Parchalangan qasamyodlar
‘’ Xiyonat bu xato emas , xiyonat bu tanlov “
Men oʻzimga ishongan ayollardan edim. Doim erimni nazorat qilaman , u menga xiyonat qilolmaydi deb oʻylardim, hayotimda koʻproq menga xiyonat qilishlaridan qoʻrqanman. Ammo erim menga xiyonat qilayotganini bilardim, bugun buni aniqlashtirish uchun , yotoqa kirib kelgan Jungkookni kulib kutib oldim. Uni sinashga qaror qildim.
~Hayrli kech sevgilim
~Hayrli kech
Jungkook kostyumini sekin yechib yotoqa irgʻitib Andreaning lablaridan oʻpdi.
~Seni juda sogʻindim bugun
Jungkook yelkamga osilib oldi, undan ayollar atiri va erkaklar atiri aralashib juda buzilgan hid tarqayotganini sezdim. Ha u oʻz xiyonatini mukkamal yashirishga urinardi.
~ Jungkook balki bugun men bilan ozroq .
~Yoʻq Andrea men charchaganman , ertaga maylimi ?
~Ammo Jungkook men xotingman. Er va xotindek yaqinlik qilmadik menga keraksak boʻla qol.
~Sevgilim bugun emas , rostdanam hozir bunday kayfiyatda emasman
Andrea erining yelkasidan silab uning yuziga yaqin keldi.
~Lekin Jungkook
~Andrea jinsiy aloqasiz bir kun uxlay olasanmi senga charchadim deyabman axir ? Men kino koʻrmoqchiman... Sen uhlayver.
Jungkook asabiy holatda yonimdan uzoqlashdi.
Uning gapidan soʻng oʻrnimdan turdim. Jinsiy aloqani ilk bor rad etdi. Albatta axir dugonam bilan bugun ertalab bu ishni qilib toʻygan. Men Jungkookni juda yaxshi bilaman u hech qachon 1-kunda 2-marta bu ishni qilmaydi. Rad etdimi demak boshqasi bilan allaqachon ishini bitirgan. Indamasdan yuvinish xonasiga kirib ketdim. Bugun Jenefferning uyiga qoʻyib kelgan kameralarimni telefonimdan tekshirdim. Hammasi ertadan aniq boʻladi, xoʻsh Jungkook menga chindanam xiyonat qilyabsanmi .Birdan eshik taqiladi eshik ortidan Jungkookni afsus bilan oh tortganini eshitdim.
~Kechir sevgilim, bunday qilmoqchi emasdim. Rostdanam uzr soʻrayman Andrea. Bugun ishda ancha asabbuzarlik boʻlgan edi. Eshikni och Andrea , iltimos
~Hammasi joyida Jungkook dam olaver
~Yoʻq sevgilim, seni ranjitdim bilaman , xatoyimni yuvishim kerak . Aytganingdek boʻlsin eshikni ocha qol
Eshikni ochganimda menga qarab turgan asabiy va nimadandir juda havotirlanayotgan Jungkookni koʻrdim. U yaqin kelib meni bagʻriga bosdi.
~Men axmoqni kechirasanmi ?
~Hammasi joyida Jungkook
~Seni sevaman , seni ranjitishni istamagandim chindan
~Boʻldi qil hammasi yaxshi dedimku
~Kel unda , tezroq
~Istamayman Jungkook
Jungkookni bagʻridan chiqdim. Jungkook qoshlarini chimirib meni yoʻlimni toʻsdi.
~Xafa qildim toʻgʻri , ammo arazlama .
~Xafa emasman , shunchaki endi istamayman
~Axir oʻzing 5-daqiqa avval
~5-daqiqa avval edi
~Kela qol endi Andrea
Jungkook boʻynimdan oʻpishga uringanda uni oʻzimdan itardim.
~Senga istamayman dedim tushunyabsanmi ?
~Tinchlan Andrea , asabiylashishing kerakmas. Bilaman axmoqlik qildim ammo toʻgʻirlasa boʻladi
~Jungkook shunchaki dam ol iltimos , sen bilan tortishib qolishni istamayman xoʻpmi sevgilim ?
~Yaxshi , xayrli tun
Jungkook xonadan chiqib ketdi.
Men Jungkook bilan juda koʻp marotaba janjalashganman , juda katta janjalarda ham u hech qachon yotoqxonada meni yolgʻiz qoldirmasdi. Ertaga ruhan oʻzimni tayorladim oʻzimni ishontirishga urindim , balki bu men oʻylagan narsa emasdir . Lekin nega Jungkook Jenefferning hisobiga muntazam pul oʻtkazib turgan unda. Shubxalanishimga shu sababchi boʻldi Jenefferni telefonini olganimda erimning hisob raqamidan pul oʻtkazildi degan xabarni koʻrganimdan soʻng tarixni koʻrgandim muntazam ravishta Jungkook katta miqdorda pul oʻtkizmalarni oʻtkazgan. Tongacha uhlolmadim , chunki erta tongda soat 6-larda Jungkook uydan chiqib ketdi. Darrov qoʻlimga telefonimni oldim, xoʻsh Jeneffer ham hozir oʻrnidan turgan. Uyining har qayeriga joylashtirilgan kamerlaridan uni kuzatishni boshladim. 15- daqiqalardan soʻng Jeneffer yoʻlak boʻylab yurib chiqish eshigi tomon ketdi. Eshik ochilishi bilan Jungkook kirib keldi.
~Boʻlishi mumkinmas yoʻq.
Jeneffer borib Jungkookni bagʻriga bosib oldi. Bir biridan boʻsa olgach Jeneffer Jungkookni quchoqlagancha , yoʻlakdan kirishdi. Yotoqxonaga kirib ketishgach bir biriga suykalgancha yotoqa yotdi.
Qoʻlarimdan telefon tushib ketishini istardim ammo barbir koʻrdim, men
koʻrishni istamagan , men hech qachon tayor boʻlmagan xiyonat . Ularning qilayotgan insoniysizligini ortiq kuzatolmay yotoqa sekin oʻtirib telefonimni yonimga qoʻydim. Nahotki Jungkook shu ishni qilyabdi Jeneffer bilan.
Boʻshliq ichiga tushib qolgan insonga oʻxshayman. Barbir hamma erkaklar xiyonat qilishinishga asos . 15-daqiqali sevgi onlaridan soʻng nihoyat ular suxbatlashayotganini ovozi eshtilgan , ovozni balandlatib koʻz yoshlarim bilan eshtishga urindim. Koʻzlarimdan oqib tushayotgan yoshlar telefon ekranini hoʻl qilardi.
~Nega kayfiyating yoʻq Jungkook
Jeneffer Jungkookni yuzidan silab qoʻydi.
~Andrea bilan janjalashib qoldik
~Negadir soʻngi vaqtlar juda asabiy , uni tushunishing kerak
~Men doim uni tushinishga harakat qilganman. Aynan otasidan ajralganligi sabab unga erkak mehrini koʻproq berishga harakat qilganman. Lekin doim doim nimadandir norozi.
~U oʻz oʻzidan norozi Jungkook , ayb senda emas
Jungkook Jeneffer tomonga qayrildi.
~Ba’zan Andrea ham sendek meni tushinishni istardim.
~Ruhiyatida muamollari bor Andreani , yaxshi boʻlib ketadi.Bunga sen aybdor emassan
~Oʻz oʻzidan meni charchatyabdi, shunda ham oʻzimni bosishga urinyabman
~Ba’zan majbur emassan
~Men munosib er emasman unga , sen bilan biz notogʻri ish qilyabmiz
~Jungkook
Jeneffer Jungkookni qoʻlidan tutdi.
~Men seni sevaman , menga hech narsa kerak emas sendan boʻlak. Minso bilan ajrashib kel demayman, men roziman yashirincha shunday hayot kechirishga ham muhimi sen meni tashlab ketma. Bu yomon ish emas , senga suyanchiq kerak menga esa sen.
Jungkook Jenefferni bagʻriga tortib quchoqladi.
Telefonni yotoqa qoʻygancha jim oʻtirdim. Jimman , hech narsa deyolmayman . Dardimni kimga aytaman , kim meni eshtadi. Jonimdan ortiq sevgan erim menga oʻz dugonam bilan hiyonat qildi deymanmi. Kuz havosi boʻlganligi uchun balkonga chiqib atrofga qaragancha qolib ketibman. Naqd kechki soat 8- gacha balkonda oʻtiribman. Ortimdan yopinchiq tashlangach qoʻrqib ketdim, yelkamdan Jungkook ushlab qoʻydi.
~Havo salqin shamollab qolasan
Negadir hech narsa deyolmadim , boʻgʻzimga nimadir tiqildi . Hammasini aytsam yuziga bor haqiqatni aytsamu alamimni olsam.
~Nima boʻldi Andrea
~Hech narsa
~Yigʻladingmi ?
~Qayerda eding
~Koʻzlaring shishib ketibdi , nima boʻldi ? Nega yigʻlading Andrea.
~Qayerda eding deb savol berdim
~Ishda edim
~Nega erta tongdan ketyabsan ishga ?
~Muhim uchrashuvlar bor edi shu sabab. Nimadir boʻldimi senga ?
~Yoʻq .
1-soatdan soʻng. Oshxona
Oshxonada oʻtirarkanman men uchun kechki ovqat tayorlayotgan Jungkookdan koʻzimni uzmasdim. Jungkook xiyonat qilishini umuman sezdirmagan , Jenefferni telefonini olmaganimda uni menga qilayotgan xiyonatini ham bilmasdim. Chunki doim u mendan boshqa ayollarga qiziqmasdi. Hattoki telefonlarini parolarigacha bilardim va hech qachon mendan yashirmagan. Qachon qoʻngʻiroq qilsam koʻtarardi. 6-yillik sevgilimni umuman tanimayabman u qachon bunchalik firibgarga aylandi.
Oldimga ovqatni qoʻydi.
~Ovqatlanib ol , nimalarni xayol suryabsan ?
~Ovqatlanishni istamayman
~Men sen uchun tayorladim qolaversa sening imuneteting juda past .
~Semirib ketyabman
~Bu gapni qayerdan olding , kimdir senga shunday dedimi ?
~Shunchaki
~Sen semirmayabsan , ozishing ham kerakmas . Menga shu xolingcha yoqasan , ya’ni har qanday holatda.
Jungkook Andreaning sochlarini quloqlari ortiga oʻtkizib qoʻydi.
~Jungkook
~Ha
~Ajrim haqida oʻylab koʻrarmiz balki
Yuzimdan silayotgan Jungkookning yuz tuzili birdan tundlashib ketdi.
~Nima deganing bu qanaqa ajrim ?
~Soʻngi vaqtlarda , senga nisbatan
~Qayerdan olding bu gapni ? Zerikyabsanmi Andrea ? Ajrim quloqlaring eshtyabdimi ? Sen men bilan ajrashishni oʻylamoqchisanmi ?
~Jungkook meni eshit avval
~Xoʻsh gapir sevgilim, ajrimni oʻylash uchun seni nima majburladi
~Men
~Xoʻsh
~Bilmadim shunchaki oʻyladim , yaxshisi unut bu savolni
Oʻrnimdan turmoqchiligimda Jungkook qoʻllarimdan tutdi.
~Bu mavzu haqida 2-marta ogʻiz ochma . Hech qachon men sen bilan ajrashmayman .
~Menga qara bilaman soʻngi vaqtlarda kelisholmayabmiz , ammo bu ajrashish kerak degani emas
~Mavzuni yop , hayrli tun , men uhlamoqchiman
~Andrea shunchaki gapirib
~Ilojisi boʻlsa bezovta qilma 2-3 kundan beri tunda uhlolmayabman bugun dam olmoqchiman .
~Andrea
Jungkookni gaplarini eshitmasdan yuqori qavatga chiqib ketdim yotoqxonaga kirgach eshikni qulfladim. Ish stolimda turgan kompyuterimni ochib emailim orqali yaqinim insonim Stilesga xat yozdim ayni damda u mening eng yaqin sirdosh doʻstim .
~Salom Stiles , hozir ham Californiyada yashayabsanmi ? Jiddiy mavzuda gaplashib olishimiz kerak. Stiles menga keraksan ….
Xabarni joʻnatgach yotoqa oʻzimni tashladim. Erta tong bilan yana har kungi ish takrorlanardi , Jungkook uydan chiqib Jenefferni uyiga borardi, u meni e’tiborsiz qoldirishni boshladi. Xiyonatini bilmagandek tutishimni Stiles menga aytdi, toki Amerikaga uchib ketmagunimcha. Oradan 1-oy shu qadar oʻtib ketdiki , har kun Jungkookning toʻqigan uydirmalarini jimgina eshtardim, u menga sovgʻalar , gullar har kun kayfiyatimni koʻtarishga urinardi. 2-3 marta yaqinlashmoqchi boʻlganda uni rad etdim bahona qilib, ammo u Jeneffer bilan oʻz oʻzini ishini bitirib yurgani sabab biz soʻngʻi marta bir yotoqda 1-oy avval yotganimizni unutdi, e’tibor bermadi ham…. 1-oydan beri bizni oʻrtamizda juda katta ulkan togʻ paydo boʻldi. Jeneffer va Jungkookni har kun kuzatish va jimgina ichimga yutish meni ruhan oʻldirardi, men aqldan ozishni boshlagandim, buni barcha ayollar ham eplolmaydi.