuvinish xonasiga kirib ketdi. Jungkook olovda , pinsetni qizdirib keldi va Edwardga uzatdi .
Soni ogʻir yutib Edwardning boshini ustida turdi. Jungkook sekin Minsoning qoʻllaridan ushlab oldi. Edward Jungkook tomonga boshlaymiz degandek qaradi.
~ 3 gacha sanayman , va pinsetni tiqaman
~Yaxshi
~ 1,2, 3 ,
Edward pinsetni. Minsoning yarasining ichiga tiqdi. Minso jon holatida baqirdi.
~AAAAAAAAAAAAAAAAA
Jungkook Minsoning qoʻlidan qattiq siqdi. Edward oʻqni , sekin olib tashladi. Keyingi yelkadagi oʻqni , olish uchun yaraga tekizganida Minsoning tanasi titrab ketdi, ogʻriqa chidolmagan qiz xushidan ayrildi.
~U xushidan ketdi
~Ogʻriq sabab , muhimi oʻqlarni oldik
Edwars yelkadagi oʻqni ham olib tashladi va pinsetni yana yara ustiga bosayotganda Soni uning qoʻlidan ushladi
~Nima qilyabsan oʻqni oldingku ?
~Qonni toʻxtatish uchun bu, boʻlmasa koʻp qon yoʻqotadi
~Xoʻp
Soni sekin qoʻlini Edwardning qoʻlidan oldi.


~Jungkook halli ham xushiga kelmagan , qizning yonida oʻtirgandi. Birdan Minso alahsirashni boshladi , Jungkook oʻrnidan turib Minsoning qoʻllaridan tutdi soʻng qizning peshonasidan sekin ushladi peshonasidan ter oqib ketayotgandi tanasi esa olovdek yonayotgan edi.
Jungkook tezda tipirchilab koʻrpani ,

Mana fanficning keyingi qismi , bugungi qismi ozroq zerikarli boʻlishi mumkin ammo men qolgan bundan keyingi qismlarda sizlarni umuman kallangizga sigʻmaydigan tub burilish qilganman.

1.1k+ reaksiya va 150+ fikr soʻrayman. Yoqimli mutolaa