MY BLACK PARADISE
~Xudoning la’natiga uchragur !
Minsoning chiyilagan ovozidan koʻzlarini gʻinshib ochgan Jungkook atrofga nazar soldi.
~Xudoyim sendek xotinim boʻlsa bormi ! Har tongimni qanday rasvolik bilan kutib olishimni hozirdan tassavur qildim.
~Menga qara joningni hoziroq shu yerda olaman, uyimda yoʻqol. Chegaralarni buzyabsan Jeon
~Va bu senga yoqyabdi buni inkor etolmaysan
Minso ozroq yutindi . Jungkook gʻolibona kulgancha yotoqdan gavdasini koʻtardi.
~Surbet
~Yuvinish xonasi qayerda ?
Jungkook qarshimga kelib gaplarimbi tugatmasimdan barmoqlari bilan lablarimni toʻsdi.
~Erta tongdan tongimizni raspo qilmaylik. Yuvinib chiqaman .
Jungkook oldimdan indamasdan oʻtib ketdi , nima boʻlganini anglamasimdan uning ovozini qayta eshitdim
~Nega qaqayib turibsan ? Nonushta tayorla men yuvinib chiqgunimcha .
Pov Minso
~Menga nimalar boʻlayotganini tushunmayotgandim. Nima sababli men uning aytganlarini qilishim kerak ekan ? Nega kecha tunda uning bu yerda qolishga toʻla qonli qarshilik qilmadim ? Oʻzimga tushunolmayabman. Nahotki .. yoʻq yoʻq bu darajada tez emas . U juda surbet men istagan erkak emas .
~Halli ham shu yerdamisan ?
Yuvinish xonasidan uning ovozini eshitgach oʻrnimdan qoʻzgalib oshxonaga yoʻl oldim. Qanday nonushta tayorlayman ? U nimani yoqtirishni bilmaymanku ? Nega endi u yoqtirgan narsani tayorlashim kerak. Yuqoridan bitta shortikda tushib kelgan Jungkookni koʻrib anqayib qoldim.
~Ustinga nimadir kiyib olsang boʻlmasmidi?
~Menga shunday qulay , senga nimasi yoqmayabdi ?
~Ustinga nimadir kiyib ol bu yer sening uying emas , xohlaganingni qiladigan . Menga noqulay !
Minsoning kuyinib gapirayotganidan pinagini ham buzmasdan stolga oʻtirgan Jungkook stol ustidagi sharbatdan olib icha boshladi. Xafsalasi pir boʻlgan qiz yuqoriga chiqib 5 daqiqadan soʻng qoʻlida erkaklar footbolkasi bilan keldi.
~Kiyib ol
~Shu shartmi ?
~Shart qarshimda bunday oʻtirolmaysan !
~Xayollaringni oʻgʻirlayabmanmi?
Jungkook qizning qoʻlidagi footbolkani olib ustiga kiydi.
~Menga bunday termulma , oʻtir ovqatlanamiz . Bu hafta Amerikaga uchib ketamiz .
~Xoʻsh
~Nima xoʻsh ? Narsalaringni tayorla sen ham men bilan ketasan
~Bunisi ortiqcha ! Men sening advakatingman , yugurdaging emas
~Va shuning uchun mendek jinoyatchini himoya qiladigan aqlli advakat , doim menga kerak
~Mening ham shaxsiy ishlarim bor , hayotimning qolgan qismini sen bilan oʻtkizmaymanku
~E’tirozlar doimgidek qabul qilinmaydi . Amerikaga borganmisan avval ?
~Yoʻq Amerikaga bormaganman , ammo bu mening orzularimdan biri edi oʻsmirlik chogʻlarimda , keyinchalik hayot tashvishlari bilan boʻlib bu haqida oʻylamay qoʻydim
~Qaysi shtatiga bormoqchi eding ?
Jungkook likopchadagi bir boʻlak sasiskani ogʻziga solib qarshisidagi qizga qaradi.
~Axamyati yoʻq , lekin men koʻproq Los Angeles Californiaga borishni istardim. Amerika orzular shaxri men u yerga borishni juda xohlardim
~Juda soz , ish baxona orzuyinga yetishib kelasan .
~Lekin
~Lekin pekini yoʻq ! Ruxsat soʻraydigan hech kiming boʻlmasa , tashvishing boʻlmasa nima qilasan oʻzingni koʻp narsadan cheklab . Hayotdan zavqlanib yashash kerak, hayot juda qisqa shuning uchun har bir imkonyatdan unumli foydalan advakat chon. Men toʻydim , nonushta , yumshoq yotoq uchun rahmat . Mening ishlarim bor kiyimlaringni yigʻishtir bugun kechga sen aytgan orzular shahriga yoʻl olamiz
Jungkook ogʻizni artib oʻrnidan turib ketdi, eshik oldida toʻxtab ortiga qaradi.
~Aytgancha issiq quchoq uchun ham rahmat
~Surbet
Minso stol ustida turgan olmani Jungkookka qarata uloqtirdi, yigit abjirlik bilan olmani tutib olib uni tishladi.
~Olma uchun ham tashakur , kechgacha .
Jungkook olmani koʻtargancha xonani tark etdi.
~Amerikaga borish fikri menga yoqdi , shu sababdan ham koʻchaga chiqib ozroq kiyimlar xarid qilmoqchi boʻldim. Doʻkonga kirgach oʻzimga bir ikkita koʻylaklar tanladim. Koʻzgu oldida turar ekanman, qarshimga bir erkak keldi.
~Xayrli kun kichik xonim
~Xayrli kun
~Bezovta qilganim uchun uzr ,
~Hech qisi yoʻq
~Qoʻlingizdagi moviy koʻylakni mening ham qizim yoqtirib qolgan edi
~Ovv shunaqami?
~Shu sababli men sizga ikki hissa toʻlayman , bu koʻylakni menga sota olasizmi ?
~Ahh ammo bu menga ham juda yoqan edi
~Qizimning tugʻilgan kuni , butun shaharni aylanib keldim xuddi shunaqasidan topolmadim , mayli sizga 5 hissa toʻlayman rozimisiz
~Ahhh shart emas Janob , siz xarid qila qoling unda
~Otalar shunday qizlarining har qanday injiqliklarini koʻtarishga majbur
Erkak ozroq jilmayib ortga qadam tashladi. Minso qoʻlidagi koʻylakni erkakka uzatdi.Erkak koʻylakni olib Minsodan uzoqlashdi erkakka termulib qolgan qiz koʻzlarini sekin , undan uzdi . Ortiga qayrilganida qarshisida kelayotgan juftlik bilan toʻqnashib ketdi , shu sababli qarshisidagi qiz qoʻlidagi qaxva Minso va qizning ustiga toʻkildi. Qizning ustiga issiq qaxva toʻkilganini koʻrgan yigit , qoʻpol ovozda Minsoga baqirdi.
~Koʻzlaringiz qayerda ? Kuyib qolishga oz qoldiku? Axvoling yaxshimi Lily
Yigitning qilgan qoʻpoligidan qiz ,ham ozroq dovdirab qoldi , qarshisida kiyimlari jiqqa hoʻl boʻlgan Minsoni koʻrib vaziyatni sekinlashtirishga urindi.
~Sekinroq Stefan hammasi joyda , men ham koʻzimga qarashim kerak edi. Xonim axvolingiz yaxshimi ?
~Kechirasiz ming bora uzr men atayin qilmagan edim uzr soʻrayman
Minso tinmasdsn egilib uzr soʻradi.
~Kuyib qolmadingizmi ? Qaxvaning koʻp qismi sizning ustingizga toʻkilgan ekan .
~Yoʻq yoʻq hammasi yaxshi , meni kechiring yana bir marta
Minso egilib tazim qilgancha atrofdagi unga qarab turishgan odamlarni koʻrib sekin doʻkondan chiqib ketdi.
~Stefan qizga juda qoʻpollik qilding axir
~Opa axir xomladorsan bolanga nimadir boʻlishidan qoʻrqdim .
~Lekin qizning noqulay axvolga solding.
~Boʻlar ish boʻldi , sen ham extiyot boʻl bundan buyogʻiga farzanding uchun
~Yaxshi Stefan
•
~Qoʻllarini tinmasdan tirnoqlari bilan yulib qon talash qilib tashlagan Minso nihoyat uyiga yetib kelgach , oʻzini yotoqa tashladi .
Pov Minso
~Men tabiatdan tushunarsiz insonman , bilmadim kayfiyatimga koʻp narsa ta’sir qiladi. Shunchaki muloyim boʻlish qiyinmi ? Baqirmasdan ham aytsa boʻlardiku , qolaversa mening ham tanam kuydi issiq qaxvadan . Doimgidek mendan hech kim xavotir olmaydi. Qizlar psixalogiyasi shunchalik ham qiyinmi , jin ursin nega men haqimda qaygʻuradigan hech kim yoʻq . Ming la’nat yigʻlagim kelyabdi . Nimadir qilgim kelyabdi , chunki kayfiyatim jusa rasvo boʻldi. Shunchaki instagram sahifamba gʻamgin video joylagim keldi , balki kimdir axvolim bilan qiziqishini istagandirman. Videyoni joylashim bilan doimgidek birinchi xabar young dodan keldi.
~Nima boʻldi ? Kim xafa qildi seni ? Yigʻlayabsanmi , qoʻngʻiroq qilaman goʻshakni koʻtar .
Uning xabarlarini oʻqimadim va javobsiz qoldirdim, chunki men qidirgan odam u emas edi. Hayotda juda omadsizman , jin ursin . Telefonimga yana xabarlar kelgach ekrandan kim ekanligini oʻqidim Jungkookdan ekan.
~Qayerdasan ? Nega tayorlanmading goʻshakni koʻtar , axmoqona qiliqlaringdan toʻydim . Kech qolyabmiz !
~Bormayman qaytib qoʻngʻiroq qilma, bilganingni qil . Xohlasang butun oilamni qirib tashla, menga qiziq emas . Boshqa bezovta qilma meni . !
Xabarni joʻnatgach, toʻyib yigʻladim. Doimgidek yolgʻizman doimgidek barcha narsada eng omadsiziman. Toʻydim barchaning injiqliklaridan , mening ham injiqliklarimni koʻtaradigan biror kim bormi oʻzi bu dunyoda .
•
Minsodan kelgan xabarni oʻqigan Jungkook qoshlarini chimirdi.
~Nega bunday dedi ? Nimadir boʻldimikan ? Sahifasiga nimadir joylagan edi , xoʻsh nima ekan .
Jungkook instagram ilovasiga kirib , Minso joylagan videyoni koʻrdi.
~Demak advakat xonimni kimdir qattiq xafa qilganga oʻxshaydi. Samalyot shaxsiy boʻlsa ~ ertaga ham uchib ketaveramiz , avval advakat xonimning koʻnglini koʻtaraylik.
•
~Yigʻlab yigʻlab uxlab qolibman , sekin oʻrnimdan turdim . Oshxonamdan ovqatning shirin ta’mi kelayotganini his qildim, sekin pastga tushdim. Oshxonada kimdir bor edi . Young do boʻlsa kerak .
~Young do , shuncha yoʻldan kelishing shart emas edi. Men shunchaki
Oshxona ichiga kirganimda Jungkook oʻzining katta kelishgan tanasiga menga kattaroq turadigan fartukgimni qilib olgandi.
~Sen ?
~Hisobda adashding, bu uchun seni jazolamayman. Koʻrinishingdan bugungi kuning juda omadsiz oʻtkan koʻrinadi.
~Nega bu yerdasan ketmayman Amerikaga . Sen bilan ham ishlamayman xohlaganingni qil
~Mayli mayli uni muhokama qilmaymiz , hozir qorningni toʻydiramiz faqat kelishdikmi ?
~Nega kelding uyimga , surbetchalar uyimga bostirib kelishingdan charchadim
~Senga kerakman deb oʻyladim
Jungkook sekin boshini koʻtarib qarshisidagi qizga qaradi.
~Kim xafa qildi seni ? Qisqa muddat birga boʻlgan boʻlsakda seni koʻpincha nima qiynashini bilaman.
~Ovqatlanamiz demak , nima pishirding ?
~Gapni boshqa yoqa burma , nima boʻldi ?
~Aytganim bilan senga bu qiziq emas , hissiyotlarimni oshkor qilmayman barbir
~Qiziqdir menga balki , balki chindan ham seni bugun kim bunchalik ranjitganini bilgim kelayotgandir .
Jungkook sekin oʻrnidan qoʻzgʻalib qizning qarshisiga kelib uning yigʻidan shishib ketgan koʻzlariga qaradi.
~Koʻzlaringa rahm qilmaysanmi? Yigʻidan shishib ketibdi qara
~Bas qil
~Bas qilmayman , men bilan dardlashishing mumkin, men rostdan ham yaxshi tinglovchi boʻla olaman
~Kulguyimni qisqatma , senmi ? Qotilaaa ? Boʻldi ovqatlana qolaylik , oʻtib ketdi hammasi ozroq yigʻlagandim , endi esa hammasi yaxshi
~Insonlar eng yomon vaqtlarida koʻpincha tassali izlaydi. Sen ham instagram sahifanga kimdir senga tassali berishi uchun gʻamgin video joylading.
~U uchun emas
~Shuning uchun , befarq boʻlib qolsang va barchasi suyaka taqalsa keyinchalik bularning hech biriga bunchalik e’tibor qaratmaysan . Missiyang a’lo darajada amalga oshdi, men senga tassali berish uchun keldim .
~Ustimdan kulyabsanmi ? Nega bunday qilyabsan ? Menga mehribonlik qilayotganingni aytyabman . Menga yaqinlashma ! Men sen oʻylagan qizlar toifasidan emasman . Uqdingmi
Jungkook qarshisidagi qizga koʻz qiri bilan sukut saqlagan holda koʻzlarini uzmadi. Bundan noqulay axvolga tushgan qiz sekin sochini qulogʻi ortiga oʻtkizdi. Jungkook buni koʻrib kulib yubordi. Sekin oʻrnidan turib ozroq qoʻllarini choʻzib Minsoning qulogʻi tushirilgan sochini olib qayta oʻz holiga qaytardi bundan tez harakat qilgan Minso Jungkookning bilagidan ushlab oldi.
~Nima qilyabsan
~Senga shu yarashadi
~Bas qil dedim senga menga teginishni
Minso Jungkookning qoʻllarini oʻzidan itarib yubordi .
~Sevib qolyabsan shundaymi ?
Jungkook sekin pastdan Minsoga iljayib kuldi.
~Senimi ? Hech qachon sendek yigitni oʻlsam ham sevmayman. Toʻnka uyimdan ket boʻldi
~Amerikaga men bilan ketasan ! Sen uchun yana bir marta kun yutqizishni istamayman.
Jungkook ketishidan avval Minsi tomonga yana qayrildi .
~ Minso oʻjarlik qilma barbir majbur qilaman !
Tezlik bilan oʻrnidan turgan qiz naqd orqasida turgan yigitni payqamay ortiga qayrildi. Ikkisining oʻrtasidagi masofa qisqaligi sabab qiz Jungkookning nim pushti lablariga keyinchalik unga oʻqrayib turgan koʻzlariga qaraganda ortga bir qadam tashladi va stolga urilib yiqilishga oz qolgandi Jungkook uni belidan tutib oʻziga tortdi.
~Hayajonlanma !
~Hayajonlanganim yoʻq
~ oʻzingni gʻalati tutyabsan
~Ket dedim senga
~Yaxshi
Jungkook qizni sekin qoʻyib yuborib eshikdan chiqib ketdi.
Pov Minso .
~Nega uni oldida hayajonlanyabman jin ursin. Uni yoqtirib qoldimi ? Menimcha u ham menga qiziqan koʻrinadi . Albatta bu aniqku uning gap soʻzlaridan bilsa boʻladiku. Lekin u jinoyatchi ? Menimcha bu shunchaki simpatiya boʻlsa kerak . Ha u kelishganligi sabab ham men menga yoqib qolgan holos . Bu shunchaki simpatiya holos . Jin ursin u juda e’tiborli bitta qoʻygan storisim uchun shuncha yoʻldan meni koʻrgani keldiya ? Hahhhhhh meni avrash oson emas Jungkook janoblari. Uning qoʻllarini ushlaganimni eslasam daxshat aqldan ozganlarga oʻxshayman .
15:04 Tushdan soʻng
~Qachon yetib boramiz Amerikaga
~Taxminan 11-12 soatlar ichida balki undan ham oldinroq taxminan 10-soatdan koʻproq vaqt ketadi
~Tun boʻyi uhlab ketsam boʻlarkan
~Uxlay olarmikansan?
~Nimani nazarda tutyabsan bu bilan
~Oʻrindiq juda noqulay emasmi demoqchiman ? Sen nimani oʻylading?
Jungkook savol nazari bilan qarshisidagi qizga qaradi
~Men men aytmoqchidimki samalayot tushib ketmasmikan ya’ni tirik bora olamimizmi demoqchi edim
Minso aslida boshqa narsa xayoliga kelganini yashirib shu gapni aytdi. Ammo uning yolgʻoniga Jungkook ishondi.
~Hayotim davomida sendek sovuq niyat odamni koʻrmagan edim, shuncha vaqt Amerikaga parvoz qilgan boʻlsamda hech qachon bunday yomon xayollar boʻlmagan
~Nega endi bu sovuq niyatlik emas , chindan ham soʻngi vaqtlarda koʻp samalyotlar qulayabdi
~Yetar Minso sening gaplaring ashadiy qotilni hozirdanoq choʻchitishni boshladi
~Oʻrgildim
Nihoyat uzoq parvozdan soʻng .
~Los Angeles tunda juda ham chiroyli boʻlarkan buni oʻz koʻzlarim bilan koʻrib turibman
~Orzuying chinga aylanganidan xursandmisan
~Tassavur ham qilolmaysan ! Nahotki men Californiadaman . Bu tush emas shundaymi ?
~Albatta yoʻq ! Qani endi ozroq dam olaylik. Uzoq soatlik yoʻl juda charchatdi . Shu sababli erta tongacha uhlab olishimiz kerak
~Nima men sen bilan bitta uyda tunab qolamanmi ?
~Nimadir muamo bormi ? Bu kattakon villada sigʻmaysanmi yoki ?
~Hech narsa , mening xonamni oldindan tayorlab qoʻydirtirdingmi ?
~Ikkinchi qavatdagi istagan xonang seniki . Mening xonam birinchi qavatda nimadir boʻlsa meni uygʻot . Erta tongda uygʻonishim qiyin uygʻotish esingdan chiqmasin
Minso uyqusirab ikkinchi qavatga chiqib ketgach , Jungkook mehmonxonada ozroq sharob ichdi, oʻrnidan turganida tashqaridan mashina ovozini eshtib joyida qimirlamay turdi. 5-daqiqadan soʻng eshikdan Karina kalta koʻylakdan kirib keldi .
~Ertani kutolmabsanda ?
~Meni kecha joʻnatmasliging kerak edi 1-kun ichida seni sogʻinib qoldim sevgilim
~Meni bunday deb atama deb ming marotaba aytdim
~Meni sogʻinib qoldingmi ?
~Uzoq yoʻllik charchoqlarimni endi chiqarib olaman
Jungkook Karinani oʻziga tortib lablaridan boʻsa oldi . 5-daqiqalik boʻsadan soʻng Karinani koʻtarib oʻz yotoqxonasiga kirib ketdi .
Erta tong .
~Californianing tongi quyoshidan sekin koʻzlarimni ochdim, soatga qaradim soat oʻndan oʻtibdi . Sekin Balkonga chiqdim atrofni kuzatdim, jin ursin bunchalik goʻzalik bu . Sekin yuvinib pastga tushdim . 1-qavat juda jimjit edi . Jungkook kecha tunda uygʻotishimni soʻragani uchun uni birinchi qavatdan xonalarini qidira boshladim . Soʻngʻi eshikni ochib ichkariga kirdim.
~UHLAB QOLIBMIZ ALLAQACHON TONG OTDI TUR OʻRNINGDAN JUNGKOOK
ichkarida kim borligiga qaramasdan aytilgan gapim sabab qotib qoldim. Chunki yotoqda yalangʻoch axvolda bir biriga yopishib turgan tanalar turgandi .Tanalari yopinchiq bilan yelkalariga qadar yopilgan edi. Ovozimni eshtib turgan Karina yopinchiq bilan oldini toʻsib oʻrnidan turdi.
~Bu yerda nima qilyabsan jin ursin ?
~Men men
Gaplarimni tugatmasimdan men xonadan chiqib ketdim. Ming la’nat u qayerdan paydo boʻldi . Nega bundan xafa boʻlyabman. Toʻxta nega yigʻlagim kelyabdi meni aqldan ozganmanmi ? Jin ursin nega Jungkook oʻzini bunday tutadi . Barcha erkaklar bir xil . U atayin qildimi ? Bila turib meni tongda atayin uygʻot deb aytgan edimi ? Shu manzarani koʻrishim uchun aytganmidi . Iflos , hissiyotlarim bilan oʻynashishini qara . Oʻzingni qoʻlga ol Minso u senga seni yaxshi koʻraman demagan , nega xafa boʻlasan . Aslida bu yerda ahmoq sensan .
Minso sekin chiqmoqchi boʻlgan koʻz yoshlariniyam apil tapil artib tashladi. Eshikdan kirib kelgan Jungkookni koʻrgach oʻzini bosib oldi.
~Kechirasan Minso kecha tunda Karina kelgan edi .
~Shuni avvalroq aytsang boʻlarkan ! Aslida begona erkakning yotoqxonasiga kirgan men axmoq !
Minsoning jizzaki ohangda aytgan gapidan Jungkook qoshlarini chimirdi.
~Men bilmagan edim !
~Hech qisi yoʻq , bu safar begona erkakning yotoqxonasiga kirmayman bostirib , sening qanday erkak ekaningni unutibman !
~Tushunmadim nimaga shama qilyabsan ? Qanday erkak ekanman men
~Yotogʻingda doim yolgʻiz boʻlmasligingni nazarda tutyabman !
~Bu senga muamo keltiryabdimi ? Kechirasan- uu Minso toʻgʻri sen advakatimsan ammo bu senga meni tunda nima ish bilan shugʻulanishimga burningni tiqib aralashish huquqini bermaydi.
Jungkook sovuq ohangdagi javobidan Minso
~Xuddi shunday sen ham chegarlardan oʻtma ! Men sening advakatingman shaxsiy xizmatkoring emas . Amerikada men bilan birga hal qiladigan qanday ishing boʻlsa bugunoq hal men keyin ketaman
~Xohlasang xoziroq ketishing mumkin !
Tilini mum tishlagan qiz barbir qarshisidagi Jungkookka pas ketgisi kelmay , yerda ochiq yotgan jamadonini apil tapil yigʻishtira boshladi.
~Tushunmayabman Minso senga nima sababdan men bilan janjalashding va hozir qayerga ketmoqchisan ?
Jungkook Minsoning tungi kiyimiga qarab aytdi .
~Takrorlayman ishing boʻlmasin ! Qilgan qoʻpoligingdan keyin bu uyda 1-daqiqa ham qolmayman
~Nima men qoʻpolik qildimi ? Erta tongdan sen mening jigʻimga tegishni boshlading. Tushundim seni noqulay axvolga soldim chindan ham Karina tunda kelishini bilmasdim !
Minso Jungkookning koʻzlariga qararkan birdan koʻzlarini boshqa yoqa burdi.
~Ikkimiz ham jahl otiga minmaylik , men bosiqlik bilan seni tushunishg harakat qilyabman. Seni noqulay axvolga solganim uchun uzr soʻrayman xoʻpmi ? Kelishdikmi
~YOʻQ !
Fanficning 5- qismi ham tugadi. Iliq fikrlar va koʻpgina reaksiya albatta turlicha editlar kutib qolaman