BREACHED PROPOSAL
~Tundagi koʻrsatilgan tomoshadan soʻng , uxlolmadim. Nima uchun undan xavotir olyabman oʻzi bu gʻirt axmoqliku. Lekin yonimda turgan telefonimni olib unga xabar yozishga qaror qildim. Lekin nima deb yozaman ? Qaytadan telefonimni joyga qoʻydim yostiqa yuzimni koʻmib yotdim birdan xonada jiringlagan qoʻngʻiroqdan tezda qoʻlimga oldim. Ekran ustida uning raqamini koʻrgach sekin goʻshakni koʻtardim.
~Eshtaman
~Meni olib ket , hozir chindanam sendan boshqa menga hech kim yordam berolmaydi
~Qayerdasiz
~Manzilni joʻnataman
~Yaxshi
Telefonni sekin qoʻydim, nega men uni oldiga bormoqchiman. Yoʻq bormayman , lekin u oʻziga nimadir qilsachi . Nega undan xavotir olayotganimni tushunmayabman goʻyoki yoʻq men shunchaki unga achinyabman.
Telefonimga kelgan xabarni ochdim manzilni koʻrgach 5-daqiqa ikkilandim soʻngra kiyimlarimni almashtirgancha tavvakal qildim. Uyning birinchi qavatidagi xonada joylashganim uchun sekin chiqib ketdim. Darvozadan chiqgach ozroq katta yoʻlgacha piyoda yurib taxi toʻxtatib berilgan manzilga bordim. Koʻchaning chetidagi kichik tungi clubni koʻrgach ichiga kirdim , kirishim bilan spirtli ichimliklari hidi anqidi. Sekin ichkariga kirib Jungkookni qidira boshladim, barmenning qarshisida allaqachon boshini egib oʻtirganini koʻrib u tomonga yurdim.
~Men keldim
Negadir yelkasidan tutgim kelmadi Jungkook halli ham boshini quyi egib oʻtirgandi sekin yelkasidan tutdim nihoyat boshini men tomonga qarab koʻtardi.
~Ketamizmi ?
~Men bilan qol
Atrofga qaradim hamma ichib olgan edi , gaplashish uchun bu yer qulaymasligini bilganim uchun Jungkookning qoʻlidan sekin tutdim .
~Keta qolaylik bu yer chindanam yaxshimas
~Mayli ketamiz
Jungkook oʻrnidan turib harakatlanayotganda yiqilishga oz qoldi shu sabab birdan uni tutib qoldim. Sekin belidan qoʻlimni oʻtkizib qoʻllarini yelkamdan oʻtkazdim.
~Oʻzingni tutishga harakat qil yiqilsang seni tutib qolishga kuch topolmayman
Nihoyat koʻchaga sekin chiqdik.
~ Mashina kaliti qayerda jin ursin
~Choʻntagimda Jungkook choʻntagidan mashinani yoqdi.
~Oʻzim haydayman
~Mastsan haydolmaysan oʻzim haydayman
Sekin Jungkookni mashinaning old oʻrindigʻiga oʻtirishga yordamlashdim . Kamarni taqgach eshikni yopib mashinaga oʻtirdim. Villaga qaytolmasdim , shu sababdan uyga qaytishga qaror qildim. Mashinani tez haydaganim sabab 1-yarim soatlar atrofida uyga yetib keldim. Oʻzimning shaxsiy kvartirimga nega haydaganimni bilmayman , keyinchalik bu tovuq miyyam ishladi lekin allaqachon kechligi sabab uxlab qolay degan Jungkookni sekin uygʻotdim.
~Jungkook tur
Uni nihoyat bir axvolda turgʻizib uyga kirib yotoqxona ustiga itarib yubordim. Oyoqlaridagi tuflisini yechib ustiga koʻrpani yopib chiqmoqchiligimda birdan ortimda quchoqlab qoʻllar sabab joyimdan jilolmay qoldim. Jungkookning yuzi shundoq ortimda turgandi.
~Ketma
~Lekin
~Ketishingni istamayman , hozir chindanam kimgadir muhtojman va bu sensan
~Lekin men
~Qarshilik qilma iltimos
Jungkook qizni belidan tutib oʻziga tortdi.
~Miyeonning xiyonatidan xafamisan
~Koʻproq ranjitgan narsa bu mening ukam edi. Qanday qilib menga xiyonat qilishi mumkin . Miyeon oʻrnidan sen ham boʻlishing mumkin edi , men sevgan ayol . Men ardoqlagan
~Jungkook
~Jim boʻl , bu haqiqat senga befarq emasman. Miyeon bu shunchaki hayotimda qilingan bir xato boʻlgan holos .
~Qoʻyib yubor
~Yoʻq qoʻyib yuborolmayman .
Jungkook birdan belimdan tortib meni yotoqa otvordi. Ustimga chiqib olgan yigitga hayron qaradim
~Nima qilyabsan
~Shu kungacha senga boʻlgan hislarimni e’tiborsiz qoldirib yurdim oilam uchun. Oila muqqadasligi sababdan xiyonat qilmadim bu kelishuvni opang buzgan ekan demak endi men ham ortiq amal qilmayman
Jungkook birdan men tomonga oʻzini otdi.
~Nima qilganing bu
Uni itarib tezda oʻrnimdan turdim birdan tutgan qattiq qoʻllari sabab yana ortga mixlanib qoldim. Qoʻllarimni qoʻllari bilan tutib oldi.
~Nima qilyabsan
~Menga yoqasan , hozir bir ish qilmoqchiman.
~Yoʻq
jungkook birdan yuzini men tomonga yaqinlashtirdi. Labimba sovuq lablari tekanda oʻz oʻrnimdan qotib qoldim.
Sekin lablarim ustida harakatlarnarkan birdan tipirchilashni boshladim
~Menga yoqasan
Birdan aytgan gaplaridan toʻxtab koʻzlariga qaradim.
~Sezyabman sen ham menga befarq emassan.
~Ustimdan tush
~Niyatim jiddiy
Jungkook yon tomonimga oʻtib meni belimdan tutishga uringanida qoʻlidan chiqib ketdim. Tezda xonadan yugurib chiqib boshqa xonaga kirdim.
Ertalab tongda uygʻonganimda hamma yoq tinch edi. Eshikning qattiq taqilashidan oʻrnimdan turdim. Tezda pastga tushdim , pastga tushganimda oyim eshik oldida turgandi. Eshikdan kirishi bilan yuzimga bir tarsaki tushirdi.
~Oyi nima qilganingiz bu
~Kecha tunda uydan chiqib ketib Jungkookning yonida nima qilding
~Men
~Bas yetar Minso . Sen nimalar qilayotganingni tushunmayabsan. Senga zarar yetishini xohlamayman. Sen halli turmush qurmagan yoshgina goʻzal qiz boʻlsang , Jungkook
~Oyi bas qiling Jungkook bilan oramizda hech narsa yoʻq . Men unga shunchaki yordam berdim holos
~Minso , meni eshtib ol . Erkaklarning barchasi faqatgina senga erishgunicha ortingdan koʻpakdek yuguradi erishib boʻlgach axlatdek uloqtiradi
~Oyi sizga aytyabmanku , oʻrtamizda hech narsa yoʻq
~Kechir meni
Oyim birdan yuzimdan tutib siladilar .
~Men seni yaxshi koʻraman bolam, hammasini seni oʻylaganimdan qilyabman
~Tushunaman oyi sizdan xafa emasman .
~Seni yaxshi koʻraman Minso
~Men ham oyi.
~Uyga ketishim kerak , erta tongdan sen xonangda yoʻqligingni bilib shoshilib keldim. Kimdir soʻrasa sen va men birga kelganmiz shaharga
~Doim meni qoʻllab quvatlaysiza , sizdek mehribon oyini qayerdan topaman.
Minso oyisini yelkasidan tutib quchoqlab oldi.
~Endi esa boʻla qol kiyinib chiq meni qoʻrgʻonga olib borishing kerak
~Xoʻp oyi .
20-daqiqadan soʻng qoʻrgʻonga yetib kelganimizda hovlida Jungkookning oyogʻidan ushlab olgan Miyeon va eshik oldida uning otasi turgandi. Jungkook Miyeonni turtgancha zarb bilan yonimdan oʻtib ketdi.
~Jungkook toʻxta
~Janob Park agar ozroq gʻururingiz qolgan boʻlsa nomussiz qizingizni oyoqlarim ostidan oling , boʻlmasa butun Koreaga sharmanda qilaman.
~Miyeon bas qil
Janob Park Miyeonni qoʻlidan tutib qoʻrgʻonning eshigi tomon tortdi. Oyim ham ularning ortidan ergashgach men tashqariga tezda chiqdim
Jungkookning qoʻlidan ushlab oldim.
~ Jungkook! Seni tushunib turibman. Opamni hiyonatini koʻtarolmayapsan. Lekin men senga pochcha sifatida emas...
~ Menga qara senga bir narsani aytay. Chunki boshqa bu mavzuga qaytmayman. Ha boshida senga nisbatan qiziqish his qildim. Xotinimni singlisi boʻlganing uchun opangdan zerikib seni ermak qilgim keldi. Bu shunchaki erkaklik ehtiyojlarim tufayli. Endi esa sen ham foxisha opang ham menga qiziq emassanlar. Oʻrtamizdagi barcha boʻlgan ishlarni unut va qaytib yoʻlimdan chiqma. Seni koʻrsam koʻnglim ayniydi qaynisingiljon! Oʻrtamizda hech narsa yoʻq
Jungkook qizni turtib oʻtib ketdi.
Minso chuqur nafas olgancha oʻz joyida qotib qoldi.
•
1-haftadan soʻng .
Baxtsiz xodisa tufayli Parklar xonadonida chiqan omadsiz yongʻin sababli Park xonim va Janob Park vafot etdi. Bu habar hamma yoqa tarqaldi. Bu habarni eshitgan Jungkook shoshilib dafn marosimi boʻlayotgan joyga yugurib keldi. Eshikdan kirgan Jungkook , Do youngni quchoqlab yigʻlab oʻtirgan Miyeonga koʻzi tushdi, ammo u qidirgan odam u yerda emasdi.
~Jungkook
Miyeon oʻrnidan turib Jungkook tomonga yurdi ammo Jungkook birdan tashqariga chiqib , qora kiyinib olgan Minsoni koʻrdi . Minso sekin tashki katta yoʻlga ketayotgan edi . Jungkook qizning qarshisiga sekin keldi.
~Afsusdaman
Minso shishib ketgan koʻzlarini yerdan olib qarshisida turgan Jungkookka qaradida e’tibor bermay yonidan oʻtib ketdi . Jungkook ortiga qayrilib qizning qoʻlidan tutdi Minso tezlik bilan Jungkookning qoʻlini siltab yubordi.
~Nima qilganing bu
~Nima
~Nega menga aytmading
~Nimaga aytishim kerak ? Axir meni koʻrganingizda koʻnglingiz ayniyotgan ediku
~Shoshma Minso men oʻsha kuni
~Yetarli koʻnglingiz aynib qolmasin tagʻin keting
~Minso
Jungkook qizni qoʻlidan qayta tutishga uringanda qiz bu safar imkon bermadi.
~Ket Koʻzimga koʻrinma , yoʻq men ketyabman uying ham oilang ham xotining ham boshingdan qolsin . Sening iflos oilang meni oyimni yoʻq qildi . Vaxshiylar oʻzing aytganingdek oʻrtamizda hech narsa yoʻq atrofimda boshqa oʻralashma tushundingmi
Minso Jungkookni yelkasidan itarib oʻtib ketdi. Jungkook ortiga qayrilib undan uzoqlashib ketgan qizning ortidan yugurdi ammo qayerdandir paydo boʻlgan qora mashina Minsoning qarshisida toʻxtadi , eshik sekin ochilgach Minso hech ikkilanmay mashina ichiga oʻtirdi , Jungkook esa Minsoning qoʻllaridan tutishga ulgurmadi.
Men bu safar 400 komment va 600+ reaksiya xohlayman . Hurmatsizlik qilmang.